Varroatoz va trapilelapsozga qarshi qo‘llanilgan fitopreparatlarning terapevtik va profilaktik samaradorligi
IBRAGIMOV Furqat Bo‘riyevich, YUNUSOV Xudaynazar BeknazarovichSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, O‘zbekiston2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 9Sahifa 123–130
Annotatsiya
Ushbu maqolada asalarilarning varroatoz va trapilelapsoz kasalliklariga qarshi fitopreparatlarning terapevtik-profilaktik samaradorligi, dorivor o‘simliklar va efir moylarining akaritsid faolligi hamda asalari oilalari uchun xavfsizligi tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy fitopreparatlarni qo‘llash istiqbollari, optimal konsentratsiyalarni tanlash va ularni invazion kasalliklarga qarshi integratsiyalashgan kurash tizimiga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaТерапевтическая и профилактическая эффективность фитопрепаратов, применяемых против варроатоза и тропилелапсоза
В статье проанализирована терапевтическая и профилактическая эффективность фитопрепаратов, применяемых против варроатоза и тропилаэлапсоза пчёл. Рассмотрены акарицидная активность лекарственных растений и эфирных масел, их безопасность для пчелиных семей, перспективы применения местных фитопрепаратов, выбор оптимальных концентраций и возможности их включения в систему интегрированной борьбы с инвазионными заболеваниями пчёл.
inglizchaTherapeutic and prophylactic efficacy of phytopreparations used against varroosis and tropilaelapsosis
This article analyzes the therapeutic and prophylactic efficacy of phytopreparations used against varroosis and tropilaelapsosis in honeybees. It examines the acaricidal activity of medicinal plants and essential oils, their safety for honeybee colonies, the prospects for using locally available plant-based preparations, the selection of optimal concentrations, and their potential integration into comprehensive strategies for controlling parasitic mite infestations.
Kalit so‘zlar
- asalarilar
- varroatoz
- trapilelapsoz
- Varroa destructor
- Tropilaelaps clareae
- fitopreparatlar
- dorivor o‘simliklar
- efir moylari
- akaritsid faollik
- terapevtik samaradorlik
- profilaktika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Vol. 5, Issue 9, 2026 ISSN 2181-3833 | Uzbekistan https://refocus.uz/
R E S E A R C H A R T I C L E • PEER-REVIEWED • OPEN ACCESS • SERIES C • HAC/OAK 16.00.00 — VETERINARY SCIENCES • UDC: 638.15:615.32:616.08
Therapeutic and prophylactic efficacy of phytopreparations used against varroosis and tropilaelapsosis Varroatoz va trapilelapsozga qarshi qo‘llanilgan fitopreparatlarning terapevtik va profilaktik samaradorligi Терапевтическая и профилактическая эффективность фитопрепаратов, применяемых против варроатоза и тропилелапсоза IBRAGIMOV Furqat Buriyevich1,* , YUNUSOV Khudaynazar Beknazarovich1 Samarkand State University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnologies, Samarkand, Uzbekistan
* Corresponding author: ibragimovfurkat694@gmail.com
ARTICLE TYPE Research Article LANGUAGE OF FULL TEXT O‘zbekcha (UZ) ☑ SCIENTIFIC FIELD / OAK 16.00.00 – Veterinary Sciences Veterinariya fanlari HAC Presidium decision No. 371/5, 13.06.2025 Series C UDC / UDK 638.15:615.32:616.08
ARTICLE HISTORY Received: 2026-09-09 Revised: 2026-09-18 Accepted: 2026-09-24 Published: 2026-09-30
DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I9.0917
Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0). This is an open access article distributed under the terms of the CC BY 4.0 licence.
AUTHOR, TITLE AND ABSTRACT METADATA (EN / UZ / RU)
ENGLISH IBRAGIMOV Furqat Buriyevich1,* , YUNUSOV Khudaynazar Beknazarovich1 Samarkand State University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnologies, Samarkand, Uzbekistan
Abstract. This article analyzes the therapeutic and prophylactic efficacy of phytopreparations used against varroosis and tropilaelapsosis in honeybees. It examines the acaricidal activity of medicinal plants and essential oils, their safety for honeybee colonies, the prospects for using locally available plant-based preparations, the selection of optimal concentrations, and their potential integration into comprehensive strategies for controlling parasitic mite infestations. Keywords: honeybees; varroosis; tropilaelapsosis; Varroa destructor; Tropilaelaps clareae; phytopreparations; medicinal plants; essential oils; acaricidal activity; therapeutic efficacy; prevention
O‘ZBEKCHA IBRAGIMOV Furqat Bo‘riyevich1,* , YUNUSOV Xudaynazar Beknazarovich1 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, O‘zbekiston Annotatsiya. Ushbu maqolada asalarilarning varroatoz va trapilelapsoz kasalliklariga qarshi fitopreparatlarning terapevtik-profilaktik samaradorligi, dorivor o‘simliklar va efir moylarining akaritsid faolligi hamda asalari oilalari uchun xavfsizligi tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy fitopreparatlarni qo‘llash istiqbollari, optimal konsentratsiyalarni tanlash va ularni invazion kasalliklarga qarshi integratsiyalashgan kurash tizimiga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: asalarilar; varroatoz; trapilelapsoz; Varroa destructor; Tropilaelaps clareae; fitopreparatlar; dorivor o‘simliklar; efir moylari; akaritsid faollik; terapevtik samaradorlik; profilaktika
РУССКИЙ ИБРАГИМОВ Фуркат Буриевич1,* , ЮНУСОВ Худайназар Бекназарович1 1 Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, Самарканд, Узбекистан
Аннотация. В статье проанализирована терапевтическая и профилактическая эффективность фитопрепаратов, применяемых против варроатоза и тропилаэлапсоза пчёл. Рассмотрены акарицидная активность лекарственных растений и эфирных масел, их безопасность для пчелиных семей, перспективы применения местных фитопрепаратов, выбор оптимальных концентраций и возможности их включения в систему интегрированной борьбы с инвазионными заболеваниями пчёл.
How to cite / Iqtibos keltirish / Как цитировать: IBRAGIMOV, F. B., YUNUSOV, K. B. (2026). Therapeutic and prophylactic efficacy of phytopreparations used against varroosis and tropilaelapsosis. Research Focus International Scientific Journal, 5(9), 123–130. https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I9.0917 © 2026 The Author(s). Published by Research Focus International Scientific Journal. Open access article under the CC BY 4.0 licence. HAC / OAK: On the HAC list of national scientific publications (Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan) for 06.00.00 Agricultural Sciences and 16.00.00 Veterinary Sciences. O‘zbekiston Respublikasi FA huzuridagi OAK ro‘yxatida: 06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari; 16.00.00 – Veterinariya fanlari.
