XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
Zaripov Xabib Salimovich1, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li2, Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li32026
- 1direktor, PhD
- 2mustaqil tadqiqotchi
- 3laboratoriya mudiri
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 22–29
Annotatsiya
Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41,5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta‘minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10-12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40,5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Mazkur tadqiqotda XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va 76×10 sxemada yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta‘siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ekish usullarining o‘simlik bo‘yi, barglar soni, hosil elementlari va yakuniy hosildorlikka ta‘siri aniqlanib, eng samarali ekish usuli tavsiya etildi.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ СХЕМ ПОСЕВА КИТАЙСКОГО СОРТА ХЛОПЧАТНИКА XLZ-57 НА ЕГО РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ
На Наваинской научно-опытной станции у растений хлопчатника, высеянных однорядным способом по схеме 76 × 10 см, средняя высота составила 83 см, количество коробочек — 15–18 штук, масса одной коробочки — 5,8 г, выход волокна — 41,5%, а длина волокна — 31 мм. В данном варианте из-за высокой густоты стояния растений в отдельных случаях наблюдалось относительное замедление развития вегетативных органов. В варианте с двухрядным посевом по Синьцзянской технологии (схема 76 × 10 см) растения были лучше обеспечены светом и питательными веществами. В результате высота растений достигла 90 см, количество коробочек составило 10–12 штук, / масса одной коробочки — 5,4 г, выход волокна — 40,5%, а длина волокна — 30 мм. Урожайность в данном варианте оказалась на 23 ц/га выше по сравнению с контрольным вариантом. В данном исследовании изучалось влияние двухрядного Синьцзянского способа посева и однорядного посева сорта XLZ-57 по схеме 76 × 10 на рост, развитие и урожайность растений. По результатам экспериментов было определено влияние способов посева на высоту растений, количество листьев, элементы урожая и конечную урожайность, на основании чего был рекомендован наиболее эффективный способ посева.
inglizchaTHE INFLUENCE OF THE SOWING SCHEMES OF THE CHINESE COTTON VARIETY XLZ-57 ON ITS GROWTH, DEVELOPMENT AND YIELD
At the Navoi scientific experimental station, in cotton plants sown by the single-row method according to the 76 x 10 cm scheme the average height was 83 cm, the number of bolls was 15-18, the weight of a single boll was 5.8 g, the fibre yield was 41.5% and the fibre length was 31 mm. In this variant, because of the high density of the plants, a relative slowing of the development of the vegetative organs was observed in some cases. In the variant sown by the double-row (76 x 10 cm) Xinjiang method the plants were better supplied with light and nutrients. As a result the plant height reached 90 cm, the number of bolls was 10-12, the weight of a single boll was 5.4 g, the fibre yield was 40.5% and the fibre length was 30 mm. In this variant the yield was 23 c/ha higher than in the control variant. In this study the influence of sowing the XLZ-57 variety by the double-row Xinjiang method according to the 76x10 scheme and as a single row according to the 76x10 scheme on the growth, development and yield of the plants was studied. According to the results of the experiment, the influence of the sowing methods on plant height, the number of leaves, the yield elements and the final yield was determined, and the most effective sowing method was recommended.
Kalit so‘zlar
- XLZ-57 navi
- shinjon usuli
- hosildorlik
- yakka qator
- qo‘sh qator
- ekish sxemalari
- fenologik kuzatuvlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
УДК:633.511:575:631.527 XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Zaripov Xabib Salimovich direktor, PhD Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li mustaqil tadqiqotchi Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li laboratoriya mudiri Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.19059957 Annotatsiya: Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41,5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta’minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10-12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40,5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Mazkur tadqiqotda XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va 76×10 sxemada yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ekish usullarining o‘simlik bo‘yi, barglar soni, hosil elementlari va yakuniy hosildorlikka ta’siri aniqlanib, eng samarali ekish usuli tavsiya etildi. Kalit so‘zlar: XLZ-57 navi; shinjon usuli; hosildorlik; yakka qator; qo‘sh qator; ekish sxemalari; fenologik kuzatuvlar.
