HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA‘SIRI
Mengliyev Ali Saykanovich1, Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li2, Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna2, Safarova Durdona Farhod qizi22026
- 1Veterinariya fanlari falsafa doktori. Professor v.b.
- 2TerDMAU talabasi
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 329–339
Annotatsiya
Ushbu maqolada chorvachilikda ko‘p uchraydigan bachadon kasalliklari - endometrit, metrit, gidrometra, piometra va bachadon atoniyasi - ning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilar, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari hayvonlarning pushtdorlik ko‘rsatkichlarini keskin pasaytirishi, urug‘larning nobud bo‘lishi, homila rivojlanishining buzilishi, yashirin abortlar va bepushtlikka olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘tkir va surunkali endometritning patomorfologik o‘zgarishlari, bachadon shilliq pardasida kechadigan degenerativ jarayonlar, kistoz o‘zgarishlar, shuningdek bachadon atoniyasi va uning patogenezi batafsil bayon etilgan. Kasalliklarda qo‘llaniladigan antibiotikoterapiya, bachadonni yuvish, massaj, gormonal va simptomatik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asoslangan tarzda bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ЗАБОЛЕВАНИЙ МАТКИ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ ЖИВОТНЫХ
В данной статье рассматриваются наиболее часто встречающиеся в животноводстве заболевания матки - эндометрит, метрит, гидрометра, пиометра и атония матки. Освещены причины их возникновения, патогенез, клинические признаки, методы диагностики и лечения. Показано, что воспалительные процессы в матке могут резко снижать показатели плодовитости животных, приводить к гибели эмбрионов, нарушению развития плода, скрытым абортам и бесплодию. Также подробно описаны патоморфологические изменения при остром и хроническом эндометрите, дегенеративные процессы, протекающие в слизистой оболочке матки, кистозные изменения, а также атония матки и её патогенез. Эффективность антибиотикотерапии, промывания матки, массажа, гормональных и симптоматических методов лечения, при меняемых при данных заболеваниях, изложена с научной точки зрения.
inglizchaTHE EFFECT OF UTERINE DISEASES ON THE PRODUCTIVITY OF ANIMALS
This article describes the causes, pathogenesis, clinical signs, diagnostic methods and treatment methods of the uterine diseases most frequently encountered in animal husbandry - endometritis, metritis, hydrometra, pyometra and uterine atony. It is shown that inflammatory processes in the uterus can sharply reduce the fertility indicators of animals and may lead to the death of embryos, disturbance of foetal development, latent abortions and infertility. The pathomorphological changes in acute and chronic endometritis, the degenerative processes occurring in the uterine mucosa, cystic changes, and also uterine atony and its pathogenesis are described in detail. The effectiveness of the antibiotic therapy, uterine lavage, massage, hormonal and symptomatic treatment methods applied in these diseases is set out on a scientifically substantiated basis.
Kalit so‘zlar
- Bachadon kasalliklari
- endometrit
- metrit
- surunkali endometrit
- o‘tkir endometrit
- gidrometra
- piometra
- bachadon atoniyasi
- yallig‘lanish
- bepushtlik
- sun‘iy urug‘lantirish
- bachadon massaji
- antibiotikoterapiya
- patologik tug‘ish
- involyutsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA'SIRI Mengliyev Ali Saykanovich Veterinariya fanlari falsafa doktori. V. b. Professor. Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li TerDMAU talabasi E-mail: mfarhod0925@gmail.com Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna TerDMAU talabasi Safarova Durdona Farhod qizi TerDMAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18481360 Annotatsiya: Ushbu maqolada chorvachilikda ko‘p uchraydigan bachadon kasalliklari - endometrit, metrit, gidrometra, piometra va bachadon atoniyasi - ning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilar, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari hayvonlarning pushtdorlik ko‘rsatkichlarini keskin pasaytirishi, urug‘larning nobud bo‘lishi, homila rivojlanishining buzilishi, yashirin abortlar va bepushtlikka olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘tkir va surunkali endometritning patomorfologik o‘zgarishlari, bachadon shilliq pardasida kechadigan degenerativ jarayonlar, kistoz o‘zgarishlar, shuningdek bachadon atoniyasi va uning patogenezi batafsil bayon etilgan. Kasalliklarda qo‘llaniladigan antibiotikoterapiya, bachadonni yuvish, massaj, gormonal va simptomatik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asoslangan tarzda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Bachadon kasalliklari, endometrit, metrit, surunkali endometrit, o‘tkir endometrit, gidrometra, piometra, bachadon atoniyasi, yallig‘lanish, bepushtlik, sun’iy urug‘lantirish, bachadon massaji, antibiotikoterapiya, patologik tug‘ish, involyutsiya.
ВЛИЯНИЕ ЗАБОЛЕВАНИЙ МАТКИ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ ЖИВОТНЫХ Аннотация: В данной статье рассматриваются наиболее часто встречающиеся в животноводстве заболевания матки - эндометрит, метрит, гидрометра, пиометра и атония матки. Освещены причины их возникновения, патогенез, клинические признаки, методы диагностики и лечения. Показано, что воспалительные процессы в матке могут резко снижать показатели плодовитости животных, приводить к гибели эмбрионов, нарушению развития плода, скрытым абортам и бесплодию. Также подробно описаны патоморфологические изменения при остром и хроническом эндометрите, дегенеративные процессы, протекающие в слизистой оболочке матки, кистозные изменения, а также атония матки и её патогенез. Эффективность антибиотикотерапии, промывания матки, массажа, гормональных и симптоматических методов лечения, применяемых при данных заболеваниях, изложена с научной точки зрения. Ключевые слова: Заболевания матки, эндометрит, метрит, хронический эндометрит, острый эндометрит, гидрометра, пиометра, атония матки, воспаление, бесплодие, искусственное осеменение, массаж матки, антибиотикотерапия, патологические роды, инволюция.
THE IMPACT OF UTERINE DISEASES ON PRODUCTIVITY IN ANIMALS Abstract: This article examines the most common uterine diseases encountered in animal husbandry-endometritis, metritis, hydrometra, pyometra, and uterine atony-covering their causes of origin, pathogenesis, clinical signs, diagnostic approaches, and treatment methods. It is shown that inflammatory processes in the uterus can sharply reduce fertility indicators in animals, lead to embryo mortality, impaired fetal development, hidden abortions, and infertility. In addition, the pathomorphological changes of acute and chronic endometritis, degenerative processes occurring in the uterine mucosa, cystic changes, as well as uterine atony and its pathogenesis are described in detail. The effectiveness of antibiotic therapy, uterine lavage, massage, hormonal, and symptomatic treatment methods used in these diseases is presented on a scientific basis. Keywords: Uterine diseases, endometritis, metritis, chronic endometritis, acute endometritis, hydrometra, pyometra, uterine atony, inflammation, infertility, artificial insemination, uterine massage, antibiotic therapy, pathological parturition, involution.