Ключевые слова: пчёлы; варроатоз; тропилаэлапсоз; Varroa destructor; Tropilaelaps clareae; фитопрепараты; лекарственные растения; эфирные масла; акарицидная активность; терапевтическая эффективность; профилактика
1. KIRISH Introduction Varroatoz va trapilelapsoz asalari oilalarining salomatligi, rivojlanishi va mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim invazion kasalliklar hisoblanadi. Ushbu kasalliklarga qarshi kurashishda kimyoviy akaritsidlardan uzoq muddat foydalanish parazitlarda chidamlilik shakllanishi hamda asalarichilik mahsulotlarida preparat qoldiqlarining to‘planishi xavfini yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan, akaritsid faollikka ega va asalari oilalari uchun xavfsiz vositalarni izlash, ularning terapevtik-profilaktik samaradorligini ilmiy asosda baholash dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Fitopreparatlarning varroatoz va trapilelapsoz qo‘zg‘atuvchilariga ta’sirini, optimal konsentratsiyalarini hamda asalari oilalarining hayotchanligiga ta’sirini o‘rganish kasalliklarga qarshi kurashishning samarali va ekologik jihatdan maqbul usullarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2. MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI Literature review
Bir guruh tadqiqotchilar 30 xil efir moyining Varroa destructor kanalari va ishchi asalarilarga ta’sirini qiyosiy o‘rgangan. Tajribalarda ayrim efir moylarining kanalarga qarshi yuqori akaritsid faolligi aniqlangan, biroq ularning asalarilarga toksik ta’siri ham alohida baholangan. Mualliflarning ishlari o‘simlik moylarini varroatozga qarshi qo‘llashda nafaqat parazitlarga ta’sirini, balki asalari oilalari uchun xavfsizligini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi [4]. Olimlar Thymus satureioides va Origanum elongatum o‘simliklari efir moylarining kimyoviy tarkibi hamda V. destructor ga qarshi akaritsid xususiyatlarini o‘rgangan. Tadqiqotda ushbu moylarning asalari uyasida fumigatsiya usulida qo‘llanganda samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Ayniqsa, tarkibida karvakrol ko‘p bo‘lgan efir moyining fumigant ta’siri yuqoriroq bo‘lgan. Ushbu natijalar mahalliy dorivor o‘simliklardan olinadigan biologik faol moddalarni varroatozga qarshi vositalar yaratishda o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi [6]. Tadqiqotchilar Jazoirda o‘sadigan Artemisia herba-alba, Artemisia campestris, Artemisia judaica va Ruta montana o‘simliklari efir moylarining V. destructor ga qarshi ta’sirini baholagan. Natijalar barcha tekshirilgan moylarda akaritsid faollik mavjudligini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, moylarning ta’siri va asalarilar uchun selektivligi o‘simlik turiga qarab farqlangan. Mualliflar ushbu tabiiy vositalarni varroatozga qarshi qo‘llash istiqbollarini ta’kidlagan, ammo ularni amaliy asalarichilik sharoitida ham qo‘shimcha tekshirish zarurligini qayd etgan [3]. Dastlab biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarda ham mahalliy dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan preparatlarning asalari kasalliklariga qarshi samaradorligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlarda dolchin (Cinnamomum spp.) va boshqa biologik faol o‘simlik komponentlarining akaritsid hamda mikroblarga qarshi xususiyatlariga e’tibor qaratilgan. Mualliflar fitopreparatlarni qo‘llash asalari oilalarining yashovchanligini saqlash, parazitlarga qarshi kurashish va asalarichilik mahsulotlarida kimyoviy qoldiqlar to‘planishi xavfini kamaytirishda istiqbolli ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek, o‘simlik asosidagi vositalarni kimyoviy preparatlarga muqobil yoki ular bilan uyg‘unlashgan holda, integratsiyalashgan kurash tizimida qo‘llash muhimligi qayd etilgan [5].
Olimning “Средства неспецифической профилактики варроатоза пчёл на основе растительного сырья и научные основы их применения” mavzusidagi dissertatsiyasida varroatozga qarshi o‘simlik xomashyosidan foydalanishning ilmiy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqotda achchiq shuvoq (Artemisia absinthium) va qarag‘ay kurtaklari asosida tayyorlangan KAS-81 preparatining terapevtik-profilaktik xususiyatlari baholangan. Muallif ma’lumotlariga ko‘ra, preparatni oziqlantirish orqali qo‘llash asalari oilalarining kanalarga zararlanish darajasini kamaytirishga yordam bergan. Ishda preparatning asalari oilalarining qishlashi, nasl rivojlanishi va hayotchanligiga ta’siri ham o‘rganilgan [8]. Tadqiqot Hindistonning Himachal-Pradesh shtatidagi Kangra vodiysi va Rajasthan hududlarida Tropilaelaps clareae bilan zararlangan asalari oilalarida olib borilgan. Uch marta ishlov berilgandan so‘ng, kekik (Thymus vulgaris) moyi nasldagi zararlanishni 42,33% dan 2,00% gacha kamaytirgan, ya’ni 94,83% samaradorlik qayd etilgan. Evkalipt (Eucalyptus globulus) moyi qo‘llangan guruhda zararlanish 3,00% gacha tushib, 91,36% kamayish kuzatilgan. Ish ushbu ikki o‘simlik moyining trapilelapsozga qarshi istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi [1]. Mualliflar V. destructor va T. clareae bilan birgalikda zararlangan Apis mellifera oilalarida kekik, evkalipt, qalampirmunchoq va limon o‘ti (lemongrass) efir moylarini laboratoriya hamda dala sharoitida tekshirgan. T. clareae ga qarshi nisbiy samaradorlik kekik moyida 81,70%, qalampirmunchoq moyida 76,95%, evkalipt moyida 74,53% va limon o‘ti moyida 69,74% bo‘lgan. Kekik moyi eng yuqori natijani ko‘rsatgan; uning qo‘llanilishi nasl maydonining sezilarli oshishi bilan ham bog‘langan [7].
Mualliflar Tropilaelaps mercedesae biologiyasi, tarqalishi va unga qarshi kurash usullarini umumlashtirgan sharh maqola tayyorlagan. Unda timol, limonen va limon o‘ti moyi kabi o‘simliklardan olinadigan birikmalarning akaritsid imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan birga, laboratoriyada kuzatilgan ta’sir har doim ham dala sharoitida takrorlanmasligi, optimal konsentratsiya va qo‘llash usullarini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan [2]. Xulosa qilib aytganda, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan dorivor o‘simliklar hamda ulardan olingan efir moylarining Varroa destructor va Tropilaelaps kanalariга qarshi akaritsid samaradorligi o‘rganilgan. Ayniqsa, kekik, evkalipt, qalampirmunchoq, limon o‘ti va boshqa o‘simlik vositalarining istiqbolli ta’siri aniqlangan. Biroq ularning samaradorligi, asalari oilalari uchun xavfsizligi hamda amaliy asalarichilik sharoitidagi qo‘llash usullari bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi. Shu sababli mahalliy dorivor o‘simliklar asosida samarali va xavfsiz fitopreparatlar ishlab chiqish, ularning terapevtik-profilaktik xususiyatlarini hamda olingan asal sifatiga ta’sirini kompleks baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Tadqiqotlar davomida kavrak (Ferula assa-foetida) o‘simligidan tayyorlangan suvli ekstrakt (damlama) asalari oilalarida varroatoz va trapilelapsoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi sinovdan o‘tkazildi. Tayyorlangan fitopreparatlarni qo‘llashda asalari oilalarining fiziologik holati, parazitlarning biologik rivojlanish xususiyatlari hamda preparatlarning asalari organizmiga xavfsiz ta’sirini ta’minlash tamoyillari hisobga olindi.
Fitopreparatlar asalari oilalariga romlar oralig‘iga purkash usuli orqali yuborildi. Ushbu usul tanlanishining asosiy sababi shundan iboratki, Varroa destructor va Tropilaelaps clareae kanalari asosan ishchi asalarilar tanasining tashqi yuzasida, ayniqsa qorin qismi, ko‘krak bo‘limi va uya ichidagi naslli kataklarda joylashadi.