ВЛИЯНИЕ СХЕМ ПОСЕВА КИТАЙСКОГО СОРТА XLZ-57 НА ЕГО РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ Зарипов Ҳабиб Салимович директор, PhD Намозов Дониёр Нозимович соискатель Шарипов Сулаймон Умид ўғли заведующий лабораторией Научно-исследовательский институт селекции, семеноводства и агротехнологий выращивания хлопка, Навоийская научно-опытная станция, Узбекистан Аннотация: На Наваинской научно-опытной станции у растений хлопчатника, высеянных однорядным способом по схеме 76 × 10 см, средняя высота составила 83 см, количество коробочек — 15–18 штук, масса одной коробочки — 5,8 г, выход волокна — 41,5%, а длина волокна — 31 мм. В данном варианте из-за высокой густоты стояния растений в отдельных случаях наблюдалось относительное замедление развития вегетативных органов. В варианте с двухрядным посевом по Синьцзянской технологии (схема 76 × 10 см) растения были лучше обеспечены светом и питательными веществами. В результате высота растений достигла 90 см, количество коробочек составило 10–12 штук, масса одной коробочки — 5,4 г, выход волокна — 40,5%, а длина волокна — 30 мм. Урожайность в данном варианте оказалась на 23 ц/га выше по сравнению с контрольным вариантом. В данном исследовании изучалось влияние двухрядного Синьцзянского способа посева и однорядного посева сорта XLZ-57 по схеме 76 × 10 на рост, развитие и урожайность растений. По результатам экспериментов было определено влияние способов посева на высоту растений, количество листьев, элементы урожая и конечную урожайность, на основании чего был рекомендован наиболее эффективный способ посева. Ключевые слова: сорт XLZ-57; синьцзянский метод; урожайность; однорядный посев; двухрядный посев; схемы посева; фенологические наблюдения.
THE EFFECT OF PLANTING METHODS OF THE CHINESE VARIETY XLZ-57 ON ITS GROWTH, DEVELOPMENT AND YIELD Zaripov Habib Salimovich director, PhD Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li independent researcher Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li head of laboratory Navoi Scientific Experimental Station of the Research Institute of Cotton Breeding, Seed Production and Cultivation Agrotechnologies, Uzbekistan Abstract. At the Navoi Scientific Experimental Station, cotton plants sown in a single-row method with a 76 × 10 cm scheme showed an average height of 83 cm, 15–18 bolls per plant, a single boll weight of 5.8 g, a lint turnout of 41.5%, and a fiber length of 31 mm. Due to the high plant density in this variant, a relative slowdown in the development of vegetative organs was observed in some cases. In the variant sown using the double-row Xinjiang method (76 × 10 cm), the plants were better supplied with light and nutrients. As a result, the plant height reached 90 cm, the number of bolls was 10–12 units, the single boll weight was 5.4 g, the lint turnout was 40.5%, and the fiber length was 30 mm. In this variant, the yield was 23 c/ha higher compared to the control variant. This study investigated the effects of sowing the XLZ-57 variety using the double-row Xinjiang method and the single-row method under a 76 × 10 scheme on plant growth, development, and productivity. Based on the experimental results, the impact of sowing methods on plant height, leaf count, yield components, and final productivity was determined, and the most effective sowing method was recommended. Keywords: XLZ-57 variety; Xinjiang method; productivity; single row; double row; planting schemes; phenological observations.
KIRISH Paxtachilikda yuqori va barqaror hosil olish ko‘p jihatdan nav tanlovi hamda ekish usuliga bog‘liq. O‘simliklarni optimal joylashtirish ularning oziqa moddalari, namlik va yorug‘likdan samarali foydalanishini ta’minlab, o‘sish va rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda ekish texnologiyalarini takomillashtirish, xususan, qo‘shqator shinjon usulini joriy etish orqali hosildorlikni oshirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. XLZ-57 navi yuqori hosildorligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur navning turli ekish usullariga munosabati, ayniqsa, 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon va yakka qator qilib ekish sharoitida o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari yetarlicha o‘rganilmagan.