KIRISH Bachadonning kasalliklari nafaqat pushtdorlikka, balki hayvonning boshqa ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari spermiylarning yashashiga to‘sqinlik qiladi (spermiolizin, spermiotoksin, bakteriotoksin va bakteriolizinlar, fagositlarning faol shakllari hosil bo‘ladi); bundan tashqari, otalanish sodir bo‘lib, bachadonga tushgan murtak ham nobud bo‘ladi. Homiladorlik paytida bachadonda yallig‘lanish jarayonlarining kechishi bachadon shilliq pardasida chuqur morfologik o‘zgarishlar (atrofiya, chandiqlar, degeneratsiya), homila yo‘ldoshining homila tomoni bilan bachadon tomoni o‘rtasidagi aloqaning buzilishi, homila yo‘ldoshi barerining buzilishi sababli homilaning to‘qima va a’zolariga mikroorganizmlar va toksinlarining o‘tishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bachadonni atrof to‘qimalar bilan chandiqlar hosil qilib birikib ketganligi sababli homiladorlik me’yorida kechmaydi. Bachadon kasalliklarida asosiy etiologik omillar jinsiy kuyikish, urug‘lantirish paytida mikrofloralarning va tug‘ishdan keyingi davrda patogen bachadonga tushishi hisoblanadi. Ko‘pincha bachadonning jarohatlanishi qin va bachadon bo‘yni kanalining yallig‘lanishi asorati sifatida yuzaga keladi. Bachadonning yallig‘lanishi kasalliklarning (tuberkulyoz, brutsellyoz) belgisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mikroblarning patogenlik darajasi va to‘qimalarning rezistentlik darajasiga ko‘ra, patologik jarayonlar aniq belgilar bilan yoki hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin. Bachadondagi patologik jarayonlar paytida bepushtliklarning kelib chiqishiga bachadon shilliq pardasining giperplaziyasi ko‘rinishidagi yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bachadon devorining qalinlashishi va bo‘shashib qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Bachadondagi o‘zgarishlar tuxumdonlar kistasi bilan bir vaqtda kechadi. Me’yorida bachadon tug‘ishdan keyin asta sekin qisqarib, bug‘ozlikdan oldingi holatiga keladi, ritmik ravishda qisqarib va bo‘shashib turadi. Bachadon muskullari tonusining pasayishi, uning qisqarishlari sonining kamayishi yoki umuman qisqarmasligiga bachadon atoniyasi deb ataladi. Bachadonning funksional va organik atoniyasi farqlanadi. Funksional bachadon atoniyasi vaqtincha, organik atoniyasi esa uzoq vaqt va hatto doimiy bo‘lishi mumkin. Bachadonning funksional atoniyasi bug‘oz hayvonlarni noto‘g‘ri parvarishlash va oziqlantirish oqibatida kelib chiqadi. Ko‘p homilali bug‘ozlik homilaning yirik bo‘lishi, homila pardalarida ortiqcha suyuqlik to‘planishi oqibatida bachadon devorining haddan tashqari cho‘zilib ketishi va boshqa omillar atoniyaga sabab bo‘ladi. Biyalarda kasallik ularni haddan tashqari zo‘riqtirib ishlatish oqibatida paydo bo‘ladi. Bachadonning organik atoniyasi uning yiringli yallig‘lanishlari natijasida kelib chiqadi. Yallig‘lanish oqibatida bachadon muskul qavatining sezuvchi va xarakatlantiruvchi nervlari funksiyasi izdan chiqadi. Bachadon atoniyasi qari hayvonlarda ko‘proq uchraydi.
Belgilari. Bachadonning atoniyasiga xos klinik belgilar bug‘oz emaslik holatida sezilmaydi. Tug‘ishdan keyingi davrda ham bu belgilar deyarli sezilmaydi. Hayvon tik turgan paytda loxiy ajralmaydi, yotganida esa vaqt-vaqti bilan oqib tushadi. Kasallikni aniqlash. Qin orqali tekshirishda bachadon bo‘yni qin qismining shishi va kanalining biroz ochiq ekanligi aniqlanadi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirishda qo‘l bilan ancha massaj qilingandan keyin ham bachadonning bo‘shashib turganligi yoki kuchsiz qisqarishi seziladi. Davolash. Kasallik sabablari bartaraf etiladi. Bachadon to‘g‘ri ichak orqali kunora 5 daqiqadan massaj qilinadi. Muolaja atoniya darajasiga ko‘ra, har xil, kamida 10 kun bo‘ladi. Bachadonning qisqarishini kuchaytirish maqsadida 5 - 10%- li natriy xlorid eritmalari har 3 kunda bir marta bachadonga yuborib turiladi. Eritmalar birinchi issiq (+43°C) holda, keyin sovuq holda (+20°C) yuboriladi. Shu bilan suyuqlikning bachadondan chiqarilishi yaxshilanadi. Eritmalar yuborilgandan keyin suyuqlikni chiqarib tashlash uchun bachadon to‘g‘ri ichak orqali massaj qilinadi. Bachadonga ta’sir qiladigan preparatlardan pituitrin, pregnantol, sinestrol yoki belladona ekstraktini qo‘llash ham tavsiya etiladi. Metritlar - bachadonni nospesefik xususiyatli yallig‘lanishi bo‘lib, yallig‘lanish jarayonining joylashishiga ko‘ra, endometritlar - bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi, miometritlar - mukul qavatining yallig‘lanishi, perimetritlar - zardob qavatining yallig‘lanishi farqlanadi. Bunday ajratish nisbiy bo‘lib, ko‘pincha yallig‘lanish jarayoni bachadonning hamma qavatini qamrab oladi. Ishlab chiqarish sharoitida bachadonning quyidagi kasalliklari ko‘p qayd etiladi: Endometrit - asosan bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi bilan xarakterlanib, nisbatan yengil kechadi, metrit - bachadonning barcha qavatlarini yallig‘lanishi, nisbatan og‘ir kechishi va umumiy septik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari alteratsiya va ekssudatsiya belgilari bilan xarakterlanib, mikroorganizmlar virulentligi yuqori va ularga nisbatan organizmning hamda bachadon to‘qimasining rezistentligi past bo‘lganda mikroorganizmlarni bachadonning qavatlariga chuqur kirib borishi oqibatida og‘ir kechadigan yiringli, fibrinli endometritlar yoki nekrotik va gangrenoz metritlar rivojlanishi mumkin.
