Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

O‘ZBEK TILI NEKRONIMLARIDA TOPOFORMANTLARNING QO‘LLANISHI

Kaxarov Shuxratbek TursunovichAndijon davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 56–61

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek tili nekronimlari tarkibida qo‘llangan topoformantlar tahlil etilgan va guruhlashtirilgan. Ularning aksariyati o‘z qatlam elementlari ekani ta‘kidlangan. Shuningdek, ayrim nekronimlar etimonlariga aniqlik kirtilgan. Misollar tahlilida qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТОПОФОРМАНТОВ В НЕКРОНИМАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

В статье анализируются и группируются топоформанты, используемые в структуре узбекских некронимов. Подчеркивается, что большинство из них являются элементами узбекского пласта. Также были уточнены этимоны некоторых некронимов. При анализе примеров использовался сравнительно-исторический метод.

inglizchaTHE USE OF TOPOFORMANTS IN NECRONYMS OF THE UZBEK LANGUAGE

The article analyses and groups the topoformants used in the composition of Uzbek necronyms. It is emphasised that the majority of them are elements of the native layer. The etymons of certain necronyms have also been clarified. The comparative-historical method was used in the analysis of the examples.

Kalit so‘zlar

  • nekronim
  • toponim
  • apellyativ
  • formant
  • topoformant
  • etimologiya
  • o‘zbek tili
  • turkiy tillar
  • qadimgi turkiy til
  • qabriston

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘ZBEK TILI NEKRONIMLARIDA TOPOFORMANTLARNING QO‘LLANISHI Kaxarov Shuxratbek Tursunovich Andijon davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.15314327 Annotatsiya: Maqolada o‘zbek tili nekronimlari tarkibida qo‘llangan topoformantlar tahlil etilgan va guruhlashtirilgan. Ularning aksariyati o‘z qatlam elementlari ekani ta’kidlangan. Shuningdek, ayrim nekronimlar etimonlariga aniqlik kirtilgan. Misollar tahlilida qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanilgan. Kalit so’zlar: nekronim, toponim, apellyativ, formant, topoformant, etimologiya, o‘zbek tili, turkiy tillar, qadimgi turkiy til, qabriston.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТОПОФОРМАНТОВ В НЕКРОНИМАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА Аннотация: В статье анализируются и группируются топоформанты, используемые в структуре узбекских некронимов. Подчеркивается, что большинство из них являются элементами узбекского пласта. Также были уточнены этимоны некоторых некронимов. При анализе примеров использовался сравнительно-исторический метод. Ключевые слова: некроним, топоним, апеллятив, формант, топоформант, этимология, узбекский язык, тюркские языки, древнетюркский язык, кладбище.

USE OF TOPOFORMANTS IN NECRONYMS OF THE UZBEK LANGUAGE Abstract: The article analyzes and groups topoformants used in the structure of Uzbek necronyms. It is emphasized that most of them are elements of the Uzbek layer. The etymons of some necronyms were also clarified. The comparative-historical method was used in the analysis of examples. Keywords: necronym, toponym, appellative, formant, topoformant, etymology, Uzbek language, Turkic languages, old Turkic language, cemetery.

KIRISH Toponimik tadqiqotlarda joy nomlarini oxirgi qo‘shimchalariga qarab o‘rganish, guruhlashtirish, tahlil qilish XX yuzyillik boshlarida ommalashdi1. Joy nomlarida faol takror qo‘llanuvchi shakllarni alohida ma’noga egaligi, funksiya bajarish xususiyati borligi kabi jihatlardan kelib chiqib, formant, keyinchalik topoformant kabi terminlar bilan nomlaganlar2. Toponimlar tarkibiy qismi bo‘lgan formantlar haqida ularning qo‘shimchaga teng ekani aytiladi. Joy nomlarining morfologik tuzilishi va yasalishiga doir ishlarda asosan affiksatsiya va kompozitsiya usullari qayd etiladi. Toponimchi olim Z.Do‘simov sohaga doir deyarli barcha ishlarda turkiy toponimika yasalishida -lik, -ma, -chi, -li, -lar affikslari izohlanganini ta’kidlaydi3. Mazkur maqolada Andijon viloyati sodda tipli nekronimlarida (qabriston nomlarida) formantlarning qo‘llanishi masalasiga to‘xtalamiz.

