Asosiy mazmunga o‘tish

NAZORAT KO‘CHATZORIDA SHOLI NAMUNALARINING AGROBIOLOGIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI

Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li1iD, Abillaeva Umida Urazbayevna2, Orazbaev Temur Ten‘izbay o‘g‘li32026

  1. 1Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, sholi seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri
  2. 2Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
  3. 3Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 137–140

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi namunalarining tup soni shakllanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha agrobiologik tahlil amalga oshirildi. Tajriba davomida 24 ta sholi namunasi Gulistan, Sanam, Nukus-2 va seleksion genotiplar asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘chat olish fazasida tup soni 177–235 m²/dona, to‘liq pishish davrida esa 118– 194 m²/dona oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik D-27 (68,0 s/ga), Nukus-2 (66,0 s/ga), D-5 (66,0 s/ga) va D-20 (65,8 s/ga) genotiplarida qayd etildi. Natijalar ayrim genotiplarning yuqori agrobiologik salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ АГРОБИОЛОГИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ОБРАЗЦОВ РИСА В КОНТРОЛЬНОМ ПИТОМНИКЕ

В данном исследовании проведён агробиологический анализ формирования густоты всходов и урожайности образцов риса в условиях контрольного питомника. Были изучены 24 генотипа, включая сорта Гулистан, Саман, Нукус-2 и селекционные линии. Установлено, что густота всходов варьировала от 177 до 235 шт./м² на стадии рассады и от 118 до 194 шт./м² на стадии полного созревания. Наибольшая урожайность отмечена у генотипов D-27 (68,0 ц/га), Нукус-2 (66,0 ц/га), D-5 (66,0 ц/га) и D-20 (65,8 ц/га). Результаты показывают высокий агробиологический потенциал отдельных генотипов.

inglizchaANALYSIS OF AGROBIOLOGICAL INDICATORS OF RICE SAMPLES IN THE CONTROL NURSERY

This study presents an agrobiological analysis of plant density formation and yield performance of rice accessions under control nursery conditions. A total of 24 genotypes, including Gulistan, Sanam, Nukus-2 and breeding lines, were evaluated. Plant density ranged from 177 to 235 plants/m² at the seedling stage and from 118 to 194 plants/m² at full maturity. The highest yield was recorded in genotypes D-27 (68.0 t/ha), Nukus-2 (66.0 t/ha), D-5 (66.0 t/ha), and D-20 (65.8 t/ha). The results indicate high agrobiological potential of selected genotypes.

Kalit so‘zlar

  • nazorat ko‘chatzor
  • hosildorlik
  • tup soni
  • genotip

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

NAZORAT KO‘CHATZORIDA SHOLI NAMUNALARINING AGROBIOLOGIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1040 Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Sholi seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri https://orcid.org: 0009-0002-8294-5405 Abillaeva Umida Urazbayevna Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi E-mail: abyllaevaumida@gmail.com Orazbaev Temur Ten’izbay o‘gli Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institute talabasi Tel: [telefon raqami yashirilgan] @ E-mail: orazbaevt842@gmail.com ANNOTATSIYA Mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi namunalarining tup soni shakllanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha agrobiologik tahlil amalga oshirildi. Tajriba davomida 24 ta sholi namunasi Gulistan, Sanam, Nukus-2 va seleksion genotiplar asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘chat olish fazasida tup soni 177–235 m²/dona, to‘liq pishish davrida esa 118– 194 m²/dona oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik D-27 (68,0 s/ga), Nukus-2 (66,0 s/ga), D-5 (66,0 s/ga) va D-20 (65,8 s/ga) genotiplarida qayd etildi. Natijalar ayrim genotiplarning yuqori agrobiologik salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: . nazorat ko‘chatzor, hosildorlik, tup soni, genotip, agrobiologik ko‘rsatkichlar

Аннотация. В данном исследовании проведён агробиологический анализ формирования густоты всходов и урожайности образцов риса в условиях контрольного питомника. Были изучены 24 генотипа, включая сорта Гулистан, Саман, Нукус-2 и селекционные линии. Установлено, что густота всходов варьировала от 177 до 235 шт./м² на стадии рассады и от 118 до 194 шт./м² на стадии полного созревания. Наибольшая урожайность отмечена у генотипов D-27 (68,0 ц/га), Нукус-2 (66,0 ц/га), D-5 (66,0 ц/га) и D-20 (65,8 ц/га). Результаты показывают высокий агробиологический потенциал отдельных генотипов. Ключевые слова: контрольный питомник, урожайность, густота всходов, генотип, агробиологические показатели

Abstract. This study presents an agrobiological analysis of plant density formation and yield performance of rice accessions under control nursery conditions. A total of 24 genotypes, including Gulistan, Sanam, Nukus-2 and breeding lines, were evaluated. Plant density ranged from 177 to 235 plants/m² at the seedling stage and from 118 to 194 plants/m² at full maturity. The highest yield was recorded in genotypes D-27 (68.0 t/ha), Nukus-2 (66.0 t/ha), D-5 (66.0 t/ha), and D-20 (65.8 t/ha). The results indicate high agrobiological potential of selected genotypes. Key words. rice, control nursery, yield, plant density, genotype, agrobiological traits, breeding KIRISH Sholi (Oryza sativa L.) dunyo miqyosida eng muhim donli ekinlardan biri bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. U ekin maydoni bo‘yicha bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda, hosildorligi bo‘yicha esa yetakchi ekinlardan biri sifatida qayd

etiladi [1]. Shu sababli sholi seleksiyasi va yangi yuqori hosildor navlarni yaratish global qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Urug‘ning unib chiqishi va ko‘chatlarning barqaror shakllanishi o‘simlik rivojlanishining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu jarayon kelgusidagi hosildorlikni bevosita belgilaydi. Da Cruz va boshqalarning ta’kidlashicha, urug‘larning tuproq ostida uzoq vaqt qolib ketishi yoki past harorat va patogenlar ta’siri natijasida unib chiqish jarayonining buzilishi hosildorlikni sezilarli darajada kamaytiradi [1]. Ghiyasi va hamkorlari ham urug‘unib chiqishidagi sustlik va notekis rivojlanish keyingi bosqichlarda bir xil bo‘lmagan o‘sish va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishini qayd etgan [6]. Sholi dunyo bo‘yicha keng tarqalgan ekin bo‘lib, uning iste’mol darajasi hududlar bo‘yicha keskin farqlanadi. Osiyo mamlakatlarida sholi asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanib, jon boshiga iste’mol ayrim hududlarda 200 kg gacha yetadi [2]. Bu esa yuqori sifatli va raqobatbardosh navlarni yaratish zaruratini kuchaytiradi. Seleksiya jarayonida sholi genotiplarini baholash ota-ona shakllarini tanlash, duragaylash, hamda seleksion ko‘chatzorlarda turli agrobiologik belgilarni sinash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Eng istiqbolli tizmalar keyinchalik davlat nav sinoviga tavsiya etiladi [3]. Shu jarayonda biometrik ko‘rsatkichlar va stressga chidamlilik muhim seleksion mezonlardan biri hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi keskin kontinental iqlim, sho‘rlangan tuproqlar va suv tanqisligi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda sholi yetishtirish qo‘shimcha agrotexnik yondashuvlarni talab etadi hamda genotiplarning stress omillariga chidamliligini o‘rganish dolzarb hisoblanadi [4]. Bhowmik va hamkorlari esa sholi o‘simligida tuz stressiga chidamlilikni baholashda urug‘unib chiqishi, hosildorlik va fiziologik ko‘rsatkichlar muhim indikator ekanligini ko‘rsatgan [5]. Shu munosabat bilan mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzor sharoitida sholi namunalarining agrobiologik ko‘rsatkichlari, jumladan tup soni shakllanishi va hosildorlik xususiyatlari o‘rganildi hamda istiqbolli genotiplarni aniqlash maqsad qilindi. Materiallar va uslublar: Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani sharoitida joylashgan seleksion ko‘chatzor va nazorat ko‘chatzor tajriba maydonlarida olib borildi. Tajribada sholi (Oryza sativa L.)ning 24 ta namunasi, jumladan Gulistan, Sanam, Nukus-2 va bir qator seleksion genotiplar o‘rganildi. Dala tajribalari 2014 yilda qabul qilingan “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” asosida amalga oshirildi. Tajribalar randomizatsiya qilingan blok usulida, 3 takrorlanishda olib borildi. Har bir variant uchun o‘simliklar agrotexnik talablar asosida ekilib, standart sug‘orish va parvarishlash ishlari bajarildi. O‘rganilgan genotiplar vegetatsiya davri davomida quyidagi biometrik va agrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi: tup sonining shakllanishi (m²/dona), o‘simlik bo‘yi (sm), ro‘vak uzunligi (sm), ro‘vagidagi donlar soni (dona) hamda hosildorlik (s/ga). Bundan tashqari, yotib qolishga chidamlilik va to‘kilishga bardoshlilik ball tizimida baholandi. Fenologik kuzatuvlar urug‘unib chiqishidan to to‘liq pishish davrigacha muntazam olib borildi. Olingan ma’lumotlar statistik usullar yordamida tahlil qilindi va genotiplar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. Natijalar va munozara. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi namunalarining agrobiologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli farqlar aniqlandi. Tup sonining shakllanishi, vegetatsiya davri, o‘simlik bo‘yi, ro‘vak uzunligi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari genotiplar o‘rtasida genetik xilma-xillik mavjudligini ko‘rsatdi 1jadval.

Tup sonining shakllanishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Sanam (235 dona/m²), D-46 (230 dona/m²) va D-44 (230 dona/m²) genotiplarida qayd etildi. Bu genotiplar boshlang‘ich rivojlanish bosqichida yuqori ko‘chat hosil qilish qobiliyatiga ega ekanligini bildiradi. Eng past ko‘rsatkich esa D-5 (197 dona/m²) va D-29 (213 dona/m²) genotiplarida kuzatildi. O‘simlik bo‘yi bo‘yicha eng yuqori natijalar D-19 (101,2 sm) va D-84 (101,3 sm) genotiplarida qayd etildi, bu ularning kuchli vegetativ rivojlanish salohiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ro‘vak uzunligi bo‘yicha esa D-84 (18,2 sm) va D-40 (16,0 sm) genotiplari ustunlik qildi, bu generativ organlar rivojlanishining yaxshi shakllanganligini bildiradi. Hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlili natijasida eng yuqori hosil D-5 (66,0 s/ga), D-27 (68,0 s/ga), D-20 (65,8 s/ga) va Nukus-2 (66,0 s/ga) genotiplarida qayd etildi. Bu genotiplar vegetativ va generativ rivojlanishning optimal uyg‘unlashuvi natijasida yuqori hosildorlikni ta’minlagan. Yotib qolishga chidamlilik asosan 4–5 ball, to‘kilishga bardoshlilik esa 8–9 ball oralig‘ida baholandi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rganilgan genotiplarning umumiy agrobiologik barqarorligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy adabiyotlarda ham sholi hosildorligi vegetativ va generativ belgilar kompleks bog‘liqligiga asoslanishi, hamda boshlang‘ich ko‘chat zichligi kelgusidagi hosil strukturasiga bevosita ta’sir qilishi ta’kidlangan [3;5]. Olingan natijalar ushbu genotiplar ichida D-5, D-20, D-27 va Nukus-2 istiqbolli seleksion material sifatida ajratilishi mumkinligini ko‘rsatadi. 1-jadval. Nazorat ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalarining tup sonini paydo etish darajasi va hosildorlik xususiyati tasnifi Tup sonini paydo etish Xosildor Yiqilib Tokilish № Namunalar nomi va m2/dona ligi qolishga ga bardosh Т/р nomerlari ko‘chat to‘liq s/gа chidaml liligi olish fazasida pishib yetilish iligi, ball davrida ball 1 Gulistan 221 169 55,3 5 9 2 D-3(D-426)uzin dan 225 168 59,6 5 9 3 D-29(D-21)D-32 213 165 64,0 5 9 4 Gulistan 232 151 56,4 4 9 5 Gulistan 226 160 59,0 5 9 D-46(D-132)D-118 230 118 63,0 5 9 b/ost 7 D-21(D-7)D-48 226 165 55,0 5 8 8 Almaz 222 177 62,0 5 9 9 D-5(D-53) 197 169 66,0 4 9 10 D-20(D-442) 212 172 65,8 5 9 11 Almaz 198 169 65,0 5 9 12 D-12(D-459) 214 179 58,2 5 9 13 D-32(D-530) 220 159 54,4 5 9 14 Sanam 235 178 59,6 5 9 15 D-35(D-105) 217 172 63,0 5 9 16 D-26(D-3) 222 156 65,5 5 9 17 Sanam 216 171 59,0 5 9

18 D-44(D-253) 230 194 63,0 5 9 19 D-27(D-95)D-91 226 175 68,0 4 9 20 D-23(D-141) 212 187 63,0 5 8 21 Nukus 2 177 169 66,0 5 9 22 D-15(D-2)D-13 212 162 55,8 5 8 23 D-24(D-17) 198 169 56,0 5 9 24 D-2(D-56)D-82 224 179 58,2 5 8 XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi genotiplari agrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli farqlarga ega. Tup soni, o‘simlik bo‘yi va ro‘vak parametrlarida genetik xilma-xillik aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik D-27, D-5, D-20 va Nukus-2 genotiplarida qayd etilib, ular Gulistan standart naviga nisbatan ustunlik ko‘rsatdi. Olingan natijalar ushbu genotiplarni istiqbolli seleksiya materiali sifatida foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Da Cruz, H. L., Ferrari, C. S. (2007). Evaluation of corn genotypes for use in earlier sowing under low temperatures. Revista Brasileira de Sementes, 29, 52–60.
  2. Tumanyan N.G., Kumeyko T.B. (2017). Uvelichenie biologicheskoy cennosti risoproduktov… Tver, 147–150.
  3. Korotenko T.L., Tumanyan N.G., Petruxnenko A.A. (2016). Biologicheskie osobennosti i kachestvo zerna sortov risa… Risovodstvo, 1–2, 23–33.
  4. Atabaeva X.N., Xudoyqulov J.B. (2018). O‘simlikshunoslik. Toshkent: Fan va texnologiya, 407 b.
  5. Bhowmik S.K. et al. (2009). Phenotypic and genotypic screening of rice genotypes… Afr. J. Biotechnol., 8(23), 6490–6494.
  6. Ghiyasi M. et al. (2008). Effect of osmopriming on germination of wheat seeds… Research Journal of Biological Science, 3(10), 1249–1251.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012212
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1040
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
137–140
ORCID
Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li0009-0002-8294-5405
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06