MATERIALLAR VA METODLAR Kasallikni aniqlash. Qin orqali tekshirishda bachadon bo‘yni qin qismining shishi va kanalining biroz ochiq ekanligi aniqlanadi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirishda qo‘l bilan ancha massaj qilingandan keyin ham bachadonning bo‘shashib turganligi yoki kuchsiz qisqarishi seziladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA O‘tkir endometrit (Endometritis acuta). Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, hamma turdagi hayvonlar uchraydi va hayoti davomida yuzaga keladigan bepushtlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yallig‘lanish mahsulotlarning ta'sirida jinsiy hujayralar nobud bo‘ladi yoki zigota fagositozga uchraydi. Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi natijasida ko‘pincha tuxumdonlar ikkilamchi tartibda shikastlanadi (sariq tana turib qoladi, follikulalar yorilmaydi yallig‘lanishga uchraydi va b.) va follikullarning yetilishi izdan chiqadi.
O‘tkir endometrit bachadon shilliq pardasining giperemiyasi va shishi bilan kechadi. Giperemiyaning zo‘rayishi bilan tomirlar ekstravazatsiyasi, ya’ni qon zardobi va hatto, shaklli elementlarining bachadon devori to‘qimasiga chiqishi kuzatiladi.
Sabablari. Bachadon shilliq pardasi ko‘pincha mikroorganizmlarning (streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi va b.) qindan yoki qon tomirlari orqali o‘tishidan yallig‘lanishi mumkin. Patologik tug‘ishlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmay qolgan homila pardalarining chirishi, bachadon involyutsiyasining sekinlik bilan (bachadon atoniyasi) kechishi endometritga sabab bo‘ladi. Hayvonlarni noto‘g‘ri asrash va parvarishlash, oziqalar tarkibida vitaminlar va mineral moddalar yetishmasligi va matsionning yetarlicha bo‘lmasligi oqibatida ko‘pincha bachadonning involyutsiyasi sekinlashadi. Hayvonni sun’iy urug‘lantirishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmasligi, shuningdek, kasal hayvonlarni urug‘lantirgan erkak hayvon urug‘lantirganda ham jinsiy yo‘llarga infeksiya tushishi mumkin.
Kechishi. Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi tashqaridan qaraganda mahalliy jarayon tarzida o‘tadi. Lekin organizm rezistentligining pasayishi, qon va limfa tizimiga mikroorganizmlar tushganda sepsis (septisemiya, piemiya) vujudga keladi. Vaginal tekshirishda bachadon bo‘ynining shilliq pardasi tiqinga o‘xshab do‘payib turadi, qizargan va bir oz bo‘rtgan bo‘ladi, bachadon bo‘yni kanali ochiq va qin tubida ekssudat to‘planib turadi. Kataral endometritda ekssudat xira, kulrang va yopishqoq, yiringli endometritda esa sarg‘ish, ba’zan qo‘lansa hidli bo‘ladi.
Davolash. Endometrit bilan og‘rigan hayvonlarga antibiotikoterapiya (penitsillin, streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, eritromitsin va boshqalar) tavsiya etiladi. Penitsillin ko‘pincha, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan birgalikda qo‘llanadi. Penitsillin (1 kg tana vazniga ming TB hisobida): otlarga 1 - qoramollarga 2 - 3, qo‘ylarga - 4 - 10, cho‘chqalarga - 2 - 3 hisobida muskul orasiga yuboriladi. Streptomitsinning o‘rtacha sutkalik dozasi qoramol uchun 1 g (500 ming TB/kg). Kasal hayvonning ahvoliga qarab, har 3 - 6 soatda 1 marta ineksiya qilinadi Antibiotiklar odatda kasallik o‘tib tana harorati me’yoriga kelganidan keyin ham 3 - 4 kun davomida qo‘llaniladi. Antibiotiklar bachadon ichiga ham yuboriladi. Sigirlarda bachadonni yuvish muolajasi Sulfanilamid preparatlaridan sulfidin, sulfazol, sulfasil, norsulfazol kabilar terapevtik dozalarda 2 - 3 kun davomida kuniga 1 - 2 marta qo‘llanadi.
O‘tkir endometritlarda umumiy davolash bilan birga bachadon qisqarishini kuchaytirish va bachadon bo‘shlig‘ini ekssudatdan bo‘shatishga qaratilgan davolash ham zarur. Bachadonni yuvish orqali ekssudatni chiqarib tashlash yaxshi samara beradi. Bachadonni yuvish uchun rivanol, xinozol, tripaflavin yoki akriflavin eritmalari 1000), kaliy permanganat eritmasi (1:10000), soda eritmasi (1 - 2%- li), natriy xlorid (1, 3, 10%- li), sut kislotasi (0,5%- li), borat kislota (2 - 3%- li), ixtiol (3%- li), tanin eritmasi (0,5%- li) va boshqalar 40°C gacha iliq holda ishlatiladi. Yuvish bachadondan eritma rangidagi suyuqlik oqib chiqguncha davom ettiriladi. Bir marta yuvish uchun yallig‘lanish jarayonining turi va darajasiga ko‘ra, 2 - 10 l dezinfeksiyalovchi eritma ishlatiladi. Bachadon ekssudatning to‘planishiga ko‘ra, har kuni yoki kun ora yuviladi.
Ekssudat ajralishi ancha kamayib qolgandan keyin uch - to‘rt kunda bir marta yuvilsa bo‘ladi. Yuvish vaqtida yuborilgan eritmaning hammasini bachadondan chiqarib tashlash zarur. Bachadonni yuvishdan oldin irigator yoki maxsus nasos bilan undagi ekssudatni tortib olish tavsiya etiladi. Bachadondan ekssudatning chiqarilishi, uning qisqarishini kuchaytirish maqsadida ozokret, parafin, applikatsiyalar qo‘yish, balchiq bilan davolash va bachadonni massaj qilish tavsiya etiladi. Barmoqlarning yumshoq joyi bilan bachadon limfa va vena tomirlari bo‘ylab, ya’ni shoxlarining uchidan bo‘yniga qarab, 3 - 5 daqiqa davomida massaj qilinadi. Qon quyilganda, gematomalar, yirik qon tomirlarining trombozi va barcha turdagi yiringli yallig‘lanishlarda hamda yomon sifatli o‘smalar paytida bachadonni massaj qilish tavsiya etilmaydi.
Bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun teri ostiga pituitrin, pregnantol yoki belladona ektrakti yuboriladi (yirik hayvonlarga 5 - 10 ml). Gormonal va neyrotrop preparatlar: sinestrol, stilbestrol, karboxolin, prozerin eritmasidan 3 - 5 ml yoki 1,5 - 2,5 ml stilbestrol 24 soat oralatib 3 - 4 marta teri ostiga boshqalar ishlatiladi. Sinestrolning o‘simlik moyi yoki spirtdagi 1%- li yuboriladi. 0,1%- li karboxolin 2 - 3, 0,5%- li prozerin 2 - 3 ml teri ostiga yuboriladi.
Surunkali endometrit (Endometritis chronica). Bachadon shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, endometriy qavatidagi bezlarning ko‘payishi va funksiyalarining kuchayishi bilan kechadi. Yallig‘lanish jarayonining xarakteriga ko‘ra, kataral va kataral-yiringli endometritlar farqlanadi. Surunkali kataral endometrit bachadon bo‘shlig‘iga tug‘ishdan keyingi davrda, jinsiy aloqa, sun’iy urug‘lantirish vaqtida yoki qin va bachadon bo‘yinchasining yallig‘lanishida mikroorganizmlarning tushishi oqibatida rivojlanadi. Bachadon shilliq pardasida chuqur o‘zgarishlar kuzatilishi, qalinlashishi, bo‘shashib qolishi, eroziyasi va yaralarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Shilliq pardalar bo‘ylab biriktiruvchi to‘qima o‘sadi; bachadon bezlari atrofiyaga uchraydi va ularning o‘rnida har xil kattalikdagi kistalar paydo bo‘ladi.
Xarakterli belgilari: bepushtlik, bachadondan loyqa ivimasimon, ba’zan qon aralash suyuqlik oqishi. Jinsiy sikllar ritmi o‘zgaradi yoki anafrodiziya kuzatiladi. Ba’zan jinsiy sikl davriy ravishda bo‘lsada bir necha marta urug‘lantirilishiga qaramasdan bepushtlik, yashirin abort qayd etiladi. Bunday hayvonlarda 1 - 2 oydan keyin jinsiy siklning jinsiy qo‘zg‘alish belgilari paydo bo‘ladi. Qinda yo‘l-yo‘1 giperemiya, kuchsiz kislotali (pH 6 - 7) muhitga ega shilimshiq suyuqlikning to‘planishi va ko‘pincha hayvon yotganda yoki jinsiy kuyikish paytida ajralishi xarakterli bo‘ladi. Jinsiy siklning turg‘unlashish bosqichida bachadon bo‘ynining qin qismini kattalashishi, giperemiyasi yoki bir tomonga, balandga siljishi kuzatiladi. Bachadon bo‘yni 1 - 2 barmoq ketadigan darajada ochiq bo‘ladi. Ko‘p hollarda jinsiy sikl kuzatilmaydi, ekssudatning ajralishi to‘xtaydi va bachadonda kataral ekssudat to‘plana boshlaydi. Bachadondan yoki bachadon bo‘yni shilliq pardasidan tayyorlangan surtmada o‘lgan leykositlar va kiprikli epiteliy hujayralari topiladi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda bachadonning tanasi va shoxlarining notekis ravishda qalinlashishi, ba’zi joylarda to‘qimalarning qattiqlashishi, ba’zi joylarda kistalarning flyuktuatsiyasi seziladi. Bachadonning umumiy hajmi kattalashgan, tanasi va shoxlari qorin bo‘shlig‘iga tushgan, bachadon kuchsiz qisqaradigan yoki qisqarishi butunlay yo‘qolgan bo‘ladi.
Yashirin surunkali endometrit - kataral endometritning bir turi bo‘lib, morfologik o‘zgarishlarning yaxshi namoyon bo‘lmasligi (klinik tekshirilganda) bilan xarakterlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga shartli patogen yoki patogen mikrofloralar bilan zararlangan sperma ishlatilishi, bir necha marta noto‘g‘ri urug‘lantirishda infeksiya tushishi sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikni aniqlashda bir necha marta urug‘lantirilganda ham hayvonning urug‘lanmaganligi e’tiborga olinadi. Odatda jinsiy sikl maromiyligi buzilmaydi. Jinsiy moyillik vaqtida jinsiy yo‘llardan ko‘p miqdorda loyqalangan va ivimalar aralash shilimshiq suyuqlik oqadi.
Diagnozni asoslash maqsadida bachadon shilliq qavatidan biopsiya olinib, gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi. Yashirin endometrit paytida bachadon shilliq pardasining distrofiyasi va kuchib tushishi, limfoid hujayralarni to‘planishi, bachadon bezlarining yemirilishi, stromasining kuchli shishi, qon tomirlarining qonga to‘lishi kuzatiladi. Yashirin endometrit paytida bachadonda to‘planib qolgan toksik moddalar spermiylarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonning pushtdorligini tiklash uchun bachadonni ekssudatdan tozalash va tonusini oshirish lozim. Buning uchun to‘qima preparatlaridan foydalanish va massaj o‘tkazish yuqori samara beradi. Ba’zan bachadonni fiziologik eritma yoki soda-tuz eritmasi bilan urug‘lantirishdan 1 - 2 soat oldin yoki bevosita urug‘lantirishdan oldin yuvish yaxshi natija beradi. N.I. Polyansev yashirin endometritlarni quyidagi ikki tartibda davolashni tavsiya etadi: 1) jinsiy siklning qo‘zg‘alish bosqichida urug‘lantirishning o‘rniga bachadonga 5%- li yog‘li eritma holida 20 - 30 ml spermosan - 3 yoki mastisan А, В, E yuboriladi; 2) hayvonni urug‘lantirgandan 12 - 16 soat o‘tgach, bachadonga bir marta neomitsin yoki neovitin (0,5 g), polimiksin - M (0,5 - 1 g), levomesitin suksinat natriy (0,5 - 1 g) yuboriladi. Bachadonga yuborishdan oldin antibiotiklar 10 ml 1%- li natriy xlorid yoki 0,25 - 0,5%- li novokain eritmasida eritiladi.
Surunkali kataral-yiringli endometrit - bachadonning o‘tkir yoki surunkali kataral yallig‘lanishida yiringli yallig‘lanish chaqiruvchi mikroorganizmlarning bachadonga tushishi oqibatida rivojlanadi. Bachadon shilliq pardasining shishi, kuchli giperemiya va qon quyilishi bilan bir qatorda har xil kattalikdagi yumshab qolgan o‘choqlarning paydo bo‘lishi, yiringli infiltratsiyasi, degeneratsiyasi, nekrozi va to‘qimalarning kuchib tushishi kuzatiladi. Ko‘pincha patologik jarayon muskulli qavatga ham tarqaladi. Shilliq pardalar atrofiyaga uchraydi, burmalari to‘g‘rilanib ketadi, ayrim joylarda biriktiruvchi to‘qimaning zamburug‘simon yoki soqolsimon o‘sishi kuzatiladi. Bachadon bezlarining o‘rniga turli kattalikdagi kistalar paydo bo‘ladi. Bachadonni kataral-yiringli yallig‘lanishi hayvon umumiy holatining, ishtahaning yomonlashishi va ariqlashi bilan kechadi. Ba’zan isitma qayd etiladi. Jinsiy sikl kuzatilmaydi yoki me’yorida bo‘lmaydi (anafrodiziya va nimfomaniya). Jinsiy tirqishdan davriy ravishda oq qaymoqsimon kataral- yiringli ekssudat (oqma) oqib turadi. Patologik jarayonni to‘xtatishga qiyinchilik bilan erishish mumkin. Lekin kasallikdan keyin bachadon shilliq pardasida chuqur o‘zgarishlar kuzatilganligi sababli hayvon bug‘oz bo‘lganda ham abort kuzatilishi mumkin.
Gidrometra va piometra. Gidrometra - kataral endometritni o‘ziga xos kechishi bo‘lib, bachadon bo‘ynining kuchli shishi, qinda chandiqlar hosil bo‘lib, uning bitib qolishi, ba’zan bachadonni buralib qolishida bachadon bo‘shlig‘ida 15 - 20, qo‘ylarda 6 - 15 litrgacha kataral ekssudat to‘planishi bilan kechadi. Bachadon o‘ziga xos suyuqlik to‘ldirilgan xaltaga o‘xshash (Hydrometra) bo‘ladi. To‘plangan ekssudat yiringdan (Piometra) iborat bo‘lishi mumkin. Piometra va gidrometrani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Jinsiy sikllar buziladi, hayvon to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda ba’zan bug‘oz deb hisoblanadi. Jinsiy tirqishdan vaqti-vaqti bilan yoki doimiy ravishda ekssudat ajralib turadi va chot sohasi va orqa oyoqlar ifloslantirib turadi. Bachadon bo‘yni butunlay yopilib qolganda umuman ekssudat ajralmasligi mumkin.
To‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda tarang flyuktuatsiyalanuvchi yoki xamirsimon bachadon paypaslanadi. Bachadonning tanasi va shoxlari birdek taranglashgan bo‘ladi. Bachadon devori yupqalashgan yoki aksincha ayrim joylarida terisimon qattiqlashgan joylar paypaslanadi. Bachadon va tuxumdonlar qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi. Bachadonning kasalliklari nafaqat pushtdorlikka, balki hayvonning boshqa ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari spermiylarning yashashiga to‘sqinlik qiladi (spermiolizin, spermiotoksin, bakteriotoksin va bakteriolizinlar, fagositlarning faol shakllari va b. hosil bo‘ladi); bundan tashqari, otalanish sodir bo‘lib, bachadonga tushgan murtak ham nobud bo‘ladi.
Homiladorlik paytida bachadonda yallig‘lanish jarayonlarining kechishi bachadon shilliq pardasida chuqur morfologik o‘zgarishlar (atrofiya, chandiqlar, degeneratsiya), homila yo‘ldoshining homila tomoni bilan bachadon tomoni o‘rtasidagi aloqaning buzilishi, homila yo‘ldoshi barerining buzilishi sababli homilaning to‘qima va a’zolariga mikroorganizmlar va toksinlarining o‘tishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bachadonni atrof to‘qimalar bilan chandiqlar hosil qilib birikib ketganligi sababli homiladorlik me’yorida kechmaydi. Bachadon kasalliklarida asosiy etiologik omillar jinsiy kuyikish, urug‘lantirish paytida mikrofloralarning va tug‘ishdan keyingi davrda patogen bachadonga tushishi hisoblanadi. Ko‘pincha bachadonning jarohatlanishi qin va bachadon bo‘yni kanalining yallig‘lanishi asorati sifatida yuzaga keladi.
Bachadonning yallig‘lanishi kasalliklarning (tuberkulyoz, brutsellyoz) belgisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mikroblarning patogenlik darajasi va to‘qimalarning rezistentlik darajasiga ko‘ra, patologik jarayonlar aniq belgilar bilan yoki hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin. Bachadondagi patologik jarayonlar paytida bepushtliklarning kelib chiqishiga bachadon shilliq pardasining giperplaziyasi ko‘rinishidagi yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bachadon devorining qalinlashishi va bo‘shashib qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Bachadondagi o‘zgarishlar tuxumdonlar kistasi bilan bir vaqtda kechadi.
Bachadon atoniyasi. Me’yorida bachadon tug‘ishdan keyin asta sekin qisqarib, bug‘ozlikdan oldingi holatiga keladi, ritmik ravishda qisqarib va bo‘shashib turadi. Bachadon muskullari tonusining pasayishi, uning qisqarishlari sonining kamayishi yoki umuman qisqarmasligiga bachadon atoniyasi deb ataladi. Bachadonning funksional va organik atoniyasi farqlanadi. Funksional bachadon atoniyasi vaqtincha, organik atoniyasi esa uzoq vaqt va hatto doimiy bo‘lishi mumkin.
Sabablari. Bachadonning funksional atoniyasi bug‘oz hayvonlarni noto‘g‘ri parvarishlash va oziqlantirish oqibatida kelib chiqadi. Ko‘p homilali bug‘ozlik homilaning yirik bo‘lishi, homila pardalarida ortiqcha suyuqlik to‘planishi oqibatida bachadon devorining haddan tashqari cho‘zilib ketishi va boshqa omillar atoniyaga sabab bo‘ladi. Biyalarda kasallik ularni haddan tashqari zo‘riqtirib ishlatish oqibatida paydo bo‘ladi. Bachadonning organik atoniyasi uning yiringli yallig‘lanishlari natijasida kelib chiqadi. Yallig‘lanish oqibatida bachadon muskul qavatining sezuvchi va xarakatlantiruvchi nervlari funksiyasi izdan chiqadi. Bachadon atoniyasi qari hayvonlarda ko‘proq uchraydi. Bachadonning atoniyasiga xos klinik belgilar bug‘oz emaslik holatida sezilmaydi. Tug‘ishdan keyingi davrda ham bu belgilar deyarli sezilmaydi. Hayvon tik turgan paytda loxiy ajralmaydi, yotganida esa vaqt-vaqti bilan oqib tushadi.
Davolash. Kasallik sabablari bartaraf etiladi. Bachadon to‘g‘ri ichak orqali kunora 5 daqiqadan massaj qilinadi. Muolaja atoniya darajasiga ko‘ra, har xil, kamida 10 kun bo‘ladi. Bachadonning qisqarishini kuchaytirish maqsadida 5 - 10%- li natriy xlorid eritmalari har 3 kunda bir marta bachadonga yuborib turiladi. Eritmalar birinchi issiq (+43°C) holda, keyin sovuq holda (+20°C) yuboriladi. Shu bilan suyuqlikning bachadondan chiqarilishi yaxshilanadi. Eritmalar yuborilgandan keyin suyuqlikni chiqarib tashlash uchun bachadon to‘g‘ri ichak orqali massaj qilinadi. Bachadonga ta’sir qiladigan preparatlardan pituitrin, pregnantol, sinestrol yoki belladona ekstraktini qo‘llash ham tavsiya etiladi.
