Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHOLI GENOTIPLARINING VEGETATIV VA GENERATIV BELGILAR BO‘YICHA KOMPLEKS TAHLILI
Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Abillaeva Umida Urazbayevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda sholi genotiplarining vegetativ va generativ belgilar bo‘yicha kompleks tahlili amalga oshirildi. Tajribalar nazorat ko‘chatzor sharoitida olib borilib, o‘simlik bo‘yi, vegetatsiya davri, ro‘vak uzunligi, ro‘vagidagi donlar soni, 1000 dona don vazni va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, genotiplar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Ayrim genotiplar vegetativ va generativ rivojlanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Natijalar ushbu genotiplarning seleksiya jarayonida istiqbolli material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAVLARI VA SELEKSIYA TIZMALARIDA OQSIL MIQDORINI ANIQLASH VA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI AJRATISH
A. o‘g‘li, M. Baxodirovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PWON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNGABOQAR SELEKSIYASIDA DURAGAYLASH ASOSIDA PAST BO‘YLI NAVLARINI YARATISH UCHUN BOSHLANG‘ICH ASHYONI BOYITISH.
Lukov Mamadali Kudratovich, Xaliyarov Ilhom Xolmuradovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Tadqiqotlar jarayonida kungaboqar har xil nav va duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilari (kalta poyalik) ning duragay avlodlarda irsiylanish qonuniyatlari, belgilarning korellatsion bog‘lanish tartibi statistik tahlili olib boriladi. Kungaboqarning boshlang‘ich manba sifatida tanlab olingan ota-ona shakllarida poyaning o‘sish dinamikasi o‘suv davrining turli fazalarida kuzatilib, tizmalarda variatsion qator tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI ANIQLASH
U. Rambergenovna, M. Komilovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kunjutning Qora Shahzoda navini ekish muddati va me‘yorlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AMUDARYO TUMANIDA BAHOR MAVSUMIDA MAHSULDOR TUT NAVLARI BILAN BOQILGAN IPAK QURTI PILLALARINING TEXNOLOGIK KO‘RSATGICHLARI
J. Tanirbergenovich, M. Paraxatovna, K. Kushkinbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada, mahsuldor tut navlari bilan ipak qurti duragaylari parvarishlanib, olingan pillalarning texnologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan shuni ko‘rish mumkinki varianlarning texnologik ko‘rsatgichlari ichida tolaning umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori natija oltinvodiy1duragayida kuzatildi (1287,3 m). Metrik nomeri bo‘yicha esa eng yaxshi natija SANISH- 33 tut nvi bilan parvarishlangan Xorij duragayida kuzatildi (3886,0 m/g) Olib borilgan tajribalarda ijobiy natijalar olindi va mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti duragaylarining pillasining texnologik ko‘rsatgichlari yaxshi bo‘lishi isbotlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASINDAǴI DÁRILIK ÓSIMLIKLER MONITORINGI
K. Azizbek · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul maqalada Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı dárilik ósimliklerdiń monitoringi nátiyjeleri keltirilgen. Dárilik ósimlikler adam hám haywanlardı emlew, keselliklerdiń aldın alıw, sonıń menen birge azıq-awqat, parfumeriya hám kosmetika sanaatında paydalanılatuǵın ósimlikler retinde sıpatlanadı. Jer júzinde dárilik ósimliklerdiń 10—12 mıń túri bar ekenligi, 1000 nen artıq ósimlik túriniń ximiyalıq hám farmakologiyalıq ózgeshelikleri tekserilgeni kórsetiledi. Ózbekstanda dárilik ósimliklerdiń 700 den artıq túri bolıp, olardıń 120 ǵa jaqını ilimiy hám xalıq medicinasında qollanıladı. Qaraqalpaqstanda 360 túr dárilik ósimlik ósedi hám bul barlıq ósimliklerdiń 37% ten kóbin quraydı. Maqalada ayırım túrler, atap aytqanda Salsola richteri Karel. (sherkez) ósimliginiń biologiyalıq ózgeshelikleri hám tarqalıwı analizlenedi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAMORDIKANING SHIPALI QÁSIYETLERI HÁM XALIQ MEDICINASINDA QOLLANILIWI
K. Gulshexra · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul tezis Mamordika sharantia ósimliginiń shıpalı qásiyetleri hám dástúriy medicinalıq qollanılıwın hár tárepleme úyreniwge arnalǵan. Izertlew Mamordikaniń bioximiyalıq quramın, atap aytqanda, onıń quramındaǵı biologiyalıq aktiv birikpeler, vitaminler, minerallar hám antioksidantlardı analiz etedi. Mamordikaniń diabet, saratan, isiw kesellikleri hám viruslı Infekciyalardı emlewdegi terapevtikalıq tásirin tastıyıqlaytuǵın ilimiy dáliller kórip shıǵıladı. Sonıń menen birge, xalıq medicinada Mamordikadan túrli keselliklerdi emlewde paydalanıw usılları, atap aytqanda, onıń ekstraktları, demlemeleri hám shaylarınıń tayarlanıwı hám qollanılıwı tolıq aytılǵan. Bul jumıs Mamordikaniń farmakologiyalıq potencialın tereńrek túsiniwge járdem beredi jáne onıń keleshektegi medicinalıq ámeliyatta qollanılıwı ushın tiykar jaratadı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAXIYA-TOSH TUMANIDAGI ISSIQLIK ELEKTIR STANSIYASI HAQIDA TUSHUNCHA
K. Kadirxanovna, I. Yuldashevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur ilmiy maqolada Taxiya-tosh tumanidagi issiqlik elektr stansiyasidan chiqadigan texnologik suvlarning kimyoviy va biologik tarkibi o‘rganildi. Issiqlik elektr stansiyalarida suv energiya ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan suv tarkibida turli mineral tuzlar, og‘ir metallar, organik moddalar va mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Tadqiqot davomida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, ion tarkibi hamda mikrobiologik holati tahlil qilindi. Olingan natijalar chiqindi suvlarning ekologik xavfsizligini ta‘minlash uchun ularni tozalash va nazorat qilish zarurligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GOLUBIKA (VACCINIUM CORYMBOSUM L.) NAVLARI MEVALARINI KONVEKTIV USULDA QURITISHDA HARORAT VA VAQT PARAMETRLARINING MAHSULOT SIFATI VA CHIQIMIGA TA‘SIRINI O‘RGANISH
Urayimjonov Asrorbek Ahadjon o‘g‘li, Zuftarov Erkin Aybekovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda golubika (Vaccinium corymbosum L.) mevalarining Bluecrop, Aurora, Sierra, Liberty va Legacy navlari konvektiv quritish usulida turli harorat rejimlarida (50, 60 va 70 °C) o‘rganildi. Quritish jarayonining davomiyligi, mahsulot chiqimi hamda yakuniy namlik miqdori tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, harorat oshishi bilan quritish tezlashadi, biroq mahsulot sifati va biologik faol moddalar miqdori kamayadi. Eng optimal natijalar 60 °C haroratda qayd etilib, bu sharoitda mahsulotning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAZORAT KO‘CHATZORIDA SHOLI NAMUNALARINING AGROBIOLOGIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li, Abillaeva Umida Urazbayevna, Orazbaev Temur Ten‘izbay o‘g‘li · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi namunalarining tup soni shakllanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha agrobiologik tahlil amalga oshirildi. Tajriba davomida 24 ta sholi namunasi Gulistan, Sanam, Nukus-2 va seleksion genotiplar asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘chat olish fazasida tup soni 177–235 m²/dona, to‘liq pishish davrida esa 118– 194 m²/dona oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik D-27 (68,0 s/ga), Nukus-2 (66,0 s/ga), D-5 (66,0 s/ga) va D-20 (65,8 s/ga) genotiplarida qayd etildi. Natijalar ayrim genotiplarning yuqori agrobiologik salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLAR QO‘LLANILGAN MAYDONLARDA G‘O‘ZA NEMATODOFAUNASINING QIYOSIY TAVSIFI
D. Kuatovna, S. Elbekovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘za nematodofaunasining qiyosiy tavsifi ko‘rib chiqiladi. G‘o‘za agrotsenozlarida nematodalarning tur tarkibi, soni va ekologik guruhlarining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Aniqlanishicha, organik o‘g‘itlardan foydalanish saprobiont va erkin yashovchi nematodalarning xilma-xilligini oshirishga yordam beradi, tuproqning biologik faolligini yaxshilaydi va fitoparazit turlar sonini kamaytiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KO‘K NO‘XATNING RAQOBATLI NAV SINASH KO‘CHATZORIDAGI NAV VA TIZMALARNING BIOLOGIK XO‘JALIK KO‘RSATKICHLARI.
