Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNING SAMARADORLIGI

    B.Boltayev · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish uchun organik va mineral o‘g‘itlarning me‘yorlari va o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari hamda g‘o‘zaning o‘sish fazalarida o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘g‘itlardan maqsadli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va tiklashning asosiy usullari va iqtisodiy samaradorlikka erishishda qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish orqali erishish mumkinligi yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SOYA VA KUNGABOQAR MOYLARINING POTENSIAL XOMASHYO SIFATIDA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILLARI

    N. Akramovich, A. Nuriddinovich, A. Adashevich, M. Latifjon · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada soya va kungaboqar moylari solishtirma tahlillari va xossalari keltirilgan. Izlanish davomida soya va kungaboqar moylarining fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlillari va xususiyatlari o‘rganilgan. Moylar namunalarini xidi, ta‘mi va rangi - organoleptik usulda, zichlik - areometrik usulda, qovushqoqlik - viskozimetrik usulda, peroksidlar soni – titrimetrik usulda, yod soni esa infraqizil analizator usuli orqali tadqiq qilingan. Sovuq siqish usulida olingan soya va kungaboqar moylarining xomashyo sifatida sous-dressing retsepturasiga kiritish mumkinligi izlanishlar natijalaridan ma‘lum bo‘lgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UNDIRILGAN MOSH VA SOYA UNLARINI FUNKSIONAL XOMASHYO SIFATIDA BIOKIMYOVIY TAHLILLARI

    N. Akramovich, A. Nuriddinovich, A. Adashevich, M. Latifjon · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada undirilgan mosh va soya unlarini solishtirma tahlillari va xususiyatlari keltirilgan. Ish davomida undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Oqsil miqdori Keldal usulida, amilazalar va proteazalar spektrofotometrik usulda, energetik qiymatlar kalorimetrik usulda, tripsin ingibitori, izoflavonlar va vitaminlar suyuq xromatografiya usulida aniqlangan. Olingan natijalardan ma‘lum bo‘ladiki, undirilgan mosh va soya unlari sous-pasta yarimfabrikatlari uchun to‘liq quyultiruvchi xomashyo sifatida qo‘llay olinishini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QOVUN URUG‘LARIGA VA O‘SIMLIKLARIGA KOMPLEKS PREPARATLAR QO‘LLAShNING HOSILDORLIKKA TASIRI

    A. Abdimajitovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Mazkur tadqiqotda qovunning “Kichkintoy” navi urug‘lariga nanokremniy, o‘simliklariga MnO₂ va Fe₂O₃ preparatlarini kompleks qo‘llashning fenologik rivojlanishi, biometrik ko‘rsatkichlari hamda hosildorlikka tasiri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparatlar qo‘llanilgan variantlarda urug‘larning unib chiqishi tezlashib, onalik gullarining erta ochilishi va mevalarning oldin pishishi kuzatildi. Shuningdek, asosiy poya uzunligi, yon shoxlar soni, barglar soni hamda o‘rtacha meva vazni oshganligi aniqlandi. Eng yuqori natija Nanokremniy + Fe₂O₃ variantida qayd etilib, o‘rtacha hosildorlik 21,1 t/ga ni tashkil qildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SABZAVOT EKINI BAMIYA (HIBISCUS ESCULENTUS L.)NI LABORATORIYA VA DALA UNUVCHANLIGI

    B. o‘g‘li, Sh.X.Rizayev · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloq - bo‘z tuproqlari sharoitida noan‘anaviy sabzavot ekini bamiyani (Hibiscus esculentus L.) yetishtirishda laboratoriya (97,7 %) va dala unuvchanligi (87,1-88,9 %) tahlillari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KUZGI BOSHOQLI DON EKINLARI MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O‘TLAR TURLARINI ANIQLASH NATIJALARI

    J. Rayxonovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar turlari aniqlanib, monitoring natijalariga ko‘ra, bir yilliklar 17 turi, ikki yilliklar 2 turi, ko‘p yillik begona o‘tlarning 8 turi keng tarqalganligi aniqlanlanganligi keltirib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QARAQALPAQSTAN ShARAYaTI ABIOTIKALIQ TASIRLER ELEMENTLERI OZGERISININ AHMIYTLI TAMANLARIN ESAPQA ALIO‘