Metritlar - bachadonni nospesefik xususiyatli yallig‘lanishi bo‘lib, yallig‘lanish jarayonining joylashishiga ko‘ra, endometritlar - bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi, miometritlar - mukul qavatining yallig‘lanishi, perimetritlar - zardob qavatining yallig‘lanishi farqlanadi. Bunday ajratish nisbiy bo‘lib, ko‘pincha yallig‘lanish jarayoni bachadonning hamma qavatini qamrab oladi. Ishlab chiqarish sharoitida bachadonning quyidagi kasalliklari ko‘p qayd etiladi: Endometrit - asosan bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi bilan xarakterlanib, nisbatan yengil kechadi, metrit - bachadonning barcha qavatlarini yallig‘lanishi, nisbatan og‘ir kechishi va umumiy septik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari alteratsiya va ekssudatsiya belgilari bilan xarakterlanib, mikroorganizmlar virulentligi yuqori va ularga nisbatan organizmning hamda bachadon to‘qimasining rezistentligi past bo‘lganda mikroorganizmlarni bachadonning qavatlariga chuqur kirib borishi oqibatida og‘ir kechadigan yiringli, fibrinli endometritlar yoki nekrotik va gangrenoz metritlar rivojlanishi mumkin.
O‘tkir endometrit (Endometritis acuta). Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, hamma turdagi hayvonlar uchraydi va hayoti davomida yuzaga keladigan bepushtlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yallig‘lanish mahsulotlarning ta'sirida jinsiy hujayralar nobud bo‘ladi yoki zigota fagositozga uchraydi. Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi natijasida ko‘pincha tuxumdonlar ikkilamchi tartibda shikastlanadi (sariq tana turib qoladi, follikulalar yorilmaydi yallig‘lanishga uchraydi va b.) va follikullarning yetilishi izdan chiqadi.
O‘tkir endometrit bachadon shilliq pardasining giperemiyasi va shishi bilan kechadi. Giperemiyaning zo‘rayishi bilan tomirlar ekstravazatsiyasi, ya’ni qon zardobi va hatto, shaklli elementlarining bachadon devori to‘qimasiga chiqishi kuzatiladi. Bachadon shilliq pardasi ko‘pincha mikroorganizmlarning (streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi va b.) qindan yoki qon tomirlari orqali o‘tishidan yallig‘lanishi mumkin. Patologik tug‘ishlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmay qolgan homila pardalarining chirishi, bachadon involyutsiyasining sekinlik bilan (bachadon atoniyasi) kechishi endometritga sabab bo‘ladi. Hayvonlarni noto‘g‘ri asrash va parvarishlash, oziqalar tarkibida vitaminlar va mineral moddalar yetishmasligi va matsionning yetarlicha bo‘lmasligi oqibatida ko‘pincha bachadonning involyutsiyasi sekinlashadi. Hayvonni sun’iy urug‘lantirishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmasligi, shuningdek, kasal hayvonlarni urug‘lantirgan erkak hayvon urug‘lantirganda ham jinsiy yo‘llarga infeksiya tushishi mumkin.
Kechishi. Bachadon shilliq pardasining yallig‘lanishi tashqaridan qaraganda mahalliy jarayon tarzida o‘tadi. Lekin organizm rezistentligining pasayishi, qon va limfa tizimiga mikroorganizmlar tushganda sepsis (septisemiya, piemiya) vujudga keladi. Vaginal tekshirishda bachadon bo‘ynining shilliq pardasi tiqinga o‘xshab do‘payib turadi, qizargan va bir oz bo‘rtgan bo‘ladi, bachadon bo‘yni kanali ochiq va qin tubida ekssudat to‘planib turadi. Kataral endometritda ekssudat xira, kulrang va yopishqoq, yiringli endometritda esa sarg‘ish, ba’zan qo‘lansa hidli bo‘ladi.
Davolash. Endometrit bilan og‘rigan hayvonlarga antibiotikoterapiya (penitsillin, streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, eritromitsin va boshqalar) tavsiya etiladi. Penitsillin ko‘pincha, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan birgalikda qo‘llanadi. Penitsillin (1 kg tana vazniga ming TB hisobida): otlarga 1 - qoramollarga 2 - 3, qo‘ylarga - 4 - 10, cho‘chqalarga - 2 - 3 hisobida muskul orasiga yuboriladi. Streptomitsinning o‘rtacha sutkalik dozasi qoramol uchun 1 g (500 ming TB/kg). Kasal hayvonning ahvoliga qarab, har 3 - 6 soatda 1 marta ineksiya qilinadi Antibiotiklar odatda kasallik o‘tib tana harorati me’yoriga kelganidan keyin ham 3 - 4 kun davomida qo‘llaniladi. Antibiotiklar bachadon ichiga ham yuboriladi. Sigirlarda bachadonni yuvish muolajasi Sulfanilamid preparatlaridan sulfidin, sulfazol, sulfasil, norsulfazol kabilar terapevtik dozalarda 2 - 3 kun davomida kuniga 1 - 2 marta qo‘llanadi.
O‘tkir endometritlarda umumiy davolash bilan birga bachadon qisqarishini kuchaytirish va bachadon bo‘shlig‘ini ekssudatdan bo‘shatishga qaratilgan davolash ham zarur. Bachadonni yuvish orqali ekssudatni chiqarib tashlash yaxshi samara beradi. Bachadonni yuvish uchun rivanol, xinozol, tripaflavin yoki akriflavin eritmalari 1000), kaliy permanganat eritmasi (1:10000), soda eritmasi (1 - 2%- li), natriy xlorid (1, 3, 10%- li), sut kislotasi (0,5%- li), borat kislota (2 - 3%- li), ixtiol (3%- li), tanin eritmasi (0,5%- li) va boshqalar 40°C gacha iliq holda ishlatiladi. Yuvish bachadondan eritma rangidagi suyuqlik oqib chiqguncha davom ettiriladi. Bir marta yuvish uchun yallig‘lanish jarayonining turi va darajasiga ko‘ra, 2 - 10 l dezinfeksiyalovchi eritma ishlatiladi. Bachadon ekssudatning to‘planishiga ko‘ra, har kuni yoki kun ora yuviladi.
Ekssudat ajralishi ancha kamayib qolgandan keyin uch - to‘rt kunda bir marta yuvilsa bo‘ladi. Yuvish vaqtida yuborilgan eritmaning hammasini bachadondan chiqarib tashlash zarur. Bachadonni yuvishdan oldin irigator yoki maxsus nasos bilan undagi ekssudatni tortib olish tavsiya etiladi. Bachadondan ekssudatning chiqarilishi, uning qisqarishini kuchaytirish maqsadida ozokret, parafin, applikatsiyalar qo‘yish, balchiq bilan davolash va bachadonni massaj qilish tavsiya etiladi. Barmoqlarning yumshoq joyi bilan bachadon limfa va vena tomirlari bo‘ylab, ya’ni shoxlarining uchidan bo‘yniga qarab, 3 - 5 daqiqa davomida massaj qilinadi. Qon quyilganda, gematomalar, yirik qon tomirlarining trombozi va barcha turdagi yiringli yallig‘lanishlarda hamda yomon sifatli o‘smalar paytida bachadonni massaj qilish tavsiya etilmaydi.
Bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun teri ostiga pituitrin, pregnantol yoki belladona ektrakti yuboriladi (yirik hayvonlarga 5 - 10 ml). Gormonal va neyrotrop preparatlar: sinestrol, stilbestrol, karboxolin, prozerin eritmasidan 3 - 5 ml yoki 1,5 - 2,5 ml stilbestrol 24 soat oralatib 3 - 4 marta teri ostiga boshqalar ishlatiladi. Sinestrolning o‘simlik moyi yoki spirtdagi 1%- li yuboriladi. 0,1%- li karboxolin 2 - 3, 0,5%- li prozerin 2 - 3 ml teri ostiga yuboriladi.
Surunkali endometrit (Endometritis chronica). Bachadon shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, endometriy qavatidagi bezlarning ko‘payishi va funksiyalarining kuchayishi bilan kechadi. Yallig‘lanish jarayonining xarakteriga ko‘ra, kataral va kataral-yiringli endometritlar farqlanadi. Surunkali kataral endometrit bachadon bo‘shlig‘iga tug‘ishdan keyingi davrda, jinsiy aloqa, sun’iy urug‘lantirish vaqtida yoki qin va bachadon bo‘yinchasining yallig‘lanishida mikroorganizmlarning tushishi oqibatida rivojlanadi. Bachadon shilliq pardasida chuqur o‘zgarishlar kuzatilishi, qalinlashishi, bo‘shashib qolishi, eroziyasi va yaralarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Shilliq pardalar bo‘ylab biriktiruvchi to‘qima o‘sadi; bachadon bezlari atrofiyaga uchraydi va ularning o‘rnida har xil kattalikdagi kistalar paydo bo‘ladi.
Xarakterli belgilari: bepushtlik, bachadondan loyqa ivimasimon, ba’zan qon aralash suyuqlik oqishi. Jinsiy sikllar ritmi o‘zgaradi yoki anafrodiziya kuzatiladi. Ba’zan jinsiy sikl davriy ravishda bo‘lsada bir necha marta urug‘lantirilishiga qaramasdan bepushtlik, yashirin abort qayd etiladi. Bunday hayvonlarda 1 - 2 oydan keyin jinsiy siklning jinsiy qo‘zg‘alish belgilari paydo bo‘ladi. Qinda yo‘l-yo‘1 giperemiya, kuchsiz kislotali (pH 6 - 7) muhitga ega shilimshiq suyuqlikning to‘planishi va ko‘pincha hayvon yotganda yoki jinsiy kuyikish paytida ajralishi xarakterli bo‘ladi. Jinsiy siklning turg‘unlashish bosqichida bachadon bo‘ynining qin qismini kattalashishi, giperemiyasi yoki bir tomonga, balandga siljishi kuzatiladi. Bachadon bo‘yni 1 - 2 barmoq ketadigan darajada ochiq bo‘ladi. Ko‘p hollarda jinsiy sikl kuzatilmaydi, ekssudatning ajralishi to‘xtaydi va bachadonda kataral ekssudat to‘plana boshlaydi. Bachadondan yoki bachadon bo‘yni shilliq pardasidan tayyorlangan surtmada o‘lgan leykositlar va kiprikli epiteliy hujayralari topiladi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda bachadonning tanasi va shoxlarining notekis ravishda qalinlashishi, ba’zi joylarda to‘qimalarning qattiqlashishi, ba’zi joylarda kistalarning flyuktuatsiyasi seziladi. Bachadonning umumiy hajmi kattalashgan, tanasi va shoxlari qorin bo‘shlig‘iga tushgan, bachadon kuchsiz qisqaradigan yoki qisqarishi butunlay yo‘qolgan bo‘ladi.
Yashirin surunkali endometrit - kataral endometritning bir turi bo‘lib, morfologik o‘zgarishlarning yaxshi namoyon bo‘lmasligi (klinik tekshirilganda) bilan xarakterlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga shartli patogen yoki patogen mikrofloralar bilan zararlangan sperma ishlatilishi, bir necha marta noto‘g‘ri urug‘lantirishda infeksiya tushishi sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikni aniqlashda bir necha marta urug‘lantirilganda ham hayvonning urug‘lanmaganligi e’tiborga olinadi. Odatda jinsiy sikl maromiyligi buzilmaydi. Jinsiy moyillik vaqtida jinsiy yo‘llardan ko‘p miqdorda loyqalangan va ivimalar aralash shilimshiq suyuqlik oqadi.
Diagnozni asoslash maqsadida bachadon shilliq qavatidan biopsiya olinib, gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi. Yashirin endometrit paytida bachadon shilliq pardasining distrofiyasi va kuchib tushishi, limfoid hujayralarni to‘planishi, bachadon bezlarining yemirilishi, stromasining kuchli shishi, qon tomirlarining qonga to‘lishi kuzatiladi. Yashirin endometrit paytida bachadonda to‘planib qolgan toksik moddalar spermiylarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonning pushtdorligini tiklash uchun bachadonni ekssudatdan tozalash va tonusini oshirish lozim. Buning uchun to‘qima preparatlaridan foydalanish va massaj o‘tkazish yuqori samara beradi. Ba’zan bachadonni fiziologik eritma yoki soda-tuz eritmasi bilan urug‘lantirishdan 1 - 2 soat oldin yoki bevosita urug‘lantirishdan oldin yuvish yaxshi natija beradi. N.I. Polyansev yashirin endometritlarni quyidagi ikki tartibda davolashni tavsiya etadi: 1) jinsiy siklning qo‘zg‘alish bosqichida urug‘lantirishning o‘rniga bachadonga 5%- li yog‘li eritma holida 20 - 30 ml spermosan - 3 yoki mastisan А, В, E yuboriladi; 2) hayvonni urug‘lantirgandan 12 - 16 soat o‘tgach, bachadonga bir marta neomitsin yoki neovitin (0,5 g), polimiksin - M (0,5 - 1 g), levomesitin suksinat natriy (0,5 - 1 g) yuboriladi. Bachadonga yuborishdan oldin antibiotiklar 10 ml 1%- li natriy xlorid yoki 0,25 - 0,5%- li novokain eritmasida eritiladi.
