ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA QO‘LLAGAN AYRIM SO‘ZLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI
Tursunaliyeva Shahnoza Otabek qiziNamangan davlat universiteti, O‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 64–68
Annotatsiya
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan o‘ziga xos so‘zlarni tahlil qilinadi. Asarda xalqning turmushi, urf-odati, kiyim-kechagi, marosimlari va so‘zlashuv uslubi orqali o‘zbek millatiga xos ruh mahorat bilan aks ettirilgan. Asarda milliylikni ifoda etuvchi so‘zlar davr muhitini, ijtimoiy va madaniy hayotni jonli tasvirlashga xizmat qilgan. Qodiriyning tarixiy leksika va xalqona iboralardan foydalanishi asarning badiiy qiymatini oshirgan. Ushbu til birliklari personajlar xarakterini ochishda va voqealarning tabiiyligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Umuman, roman leksikasi Qodiriy ijodining badiiy kuchini namoyon etadi.
Boshqa tillarda
ruschaЯЗЫКОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ НЕКОТОРЫХ СЛОВ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ АБДУЛЛОЙ КАДЫРИ В РОМАНЕ «МИНУВШИЕ ДНИ»
В данной статье анализируются некоторые своеобразные слова, использованные в романе Абдуллы Кадыри «Уткан кунлар». В произведении через образ жизни народа, обычаи, одежду, обряды и разговорный стиль мастерски отражён дух, присущий узбекской нации. Слова, выражающие национальную самобытность, служат для живого описания эпохи, социальной и культурной жизни. Использование Кадыри исторической лексики и народных выражений повышает художественную ценность произведения. Эти языковые единицы играют важную роль в раскрытии характера персонажей и обеспечении естественности событий. В целом лексика романа демонстрирует художественную силу творчества Кадыри.
inglizchaLINGUISTIC FEATURES OF CERTAIN WORDS USED BY ABDULLA QODIRIY IN THE NOVEL “O‘TKAN KUNLAR”
This article analyses the distinctive words used by Abdulla Qodiriy in the novel ‘O‘tkan kunlar‘. In the work, the spirit characteristic of the Uzbek nation is skilfully reflected through the people‘s way of life, customs, clothing, ceremonies and conversational style. The words expressing national identity serve to give a vivid depiction of the atmosphere of the era and of social and cultural life. Qodiriy‘s use of historical vocabulary and folk expressions has increased the artistic value of the work. These linguistic units are of great importance in revealing the characters of the personages and in ensuring the naturalness of the events. In general, the vocabulary of the novel demonstrates the artistic power of Qodiriy‘s work.
Kalit so‘zlar
- lisoniy xususiyat
- etnografik leksika
- tarixiy til birliklari
- badiiy uslub
- milliy qadriyatlar
- urf-odatlar
- xalqona iboralar
- madaniy kontekst
- til va madaniyat munosabati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA QO‘LLAGAN AYRIM SO‘ZLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI Tursunaliyeva Shahnoza Otabek qizi Namangan davlat universiteti, O‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.19090997 Annotatsiya: Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan o‘ziga xos so‘zlarni tahlil qilinadi. Asarda xalqning turmushi, urf-odati, kiyim-kechagi, marosimlari va so‘zlashuv uslubi orqali o‘zbek millatiga xos ruh mahorat bilan aks ettirilgan. Asarda milliylikni ifoda etuvchi so‘zlar davr muhitini, ijtimoiy va madaniy hayotni jonli tasvirlashga xizmat qilgan. Qodiriyning tarixiy leksika va xalqona iboralardan foydalanishi asarning badiiy qiymatini oshirgan. Ushbu til birliklari personajlar xarakterini ochishda va voqealarning tabiiyligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Umuman, roman leksikasi Qodiriy ijodining badiiy kuchini namoyon etadi. Kalit so‘zlar: lisoniy xususiyat, etnografik leksika, tarixiy til birliklari, badiiy uslub, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, xalqona iboralar, madaniy kontekst, til va madaniyat munosabati.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ НЕКОТОРЫХ СЛОВ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В РОМАНЕ АБДУЛЛЫ КАДЫРИ «УТКАН КУНЛАР» Турсуналиева Шахноза Отабек кизи Наманганский государственный университет, Студентка 1 курса направления «Узбекский язык» Аннотация: В данной статье анализируются некоторые своеобразные слова, использованные в романе Абдуллы Кадыри «Уткан кунлар». В произведении через образ жизни народа, обычаи, одежду, обряды и разговорный стиль мастерски отражён дух, присущий узбекской нации. Слова, выражающие национальную самобытность, служат для живого описания эпохи, социальной и культурной жизни. Использование Кадыри исторической лексики и народных выражений повышает художественную ценность произведения. Эти языковые единицы играют важную роль в раскрытии характера персонажей и обеспечении естественности событий. В целом лексика романа демонстрирует художественную силу творчества Кадыри. Ключевые слова: лингвистические особенности, этнографическая лексика, исторические языковые единицы, художественный стиль, национальные ценности, обычаи и традиции, народные выражения, культурный контекст, связь языка и культуры.
LINGUISTIC FEATURES OF SOME WORDS USED IN ABDULLA QODIRIY’S NOVEL “UTKAN KUNLAR” Tursunaliyeva Shahnoza Otabek qizi Namangan State University, 1st-year student, Uzbek Language Program Abstract: This article analyzes some distinctive words used in Abdulla Qodiriy’s novel “Utkan kunlar”. In the work, the spirit characteristic of the Uzbek nation is skillfully reflected through the people’s lifestyle, traditions, clothing, ceremonies, and conversational style. Words expressing national identity serve to vividly depict the historical period, social environment, and cultural life. Qodiriy’s use of historical vocabulary and folk expressions enhances the artistic value of the novel. These linguistic units play an important role in revealing the characters’ personalities and ensuring the naturalness of events. In general, the novel’s lexicon demonstrates the artistic power of Qodiriy’s artistic skill.
Keywords: linguistic features, ethnographic vocabulary, historical linguistic units, artistic style, national values, traditions, folk expressions, cultural context, relationship between language and culture.
KIRISH Kirish. Abdulla Qodiriy XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, milliy romanchilik maktabining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Uning “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyotida ilk realistik tarixiy roman sifatida e’tirof etilib, milliy badiiy tafakkur taraqqiyotida muhim bosqichni belgilaydi. Mazkur asar o‘zbek romanchiligining shakllanishi va rivojida burilish yasagan noyob adabiy hodisa hisoblanadi. Romanda XIX asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy muhit, o‘zbek xalqining kundalik turmushi, urf-odatlari, an’ana va marosimlari realistik tasvir orqali yoritilgan. Qodiriy tarixiy voqelikni badiiy talqin etishda milliy o‘zlik va xalq ruhiyatini chuqur ochib berishga alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa, turmush tarzi, kiyim-kechak, ovqatlanish madaniyati hamda xalqona muomala shakllariga oid tasvirlar asarning badiiy asosini tashkil etadi. Roman badiiy tizimida milliylik muhim o‘rin egallaydi. Milliylikni ifoda etuvchi so‘zlar muayyan xalqning madaniy muhiti va davr ruhini aks ettiruvchi til birliklari majmui bo‘lib, asarga o‘ziga xos milliy ohang bag‘ishlaydi. “O‘tkan kunlar” romanida tarixiyetnografik terminlar, an’anaviy atamalar va xalqona iboralardan samarali foydalanilgan. Bu til birliklari asarning badiiy-estetik qiymatini oshiradi hamda o‘quvchini tasvirlangan davr bilan ruhiy jihatdan bog‘laydi. Shu bois romandagi so‘zlarning lisoniy xususiyatlarini o‘rganish o‘zbek tilshunosligi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu kichik tadqiqotimizda milliy madaniyatni ifoda etuvchi til birliklarining semantik va funksional xususiyatlari hamda ularning roman matnidagi o‘rni yoritilgan. MATERIALLAR VA METODLAR Asosiy qism. Asarda qo‘llangan ko‘plab so‘zlar yig‘ildi va ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin. 1. Diniy islohatlar, tushunchalar, marosimlarning tarjimada qo‘llanishi: duo, savob, gunoh, halol, Alloh, iymon, tavba. 2. Diniy mansab va shaxslar nomlarining qo‘llanishi: Imom, Mulla, Qori, Mavlono. Hoji. 3. Diniy amallarni bildiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi: namoz, duo, sajda, ziyorat, Allodan so‘rash. 4. Xalqning kundalik hayotda foydalanadigan buyumlarning qo‘llanishi: choynak, piyola, samovar, qumg‘on, chilopchin. 5. Moddiy tirikchilik sharoitidan olinib,majoziy ma’noda ishlatiladigan xos so‘zlar: qo‘chqordek og‘il, go‘zal qiz, Alpomishdek yigit. 6. Taom nomlar: somsa, osh, sho‘rva, qovurma, manti. 7. O‘lchov birliklari: chaqirim, qadam, dyum. 8. Pul birliklari: so‘m, tanga. 9. Asarda qatnashgan obraz nomlari: xizmatkor, qutidor, qo‘rboshi. NATIJALAR 1-jadval. “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan ayrim so‘zlar va ularning ma’nolari
“O‘lganimdan keyin ruhimga bir kalima qur’on o‘qusa, 1 Siporish Topshiriq bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi-kifoya”-deb qaror bergan va hozirdan boshlab Otabekka bu tog‘rida siporishlar berib, undan samimiy va’dalar olib yurg‘uchi oq ko‘ngil bir qul edi.
