Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
ONA TILI TA‘LIMIDA FONETIKA MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada pedagogika institutlarida Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalariga “Ona tili” fanidan amaliy darsni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiya berilgan. O‘quv topshiriqlarini farqlash, xususan, savol, topshiriq va mashqdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Fonetika va fonologiyani farqlash va nutq apparatini yaxshiroq tushunishga yo‘naltiruvchi mashq va topshiriqlar, bilimlarni mustahkamlash uchun test topshiriqlari keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MA‘NAVIY TARBIYANI YUKSALISHIDA TA‘LIM VA TARBIYANI UYG‘UN OLIB BORISHNING AHAMIYATI
Boymurodov Sanjar Dilmurod o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ma‘naviyat va ma‘naviy tarbiya tushunchalarini uyg‘un holda yuksaltirish borasida so‘z yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma‘naviy tarbiyaga alohida e‘tibor qaratish lozimligi tahlil etilgan. Bu jarayonda axloqiy fazilatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, taklif va xulosalar keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
INTEGRATION TECHNOLOGY OF METACOGNITIVE STRATEGIES INTO DIGITAL LEARNING ENVIRONMENTS FOR TEACHING PROFESSIONAL ENGLISH TO LOGISTICS STUDENTS
Botirova Palina Xakimjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada logistika yo‘nalishi talabalari uchun kasbiy ingliz tilini o‘qitishda metakognitiv strategiyalarni raqamli ta‘lim muhiti asosida integratsiyalash texnologiyasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xalqaro akademik mobillik va raqamli transformatsiya sharoitida logistika mutaxassislarining professional kommunikativ tayyorgarligi nafaqat lingvistik bilim, balki strategik fikrlash, reflektiv tahlil va o‘z-o‘zini boshqaruvchi ta‘lim kompetensiyasini ham talab qiladi. Tadqiqotda metakognitiv yondashuvning nazariy asoslari, self-regulated learning konsepsiyasi, raqamli pedagogika tamoyillari va kasbiy diskurs xususiyatlari integrativ yondashuv asosida o‘rganildi. Tajriba natijalari metakognitiv strategiyalarni raqamli muhitda tizimli joriy etish logistika talabalarining kasbiy ingliz tili kommunikativ kompetensiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA QO‘LLAGAN AYRIM SO‘ZLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI
Tursunaliyeva Shahnoza Otabek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan o‘ziga xos so‘zlarni tahlil qilinadi. Asarda xalqning turmushi, urf-odati, kiyim-kechagi, marosimlari va so‘zlashuv uslubi orqali o‘zbek millatiga xos ruh mahorat bilan aks ettirilgan. Asarda milliylikni ifoda etuvchi so‘zlar davr muhitini, ijtimoiy va madaniy hayotni jonli tasvirlashga xizmat qilgan. Qodiriyning tarixiy leksika va xalqona iboralardan foydalanishi asarning badiiy qiymatini oshirgan. Ushbu til birliklari personajlar xarakterini ochishda va voqealarning tabiiyligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Umuman, roman leksikasi Qodiriy ijodining badiiy kuchini namoyon etadi.
- Ochiq kirishMaqola
MEHNAT BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISHNING TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI
Burxonov Jamoliddin Xusniddin o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorini rivojlantirishda innovatsiyalardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot 2022-2025-yillar kesimida rasmiy statistik ma‘lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlar asosida analitik sharh hamda qiyosiy tahlil usullarida olib borildi. Natijada O‘zbekistonda mehnat bozorining innovatsion transformatsiyasiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar, malaka bo‘shlig‘i, migratsiya qaramligi, hududiy nomutanosiblik va institutsional muammolar tizimlashtirildi. Muallif tomonidan AI asosidagi prognozlash platformasi, dual ta‘lim klasterlari, migrantlar uchun qayta tayyorlash dasturi hamda texnoparklarda ish bilan ta‘minlash akseleratorlarini joriy etishga oid tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif qilindi.