Preparat eritmasining mayda tomchilar holida tarqalishi uning asalari tanasi, uya ichki muhiti va parazitlar joylashadigan hududlarga bir tekis yetib borishini ta’minladi.
1-rasm. Asalari romlari oralig‘iga fitopreparatni purkash usuli orqali yuborish jarayoni / Fig. 1. Application of the phytopreparation by spraying between the honeycomb frames
4. TADQIQOT NATIJALARI Results Varroatoz va trapilelapsoz asalari oilalarining biologik rivojlanishi, mahsuldorligi va yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ektoparazitar kasalliklar hisoblanadi. Ushbu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari - Varroa destructor va Tropilaelaps clareae - asalarilarning gemolimfasi bilan oziqlanib, ularning fiziologik holatini zaiflashtiradi. Natijada nasl rivojlanishining buzilishi, asalari oilalarining kuchsizlanishi va mahsuldorlikning pasayishi kuzatiladi. An’anaviy sintetik akaritsidlarni uzoq muddat va takroran qo‘llash parazitlarda rezistentlik shakllanishiga hamda asalarichilik mahsulotlarida dori vositalari qoldiqlarining to‘planishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois ekologik xavfsiz, biologik parchalanadigan va asalari oilalariga nisbatan kam toksik vositalarni izlash dolzarb masalalardan biridir. Mazkur jihatdan dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan Fitopreparatlar istiqbolli muqobil vosita sifatida katta
ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Xususan, kavrak (Ferula assa-foetida) va burgan (Artemisia spp.) tarkibidagi biologik faol birikmalar akaritsid, repelent va antimikrob xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday preparatlarning qo‘llanilishi parazitlar sonini kamaytirish bilan bir qatorda asalari oilalarining biologik barqarorligini saqlashga xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, fitopreparatlarning terapevtik va profilaktik samaradorligini ilmiy asosda baholash organik va ekologik xavfsiz asalarichilikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. 1-jadvalda kavrak (Ferula assa-foetida) xomashyosidan turli nisbatlarda suvli damlama tayyorlash va uni asalari oilalariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan tajriba sxemasi keltirilgan. Tajribada asosiy o‘zgaruvchi omil suv miqdori, barcha tajriba variantlarida esa quritilgan kavrak xomashyosi 25 g miqdorida bir xil saqlangan. Bunday yondashuv xomashyo miqdorini standartlashtirgan holda, suv hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali damlamaning konsentratsion farqini hosil qilish va uning biologik samaradorligini qiyosiy baholash imkonini beradi.
Kavrak damlamasining turli nisbatlarda tayyorlash sxemasi / Table 1. Scheme for preparing asafoetida (Ferula assa-foetida) infusion at different ratios Quritilgan kavrak Xomashyo: 50 ml dozadagi Guruh Suv Konsentratsiya xomashyosi suv nisbati xomashyo ekvivalenti I-tajriba 25 g 500 ml 1:20 2,5 g Past II-tajriba 25 g 375 ml 1:15 3,33 g O‘rtacha-past III-tajriba 25 g 250 ml 1:10 5,0 g O‘rtacha IV-tajriba 25 g 125 ml 1:5 10,0 g Yuqori V-nazorat 0g 500 ml - 0g Nazorat
Tajriba uchun quritilgan va maydalangan kavrak xomashyosi barcha tajriba guruhlarida 25 g miqdorda olinib, unga mos ravishda 500, 375, 250 va 125 ml suv qo‘shilgan. Natijada xomashyo:suv nisbati mos ravishda 1:20, 1:15, 1:10 va 1:5 ko‘rinishida shakllantirilgan. Suv hajmining kamayishi natijasida bir xil miqdordagi kavrak xomashyosi kamroq hajmdagi erituvchiga ekstraksiyalanganligi sababli damlamaning hisobiy xomashyo yuklamasi bosqichma-bosqich oshib borgan. Shu asosda 1:20 variant past, 1:15 o‘rtacha-past, 1:10 o‘rtacha va 1:5 yuqori konsentratsiyali tajriba varianti sifatida qabul qilingan.
Mazkur tajriba dizaynining muhim metodik jihati shundaki, barcha variantlarda quritilgan kavrak xomashyosi miqdori 25 g qilib doimiy saqlangan, suv hajmi esa 500 ml dan 125 ml gacha izchil kamaytirilgan. Natijada tajriba guruhlari o‘rtasidagi asosiy farq aynan xomashyo:suv nisbatining o‘zgarishi hisobiga yuzaga keladi. Bu yondashuv kavrak xomashyosining turli konsentratsion variantlarini qiyoslashda xomashyoning boshlang‘ich massasini standartlashtirish imkonini beradi. 50 ml preparatning bir asalari oilasiga qo‘llanilishi hisobga olinganda, har bir tajriba variantida 50 ml dozaga to‘g‘ri keladigan quruq kavrak xomashyosi ekvivalenti mos ravishda 2,50; 3,33; 5,00 va 10,00 g ni tashkil etadi.
Tajribaning V-nazorat guruhida kavrak xomashyosi qo‘llanilmagan va preparat tarkibida xomashyo mavjud emas. Nazorat guruhining hisobiy xomashyo ekvivalenti 0 g ni tashkil etadi. Ushbu guruh tajriba davomida Varroa destructor va Tropilaelaps clareae invaziyasining tabiiy dinamikasini baholash hamda tajriba guruhlarida kuzatilgan o‘zgarishlarni kavrak damlamasi ta’siri bilan qiyoslash uchun xizmat qiladi.
Kavrak damlamasi konsentratsiyasining bosqichma-bosqich oshirilishi uning ta’siri konsentratsiyaga qarab qanday o‘zgarishini aniqlash imkonini beradi. Bunda 1:20 nisbatdagi damlamadan 50 ml qo‘llanganda 2,50 g, 1:15 da 3,33 g, 1:10 da 5,00 g va 1:5 da 10,00 g quruq xomashyo ekvivalenti bir asalari oilasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli yuqori nisbatdagi konsentratsiya avtomatik ravishda optimal deb hisoblanmaydi. Optimal variant V. destructor va T. clareae ga qarshi akaritsid samaradorlik bilan bir qatorda asalari oilalarining hayotchanligi, asalari nobud bo‘lishi, bachadonning tuxum qo‘yish faolligi, nasl maydoni va preparatning ehtimoliy toksik ta’siri kabi ko‘rsatkichlar majmuasi asosida aniqlanishi kerak.
Umuman olganda, mazkur tajriba sxemasida 25 g kavrak xomashyosining doimiy saqlanishi va suv miqdorining 500 ml dan 125 ml gacha kamaytirilishi tajriba variantlari o‘rtasida izchil konsentratsiya o‘zgarishini shakllantiradi. Xomashyo:suv 2-jadval nisbatining 1:20 → 1:15 → 1:10 → 1:5 tarzida o‘zgarishi natijasida 50 ml preparatga to‘g‘ri keladigan xomashyo ekvivalenti 2,50 → 3,33 → 5,00 → 10,00 g gacha ortadi. Mazkur yondashuv kavrak damlamasining V. destructor va T. clareae ga qarshi biologik samaradorligini konsentratsiyaga bog‘liq holda baholash, terapevtik ta’sirning optimal darajasini aniqlash hamda samaradorlik va asalari xavfsizligi o‘rtasidagi maqbul nisbatni ilmiy asoslash uchun metodik asos bo‘lib xizmat qildi.