Shu sababli ushbu tadqiqotning maqsadi XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta’sirini aniqlashdan iborat.
Gʻo‘za yetishtirishda hosildorlikni oshirish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Zamonaviy seleksiya yutuqlari, jumladan, Xitoyda yaratilgan XLZ-57 kabi yuqori unumdor navlar, dehqonlar oldiga navning genetik potensialini to‘liq ro‘yobga chiqarish vazifasini qo‘ymoqda. Bunga erishishning muhim omillaridan biri to‘g‘ri tanlangan ekish sxemalaridir. XLZ-57 navi singari yuqori samaradorlikka ega g‘o‘za navlarining ekish sxemalariga munosabati o‘ziga xos bo‘lishi mumkin, chunki ular o‘sish, rivojlanish va hosil berish dinamikasi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. XLZ-57 odatda Xitoy seleksiyasining zamonaviy yutuqlarini o‘zida mujassam etgan nav hisoblanadi. Bunday navlar quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi: Yuqori hosildorlik potensiali: Intensiv agrotexnik sharoitlarda yuqori hosil berishga qodir. Masalan: Joriy yilda Navoiy viloyati Navoiy ITS tajriba maydonida 74 s/ga hosildorlik kuzatildi. Yaxshi tola sifati: Bozor talablariga javob beradigan tola xususiyatlariga ega. Qulay o‘simlik arxitekturasi: Ko‘pincha ixcham o‘sish tipiga ega bo‘lib, bu yuqori zichlikda ekish imkoniyatini beradi. Erta yoki o‘rta ertapisharlik: Qisqa vegetatsiya davrida yuqori hosil yetishtirishga imkon beradi. Stressga nisbatan chidamlilik: Genetik tarkibida gerbitsid va ko‘sak qurtiga chidamlilik xususiyatini namoyon qiluvchi (BT) genlari mavjudligi sababli ayrim kasallik va zararkunandalarga nisbatan yaxshi chidamlilik ko‘rsatishi mumkin.
Paxtachilikda hosildorlikni oshirishda nav xususiyatlari bilan bir qatorda ekish sxemasi va ekish usulining ilmiy asoslangan holda tanlanishi muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda g‘o‘zani resurs tejovchi, yuqori samarali agrotexnologiyalar asosida yetishtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, qator oralig‘i va tup oralig‘ini maqbullashtirish orqali o‘simliklarning oziqlanish maydonini kengaytirish, yorug‘likdan foydalanish koeffitsientini oshirish va natijada hosildorlikni ko‘paytirish mumkinligi ko‘plab tadqiqotlarda qayd etilgan.
Tadqiqotchilar tomonidan aniqlanishicha, g‘o‘zani an’anaviy yakka qator usulida ekishda o‘simliklar soni me’yoridan oshib ketganda, barglar orasida soyalanish kuchayadi, fotosintez jarayoni susayadi va hosil elementlarining shakllanishi cheklanadi. Shu sababli, so‘nggi yillarda qo‘shqator (shinjon) usulida ekishning afzalliklari ilmiy jihatdan asoslab berilmoqda.
Qo‘shqator shinjon usulida ekishda o‘simliklar joylashuvi optimallashtiriladi, qator oralari orqali havo almashinuvi yaxshilanadi, tuproq namligi va oziqa moddalari samaraliroq o‘zlashtiriladi. Bir qator olimlarning ta’kidlashicha, qo‘shqator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida hosil shoxlari soni ko‘payib, bitta o‘simlikdan olinadigan ko‘saklar soni ortadi.
76×10 sm ekish sxemasi O‘zbekistonning sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning biologik xususiyatlariga mos keladigan optimal sxemalardan biri hisoblanadi. Ushbu sxema bo‘yicha yakka qator va qo‘shqator shinjon usullarini taqqoslash natijasida, qo‘shqator usulida o‘simliklarning vegetativ va generativ organlari yanada muvozanatli rivojlanishi aniqlangan.
