ONA TILI TA‘LIMIDA FONETIKA MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
Djakbarova Mahliyo IbraximjonovnaPedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O‘zbekiston2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 80–87
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogika institutlarida Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalariga “Ona tili” fanidan amaliy darsni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiya berilgan. O‘quv topshiriqlarini farqlash, xususan, savol, topshiriq va mashqdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Fonetika va fonologiyani farqlash va nutq apparatini yaxshiroq tushunishga yo‘naltiruvchi mashq va topshiriqlar, bilimlarni mustahkamlash uchun test topshiriqlari keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ ТЕМЕ ФОНЕТИКИ В ПРЕПОДАВАНИИ РОДНОГО ЯЗЫКА
В данной статье даны методические рекомендации по организации практического занятия по предмету «Родной язык» для студентов первой ступени, обучающихся по направлению начального образования в педагогических институтах. Дается инструкция по дифференциации учебных задач, в частности, по правильному использованию вопросов, задач и упражнений. Есть упражнения и задания на различение фонетики и фонологии и лучшего понимания работы речевого аппарата, а также тестовые задания для закрепления знаний.
inglizchaTHE USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING THE TOPIC OF PHONETICS IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION
This article provides methodological recommendations on organising a practical class in the subject ‘Native Language‘ for first-year students studying in the field of Primary Education at pedagogical institutes. Guidance is given on differentiating learning tasks, in particular on the correct use of questions, assignments and exercises. Exercises and assignments directed at distinguishing phonetics from phonology and at a better understanding of the speech apparatus, as well as test assignments for consolidating knowledge, are presented.
Kalit so‘zlar
- fonetika
- nutq tovushlari
- fonologiya
- fonema
- akustika
- artikulyatsiya
- fonetik o‘zgarishlar
- nutq apparati
- nafas tizimi
- bo‘g‘iz bo‘shlig‘i
- og‘iz bo‘shlig‘i
- qattiq va yumshoq tanglay
- tovush paychalari
- til
- lab
- burun bo‘shlig‘i
- umumiy fonetika
- xususiy fonetika
- tarixiy fonetika
- eksperimental fonetika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ONA TILI TA’LIMIDA FONETIKA MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O‘zbekiston E-mail: mahliyodjakbarova@gmail.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.18960048 Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogika institutlarida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalariga “Ona tili” fanidan amaliy darsni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiya berilgan. O‘quv topshiriqlarini farqlash, xususan, savol, topshiriq va mashqdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Fonetika va fonologiyani farqlash va nutq apparatini yaxshiroq tushunishga yo‘naltiruvchi mashq va topshiriqlar, bilimlarni mustahkamlash uchun test topshiriqlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: fonetika, nutq tovushlari, fonologiya, fonema, akustika, artikulyatsiya, fonetik o‘zgarishlar, nutq apparati, nafas tizimi, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i, qattiq va yumshoq tanglay, tovush paychalari, til, lab, burun bo‘shlig‘i, umumiy fonetika, xususiy fonetika, tarixiy fonetika, eksperimental fonetika.
МЕТОДИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОРГАНИЗАЦИИ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО РОДНОМУ ЯЗЫКУ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ТЕМЫ ФОНЕТИКИ В ОБУЧЕНИИ РОДНОМУ ЯЗЫКУ Джакбарова Махлиё Ибрахимджоновна Доктор философии педагогических наук (PhD) Наманганский государственный педагогический институт, Наманган, Узбекистан E-mail: mahliyodjakbarova@gmail.uz Аннотация: В данной статье даны методические рекомендации по организации практического занятия по предмету «Родной язык» для студентов первой ступени, обучающихся по направлению начального образования в педагогических институтах. Дается инструкция по дифференциации учебных задач, в частности, по правильному использованию вопросов, задач и упражнений. Есть упражнения и задания на различение фонетики и фонологии и лучшего понимания работы речевого аппарата, а также тестовые задания для закрепления знаний. Ключевые слова: фонетика, звуки речи, фонология, фонема, акустика, артикуляция, фонетические изменения, речевой аппарат, дыхательная система, гортань, полость рта, твердое и мягкое небо, голосовые связки, язык, губы, полость носа, общая фонетика, специфическая фонетика, историческая фонетика, экспериментальная фонетика.
USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING THE TOPIC OF PHONETICS IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION Jakbarova Makhliyo Ibraximjonovna Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Namangan State Pedagogical Institute, Namangan, Uzbekistan E-mail: mahliyodjakbarova@gmail.uz
Abstract: In this article, a methodical recommendation is given for the organization of a practical lesson on the subject of "Mother language" for the first-level students studying in the field of elementary education in pedagogical institutes. Instruction is given on the differentiation of learning tasks, in particular, on the correct use of questions, tasks and exercises. There are exercises and assignments to distinguish phonetics and phonology and better understanding of the speech apparatus, and test assignments to strengthen knowledge. Keywords: phonetics, speech sounds, phonology, phoneme, acoustics, articulation, phonetic changes, speech apparatus, respiratory system, larynx, oral cavity , hard and soft palate, vocal chords, tongue, lips, nasal cavity, general phonetics, specific phonetics, historical phonetics, experimental phonetics.
KIRISH Respublikamizda ona tili o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. Til o‘qitishga doir o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” [1; 14]. Yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan bunday islohotlar, albatta, ona tili ta’limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tehsil olayotgan talabalarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun amaliy darslarda dasturda nazarda tutilgan til sathlariga, xususan, fonetika va fonologiya, orfoepiyaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud. ASOSIY QISM Ushbu maqolada Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining birinchi bosqich talabalariga “Ona tili” fanidan amaliy darslarni, xususan, “Fonetika va fonologiya, nutq apparati” mavzusini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiya bayon etilgan. Ma’lumki, har bir amaliy dars nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda mavzu doirasida o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali bilim-ko‘nikmalarni egallashni maqsad qiladi. G‘.Hamroyevning “Zamonaviy darslik o‘quv topshiriqlari orqali quyidagi didaktik vazifalarni bajaradi: – o‘quvchilarni mavzularni o‘rganishga da’vat etadi, ishtiyoq uyg‘otadi; – o‘quvchiga axborot, ma’lumotlarni taqdim etishning, qidirib topishning mavjud usullari orqali bilimlarni kengaytirish imkonini beradi; – mashg‘ulotning borishi va natijalarini tekshirish, o‘z-o‘zini baholash va korreksiyalash, shuningdek, zarur ko‘nikmalarni hosil qilish uchun o‘quv topshiriqlarini bajarish imkoniyatini o‘z ichiga oladi” [10; 36] kabi izohini keltirish bilan birga, amaliy darslarda o‘quv topshiriqlarini rejalashtirishda savollardan darsning dastlabki qismida foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlamoqchimiz.
Oliy ta’limda har bir darsga 80 daqiqa ajratilishini hisobga olsak, “Fonetika va fonologiya; nutq apparati” mavzusi bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni mustahkamlashga 30 daqiqa ajratiladi va quyidagi savollar asosida ma’ruza darsida egallangan bilimlar mustahkamlanadi: 1. Fonetika so‘zining ma’nosi nima? 2. Tabiatdagi tovush turlari haqida gapiring. 3. Nutq tovushining belgilarini sanang. 4. Nutq a’zosi qaysilar? 5. Faol nutq a’zolarni ayting. 6. Nofaol nutq a’zolar haqida gapiring. 7. Fonetika nimani o‘rganadi? 