- Ochiq kirishMaqola
СОЗДАНИЕ СКОРОСПЕЛЫХ, ВИЛТОУСТОЙЧИВЫХ СОРТОВ ХЛОПЧАТНИКА ИММУНОХИМИЧЕСКИМ МЕТОДОМ
Оразбаева Гулмира Эгамбергеновна, Бабаев Яшин Аманович, Ходжиматов Хабибулла Абдулладжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada ota-ona shakllari, F2 duragaylari va F2B4 bekkross duragaylarida o‘simliklarni vertitsillium va fuzarium zamburug‘larining virulentroq shtammlari bilan inokulyatsiya qilishda viltga chidamlilik darajasi, shuningdek, genotipik viltga chidamlilikni baholash uchun fon morfoxo‘jalik, fiziologik-biokimyoviy va molekulyar testlar o‘rganilgan. Ota-ona shakllari va F2 duragaylarida proteinaza ingibitorlari aniqlangan, ota-ona shakllari va duragaylarning qarindoshligini hamda ularning viltga chidamlilik bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash uchun immunokimyoviy tahlillar o‘tkazilgan. Tadqiqotlarda xorijiy va mahalliy seleksiyaning kolleksion nav namunalari, shuningdek, yovvoyi va rudereal shakllar mezbon o‘simlikni vertitsillium zamburug‘ining virulentroq shtammlari bilan inokulyatsiya qilishda viltga chidamliligi bo‘yicha o‘rganilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ОРОЛБЎЙИ ҲУДУДЛАРИДА КРОТАЛАРИЯ (CROTALARIA JUNCEA) ЎСИМЛИГИНИ ПАРВАРИШЛАШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ
Negmatova Surayyo Teshayevna, Xalikov Bahodir Meylikovich, Xalilova Nargiza Jalilovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу мақолада Орол бўйи ҳудудларида саҳроланиш, деградация жараёнлари, сув ресурсларининг кескин камайганлиги натижасида шўрланиш ва туз қолдиқларини кўпайиши ва бу муаммоларни ечими сифатида қурғоқчиликка ва шўрга чидамли тропик ўсимлик – кроталария (Crotalaria juncea L.) ни туз қолдиқларини камайтиришдаги роли ҳамда деградацияга учраган, шўрланган ерларда кроталария экиш ўсимлик қопламаси зичлигини оширишига, тупроқда намлик тўпланишига ва чўл яйловлари экосистемасига ёрдам бериши баён қилинган. Кроталария уруғини экишда Геогумат стимулятори билан ишлов бериб, ўсув даврининг ғунчалаш ва гуллаш фазаларида NPK - 20% коплекс ўғит билан гектарига 1,5 кг меъёрда барг орқали озиқлантирилганда ҳайдов қатламларида озиқа моддаларнинг ҳаракатчан шаклларидан нитратли азот миқдори мавсум бошига нисбатан 1,31 мг/кг га; ҳаракатчан фосфор 1,28 мг/кг ва алмашинувчи калий миқдори 12,0 мг/кг га кўпайганлиги; тупроқ таркибидаги тузларининг миқдори 0-30 см тупроқ қатламида умумий тузлар миқдори 0,283 %, тупроқ таркибидаги CaSO4, NaSO4, NaCl, MgSO4, MgCl2 тузлари 0,008-0,010 %, қуруқ қолдиқ – 0,598; компонентлар йиғиндиси – 0,583% гача камайиб, шўрланиш даражаси кучли шўрлангандан ўртача шўрланганга ўзгарганлиги аниқланган. Кроталария парваришлашнинг тупроқ хоссаларига ижобий таъсири натижасида 2 йилда ўртача 117,6-127,6 ц/га кўк масса ҳосили олиниб, ўғит меъёри гектарига 1,0 кг дан 1,5 кг гача оширилганда 2,5-10,0 ц/га, Геогумат стимулятори қўлланганда эса 1,8-4,2 ц/га қўшимча кўк масса ҳосили етиштириш илмий асослаб берилган.
- Ochiq kirishMaqola
G‘O‘ZA DURAGAYLARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINI SELEKSION BEKKROSS YO‘LI BILAN YAXSHILASH
Zaripov Xabib Salimovich, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li, Nazarmatov Abdumadjid Raximovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida “Bacillus thuringiensis” (Bt) texnologiyasini tadbiq etish orqali ko‘sak qurtiga va glifosatga bardoshlilik genini mahalliy g‘o‘za navlariga o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish maqsadida Xitoyning XLZ-52 g‘o‘za navini янги mahalliy “S-01, Sharofat, SP-0655, SP-03, Sulton, S-6577, S-6601, S-8292, SP-0656, SP-04 va Buxoro-8” g‘o‘za navlari bilan o‘zaro chatishtirib olingan F1 duragaylarda bekkross chatishtirish ishlari olib borildi. Ko‘sak qurtiga bardoshlilikning qo‘shaloq Bt genlari (CRY1AC va CRY2AB) va gerbitsidga bardoshlilikning (4EPSPS) genini mahalliy g‘o‘za navlariga o‘tkazish uchun xorijiy “XinLuZao-52” g‘o‘za navi jami 11 ta mahalliy navlar bilan chatishtirib olingan F1 duragaylarda o‘tkazilgan bekkross chatishtirish natijalari, hosildorlik ko‘rsatkichlari, qimmatli xo‘jalik belgilarining samaradorligi o‘rganildi. Natijalar XLZ-52 navining duragaylashdagi yuqori kombinativ qobiliyatga ega ekanligini va sifatli tola yetishtirishda istiqbolli genetik resurs sifatida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
Zaripov Xabib Salimovich, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li, Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41,5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta‘minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10-12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40,5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Mazkur tadqiqotda XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va 76×10 sxemada yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta‘siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ekish usullarining o‘simlik bo‘yi, barglar soni, hosil elementlari va yakuniy hosildorlikka ta‘siri aniqlanib, eng samarali ekish usuli tavsiya etildi.
- Ochiq kirishMaqola
РЕКУПЕРАТИВ ИССИҚЛИК УТИЛЛИЗАТОРИ БИЛАН ЖИҲОЗЛАНГАН ҚУЁШЛИ ҲАВО ҚИЗДИРГИЧИНИНГ ИССИҚЛИК БАЛАНСИ
Sh.X. Ergashev, Sh.B. Xayriddinov, R.A. Bekmurodova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада қуйи канал рекуператив иссиқликни ўзлаштиргич сифатида фойдаланилганда ясси икки каналли қуёш ҳаво қиздиргичининг иссиқлик баланси келтирилган. Рекуператив иссиқликни ўзлаштириш ҳисобига қуёш ҳаво қиздиргичининг иссиқлик унумдорлиги оширилади ва қуёш радиацияси бўлмаганда унинг «бекор туриши» бартараф этилади
- Ochiq kirishMaqola
ISSIQLIK AKKUMULYATOR HARORAT REJIMINI MODELLASHTIRISH SISTEMASIDAN GELIOUYNI ISITISHDA FOYDALANISH
B. E. Xayriddinov, S. A. Utayev, Z. S. Mirzoyev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada suvli bak issiqlik akkumulyatorini balans tenglamasi asosida harorat rejimining (zaryadka va razryadka) matematik modeli ishlab chiqilgan. Matematik modelni ishlab chiqishda suvli bak akkumulyatorining turli hajmlari (40,60,80 va 120 m3) va turli suv sarflarini (2,4,10 va 15 m3/soat) hisobga olgan xolda harorat rejimining natijalari keltirilgan. Balans tenglamasini tuzishda quyosh energiyasi va biogaz qozon qurilmasidan keltirilgan issiqlik energiyalari hisobga olingan hamda suvli bak akkumulyatorining issiqlik saqlash samaradorligi hisoblangan.
- Ochiq kirishMaqola
MECHANISMS OF CURRENT FLOW IN IODINE-DOPED POLYMETHYL METHACRYLATE
M.Sh. Isaev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Molekulyar yod bilan legirlangan polimetilmetakrilatda (PMMA) tok o‘tish mexanizmlari tadqiq qilindi. Volt-amper xarakteristikalari tahlili kuchlanish ortishi bilan o‘tkazuvchanlik rejimlarining ketma-ket almashinishini aniqladi: omik rejim, fazoviy zaryad bilan cheklangan tok rejimi (SCLC) va tutqichlar bilan cheklangan tok rejimi (TCLC). Ushbu rejimlar polimer matritsada poliyodid komplekslarining hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi; bu komplekslar HOMO va LUMO sathlari orasidagi taqiqlangan zonada turli chuqurlikdagi tutqich holatlarini vujudga keltiradi. Olingan natijalar yod bilan legirlangan PMMA dagi zaryad tashish mexanizmlarining kristall kremniydagi klassik zonaviy tashishdan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
ВЛИЯНИЕ КЛИМАТА НА АРХИТЕКТУРУ ПАМЯТНТИКА РАБАТ-И-МАЛИК В УЗБЕКИСТАНЕ
Ирина Вагифовна Габибова, Зияда Абдулазиз кизи Гаффарова · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi 11-asrga oid Rabat-i-Malik karvonsaroyiga iqlim o‘zgarishining ta‘siri o‘rganiladi. Bu yerda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb uch baravar tezroq ko‘tarilayotgan va qurg‘oqchilik va ekstremal ob-havo hodisalari kuchayib borayotgan Markaziy / Osiyo sharoitida bu joy jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Asosiy omillar orasida yer osti sho‘r suvlari tufayli tuproqning sho‘rlanishi, bu esa pishmagan g‘isht va loyning eroziyasiga olib keladi; materiallarning qurib qolishiga va yorilishiga olib keladigan haddan tashqari issiqlik; xarobalarning mexanik buzilishiga olib keladigan kuchli shamollar va chang bo‘ronlari; va yog‘ingarchilikning o‘zgaruvchanligi, bu esa suvning shikastlanishi va suv toshqinlariga olib keladi. Bu jarayonlar, ayniqsa, Navoiy, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi arxeologik joylar uchun dolzarbdir, bu yerda shunga o‘xshash joylar allaqachon buzilish belgilarini ko‘rsatmoqda. Mualliflar madaniy merosni saqlashga, jumladan, tarixiy qiymatning yo‘qolishiga va turizmga ta‘sirini tahlil qiladilar va monitoring, poydevor shamollatish va tiklash uchun xalqaro hamkorlik kabi moslashuv choralarini taklif qiladilar. Tadqiqotda iqlim xavflarini O‘zbekistonning merosni saqlash strategiyalariga kiritish zarurligi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishMaqola
HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA‘SIRI
Mengliyev Ali Saykanovich, Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li, Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna, Safarova Durdona Farhod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada chorvachilikda ko‘p uchraydigan bachadon kasalliklari - endometrit, metrit, gidrometra, piometra va bachadon atoniyasi - ning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilar, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari hayvonlarning pushtdorlik ko‘rsatkichlarini keskin pasaytirishi, urug‘larning nobud bo‘lishi, homila rivojlanishining buzilishi, yashirin abortlar va bepushtlikka olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘tkir va surunkali endometritning patomorfologik o‘zgarishlari, bachadon shilliq pardasida kechadigan degenerativ jarayonlar, kistoz o‘zgarishlar, shuningdek bachadon atoniyasi va uning patogenezi batafsil bayon etilgan. Kasalliklarda qo‘llaniladigan antibiotikoterapiya, bachadonni yuvish, massaj, gormonal va simptomatik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asoslangan tarzda bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ ВЕГЕТАТИВНОЙ ДИСФУНКЦИИ У ДЕВУШЕК С НАРУШЕНИЕМ МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИКЛА
Курбанова Зарина, Эргашев Сухроб · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada hayz sikli buzilgan qizlarda vegetativ disfunksiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Yurak-qon tomir, nafas olish va hazm qilish tizimlari tomonidan eng ko‘p uchraydigan shikoyatlar va klinik ko‘rinishlar, shuningdek, psixoemotsional beqarorlik belgilari (jahldorlik, xavotirlanish, uyquning buzilishi, ish qobiliyatining pasayishi) yoritilgan. Vegetativ simptomlar ifodalanganligining hayz sikli buzilishlari xarakteri va davomiyligi bilan, shuningdek, stress omillari va funksional ortiqcha yuklamalar bilan bog‘liqligi qayd etilgan. Ushbu toifadagi bemorlarda funksional buzilishlarni erta aniqlash va individuallashtirilgan profilaktik hamda davolash tadbirlarini tanlash uchun vegetativ holatni kompleks baholash muhimligi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishMaqola
ОСОБЕННОСТИ ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНОЙ ДИАГНОСТИКИ КЛИНИЧЕСКИХ ПРОЯВЛЕНИЙ ЭНЦЕФАЛИТОВ, ЭНЦЕФАЛОМИЕЛИТОВ И РАССЕЯННОГО ЭНЦЕФАЛОМИЕЛИТА У ДЕТЕЙ
Халимов Фарзод Зафар Угли, Эргашев Сухроб Сайидович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada bolalar populyatsiyasida markaziy asab tizimining yallig‘lanish va demiyelinizatsion kasalliklari uchun differensial-diagnostik mezonlar chuqur tahlil qilinadi. Infeksion ensefalitlar, o‘tkir ensefalomiyelitlar (ОЭМ) hamda o‘tkir tarqoq ensefalomiyelit (ОРЭМ)ning etiologik omillari, rivojlanishidagi immunologik mexanizmlar va o‘ziga xos klinik patter nlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda neyro-vizualizatsiya xususiyatlari (T1, T2, FLAIR, DWI rejimlarida MRT) hamda cerebrospinal suyuqlik (likvor) tahliliga alohida e‘tibor qaratilgan. Mualliflar nogironlikning oldini olish va antivirus strategiyasi hamda immunosupressiya o‘rtasida to‘g‘ri tanlov qilish uchun erta diagnostik verifikatsiyaning ahamiyatini ta‘kidlaydilar.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЗАБОЛЕВАЕМОСТИ ДЕРМАТОВЕНЕРОЛОГИЧЕСКИМИ БОЛЕЗНЯМИ В УСЛОВИЯХ МИГРАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ
Утаев Акбар Журакулович, Абдуллаев Хасан Давлатович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Dolzarbligi. Dermatovenerologik kasalliklar bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuviga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan patologiyalar guruhlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Migratsiya jarayonlarining kuchayishi sharoitida kasallanish tuzilmasi, klinik ko‘rinishlar va teri hamda tanosil kasalliklarini tashxislashning o‘z vaqtidaligi o‘zgaradi, bu esa asoratlangan shakllar xavfini oshiradi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishni qiyinlashtiradi. Maqsad. Migratsiya sharoitida dermatovenerologik kasalliklar bilan kasallanishning zamonaviy tendensiyalari va tuzilmasini baholash, shuningdek, kech tashxislash va asoratlangan kechish bilan bog‘liq omillarni aniqlash. Materiallar va usullar. Retrospektiv va prospektiv komponentlarga ega observatsion analitik tadqiqot o‘tkazildi. Dermatologik va venerologik kasalliklari bo‘lgan 150 nafar bemor ma‘lumotlari tahlil qilindi, ulardan 30 nafari migrantlar guruhini, 120 nafari esa mintaqaning doimiy aholisi guruhini tashkil etdi. Kasallanish tuzilmasi, yuqumli va yuqumsiz dermatozlar hamda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar chastotasi, murojaat muddatlari, o‘z-o‘zini davolash va kech tashxislashning tarqalganligi baholandi. Tavsifiy va qiyosiy statistika usullaridan foydalanildi; farqlar p < 0,05 da ahamiyatli deb hisoblandi. Natijalar. Migratsion maqomga ega bemorlarda yuqumli dermatozlar va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar, jumladan qo‘shma va asoratlangan shakllar ishonchli darajada ko‘proq aniqlandi. Ushbu guruhda tibbiy yordamga kech murojaat qilish va o‘z-o‘zini davolash chastotasi yuqoriroq bo‘lib, bu atipik klinik kechish, kengaytirilgan laboratoriya tekshiruvi zarurati va terapiya davomiyligining ortishi bilan kechdi. Mintaqaning doimiy aholisida surunkali yuqumsiz yallig‘lanish dermatozlari ustunlik qildi. Xulosa. Migratsion maqom dermatovenerologik kasallanish tuzilmasi va tashxislashning o‘z vaqtidaligiga ta‘sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Olingan ma‘lumotlar aholining yuqori migratsion harakatchanligi sharoitida erta aniqlash, profilaktika va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning qulayligiga urg‘u bergan holda dermatovenerologik yordamni optimallashtirish zarurligini asoslaydi.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ РАННЕЙ ДИАГНОСТИКИ ИНФЕКЦИОННЫХ ДЕРМАТОЗОВ
Утаев Акбар Журакулович, Абдуллаев Хасан Давлатович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Dolzarbligi. Yuqumli dermatozlar terining eng keng tarqalgan kasalliklari guruhlaridan biri bo‘lib qolmoqda va yuqori klinik polimorfizm, surunkalilashuvga moyillik hamda kasallikning erta bosqichlarida tashxis xatolarining sezilarli xavfi bilan tavsiflanadi. Terining yuqumli zararlanishlarini o‘z vaqtida tashxislamaslik asoratlar rivojlanishiga, terapiyani noratsional tayinlashga va epidemiologik xavflarning ortishiga olib keladi, bu esa zamonaviy tashxis yondashuvlarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi. Maqsad. Tashxis qo‘yishning aniqligi va o‘z vaqtidaligini oshirish uchun yuqumli dermatozlarni erta tashxislashning zamonaviy usullarini tahlil qilish va baholash. Materiallar va usullar. PubMed, Scopus, Web of Science, eLIBRARY va Google Scholar ma‘lumotlar bazalaridan tanlangan 2014–2024 yillardagi mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarning analitik va tizimli sharhi o‘tkazildi. Tahlilga original klinik tadqiqotlar, tizimli sharhlar, metatahlillar va klinik tavsiyalar kiritildi. Zamonaviy laboratoriya, molekulyar-genetik va instrumental usullarning tashxis axborotliligini tahlil qilish, tizimlashtirish va qiyosiy baholash usullaridan foydalanildi. Natijalar. Yuqumli dermatozlarni tashxislashning an‘anaviy laboratoriya usullari kasallikning erta bosqichlarida cheklangan sezgirlikka ega ekanligi aniqlandi. Eng yuqori tashxis samaradorligini yuqori sezgirlik va o‘ziga xoslik bilan tavsiflanuvchi molekulyar-genetik usullar, shuningdek, teri zararlanishlarini erta differensial tashxislash imkonini beruvchi noinvaziv instrumental usullar ko‘rsatadi. Eng maqbul natijalarga klinik baholash va zamonaviy laboratoriya-instrumental tashxis usullarini kompleks qo‘llashda erishiladi. Xulosa. Zamonaviy laboratoriya, molekulyar-genetik va instrumental usullardan foydalangan holda kompleks tashxis yondashuvi yuqumli dermatozlarni erta tashxislash aniqligini oshirish, tashxis xatolari chastotasini kamaytirish va bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish imkonini beradi.
- Ochiq kirishMaqola
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ АНТИКОАГУЛЯНТОВ ПРЯМОГО ДЕЙСТВИЯ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ПСОРИАЗА
Ташев Сухроб Октамджон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tadqiqotning maqsadi PASI indeksidagi o‘zgarishlar asosida psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda mikrosirkulyatsiya buzilishlarini tuzatishda Angiofluxning samaradorligini baholash edi. Psoriazning turli klinik shakllari bo‘lgan jami 142 bemor kuzatildi, ular kuzatuv guruhi va taqqoslash guruhiga bo‘lingan. Angiofluxni kombinatsiyalangan terapiyaga kiritish standart davolashga nisbatan PASI indeksining sezilarli darajada va statistik jihatdan sezilarli darajada pasayishiga olib kelganligi aniqlandi.
- Ochiq kirishMaqola
МИКРОЭЛЕМЕНТНЫЙ СТАТУС У БОЛЬНЫХ ДЕТЕЙ С АТОПИЧЕСКИМ ДЕРМАТИТОМ
Ташев Сухроб Октамджон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Klinik, laboratoriya, biokimyoviy va eksperimental tadqiqotlarga asoslangan atopik dermatit rivojlanishining hozirgi konsepsiyalari patologik jarayonning asosiy mexanizmlarini to‘liq ochib bermaydi, bu esa ushbu kasallikni davolash va oldini olishning eng samarali choralarini ishlab chiqishni murakkablashtiradi. Shuning uchun atopik dermatitli bolalarda suv-elektrolitlar balansi va D vitamini holatini o‘rganish hozirgi paytda ayniqsa dolzarbdir.