XLZ-57 g‘o‘za navi o‘rtapishar, yuqori hosildorlik salohiyatiga ega bo‘lib, intensiv agrotexnologiyalar sharoitida yaxshi natija ko‘rsatadi. Ayrim tadqiqotlarda ushbu nav qo‘shqator usulida ekilganda, yakka qator usuliga nisbatan gektaridan olinadigan paxta hosili sezilarli darajada oshgani qayd etilgan. Bu holat, asosan, ko‘saklar sonining ortishi va ularning to‘liq pishishi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, qo‘shqator shinjon usuli mexanizatsiyalashgan parvarish ishlarini samarali tashkil etish, sug‘orish va o‘g‘itlash jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Natijada, mehnat sarfi va ishlab chiqarish tannarxi kamayib, iqtisodiy samaradorlik oshadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida ekish yakka qator ekishga nisbatan biologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, mazkur yo‘nalishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, g‘o‘zani joylashtirish sxemasi o‘simliklarning morfologik rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, qo‘shqator shinjon usulida ekishda o‘simliklarning ildiz tizimi yanada kengroq rivojlanib, tuproqdagi namlik va oziqa elementlaridan samaraliroq foydalanishi aniqlangan. Bu holat vegetatsiya davomida g‘o‘zaning stress omillarga chidamliligini oshiradi. Bir qator tadqiqotlarda qayd etilishicha, qo‘shqator usulida ekilgan g‘o‘zada poya balandligi, mevali shoxlar soni va bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni yakka qator usuliga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, optimal qalinlik saqlangan 76×10 sm sxemada fotosintetik faol barg yuzasi ortib, assimilyatsiya mahsulotlarining ko‘saklarga yo‘naltirilishi kuchayadi. Yakka qator ekish usulida esa o‘simliklar orasidagi raqobat kuchayib, ayniqsa oziqlanish va yorug‘lik uchun kurash natijasida generativ organlarning to‘liq rivojlanmasligi kuzatiladi. Natijada, ayrim ko‘saklar mayda bo‘lib qoladi yoki to‘liq ochilmaydi, bu esa yakuniy hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, qo‘shqator shinjon usulining yana bir muhim afzalligi — agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish imkoniyatining oshishidir. Qator oralari keng va qulay bo‘lgani sababli kultivatsiya, sug‘orish, mineral o‘g‘itlar berish hamda kimyoviy ishlovlar samaraliroq amalga oshiriladi. Bu esa o‘simliklarning oziqlanish rejimini yaxshilab, hosil elementlarining to‘liq shakllanishini ta’minlaydi. XLZ-57 navi yuqori intensiv texnologiyalarga moslashgan bo‘lib, mazkur navning genetik salohiyati aynan qo‘shqator shinjon usulida to‘liq namoyon bo‘lishi mumkinligi adabiyotlarda ta’kidlanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu nav qo‘shqator usulida ekilganda nafaqat hosildorlik, balki tolalarning texnologik ko‘rsatkichlari ham yaxshilanadi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili 76×10 sm sxemada qo‘shqator shinjon usulida ekish g‘o‘zaning biologik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, hosildorlikni oshirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim agrotexnik tadbir ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois, XLZ-57 navida mazkur usulning yakka qator ekish bilan taqqoslab o‘rganilishi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot ishlari 2025-yilda Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi sharoitida olib borildi. Tajriba obyekti sifatida Xitoy seleksiyasiga mansub, o‘rta pishar, yuqori hosildorlikka