    T. Sherniyazovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatinda song‘i jillari juzege kelgen ekologiyaliq ozgerislerdin ortaliqqa tasirlerin aniqlao‘ boyinsha alip barilip atirg‘an ilimiy- izertleo‘ jumislarinin natiyjeleri keltirilgen. Birinshi nao‘bette, hao‘a temperaturasi ham salistirmali ig‘alliliq mug‘darinin ozgerip bario‘indag‘i biotsenozdag‘i osimlikler dunyasi, basqada biologiyaliq denelerge unamli ham naqolay tasirleri korsetip berilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI SHARAYATINDA HAWA TEMPERATURASINIŃ ÓZGERIWSHENLIGI HÁM ONIŃ AWIL XOJALIǴI EGINLERI ÓNIMDARLIǴINA TÁSIRI

    A. Allanbergenovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik tizimini keskin o‘zgartirib, uni iqlim tahdidlariga eng zaif hudud qilib qo‘ydi. Ushbu tadqiqotda 1960–2025-yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonda havo haroratining o‘zgarish tendensiyalari miqdoriy jihatdan baholandi va uning paxta hamda kuzgi bug‘doy kabi strategik ekinlarning fiziologik va iqtisodiy mahsuldorligiga bevosita ta‘siri o‘rganildi. O‘zgidromet xizmatining ko‘p yillik meteorologik ma‘lumotlari va Jahon bankining mintaqaviy iqlim modellari Qoraqalpog‘istonda o‘rtacha yillik haroratning har 10 yilda 0.29°C ga ko‘tarilayotganini ko‘rsatdi, bu esa global o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar yuqoridir. Yozgi harorat +45°C dan +48°C gacha bo‘ladigan anomal issiq kunlarning davomiyligi so‘nggi 30 yil ichida o‘rtacha 12-15 kunga ortdi. Bunday kuchli issiqlik stressi ekinlarda fotosintezni sekinlashtiradi, transpiratsiyani keskin oshiradi hamda gul va kurtaklarning to‘kilishiga olib kelib, hosildorlikni o‘rtacha 20-35% ga kamaytiradi. Iqlim modellariga ko‘ra, chora ko‘rilmasa, 2050-yilga borib ekin hosildorligining 25-63% gacha pasayishi xavfi mavjud.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NEMIS TILIDA REFLEKSIV FE‘LLAR VA ULARNING SINTAKTIK TUZILISHI

    Safina Farida · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu tezisda nemis tilidagi refleksiv fe‘llar vaularning sintaktik tuzilishi zamonaviy grammatika talablari asosidatahlil qilinadi. Refleksivlik hodisasi fe‘lning valentligi, argumenttuzilishi va gap bo‘laklarining joylashuvi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nemistilida refleksiv olmoshlar (mich, dich, sich, uns, euch, sich; shuningdekmir, dir, sich va b.) orqali ifodalanadi. Tadqiqotda refleksiv fe‘llarningmajburiy va ixtiyoriy ko‘rinishlari, refleksiv olmoshning to‘ldiruvchisifatidagi maqomi, predikatning semantik-sintaktik imkoniyatlarihamda refleksiv konstruktsiyalarning so‘z tartibi va funksionalyuklanishi yoritiladi. Natijalar refleksiv fe‘llar nemis tilida faqat “o‘zigaqaratilgan harakat”ni emas, balki o‘rta nisbat (middle), o‘z-o‘zidan sodirbo‘lish, subyektning ichki holati va diskurs markazlashtirish kabimurakkab ma‘nolarni ham shakllantirishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    WHY IS ENGLISH A GLOBAL LANGUAGE?