Kavrak damlamasining tajribada qo‘llash sxemasi / Table 2. Scheme of application of asafoetida infusion in the experiment Xomashyo: Guruh Bir oilaga doza Qo‘llash usuli Ishlovlar soni Ishlovlar oralig‘i suv nisbati Romlar oralig‘iga I-tajriba 1:20 50 ml 3 7 kun purkash Romlar oralig‘iga II-tajriba 1:15 50 ml 3 7 kun purkash Romlar oralig‘iga III-tajriba 1:10 50 ml 3 7 kun purkash Romlar oralig‘iga IV-tajriba 1:5 50 ml 3 7 kun purkash Nazorat - - Ishlov berilmadi - -
Kavrak (Ferula assa-foetida L.) damlamasining asalari oilalarida varroatoz va trapilelapsozga qarshi terapevtik hamda profilaktik samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba maxsus sxema asosida tashkil etildi. Tajribada kavrak damlamasining 1:20, 1:15, 1:10 va 1:5 xomashyo:suv nisbatlari sinovdan o‘tkazilib, damlama konsentratsiyasining Varroa destructor va Tropilaelaps clareae ga qarshi samaradorlikka ta’siri qiyosiy baholandi. Bunda preparatning bir asalari oilasiga qo‘llaniladigan hajmi barcha tajriba guruhlarida bir xil - 50 ml/oila miqdorida standartlashtirildi. Shu sababli tajriba variantlari o‘rtasidagi asosiy farq preparat hajmida emas, balki uning tarkibidagi kavrak xomashyosining hisobiy miqdorida bo‘ldi.
Tajribaning I guruhida 1:20, II guruhida 1:15, III guruhida 1:10 va IV guruhida 1:5 nisbatdagi kavrak damlamasi qo‘llanildi. Har bir tajriba oilasiga 50 ml dan preparat romlar oralig‘iga Varramor apparati yordamida mayda dispers purkash usulida yuborildi. Har bir guruhda ishlov 7 kunlik interval bilan jami 3 marotaba amalga oshirildi. Bunday ishlov sxemasi kavrak damlamasining parazitlarga ketma-ket ta’sirini ta’minlash hamda birinchi ishlovdan keyin saqlanib qolgan parazitlarga takroriy ishlov orqali ta’sir ko‘rsatish maqsadida tanlandi.
Preparatning 50 ml hajmda standartlashtirilishi tajriba natijalarini qiyosiy baholash uchun muhim metodik shart bo‘ldi. 1- jadvaldagi hisob-kitoblarga muvofiq, 50 ml 1:20 nisbatdagi damlama bir asalari oilasiga 2,5 g, 1:15 nisbatdagi damlama 3,33 g, 1:10 nisbatdagi damlama 5,0 g, 1:5 nisbatdagi damlama esa 10,0 g quruq kavrak xomashyosi ekvivalentini tashkil etadi. Mazkur qiymatlar tayyor damlama tarkibidagi haqiqiy biologik faol moddalar miqdorini emas, balki 50 ml preparatni tayyorlashga sarflangan quruq kavrak xomashyosining hisobiy ekvivalentini ifodalaydi.
Tajriba variantlarida xomashyo:suv nisbatining 1:20 dan 1:5 gacha o‘zgarishi natijasida 50 ml preparatga to‘g‘ri keladigan xomashyo ekvivalenti ham bosqichma-bosqich oshib bordi. Shu tariqa I guruhda 2,5 g, II guruhda 3,33 g, III guruhda 5,0 g va IV guruhda 10,0 g quruq kavrak xomashyosi ekvivalenti bir asalari oilasiga qo‘llanildi. Bunday tartib kavrak damlamasi ta’sirining konsentratsiyaga bog‘liq ravishda o‘zgarishini aniqlash imkonini berdi.
Nazorat guruhidagi asalari oilalariga kavrak damlamasi bilan ishlov berilmadi. Nazorat guruhining kiritilishi tajriba davomida parazitlar invaziyasining tabiiy o‘zgarishini aniqlash va tajriba guruhlarida kuzatilgan natijalarni preparat ta’siri bilan qiyoslash imkonini berdi. Shu asosda 1:20, 1:15, 1:10 va 1:5 nisbatdagi kavrak damlamalarining V. destructor va T. clareae ga qarshi ta’siri, shuningdek, asalari oilalarining umumiy holatiga ta’siri kompleks ravishda baholandi.
Tajriba davomida har bir ishlovdan oldin va keyingi kuzatuv davrlarida asalari oilalarining umumiy holati, ishchi asalarilarning faolligi, ona arining tuxum qo‘yish jadalligi, nasl maydoni, parazitlar soni hamda asalarilar nobud bo‘lishi muntazam nazorat qilindi. Shuningdek, preparat qo‘llanilgandan keyin zaharlanish, bezovtalik, oziqlanish faolligining pasayishi yoki boshqa nojo‘ya reaksiyalar mavjudligi qayd etildi. Olingan natijalar asosida har bir nisbatdagi damlamaning terapevtik samaradorligi V. destructor va T. clareae bo‘yicha invaziya ekstensivligi (EI), invaziya intensivligi (II), parazitlarning nobud bo‘lish darajasi va umumiy terapevtik samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholandi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, V. destructor bo‘yicha ekstensiv invaziya (EI) kamayishi 1:20 nisbatdagi damlama qo‘llanilganda 34,8%, 1:15 nisbatda 57,6%, 1:10 nisbatda 84,5% va 1:5 nisbatda 88,3% ni tashkil etdi. Demak, 1:20 nisbatga nisbatan 1:10 nisbatdagi damlamada EI kamayishi 49,7 foiz punktga, 1:5 nisbatda esa 53,5 foiz punktga yuqori bo‘ldi. Ayniqsa, 1:15 dan 1:10 nisbatga o‘tilganda samaradorlikning sezilarli oshishi kuzatilib, 1:10 dan 1:5 nisbatga o‘tilganda qo‘shimcha samaradorlik nisbatan kam bo‘ldi. 1:10 nisbatda 84,5% natijaga erishilgan bo‘lsa, 1:5 nisbatda bu ko‘rsatkich atigi 3,8 foiz punktga oshgan. Bu holat 1:10 nisbatda kavrak damlamasining antiparazitar ta’siri yuqori darajaga yetganligini ko‘rsatadi.