ega XLZ-57 g‘o‘za navi tanlab olindi. Tajriba dalasi tuprog‘i kuchsiz sho‘rlangan, organik moddalar (gumus) va azot fosfor bilan kam, kaliy bilan o‘rtacha ta’minlangan o‘tloqi bo‘z tuproqli bo‘lib, mexanik tarkibi bo‘yicha o‘rtacha qumoq, yer osti suvlarining chuqurligi 3–3,5 m ni tashkil etdi. Tajriba maydonida agrotexnik tadbirlar maqsadga muvofiq to‘g‘ri tartibda bajarildi. Tajriba tasodifiy bloklar usulida, 3 qaytariqda tashkil etildi. Har bir variant umumiy maydoni 2,1 gektarni tashkil etdi. Tajribada quyidagi ekish sxemalari o‘rganildi: 1-variant: 76 × 10 sm (yakka qator, nazorat); 2-variant: 76 × 10 sm (qo‘sh qator usuli);
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi davomida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi: o‘simlik bo‘yi (sm); ko‘saklar soni (dona); bitta ko‘sak vazni (g); hosildorlik (s/ga). Hosildorlik to‘liq pishgan ko‘saklarni terish yo‘li bilan aniqlanib, gektariga qayta hisoblandi. Olingan natijalarga dispersion tahlil usuli bilan statistik ishlov berildi. 𝐻 𝑞𝑜 ′ 𝑠ℎ 𝑞𝑎𝑡𝑜𝑟 − 𝐻 𝑦𝑎𝑘𝑘𝑎 𝑞𝑎𝑡𝑜𝑟 Hosildorlik farqini foizda hisoblash: ∆H% = 𝑥 100 𝐻 𝑦𝑎𝑘𝑘𝑎 𝑞𝑎𝑡𝑜𝑟 NATIJALAR Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, XLZ-57 g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi ekish sxemalariga bevosita bog‘liq bo‘ldi. 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41.5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta’minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10- 12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40.5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, XLZ-57 navi uchun optimal ekish sxemasi o‘simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanishi zarur bo‘lib, ayniqsa qo‘sh qator usulida ekish yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Olingan natijalarga asoslanib, sug‘oriladigan yerlarda va intensiv dehqonchilik sharoitida XLZ-57 g‘o‘za navini 76×10 sm qo‘sh qator (shinjon) usulida ekish yuqori hosil olish va agrobiologik samaradorlikni oshirish uchun tavsiya etiladi. (1-jadval).
1-jadval. 76×10 sm ekish sxemasining XLZ-57 navining hosildorlik komponentlariga ta’siri
Yakka qator Koʻrsatkich Sxema (76x10 sm - Nazorat) Gektar hosildorligi 51.0 (paxta, s/ga) Oʻsimlik balandligi 83 (sm) Har bir oʻsimlikdagi 15-18 koʻsaklar soni (dona) Oʻrtacha koʻsak vazni 5.8 (g) Tola chiqishi (%) 41.5
Sxema Umumiy oʻsimlik sonining 74.0 +45.0% koʻpligi hisobiga sezilarli oʻsish. Zichlik tufayli oʻsimliklarning 90 +8.4% balandroq choʻzilishi (etiolation). Resurslar uchun raqobat tufayli 10-12 -33.4% individual koʻsak soni kamayadi. Koʻsaklarning hajmi biroz 5.4 -6.9% kichrayishi mumkin. Oʻsimlik stressi natijasida biroz 40.5 -2.4% pasayishi mumkin. Sifat koʻrsatkichlari biroz 30.0 -3.2% pasayishi mumkin, lekin bozor talabiga javob beradi.
Qo’sh Yakka qator qator Farq Koʻrsatkich Sxema (76x10 Izoh 76x10 sm (%) sm - Nazorat) Sxema Kasallanish darajasi Zichlik va namlik tufayli (masalan, koʻsak 5% 10% +100% kasalliklar xavfi ortadi. chirishi, %) Suv sarfi (m³/ga) 6000 4200 -30% Yuqori biomassa va transpiratsiya. Oziq moddalar talabi Juda +15- Oʻgʻitlash intensivligini oshirish Yuqori (N, P, K, kg/ga) yuqori 25% talab etiladi. Ekish sxemalarining o‘zgarishi vegetatsiya davri davomiyligiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lib, XLZ-57 navi intensiv agrotexnologiyalar sharoitida yuqori moslashuvchanlikka ega ekanligini namoyon etdi (2-jadval).
2-jadval. Turli ekish sxemalarining XLZ-57 navining o‘simlik zichligiga ta’siri Ekish Sxemasi (Qator oralig'i Gektardagi oʻsimliklar Izoh x Qator ichi, sm) soni (ming/ga) Anʼanaviy (90x20) 55.6 Standart, keng tarqalgan sxema. Anʼanaviy (90x15) 74.1 Optimal oʻsimliklar soni. Qator oraligʻi qisqargan, Tor qatorli (76x15) 87.7 oʻsimlik soni oshgan. Yakka qator (76x10) 119.6 Juda yuqori zichlikli ekish. Eng yuqori zichlik, maxsus Qo’sh qator (76x10) 230.7 boshqaruv talab etadi. Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida turli ekish usullarida fenologik rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida XLZ-57 g‘o‘za navi ikki variantda; yakka qator 76×10 va qo‘shqator shinjon usulida 76×10 sxemada 2025.04.27 sanasida ekildi. Fenologik kuzatuvlar natijalariga ko‘ra; yakka qator 76×10 variantda, nihollanish 5-7 kun, 2-3 chin barg chiqarishi 7-10 kun, g‘unchalash 25-27 kun, gullash 29-30 kun, ko‘saklanish 32-33 kun, to‘liq pishish esa 105- 110 kunda amalga oshishi aniqlandi. Qo‘shqator shinjon 76×10 variantda, nihollanish 4-5 kun, 2- 3 chin barg chiqarishi 8-12 kun, g‘unchalash 27-29 kun, gullash 30-32 kun, ko‘saklanish 33-35 kun, to‘liq pishish esa 115-120 kunda amalga oshishi aniqlandi (3-jadval).
3-jadval. XLZ-57 navini turli ekish usullarida fenologik rivojlanish ko‘rsatkichlari (kun) Ekish usuli Nihollanish 2–3 G‘unchalash Gullash Ko‘sak To‘liq chinbarg bog‘lash pishish Yakka qator 5-7 7-10 25-27 29-30 32-33 105-110 (76×10) Qo‘shqator 4-5 8-12 27-29 30-32 33-35 115-120 shinjon (76×10)
MUHOKAMA Xitoyning XLZ-57 g‘o‘za navini qo‘sh qator shinjon usulida 76×10 sm sxemada ekish gektar birligidan yuqori hosil olish uchun ulkan potensialga ega bo‘lgan yuqori zichlikli yondashuvdir. XLZ-57 ning ixcham o‘sish arxitekturasi, tez o‘sishi va yuqori hosildorlik potensiali ushbu sxemada yorug‘likdan samarali foydalanish, maydonni tez qoplash va umumiy ko‘sak sonini oshirish imkonini beradi. Ma’lumki an’anaviy 90x20, 90x15 va 76x15 sxemalarida o‘simlik soni gektariga, o‘rtacha 55.6, 74.1 va 87.7 ming tupni tashkil etadi. Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida XLZ-57 g‘o‘za navi yakka qator 76×10 va qo‘sh qator shinjon usulida 76×10 sxemada ekilgan bo‘lib mos ravishda gektariga 119.6 va 230.7 ming tup o‘simlik soni qayd etildi. O‘simlik tup sonining ko‘pligi oziqa elementlari va suv iste’moliga bo‘lgan talabni oshirish bilan bir qatorda, umumiy biomassa va hosildorlikni ham oshishiga olib keldi. G‘o‘za o‘simligining suv sarfini kamaytirish maqsadida shinjon usulida suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanildi. Ushbu texnologiya asosida o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojini samarali qondirishga erishildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, XLZ-57 navida qo‘sh qator shinjon usulida ekish umumiy hosildorlikni oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yakka qator ekishga nisbatan hosilning ma’lum darajada yuqori bo‘lishini ta’minladi. O‘tkazilgan tajribalar natijasida Xitoy seleksiyasiga mansub XLZ-57 g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari ekish sxemalariga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Ekish sxemasining o‘zgarishi o‘simlikning morfologik va biologik xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 76×10 sm yakka qator ekish sxemasida o‘simliklar balandligi, asosiy poya rivoji va generativ organlar shakllanishi nisbatan barqaror bo‘lsa-da, o‘simliklararo raqobat kuchayishi sababli ayrim hollarda shoxlanish va ko‘sak soni cheklanganligi kuzatildi. 