Қаранг: Орлов А. Произхождение названий русских и некоторых западно-европейских рек, городов, племен и местностей. – Вельск: Типография М.П.Киснемскаго, 1907. – 430 с.; Соболевский А.И. Названия рек и озёр русского Севера. – Л.: Академия наук, – 1927. – 42 с.; Дульзон А.П. Вопросы этимологического анализа русских топонимов субстратного происхождения // Вопросы языкознания, № 4, 1959. – С. 35-46. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘FMJ nashriyoti, 2006. – B. 31. Дўсимов З. Хоразм топонимлари. – Тошкент: Фан, 1984. – Б. 40.

ASOSIY QISM Apellyativi tarkibida -lik affiksi qatnashgan sodda tip nekronimlar, asosan, hozirgi qatlam lug‘aviy birliklarini tashkil qiladi. O‘zbek tili toponimikasida ushbu affiks faol topoformantlardan sanaladi va ko‘plab joy nomlari tarkibida keladi. Ushbu affiksning xususiyatlariga to‘xtalgan A.Hojiyev o‘rin-joy semali so‘zlar yasashiga ishora qilib, “kasb-hunarga oid joy (territoriya) ma’nosini bildiruvchi, asosdan anglashilgan narsa ishg‘ol etgan obyekt va territoriyani bildiruvchi, yer sathining yasovchi asosdan anglashilgan qismini bildiruvchi ot yasaydi”4 kabi izohlar beradi. Jumladan, -lik formanti qatnashgan Qirlik, Bo‘rilik, Andijonlik, Qo‘qonlik, Qiyalik, Cho‘rtanlik kabi nekronimlarda o‘rin-joy semalari yaqqol ko‘rinib turibdi. Andijonlik, Qo‘qonlik nomlarida aholining ko‘chib kelgan hududiga ishora bor. Qirlik, Qiyalik, Qiyali nomlarida esa hudud relyefi, atrof-muhit landshafti ifodalangan. Bo‘rilik nomi dastlab etnonim bo‘lgan5. So‘ngra nom oykonim < nekronim vazifalariga o‘tgan. Bo‘rining turkiy xalqlarda, jumladan, qadimgi o‘zbek urug‘larida ham totem xarakterida bo‘lgani ma’lum. Bundan tashqari, qadimgi turkiy til uyg‘ur yozuvi yodgorliklarida Bo‘rilik nomiga yaqin bo‘lgan “bo‘rluq” so‘zi uchraydi6. S.Y.Malov orqa qator unlilar bilan o‘qigan bu so‘zni E.Fozilov old qator unlilari bilan “börlük” shaklida o‘qiydi7. Ikkala muallifda ham bu so‘z “uzumzor, tokzor” ma’nosida qo‘llangan. E.Fozilov bu so‘zni -lik affiksi bilan yasalganini ta’kidlab, “so‘zning o‘zagida ifodalangan predmetning to‘plangan, jam bo‘lgan o‘rnini ko‘rsatadi” deydi 8. Cho‘rtanlik esa Izboskan tumanida Tentaksoy bo‘yida joylashgan kichik bir qishloq nomi sanaladi. Cho‘rtan baliq chuchuk suv havzalarida tarqalgan mayda, o‘tkir tishli yirtqich ov balig‘i bo‘lib, turlarining xilmaxilligi va yashash arealining barcha turkiy xalqlar regionlari bo‘yicha juda keng tarqalganidan turkiy tillarda ayrim fonetik farqlar bilan deyarli bir xilda nomlanadi. O‘zbek, turkman, tatar tillarida cho‘rtan, no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq tillarida sho‘rtan, qirg‘iz, oltoy, tuva tillarida cho‘rto‘n, boshqird, xakas tillarida so‘rtan, yoqut tilida so‘rdo‘n, chuvash tilida sartan9. L.Budagov lug‘atida esa mo‘g‘ulchasi tso‘rto‘ekani ko‘rsatiladi10. Demak, apellyativ asos umumturkiy bo‘lganidan, ajdodlarimizning olamni bilishi, tafakkur tarzi va madaniy xususiyatlaridan kelib chiqib, cho‘rtanlik so‘zining dastlab yo etnonim, yoki gidronim bo‘lgani haqida taxmin qilamiz. Ba’zi nekronimlarda -lik affiksi apellyativ tarkibida mavhum ot yasaydi: Mangulik, Do‘stlik, O‘rtoqlik, Mustaqillik qabristonlari. Belgilangan areal nekronimlari tarkibida -chi yasovchi formanti ham faol qo‘llangan: Ayronchi, Baliqchi, Qirmachi, Dasturxonchi, Paxtachi, Chang‘araqchi, Ipakchi, Kigizchi, Qushchi, Quchchi, Olaychi, Navkanchi. Ushbu -chi yasovchisi haqida A.Hojiyev “hozirgi o‘zbek tilida ish ko‘rishi to‘xtamagan” deb tavsif beradi11. Darhaqiqat, mazkur formant o‘zbek tili (turkiy tillar) taraqqiyotining barcha davrlarida sermahsul yasovchi bo‘lib kelgan hamda asosdan anglashilgan sohaga mansublikni, aloqador bo‘lgan shaxsni bildiruvchi so‘z yasaydi. Affiksning

Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 42-43. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022. – B. 89. Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности. – М.Л.: Академия наук, 1951. – С. 210, 214. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. – Тошкент: Фан, 1965. – Б. 49. Ўша асар. – Б. 49. Тенишев Э.Р. и др. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Лексика. – М.: Наука, 2001. – С. 178. Будагов Л. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. В двух томах. Том 1. – СПб.: Типография императорской академии наук, 1869. – С. 493. Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 38.

mazkur xususiyati turkiyshunoslikda eng qadimgi davrlarga oidligi ta’kidlanadi 12. Jumladan, Ayronchi, Baliqchi, Qirmachi, Dasturxonchi, Paxtachi, Chang‘araqchi (chang‘araq – o‘tovning eng yuqorisidagi halqasimon qism), Ipakchi, Kigizchi, Qushchi nekronimlarida ayni xususiyat mavjud. Tadqiqotchi A.Ergashev Ayronchi va Baliqchi nomlarini etnonimlarga kiritgan va mazkur affiksni etnonim yasovchi formant deb ajratgan13. Bunda etnonim < oykonim < nekronim ketmaketligida metonimik yo‘l bilan nom ko‘chgan. Qushchi, Quchchi nekronimlari uchun Qutchi etnonimi asos bo‘lgan14. Olaychi, Navkanchi nomlarida esa joyga mansublik ifodalangan. Hozirgi o‘zbek tili uchun -chi affiksiga bunday xususiyat xarakterli emas, albatta. Bu mazmunni ifodalash uchun faqat -lik/-li affikslari qo‘llanadi. Lekin bu xususiyat ayrim turkiy tillarda saqlangan: qarachay-balqar tilida “billimchi – Billim qishlog‘idan bo‘lgan odam”, tuva tilida “qizilchi – Qizil shahridan bo‘lgan odam”15. Qirmachi apellyativini izohli lug‘atdagi “Qirmachi – qirma chopiq qiluvchi, chopiqchi”16 mazmuni bilan ham bog‘lash mumkin, chunki mashg‘ulot egasi bo‘lgan shaxsga ishora bor. Shuningdek, qirg‘iz tilidagi “qirmachi (qovoqdan, yog‘ochdan qoshiq va boshqa idishlar tayyorlovchi usta)” so‘zi ham mazkur nekronim apellyativi bo‘lishi mumkin. Qirmachiliklarning bir qismi qirg‘iz tilli aholi sanaladi, shuning uchun keyingi variant asosliroq ko‘rinadi. Ko‘tarma, Qayirma, Qurama, Yondama nekronimlarining apellyativida -ma affiksi qatnashgan. Ushbu affiks hozirgi o‘zbek tilida asosan fe’llardan ot yasaydi: tenglama, eritma, ko‘rgazma kabi. Qadimgi turkiy til manbalarida ham -ma affiksining fe’llardan ot yasaganini kuzatamiz. Biroq nemis olimasi A.Gaben bu haqida “misollari oz uchraydi, ko‘proq sifat yasaydi” deydi17. Qayirma toponimi haqida gap ketganda, S.Qorayev “muyulish” so‘zi bilan izohlaydi 18. Qayir deb vaqti bilan daryolar toshgan mahalda suvostida qoladigan qirg‘oq hududlarga aytiladi19. Odatda, qayirlarning kengligi daryodan hisoblaganda bir necha o‘n metrlardan bir necha kilometrlargacha bo‘ladi. O‘TILda qayir so‘zi etimoni arabcha deb ko‘rsatiladi. Bizningcha, geografik atamaga aylangan qayir so‘zi sof turkiy bo‘lib, qayirmoq fe’lidan kelib chiqqan. Chunki o‘zbek va ayrim qardosh tillarda bu fe’lning semalari orasida qaytmoq, qaytarmoq semalari ham bor20. Ya’ni, “suv qaytadigan” degan ma’noni ifodalagan. Ko‘tarma apellyativi lug‘atlarda “tuproqdan baland qilib, ko‘tarib ishlangan tepalik, g‘ov to‘siq” hamda charxpalak vositasida soy yoki ariqdan suv chiqishi qiyin yerlarga suv chiqarish

kabi ma’nolarda izohlangan. Qurama nekronimi esa dastlab oronim (S.Qorayev, Y.Avlaqulov), etnonim (S.Qorayev, Z.Do‘simov, A.Ergashev), oykonim (Z.Do‘simov, A.Ergashev) vazifalarida

Тенишев Э.Р. и др. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Морфология. – М.: Наука, 1988. – С. 144. Эргашев А.А. Андижон вилояти этнотопонимларининг ареал-ономастик тадқиқи: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2012. – Б. 39, 49, 113. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022. – B. 388. Тенишев Э.Р. и др. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Морфология. – М.: Наука, 1988. – С. 146. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2008. – Б. 298. Gabain A. Von. Eski türkçenin grameri. – Ankara: Türk tarixi kurumu, 1988. – S. 53. Қораев Суюн. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: ЎМЭ, 2005. – Б. 43. Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2008. – Б. 211. Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2008. – Б. 212; Юдахин К.К. Киргизскорусский словарь. В двух книгах. Кн. 1. – Фрунзе: Главная редакция КСЭ, 1985. – С. 325. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2006. – Б. 474; Яна қаранг: Ғуломов П.Н. Мактаб жўғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – Б. 62.

qo‘llangan22. Yondama nekronimiga asos bo‘lgan ayni qishloq nomida geografik relyef xususiyatlari aks etgan. Qir-adirlarning yonbag‘irlari, qiya joylari yondama deyiladi23 va haqiqatan, mazkur hudud adirlik yonbag‘irlari sanaladi. Nekronimlarda -lar affiksining qo‘llanishi ham keng tarqalgan. Toponimik formantlar orasida -lar affiksi ham yuqorida ko‘rib chiqilgan formantlar qatori alohida ajratib ko‘rsatiladi. Toponimchi olim S.Qorayev “-lar affiksi ko‘plab toponim yasaydigan topoformant hisoblanadi” deydi24. Chunonchi, ushbu formant asosan etnik nomlar tarkibida qo‘llanadi. Hamda ushbu etnik guruhlar asosida shakllangan toponim, jumladan, nekronimlar tarkibida uchraydi. Andijon viloyatida -lar formanti qo‘llangan Nasroniylar, Ruslar, Tatarlar, Koreyslar, Qrim-tatarlar, Xo‘jalar, So‘pilar, Yuzlar, Kallar, Ziyolilar, Qardoshlar kabi nomli qabristonlar bor. Nasroniylar nomida diniy mansublik ifodalangan. Ruslar, Tatarlar, Koreyslar, Qrim-tatarlar nomlarida etnik mansublik, Qardoshlar nomida esa ijtimoiy, etnik va diniy yaqinlik ifodasi bor. Xo‘jalar, So‘pilar, Ziyolilar nomlarida aholi ijtimoiy tabaqalariga oidlik ifodalangan. Yuzlar, Kallar nekronimlarida urug‘-aymoqlarga mansublik o‘z ifodasini topgan. Chavkan (Chavgan), Zankan, Navkan, Tabrikan, Sutkon (Sutkan) kabi nekronimlar tarkibidagi -kan topoformanti hudud, jumladan, mintaqa toponimikasida faol qo‘llanuvchi tarixiy formantlar sirasiga kiradi. Mazkur tipdagi nekronimlar, asosan, oykonimlar asosida shakllangan. Manbalarda -kan topoleksema ekani haqida ma’lumotlar ko‘p. M.Koshg‘ariyning lug‘atida kan mustaqil so‘z sifatida “Kun chiqar tomondagi hir bir shaharga kan deydilar. Bu so‘z kandning qisqarganidir” deb izohlangan25. Lug‘atda Toshkent toponimi izohida ham kuzatamiz: “Tarkan – Shoshning ismi. Uning asli Toshkand bo‘lib, toshdan qurilgan shahar demakdir”26. Qadimgi turkiy til lug‘atida kand so‘zi so‘g‘dcha deb ko‘rsatiladi va shahar ma’nosini ifodalashi aytiladi27. Z.Do‘simov bu so‘zning etimologiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashib toponimik termin sifatida hind-yevropa tillarida, shuningdek, turkiy va fin-ugor tillarida faol qo‘llanishini ta’kidlaydi, kat, kent, kant, kan variantlarda qo‘llanishini ko‘rsatib o‘tadi. Mazmun jihatidan shahar, qishloq ma’nolarini ifodalashini aytadi28. Chavkan nekronimiga kelsak, bu nom qo‘ng‘irot urug‘ining chavgan degan tarmog‘idan kelib chiqqani aytiladi29. Bu yerda etnonim uchun asos bo‘lgan tamg‘a chav/chov – “cho‘mich” so‘zi motiv sifatida ta’kidlangan. Chav so‘zi Koshg‘ariy lug‘atida uchramadi, lekin undagi chavur, chavrush, chavurkan kabi misollarning asosi “aylana, doira” degan ma’nolarga to‘g‘ri keladi. Bizningcha ham, yuqorida taklif qilingan etimonga aloqadorlik mavjud. Navkan nekronimiga kelsak, u mazkur nomdagi oykonim asosida shakllangan. So‘g‘dcha “yangi qishloq” tarzida izohlanadi30.

Қораев С. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: ЎМЭ, 2005. – Б. 240; Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номлари қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 155; Эргашев А. Андижон вилояти этнотопонимларининг ареал-ономастик тадқиқи: Филол.фан.ном. ... дисс. – Тошкент, 2012. – Б.48; Авлақулов Я. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол.фан.ном. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2012. – Б.19. Охунов Н. Жой номлари таъбири. – Тошкент: Ўзбекистон, 1994. – Б. 20. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘FMJ nashriyoti, 2006. – B. 8. Кошғарий М. Девону луғотит-турк. Уч томлик. 1-том / таржимон ва нашрга тайёрловчи С.Муталлибов. – Тошкент: Ўзбекистон Фанлар академияси, 1960. – Б. 327. Ўша асар. – Б. 414. Древнетюркский словарь. – Л.: Наука, 1969. – С. 290. Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 79. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022. – B. 584. Ўша манба. – Б. 272.