8. Tovush va fonemaning farqini ayting. 9. Fonologiya haqida nimalarni bilasiz? 10. Fonema qanday belgilarga ega? 11. Fonetik akustika haqida qanday ma’lumotga egasiz? 12. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 13. Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat? 14. O‘zbek tilining fonetik vositalariga nimalar kiradi? 15. Unli fonemalar haqida fikr bildiring. 16. Undosh fonemalarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari haqida gapiring. 17. Tovush va harf o‘rtasida qanday farq va o‘xshashlik bor? 18. Un paychalarining vazifasini tushuntirib bering. An’anaviy ta’limda savollar orqali bilimlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi, ammo mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish ham juda zarur. Shu o‘rinda X.Muxitdinovaning “Mashq o‘quv mashg‘ulotlarining alohida turi bo‘lib, ular yordamida berilgan bilimlar asosida o‘quvchilarda tegishli malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi” [9; 82] degan mulohazasi nihoyatda to‘g‘ri bo‘lib, mashqlar nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi vosita sifatida qaraladi. Til ta’limida mashqlarning o‘rni juda katta. Til tizimi o‘zining ko‘p qirraliligi, birliklarining struktural va funksional xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadigan hodisa, shu bois til ta’limidagi mashqlar ham turli-tuman ko‘rinishga va tuzilishga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham, “Ona tili” fanidan “Fonetika, fonologiya va nutq apparati” mavzusi yuzasidan amaliy dars tashkil etilganda, albatta, mashqdan unumli va samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1-mashq. Quyida berilgan tez aytishlarni bir nafasda aytishni mashq qiling. Qaysi tovushga asoslangan bo‘lsa, shu tovushni hosil bo‘lishida qaysi nutq a’zolari ishtirok etayotganini chizmadan ko‘rsating. 1. Asad asil asal saqlaydi. 2. Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim. 3. Dono so‘zlar dona-dona, Dono so‘zda ko‘p marjona. 4. Erkin egatda ertagi ekinni ekdi. 5. Filbon – folchimas, Folbin – lofchimas. 6. Gulsara gul saralab, gul sanadi. 7. Hunarmand xursand, Hunaridan xursand.
8. Jiblajibon mehribon, Jo‘ja bilan jonajon. 9. Kichik kuchuk – kuchli kuchuk. 10. Qushlar qishloqda qishlar, Qishni qordek olqishlar.
1-rasm. Nutq a’zolari chizmasi. Har bir talaba yuqoridagi tez aytishni yoddan tez va to‘g‘ri aytishni mashq qilar ekan, avvalo, matndagi unli yoki undosh tovushni aniq talaffuz qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, nutq apparati chizmasidan ushbu tovushlarning o‘rnini va ularning fiziologik, akustik, artikulyatsion belgilarini aniqlash orqali nazariy ma’lumotlarni chuqurroq o‘zlashtirishga erishadilar. Fonetika va fonologiya bo‘limlari nutqiy malaka bilan bevosita aloqador bo'lganligi bois ularni o‘qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan mashq va topshiriq atamalariga o‘zgacha yondashish zarur. Topshiriq – bu mashg‘ulotni boshqarish, tashkil etish, boshqa o‘quv topshiriqlarni o‘z ichida qamrab, talabani mashq qildirib, ko‘nikmasini oshirish, savol orqali fikrlashga, mustaqil ishlashga yo‘naltirish va oxirida egallangan bilim va ko‘nikmalarni baholash vazifasini bajaradi. Jumladan, quyidagi jadval vositasida berilgan topshiriq talabani o‘ylashga, ma’lumotlarni qiyoslashga va eng maqbulini topishga yo‘naltiradi. 1-topshiriq. Quyida jadvalning o‘ng tomonida berilgan ta’riflarga mos keluvchi atamalarni jadvalning chap tomonidan toping va daftaringizga ko‘chiring.
Fonologiya Xususiy fonetika Qiyosiy fonetika Tarixiy fonetika Eksperimental fonetika ma’lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bog‘liq tarzda o‘rganiladi fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy jarayon va dalillarga bog‘lanmagan holda o‘rganiladi muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari o‘rganiladi. Masalan, o‘zbek tili fonetikasi bir-biriga yaqin tillarning fonetik xususiyatlari qiyoslab o‘rganiladi
Umumiy fonetika muayyan tilning fonetik tizimi tarixan kelib chiqishi yozma manbalarga asoslanib o‘rganiladi Tavsifiy fonetika dunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganadi 1-jadval. “Mosini toping” metodi uchun topshiriq jadvali. Navbatdagi topshiriq yo‘naltiruvchi xarakterda bo‘lib, o‘quvchida mustaqil ishlash orqali so‘z boyligiga ega bo‘lishga va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2-topshiriq. So‘zlarni o‘qing. Har bir guruhdagi so‘zlarning tovush tizimi jihatdan o‘zaro va guruhlararo o‘xshash hamda farqli tomonlarini tushuntiring. 1. Bil, dil, jil, zil, yil, mil, nil, sil, til, fil, xil, shil, qil, hil-hil; bol, gol, dol, lol, mol, pol, sol, tol, fol, xol, chol, shol, qol, hol; boy, voy, joy, loy, moy, poy, roy, soy, toy, choy, hoy; darz, tarz, farz, arz. 2. Barra, darra, zarra, karra, marra, g‘arra, sharra; barcha, darcha, jarcha, zarcha, parcha, sharcha; jo‘ra, ko‘ra, so‘ra, to‘ra, xo‘ra, sho‘ra, qo‘ra, g‘o‘ra. 3. Iz, il, im, in, ip, is, ich, ish; uz, uy, ul, un, ur, uf, uch, uk, uh; eg, ez, ek, el, ep, er, es, et, esh, eh; shod, shol, shom, shon, shox, shosh, shoh. Ona tili darslarida har bir amaliy mashg‘ulot orqali beriladigan savol, topshiriq va mashqlar ham talabaning hayotiy muammolarini yechishga yo‘naltirishi lozim. Shuning uchun ham tanlanayotgan interfaol metodlar darsning nazariy va amaliy bilim-ko‘nikmalar hosil qilish maqsadiga muvofiq bo‘lishi zarur. Har bir amaliy darsda interfaol metodlardan foydalanish orqali talabalarning murakkab mavzularni oson o‘zlashtirishlariga erishish mumkin. “Fonetika va fonologiya, nutq apparati” mavzusini FSMU metodi asosida quyidagicha tashkil etiladi: 1) metod haqida tushuncha beriladi; 2) metod asosida tarqatmalarda topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar juftliklarda, kichik guruhlarda yoki individual bajarilishi mumkin. Ta’rifi: Muayyan mavzu yuzasidan egallangan bilimlarni qoida va misollar asosida tushunish, sababini tushuntirish va qoida sosida xulosa chiqarishga asoslangan metod. O‘zbekcha “fikr”, “sabab”, “misol”, “umumlashtirish” so‘zlarining bosh harflaridan tashkil topgan.
2-rasm. FSMU metodi tavsifi. Masalan: F – nutq tovushlarining hosil bo‘lishida burun bo‘shlig‘i qatnashadi. S – chunki burun nafas olish va chiqarishda ishtirok etadi, ba’zi tovushlar talaffuzida havoning bir qismi burun bo‘shlig‘idan chiqadi M – m, n, ng tovushlari
U – nutq apparatida burun bo‘shlig‘ining o‘z o‘rni bor, burun ham nutq apparatida muhim a’zolardan biri hisoblanadi. FSMU metodi asosida talabalarga quyidagi fikrlar yozilgan tarqatmalar taqdim etiladi.
F – un paychalari eng faol a’zo F – til eng faol a’zo taqdim etiladi. S– S– M– M– U– U–
F – unli tovushlar talaffuz qilinganda hech qanday to‘siqqa F – lab unli va undosh tovushlarni uchramaydi hosil qilishda ishtirok etadigan a’zo
S– S– M– M– U– U– 3-rasm. FSMU metodi uchun tarqatmalar.
Har bir talabaga mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari alohida taqdim etiladi. 1. Fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladigan fonetika turining nomi qaysi variantda berilgan? A) fonologiya B) eksperimental fonetika C) qiyosiy fonetika D) tavsifiy fonetika 2. So‘z yoki qo‘shimchalarning shakliy tomonini hosil qiladigan va ularning ma’nolarini farqlash, chegaralash vazifalarini bajariladigan birliklar qanday nomlanadi? A) fonetik birliklar B) nutq apparati C) til birliklari D) nutq tovushlari 3. Ustsegment (supersegment) birliklar qaysi javobda berilgan? A) unli va undosh tovushlar B) tovushlarning akustik, fiziologik va artikulyatsion tomoni C) urg‘u, pauza, sintagma D) nutq apparati 4. Xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari nutq apparatining qaysi qismida joylashgan? A) nafas apparatida
B) bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida C) og‘iz bo‘shlig‘ida D) burun bo‘shlig‘ida 5. Qaysi nutq a’zosi ovoz manbai hisoblanadi?
A) o‘pka B) tovush paychalari C) til D) lab 6. Nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan soha qanday nomlanadi?
A) fonologiya B) nutq tovushlarining artikulyatsiyasi C) fonetik akustika D) fonetika 7. Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a’zosining faol qatnashgan qismi nima deyiladi?
A) fizik akustika B) nutq tovushlarining tembri C) tovushning cho‘ziqlik darajasi D) artikulyatsiya o‘rni 8. Og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‘lishiga bog‘liq hodisa qanday ataladi?
A) tovushning cho‘ziqlik darajasi B) nutq tovushlarining tembri C) nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi D) nutq tovushlarining kuchi 9. Ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishiga nima deyiladi?
A) tovushning cho‘ziqlik darajasi B) nutq tovushlarining tembri C) nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi D) nutq tovushlarining kuchi 10. Quyida berilgan to‘g‘ri fikrni aniqlang?
A) nutq tovushlarining kuchi og‘izning ochilish darajasiga bog‘liq B) nutq tovushlarining tebranish kengligi katta bo‘lsa, tovush kuchsiz chiqadi C) tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 minutda o‘tadigan energiya miqdoridir D) nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o‘tadigan energiya miqdori Dars so‘ngida amalga oshirilgan ishlar, talabalarning darsdagi faolligi muhokama qilinadi va xulosalanadi. Har bir dars so‘ngida faol qatnashgan talabalar baholanadi va yangi darsda foydalanish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar haqida qisqacha ma’lumot berilib, vazifa beriladi.
XULOSA Xulosa qilib, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga fonetika o‘qitishni samarali bo‘lishiga erishish uchun amaldagi o‘quv materiallarini bu boradagi muammolarni inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Muhimi shuki, talabada, avvalo, o‘quv soati uchun ajratilgan har bir daqiqadan, darsliklarda berilayotgan har bir maʼlumotdan unumli foydalanish ko‘nikma hamda malakasini shakllantirish va rivojlantirish talab etiladi. Talabaga taqdim etilayotgan o‘quv materiallari birgina muammo yoki mavzu doirasidagina emas, balki birdaniga talabada ikki yoki uch zaruriy (adabiy talaffuz, imlo savodxonligi, zarur so‘z boyligi va mustaqil ishlash) malakalarini shakllantirishga xizmat qila olsa, ko‘zlangan maqsadga erishish oson bo‘ladi. Masalan, oʼquvchiga til fanining boʼlimlari haqida sof nazariy maʼlumotlarni ketma-ket taqdim etgandan ko‘ra, ularda to‘g‘ri talaffuz va o‘z fikrini rang-barang shakllarda aniq, ravon va sodda tarzda ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qila oladigan amaliy jihatlarni o‘rgatish lozim. “Ona tili” fanidan amaliy darslarni tashkil etilish rejalashtirilganda savol, topshiriq va mashqlarning mazmunini anglagan holda o‘rinli va to‘g‘ri foydalanishga e’tibor berish darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda samarali hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Мирзиёев Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. –T.: Ўзбекистон, 2016. –14-б.
- Hamroyevn M., Shodmonqulova D., Dosanov N. Ona tili va bolalar adabiyoti (1-qism: Ona tili) (darslik). Toshkent: Grandkondorprint, 2023. – 344 b.
- Hamroyev M., Muhammedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili (darslik). Toshkent: TDPU, 2008.
- Ikromova R., Muhamedova D., Hamroyev M.. Ona tilidan mashqlar to‘plami. Toshkent: TDPU, 2009.
- Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Saryiev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Bayoz, 2022. – 304 b.
- Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Quronov, Shokir Tursun, Ona tili va o’qish savodxonligi 2-sinf. –Toshkent, 2021. –120 b.
- Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Quronov, Shokir Tursun, Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf. –Toshkent, 2021. –104 b.
- Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo QuronovOna tili va o’qish savodxonligi 3- sinf. –Toshkent, 2022. –144 b.
- Muhiddinova H. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. Ped. f. nom-di diss. – Toshkent: TDPI, 2011. – 270 b.
- Ҳамроев Ғ. Она тилидан ўқув топшириқлари ишлаб чиқиш методикаси. Монография. Донишманд зиёси. –Тошкент. 2021. 157 б.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013327
- Nashr sanasi
- 2026-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i2.2020
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 80–87
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 62026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06