Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
YOSHLAR TASHKILOTLARI BILAN ISHLASHDA HAMKORLIKKA ASOSLANGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR MODELLARI HAMDA ULARNI ILMIY LOYIHALASH
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yoshlar pedagogikasi — bu o‘rta va katta yoshdagi yosh avlod (asosan 14–30 yosh oralig‘idagi) vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, ijtimoiylashtirish jarayonini o‘rganuvchi maxsus pedagogik fan sohasidir. U pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslangan bo‘lsa-da, aynan yoshlar davri psixologiyasi, ijtimoiy mavqei, ehtiyojlari, intellektual va ma‘naviy o‘sishi bilan bog‘liq xususiyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar modellari hamda ularni ilmiy loyihalash haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
GLOBAL ZAMON VATANPARVARLIK TARBIYASIDA INNOVASION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH XUSUSIYATLARI
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — buyuk tuyg‘u. Vatan jonsiz, ruhsiz buyum emas. Vatanparvarlik o‘rniga vatansizlikni targ‘ib etish, “globallashuv degani sening dunyo fuqarosiga aylanishing”, deb talqin qilish, milliy tarixni eskilik sarqiti sifatida tan olish kabi o‘ta mantiqsiz g‘oyalar ko‘payib bormoqda. Ushbu maqolada global zamon vatanparvarlik tarbiyasida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari yoritib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
VATANPARVARLIK TARBIYASINING PEDAGOGIK VA IJTIMOIY-MA‘NAVIY MOHIYATI
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — bu kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma‘naviy qadriyatlardan biri. Ushbu maqolada vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik va ijtimoiy-ma‘naviy mohiyati yoritib beriladi.
- Ochiq kirishMaqola
PEDAGOGIKADA YOSHLAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY DIDAKTIK USLUBLARI
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Hozirgi zamon olimlari yoshlar bilan ishlashning pedagogik dolzarbliklari uning didaktik uslublarida ekanligini ta‘kidlashmoqda. Masalan, birgina Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida 2000-yildan beri yoshlar pedagogikasining didaktik uslublarini takomillashtirish orqali, yoshlarning kreativlik ko‘rsatkichlarini 12,6 foizga, fanlarni o‘zlashtirishning umumiy ko‘rsatkichi 11,6 foizga oshishga erishildi. Quyida, pedagogikada yoshlar bilan ishlashning zamonaviy didaktik uslublari haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASHNING O‘ZIGA XOS PEDAGOGIK JIHATLARI VA MODELLARI
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yevropa Ittifoqida 14,6 foiznigina tashkil etadigan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan quyi ko‘rsatkich sifatida e‘tirof etilmoqda. Parij Universiteti, Stogolm Qirollik Akademiyasi va Madrid Tadqiqotlar Markazi pedagogik professorlari yosh qatlamning stabil o‘sishini ta‘minlovchi yagon chora, ular bilan pedagogik ishlash metodlarini ya‘nada takomillashtirish ekanligini ta‘kidlab o‘tishdi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari va modellari yoritib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
10-12 YOSHLI FUTBOLCHI BOLLARNING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI YOSHIGA MOS O‘YIN TEXNIKASINI O‘RNI
Abdullaev Bekdada G‘afurjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada 10-12 yoshli futbolchi bollarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yoshiga mos o‘yinlarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xarakatli o‘yinlarni o‘rni xamda ularni axamiti xaqida malumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
DUNYO MIQYOSIDA DOLZARB BO‘LGAN TA‘LIM JARAYONIDAGI O‘ZGARISHLAR: O‘ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLAR VA SABOQLAR
A.X. Boboyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqola zamonaviy ta‘limdagi global tendensiyalar (raqamlashtirish, sun‘iy intellekt, inklyuzivlik, umrbod o‘qish) va ularning O‘zbekiston ta‘lim tizimiga ta‘sirini tahlil qiladi. UNESCO, OECD, WEF ma‘lumotlari asosida ta‘limdagi imkoniyatlar, muammolar va islohotlar uchun tavsiyalar keltirilgan. Xulosa qismida Incheon Deklaratsiyasi (2030) tamoyillari O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
THE SPIRITUAL FUNCTION OF THE TEACHER‘S IMAGE IN A WORK OF ART (ON THE EXAMPLE OF THE NOVEL "GREEN NIGHT")
Sa‘dullayeva Shahlo Anvarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada turk adibi Rashod Nuri Guntekinning “Yashil tun” asarida ijtimoiy muammolarning yoritilishi, muallifning ta‘lim sohasiga munosabati haqida so‘z boradi. Asar qahramoni o‘qituvchi Shahin mamlakatda dinni noto‘g‘ri talqin qilganlar va ikki xil fikrda bo‘lganlarga qarshi olib borgan mafkuraviy kurashi haqida gapiradi. Yuqoridagilarni tahlil qilib, Turkiya Jumhuriyatining yangi vujudga kelgan davridagi inqilobiy jarayonda o‘qituvchilarning ma‘naviy ahamiyati ochib beriladi.