    Ismoilova O‘g‘iloy · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqola ingliz tilining misli ko‘rilmagan global lingua franca maqomining asosiy omillarini tizimli ravishda tahlil qiladi.Sifatli tadqiqot yondashuvidan foydalangan holda, u sotsiolingvistika, tarix, iqtisodiyot va madaniy tadqiqotlardan olingan tushunchalarni sintez qilib, asosiy omillarni aniqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilining global miqyosda tarqalishi bitta sababga emas, balki tarixiy mustamlakachilik meroslari, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi geosiyosiy o‘zgarishlar, doimiy iqtisodiy hukmronlik va keng tarqalgan madaniy ta‘sirning murakkab o‘zaro ta‘siriga bog‘liq. Tadqiqot o‘zini o‘zi mustahkamlovchi tarmoq effekti va pragmatik foydaliligini muhim zamonaviy tezlatgichlar sifatida ta‘kidlaydi. Ushbu o‘zaro bog‘liq mexanizmlarni tushunish hozirgi global aloqa naqshlari va kelajakdagi lingvistik tendentsiyalar haqida muhim tushunchalarni taqdim etadi, til kuchi dinamikasini yanada sotsiolingvistik o‘rganish uchun fundamental tahlilni taqdim etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGLIZ TILINI INKLYUZIV TA‘LIMDA SAMARALI O‘QITISH USULLARI

    Nasriddinova Fazilatkhan Ganisher kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Anotatsiya. Bugungi kunda ta‘lim tizimida barcha o‘quvchilaruchun teng imkoniyat yaratish muhim vazifa hisoblanadi. Shu sababliinklyuziv ta‘limga bo‘lgan e‘tibor ortib bormoqda. Bu yondashuv har biro‘quvchining individual ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olishgaqaratilgan. Ingliz tilini o‘rganish esa zamonaviy dunyoda muhimahamiyatga ega bo‘lib, u xalqaro muloqot vositasi hisoblanadi.Shu bois,uni inklyuziv ta‘lim sharoitida samarali o‘qitish dolzarb masalalardanbiridir.Mazkur maqolada ingliz tilini inklyuziv ta‘lim asosidao‘qitishning samarali usullari yoritiladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    USING ENGLISH ON SOCIAL MEDIA

    Umarjonova Sevinch Tolibjon qizi, Arifjonova Gulsanam Murodilla qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Bugungi globallashuv asrida texnologiyadanfoydalanish o‘qitish va o‘rganishni osonlashtirishi eng samarali usuldir.Texnologiyalarning rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlar veb-saytlariham paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq saytlari turli xil saytlar orasida judamashhur bo‘lgan ayniqsa, yosh internet foydalanuvchilari orasida kengtarqaldi. Shuningdek, talabalar til o‘rganish sohasida, xususan, ingliztilini o‘rganish sohasida ijtimoiy tarmoqlardan keng qamrovdafoydalanishmoqda. Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilidanfoydalanishning til o‘rganish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ijtimoiytarmoqlar talabalarga real vaqt rejimida muloqot qilish, lug‘at boyliginikengaytirish va tilni tabiiy muhitda mashq qilish imkonini beruvchizamonaviy va samarali o‘quv vositasi sifatida xizmat qiladi va YouTube,Instagram, Facebook va Telegram kabi platformalarning ingliz tilinio‘zlashtirishga bo‘lgan ijobiy ta‘sirini o‘rganiladi.Shu bilan birga,maqolada ijtimoiy tarmoqlardan ongli va maqsadli foydalanish talabalarmotivatsiyasi va faolligini oshirishi, til bilan real hayotiy muhitdatanishish imkonini yaratishi, shuningdek, raqamli savodxonlik vatengdoshlar bilan birgalikda ingliz tilini o‘rganish ko‘nikmalarinirivojlantirishga yordam berishi yoritib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE ROLE OF ESP (ENGLISH FOR SPECIFIC PURPOSES) IN TRAINING ECOTOURISM GUIDES: A FOCUS ON FLORA AND FAUNA TERMINOLOGY IN NAMANGAN REGION