76×10 sm qo‘sh qator (shinjon) usulida ekish variantida o‘simliklarning yorug‘likdan foydalanish darajasi yaxshilandi, fotosintetik faoliyat kuchaydi hamda yon shoxlar soni va ko‘sak bog‘lanishi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi. XULOSA Tadqiqotlardan olingan natijalar asosida quyidagi ilmiy xulosalarga kelindi: XLZ-57 g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi ekish sxemalariga sezilarli darajada bog‘liq ekanligi aniqlandi. 76 × 10 sm sxemada qo‘sh qator usulida ekilgan variantda o‘simliklarning morfologik ko‘rsatkichlari va hosildorligi eng yuqori bo‘ldi. Zich ekish o‘simliklararo raqobatni kuchaytirsa, haddan tashqari siyrak ekish yer maydonidan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelishi kuzatildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, XLZ-57 g‘o‘za navini ishlab chiqarishda 76 × 10 sm qo‘sh qator ekish sxemasini qo‘llash tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- Axmedov A.A., Rahmonov S.R. Paxtachilik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.–320b.
- Mirzayev M.M. G‘o‘za ekish texnologiyalari va hosildorlik. – Toshkent: Fan, 2020.–245b.
- Ismoilov J.I., To‘xtayev B.K. G‘o‘zani qo‘shqator usulida ekishning agrobiologik afzalliklari // Paxtachilik va donchilik jurnali. – 2021. – №3. – B. 18–22.
- Karimov D.S., Abdullayev A.R. Turli ekish sxemalarining g‘o‘za hosildorligiga ta’siri // Qishloq xo‘jaligi fanlari axborotnomasi. – 2022. – №2. – B. 35–39.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. G‘o‘za yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar. – Toshkent, 2023. – 64 b.
- Xolmatov F.H. XLZ-57 g‘o‘za navining biologik xususiyatlari va hosildorligi // Agroilm. – 2020. – №4. – B. 41–45.
- Saidov R.T., Nuraliyev S.B. Intensiv ekish texnologiyalarining paxtachilikdagi ahamiyati // Innovatsion qishloq xo‘jaligi. – 2021. – №1. – B. 27–31.
- Xudoyberdiyev R.A. Intensiv paxtachilik texnologiyalarida ekish sxemasining roli // Innovatsion texnologiyalar. – 2022. – №3. – B. 48–52.
- Nurmatov E.E., Shodmonov I.I. Qo‘shqator ekishning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri // Qishloq xo‘jaligi ilmiy jurnali. – 2018. – №5. – B. 19–23.
- O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari to‘plami. Paxtachilikda zamonaviy texnologiyalar. – Toshkent, 2021. – 156 b.
- Xasanov M.U. G‘o‘za navlarining ekish sxemasiga moslashuvi // Agrobiologiya. – 2023. – №1. – B. 29–34.
- Jo‘rayev D.B., Islomov F.N. Paxtachilikda resurs tejovchi ekish usullari // Agrotexnika. – 2022. – №2. – B. 41–45.
- Saidov A.A. Paxtachilikda hosil elementlari va ularni boshqarish. – Toshkent: Fan, 2019. – 172 b.
- Xitoy va Markaziy Osiyo paxtachilik tajribalari asosida tuzilgan ilmiy hisobotlar to‘plami. – Toshkent, 2020. – 98 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013319
- Nashr sanasi
- 2026-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i2.2012
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 22–29
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06