Y. Latibjonovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ko‘k no‘xatning yangi nav va tizmalarini o‘rganishda ularga qo‘yiladigan talablarga alohida ahamiyat berish. Jumladan: o‘simliklarning asosiy poyasining balandligi, dukkaklar soni, umumiy don soni, dukkaklarni poyada deyarli bir vaqtda pishishi, ko‘k no‘xatning nav va liniyalaridan yuqori don hosili olishda yangi liniyalarni tanlash.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUWG‘ARMALI JERLERDIŃ DUZLANÍWÍ HÁM OǴAN QARSÍ GÚRESIW ILAJLARÍ (QARAÓZEK RAYONÍ MISALÍNDA)
K. Matmuratov, M. Matmuratov, A. Matmuratov · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Usı teziste Qaraózek rayonı sharayatında suwǵarmalı jerlerdiń ekinshi márte duzlanıw procesleri, olardıń júzege keliw sebepleri hám topıraqtıń meliorativ halatın jaqsılaw jolları úyrenilgen. Izertlew dawamında rayondaǵı jer degradatsiyasın azaytıw boyınsha ámeliy usınıslar islep shıǵılǵan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
VERMIKULITTIŃ EKOLOGIYALIQ TURAQLILIQ USHIN PAYDALI QÁSIYETLERI
S. Kurbanay, A. Sadirbay · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Qaraqalpaqstan Respublikasında jaylasqan Qaraózek kániniń vermikulit rudasınıń ximiyalıq quramı, ushırasatuǵın mineralları hám de vermikulitten alıw múmkin bolǵan hár qıylı materiallar haqqında maǵlıwmatlar keltirilgen. Qaraózek rayonındaǵı Tebinbulaq vermikulit mineralınıń minerologiyalıq hám ximiyalıq quramı, tiykarınan kremniy oksidi, magniy hám temir oksidleri kóp ekenligi, qosımsha minerallar apatit, kalciy, magnezit, asbest-5; kvarc-38,1, xlorit, kolchedannan ibarat bolıp, olar-2,1% ti quraytuǵınlıǵı anıqlanǵan. Vermikulit mineraldıń dáslepki jaǵdayı mikroskoplıq, mass-spektroskopiyalıq, rentgen fazalıq, IQ-spektroskopiyalıq analiz usılları menen izertlengen. Vermikulit mineralınıń oval formada, jumsaq, quramında mineral shiyki zat bolǵan záhárli zatlardıń ulıwma joq ekenligi hám kóp tarawlarda qollanılıwı múmkin ekenligi anıqlandı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHAHAR EKOTIZIMLARIDA "YASHIL DEVORLAR" YARATISH VA YAXSHILASH.
J. uli · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
. Ushbu tezisda shahar ekotizimlarida "yashil devorlar"ni yaratish va yaxshilashning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda dolzarb muammolari atroflicha tahlil qilinadi. Shaharlarning tez urbanizatsiyalashuvi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarga "yashil devorlar" innovatsion yechim sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezisda ularning turlari, atrof-muhitga, iqtisodiyotga va aholi salomatligiga ta‘siri sintez qilinadi. Shuningdek, ularni joriy etishdagi cheklovlar tanqidiy baholanib, shaharsozlik, ekologiya va arxitektura sohalari uchun qimmatli tavsiyalar taqdim etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ISIRIQ O‘SIMLIGINING EKOLOGIK AHAMIYATI VA CHO‘LLANISHGA QARSHI KURASH
K. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Markaziy Osiyoda keng tarqalgan Peganum harmala L. (isiriq) o‘simligining ekologik ahamiyatini va cho‘llanishga qarshi kurashdagi salohiyatini tahlil qiladi. Tadqiqot isiriqning sho‘rlangan tuproqlarga moslashuvchanligi, tuproqni barqarorlashtirish qobiliyati va biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlashdagi rolini o‘rganadi. Shuningdek, uning dorivor ahamiyati, chorva mollari uchun toksikligi va psixoaktiv alkaloidlari bilan bog‘liq cheklovlar muhokama qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida, isiriqni cho‘llanishga qarshi kurash strategiyalariga integratsiya qilishning afzalliklari va muammolari baholanadi. Xulosa qilib aytganda, isiriqning ekologik xizmatlari va iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda, uning barqaror boshqaruvi va ekologik tiklash loyihalarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FOTINIYA O‘SIMLIGINI VEGETATIV USUL BILAN KO‘PAYTIRISHDA STIMULYATORLARNING TA‘SIRI.
S. uli, X. uli · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu tezisda Fotiniya (Photinia) o‘simligini vegetativ usul bilan ko‘paytirishda o‘sish stimulyatorlarining ta‘siri atroflicha o‘rganilgan. Fotiniya, ayniqsa, ‘Red Robin‘ navi, manzarali bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladigan qimmatli o‘simlik bo‘lib, uning samarali ko‘paytirish usullarini topish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu tezisda qalamchalar orqali ko‘paytirishda ildiz otish jarayonini tezlashtirish va samaradorligini oshirishda auksinlar, xususan, indolilbutirik kislota (IBA) kabi stimulyatorlarning roli tahlil qilingan. Mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot natijalari asosida, stimulyatorlarning konsentratsiyasi, qo‘llash usullari va kesmalarni shikastlash kabi omillarning ildiz otishga ta‘siri ko‘rib chiqilgan. Tezisda Fotiniya o‘simligini vegetativ ko‘paytirishda stimulyatorlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan va kelajakdagi tadqiqot yo‘nalishlari belgilangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TUT JIPEK QURTLARIN BAǴIW DÁWRINDE TEMPERATURA HÁM IǴALLIQTIŃ PILLE SAPASINA TÁSIRI
G.E.Abdrimova, F.Uzakova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul teziste tut jipek qurtların baǵıw dawrinde temperatura hám ıǵallıqtıń pille sapasına tásiri qarastırılǵan. Jipek qurtlarınıń normal ösip-ráwajlanıwı, olardan alınatuǵın pille salmaǵı, qabıq salmaǵı hám jipek shıǵımı tikeley mikroklimat sharayatlarına baylanıslı ekenligi kórsetilgen. Temperatura menen ıǵallıqtıń optimal deńgeylerin saqlaw arqalı joqarı sapalı pille alıw múmkinligi haqqında maǵlıwmat berilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ КАТАСТРОФА АРАЛЬСКОГО МОРЯ И ЕЁ ВЛИЯНИЕ НА ЗДОРОВЬЕ НАСЕЛЕНИЯ ПРИАРАЛЬЯ
Y. F.M. · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026
Ushbu maqola Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik muammolarga va ularning Orolbo‘yi aholisi salomatligiga zararli ta‘siriga bag‘ishlangan. Ekologik inqirozga olib kelgan asosiy omillar, xususan, Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarini samarasiz boshqarish, shuningdek, dengizning yo‘qolishi oqibatlari tadqiq etiladi. Ifloslanish, cho‘llanish, toza ichimlik suvi taqchilligi masalalariga va ularning odamlar salomatligiga bevosita ta‘siriga alohida e‘tibor qaratiladi. Maqolada mahalliy aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar — nafas olish yo‘llari kasalliklari, anemiya, endokrin va siydik-tanosil tizimi patologiyalari, shuningdek, ona va bola o‘limining yuqori darajasi bilan bog‘liq muammolar sanab o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ALTERNATIV ENERGIYA DEREKLERIN (QUYASH, SAMAL) QOLLANIWDIŃ EKOLOGIYALIK PAYDASI
G. Guldana, U. Saidabonu · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul teziste zamanagóy energetikanıń ekologiyalıq mashqalaları hám olarǵa sheshim sıpatında alternativ energiya dárekleriniń, atap aytqanda, quyash hám samal energiyasınıń áhmiyeti taliqlanadı. Jumısta dástúriy energetika sistemalarınıń qorshaģan-ortalıqqa, ıqlım ózgeriwine hám insan densawlıǵına tiygizetuǵın unamsız tásirleri analiz etilgen. Xalıq aralıq energiya agentlikleriniń (IEA, EIA, IRENA) 2024-2025-jıllardaǵı eń sońǵı maǵlıwmatlarına tayanǵan halda, qayta tikleniwshi energiya dárekleriniń ıssıxana gazların (CO₂) azaytıwdaǵı úlesi, hawa sapasın jaqsılawdaǵı hám suw resursların tejewdegi unamlı tárepleri kórsetilgen. Teziste globallıq energetika ótiwindegi zamanagóy tendentsiyalar hám jámáátlik sawlıqtı saqlawdaǵı ekonomikalıq paydalar boyınsha statistikalıq boljawlar keltirilgen.