Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishMaqola

    JINSIY YO‘L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLAR

    Islamov Nurali Hikmatovich, Kamolov Bobir Tenglashovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy ishda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) tahlil qilingan. Tadqiqotda gonoreya, sifilis, xlamidiya va HIV kabi infektsiyalarni o‘rganib chiqildi. JYYKlarning klinik namoyon bo‘lishi, ularning tashxisi, davolash yondashuvlari va ularni boshqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, JYYKlarning ko-infektsiya bilan bog‘lanishi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida bir nechta kasalliklarning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari JYYKlarning vaqtida davolanmasligi ko‘plab sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    KALAMUSHLAR QONI TARKIBIDA JINSIY GORMONLAR MAHSULOTLARI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI

    Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur ilmiy ishda eksperimental sharoitda kuzatilgan issiqlik kuyigidan so‘ng erkak kalamushlar qoni tarkibida jinsiy gormonlar — testosteron, LH (luteinlashuvchi gormon) va FSH (follikul stimullovchi gormon) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kuyish jarohatlarining endokrin tizim faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar reproduktiv sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi ta‘kidlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    KASHNICH URUG‘INING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

    Fayziyeva Gulsanam Muhiddin qizi, Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada kashnich o‘simligining urug‘i – kashnich urug‘ining shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Maqolada uning hazm qilish tizimini yaxshilashi, yallig‘lanishga qarshi ta‘siri, qandli diabetga ijobiy ta‘siri, yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlashi, asab tizimiga tinchlantiruvchi ta‘siri va bakteriyalarga qarshi xususiyatlari ilmiy asosda bayon etilgan. Ayniqsa, xalq tabobatida ayollar salomatligi uchun ishlatilishi alohida ta‘kidlangan. Kashnich urug‘i tabiiy dorivor vosita sifatida qadimdan qo‘llanilgan bo‘lib, zamonaviy tadqiqotlar uning foydasini yana bir bor tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, maqolada ushbu urug‘dan foydalanishda ehtiyotkorlik va mutaxassis maslahati zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola sog‘lom turmush tarziga e‘tiborli o‘quvchilar uchun foydali manbadir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI AYOL KURSANTLARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

    Xudoyberganov O.K. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada ayol kursantlarining kasbiy jismoniy tayyorgarligining xususiyatlari ko‘rib chiqilib, xususan ayol kursantlarda tezkor-kucsifatlarini rivojlantirish masalalari ochib berilgan. Eksperimental guruhlarning ayol kursantlarining tajriba boshida ham, oxirida ham tezkor-kuch tayyorgarligi ko‘rsatkichlari dinamikasi keltirilgan. O‘quv jarayonida ayol kursantlarda tezkor-kuhc sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish shartlari qayd etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНОГО ДЕКОРАТИВНО - ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА В СИСТЕМЕ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

    Раушан Узакбаевна Торежанова · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Xalq amaliy bezak ijodi va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqar ekan, maqola muallifi uzluksiz ta‘lim tizimida shaxs rivojlanishiga nisbatan uning ustuvor funksiyalari o‘zgarishini kuzatadi va uning pedagogik salohiyatini belgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИИ ПРИНЯТИЯРЕШЕНИЙ В СОЦИАЛЬНЫХ СИТУАЦИЯХ У СТУДЕНТОВ

    Раджабова Гузал Зарифовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy vaziyatlarda qaror qabul qilish kompetensiyasini shakllantirishning psixologik va pedagogik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot qaror qabul qilish jarayonida ijtimoiy kontekstlarni anglash, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas‘uliyat hissini shakllantirishning rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, shuningdek, talabalarning samarali va ongli qarorlar qabul qilishi uchun ijtimoiy anglash va refleksiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening dasturlari hamda uslubiy yondashuvlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA SPORT MAKTABI O‘QUVCHILARINI JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZIMI (FUTBOL SPORT TURI MISOLIDA)

    Xolmatov Nizomjon Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarligining tabaqalashtirilgan metodika samaradorligini aniqlash uchun jami tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi. Olib borilgan pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi yosh futbolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ETIKET VA KASBIY ETIKETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

    Umarova Feruzabonu Bobir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan o‘rni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat ko‘rsatkichi, balki ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol o‘yinlari, kommunikativ mashg‘ulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    15-YOSHLI PARADZYUDONING KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI DINAMIKASI (PEDAGOGIK TAJRIBA) KO‘RSATKICHLARI ANIQLASH

