Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ETIKET VA KASBIY ETIKETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Umarova Feruzabonu Bobir qiziO‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tadqiqotchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 174–178

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan o‘rni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat ko‘rsatkichi, balki ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol o‘yinlari, kommunikativ mashg‘ulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

Boshqa tillarda

ruschaТЕХНОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЭТИКЕТА И ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ЭТИКИ В ФОРМИРОВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В статье рассматривается роль этикета и профессионального этикета в процессе формирования педагогической культуры будущих учителей, а также технологии их развития. Соблюдение правил этикета считается не только показателем личной культуры, но и фактором, повышающим эффективность образовательного процесса. В статье анализируется понятие профессионального этикета, его содержание и сущность, этапы его формирования в личности педагога. Также предлагаются подходы, основанные на современных технологиях, / таких как интерактивные методы, ролевые игры, коммуникативные упражнения, для развития этикета в педагогической среде. Будущим учителям будут показаны эффективные пути повышения педагогической культуры путем развития профессионального поведения, культуры речи и этики общения.

inglizchaTHE TECHNOLOGY OF DEVELOPING ETIQUETTE AND PROFESSIONAL ETIQUETTE IN DEVELOPING THE PEDAGOGICAL CULTURE OF FUTURE TEACHERS

This article sets out the place occupied by etiquette and professional etiquette in the process of shaping the pedagogical culture of future teachers, as well as the technologies for developing them. Observance of the rules of etiquette is considered not only an indicator of personal culture but also a factor that increases the effectiveness of the educational process. The article analyses the concept of professional etiquette, its content and essence and the stages of its formation in the personality of the teacher. Approaches based on modern technologies such as interactive methods, role plays and communicative exercises are also proposed for developing etiquette in the pedagogical environment. Effective ways of raising pedagogical culture through the formation of professional conduct, speech culture and the ethics of communication in future teachers are indicated.

Kalit so‘zlar

  • Pedagogik madaniyat
  • etiket
  • kasbiy etiket
  • bo‘lajak o‘qituvchilar
  • kommunikativ kompetensiya
  • interaktiv texnologiyalar
  • nutq madaniyati
  • muloqot madaniyati
  • kasbiy tayyorgarlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ETIKET VA KASBIY ETIKETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Umarova Feruzabonu Bobir qizi Oʻzbekiston – Finlandiya pedagogika instituti tadqiqotchisi E-mail: umarovaferuzka997@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15271561 Annotatsiya: Ushbu maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan oʻrni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat koʻrsatkichi, balki taʼlim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va oʻqituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol oʻyinlari, kommunikativ mashgʻulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Boʻlajak oʻqituvchilarda kasbiy oʻzini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yoʻllari koʻrsatib oʻtiladi. Kalit soʻzlar: Pedagogik madaniyat, etiket, kasbiy etiket, boʻlajak oʻqituvchilar, kommunikativ kompetensiya, interaktiv texnologiyalar, nutq madaniyati, muloqot madaniyati, kasbiy tayyorgarlik.

TECHNOLOGY FOR DEVELOPING ETIQUETTE AND PROFESSIONAL ETIQUETTE IN THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL CULTURE OF FUTURE TEACHERS Abstract: This article discusses the role of etiquette and professional etiquette in the process of forming the pedagogical culture of future teachers, as well as the technologies for their development. Compliance with the rules of etiquette is considered not only as an indicator of personal culture, but also as a factor that increases the effectiveness of the educational process. The article analyzes the concept of professional etiquette, its content and essence, and the stages of its formation in the teacher. Also, approaches based on modern technologies, such as interactive methods, role-playing games, communicative exercises, are proposed for the development of etiquette in the pedagogical environment. Effective ways of improving pedagogical culture by forming professional behavior, speech culture, and communication ethics in future teachers are shown. Keywords: Pedagogical culture, etiquette, professional etiquette, future teachers, communicative competence, interactive technologies, speech culture, communication culture, professional training.

ТЕХНОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЭТИКЕТА И ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ЭТИКИ В ФОРМИРОВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ Аннотация: В статье рассматривается роль этикета и профессионального этикета в процессе формирования педагогической культуры будущих учителей, а также технологии их развития. Соблюдение правил этикета считается не только показателем личной культуры, но и фактором, повышающим эффективность образовательного процесса. В статье анализируется понятие профессионального этикета, его содержание и сущность, этапы его формирования в личности педагога. Также предлагаются подходы, основанные на современных технологиях,

таких как интерактивные методы, ролевые игры, коммуникативные упражнения, для развития этикета в педагогической среде. Будущим учителям будут показаны эффективные пути повышения педагогической культуры путем развития профессионального поведения, культуры речи и этики общения. Ключевые слова: Педагогическая культура, этикет, профессиональный этикет, будущие учителя, коммуникативная компетентность, интерактивные технологии, культура речи, культура общения, профессиональная подготовка.

KIRISH Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari axloqiy meʼyorlar deyiladi. Bugungi kunda jamiyatdagi axloqiy meʼyorlar uzoq vaqt davomida odamlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning ijobiy natijasi hisoblanadi. Bu qoidalarga itoat qilish davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabat qilish garovi boʻlib xizmat qiladi, chunki bir-birini hurmat qilmasdan va boshqa davlatlarga nisbatan oʻzini tutish chegaralarini saqlamasdan birga tinch-totuv yashash mumkin emas. Bundan tashqari etiket qoidalariga rioya qilish bozor iqtisodiyoti davrida turli dinlarga itoat qiladigan har xil millat vakillarining, jamiyatimizda paydo boʻlgan turli tabaqali guruhlarning va har xil dunyoqarashdagi kishilarning tinch-totuv yashash garovi boʻlib xizmat qiladi. Etiket qoidalariga nafaqat davlatlar, jamiyatning har bir aʼzosi va kasb guruhlari aʼzolari tomonidan ham rioya qilishlari lozim. Oʻzini madaniyatli hisoblaydigan har bir kishi etiket qoidalarining asosiylarini nafaqat bilishlari, ularga itoat qilishlari ham kerak, chunki muomala qilishda oʻzini tuta bilish va toʻgʻri xatti-harakat qilish aloqa qilishni osonlashtiradi, bir-birlarini tezroq tushunish uchun imkoniyat yaratadi, barqaror aloqa oʻrnatish garovi boʻlib hisoblanadi. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, madaniyatli va tarbiya koʻrgan har bir odam hech qachon jamiyatda oʻrnatilgan tartibni oʻzining soʻzi va yurish-turishlari va xatti- harakati bilan buzmaydi, boshqalarni xafa qilmaydi va ularning shoniga tegmaydi. ASOSIY QISM Madaniyatli kishi nafaqat rasmiy marosimlarda, uyda ham etiket qoidalariga itoat qiladi. Afsuski, etiket qoidalariga uyda itoat qilmaydigan odamlar koʻp uchrab turadi: ular odamlar bilan boshqa, uyda esa umuman boshqa munosabatda boʻlishadi, masalan, boshqa odamlar, doʻstlari va qoʻl ostidagilar bilan xushmuomalali, uyda esa qoʻpol va odobsiz munosabatda boʻladi. Ularning bunday ikki yuzlama yurish-turishlari va oʻzini tutishlari faqat madaniyatsizligidan darak beradi. Hozirgi zamon etiketi odamlarning turmushda (uyda), xizmatda, jamoat joylarida, koʻchada, mehmonchilikda va rasmiy tadbirlarda oʻzini tutish va harakat qilish qoidalarini belgilaydi. Shuning uchun ham etiket barcha xalqlarning asrlar davomida yaxshilik, odillik va odamgarchilik toʻgʻrisidagi tasavvurlari boʻlib, umuminsoniy madaniyatning eng yirik va muhim qismi hisoblanadi. Kasbiy etiket- bu kasbi boʻyicha birlashgan guruhlar aʼzolarining bir-birlariga nisbatan, rahbar xodimlar va ularga boʻysunadigan kishilar oʻrtasidagi hamda oʻz kasbiy burchiga nisbatan oʻzini tutish va xatti-harakat qilish qoidalarini oʻz ichida oladi. Koʻrsatilganlardan tashqari kasbiy etiket qoidalari, kasbiy ish kiyimlariga, oʻzlarining tashqi koʻrinishlariga va soʻzlashishlariga qoʻyiladigan estetik talablarni ham oʻz ichiga oladi. Odatda Fransiya va Angliyani etiketning klassik mamlakatlari deyishadi. Lekin bu etiket qoidalari ilk bor Fransiya va Angliyada vujudga kelgan degan soʻz emas. Agar etiket toʻgʻrisidagi maʼlumotlar paydo boʻlish tarixi asrlarga mansubligi hisobga olinsa, ularni etiket makoni deb aytib boʻlmaydi, chunki etiket faqat maʼnaviy yuksak jamiyatda vujudga kelishi mumkin. Mamlakatlarning rivojlanish tarixidan maʼlumki, Angliya shu davrlarda mustamlakachilik urushlarini olib borgan, bir

urushni tamom qilgandan darrov ikkinchi urushga kirishgan. U XVI asrning oʻrtalarigacha varvarlar (vahshiylar) mamlakati sifatida tanilgan. Fransiya esa Angliya qaramida boʻlgan va nodonlar mamlakati hisoblangan, chunki fransuzlar harbiy xizmatdan boshqa hech narsani tan olishmagan, ilmni hurmat qilishmagan, olimlarni esa eʼtiborga loyiq boʻlmagan odamlar deb hisoblashgan. Demak, deyarli ikki yarim asr davomida ikkala mamlakatda ham qoʻpollik, unga sajda qilish va behurmatlik hukmronlik qilgan. Albatta bunday mamlakatlarda etiket toʻgʻrisida gap boʻlishi ham mumkin emas. Oʻsha zamondagi Germaniyada murosasiz va shafqatsiz Gessitlar urushlari avjiga chiqqan vaqt edi. Oʻsha asrlardagi Yevropa mamlakatlari ichida urushlardan faqat Italiya istisno boʻlgan.[] Italiyaliklarning feodal urf-odatidan Yevropa mamlakatlari ichida yangi zamon ruhiga oʻtishi XIV asrdan boshlandi va Italiya jamiyati maʼnaviy qiyofasining yaxshi tomonga oʻzgarishiga olib keldi. Agar XV asrdagi Italiyani boshqa Yevropa mamlakatlari bilan solishtirilib qaralsa, unda jamiyatning bilimlik darajasining yuqoriligi, maʼnaviy va moddiy boyligi va hayotning farovonligi koʻzga tashlanadi. Demak, Yevropa mamlakatlari ichida birinchi boʻlib Italiyada madaniyatli jamiyat shakllanib boshlangan. Shuning uchun ham Italiya birinchi etiket makoni deb hisoblanishiga haqli.[] Albatta, endi dunyoga kelgan yosh goʻdakning hech narsadan xabari boʻlmaydi. U jamiyatda oʻzini tutish va yurish-turish qoidalarini oʻzining ulgʻayishi va yashashi davrida oʻzlashtiradi. Maʼlumki, bu oʻta koʻp vaqtni talab qiladi. Shuning uchun ham ulgʻayayotgan jamiyat aʼzolariga etiket qoidalarini oson yoʻl va qisqa vaqt ichida еtkazish maqsadida ularni umumlashtirish boʻyicha urinishlar azaldan boshlangan. Masalan, etiket boʻyicha birinchi kitob eramizdan oldin Yegiptda 2350 yillarda yozilgan boʻlib, «Oʻzini tutish boʻyicha yoʻriqnoma» deb nomlangan. Oʻrta asrlarda eng mashhur boʻlgan etiket boʻyicha kitob «Klerikalis intizomi» nomi bilan Ispan ruhoniysi Pedro Alfanso tomonidan yozilib, 1204 yilda nashr qilingan. U dindorlar va monarxlar uchun moʻljallangan boʻlib, unda asosan oʻzini tutish qoidalari hamda suhbat olib borish va mehmonlarni kutib olish tartibi oʻzining ifodasini topgan. Kitobning mashhurligi shundan iboratki, keyinchalik uning asosida Angliya, Gollandiya, Fransiya va oʻsha vaqtdagi Italiya va Germaniyaga qarashli hududlarda etiket boʻyicha qoʻllanmalar nashr qilingan. Rossiyada birinchi boʻlib, etiket boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari nashr qilindi. Petr birinchi tomonidan tashkil qilingan aristokratlar (oqsuyaklar) maktabi tinglovchilari uchun yozilgan «Yoshlar koʻzgusi yoki turmush muomalalari boʻyicha koʻrsatma» («Yunosti chestnoye zersalo ili pokazaniya po jiteyskomu obxojdeniyu») Rossiyada mashhur etiket boʻyicha kitoblardan biri boʻlgan. Bu kitob XVIII asrda bir necha marta qayta nashr qilingan, unda asosan jamiyatda muomala qilish, ovqatlanish stoli atrofida oʻzini tutish, pichoq va panshaxalardan foydalanish, tanishlar bilan uchrashganda qancha masofada bosh kiyimini olish va egilib salom berishda tananing qanday holatda boʻlish qoidalariga eʼtibor berilgan. Shu еrda shuni taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, aristokratik gʻarbiy Yevropada saroy etiket qoidalarining qatʼiyligi baʼzan kulgili va bir vaqtning oʻzida yigʻlatib — kuldiradigan tragekomik vaziyatlarning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan. Masalan,etiketga rioya qilish tarixida shunday bir voqea sodir boʻlgan: Fransiya qiroli Lyudovik XIII mamlakat ruhoniysi (kardinal) Rishalye yoniga ish yuzasidan gaplashish uchun kirgan. Kardinal oʻrnidan turolmaydigan holatda kasal boʻlib yotgan boʻladi. Shunda qirol Lyudovik XIII ruhoniyning yonida yotib muloqot qiladi, chunki oʻsha vaqtdagi etiket qoidalariga koʻra yotgan fuqarolari bilan qirol oʻtirib yoki oyogʻida tik turib gaplashishga haqi boʻlmagan.[] Oʻrta asrlar etiket qoidalari birinchi navbatda cherkovlarda, keyinroq esa Fransiya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarining qirollari saroylarida oʻrnatilgan. Shuning uchun ham boʻlsa

kerakki, Fransiya va Angliyani etiketning klassik mamlakatlari deb atashadi. Bundan koʻrinib turibdiki,etiket qoidalari avvallar din xodimlariga va aristokratlarga nisbatan umumlashtirilgan. Aristokratlar etiket qoidalari, bundan oldin koʻrsatilganidek, asta sekinlik bilan okean orqasidagi mamlakatlarga, masalan, oʻsha zamondagi Amerikaga, tarqalib boshlagan. Amerika qoʻshma shtatlarining boʻlajak birinchi prezidenti Jorj Vashington hali 14 yoshidayoq «Yaxshi xulq qoidalari» nomli kitob yozgan va unda 110ta etiket qoidalari oʻz ifodasini topgan. Ularning ichida hatto «Stol atrofida oʻtirganingda qoʻshilma», «Panshaxa bilan tishingni kavlama», «Odamlar oldida burgalarni oʻldirma» kabi maslahatlar ham keltirilgan boʻlgan. Etiket qoidalarining jamiyatdagi, millatlar va mamlakatlararo munosabatlardagi ahamiyati hisobga olingan holda qator Yevropa mamlakatlarida etiket maktablari, Amerika qoʻshma shtatlarida esa hatto etiket instituti, tashkil qilingan. Angliyalik yozuvchilar oʻzlarining asarlarida etiket masalalariga ham katta eʼtibor berishgan. Hammaga maʼlumki, amalda hatto bir kishining xulq-atvoriga qarab uning mamlakati va xalqining madaniyati toʻgʻrisida xulosa chiqarishadi. Shu sababdan ham oxirgi yillarda qator mamlakatlarda etiket boʻyicha nasihatlar nashr etilib, ularga itoat qilish sayyohlardan talab qilinadi. Masalan,sayyohlik boʻyicha Yevropa bosh boshqarmasi chet ellarga sayohatga boruvchilar uchun 9 banddan iborat etiket qoidalarini ishlab chiqqan. Uning birinchi bandidayoq shunday deyilgan: «Eslaringizdan chiqarmangizlar, siz oʻz mamlakatingizda millionlab vatandoshlaringiz ichida faqat bitta oddiy fuqaro, shu vaqtda siz chet elda « ispansiz» yoki «fransuzsiz». Sizning mamlakatingiz toʻgʻrisidagi fikr sizning xatti – harakatingiz bilan bogʻliq.» Oxirgi vaqtlarda etiket boʻyicha kitoblar avval sobiq ittifoq tarkibiga kirgan hozirgi MDH mamlakatlarida ham nashr etilgan. Oʻzbekistonda hozirgi zamon va sharqona etiket qoidalarini oʻz ichiga olgan asosiy kitob Ruben Safarov muallifligida 1993 yilda «Pravila xoroshego tona» (Yaxshi muomala qoidalari) nomi bilan nashr etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 1 fevralda tasdiqlangan `Pedagogik maqom” toʻgʻrisidagi qonuni, 8-moddasida Pedagogik etika qoidalari koʻrsatib oʻtilgan.Ular qoʻyidagilar Pedagog oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda: Pedagogik etika qoidalari pedagog oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi chogʻida amal qilishi lozim boʻlgan qoidalar majmuidan iboratdir. Pedagogik etika qoidalari taʼlim tashkilotlari uchun tegishli qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Pedagogik etika qoidalarini bilish va ularga amal qilish pedagogning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishining sifat koʻrsatkichlarini hamda pedagogning mehnat intizomini belgilaydigan mezondir. Pedagogik etika qoidalarining pedagog tomonidan buzilishi uni mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasalarida quyidagi etika qoidalariga amal qilishlari lozim: – pedagog-xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari; – oʻzaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari; – turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik; – pedagog-xodimlar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va darsga oʻz vaqtida kelishlari;

– pedagog-xodimlar ish vaqtida kasb madaniyati hamda taʼlim muassasalarining Ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari; – kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi; kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi. Boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishda kasbiy etiket muhim ahamiyatga ega. Pedagogning kasbiy etikasi quyidagi kategoriyalardan iborat Pedagogik deontologiya Pedagogning kasbiy axloq-odob qoidalariga rioya qilish Pedagogning obroʻorttira olish qoidalari; Pedagogik nutq madaniyati XULOSA Xulosa qilib aytganda pedagogik faoliyatda etiket va kasbiy etiketga amal qilish — o‘qituvchining nafaqat tashqi madaniy ko‘rinishi, balki ichki kasbiy saviyasi va axloqiy tamoyillarining ifodasidir. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ushbu jihatlarni shakllantirish ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va ta’lim-tarbiyaviy samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ta’kidlanganidek, pedagogik madaniyatni rivojlantirishda kommunikativ kompetensiya, nutq madaniyati, muloqot etikasiga doir mashg‘ulotlar va interaktiv metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kasbiy etiketga rioya qilgan holda faoliyat yurituvchi o‘qituvchi o‘quvchilar uchun na’munaviy shaxs sifatida qaraladi va ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonida etiket va kasbiy etiketni rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni joriy qilish dolzarb vazifalardan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi Qonuni – T.: 2024-yil 1- fevral http://lex.uz//docs/-6786401 2. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdаgi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot dаvridа ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish сhora-tadbirlari to‘g‘risidа”gi PF-6108-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/5085999 3. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardаgi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangаn Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidа PF-60-sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5841063 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi824-sonliQarori. 5. Mirziyoev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 104 b. 6. Abdulla Sher. Estetika (nafosat falsafasi)/-T: O‘zbekiston, 2013. - 246b. 7. Абдуллаева Ш.А. Педагогика. Дарслик. – Т.: Фан ва технологиялар нашриёти, 2016 йил. – 378 б. 8. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б. 9. Азизходжаева Н.Н. Ўқитувчи мутахассислигига тайёрлаш технологияси. – Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2000. – 52 б. 10. Baxtiyorov O. “Pedagogik madaniyatning nazariy asoslari”. Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2018.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi Qonuni – T.: 2024-yil 1-fevral http://lex.uz//docs/-6786401
  2. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdаgi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot dаvridа ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish сhora-tadbirlari to‘g‘risidа”gi PF-6108-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/5085999
  3. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardаgi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangаn Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidа PF-60-sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5841063
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi824-sonliQarori.
  5. Mirziyoev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 104 b.
  6. Abdulla Sher. Estetika (nafosat falsafasi)/-T: O‘zbekiston, 2013. - 246b.
  7. Абдуллаева Ш.А. Педагогика. Дарслик. – Т.: Фан ва технологиялар нашриёти, 2016 йил. – 378 б.
  8. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б.
  9. Азизходжаева Н.Н. Ўқитувчи мутахассислигига тайёрлаш технологияси. – Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2000. – 52 б.
  10. Baxtiyorov O. “Pedagogik madaniyatning nazariy asoslari”. Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2018.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012905
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1574
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
174–178
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11