V. destructor bo‘yicha intensiv invaziya (II) kamayishi ham xuddi shunday qonuniyatni namoyon etdi.
3-jadval Kavrak (Ferula assa-foetida L.) damlamasining optimal konsentratsiyasini (xomashyo:suv nisbatini) aniqlash mezonlari / Table 3. Criteria for determining the optimal concentration (raw material:water ratio) of Ferula assa-foetida L. infusion Optimal variantni Ko‘rsatkich 1:20 1:15 1:10 1:5 tanlash mezoni V. destructor EI 34,8 57,6 84,5 88,3 Yuqori kamayishi, % V. destructor II 31,5 55,2 82,8 87,4 Yuqori kamayishi, % T. clareae EI kamayishi, 29,7 52,8 80,6 84,5 Yuqori % T. clareae II kamayishi, 28,9 51,6 83,0 84,9 Yuqori % Parazitlar nobud bo‘lishi, 36,2 59,4 83,7 87,5 Yuqori % Ona ari tuxum qo‘yishi, 1 420 1 445 1 468 1 438 Nazoratga yaqin dona/kun Nasl maydoni, sm² 3 420 3 510 3 590 3 470 Nazoratga yaqin Asalarilar nobud bo‘lishi, 3,2 3,8 4,1 9,6 Minimal dona/oila Zaharlanish belgilari Kuzatilmadi Kuzatilmadi Kuzatilmadi Yengil Bo‘lmasligi Umumiy terapevtik Yuqori samaradorlik va 32,2 55,3 82,9 86,5 samaradorlik, % xavfsizlik uyg‘unligi Yuqori samarali, ammo Yakuniy baho Qoniqarli Yaxshi Eng maqbul 1:10 - optimal xavfsizlik pastroq
Mazkur ko‘rsatkich 1:20 nisbatdagi damlamada 31,5%, 1:15 da 55,2%, 1:10 da 82,8% va 1:5 da 87,4% ni tashkil etdi. 1:20 dan 1:10 gacha bo‘lgan nisbatlarda intensiv invaziya darajasining kamayishi 51,3 foiz punktga oshgan bo‘lsa, 1:10 dan 1:5 gacha bo‘lgan bosqichda qo‘shimcha o‘sish atigi 4,6 foiz punktni tashkil etdi. Ushbu natijalar kavrak damlamasining 1:10 nisbatdagi varianti V. destructor kanalarining nafaqat oilalar bo‘yicha tarqalish darajasini, balki bitta asalari oilasiga to‘g‘ri keladigan parazitlar sonini kamaytirishda ham yetarlicha yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Varroa destructor bilan bir qatorda, tajribada Tropilaelaps clareae kanalari bo‘yicha ham sezilarli antiparazitar ta’sir qayd etildi. T. clareae EI kamayishi 1:20 nisbatdagi damlamada 29,7%, 1:15 da 52,8%, 1:10 da 80,6% va 1:5 da 84,5% ni tashkil etdi. 1:20 nisbatga nisbatan 1:10 nisbatda mazkur ko‘rsatkich 50,9 foiz punktga yuqori bo‘ldi. 1:10 dan 1:5 gacha bo‘lgan nisbatda esa samaradorlikning qo‘shimcha o‘sishi 3,9 foiz punktni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar kavrak damlamasi T. clareae ga qarshi ham sezilarli akaritsid faollikka ega ekanligini va 1:10 nisbatda ushbu ta’sir amaliy jihatdan yuqori darajaga yetishini ko‘rsatadi.
T. clareae bo‘yicha intensiv invaziya kamayishi 1:20 nisbatda 28,9%, 1:15 da 51,6%, 1:10 da 83,0% va 1:5 da 84,9% ni tashkil etdi. Bunda 1:20 variantga nisbatan 1:10 nisbatda samaradorlik 54,1 foiz punktga oshgan. Shu bilan birga, 1:10 dan 1:5 gacha nisbat kuchaytirilganda mazkur ko‘rsatkichning atigi 1,9 foiz punktga yaxshilangani kuzatildi. Demak, T. clareae ning intensiv invaziyasini kamaytirishda 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi yetarlicha yuqori va barqaror natija bergan.
Kavrak damlamasining antiparazitar ta’sirini baholovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri kanalarning bevosita nobud bo‘lish darajasi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich 1:20 nisbatda 36,2%, 1:15 da 59,4%, 1:10 da 83,7% va 1:5 da 87,5% ni tashkil etdi. 1:20 dan 1:10 gacha nisbat kuchaytirilganda nobud bo‘lgan parazitlar ulushi 47,5 foiz punktga oshgan. 1:10 dan 1:5 gacha oshirilganda esa bu farq faqat 3,8 foiz punktni tashkil etdi. Shunday qilib, 1:10 nisbatda kanalarga qarshi bevosita letal ta’sir yuqori bo‘lib, nisbatni 1:5 gacha kuchaytirish qo‘shimcha samaradorlikni keskin oshirmagan. 4.1. Asalari oilalarining fiziologik holati Kavrak damlamasining terapevtik samaradorligi bilan bir qatorda, uning asalari oilalarining biologik va fiziologik holatiga ta’sirini baholash muhim ahamiyatga ega. Chunki antiparazitar preparatning yuqori samaradorligi asalari oilasiga toksik yoki stresslovchi ta’sir ko‘rsatgan taqdirda uni amaliyotda optimal preparat sifatida baholash imkonini bermaydi. Shu sababli tadqiqotda ona arining tuxum qo‘yish faolligi, nasl maydoni, asalarilar nobud bo‘lishi hamda zaharlanish belgilari alohida hisobga olindi.
Ona arining tuxum qo‘yish ko‘rsatkichi 1:20 nisbatda kuniga 1420 dona, 1:15 da 1445 dona, 1:10 da 1468 dona va 1:5 nisbatda 1438 donani tashkil etdi. Eng yuqori natija 1:10 nisbatdagi damlama qo‘llanilgan oilalarda qayd etilib, kunlik tuxum qo‘yish 1468 donaga yetdi. 1:5 nisbatda esa ushbu ko‘rsatkich 1438 donagacha kamayib, 1:10 variantga nisbatan 30 donaga pasaydi. Bu holat 1:10 nisbatda preparatning antiparazitar ta’siri bilan asalari oilasining reproduktiv faolligi o‘rtasida nisbatan qulay muvozanat shakllanganligini ko‘rsatadi.
Nasl maydoni ham nisbatlar bo‘yicha farq qildi. Mazkur ko‘rsatkich 1:20 variantda 3420 sm², 1:15 da 3510 sm², 1:10 da 3590 sm² va 1:5 da 3470 sm² ni tashkil etdi. Eng katta nasl maydoni 1:10 nisbatdagi damlama qo‘llanilgan oilalarda kuzatilib, 3590 sm² ga yetdi. 1:5 nisbatda esa nasl maydoni 3470 sm² gacha kamayib, 1:10 variantga nisbatan 120 sm² ga qisqardi. Bu natijalar ham 1:10 nisbatda asalari oilalarining fiziologik faolligi nisbatan yaxshi saqlanganligini ko‘rsatadi. 4.2. Asalarilar xavfsizligi bo‘yicha tahlil Tadqiqotning muhim jihatlaridan biri kavrak damlamasining asalari oilalariga xavfsizlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1:20 nisbatda asalarilar nobud bo‘lishi 3,2 dona/oila, 1:15 da 3,8 dona/oila, 1:10 da 4,1 dona/oila va 1:5 nisbatda 9,6 dona/oila bo‘lgan. Demak, 1:10 nisbatdan 1:5 ga o‘tilganda nobud bo‘lgan asalarilar soni 5,5 dona/oilaga, ya’ni qariyb 2,3 baravar oshgan. Bu holat yuqori xomashyo:suv nisbatida preparatning asalarilar uchun xavfsizlik chegarasi pasayishini ko‘rsatadi.
Zaharlanish belgilari bo‘yicha 1:20, 1:15 va 1:10 nisbatlarda zaharlanish holatlari kuzatilmadi. 1:5 nisbatda esa yengil zaharlanish belgilari qayd etildi. Shunday qilib, 1:5 nisbat antiparazitar samaradorlik bo‘yicha yuqori natijani ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uning asalarilar xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari 1:10 variantga nisbatan noqulay bo‘lgan.
4.3. Umumiy terapevtik samaradorlik Tadqiqot natijalarini kompleks baholash maqsadida V. destructor va T. clareae bo‘yicha ekstensiv va intensiv invaziya kamayishi hamda parazitlarning nobud bo‘lish darajasi asosida umumiy terapevtik samaradorlik aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich 1:20 nisbatda 32,2%, 1:15 da 55,3%, 1:10 da 82,9% va 1:5 da 86,5% ni tashkil etdi. Nisbatning 1:20 dan 1:10 gacha kuchaytirilishi umumiy terapevtik samaradorlikni 50,7 foiz punktga oshirgan bo‘lsa, 1:10 dan 1:5 gacha kuchaytirilganda samaradorlik atigi 3,6 foiz punktga yaxshilandi. Shu bilan birga, 1:5 nisbatda asalarilar nobud bo‘lishining 9,6 dona/oilaga yetishi va yengil zaharlanish belgilarining paydo bo‘lishi kuzatildi. Demak, 1:5 nisbat sof antiparazitar samaradorlik bo‘yicha yuqori natijaga ega bo‘lsa-da, uni xavfsizlik nuqtayi nazaridan optimal variant deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
4.4. Optimal nisbatni tanlashning ilmiy asoslanishi
Olingan natijalarni kompleks tahlil qilish natijasida kavrak (Ferula assa-foetida) damlamasining 1:10 xomashyo:suv nisbati optimal variant sifatida belgilandi. Mazkur nisbatda V. destructor EI kamayishi 84,5%, II kamayishi 82,8%, T. clareae EI kamayishi 80,6%, II kamayishi 83,0% va parazitlarning nobud bo‘lishi 83,7% 4-jadval ni tashkil etib, umumiy terapevtik samaradorlik 82,9% ga yetdi. Shu bilan birga, ona arining tuxum qo‘yish faolligi 1468 dona/kun, nasl maydoni 3590 sm² bo‘lib, asalarilar nobud bo‘lishi 4,1 dona/oila darajasida saqlangan va zaharlanish belgilari kuzatilmagan.
1:5 nisbatda umumiy terapevtik samaradorlik 86,5% gacha oshgan bo‘lsa-da, bu 1:10 variantga nisbatan atigi 3,6 foiz punktlik qo‘shimcha samaradorlikni ta’minladi. Biroq ayni vaqtda asalarilar nobud bo‘lishi 9,6 dona/oilaga oshib, yengil zaharlanish belgilari paydo bo‘lgan, ona arining tuxum qo‘yishi va nasl maydoni esa 1:10 variantga nisbatan pasaygan. Shuning uchun 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi antiparazitar samaradorlik, asalari oilasining fiziologik barqarorligi va preparat xavfsizligi o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni ta’minlovchi variant sifatida baholandi.
Quyidagi 4-jadval ma’lumotlarining tahlili kavrak damlamasi Varroa destructor kanalari soniga sezilarli darajada kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatganligini namoyon etdi. Tajriba boshlanishida har ikkala guruhda kanalarning o‘rtacha soni bir xil, ya’ni 32,0±0,2 tani tashkil etgan bo‘lib, bu guruhlarning dastlabki zararlanish darajasi o‘zaro qiyoslanadigan holatda ekanligini ko‘rsatadi. Kuzatuvning 3-kunida tajriba guruhida kanalar soni 29,0±1,0 tagacha kamaygan bo‘lsa, nazorat guruhida ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmagan holda 32,0±0,7 tani tashkil etdi.
Kavrak damlamasining Varroa destructor kanalari soniga ta’siri / Table 4. Effect of asafoetida infusion on the number of Varroa destructor mites Tajriba guruhi - 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi Nazorat guruhi - ishlov berilmagan Kunlar (tajriba davomiyligi) qo‘llanilgan guruhdagi Varroa destructor kanalari soni guruhdagi Varroa destructor kanalari soni (M±m) (M±m) Boshlanishi 32,0 ± 0,2 32,0 ± 0,2 3-kun 29,0 ± 1,0 32,0 ± 0,7 6-kun 27,0 ± 0,2 33,0 ± 0,1 9-kun 22,0 ± 1,0 34,0 ± 0,8 12-kun 18,0 ± 0,5 35,0 ± 0,4 15-kun 11,0 ± 0,6 37,0 ± 1,2 18-kun 9,0 ± 0,5 38,0 ± 0,1 21-kun 6,0 ± 0,1 39,0 ± 0,4
Kuzatuvning keyingi kunlarida kavrak damlamasining akaritsid ta’siri yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Jumladan, 6-kunda tajriba guruhida kanalar soni 27,0±0,2 tani, 9-kunda 22,0±1,0 tani va 12- kunda 18,0±0,5 tani tashkil etdi. Shu davrda nazorat guruhida esa V. destructor kanalari soni aksincha 33,0±0,1 tadan 35,0±0,4 tagacha ortib bordi.
15-kunga kelib tajriba guruhida kanalar soni 11,0±0,6 tagacha kamayib, preparatning davomli biologik ta’siri kuzatildi. 18-kunda mazkur ko‘rsatkich 9,0±0,5 tani tashkil etgan bo‘lsa, 21-kun yakunida atigi 6,0±0,1 ta kana qayd etildi. Bu boshlang‘ich ko‘rsatkichga nisbatan kanalarning soni 81,255% ga kamayganligini ko‘rsatadi. Nazorat guruhida esa 21 kun davomida kanalar soni 32,0±0,2 tadan 39,0±0,4 tagacha ortib, invaziyaning tabiiy rivojlanish dinamikasi saqlanib qolgan. Shunday qilib, tajriba natijalari kavrak damlamasining Varroa destructor ga qarshi yuqori biologik va terapevtik samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, preparat qo‘llanilgandan keyingi 12-21-kunlar oralig‘ida kanalar sonining jadal kamayishi uning davomli akaritsid ta’sirga ega ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur natijalar kavrak damlamasidan varroatozga qarshi davolash va profilaktika tadbirlarida fitoterapevtik vosita sifatida foydalanish istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.
Quyidagi 5-jadval ma’lumotlari 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasining Tropilaelaps clareae kanalari soniga sezilarli kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rsatadi. Tajriba boshida tajriba guruhida kanalar soni 29,0±0,2 ta, nazorat guruhida esa 28,0±0,1 tani tashkil etib, boshlang‘ich invaziya darajasi deyarli bir xil bo‘lgan. Kuzatuvning 3-kunida tajriba guruhida kanalar soni 29,0±0,8 tani tashkil etgan bo‘lsa, 6-kunga kelib 26,0±0,2 tagacha kamaygan. 9-kunda tajriba guruhida T. clareae kanalari soni 21,0±0,3 taga, 12-kunda 18,0±0,5 taga, 15-kunda esa 15,0±0,6 taga tushgan. 18- kunda ushbu ko‘rsatkich 9,0±0,5 tani, 21-kun yakunida esa atigi 6,0±0,1 tani tashkil etgan. Demak, 21 kunlik kuzatuv davomida tajriba guruhida kanalarning boshlang‘ich soniga nisbatan 79,3% ga kamayishi qayd etilgan.
5-jadval Kavrak damlamasining Tropilaelaps clareae kanalari soniga ta’siri / Table 5. Effect of asafoetida infusion on the number of Tropilaelaps clareae mites Tajriba guruhi - 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi Nazorat guruhi - ishlov berilmagan Kunlar (tajriba davomiyligi) qo‘llanilgan guruhdagi Tropilaelaps clareae kanalari guruhdagi Tropilaelaps clareae kanalari soni soni (M±m) (M±m) Boshlanishi 29,0 ± 0,2 28,0 ± 0,1 3-kun 29,0 ± 0,8 30,0 ± 0,7 6-kun 26,0 ± 0,2 30,0 ± 0,1 9-kun 21,0 ± 0,3 31,0 ± 0,4 12-kun 18,0 ± 0,5 33,0 ± 0,4 15-kun 15,0 ± 0,6 35,0 ± 0,2 18-kun 9,0 ± 0,5 35,0 ± 0,1 21-kun 6,0 ± 0,1 37,0 ± 0,4
Demak, 21 kunlik kuzatuv davomida tajriba guruhida kanalarning boshlang‘ich soniga nisbatan 79,3% ga kamayishi qayd etilgan. Nazorat guruhida esa aksincha, kanalarning soni 28,0±0,1 tadan 37,0±0,4 tagacha oshgan bo‘lib, T.clareae invaziyasining davom etishi va kuchayishi kuzatilgan. Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq ayniqsa 12-21-kunlarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Olingan natijalar 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi Tropilaelaps clareae ga qarshi yuqori akaritsid faollikka ega ekanligini va uning ta’siri kuzatuv davri davomida izchil kuchayib borganligini ko‘rsatadi (5-jadval). 5. XULOSALAR Conclusions 1. Kavrak (Ferula assa-foetida) damlamasining turli konsentratsiyalari Varroa destructor va Tropilaelaps clareae kanalari invaziyasiga qarshi turlicha samaradorlik namoyon etishi aniqlandi. Xomashyo:suv nisbati 1:20 dan 1:5 gacha oshirilganda umumiy terapevtik samaradorlik 32,2% dan 86,5% gacha ko‘tarildi. 2. Kavrak damlamasining 1:10 xomashyo:suv nisbati optimal variant sifatida belgilandi. Ushbu nisbatda V. destructor bo‘yicha ekstensiv invaziya 84,5% ga, intensiv invaziya 82,8% ga, T. clareae bo‘yicha esa tegishli ravishda 80,6% va 83,0% ga kamaydi. Parazitlarning nobud bo‘lish darajasi 83,7%, umumiy terapevtik samaradorlik esa 82,9% ni tashkil etdi. 3. Kavrak damlamasining 1:10 nisbatda qo‘llanilishi asalari oilalarining biologik va fiziologik ko‘rsatkichlarini saqlash nuqtayi nazaridan maqbul natija berdi. Ona arining kunlik tuxum qo‘yishi 1468 donaga, nasl maydoni 3590 sm² ga yetdi, asalarilar nobud bo‘lishi 4,1 dona/oilani tashkil etdi va zaharlanish belgilari kuzatilmadi. Aksincha, 1:5 nisbatda asalarilar nobud bo‘lishi 9,6 dona/oilaga yetib, yengil zaharlanish belgilari qayd etildi. 4. 21 kunlik kuzatuv natijalariga ko‘ra, 1:10 nisbatdagi kavrak damlamasi qo‘llanilgan tajriba guruhida V. destructor kanalari soni 32,0 tadan 6,0 tagacha, T. clareae kanalari soni esa 29,0 tadan 6,0 tagacha kamaydi. Bu boshlang‘ich ko‘rsatkichlarga nisbatan mos ravishda 81,3% va 79,3% kamayishni tashkil etdi. Nazorat guruhlarida esa kanalarning soni ortdi. Olingan natijalar kavrak damlamasining har ikki turdagi kanalarga qarshi istiqbolli fitoterapevtik vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Author contributions CRediT Conceptualization; Methodology; Investigation; Data curation; Writing – original draft; Writing – review & editing. All authors have read and agreed to the published version of the manuscript.
Funding This research received no external funding.
Ethics approval The work with animals was carried out within routine veterinary diagnostic, treatment and preventive practice in accordance with the veterinary-sanitary requirements in force in the Republic of Uzbekistan.
All authors have read and approved the final version of the manuscript and have given their consent to its submission and publication. The study involved no human participants and no personal data. Data availability statement The data obtained in the study are presented in the tables and figure of this article; the primary records are available from the authors on reasonable request. Conflict of interest The authors declare no conflict of interest.
Generative AI disclosure Generative AI (Claude, Anthropic) was used in the editorial preparation of this article: for language editing, translation of the title, abstract and keywords between Uzbek, Russian and English, preparation of the extended English summary from the authors' text, and formatting of the reference list. No data, results or conclusions were generated by AI. The authors are responsible for the content of the publication.
EXTENDED SUMMARY IN ENGLISH Kengaytirilgan inglizcha xulosa / Расширенный реферат на английском языке
Varroosis and tropilaelapsosis are important parasitic diseases that impair the health, development and productivity of honeybee colonies.
Their causative agents, Varroa destructor and Tropilaelaps clareae, feed on the haemolymph of bees, weaken their physiological condition and disturb brood development, which leads to the weakening of colonies and reduced productivity. Long-term and repeated use of synthetic acaricides promotes resistance in the parasites and the accumulation of drug residues in bee products, so remedies based on medicinal plants that have acaricidal activity and are safe for bee colonies are being sought. Foreign and local studies have evaluated essential oils and medicinal plants against these mites, but the optimal concentrations of local phytopreparations and their safety for colonies require further study. The aim of the work was to evaluate the therapeutic and prophylactic efficacy of an aqueous infusion of asafoetida (Ferula assa-foetida L.) against varroosis and tropilaelapsosis and to determine its optimal concentration.
Materials and methods An aqueous infusion of dried and ground asafoetida (Ferula assa-foetida) raw material was tested in honeybee colonies infested with V. destructor and T. clareae. In all experimental groups 25 g of raw material was used, and the amount of water was varied to obtain raw material:water ratios of 1:20 (500 ml), 1:15 (375 ml), 1:10 (250 ml) and
1:5 (125 ml); the control group received no treatment. The dose per colony was standardised at 50 ml, corresponding to 2.5, 3.33, 5.0 and 10.0 g of raw material, respectively, so that the groups differed only in the amount of plant material applied. The infusion was sprayed between the honeycomb frames three times at 7-day intervals: the mites are located mainly on the body surface of worker bees and in brood cells, and fine droplets ensured an even distribution over the bees and inside the nest. Before each treatment and during the subsequent observation periods, the general condition of the colonies, worker activity, the egglaying intensity of the queen, the brood area, the number of parasites, bee mortality and signs of poisoning or other adverse reactions were recorded. Therapeutic efficacy was assessed from the reduction of the extensity (EI) and intensity (II) of invasion for both mite species, the mortality of the parasites and the overall therapeutic efficacy, and the dynamics of mite numbers were followed for 21 days in the group treated with the 1:10 infusion and in the untreated control group.
The efficacy of the infusion increased with its concentration. The reduction of V. destructor EI was 34.8%, 57.6%, 84.5% and 88.3% at ratios of 1:20, 1:15, 1:10 and 1:5, and the reduction of II was 31.5%,
55.2%, 82.8% and 87.4%, respectively; for T. clareae the reduction of EI was 29.7%, 52.8%, 80.6% and 84.5%, and of II 28.9%, 51.6%, 83.0% and 84.9%. Parasite mortality reached 36.2%, 59.4%, 83.7% and 87.5%, and the overall therapeutic efficacy was 32.2%, 55.3%, 82.9% and 86.5%. The largest gain occurred between the 1:15 and 1:10 ratios, whereas moving from 1:10 to 1:5 added only 3.6–4.6 percentage points. The physiological state of the colonies remained close to that of the control at ratios up to 1:10: the queen laid 1420, 1445, 1468 and 1438 eggs per day and the brood area was 3420, 3510, 3590 and 3470 cm² at the four ratios. Bee mortality was 3.2, 3.8 and 4.1 bees per colony at 1:20, 1:15 and 1:10 without signs of poisoning, but rose to 9.6 bees per colony with mild signs of poisoning at 1:5. During the 21-day observation, the number of V. destructor mites in the group treated with the 1:10 infusion decreased from 32.0±0.2 to 6.0±0.1 (by 81.3%), while in the control group it increased from 32.0±0.2 to 39.0±0.4; the number of T. clareae mites decreased from 29.0±0.2 to 6.0±0.1 (by 79.3%), whereas in the control group it rose from 28.0±0.1 to 37.0±0.4. The difference between the groups was most pronounced on days 12–21, indicating a prolonged acaricidal effect of the infusion. Conclusion and contribution
Different concentrations of Ferula assa-foetida infusion showed different efficacy against V. destructor and T. clareae, and increasing the raw material:water ratio from 1:20 to 1:5 raised the overall therapeutic efficacy from 32.2% to 86.5%. The 1:10 ratio was identified as optimal: it reduced the extensity and intensity of V. destructor invasion by 84.5% and 82.8% and those of T. clareae by 80.6% and 83.0%, with 83.7% parasite mortality and 82.9% overall therapeutic efficacy, while preserving the biological and physiological indicators of the colonies (1468 eggs per day, a brood area of 3590 cm², bee mortality of 4.1 per colony and no signs of poisoning). The 1:5 ratio gave only slightly higher efficacy, but bee mortality more than doubled and mild signs of poisoning appeared. Over 21 days the 1:10 infusion reduced the numbers of V. destructor and T. clareae by 81.3% and 79.3%, whereas mite numbers increased in the control groups, which shows that asafoetida infusion is a promising phytotherapeutic agent against both mite species.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar16 ta adabiyot
- Devi, S., and D. Bhardwaj. “Seasonal Incidence and Management of Tropilaelaps clareae (Delfinado and Baker) in Apis mellifera L. Colonies of Kangra Valley, Himachal Pradesh, India.” Archives of Current Research International, 2026, vol. 26, no. 5, pp. 379–391.
- Esmaeily M., Kwon S., Babaeian E., Jung C. Tropilaelaps mercedesae: An emerging global threat to apiculture -a comprehensive review // Frontiers in Insect Science. -2026. -Vol. 6. -Article 1871985. -DOI: https://doi.org/10.3389/finsc.2026.1871985.10.3389/finsc.2026.1871985
- Hazam, S., et al. “Promising Algerian Essential Oils as Natural Acaricides against the Honey Bee Mite Varroa destructor.” Experimental and Applied Acarology, vol. 92, no. 1, 2024, pp. 87–107. https://doi.org/10.1007/s10493-023-00866-410.1007/s10493-023-00866-4
- Hýbl, M., et al. “Evaluating the Efficacy of 30 Different Essential Oils against Varroa destructor and Honey Bee Workers (Apis mellifera).” Insects, vol. 12, no. 11, 2021, article 1045. https://doi.org/10.3390/insects1211104510.3390/insects12111045
- Ibragimov F.B., Duskulov V.M., Tugalov B.A. Effectiveness of medicinal plants against bee diseases // Academic Research Journal. - 2020. - DOI: 10.5958/2249-7137.2020.00057.9.10.5958/2249-7137.2020.00057.9
- Ramzi, H., et al. “Chemical Characterization and Acaricidal Activity of Thymus satureioides and Origanum elongatum Essential Oils against Varroa destructor.” Industrial Crops and Products, vol. 108, 2017, pp. 201-207. https://doi.org/10.1016/j.indcrop.2017.06.03110.1016/j.indcrop.2017.06.031
- Sharma, P., et al. “Toxicity and Colony-Level Effectiveness of Essential Oils for the Management of Varroa destructor and Tropilaelaps clareae in Co-Infested Apis mellifera Colonies.” Acarologia, 2026, vol. 66, no. 2, pp. 482-496.
- Шутов, Н. Н. Средства неспецифической профилактики варроатоза пчёл на основе растительного сырья и научные основы их применения. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата биологических наук. Москва, 1994.
- Devi, S., and D. Bhardwaj. “Seasonal Incidence and Management of Tropilaelaps clareae (Delfinado and Baker) in Apis mellifera L. Colonies of Kangra Valley, Himachal Pradesh, India.” Archives of Current Research International, 2026, vol. 26, no. 5, pp. 379–391.
- Esmaeily M., Kwon S., Babaeian E., Jung C. Tropilaelaps mercedesae: An emerging global threat to apiculture -a comprehensive review // Frontiers in Insect Science. -2026. -Vol. 6. -Article 1871985. -DOI: https://doi.org/10.3389/finsc.2026.1871985.10.3389/finsc.2026.1871985
- Hazam, S., et al. “Promising Algerian Essential Oils as Natural Acaricides against the Honey Bee Mite Varroa destructor.” Experimental and Applied Acarology, vol. 92, no. 1, 2024, pp. 87–107. https://doi.org/10.1007/s10493-023-00866-410.1007/s10493-023-00866-4
- Hýbl, M., et al. “Evaluating the Efficacy of 30 Different Essential Oils against Varroa destructor and Honey Bee Workers (Apis mellifera).” Insects, vol. 12, no. 11, 2021, article 1045. https://doi.org/10.3390/insects1211104510.3390/insects12111045
- Ibragimov F.B., Duskulov V.M., Tugalov B.A. Effectiveness of medicinal plants against bee diseases // Academic Research Journal. - 2020. - DOI: 10.5958/2249-7137.2020.00057.9.10.5958/2249-7137.2020.00057.9
- Ramzi, H., et al. “Chemical Characterization and Acaricidal Activity of Thymus satureioides and Origanum elongatum Essential Oils against Varroa destructor.” Industrial Crops and Products, vol. 108, 2017, pp. 201-207. https://doi.org/10.1016/j.indcrop.2017.06.03110.1016/j.indcrop.2017.06.031
- Sharma, P., et al. “Toxicity and Colony-Level Effectiveness of Essential Oils for the Management of Varroa destructor and Tropilaelaps clareae in Co-Infested Apis mellifera Colonies.” Acarologia, 2026, vol. 66, no. 2, pp. 482-496.
- Shutov, N. N. Sredstva nespetsificheskoy profilaktiki varroatoza pchel na osnove rastitel'nogo syr'ya i nauchnye osnovy ikh primeneniya [Means of non-specific prevention of honeybee varroosis based on plant raw materials and the scientific basis of their use]. Abstract of PhD (Candidate of Biological Sciences) dissertation. Moskva, 1994. (in Russian)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014148
- Nashr sanasi
- 2026-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/refocus.v5i9.0917
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 123–130
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 52026-10-18 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-15