- Ochiq kirishMaqola
SHORTCOMINGS MADE IN THE TRANSLATION OF O. HENRY‘S STORIES
Otaxonova Gulasal Boboxon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘ Genri inson tabiati, ruhiyati va qahramonlarning hayotidagi voqeliklarni kinoya va istehzo orqali ochib beradigan qisqa hikoyalari bilan mashhur. Uning hikoya qilish uslubi ko‘pincha kutilmagan burilishlar, istehzoli suhbatlar va achchiq kulguni o‘z ichiga oladi, bularning barchasi yozuvchi hikoyalarining ta‘sir doirasini doimiy saqlab turishga hissa qo‘shadi.Uning hikoyalarini mazmun mohiyatini yo‘qotmagan holda turli tillarga tarjima qilish har bir tarjimonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ammo uning hikoyalarini tarjima qilish paytida ko‘pgina xatoliklarga ham yo‘l qo‘yishgan. Ushbu maqolada O‘ Genrining “After twenty years” 1 hikoyasining o‘zbek tiliga tarjima qilinganda yo‘l qo‘yishgan xatolari yoritib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
LANGUAGE TOOLS THAT CREATE MEANING DIVERSITY IN ARTISTIC SPEECH
Mammadova Melek Hidayat gizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Zamonaviy ozarbayjon tili lug‘atida so‘zlar ma‘nosiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Shunday guruhlardan biriga bir-biriga qarama-qarshi ma‘noga ega so‘zlar kiradi. Bu - turli tur ma‘nolariga ega bo‘lgan va qarama-qarshilik darajasi bilan farqlanuvchi antonimlar guruhidir. To‘liq va nisbiy bo‘lgani holda, ular ozarbayjon tilining leksik-semantik tizimida muhim o‘rin egallaydi. Tilda antonimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va shakllanishi ular mansub bo‘lgan moddiy olam predmetlari, hodisalari va harakatlarining ziddiyatli tabiati bilan bog‘liq. Ma‘noviy ziddiyatlar so‘zlarda qarama-qarshi tarzda ifodalanadi. Aynan shuning uchun ular antonimlar hosil bo‘lishining asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda odamlarning ijtimoiy hayot tajribasi ham rol o‘ynaydi. Insonlar o‘z hayotida moddiy olam predmetlari va hodisalarining belgi hamda sifatlarini anglaydi va ularni bir-biridan farqlaydi. Antonimlar orqali ifodalangan tushunchalar insonning mehnat faoliyati, turmush tarzi, ma‘naviy dunyosi va uning atrof-olamga munosabati bilan bog‘liq. Bu so‘zlar guruhi fikrni aniqroq va hissiy ifodalashga xizmat qiladi. Shu bois antonimlar maqollar va hikmatli iboralarda katta o‘rin tutadi. Ayrim antonimlar qo‘shma so‘zlar yasalishida muhim rol o‘ynaydi. Bu guruh so‘zlar ham zidlanadi. Masalan, do‘st-dushman, oq-qora, sovuq-issiq, yoz-qish va hokazo. Badiiy tilda antonimlar yordamida yuzaga keladigan uslubiy bo‘yoq va xususiyatlar juda ko‘p. Antonimlar qarama-qarshilikni ifodalagani uchun ular orqali belgi va sifatning ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida aniq tasavvur hosil qilinadi. Antonimlarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular insonda ruhlanish, hissiy kechinma, badiiy va estetik did uyg‘otadi. Antonimlar obraz va mavzuni tasvirlashda, g‘oyalarni eng ta‘sirchan ifodalashda katta rol o‘ynaydi. Badiiy tilda antiteza antonim orqali yuzaga keladi. Antiteza hodisasi tasvirlanayotgan predmet xarakterini ochib berishda muhim ahamiyatga ega. Uning markazida qarama-qarshilik turadi. Shu tufayli badiiy tilga alohida uslubiy ta‘sir baxsh etiladi va antonim ham, antiteza ham qarama-qarshi ma‘noli so‘zlar vositasida yuzaga keladi. Bu umumiylik ularning ikkalasiga ham taalluqli. Taqdim etilgan maqolada ozarbayjon tilining leksik-semantik tizimida antonimlarning roli haqida qisqacha ma‘lumot berilgan, shuningdek og‘zaki xalq adabiyotidan tanlangan misollar izohlangan.
- Ochiq kirishMaqola
O‘ZBEK TILI NEKRONIMLARIDA TOPOFORMANTLARNING QO‘LLANISHI
Kaxarov Shuxratbek Tursunovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada o‘zbek tili nekronimlari tarkibida qo‘llangan topoformantlar tahlil etilgan va guruhlashtirilgan. Ularning aksariyati o‘z qatlam elementlari ekani ta‘kidlangan. Shuningdek, ayrim nekronimlar etimonlariga aniqlik kirtilgan. Misollar tahlilida qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ФАРҒОНА ВОДИЙСИНИ ТОҒОЛДИ ВА АДИРЛАР ЛАНДШАФТЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ
Nazarov Abdug‘affor Abdujabbarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада Фарғона водийсини тоғолди ва адирлар (Шимолий ва Жанубий Фарғона)ландшафтлари ва уларнинг ҳозирги ҳолати ҳамда фойдаланиш имкониятлари, геомарфологияси, биологик хилма хиллиги, муҳофаза чора тадбирлари кўриб чиқилган
- Ochiq kirishMaqola
ЎТМИШ АЖДОДЛАРИМИЗНИНГ АҲИЛ ҚЎШНИЧИЛИК АЛОҚАЛАРИ «ТАРИХИ ЯМИНИ» АСАРИ МИСОЛИДА
Abdurahmonov Akmaljon Pazildinovich, Salomiddinov Abdusamat Muhammadjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Мамлакат тараққиётида хорижий мамлакат ва халқлар, хусусан қўшнилар билан ўрнатилган ўзаро ишонч ва дўстликка асосланган ҳамкорлик муҳим ўрин тутади. Марказий Осиёда яшаб келаётган халқлар минг йиллар давомида аҳил қўшничилик алоқаларини ўрнатиб, ривожлантириб келишган. Бу жараёнларни ўрганишда тарихий манбаларнинг ўрни катта. Ана шундай манбалардан бири «Тарихи Ямини» бўлиб, унда минтақанинг X – XI асрлар тарихи ёритилган. Ушбу мақолада асарнинг қўшни халқларнинг ўзаро алоқалари таҳлил қилинган.
- Ochiq kirishMaqola
АНАЛИЗ РЕЖИМОВ ЭНЕРГОРАЙОНА ЭНЕРГОСИСТЕМЫ КЫРГЫЗСТАНА
Абраманова Саламат, Базарбай уулу Жолдубай, Умаров Акжол · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada Issiqko‘l elektr energetika tizimining elektr rejimlari tahlili keltirilgan, shuningdek energotizimning turg‘unlik holati o‘rganilgan, bu esa kelajakda energetika muammolarini hal etishning keng istiqbollarini ta‘minlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF VARIOUS FACTORS ON THE METROLOGICAL CHARACTERISTICS OF A SEMICONDUCTOR METHANE SENSOR
Xabibova Dilnoza Xayotovna, Erdanov Fazliddin Faxritdinovich, Z.E.Abduraxmanova, Eshkobilova M.E · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichli metanni aniqlovchi sensorlarning metrologik ko‘rsatkichlariga tashqi omillarning, jumladan, harorat, namlik va tashqi elektromagnit maydonlarning ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sensorning sezuvchanligi, javob berish vaqti, xatolik darajasi kabi ko‘rsatkichlar nazariy va eksperimental asosda baholandi. Olingan natijalar metan gazini aniqlash tizimlarining ishonchliligini oshirish, sanoat va ekologik monitoring sohalarida qo‘llanilishini takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
AVTOMATIK HISOB VA NAZORAT QILISH TIZIMINING (ASKUE) ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘RNI VA AFZALLIKLARI
Radionova O.V., Axmadov A.F. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Avtomatik hisob va nazorat qilish tizimi (ASKUE)ning energetika sohasidagi ahamiyati va texnologik ustunliklari yoritilgan. Tizim yordamida elektr energiyasini aniq hisoblash, masofadan nazorat qilish va sarf-harajatlarni tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Maqolada ASKUE ning asosiy qurilmalari, ularning o‘zaro ishlashi hamda amaliyotda qo‘llash samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, tizimni joriy etish orqali energiya tejamkorligi va boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
“LAZURNIY” NAVLI SHOLI URUG‘IGA ELEKTRTEXNOLOGIK USULDA ISHLOV BERISH ORQALI DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI OSHIRISH
Muxammadiyev Ashiraf, Tagayev Baxodir Kuchkarbekovich, Akramov Ne‘matjon Nabijon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada sholining Lazurniy navli urug‘iga elektrtexnologik ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanlik va tuproqdagi mikroelementlarga Ultrabinafsha nurlarning(UBN) ta‘sir natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijalaridan UB nurlantirgichning o‘simlikka elektr ta‘siri, urug‘larning ekish oldidan UBNning 253,7+300 nanometr (nm) to‘lqin uzunligi va 30,60,90 Watt quvattga ega lampalarda ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanligi 50% ga oshgani, ildizlarning hosil bo‘lishi 30%ga tezlashishi, hayotiy jarayonlar faollashishi, tuproqdagi gumus, almashuvchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorini sezilarli oshgani aniqlandi.
- Ochiq kirishMaqola
BIOGAZ QURILMASIDA AJRALGAN CHIQINDIDAN O‘G‘IT SIFATIDA VA OZUQAVIY MAQSADLARDA FOYDALANISH USULLARINI RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI MISOLIDA O‘RGANISH.
Izzatullayev I.X. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Biomassa energiyasi va chorvachilik chiqindilaridan unumli foydalanish, keyingi vaqtlarga kelib, aholi sonining oshib borishi natijasida ularning turli xil energiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Insonlar turli xil energiya manbalarini ishlab chiqirish va undan foydalanish bilan bu muammoga ma‘lum miqdorda yechim topmoqdalar. Chiqindilar asosida biomassa energiyasini olish ham noan‘anaviy energiya manbalaridan biri hisoblanib, insonlarning gaz va ekologik toza bo‘lgan o‘g‘itga nisbatan ehtiyojlarini qondiradi
- Ochiq kirishMaqola
CREATION OF CHEMICAL SENSORS AND ALARMS TO ENSURE EXPLOSION AND FIRE SAFETY OF DOMESTIC AND INDUSTRIAL FACILITIES
Ibodova Sabrina Erkin qizi, Erdanov Fazliddin Faxritdinovich, Eshkobilova M.E · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada sanoat va uy-joy ob‘ektlarida portlash va yong‘in xavfsizligini ta‘minlashda metan gazini sezgir va selektiv aniqlovchi kimyoviy sensorlar va signalizatorlar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida termokatalitik va yarim o‘tkazgichli sensorlar asosida metan uchun yuqori sezuvchanlikka ega, selektiv va barqaror qurilmalar ishlab chiqildi. Metan konsentratsiyasi va sensor signali orasidagi to‘g‘ri proporsional bog‘lanish, yaratilgan TKS-1 sensorining H₂ va CO gazlariga nisbatan yuqori selektivligi tajriba orqali isbotlandi. Shuningdek, sensorlarning sezgirlik, tezkorlik, barqarorlik va haroratga bog‘liq xatolik darajalari o‘rganildi hamda metan konsentratsiyasini 0,1–5,0 % oralig‘ida aniqlash imkoniyati yaratildi.
- Ochiq kirishMaqola
THE IMPACT OF INNOVATIVE FOOD SUPPLEMENTS BASED ON PHLOMOIDES NUDA ON HUMAN HEALTH
I.I. Ibrohimova, M.M.Mexmonxonov, D.R. Haydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Zamonaviy tibbiyotda ekologik toza va tabiiy dorivor o‘simliklardan yaratilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari salomatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Makro- va mikroelementlar hamda biologik faol birikmalarga boy bo‘lgan Phlomoides nuda inson organizmiga foydali ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada gullash davrida yig‘ilgan Phlomoides nuda tarkibi asosida tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shimchalarining salomatlikka ta‘siri va innovatsion salohiyati tahlil qilingan.