O‘zi davlatmand bir kishi; Toshkand ashroflarining E’tiborlik kishilar, 2 Ashrof ko‘blari bilan aloqador bo‘lg‘anliqdan, balki, otangiz ulug‘lar bilan tanish chiqar.
Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi 3 Musohib Hamsuhbat sanalsa ham va lekin bu juz’iy ishlardaginadir.
Hasanalining yuziga padorona tarahhum tusi kirib, 4 Tarahhum Rahm, Shafqat keksalarga maxsus ogangdor bir tovush bilan bekning ustidagi og‘ir yukni ola boshladi.
5 Mushovir Maslahatchi Toshkent begi yonida mushovir sifati bilan turadilar.
Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidagi sadafdek oq tishlari ko‘rinib 6 Irin Lab, dudoq ketdi ersa-da, biroq uning bu holi tezlik bilan tunliqqa alishindi.
Azizbekning buyrug‘i bilan kecha o‘rda tegiga barcha 7 Fuzalo O‘qimishli kishi Toshkand xalqi yig‘ilg‘an, bu yig‘inda ulamolar ham bor, fuzalo ham bor.
Arzimagan sabablar bilan talaf bo‘lgan jonlarni 8 Talaf Nobud bo‘lmoq hamisha ko‘z oldingda tut.
Yoshi ellidan oshqan, kulgusi ichiga to‘lib toshqan bir 9 Duvur Shovqin xotinni duvurdan chiqib, o‘ziga qarab yurganini ko‘rgandan keyin donxonag‘a kirdi.
Bir ko‘rinib yag‘mo qilg‘an ko‘nglimni, Qaytib yana 10 Yag‘mo Talon-taroj ko‘rolmadim norimni!
Musilmonqulg‘a yaqinlasha olmag‘an ya’ni uning 11 Nimcha Ilmsiz,uquvsiz xizmat va marhamatidan chetda qolg‘an “nimcha” ulamolar ham yo‘q emas edilar.
Sizning tinchsizlanishingiz va mardumlarning yuqori- 12 Mardum Odamlar quyi so‘zi bo‘lmasa, sizga boshqa zarar bo‘lur, deb o‘ylay olmayman.
Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham 13 Ajr Mukofot xudo ajrini bersin! -dedi.
Homid tiynati buzuq bir yigit edi, - deb javob berdi 14 Tiynat Fe’l-atvor qutidor.
Otabek o‘z hayotida fojialarning manba’i bo‘lg‘an bir 15 Habis Dushman habisni nihoyat birinchi marta ko‘rib turar edi.
Shu bilan birga, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida turkiy, arabiy va fors-tojikcha so‘zlarni ham keng qo‘llanganligini ko‘rdik. Bundan ko‘rinadiki, A.Qodiriy yashagan muhitda ko‘p tillilik va ko‘p tillarda ijod qilish an’anasi mavjud ekanini ifoda etadi.
Hayyaalalfalah – qutqarilishga shoshilinglar, najotga kelinglar (azon chaqirig‘i).
Haroratig‘ariza – tabiiy harorat, isitma.
Musaxxar – sehrlangan, taslim bo‘lgan, bo‘ysungan.
MUHOKAMA Yuqorida “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan so‘zlar nafaqat asarning badiiy tilini boyitadi, balki uning umumiy mazmun-mohiyatini belgilovchi asosiy komponentlardan biri sifatida ham muhim vazifani bajaradi. Abdulla Qodiriy o‘zining tarixiy mavzudagi romanida XIX asr o‘zbek jamiyati hayotini jonli aks ettirish uchun milliy koloritga ega bo‘lgan so‘zlar, iboralar, etnografik terminlar va xalqona nutq elementlaridan keng foydalanadi. Shu bois ushbu til birliklari o‘quvchini asarda tasvirlangan davr muhitiga chuqur kirishga, o‘sha davr insonlarining tafakkuri, an’analari, kundalik turmushi va ruhiyati bilan bevosita aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Shu kabi so‘zlarning faol qo‘llanishi romanning badiiy-estetik qiymatini bir necha barobar oshiradi.
Ijodkor milliylikni ifoda etuvchi so‘zlarni roman ichida shunchaki bezak vositasi emas, balki tarixiylik prinsipining asosiy ko‘rinishlaridan biri sifatida qo‘llaydi. XIX asr turmush tarzini tasvirlashda qo‘llanilgan so‘zlar – mahalliy atamalar, kiyim-kechak nomlari, idish-tovoqlar, ovqat turlari, marosimlarga oid terminlar, qadimiy muomala shakllari – asardagi tasvirning haqqoniyligini kuchaytiradi. Qodiriy tomonidan qo‘llangan “doppi”, “paranji”, “shoyi”, “tandir”, “mehmonnavozlik”, “mahalla”, “mashvarat”, “nikoh to‘yi”, “kuyovnavkar” kabi o‘nlab leksik birliklar roman qahramonlarining hayot tarzini aniq ko‘rsatibgina qolmay, o‘sha davrning ijtimoiy-madaniy hayotini jonli ravishda o‘quvchi tasavvurida tiklaydi. Bu xil birliklar orqali yaratilgan milliy ruh o‘quvchi bilan tarixiy davr o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaribgina qolmay, o‘quvchida o‘z xalqining o‘tmishiga nisbatan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini uyg‘otadi.
XULOSA Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qodiriyning so‘z qo‘llash mahorati yuksak, uslubi o‘ziga xos. U tarixiy materialni tasvirlashda sun’iylikka, ortiqcha badiiy bezakka yo‘l qo‘ymaydi. Aksincha, milliylik asar tilida tabiiy shaklda, hayotiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Xalqona iboralar, maqollar, hikmatli so‘zlar, an’anaviy muomala shakllari, hayotiy dialoglar romanning tiliga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Ijodkor asar tilini milliy ruh bilan sug‘oradi, tarixiy davrni jonli qilib ko‘rsatadi, o‘quvchini o‘zbek xalqining o‘tmishi bilan ichdan tanishtiradi. Abdulla Qodiriy ijodining yuksak badiiy mahorati va xalq ruhiyatini teran bilgan ijodkor ekanini badiiy asarda aks etuvchi so‘zlar misolida ko‘rish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Davronov, A. – O‘zbek tilining leksikologiyasi. Toshkent: Sharq, 2012.
- Karimov, N. Abdulla Qodiriy ijodining badiiy xususiyatlari. Toshkent: Akademnashr. 2010.
- Karimov, N. Abdulla Qodiriy va o‘zbek romanchiligi. Toshkent: Akademnashr. 2010.
- Karimov, R. – Arabiy so‘zlar o‘zbek adabiyotida. Toshkent: Akademnashr, 2005.
- Karimov, R. – Fors-tojik etimologik lug‘at. Toshkent: Akademnashr, 2007.
- Mardonov, Sh. – Arabiy va fors so‘zlarining o‘zbek tilidagi tarixi. Toshkent: Fan, 2008.
- Mirzaev, Sh. – Adabiy lug‘at va terminologiya. Toshkent: Akademnashr, 2010.
- Nasriddinov, S. – Islom madaniyati lug‘ati. Toshkent: Fan, 2003.
- Qodiriy, A. – O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991.
- Rasulov, R. Tilshunoslikda kolorit masalasi. Toshkent: Universitet nashriyoti. 2012.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013324
- Nashr sanasi
- 2026-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i2.2017
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 64–68
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-09 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06