Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI AMALIY MASHG‘ULOTLARDA TASHKIL QILISH JARAYONI VA O‘QITUVCHI FAOLIYATINING AHAMIYATI

Mamadaliyeva E‘tibor ShuhratovnaToshkent tibbiyot akademiyasi, Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 147–151

Annotatsiya

Ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarda tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi faoliyatining ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga yordam beradi, shuningdek, talabalarning faol ishtirokini ta‘minlaydi. O‘qituvchilar esa, ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish va ularni motivatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Boshqa tillarda

ruschaПРОЦЕСС ОРГАНИЗАЦИИ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ НА ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЯХ И ЗНАЧЕНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ

В данной статье рассматривается процесс организации современных педагогических технологий на практических занятиях и значимость деятельности учителя. Современные педагогические технологии делают образовательный процесс более эффективным и интерактивным, обеспечивая активное участие студентов. Учителя играют ключевую роль в управлении учебным процессом и мотивации студентов, правильно применяя эти технологии.

inglizchaTHE PROCESS OF ORGANIZING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRACTICAL CLASSES AND THE SIGNIFICANCE OF THE TEACHER‘S ACTIVITY

This article studies the process of organising modern pedagogical technologies in practical classes and the importance of the teacher‘s activity. Modern pedagogical technologies help to make the educational process more effective and interactive and also ensure the active participation of students. Teachers, for their part, play an important role in managing students‘ process of acquiring knowledge and in motivating them through the correct application of these technologies.

Kalit so‘zlar

  • zamonaviy pedagogik texnologiyalar
  • o‘qituvchi faoliyati
  • amaliy mashg‘ulotlar
  • integratsiya usullari
  • o‘zaro aloqa
  • ta‘lim sifati
  • pedagogik innovatsiyalar
  • o‘quvchi muvaffaqiyati

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI AMALIY MASHG‘ULOTLARDA TASHKIL QILISH JARAYONI VA O‘QITUVCHI FAOLIYATINING AHAMIYATI Mamadaliyeva E’tibor Shuhratovna Toshkent tibbiyot akademiyasi, Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi E-mail: etibormamadaliyeva6@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15271965 Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarda tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi faoliyatining ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga yordam beradi, shuningdek, talabalarning faol ishtirokini ta'minlaydi. O‘qituvchilar esa, ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish va ularni motivatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchi faoliyati, amaliy mashg‘ulotlar, integratsiya usullari, o‘zaro aloqa, ta'lim sifati, pedagogik innovatsiyalar, o‘quvchi muvaffaqiyati

THE PROCESS OF ORGANIZING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRACTICAL CLASSES AND THE IMPORTANCE OF TEACHER ACTIVITY Abstract: This article explores the process of organizing modern pedagogical technologies in practical classes and the importance of teacher activities. Modern pedagogical technologies enhance the educational process, making it more effective and interactive, while ensuring students' active participation. Teachers play a crucial role in managing the learning process and motivating students by properly applying these technologies. Keywords: modern pedagogical technologies, teacher activities, practical classes, integration methods, interaction, education quality, pedagogical innovations, student success

ПРОЦЕСС ОРГАНИЗАЦИИ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ НА ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЯХ И ЗНАЧЕНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ Аннотация: В данной статье рассматривается процесс организации современных педагогических технологий на практических занятиях и значимость деятельности учителя. Современные педагогические технологии делают образовательный процесс более эффективным и интерактивным, обеспечивая активное участие студентов. Учителя играют ключевую роль в управлении учебным процессом и мотивации студентов, правильно применяя эти технологии. Ключевые слова: современные педагогические технологии, деятельность учителя, практические занятия, методы интеграции, взаимодействие, качество образования, педагогические инновации, успех студентов

KIRISH Shu bugungi kungacha anʼanaviy taʼlimda yoshlarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatib kelinganligi maʼlum. Bunday usul yoshlarda mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus koʻrsatish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta imkon bermasligi aniq. Endilikda fan,

texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida oʻquv-tarbiya jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, taʼlimning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar egallanayotgan bilimlarni yoshlar tomonidan oʻzlari qidirib topishlari, mustaqil oʻrganib, ularni tahlil qilishlari, oʻz bilimlarini baholashlari, toʻgʻri xulosalar chiqarishga qaratilgan. ASOSIY QISM Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab safdoshlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlash va harakat qilishlariga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʻquv-tarbiya jarayonida barcha talaba markaziy ishtirokchiga aylanadi. Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri joriy etilishi talabalarining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi (6). Har qanday pedagogik texnologiyaning oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllanilishi shaxs tabiatidan kelib chiqqan holda shaxsiy tarkibni kim tarbiyalayotganligi hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari kimni tarbiyalayotganiga bogʻliq. Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar talabaning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir oʻzgartirish demakdir(8). Interfaol (“Inter” - bu oʻzaro, “ast” - harakat qilmoq) - oʻzaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda boʻlish)ni anglatadi. Interfaol taʼlim, interfaol uslublar muntazam muloqotga asoslangan uslublar tizimi boʻlib, yoshlarning hamkorlikdagi va faol ishtirokidagi taʼlim va uslublar tizimi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, oʻqitishning interfaol uslublari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli boʻlib, unda taʼlim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan boʻladilar, ular biladigan va oʻylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu uslublarning oʻziga xosligi shundaki, ular faqat tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar talabalarning birgalikda faoliyat koʻrsatishi orqali amalga oshiriladi(10). Oʻquv jarayonidagi pedagogik texnologiya — bu aniq, ketma-ketlikdagi yaxlit pedagogik jarayon boʻlib, yoshlarning ehtiyojidan va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan puxta loyhalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishilishi uchun hamkorlikdagi faoliyat, qoʻyilgan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, yaʼni texnologiyaga bogʻliq(5). Texnologiya - ishlab chiqarish jarayoni, pedagogik texnologiya esa - yaxlit pedagogik jarayondir. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari: loyihalashtirish, amalga oshirish, kafolatli natija. Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati - kafolatlangan natijaga yoʻnalganligi. Har bir texnologiya, shu jumladan, pedagogik texnologiya ham oʻzining mezonlariga ega: konseptuallik, tizimlilik, samaradorlik, boshqaruvchanlik, qayta tiklanuvchanlik. Pedagogik texnologiyani oʻquv jarayonida umumpedagogik, xususiymetodik, modulli yoʻnalishlarda qoʻllash darajalari aniqlangan(4). Har qanday texnologiya biron bir gʻoyani, ilmiy fikr yoki nazariyani hayotga tatbiq etib, uni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan. Ishlash jarayonida maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlanishi ishlarni olib borayotganlar ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan boʻlib, bunda ishlatiladigan texnologiya shaxsiy tarkibning bilim saviyasi, guruh tabiati, va sharoitga qarab tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material,

chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak boʻlar. Bularning hammasi ushbu ishlarni tashkil etuvchi pedagogga bogʻliq. Shu bilan birga mazkur jarayonni oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda tashkillashtiruvchi oʻquv predmetining oʻziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini, shuningdek, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina zarur kafolatlangan natijaga erishish mumkin(2). Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida oʻqituvchi (pedagog)ning oʻquvchi-talabalar bilan muloqoti. Muloqotning vazifalari: - shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; - muloqotdan olinadigan tasavvurlar;

- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; - pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi; - ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi. - “pedagogik talab” tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari; - xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon boʻlishi; - oʻquvchi-talabaga boʻlgan hurmat va talab; - pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. - xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; - baho berish usullarini tanlash, oʻqituvchi(pedagog)ning oʻz imkoniyatini tahlil etishi va taʼsir samaradorligini oshirishi); -pedagogik baholash texnologiyasi. 3. Axborotning taʼsir koʻrsatish texnologiyasi. - nutqiy-axborot berish, “ratsional axborot berish” tushunchalari, demonstratsion va koʻrgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; - nutqiy taʼsir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, koʻrgazmalar va obrazlar; - nutqiy taʼsir etish texnologiyasi; - demonstratsion va koʻrgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar; - qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. 4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi. - pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, boʻsh va mazmunli konflikt; - holat tahlili (voqeani aniqlash); - konflikt; - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); - konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qoʻshimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.

3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. Oʻquvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon oʻquvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim oʻz nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda taʼrif bergan. Hali bu tushunchaga toʻliq va yagona taʼrif qabul qilinmagan. Ushbu taʼriflar ichida eng maqsadga muvofigʻi YUNESKO tomonidan berilgan taʼrif sanaladi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalarni amaliy mashgʻulotlar asosida qoʻllanilishi: Axborot texnologiyalarining qoʻllanilishi inson fiziologiyasiga asoslangan boʻlib, G. Mayer fikriga muvofiq, 72 soatdan (uch sutkadan) oʻtganda, maʼlumotni eshitish orqali qabul qilingandan soʻng tinglovchi xotirasida 10%, koʻrish orqali (koʻrganda) 20%, koʻrish va eshitish orqali (koʻrganda va eshitganda) 50%, koʻrib, eshitish orqali qabul qilish va munozarada 70%, koʻrish, eshitish, munozara va amaliy imkoniyatlarni qoʻllanilganda 90% axborot qoladi. Bundan tashqari, amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarda fanga qiziqishni orttirib, taʼlim-tarbiya sifatini oshiradi, yoshlarni har tomonlama, umumiy rivojlanishiga koʻmak berib, oʻqituvchining vaqtini tejaydi. Aniqrogʻi taʼlim jarayonida axborot texnologiyalari (interfaol uyinlar, innovatsion texnologiyalar) qoʻllashning ustivor jihatlari qoʻyidagilardan iborat: 1. Eng qulay va sodda usul. 2. Koʻp tarmoqli. 4. Esda qolishi kuchli. 5. Bilim boyligini oshiradi. 6. Vaqtdan yutiladi. 7. Qiziqarli oʻtadi. 8. Darsning samaradorligini oshiradi. 9. Talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi. 10. Tafakkurni rivojlantiradi. 11. Oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini tortadi. 12. Har bir oʻquvchi bilan individual munosabat paydo boʻladi. 13. Xotirani kuchaytiradi. 14. Oʻquvchilarni oʻz ustida ishlashga daʼvat etadi. 15. Oʻz shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga oʻrgatadi(9). Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchi oʻqitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi gʻoyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Oʻqituvchi tomonidan tibbiy bilimlarni taʼlim texnologiyalarini bir necha turi bilan berilishi talabalar tomonidan mashgʻulotlarni samarali oʻzlashtirishiga yordam beradi. Xozirgi kunda talabalarga bilim berishda va ularning nazariy bilimlari, amaliy koʻnikmalari va qobiliyatlarini baholashda ilgʻor taʼlim texnologiyalarini tanlash har bir kafedraning xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim. Bu oʻrinda talabalar fikrini oʻrganish va ular asosida ishchi dasturlarni takomillashrirish taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Pediatriya

yoʻnalishdagi kafedralarda anʼanaviy tarzda amaliy koʻnikmalar maʼruza va amaliy mashgʻulotlarda ogʻzaki, yozma tarzda, bemorlar kuratsiyasi, mulyaj, manekenlar vositasida va navbatchilik hisobotlari shaklida nazorat qilinadi. Ammo, hamma vaqt ham ushbu usullar tibbiyotning asosiy sohasi boʻlgan pediatriya yoʻnalishida talabalarga amaliy koʻnikmalarni oʻrgatishda va ular tomonidan bajarilishini nazorat qilishda ijobiy natija bermaydi. Bu esa mashgʻulotlar davomida talabalarning ham fikrini oʻrganish kerakligini koʻrsatadi. Tibbiy biologiya fani buyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi va yosh mutaxassislarning taxsil olish samaradorligini taʼminlovchi xamda taʼlim olayotganlarga muljallangan va ularning bu jarayonda faol ishtirokiga ega bulish maksadida interaktiv usullar oʻkitishning barcha turlarida tadbik etish rejalashtirilgan. Bu usullar oʻkish jarayonini jadallashuvini taʼminlashning muxim tarkibiy kismi xisoblanadi. XULOSA Fanni oʻkitishda ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu interfaol oʻkitish metodlarini tadbiq etish(1). Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida koʻllashga boʻlgan qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormokda, bunday boʻlishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda oʻquvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonuni, 2020-yil
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022-yildagi PQ-289-son “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.10.2020-yildagi PF-6097-son “Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”
  4. Mirziyoyev Sh.M. «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Davlat oliy taʼlim muasasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida», 16.06.2022 PQ-279- son.
  5. Alyaviya O.T., va boshq. Fiziologiya. T., 2022-y.
  6. Brin Vadim Borisovich, Mazing Yuriy Andreevich, Zaxarov Yuriy Mixaylovich, Redaktor: Tkachenko Boris Ivanovich, Izdatelstvo: GEOTAR-Media, 2018.
  7. K Sembulingam PhD va Prema Sembulingam, Essentials of Medical Physiology, Jaypee Brothers, Medical Publishers (P) Ltd, 2012-y.
  8. Lauralee Sherwood, Fundamentals of Human Physiology, 4 E., USA.
  9. Sudakov K.V., Andrianov V.V., Vagin Yu.E. Fiziologiya cheloveka. Atlas dinamicheskix sxem. 2-e izdaniye. Iz –vo: GEOTAR-Media, 2020.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012900
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1569
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
147–151
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11