    To‘ychiyev Tohirjon Sahodillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada Paradzyudo kurashchilarni yuklamalarini rejalashtirish ishlab chiqilgan xamda ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, mavzuni dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    O‘QUV MASHG‘ULOT GURUHIDAGI FUTBOLCHILARNING YILLIK MASHG‘ULOTLARINI TUZILISHI VA MAZMUNI BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI

    Shokirjonov Kudratjon Shuxrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yosh futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishishida ularning jismoniy tayyorgarligi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy va amaliy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarning yillik rejalashtirilishi va ularning mazmuniy yo‘naltirilishi futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va funktsional tayyorgarligiga to‘liq mos kelishi lozim.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA INNOVATSION-MOTIVATSION YONDASHUVLARNI JORIY ETISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURATI

    Parmonov Akmal Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Bugungi kunda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni o‘qitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma‘noda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamon talabalari asosida o‘qitish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TALABALAR SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TAKOMILLASHTIRISH VA JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAKLIF ETILAYOTGAN JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA NOAN‘ANAVIY USULLARNI ILMIY ASOSLASH

    Mirzayev Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Talabalar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan‘anaviy usullarni ilmiy asoslash  o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari  shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI AMALIY MASHG‘ULOTLARDA TASHKIL QILISH JARAYONI VA O‘QITUVCHI FAOLIYATINING AHAMIYATI

    Mamadaliyeva E‘tibor Shuhratovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarda tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi faoliyatining ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga yordam beradi, shuningdek, talabalarning faol ishtirokini ta‘minlaydi. O‘qituvchilar esa, ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish va ularni motivatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    DRUG ADDICTION AS A FORM OF DEVIANT BEHAVIOR

    Kholova Mohikul Shavkatovna, Kadirova Mahira Mirzaboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada giyohvandlikning ijtimoiy hayotga salbiy ta‘siri, uni deviant xulq-atvor shakli sifatida o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Giyohvandlikning kelib chiqish sabablari, uning yoshlar ongiga salbiy ta‘siri hamda uning oldini olishda ta‘lim va oilaning o‘rni tahlil qilingan. Muammoning zamonaviy psixologik-pedagogik yechimlari ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YOSH FUTBOLCHILARNING TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISHNING USLUBLARI

    Karabaev Shuxrat Shakirjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tezisda yosh futbolchilarning jismoniy sifatlaridan tezkorligini tarbiyalash mashg‘ulotlarining muhim jihatlari yoritilib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YOSH FUTBOLCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISHNING TEST TAYYORGARLIK BOSQICHI.

    Karabaev Shuxrat Shakirjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada sportchilarni o‘quv mashg‘ulotlarida foydalaniladigan testlar majmuasi, ularnini qo‘llanilishi va zamonaviy testlarning samaradorligi atroflicha o‘rganilgan. O‘smir futbolchilarning, bolalar va yoshlarning jismoniy tayorgarligini baholash usullarining o‘ta turli-tumanligini inobatga olgan holda “yevrofit” testini afzalliklari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    NAZORAT VA TAJRIBA GURUHLARI TALABALARNING PEDAGOGIK TADQIQOT BOSHIDAGI JISMONIY RIVOJLANISHI VA JISMONIY TAYYORGARLIGI BO‘YICHA KO‘RSATKICHLARI

    Isabekov Shuhratjon Muhammadjonvich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada nazorat va tajriba guruhlari talabalarning pedagogik tadqiqot boshidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari va usul o‘ziga xos xussiyatlari maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlili o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari  shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    OTM HAMDA UMUMTA‘LIM MAKTABLARINING O‘ZARO HAMKORLIGIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH

    Inomova Dilrabo Komilovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mamlakatimizda ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash, ta‘lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, ta‘lim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumta‘lim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    BELBOG‘LI KURASHCHILARNI STATIK VA AYLANMA-DINAMIK KUCHLANISH HOLATLARIDA MUVOZANAT SAQLASH VA UNING PULSOMETRIK QIYMATI

    Gaziev Nuritdin Ruxiddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada. belbog‘li kurashchilarni statik va aylanma-dinamik kuchlanish holatlarida muvozanat saqlash va uning pulsometrik qiymatl aniqlash va diagnostika qilish uchun pedagogik testlash metodlaridan foydalandik.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    WAYS TO DEVELOP CREATIVE THINKING IN GEOGRAPHY EDUCATION

    Feruza Asrorovna Khamroyeva, Zarina Sulaymonovna Sunnatillayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammolarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish qobiliyatini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Olti fikrlash qalpog‘i” metodi, shuningdek ushbu metodni geografiya darslarida qo‘llash samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada metodning ta‘lim jarayoniga joriy etilish jihatlari, uning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya