Asosiy mazmunga o‘tish

2 086 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

Tegishlilik
Kengaytirilgan qidiruvTahlil
Eksport

Joriy tartibdagi birinchi 1 000 ta yozuv yuklanadi (2 086 tadan).

Qidiruvni saqlash

Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish

  1. Ochiq kirishMaqola

    Aylanma mashg‘ulot usuli asosida 10–12 yoshli stol tennischilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi

    M. ILYOSOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada 10–12 yoshli stol tennischilarning boshlang‘ich tayyorgarlik davrida tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini aylanma mashg‘ulot usuli asosida rivojlantirish samaradorligi tajribaviy asoslangan. Tadqiqotda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari sport maktablarining 150 nafar yosh stol tennischisi tajriba (TG) va nazorat (NG) guruhlariga ajratilib ishtirok etdi. Tajriba guruhida yuklamasi uch bosqichda oshirib borilgan, uch kunlik aylanma mashqlar majmuasiga asoslangan dastur qo‘llanildi. Tajriba yakunida TG da natijalarning o‘rtacha o‘sishi 10, 11 va 12 yoshlilarda mos ravishda 16,77%, 17,98% va 19,05% ni, NG da esa 9,06%, 9,14% va 10,41% ni tashkil etdi (TG da P<0,01–0,001). Olingan natijalar aylanma mashg‘ulot usuli yosh stol tennischilarning jismoniy sifatlarini an‘anaviy mashg‘ulotga nisbatan qariyb ikki baravar samaraliroq rivojlantirishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    Asalarilar invazion kasalliklarida kimyoviy va fitopreparatlarning qiyosiy samaradorligi hamda davolash-profilaktika tadbirlarining ilmiy asoslangan optimal sxemasi

    F. IBRAGIMOV, X. YUNUSOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada asalarilarning varroatoz va trapilelapsoz kasalliklariga qarshi kimyoviy preparatlar - Bipin-T va Flutsin hamda kavrak (Ferula assa-foetida) damlamasining terapevtik samaradorligi qiyosiy baholandi. Varroa destructor va Tropilaelaps kanalari sonining o‘zgarishi asosida preparatlarning akaritsid faolligi, ta‘sir xususiyatlari va davolash-profilaktika tadbirlarida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Kimyoviy akaritsidlar va fitopreparatning afzalliklari hamda cheklovlarini hisobga olgan holda, asalarilar invazion kasalliklariga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan kompleks davolash-profilaktika sxemasi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    Alphitobius diaperinus – zararkunanda qora qo‘ng‘izlarning epizootologik ahamiyati va ularga qarshi kurashishning zamonaviy usullari (parrandachilik fabrikasi misolida)

    N. AXMADALIYEV, M. XUSHNAZAROVA, A. XUSHNAZAROV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada parrandachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan zararkunanda — kichik qora qo‘ng‘iz (Alphitobius diaperinus) populyatsiyasining zichligi, uning bio-morfologik xususiyatlari hamda parrandachilik korxonalariga keltiradigan iqtisodiy-strukturaviy zararlari tahlil qilingan. Shuningdek, hasharotning parrandalar o‘rtasida xavfli infeksiyalar (Salmonella, E. coli, viruslar) tarqalishidagi epizootologik roli o‘rganilgan. Zararkunanda populyatsiyasini zamonaviy tuzoqlar (Arends, feromonli va kartonli) yordamida monitoring qilish hamda unga qarshi kimyoviy kurashda sintetik piretroid — sipermetrin moddasini texnologik tanaffus davrida purkash usuli bilan qo‘llashning yuqori samaradorligi (92-96%) asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    Varroatoz va trapilelapsozga qarshi qo‘llanilgan fitopreparatlarning terapevtik va profilaktik samaradorligi

    F. IBRAGIMOV, X. YUNUSOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada asalarilarning varroatoz va trapilelapsoz kasalliklariga qarshi fitopreparatlarning terapevtik-profilaktik samaradorligi, dorivor o‘simliklar va efir moylarining akaritsid faolligi hamda asalari oilalari uchun xavfsizligi tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy fitopreparatlarni qo‘llash istiqbollari, optimal konsentratsiyalarni tanlash va ularni invazion kasalliklarga qarshi integratsiyalashgan kurash tizimiga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    Hayvonlar brusellyozi. Dunyoda mavjud epizootik holat, tarqalishi va nazorat choralari

    D. BAXRIDDINOV, A. ULUG‘MURADOV, A. SAIDOV, M. RUZIMURODOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada hayvonlar brusellyozining dunyo bo‘ylab tarqalish darajasi, turlar, ayniqsa qoramollarda kasallikning kechishi, klinik belgilari, zamonaviy diagnostikasi va qarshi kurash chora-tadbirlariga alohida e‘tibor qaratilgan. Bundan tashqari maqolada Jahon hayvonlar salomatligi tashkiloti (JHST-WOAH) ma‘lumotlari asosida qit‘alarda, jumladan Yaqin Sharq, O‘rtaer dengizi mamlakatlari, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika, Xitoy, Hindiston, Peru va Meksika, Markaziy va Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlaridagi epizootik vaziyat tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada so‘nggi ilmiy tadqiqotlar brusellyozning haqiqiy tarqalish darajasini aniqlashda diagnostika va epizootologik monitoringda jiddiy kamchiliklar mavjudligi sababidan kasallikka qarshi kurashda «Yagona salomatlik» (One Health) yondashuvi, muntazam serologik tekshiruvlar, laboratoriya tasdig‘i, vaksinatsiya, bioxavfsizlik va kasal hayvonlarni aniqlashga asoslangan kompleks chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    Qishloq xo‘jalik hayvonlari gelmintozlariga qarshi kurashishning zamonaviy strategiyalari

    K. AKRAMOV, T. JUMOBOYEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Qishloq xo‘jalik hayvonlarining gelmintozlari chorvachilikda hayvonlar salomatligi va farovonligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatish, mahsuldorlikni pasaytirish hamda veterinariya xarajatlarini oshirish orqali katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Gelmintozlarga qarshi uzoq yillar davomida asosan muntazam va guruhli degelmintizatsiyaga tayangan nazorat tizimlari qo‘llanib kelgan. Biroq antgelmintik preparatlarning tez-tez, diagnostik tekshiruvlarsiz va epizootik vaziyat yetarli hisobga olinmasdan qo‘llanilishi gelmintlarda antgelmintik rezistentlikning shakllanishi va tarqalishiga olib kelmoqda. Mazkur sharh maqolasida qoramol, qo‘y va echkilarda uchraydigan asosiy gelmintozlarga qarshi kurashishning zamonaviy strategiyalarini tizimli ravishda tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida integratsiyalashgan nazorat modelini taklif etishdan iborat. Ilmiy adabiyotlar tahlilida nematodalar, trematodalar va sestodalarni nazorat qilish; antgelmintik preparatlardan oqilona foydalanish; antgelmintik rezistentlik; tezak namunasidagi tuxumlar sonini aniqlash; yaylovlarni boshqarish; biologik nazorat; hayvonlarning genetik rezistentligi va zamonaviy diagnostik yondashuvlar haqida ma‘lumotlar aks ettirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    Современные методы лечения и профилактики аргулёза у карповых рыб

    Н. СУЛАЙМАНОВА, Ш. БАЛИЕВ, Н. БАБАМУРАТОВА · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada karpsimon baliqlarning Argulus avlodiga mansub qisqichbaqasimonlar qo‘zg‘atadigan xavfli ektoparazitar kasalligi — argulyozning etiologiyasi, epizootologiyasi va unga qarshi kurashning zamonaviy usullari ko‘rib chiqilgan. Parazitning hayot sikli, uning xo‘jayin organizmiga patogen ta‘sir mexanizmlari hamda akvakultura sharoitida invaziyaning ommaviy tarqalishiga yordam beruvchi omillar bayon etilgan. Kasallikning mavsumiy dinamikasi va suv havzalari gidrokimyoviy rejimining invaziya intensivligiga ta‘siri tahliliga alohida e‘tibor qaratilgan. Ishda zamonaviy kimyoviy preparatlarni qo‘llash, parazitlar sonini nazorat qilishning biologik usullari va qo‘zg‘atuvchining hayot siklini uzishga qaratilgan baliqchilik-melioratsiya tadbirlarini o‘z ichiga olgan kompleks davolash-profilaktika choralari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    O‘zbekistonning turli geografik-iqlim mintaqalarida qo‘ylar moniyeziozining tarqalishi va mavsumiy o‘zgarishlari

    X. SAFAROV, S. DJABBAROV, K. AKRAMOV, B. ULUQOV, Z. YUSUPOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning turli geografik-iqlim sharoitlarida qo‘ylar moniyeziozining tarqalish darajasi va mavsumiy o‘zgarishlarini aniqlashga qaratildi. 2021-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida jami 2465 bosh qo‘y parazitologik tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvlarda Fyulleborn flotatsion, ketma-ket yuvish-sedimentatsion va Berman-Orlovning takomillashtirilgan larvoskopik usullaridan foydalanildi. Tekshirilgan hayvonlarning 123 boshida moniyezioz aniqlanib, zararlanish darajasi 4,99% ni tashkil etdi. Geografik-iqlim mintaqalari bo‘yicha ko‘rsatkich tog‘oldi-tog‘ hududlarida 6,89%, sug‘oriladigan hududlarda 4,44% va cho‘l-yaylov hududlarida 3,44% bo‘ldi. Mavsumlar kesimida moniyeziozning eng yuqori ko‘rsatkichi yozda 35,8%, undan keyin bahorda 28,4%, kuzda 23,6% va qishda 12,2% qayd etildi. Mahalliy albendazol asosidagi Alsus preparati bilan o‘tkazilgan alohida sinovda moniyeziozga qarshi ekstensiv samaradorlik 77,5% ni tashkil qilgan. Olingan natijalar moniyeziozning tarqalishi hudud va mavsumga qarab sezilarli darajada o‘zgarishini ko‘rsatib, parazitga qarshi tadbirlarni epidemiologik vaziyatga mos rejalashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    Karp baliqlarida yuqumsiz branxionekrozining patomorfologik o‘zgarishlari, etiopatogenezi va veterinariya-sanitariya choralari

    X. YULDASHEV, N. SULAYMANOVA, S. IKROMOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu ilmiy maqolada karp baliqlari (Cyprinus carpio) akvakulturasida ko‘p uchraydigan va jiddiy iqtisodiy zarar keltiradigan yuqumsiz jabra nekrozi (branchionecrosis) kasalligining kelib chiqish sabablari, to‘qimaviy patogenezi hamda organ darajasidagi patomorfologik o‘zgarishlari adabiyotlar tahlili asosida o‘rganilgan. Sun‘iy havzalardagi gidrokimyoviy muvozanatning buzilishi, erkin ammoniy hamda vodorod ko‘rsatkichi (pH) ko‘tarilishining jabra respirator epiteliysiga ko‘rsatadigan salbiy ta‘siri tahlil qilingan. Patogistologik tahlillar yordamida jabra lamellalarida sodir bo‘ladigan proliferativ giperplaziya, epiteliy shishi kabi patologik jarayonlarning tizimli morfogenezi yoritilgan. Shuningdek, maqolada havza ekotizimini o‘rganish hamda baliq to‘qimalarini tiklashga qaratilgan kompleks veterinariya-sanitariya choralari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    Sur rangli qo‘ylarni turli variantlarda juftlashdan olingan avlodlarda teri qalinligi ko‘rsatkichlarining shakllanishi