    Aminova Asilaxon · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekistonda, xususanNamangan viloyati misolida, ekoturizm gidlari kasbiy tayyorgarligidamaxsus maqsadli ingliz tili (ESP) ning ahamiyati tadqiq etiladi.Ekoturizm rivojlanib borayotgan bir paytda, flora va faunaterminologiyasi bo‘yicha ixtisoslashgan lingvistik ko‘nikmalarga egagidlar talabi ortib bormoqda. Tadqiqot umumiy ingliz tili bilimi vabioxilma-xillikni (yirtqich qushlar, endemik turlar, yashash muhiti)tavsiflash uchun zarur bo‘lgan professional leksika o‘rtasidagi tafovutnianiqlaydi. Muallif Burgut (Aquila chrysaetos) misolida maxsusterminologiyadan foydalanish gidlik xizmati sifatini qanday oshirishi vaatrof-muhitni muhofaza qilishga qanday xizmat qilishini ko‘rsatibberadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AI ASSISTANTS AS DIALOGUE PRACTICE PARTNERS: EXPERIENCE OF APPLICATION IN THE EFL CLASSROOM

    Abdurakhimova Nigora Bakhtiyarovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Yirik til modellari (LLM) asosidagi suhbatvositalarining – xususan, ChatGPT va uning ixtisoslashganhosilalarining – tobora kengroq tarqalishi chet til sifatida ingliz tili (EFL)pedagogikasiga sifat jihatidan yangi imkoniyatlar olib kirmoqda. Ushbumaqola EFL muhitida sun‘iy intellekt yordamchilaridan muloqotamaliyoti sherigi sifatida foydalanishga oid zamonaviy bilimlarningnazariy asoslangan va empirik ma‘lumotlarga tayanuvchi sintezinitaqdim etadi. Asosan 2022–2025 yillarda chop etilgan ilmiy tekshirilgantadqiqotlarga tayangan holda, maqola sun‘iy intellekt vositachiligidagimuloqot amaliyotining uch o‘lchovini ko‘rib chiqadi: ijtimoiy-madaniyo‘qitish nazariyasi va kommunikativ til o‘qitish yondashuvi doirasidaginazariy asoslar; chet tilda nutq tashvishi, muloqotga tayyorlik, og‘zakiravonlik va o‘quvchi mustaqilligiga ta‘sirining hujjatlashtirilgannatijalari; hamda mas‘uliyatli integratsiya uchun bartaraf etilishi zarur  bo‘lgan tanqidiy pedagogik cheklovlar. Maqolada sun‘iy intellekt muloqotsheriklari – o‘qituvchi rahbarligidagi pedagogik tizim doirasida maqsadliqo‘llanilganda – qimmatli qo‘shimcha kommunikativ amaliyotnita‘minlashi ta‘kidlanadi. Bu ayniqsa O‘zbekiston va keng Markaziy Osiyokabi haqiqiy ingliz tilida muloqot imkoniyatlari tarkibiy jihatdancheklangan kontekstlar uchun ahamiyatlidir. Maqola kommunikativ tilrivojlanishining insoniy o‘lchamlarini siqib chiqarmagan holda sun‘iyintellekt vositalarini EFL gapirishni o‘rgatishga integratsiya qilishga oiddalillarga asoslangan tavsiyalar bilan yakunlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PRAGMATIC FUNCTIONS OF MODAL VERBS AND COMMON ERRORS AMONG UZBEK LEARNERS

    Odiljonova Munisa Nodirbek qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqola modal fe‘llarning faqat grammatikshakli va ma‘nosi bilan cheklanib qolmay, balki ularning kengroqqo‘llanilishini ko‘rib chiqadi. Unda modal fe‘llar qanday qilibso‘zlovchining niyatini, muloyimlik darajasini va rasmiylikni ifodalashitushuntiriladi. Tadqiqot epistemik modallik (imkoniyat yoki ishonchlilikdarajasi) va deontik modallik (majburiyat yoki ruxsat) o‘rtasidagi farqniko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek o‘rganuvchilariningqo‘llashdagi xususiyatlari va keng tarqalgan xatolari tahlil qilinib,kontekst va real hayotdagi muloqotning ahamiyati ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    DEVELOPING SELF-DIRECTED LEARNING SKILLS OF PRESERVICE EFL TEACHERS THROUGH FLIPPED CLASSROOM TECHNOLOGY

    Shaxlo Muminjonova Muzaffar qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Raqamli texnologiyalar kelajakdagi tilo‘qituvchilarini tayyorlash usullarini o‘zgartirmoqda. Ushbu maqolaNamangan davlat pedagogika institutida (NDPI) ingliz tili bo‘yichabo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarinirivojlantirishda "Teskari sinf" (Flipped Classroom — FC)yondashuvining qanchalik samarali ekanligini o‘rganadi. Tadqiqotda birsemestr davomida 64 nafar uchinchi kurs talabasi ishtirok etdi. Natijalarshuni ko‘rsatdiki, FC modeli orqali o‘qigan talabalar o‘z o‘qish jarayoniniboshqarish, motivatsiyasini saqlash va o‘z rivojlanishini baholashqobiliyatlarini sezilarli darajada oshirdilar. Talabalar kundaliklari vaguruhli suhbatlar ham shuni tasdiqladi: o‘z ta‘limi uchun ko‘proqmas‘uliyat olgan talabalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi vakasbiy o‘zini anglash hissini kuchaytirdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    JADIDLAR HARAKATINING ILM-MA‘RIFATGA QO‘SHGAN HISSASI

    Abdurasulova Feruza Rustamovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqolada jadidlar harakatining MarkaziyOsiyo, xususan Turkiston hududida ilm-ma‘rifat rivojiga qo‘shganhissasi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining shakllanishi, uningijtimoiy va madaniy omillari hamda ta‘lim tizimini modernizatsiyaqilishdagi roli ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, Mahmudxo‘jaBehbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvar qori Abdurashidxonov kabijadid ziyolilarining yangi usul maktablarini tashkil etish, darsliklaryaratish, matbuot orqali ma‘rifiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi faoliyatiko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadidchilik harakati Turkistonjamiyatida savodxonlik darajasini oshirish, zamonaviy bilimlarni joriyetish hamda milliy uyg‘onish jarayonini kuchaytirishda muhimahamiyat kasb etgani asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GLOBALLASHUV SHAROITIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘ZBEKISTON TURIZM SOHASIDAGI INNOVATSION VA KOMMUNIKATIV IMKONIYATLARI

    Uzoqova Ra‘noxon Bahrom qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada, globallashuv sharoitida raqamlitexnologiyalarning O‘zbekiston turizm sohasidagi innovatsion vakommunikativ imkoniyatlari va rivojlantirishda raqamlitexnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari, jumladan ijtimoiy tarmoqlar, onlaynbronlash platformalari hamda raqamli marketingni turizm sohasidagikommunikativ va ijtimoiy-madaniy imkoniyatlari yortib beriladi.Ayniqsa, elektron viza platformalari, virtual ekskursiyalar, sun‘iyintellekt asosidagi xizmatlar yoritib beriladi. Shuningdek, QR-kod, mobililovalar va Big Data texnologiyalarining milliy madaniy merosni targ‘ibqilish hamda xalqaro turistlar bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lgaqo‘yishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijasida O‘zbekistonturizm brendini yanada mustahkamlash uchun raqamli strategiyalarnitakomillashtirish zarurligi xulosa qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MASALLARDA LIRIK KECHINMA VA OBRAZLILIK

    Djalaletdinova Fatima Tajitdinovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada lirik kechinma va badiiyyaxlitlik haqida so‘z boradi. unda masalning ijtimoiy hayot bilanuyg‘unlashuvi talqin etiladi. Jumladan, hayotdagi pastu balandyo‘llarda adashgan insonki bor, yaxshilikdan panoh izlaydi. Shumasalalar maqolada o‘z ifodasini topgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA‘LIM O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENSIYALARINI PEDAGOGIK HAMKORLIK ORQALI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

    Ergasheva Nigora Dilshodjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta‘limo‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini pedagogik hamkorlikasosida shakllantirishning innovatsion texnologiyalari nazariy va amaliyjihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik hamkorlikning mazmuni,shakllari va imkoniyatlari ochib berilib, metodik kompetensiyalarnirivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni asoslab berilgan.Shuningdek, pedagogik hamkorlikka asoslangan ta‘lim jarayoniningsamaradorligi tajriba-sinov natijalari orqali yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya