Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MA‘NAVIY TARBIYANI YUKSALISHIDA TA‘LIM VA TARBIYANI UYG‘UN OLIB BORISHNING AHAMIYATI

Boymurodov Sanjar Dilmurod o‘g‘liO‘zbekiston Milliy universiteti Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 76–79

Annotatsiya

Mazkur maqolada ma‘naviyat va ma‘naviy tarbiya tushunchalarini uyg‘un holda yuksaltirish borasida so‘z yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma‘naviy tarbiyaga alohida e‘tibor qaratish lozimligi tahlil etilgan. Bu jarayonda axloqiy fazilatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, taklif va xulosalar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЗНАЧЕНИЕ ГАРМОНИЧНОГО ВЕДЕНИЯ ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ В ПОДЪЕМЕ ДУХОВНОГО ВОСПИТАНИЯ

В данной статье говорится о гармоничном воспитании понятий духовности и духовного образования. Анализируется, что особое внимание следует уделять духовному образованию в эпоху Третьего Возрождения в развитии нашей страны. В этом процессе представлены мнения, предложения и выводы о важности формирования нравственных качеств в сознании каждого человека.

inglizchaTHE IMPORTANCE OF CONDUCTING TEACHING AND UPBRINGING IN HARMONY IN THE ADVANCEMENT OF SPIRITUAL UPBRINGING

This article discusses the harmonious advancement of the concepts of spirituality and spiritual upbringing. It analyses the need to pay particular attention to spiritual upbringing in laying the foundation of the Third Renaissance in the development of our country. Reflections, proposals and conclusions on the importance of forming moral qualities in the consciousness of every individual in this process are presented.

Kalit so‘zlar

  • Yangi O‘zbekiston
  • ma‘naviyat
  • axloq
  • ilm-fan
  • innovatsion texnologiya
  • tarbiya
  • ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK:316.74:37 MA’NAVIY TARBIYANI YUKSALISHIDA TA’LIM VA TARBIYANI UYGʻUN OLIB BORISHNING AHAMIYATI Boymurodov Sanjar Dilmurod o‘g‘li O‘zbekiston Milliy universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18770723 Annotatsiya: Mazkur maqolada ma’naviyat va ma’naviy tarbiya tushunchalarini uygʻun holda yuksaltirish borasida soʻz yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma’naviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratish lozimligi tahlil etilgan. Bu jarayonda axloqiy fazilatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikrmulohazalar, taklif va xulosalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ma’naviyat, axloq, ilm-fan, innovatsion texnologiya, tarbiya, ta’lim

ВАЖНОСТЬ ГАРМОНИЧНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Боймуродов Санжар Дилмурод ўғли Национальный университет Узбекистана, студент 2‑го курса направления «Национальная идея, основы духовности и правовое образование» Аннотация: В данной статье говорится о гармоничном воспитании понятий духовности и духовного образования. Анализируется, что особое внимание следует уделять духовному образованию в эпоху Третьего Возрождения в развитии нашей страны. В этом процессе представлены мнения, предложения и выводы о важности формирования нравственных качеств в сознании каждого человекa. Ключевые слова: Новый Узбекистан, духовность, этика, наука, инновационные технологии, воспитание, образование

THE IMPORTANCE OF HARMONIOUS EDUCATION AND EDUCATION IN THE IMPROVEMENT OF SPIRITUAL EDUCATION Boymurodov Sanjar Dilmurod o‘g‘li National University of Uzbekistan, 2nd-year student (major: National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education) Abstract: This article talks about harmoniously raising the concepts of spirituality and spiritual education. It is analyzed that special attention should be paid to spiritual education in the development of the Third Renaissance in the development of our country. In this process, opinions, suggestions and conclusions are presented about the importance of forming moral qualities in the mind of each person. Keywords: New Uzbekistan, spirituality, ethics, science, innovative technology, upbringing, education

KIRISH Barchamizga ma’lumki, ta’lim va tarbiyani uygʻunlikda olib borish sifatli va samarali ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Ma’naviy tarbiya har bir kishining xulq-atvorida namoyon boʻlishi lozim. Bu yoʻlda, albatta, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarning

samaradorligini oshirish, ma’naviy tarbiyani mustahkamlash, jamiyat va inson hayotida axloqiy fazilatlarning oʻrni va ahamiyatini oshirish jarayonlarini uzviy tashkil etish joiz. Avvalo, tarbiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: shaxsning ma’naviy yetuk, ilm-ma’rifatli, barkamol, axloqan va ruhan sogʻlom boʻlib voyaga yetishida koʻmaklashuvchi pedagogik jarayon. Ma’naviyat esa xalq va millatni o‘zligiga qaytaradigan, oʻzligini tanitadigan, kerak bo‘lsa, uni tarbiyalaydigan, jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarziga tayangan holda, muttasil takomillashib boradigan g‘oyalar orqali tashkil etiladi. MATERIALLAR VA METODLAR Ma'naviy tarbiya – inson shaxsining ma'naviy dunyosini boyitish, uning axloqiy fazilatlarini shakllantirish, ijtimoiy javobgarlik tuyg'usini rivojlantirishga qaratilgan jarayon. Insonning ichki dunyosidagi tuygʻular, hissiyotlar, qolaversa uning ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilab beruvchi yuksak yoki aksincha tuban tuyg‘u va qarashlari uning tashqi xatti-harakatlariga asos bo‘ladi. Insonning tashqi olami esa uning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Taom va yegulik insonlarga jismoniy quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag‘ishlaydi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida “Mening nazarimda, insoniyat dunyosining buyuk bir yoritqichi – ma’naviyat chirog‘i bor. Bu chiroqning boshqalardan farqi shuki, u insonning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi, vijdonini uyg‘otadi, odamiylik hissini kuchaytiradi. O‘zbekistonning yangi uyg‘onish davrini yaratishga kirishgan ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ana shunday ma’naviyat shu’lasi porlashi va u bizlarni ezgu ishlarga undab, yuksak ma’suliyat tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etib turishi kerak” [1. 263] – deya ta’kidlaganlari ham bejiz emas, albatta. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida ma’naviy tarbiya va ma’naviyatni yuksaltirish, axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar hisoblanadi. Uzoq moziy, rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ta’lim va tarbiya jarayonida axloqiy va ma’naviy tarbiyalash masalalari azaldan dolzarb va muhim vazifa hisoblangan. Ayniqsa, ko‘plab mutafakkir- u olimlarimiz asarlarida xalqimizning murakkab tarixiy-madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan voqea hodisalar mohiyatini jamiyatdagi ma’naviyat va ta’limtarbiya jarayonlaridan izlash an’anasini uchratamiz. Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” kabi asarlarda ma’naviy tarbiyaning ahamiyati, axloqiy fazilatlarni shakllantirish yoʻllari va usullari, ma’naviyatli shaxslarda aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritganlar. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganiday: “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir”[4]. Shunday ekan, avvalo, oila, mahalla va taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash hamda targʻibot-tashviqot ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish zarur sanaladi. Bugungi kunda tevarak atrofga nazar tashlaydigan boʻlsak, ta’lim-tarbiyadan uzoq va loqayd insonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy eʼtiqod niqobi ostida yoshlarni maʼrifatga emas, balki jaholatga yetaklayotgan kishilarning oʻljasiga aylanayotganligiga guvoh boʻlamiz. Maʼrifatdan uzoq, sogʻlom dunyoqarashga ega boʻlmagan kishilar hech shubhasiz, bu kabi yolgʻon va fitnalarga aldanmoqda va toʻgʻri yoʻldan adashmoqda. Oʻz navbatida bu kabi holatlarning uchrayotganligi xalqimizning yuksak maʼnaviyatga naqadar ehtiyoji bor ekanligini koʻrsatmoqda. Shu oʻrinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam

oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak” [2] degan fikrlari naqadar toʻgʻri ekanligiga guvoh boʻlamiz. Maʼnaviyat va ma’naviy tarbiyani rivojlantirish borasida oldinga qadam tashlamasak jamiyatimizni turli xil jinoyatlar, urush-nizolar, kelishmovchiliklar, oʻzaro ziddiyatlar qamrab oladi. Shuning uchun ham dastlab ma’naviy tarbiyani yuqori oʻringa chiqarishimiz va rivojlantirishimiz lozim. NATIJALAR Yurtimizda maʼnaviyat sohasi davlat siyosatining muhim yoʻnalishidan biri hisoblanadi. “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish” boʻyicha bir qator islohotlar keltirilgan.[3] Unda quyidagi vazifalar belgilab qoʻyilgan: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash; Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborotkutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish; Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish; Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish; Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish; Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish; Milliy kinematografiyani rivojlantirish. MUHOKAMA Davlatimiz rahbari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga katta eʼtibor qaratish zarurligini koʻp bora taʼkidlaganlar. 2023-yilning 22-dekabrida boʻlib oʻtgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan majlisida maʼnaviyatning hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerakligini taʼkidladilar. Jumladan, ushbu majlisda yurtboshimiz tomonidan, avvalo, maʼnaviyat va madaniyat sohasidagi ishlarimiz uchun metodik asos boʻlib xizmat qiladigan milliy gʻoyamizni rivojlantirish boʻyicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqishimiz lozimligi va bu jarayonda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz talablari hisobga olinishi zarurligi qatʼiy taʼkidlandi. Ma’naviy tarbiyani mustahkamlashda axloqiy fazilatlarning ahamiyati nechogʻlik muhim ekanligini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya jarayonlarida quyidagi usullarni qoʻllash lozim: 1. Namunalar va misollar keltirish bilan ishlash. Ta’lim oluvchilarga ma’naviy fazilatlarni oʻrgatishning eng samarali yoʻli amaliy mashgʻulotlar va namuna hamda misol keltirishlar orqali ishlashdir. Bu usul orqali ularga turli yot va begona gʻoyalarni, adolatsizliklarni koʻrsatish, mehribonlik, oqkoʻngillik va hurmat kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etish lozim. 2. Tarbiyaviy ahamiyatga ega qoʻllanmalar va adabiyotlar. Ma’naviy tarbiyani yuksaltirish maqsadida, axloqiy fazilatlarni oʻrgatish borasida tarbiyaviy ahamiyatga ega qoʻllanma va adabiyotlar juda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim oluvchilarga maqollar, ertaklar, dostonlar yoki tarbiyaviy hikoyalar orqali ma’naviy qadriyatlar va fazilatlarni oʻrgatish mumkin. Bu usul ta’limtarbiya oluvchilar orasida ma’naviy tasavvurlarning oʻsishiga yordam beradi. 3. Ta’lim beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash. Ta’lim oluvchilar oʻrtasida axloqiy fazilatlarni shakllantirishda ta’lim beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Ta’lim oluvchi talaba va oʻquvchilar murabbiy va oʻqituvchilarining malaka, koʻnikma va kompetensiyalarini, amaliy namunalarini koʻrib, ulardan oʻzlashtirish orqali ma’naviy va axloqiy fazilatlar haqida tushuncha va bilim olishlari mumkin. Axloqiy fazilatlarning shakllanish mexanizmlariga oila, ta'lim muassasalari, jamiyatning axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi roli. O'z-o'zini tarbiyalashning ahamiyati juda kattadir.

Ma’naviy tarbiyani oshirishda axloqiy fazilatlarnining dolzarblik ahamiyatini oʻquvchilarga oʻrgatish uchun yuqoridagi usullar oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularning sogʻlom gʻoya va qarashlarini mustahkamlash koʻrinishida namoyon boʻladi va ularning ma’naviy tarbiyasini oshirishga, oʻzlashtirishiga xizmat qiladi. Bu usullar kombinatsiyasi ta’lim oluvchilarning ma’naviy tarbiyasini samarali va oqilona oshirishda yordam beradi. Ma’naviy tarbiyani yuksaltirishda axloqiy fazilatlarning oʻrni va ahamiyatini ta’kidlash juda muhim. Axloqiy fazilatlarning inson ruhiy va ma’naviy olamini shakllantirishi va boyitishida oʻz oʻrni bor. Shu oʻrinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Biz uchun ma’naviyat – insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam boʻlsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi”[1. 267] – degan ta’kidlarini yodga olish kifoya. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Ma'naviy tarbiyani yuksaltirishda axloqiy fazilatlarning muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi O‘zbekistonning ravnaqi va farovonligi yo‘lida maʼnaviyatni yuksaltirish, yoshlarda vatanga sodiqlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik hissini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida ma’naviy tarbiyani oshirishda axloqiy fazilatlarning nihoyatda muhim ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bu borada qilinadigan islohot va yangilanishlar yoshlarni jismonan baquvvat, aqlan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lgan kelajak avlodni voyaga yetkazishga erishishda ko‘mak vazifasni o‘taydi. Qolaversa, jamiyat hayotining barqaror rivojini tashkil etishda ijtimoiy adolat, sabr-qanoat, chuqur e’tiqod tamoyillari asosida faoliyat olib borish, keng ommada ham ma’naviy, ham siyosiy, ham axloqiy jihatdan ko‘nikma hosil qilish joiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda axloqiy fazilatlarning ahamiyatini oshirishda quyidagilarni amalga oshirish lozim: jamiyatda ma’naviy tarbiya an’analari, qadriyatlarini tiklash; ma’naviy tarbiyaning amaliy innovatsion tadqiqotlarini tashkil etish; ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish joiz. Ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan inson milliy va umuminsoniy fazilatlarni qadrlaydi, kelgusida uni boyitib, kelajak avlodlarga to‘laqonli yetkazishda poydevor vazifasini o‘taydi. Oila, ta'lim muassasalari va jamiyatning birgalikdagi harakatlari albatta, ma’naviy tarbiyani yuksaltiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2021. – B. 263, 267.
  2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 2023-yil 22-dekabr. www.prezident.uz
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmon. www.lex.uz
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi” mavzudagi videoselektor yig‘ilishidagi nutqi.
  5. 10.2020 y. www.prezident.uz

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013326
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2019
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
76–79
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06