    B. MAMATOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada sur rangli qorako‘l qo‘ylarini turli rangbaranglik (kumushsimon, olmos, tillasimon) guruhlari bo‘yicha variantli juftlashdan olingan avlodlarning teri qalinligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onalik shakllarini tanlab juftlash avlodlarning teri qoplamining yupqa, qalinlashgan va qalin guruhlarga taqsimlanishiga differensial ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Xususan, olmos rangbarangligiga mansub qo‘chqor va sovliqlarni o‘zaro gomogen juftlash variantida eng yuqori yupqa terilik ko‘rsatkichi (75,0%) qayd etilganligi statistik tahlillar yordamida isbotlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    O‘zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan meva kuyalariga qarshi zamonaviy integratsiyalashgan kurash choralari

    B. XAMIDOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada O‘zbekistonning janubiy hududlari, xususan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida meva bog‘larida uchraydigan meva kuyalarining zararliligini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy integratsiyalashgan himoya tizimi yoritilgan. Meva kuyalari, ayniqsa Yponomeutidae oilasi vakillari, meva daraxtlarining barg apparatiga zarar yetkazib, fotosintetik faollikni susaytirishi hamda hosildorlik va meva sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Zamonaviy yondashuvda zararkunandalarga qarshi kurash agrotexnik, mexanik, biologik, biotexnik va zarurat tug‘ilganda selektiv kimyoviy usullarni yagona tizimga birlashtirishga asoslanadi. Maqolada feromon monitoringi, fenologik kuzatuv, iqtisodiy zarar mezonlari, tabiiy kushandalarni muhofaza qilish, entomopatogen mikroorganizmlardan foydalanish va raqamli monitoringning istiqbollari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    Topinambur o‘simligi Fayz-baraka navining unib chiqish darajasi va ko‘chat qalinligiga mineral o‘g‘itlar shakllari va me‘yorlarining ta‘siri

    N. AKBAROVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Fayz-baraka navli topinambur nihollarining unib chiqish darajasi va ko‘chat qalinligiga azotli o‘g‘itlar shakllari (ammoniy sulfat, karbamid, ammoniy nitrat) va me‘yorlarining (P₉₀K₉₀ fonida N₆₀–N₁₅₀) ta‘siri o‘rganilgan. 2025-yilgi dala tajribasida barcha variantlarda ko‘chat qalinligi kuzatuv muddatlari bo‘yicha ortib borgan, eng jadal o‘sish 12.04–17.04 oralig‘ida (o‘rtacha 22–24 ming tup/ga) qayd etilgan. Ammoniy nitrat eng yuqori samaradorlik ko‘rsatgan: N₁₂₀P₉₀K₉₀ me‘yorida ko‘chat qalinligi yaganadan keyin 94,1 ming tup/ga, amal davri oxirida 92,9 ming tup/ga ni tashkil etgan. Barcha o‘g‘it shakllari uchun N₁₂₀P₉₀K₉₀ optimal me‘yor bo‘lib, uni N₁₅₀ gacha oshirish ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib kelgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    Experimental research results on the treatment of watermelon seeds with ultraviolet light

    I. USMONOV, S. ABDULLAJONOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada tarvuz hosildorligini oshirishda ekiladigan urug‘larning laboratoriya hamda dala unuvchanligini yaxshilash va ularni turli kasalliklardan zararsizlantirish qishloq xo‘jaligida muhim amaliy ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan tarvuz urug‘lariga ultrabinafsha nur (UBN) beruvchi maxsus qurilmani ishlab chiqish va undan foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi tarvuz urug‘iga ultrabinafsha nur berish qurilmasining laboratoriya nusxasida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish hamda nurlatishning eng ratsional rejimlarini aniqlashdan iborat. Tajribalar UBN qurilmasining laboratoriya stendida to‘rt qaytariqda, to‘lqin uzunliklari 253,7 nm va 300 nm bo‘lgan 120 – 180 Vt quvvatli bakteritsid lampalarda o‘tkazildi. Urug‘lar va nurlatgich orasidagi masofa hamda ishlov berish vaqti bo‘yicha turli rejimlar o‘zaro solishtirilib, tahlillar natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    Модель единого слоя библиографических метаданных со встроенным контролем качества для национальной платформы научных изданий

    Х. РАЙИМЖОНОВ, М. МИРРАХИМОВ · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada O‘zbekiston Milliy ilmiy nashrlar platformasi uchun yagona bibliografik metama‘lumotlar qatlami modeli taklif etilgan; ushbu modelda sifat nazorati yozuvga ishlov berishning barcha bosqichlariga o‘rnatilgan. Har bir maydon qiymati manbasi, usuli, vaqti va ishonchliligi ko‘rsatilgan tasdiq (assertion) sifatida saqlanadi, kanonik qiymat esa manbalar darajasi bo‘yicha tanlanadi. Sifat oltita o‘lchov bo‘yicha baholanadi; to‘liqlik, to‘g‘rilik va muvofiqlik ko‘rsatkichlari jurnallarga manzilli tavsiyalar berishda qo‘llaniladigan metama‘lumotlar sifati indeksiga jamlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    Опухоли передней черепной ямки: клинический случай крупной менингиомы обонятельной борозды с бифронтальной компрессией и перифокальным отёком

    М. АЛИЕВ, З. ХУСАНОВ, О. САФАРОВ · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Hid bilish egati meningiomalari oldingi kalla chuqurchasi o‘smalari guruhiga kirib, uzoq vaqt davomida kam simptomli kechishi mumkin. Shu sababli ular ko‘pincha o‘sma katta hajmga yetib, peshona bo‘laklarini kompressiya qilgan va perifokal vazogen shish shakllangan bosqichda aniqlanadi. Klinik belgilari hid bilishning pasayishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rish buzilishi, emotsional-xulqiy o‘zgarishlar, kognitiv disfunksiya hamda intrakranial gipertenziya belgilari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada 59 yoshli bemorda oldingi kalla chuqurchasi va hid bilish egati sohasida joylashgan, ikki tomonlama peshona-bazal tuzilmalarni kompressiya qilgan, perifokal shish, giposmiya, umumiy miya simptomlari hamda frontal ruhiy disfunksiya bilan kechgan yirik ekstraserebral o‘smaning klinik holati bayon etilgan. Kontrastli magnit-rezonans tomografiyada o‘smaning maksimal o‘lchami taxminan 42 mm bo‘lgan. Klinik simptomlar va mass-effekt mavjudligi sabab mikroxirurgik davolash tanlangan. O‘ng tomonlama frontolateral kraniotomiya orqali o‘sma Simpson II darajasida total rezeksiya qilingan. Operatsiyadan keyin umumiy miya va frontal-ruhiy simptomlar regressiyasi, Karnovskiy indeksining 70 dan 80 ballgacha yaxshilanishi va yangi harakat defitsitining yo‘qligi kuzatilgan. Klinik holat individual jarrohlik yondashuvini tanlash va maksimal xavfsiz rezeksiya tamoyilining ahamiyatini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    Двусторонняя глубокая стимуляция задневентролатеральной области таламуса при тремор-ригидной форме болезни Паркинсона IV стадии с выраженными аксиальными нарушениями: клинический случай

    М. АЛИЕВ, С. ОЗТЮРК · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Kirish. Miyaning chuqur stimulyatsiyasi (DBS) Parkinson kasalligining rivojlangan bosqichlarida to‘g‘ri tanlangan bemorlar uchun samarali funksional neyroxirurgik davolash usuli hisoblanadi. Davolash natijasi stimulyatsiya nishoni, elektrodlarning anatomik joylashuvi, stimulyatsiya parametrlari va aksial motor buzilishlarning og‘irligiga bog‘liq. Klinik holat. 44 yoshli erkak bemorda Parkinson kasalligi taxminan 17 yil davom etgan. Klinik ko‘rinish tremor-rigid shakl va yaqqol postural-kinetik komponent bilan xarakterlangan. Bemorda qo‘l-oyoqlarda kuchli tremor, gipokineziya, mushak rigidligi, gipomimiya, freezing of gait, propulsiya, retropulsiya, lateropulsiya, muvozanat buzilishi va takroriy yiqilishlar kuzatilgan. Hoehn–Yahr bo‘yicha IV bosqich, Karnofsky shkalasi bo‘yicha 70 ball qayd etilgan. 2025-yil 28-avgust kuni Zamorano–Duchovny stereotaktik tizimi, MSKT asosidagi ro‘yxatga olish, Medtronic DBS navigatsiyasi va C-arm nazorati yordamida talamusning orqa ventrolateral sohasiga ikki tomonlama DBS bajarilgan. Keyingi davrda stimulyator individual dasturlangan, farmakoterapiya moslashtirilgan va strukturaviy neyroreabilitatsiya o‘tkazilgan. Xulosa. Rivojlangan tremor-rigid Parkinson kasalligida ikki tomonlama talamik DBS yaqqol tremorni sezilarli kamaytirishi mumkin. Aksial simptomlar mavjud bemorlarda optimal natijaga erishish uchun DBS, dori terapiyasi va neyroreabilitatsiyani kompleks ravishda olib borish zarur.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    Двусторонняя глубокая стимуляция задневентролатеральной области таламуса при тремор-ригидной форме болезни Паркинсона IV стадии: клинический случай с мультимодальной оценкой

    М. АЛИЕВ, С. ОЗТЮРК · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Kirish. Miyaning chuqur stimulyatsiyasi (DBS) Parkinson kasalligida dori vositalari bilan yetarli nazorat qilinmaydigan tremor, rigidlik, bradikineziya va rivojlangan motor buzilishlarda qo‘llaniladigan funksional stereotaktik neyroxirurgik usuldir. Ushbu maqolada 1969-yilda tug‘ilgan, kasallik belgilari 2016-yilda boshlangan va Hoehn–Yahr bo‘yicha IV bosqich tremor-rigid shakldagi Parkinson kasalligi bo‘lgan erkak bemor holati keltiriladi. Klinik holat. Gospitalizatsiya vaqtida qo‘llarning doimiy titrashi, gipokineziya, mushak rigidligi, gipomimiya, freezing of gait, propulsiya, retropulsiya, lateropulsiya, yiqilishlar bilan kechuvchi postural beqarorlik, oyoqlardagi kuchsizlik va vegetativ buzilishlar ustun bo‘lgan. Konservativ davoga qaramay simptomlar kuchaygan. 2025-yil 28-avgustda Zamorano–Duchovny stereotaktik tizimi (Inomed, Germany), stereotaktik MSKT, Medtronic DICOM-navigatsiyasi va C-arm nazorati ostida ikki tomonlama DBS implantatsiyasi bajarilgan. Operatsion protokolga ko‘ra elektrodlar talamusning orqa ventrolateral yadrolari proyeksiyasiga o‘rnatilgan. Impuls generatori o‘ng ko‘krakning yuqori qismiga joylashtirilgan. Xulosa. Mazkur holat rivojlangan tremor-rigid Parkinson kasalligida individual stereotaktik rejalashtirishning ahamiyatini va tremor, rigidlik, bradikineziya, yurish, muvozanat hamda funksional mustaqillikni alohida baholash zarurligini ko‘rsatadi. Ishchi qo‘lyozmada hujjatlarda mavjud bo‘lmagan standart shkala va dasturlash ko‘rsatkichlari modellashtirilgan bo‘lib, ilmiy nashrdan oldin haqiqiy ma‘lumotlar bilan almashtirilishi kerak.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    Kimmerle anomaliyasi: kashf etilish tarixi, tasnifi va klinik qarashlarning evolyutsiyasi

