Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlarining kreativ malakalarini shakllantirish texnologiyasi, mazmuni, qanday foydalanish lozimligi haqida bilib olishimiz mumkin. Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. MTT rahbar xodimlarining soha rivojidagi o‘rni, kelajak avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim tashkilotida rahbar tomonidan yaratilgan ijtimoiy muhitning ahamiyati haqida muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan. Adabiyotlar tahlilida buyuk alomalarimizning fikrlari, hozirgi kundagi tadqiqotchilarimizning so‘zlari va jahon adabiyoti namayondalarining fikrlari keltirib o‘tilgan. Metodologiya qismida yangicha yondashilgan metodlar yoritilgan. Natija qismida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari yoritilgan. Yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish keltirilgan.
Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega.
B.T.Xaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu tadqiqotda talabalar ishtirokida fitness va aerobika vositalari yordamida sog‘lomlashtirish metodologiyasi tahlil qilinadi. Ishning maqsadi jismoniy faollik va sport mashqlari orqali talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishdir. Tadqiqotda turli yoshdagi talabalar bilan ishlashda fitness va aerobika mashqlarining samaradorligi ko‘rsatildi.
Турдимамадов Ортикмирзо Шермамад угли · Research Focus International Scientific Journal · 2026
maqolada O‘zbekistonda rus tilining tarqalishi va faoliyatining sovet davridagi tarixi ko‘rib chiqiladi, mustaqillikdan keyin uning maqomi va rolidagi o‘zgarishlar tahsil qilinadi, shuningdek, zamonaviy O‘zbekistonda rus tilidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy aktlar o‘rganiladi. Alohida e‘tibor rus tilining ko‘p tilli jamiyat sharoitida millatlararo muloqot vositasi sifatidagi roliga qaratilgan.
Джуманазарова Зилола Обиджоновна · Research Focus International Scientific Journal · 2026
maqola M.A. Sholoxov adabiy merosida sivilizasion kod tashuvchisi sifatida tilning falsafiy-madaniy tahliliga bag‘ishlangan. Til rus sivilizatsiyasining tarixiy xotirasi, mentalligi va ma‘naviy qadriyatlarini ifodalashning asosiy shakli sifatida qaraladi. Sholoxov nasridagi nutqiy tuzilmalar, leksika, stilistik xususiyatlar va intonatsiyani tahlil qilish asosida, til jamoviy identikni shakllantirish va saqlashning asosiy vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, degan xulosa chiqarilgan. Sholoxov so‘zi orqali xalq ovozi ifodalanishi, til esa XX asrning tarixiy transformatsiyalari ko‘zgusiga aylanishi ko‘rsatilgan.
Ахмаджанова Исмигул Дилмурад кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada A. N. Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» dramasi materiali asosida frazeologik birliklarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Rus frazeologizmlarining milliy-madaniy o‘ziga xosligini o‘zbek tilida yetkazishda qo‘llaniladigan asosiy tarjima usullari tahlil qilinadi. Semantik, obrazli va pragmatik noekvivalentlik bilan bog‘liq odatiy tarjima qiyinchiliklari aniqlanadi. Badiiy matnni tarjima qilishda funksional-ma‘noviy yondashuv zarurligi haqida xulosa qilinadi.
Bo‘riyev Dilmurod Arzimurod o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida hayvon nomlari orqali ifodalangan paremiologik ma‘nolar filologik, lingvomadaniy va qiyosiy yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida hayvon nomlarining semantik, ikonik va metaforik xususiyatlari, ularning milliy mentalitet va madaniyat bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek paremiologiyasida hayvon nomlari orqali shakllangan ijobiy va salbiy baholash tizimlari o‘rganiladi, shuningdek, universal va madaniy-spetsifik ramzlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari paremiologiya, lingvomadaniyatshunoslik va qiyosiy tilshunoslik sohalarida nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Suleymanova Nargiza Mardonovna, Asatullayev Rustamjon Baxtiyorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me‘yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Suvonova Yulduz Suyunovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada tashkilotlarda xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni samarali hal etishda liderlik yondashuvlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Kelishmovchiliklar mehnat jamoalarida tabiiy holat sifatida qaralib, ularni to‘g‘ri boshqarish orqali jamoadagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va mehnat unumdorligini oshirish mumkinligi ta‘kidlangan. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, transformatsion va xizmatga yo‘naltirilgan liderlik yondashuvlari jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish hamda kelishmovchiliklarni konstruktiv tarzda hal etishga ko‘proq hissa qo‘shadi.
Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, Umirova Umida Kushak Qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning sho‘rlanish holati, sho‘rlanish turlari va darajalari kimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida tuproq eritmasidagi asosiy kationlar (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) va anionlar (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) miqdori aniqlanib, ularning nisbatiga ko‘ra sho‘rlanish tipi va darajasi baholandi
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада Ўзбекистон иқлими шароитида бино ва иншоатларни иситишда қуёший нурли-панелли тизимлардан самарали фойдаланиш имкониятлари таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар анъанавий энергия манбаларини тежаш, энергия самарадорлигини ошириш ва экологик тоза энергиядан фойдаланишда муҳим аҳамият касб этади. Мақолада қуёш панеллари тизимларининг асосий конструкцияси, ишлаш принциплари ва иқтисодий самарадорлиги кўриб чиқилган. Шунингдек, турли бинолар учун қуёш энергиясини интеграциялашнинг афзалликлари ва қўлланиш имкониятлари таҳлил қилинган
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада мавсумий иссиқлик аккумуляторлари асосида ишлаб чиқилган уйғунлашган қуёш иситиш тизимларининг самарадорлиги таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар иссиқликни сақлаш ва энергияни тежашда самарали бўлиб, анъанавий энергия манбаларидан фойдаланишни камайтириш имконини беради. Шунингдек, мақолада қуёш энергиясидан максимал фойдаланиш ва иссиқлик ҳажмини оптимал тарзда тақсимлаш йўналишлари ҳам кўриб чиқилган.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich, Yusupov Dilshodbek Turdaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Yusupov D.T. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining chiqishlarini parallel ulash usulidan foydalanilgan. Ushbu usul yordamida ikki yoki undan ortiq energiya manbalarini kombinatsiyalash orqali qurilmaning energiya samaradorligini oshirishga erishilgan. Energiya ta‘minoti uzluksizligi ta‘minlangan.
Yunusov B.X., Mamadiyev B.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bug‘ turbinasi kondensatorlarida vakuum chuqurligini pasaytiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda havo so‘rilishining issiqlik almashinuvi koeffitsiyentiga va kondensatning o‘ta sovishiga ta‘siri Dalton qonuni asosida o‘rganilgan. K-300- 240 turbinasi misolida vakuum yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan yoqilg‘i isrofi hisoblab chiqilgan va uni bartaraf etishning texnik yechimlari taklif etilgan.
Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich, Abdiyev Rasul Ernazar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada taroid o‘zakli yuritmani chiziqli dvigatel o‘ramlari tuzilmasi modellashtiriladi, o‘ram simining optimal elektrik parametrlari hisoblab chiqiladi va dvigatel konstruktsiyasining amaliy ishlash xususiyatlariga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning alohida qismi sifatida sim diametri 2 mm bo‘lgan o‘tkazgichning kesim maydoni, tok zichligi diapazonlari va ruxsat etilgan tok qiymatlari aniqlanadi hamda standart jadvallar bilan taqqoslanadi. Natijalar dvigatelning barqaror ishlashi, issiqlik boshqaruvi va maksimal elektromagnit kuchni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan optimal parametrlarni tanlash imkonini beradi. Mazkur ish taroid o‘zakli yuritmani loyihalash va ularning elektromagnit modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy asos yaratadi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mexatronik tizimlarda ularni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
T.N.Achilov, Sh.M.Aminjonov ,A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада Ўзбекистон ветеринариясининг ривожланишида ҳисса қўшган олимлар ва уларнинг илмий тадқиқот ишланмалари ҳақида маълумотлар келтирилган бўлиб, ушбу маълумотлар ВИТИнинг ҳамда СамҚХИнинг илмий кутубхонасидаги рисолаларидан олинди ҳамда таржима қилиниб илмий тусга киргизилди
V.U.Ro‘zimov, ,D.A.Ernazarov, Niyozov H. B. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада қорамолларда Мултивит+Минерали ва Бодифорс препаратларидан биргаликда маълум меъёр ва миқдорда қўлланилганда, қорамолларнинг эритроцитлар миқдори ўртача 19,3% га лейкоцитлар миқдори-16 % га, гемоглобин миқдори-21,8% га, гематокрит фоизи 15,3 % га кўпайиши, эритроцитларнинг чўкиш тезлиги 18 % га пасайиши ҳамда ҳайвонларда эозинофиллар 4% га, таёқча ядроли нейтрофиллар фоизи 2,5% га, сигмент ядроли нейтрофиллар фоизи 8,7 % га камайиши ва қондаги лимфоцитлар фоиз кўрсаткичи 4,7 % га кўпайганлиги баён этилган
Xamrayev Asqar Xasanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada Samarqand viloyatining suv havzalarida baliqlar liguliyozining epizootologik holati o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida zararlangan baliqlarning tana uzunligi, massasi, Ligula intestinalis parazitining tana uzunligi, shuningdek, invaziya intensivligi (II) ko‘rsatkichlari aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada baliq go‘shtining asosiy organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, konsistensiya) va biokimyoviy (pH, oqsil, yog‘, glikogen miqdori) ko‘rsatkichlarining invaziya intensivligiga qarab o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Olingan natijalar baliqlarning fiziologik holati, mahsulot sifati va ularning veterinariya-sanitariya bahosiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlashga imkon bergan.