Adabiyotlarda topoformant sifatida ta’kidlanmasa ham, fors tilidan o‘zlashgan va o‘rin-joy semali otlar yasaydigan -zor, -iston, -goh, -qoh kabi affikslar nekronimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Tutzor va Tolzor nekronimlari bevosita qabristonlar nomi sanaladi. Shuvoqzor nekronimi ayni paytda oykonim sanaladi. Bu formant asosda anglashilgan o‘simliklar ko‘p miqdorda o‘sgan joyga ishora qiladi. Ya’ni, hudud o‘simlik landshafti xususiyatini ifodalagan. Namozgoh, Guliston, Xonaqoh kabi nekronimlar apellyativida formantlar shu qatlam leksemalaridan nom yasagan. Affiksli sodda tip nekronimlar orasida Eroniy, Yahudiy, Markaziy, Navoiy, Yuksalish, Ro‘zador, Baqiroq, Oyim, Yashasin, Erkin, Otajon, Gurkirov, Aravakash, Barhayot kabi nomlar ham bo‘lib, ulardagi qo‘shimchalarning o‘rin-joy semasi bilan ot yasash yoki topoobyekt nomiga ishora qilish funksiyasi bo‘lmaganidan, ularni topoformant o‘laroq ajratmadik. XULOSA Xulosa o‘rnida aytish mumkin, birinchidan, Andijon viloyati sodda tip nekronimlarida turkiy qatlam topoformantlari faol qo‘llangan. Ikkinchidan, ular asosan o‘z qatlam leksemalaridan nom yasaydi. Uchinchidan, nekronimlarda o‘zlashgan qatlam formantlari oz bo‘lib, ular o‘z va o‘zlashgan qatlam leksemalari asosida nom yasaydi. To‘rtinchidan, nekronimlar apellyativida o‘rin-joy semali nom yasash xususiyati bo‘lmagan affikslar topoformant sifatida ajratilmadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar23 ta adabiyot

  1. Gabain A. Von. Eski türkçenin grameri. – Ankara: Türk tarixi kurumu, 1988.
  2. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022.
  3. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘FMJ nashriyoti, 2006.
  4. Авлақулов Я. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол.фан.ном. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2012.
  5. Будагов Л. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. В двух томах. Том 1. – СПб.: Типография императорской академии наук, 1869.
  6. Ғуломов П.Н. Мактаб жўғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994.
  7. Древнетюркский словарь. – Л.: Наука, 1969.
  8. Дульзон А.П. Вопросы этимологического анализа русских топонимов субстратного происхождения // Вопросы языкознания, № 4, 1959. – С. 35-46.
  9. Дўсимов З. Хоразм топонимлари. – Тошкент: Фан, 1984.
  10. Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номлари қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977.
  11. Кошғарий М. Девону луғотит-турк. Уч томлик. 1-том / таржимон ва нашрга тайёрловчи С.Муталлибов. – Тошкент: Ўзбекистон Фанлар академияси, 1960.
  12. Қораев С. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: ЎМЭ, 2005.
  13. Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности. – М.Л.: Академия наук, 1951.
  14. Орлов А. Произхождение названий русских и некоторых западно-европейских рек, городов, племен и местностей. – Вельск: Типография М.П.Киснемскаго, 1907.
  15. Охунов Н. Жой номлари таъбири. – Тошкент: Ўзбекистон, 1994.
  16. Соболевский А.И. Названия рек и озёр русского Севера. – Л.: Академия наук, – 1927.
  17. Тенишев Э.Р. и др. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Лексика. – М.: Наука, 2001.
  18. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2006.
  19. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: ЎМЭ, 2008.
  20. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. – Тошкент: Фан, 1965.
  21. Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989.
  22. Эргашев А.А. Андижон вилояти этнотопонимларининг ареал-ономастик тадқиқи: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2012.
  23. Юдахин К.К. Киргизско-русский словарь. В двух книгах. Кн. 1. – Фрунзе: Главная редакция КСЭ, 1985.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012882
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1550
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
56–61
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
132026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11