Surunkali kataral-yiringli endometrit - bachadonning o‘tkir yoki surunkali kataral yallig‘lanishida yiringli yallig‘lanish chaqiruvchi mikroorganizmlarning bachadonga tushishi oqibatida rivojlanadi. Bachadon shilliq pardasining shishi, kuchli giperemiya va qon quyilishi bilan bir qatorda har xil kattalikdagi yumshab qolgan o‘choqlarning paydo bo‘lishi, yiringli infiltratsiyasi, degeneratsiyasi, nekrozi va to‘qimalarning kuchib tushishi kuzatiladi. Ko‘pincha patologik jarayon muskulli qavatga ham tarqaladi. Shilliq pardalar atrofiyaga uchraydi, burmalari to‘g‘rilanib ketadi, ayrim joylarda biriktiruvchi to‘qimaning zamburug‘simon yoki soqolsimon o‘sishi kuzatiladi. Bachadon bezlarining o‘rniga turli kattalikdagi kistalar paydo bo‘ladi. Bachadonni kataral-yiringli yallig‘lanishi hayvon umumiy holatining, ishtahaning yomonlashishi va ariqlashi bilan kechadi. Ba’zan isitma qayd etiladi.
Jinsiy sikl kuzatilmaydi yoki me’yorida bo‘lmaydi (anafrodiziya va nimfomaniya). Jinsiy tirqishdan davriy ravishda oq qaymoqsimon kataral- yiringli ekssudat (oqma) oqib turadi. Patologik jarayonni to‘xtatishga qiyinchilik bilan erishish mumkin. Lekin kasallikdan keyin bachadon shilliq pardasida chuqur o‘zgarishlar kuzatilganligi sababli hayvon bug‘oz bo‘lganda ham abort kuzatilishi mumkin. Gidrometra - kataral endometritni o‘ziga xos kechishi bo‘lib, bachadon bo‘ynining kuchli shishi, qinda chandiqlar hosil bo‘lib, uning bitib qolishi, ba’zan bachadonni buralib qolishida bachadon bo‘shlig‘ida 15 - 20, qo‘ylarda 6 - 15 litrgacha kataral ekssudat to‘planishi bilan kechadi. Bachadon o‘ziga xos suyuqlik to‘ldirilgan xaltaga o‘xshash (Hydrometra) bo‘ladi. To‘plangan ekssudat yiringdan (Piometra) iborat bo‘lishi mumkin. Piometra va gidrometrani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Jinsiy sikllar buziladi, hayvon to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda ba’zan bug‘oz deb hisoblanadi. Jinsiy tirqishdan vaqti-vaqti bilan yoki doimiy ravishda eksudat ajralib turadi va chot sohasi va orqa oyoqlar ifloslantirib turadi. Bachadon bo‘yni butunlay yopilib qolganda umuman ekssudat ajralmasligi mumkin. To‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda tarang flyuktuatsiyalanuvchi yoki xamirsimon bachadon paypaslanadi. Bachadonning tanasi va shoxlari birdek taranglashgan bo‘ladi. Bachadon devori yupqalashgan yoki aksincha ayrim joylarida terisimon qattiqlashgan joylar paypaslanadi. Bachadon va tuxumdonlar qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi.
XULOSA Bachadon kasalliklari qishloq xo‘jalik hayvonlarida bepushtlikning eng muhim va keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Bachadonda yuzaga keladigan yallig‘lanish jarayonlari (endometrit, metrit, miometrit, perimetrit) spermiylarning hayot faoliyatini izdan chiqaruvchi spermiolizin va toksinlar hosil bo‘lishiga olib kelib, urug‘lanish jarayonini to‘xtatadi yoki urug‘langan zigotaning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Homiladorlik davrida bachadon yallig‘lanishi bachadon shilliq pardasida chuqur morfologik o‘zgarishlar (atrofiya, chandiqlanish, degeneratsiya)ni keltirib chiqarib, homila yo‘ldoshi va bachadon o‘rtasidagi aloqaning buzilishi hamda homilaning infeksiyalanishiga olib keladi.
Bachadon atoniyasi tug‘ishdan keyingi davrda bachadon involyutsiyasining sekinlashishi bilan kechib, ekssudatning bachadonda to‘planib qolishiga sharoit yaratadi va ikkilamchi endometritlarning rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Ayniqsa, noto‘g‘ri oziqlantirish, ko‘p homilali bug‘ozlik, yirik homila va yiringli yallig‘lanishlar bachadon muskullarining nerv boshqaruvini buzib, kasallikning surunkali shaklga o‘tishiga olib keladi.
O‘tkir va surunkali endometritlar tuxumdonlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sariq tananing saqlanib qolishi, follikulalar yetilishining buzilishi va jinsiy siklning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Surunkali endometritlarda bachadon shilliq pardasining kistoz o‘zgarishlari, biriktiruvchi to‘qima o‘sishi va bezlarning atrofiyasi qayd etilib, hayvonlarda uzoq muddatli bepushtlik, yashirin abortlar va urug‘lantirishning samarasizligi kuzatiladi.
Gidrometra va piometra bachadon bo‘shlig‘ida katta miqdorda suyuqlik yoki yiring to‘planishi bilan kechib, ko‘pincha bug‘ozlik bilan adashtiriladi va o‘z vaqtida aniqlanmasa bachadon devorining yupqalashishi hamda hayvonning umumiy holatining yomonlashishiga olib keladi.
Shu sababli bachadon kasalliklarini erta aniqlash, aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish, tug‘ishdan keyingi davrda bachadon involyutsiyasini nazorat qilish hamda kompleks davolash choralarini (antibiotikoterapiya, bachadon yuvish, gormonal va fizioterapevtik usullar) o‘z vaqtida qo‘llash hayvonlarning pushtdorligini tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- A.X. Nuritdinov, Sh.X. Ziyodullayev. Veterinariya akusherligi va ginekologiyasi. – Toshkent: O‘quv qo‘llanma.
- Polyansev N.I. Bachadon kasalliklarini davolash usullari, veterinariya amaliyoti bo‘yicha tavsiyalar.
- Qodirov M., Safarov A. Veterinariya ichki kasalliklar. – Toshkent: 2020.
- Tangirov Kayum Jo‘rayevich"Akusherlik va hayvonlarni sun’iy urug’lantirish"darslik. Toshkent 2023-yil.
- Eshburiyev B.M., Alimov B.S., Sidiqov B.T. Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun’iy urug‘lantirish. Toshkent: Fan ziyosi.
- Akusherlik va ginekologiya (O‘quv darslik). Toshkent, 2021.
- Jabborov A.R., Sotiboldiyev S.S. Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun’iy qochirish. Nashriyot: BILIM.
- Amirov A.I., Turakulov A.Sh. Uterus Diseases in Cows – Endometritis. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences.
- Vetmed.uz ilmiy maqola – akusher-ginekologik dispanserlash va reproduktiv kasalliklar tavsifi.
- Ayupova F.M., Ixtiyorova G.A. Akusherlik va ginekologiya — darslik. Buxoro: “Buxoro Nashr”, 2021.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013314
- Nashr sanasi
- 2026-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i1.2006
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 329–339
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06