    S. UMMATQULOVA, M. ALIYEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarblik. Kimmerle anomaliyasi atlasning posterior yoyida umurtqa arteriyasi egati ustidan o‘tuvchi qisman yoki to‘liq suyak ko‘prigi shakllanishi bilan tavsiflanadigan kraniovertebral anatomik variantdir. Ushbu tuzilma XIX–XX asrlarda avvalo anatomik va rentgenologik topilma sifatida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik uning vertebral arteriyaning V3 segmenti, suboksipital nerv va kraniovertebral jarrohlik anatomiyasi bilan munosabati klinik qiziqishni oshirdi. Zamonaviy tasvirlash usullari anomaliyani oddiy “bor yoki yo‘q” shaklida baholashdan ko‘p komponentli morfologik va funksional fenotiplashga o‘tish imkonini berdi. Material va usullar. Kimmerle anomaliyasining anatomik tavsifi, terminologiyasi, epidemiologiyasi, morfologik klassifikatsiyasi, radiologik diagnostikasi, vertebral arteriya bilan o‘zaro munosabati va jarrohlik ahamiyatiga bag‘ishlangan klassik va zamonaviy ilmiy manbalar strukturaviy narrativ usulda tahlil qilindi. Tarixiy anatomik-rentgenologik ishlar zamonaviy KT, KT-angiografiya, morfometrik tadqiqotlar, sistematik sharhlar va meta-tahlillar bilan solishtirildi. Natijalar. Kimmerle anomaliyasi haqidagi ilmiy qarashlar bir necha bosqichda rivojlangan: anatomik variantni tavsiflash, rentgenologik identifikatsiya, populyatsion prevalensiyani o‘rganish, complete va incomplete shakllarni tasniflash, C1 instrumental fiksatsiyasidagi jarrohlik xavfini anglash va nihoyat dinamik neyrovaskulyar konflikt konsepsiyasiga o‘tish. Zamonaviy adabiyotlar morfologik mavjudlikning o‘zi simptomlarning sababiyligini isbotlamasligini ko‘rsatadi. Klinik ahamiyat morfologiya, vertebral arteriya anatomiyasi, simptomlarning reproduktivligi va funksional gemodinamik o‘zgarishlar birgalikda mavjud bo‘lganda oshadi. Xulosa. Kimmerle anomaliyasi haqidagi tushuncha oddiy atlas anatomik variantidan individual morfologik, vaskulyar va jarrohlik xususiyatlariga ega kraniovertebral fenotip konsepsiyasigacha evolyutsiya qilgan. Zamonaviy klinik yondashuvda terminologik aniqlik, morfologik klassifikatsiya va simptomatik holatlarni tasodifiy topilmalardan ajratish asosiy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    Turli gormonal faollikka ega gipofiz makroadenomalarining MRT asosidagi morfologik tahlili va o‘sish xususiyatlari

    N. MUHAMMADOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarblik. Gipofiz makroadenomalari sellar-parasellyar sohaning eng muhim hajmli hosilalari qatoriga kiradi. Ularning klinik kechishi nafaqat o‘lchamiga, balki gormonal faolligi, o‘sish yo‘nalishi, kavernoz sinusga invaziyasi, suprasellyar kengayishi va optik xiazma bilan munosabatiga ham bog‘liq. Magnit-rezonans tomografiya gipofiz makroadenomalarini aniqlash, ularning topografik-anatomik tarqalishini baholash va jarrohlik taktikasini rejalashtirishda asosiy diagnostik usul hisoblanadi. Material va usullar. Maqolada gipofiz makroadenomalarini baholash uchun MRT-morfologik tahlil algoritmi ishlab chiqildi. Baholash mezonlari sifatida o‘sma o‘lchami, hajmi, suprasellyar va parasellyar kengayishi, Knosp darajasi, optik xiazma kompressiyasi, gipofiz oyoqchasi deviatsiyasi, nekroz, kista, gemorragik o‘zgarishlar va sfenoidal sinus bilan munosabat tahlil qilindi. Natijalar. Gormonal faol va nofaol makroadenomalar o‘sish yo‘nalishi va invazivlik darajasi bo‘yicha farqlanishi mumkin. Prolaktinomalar va somatotropinomalar ayrim holatlarda kavernoz sinusga lateral invaziya, nofaol makroadenomalar esa ko‘proq suprasellyar kengayish va optik xiazma kompressiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Xulosa. MRT asosidagi morfologik tahlil gipofiz makroadenomalarining biologik xatti-harakati, operatsion xavfi va davolash taktikasini individual belgilashda muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish