OTM HAMDA UMUMTA‘LIM MAKTABLARINING O‘ZARO HAMKORLIGIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH
Inomova Dilrabo KomilovnaXalqaro Nordik universiteti, 2-bosqich magistranti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 122–126
Annotatsiya
Mamlakatimizda ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash, ta‘lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, ta‘lim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumta‘lim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНАЯ ОРГАНИЗАЦИЯ ИНТЕГРИРОВАННЫХ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ УРОКОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ПРИ СОТРУДНИЧЕСТВЕ ВУЗОВ И ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ
В нашей стране осуществлены реформы, направленные на обеспечение эффективной интеграции образования, науки и производства, формирование содержания образования в соответствии с технико-технологическими и производственными связями предприятий и учреждений, а также перспективами развития. В настоящее время интеграция микрокосма в макрокосм имеет большое значение в экономической, производственной и социальной сферах жизни общества, включая образование, а посредством практического применения ее развивающих функций могут быть решены важные научные проблемы. В статье освещаются вопросы эффективной организации межпредметных интегрированных уроков в начальных классах во взаимодействии вузов и общеобразовательных школ.
inglizchaEFFECTIVE ORGANIZATION OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATED LESSONS IN PRIMARY GRADES THROUGH COOPERATION BETWEEN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS AND GENERAL EDUCATION SCHOOLS
Reforms have been carried out in our country to ensure the effective integration of education, science and production and to shape the content of education directly in accordance with the equipment, technology and production relations at enterprises and institutions and with prospective development. Today, integration from the microcosm to the macrocosm is of great importance in the economic, production and social spheres of society, including in the sphere of education, and important scientific problems can be solved through the practical application of its developmental functions. The article sets out the issues of effectively organising interdisciplinary integrated lessons in the primary classes through the cooperation of higher education institutions and general secondary schools.
Kalit so‘zlar
- Maktab
- integratsiya
- tamoyil
- ilmiylik
- loyiha
- maqsad
- boshqaruv
- samaradorlik
- texnologiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OTM HAMDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING O‘ZARO HAMKORLIGIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH Inomova Dilrabo Komilovna Xalqaro Nordik universiteti, 2 bosqich magstranti https://doi.org/10.5281/zenodo.15335390 Annotatsiya: Mamlakatimizda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini taʼminlash, taʼlim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, taʼlim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Maktab, integratsiya, tamoyil, ilmiylik, loyiha, maqsad, boshqaruv, samaradorlik, texnologiya.
ЭФФЕКТИВНАЯ ОРГАНИЗАЦИЯ ИНТЕГРИРОВАННЫХ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ УРОКОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ПРИ СОТРУДНИЧЕСТВЕ ВУЗОВ И ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ Аннотация: В нашей стране осуществлены реформы, направленные на обеспечение эффективной интеграции образования, науки и производства, формирование содержания образования в соответствии с технико-технологическими и производственными связями предприятий и учреждений, а также перспективами развития. В настоящее время интеграция микрокосма в макрокосм имеет большое значение в экономической, производственной и социальной сферах жизни общества, включая образование, а посредством практического применения ее развивающих функций могут быть решены важные научные проблемы. В статье освещаются вопросы эффективной организации межпредметных интегрированных уроков в начальных классах во взаимодействии вузов и общеобразовательных школ. Ключевые слова: Школа, интеграция, принцип, наука, проект, цель, управление, эффективность, технология.
EFFECTIVE ORGANIZATION OF INTEGRATED INTERDISCIPLINARY LESSONS IN PRIMARY GRADES IN COLLABORATION OF UNIVERSITIES AND SECONDARY SCHOOLS Abstract: In our country, reforms have been implemented aimed at ensuring the effective integration of education, science and production, the formation of educational content in accordance with the technical, technological and production links of enterprises and institutions, as well as development prospects.
At present, the integration of the microcosm into the macrocosm is of great importance in the economic, industrial and social spheres of society, including education, and through the practical application of its developmental functions, important scientific problems can be solved. The article highlights the issues of effective organization of interdisciplinary integrated lessons in primary grades in cooperation between universities and secondary schools. Keywords: School, integration, principle, science, project, goal, management, efficiency, technology.
KIRISH Zamonaviy taʼlim sohasi dinamik o‘zgarishlarga duch kelib, taʼlim tizimining doimiy evolyutsiyasini belgilaydi. Yangi pedagogik modellar ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilmoqda, taʼlimning eng yangi vositalari va shakllari tatbiq etilmoqda, o‘quv jarayoniga raqamli taʼlim muhiti joriy etilmoqda. Bunday sharoitda pedagog kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish zarur hisoblanadi. Pedagogik faoliyat asosan ijodiy jarayon bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs faoliyat subyektiga aylanib, ijodkor shaxs sifatlariga ega bo‘ladi. Shuning uchun, pedagogik faoliyatni amalga oshirishni ijodiy jarayonning bir qismiga, uning subyektiga aylana oladigan o‘qituvchi amalga oshirishi kerak.
MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI Xorijiy davlatlarda o‘qitishni integrativ mazmundagi bilimlar asosida tashkil etish G.Spenser, J.Gilbert va boshqa olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan [1].
Taʼlim tizimini isloh qilish, o‘quv fanlari mazmunini boyitish, o‘qitishda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, taʼlim va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligini taʼminlash, mutaxassis kadrlarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va ularning bandligini taʼminlash masalalari soha olimlari tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Rivojlanish omili ko‘p jihatdan kadrlarning aqliy salohiyati va mehnat qobiliyati ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘lib, ular ishlab chiqarishda o‘sish surʼatlarini belgilab berayotgan bir paytda bu boradagi tadqiqotlar o‘z yo‘nalishi va tarmog‘ini kengaytirib borishi kuzatilmoqda. Mazkur mazmundagi tadqiqotlar Respublikamizda R.G.Isyanov [4], U.I.Inoyatov [5], P.T.Magzumov [6], N.A.Muslimov [8] va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, taʼlim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin.
ASOSIY QISM O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ushbu atama quyidagicha izohlangan: «integratsiya lotincha so‘z bo‘lib, integratio – tiklash, to‘ldirish, integer - butun degan maʼnolarni anglatadi. Unga quyidagicha taʼriflar berilgan, integratsiya:
1. Sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha.
2. Fanlarning mazmunan yaqinlashishi, birlashishi va o‘zaro aloqalari jarayoni differensiatsiya bilan birga kechadi.
3. Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish».
OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish sohasidagi tadqiqotlar doimo dolzarbdir. Zamonaviy dunyoda ijodiy harakatchan odamlar yetishmaydi, shaxsning o‘zini o‘zi anglash va o‘zini o‘zi rivojlantirish muammosi qurilmoqda, bu ko‘plab fanlarda o‘z aksini topmoqda.
OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etishda xarakterli tamoyillarga ega bo‘lgan pedagogik texnologiya mavjud. Ular orasida biz quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz: ilmiylik tamoyili; loyihalashtirish tamoyili; maqsadlilik tamoyili; boshqaruvchanlik tamoyili; tuzatuvchanlik tamoyili; samaradorlik tamoyili; takrorlanuvchanlik tamoyili; tejamkorlik tamoyili [7].
Bu tamoyillar o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi va shartli. Har qanday pedagogik texnologiyani amalga oshirishda ularni hisobga olish kerak. Pedagogik texnologiya uning asosini tashkil etuvchi bir qancha elementlardan iborat. Bu, birinchi navbatda, aniq mezonlar va metodikalar yordamida baholanishi mumkin bo‘lgan aniq taʼlim maqsadlarining mavjudligi; taʼlim jarayonining ishlab chiqilgan mazmuni natijasida taʼlim maqsadlariga erishiladi. Shuningdek, butun taʼlim jarayonini belgilangan maqsadlarga erishishga qaratish zarur.
OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etishning pedagogik modelini ishlab chiqishda biz tadqiqot muammosi bo‘yicha ilmiy adabiyotlarning nazariy tahliliga tayandik, shu jumladan pedagogik texnologiyalarning barcha nozik tomonlarini hisobga oldik. OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan pedagogik model taʼlim jarayonining o‘ziga xos ko‘rinishi (pedagogik mazmuni) hisoblanadi. Pedagogik modelni ishlab chiqish va qo‘llash jarayonida u to‘rt bosqichdan o‘tdi:
1. nazariy modellashtirish - tadqiqot doirasida o‘quv jarayonining tuzilishi, mazmunini belgilash; 2. fan sohasini modellashtirish - oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti, taʼlim dasturi, fanning ishchi dasturi, tadqiqot ehtiyojlariga muvofiq o‘quv materiali mazmunini mantiqiy loyihalash; 3. bir taʼlim mazmunidan boshqa taʼlim mazmuniga o‘tishni amalga oshiradigan taʼlim texnologiyalarini loyihalash; 4. pedagogik modelning tarkibiy qismlarini o‘rganishning shakllantiruvchi bosqichini amalga oshirishning haqiqiy momentiga muvofiq tuzatish.
“Pedagogik shart-sharoitlar + ish shakli + metod + usul + texnika”ning dinamik uyg‘unligi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirishining fundamental asosi bo‘ladi. Mahalliy va xorijiy adabiyotlarni keng tahlil qilish asosida pedagogik modelda belgilangan qulay pedagogik shart-sharoitlarni hayotga tatbiq etish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirishning eng yaxshi xususiyatlarini faollashtirish va amalga oshirish, taʼlim jarayonining sifatini oshirish, bashorat qilingan taʼlim natijasiga erishish mumlin bo‘ldi.
OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish mexanizmini batafsil ko‘rib chiqamiz:
1. Pedagogik sharoitlar. Pedagogik shartlar - pedagogik faoliyatning samarali rentabelligining belgilangan maqsadlariga erishishga qaratilgan tashqi sharoitlarni ratsionalizatsiya qilishni hisobga olgan holda taʼlim jarayonining konʼyunkturasidir [2].
1.1. 1-Pedagogik shart - ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun o‘quv jarayonidagi vaziyatlarni modellashtirish. 1.2. 2-Pedagogik shart - Ikkinchi pedagogik shart talabalarning tashabbuskorligi va ijodiy o‘z-o‘zini tarbiyalash imkoniyatlarini yaratishdan iborat. 1.3. 2-Pedagogik shart - uchinchi pedagogik shart OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish uchun qiymat yo‘nalishlarini shakllantirishdan iborat. 2. Ish shakli. Taʼlimni tashkil etish shakli. O‘quv mashg‘uloti o‘qituvchining ish mexanizmiga organik ravishda mos kelishi va yaxlit taʼlim jarayonini amalga oshirishning bir qismi bo‘lishi kerak. 2.1. O‘quv guruhi - bir xil o‘quv darajasiga ega, bir xil o‘qituvchilar rahbarligida, bir xil vaqtda bo‘lgan bir xil muammolarni o‘rganadigan talabalar soni. 2.2. Kichik guruhlar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan va bitta umumiy sabab bilan birlashtirilgan talabalarning kichik birlashmasi. 3-7 kishidan iborat guruh samarali hisoblanadi, lekin optimal raqam 4. Ish jarayonida o‘quvchilarning jamoada o‘zaro bir birini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi, ular qo‘yilgan muammo mavzusi bo‘yicha bilim va turli xil operatsiyalar metodlarini almashadilar. 2.3. Juftlikda o‘qitish pedagogik texnologiyaning bir turi sifatida ajralib turadi, bunda bir ishtirokchi boshqa ishtirokchi bilan o‘zaro faoliyat yuritadi. 2.4. Frontal ish - o‘qituvchining bir guruh (25-30 kishi) yoki ko‘proq guruh (2-4 guruh) talabalari bilan bir vaqtning o‘zida o‘zaro munosabatiga qaratilgan taʼlimning eng mashhur shakllaridan biri. Belgilangan ishchi dasturiga muvofiq bitta vazifa, muammo, dars mavzusi ustida ishlaydilar. Talabalarni faollashtirish uchun maʼruzalarni: munozaralar, suhbatlar, provokatsiyalar, matbuot anjumanlari, aniq vaziyatlarni tahlil qilish, maslahatlashuvlar, ikki kishilik maʼruzalar, muammoli va ko‘rgazmali maʼruzalar shaklida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 2.5. Individual ish o‘qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladi, o‘quvchi dars jarayonida maqsadli va faol ravishda yangi bilimlarni egallaydi. 2.6. Mustaqil ish - talabalar tomonidan o‘qituvchining ko‘rsatmasi va nazorati ostida, lekin uning bevosita ishtirokisiz, buning uchun maxsus ajratilgan vaqtda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar aqliy kuchini ishga solib, aqliy va jismoniy harakatlar natijasini u yoki bu shaklda (og‘zaki javob, grafik qurilish, tajribalar tavsifi, hisob-kitoblar va boshqalar) ifodalab, maqsadga erishishga ongli ravishda intiladilar [3]. 3. Asosiy metodlar - o‘qituvchi va o‘quvchilarning tartibli va o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati usullaridir. 3.1. Moderatsiya. Talabalar mustaqil ravishda yangi bilimlarni “shu yerda va hozir” formatida to‘playdilar. O‘qituvchi mustaqil ravishda axborot olish jarayonida bilim timsoli egasi va to‘liq sheriklik vazifalarini bajaradi. Qabul qilinganlarning mohiyatini aniq bilgan holda, mustaqil taʼlim jarayonini boshqaradi. 3.2. Muammoli taʼlim – o‘quvchini mustaqil ravishda yechim izlash orqali rivojlantirishdir. O‘quv maʼlumotlarining, o‘quvchining faolligi va motivatsiyasining, shu jumladan mustaqil hal qilishni talab qiladigan nomaʼlum nazariy bilimlarning dolzarbligi bilan o‘zaro bog‘liqligi va hayotiy aloqasi mavjud.
3.3. Aqliy hujum - bu muammoni tezda hal qilish uchun guruhli ijodiy fikrlash usuli. U ijodkorlikni rag‘batlantirishga asoslangan bo‘lib, unda talabalar turli xil versiyalarni taklif qilishadi. Keyinchalik, eng muvaffaqiyatli bayonotlar amalda qo‘llaniladi. 3.4. Akvarium - ko‘p qirrali tahlilni o‘zlashtirish, muammoni o‘rganishda talabalarning refleksiya maʼlumotlari kengayadi. Talabalar ikki guruhda ishlaydi: ichki guruh muammoli mavzuni muhokama qiladi, tashqi guruh ichki guruhdagi vaziyatni kuzatadi. Bu metod yordamida ichki guruh hamkorlikda o‘rganish rejimida ishlaydi, tashqi guruh esa tahlilchi va kuzatuvchi sifatida ishlaydi. 3.5. Munozara - bu aniq tuzilgan va maxsus tashkil etilgan ommaviy fikr almashish, ikki tomonning dolzarb masalalar bo‘yicha bahsidir. 3.6. Modellashtirish - bu haqiqiy pedagogik jarayon yoki hodisani aks ettiruvchi konsepsiya diagrammasini qurish. 3.7. Keys metodi - aniq javobga ega bo‘lmagan aniq holat yoki vaziyatni tahlil qilish, tavsiflash, tahlil qilishdan iborat. XULOSA Mamlakatimizda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini taʼminlash, taʼlim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada, kadrlar tayyorlash sohasida taʼlim sifati darajasini oshirish, kadrlarning ish bilan bandligini taʼminlash va kasbiy faoliyat monitoringini olib borish tizimi, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlat talablari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlari joriy etilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda mutaxassislarni tayyorlashda tarmoqlararo integratsiyalashgan hamkorlikni kengaytirish zarurati dolzarb hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Sherali S. Abduraimov Integrative Activities in Providing Quality of Training Teachers of Professional Education // «Eastern European Scientific Journal» Düsseldorf – Germany, 2017. №1, 2017, Page 179-183. (13.00.00 №1)
- Andreyev V.I. Pedagogika: uchebnыy kurs dlya tvorcheskogo samorazvitiya – Kazan: Sentr innovatsionnыx texnologiy, 2003. – 608 s.
- Ibragimov G.I. Samostoyatelnaya rabota studentov: problemы organizatsii i usloviya stimulirovaniya / G.I. Ibragimov // Alma mater (Vestnik vыsshey shkolы). - 2018. - №11. - S. 54-58.
- Isyanov R.G. va boshqalar. Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish texnologiyalari. Monografiya. –T.: Fan. 2011
- Inoyatov U.I. Teoreticheskiye i organizatsionno-metodicheskiye osnovы upravleniya kontrolya kachestva obrazovaniya v professionalnom kolledje: Diss. ... dokt. ped. nauk. – T., 2003. – 327 s.
- Magzumov P.T. Pedagogicheskiye osnovы trudovogo stanovleniya lichnosti shkolnikov: Avtoref. … dokt.ped.nauk. – T.: 1991. - 41 s.
- Makushina A. Yu. Innovatsionnыe texnologii v obrazovanii // Sovremennoye obrazovaniye (Uzbekistan). 2014. №7.
- Muslimov N.A. Mutaxassisning kasbiy shakllanishida masofaviy taʼlimdan foydalanish yo‘llari // J. Infocom.UZ. -2004. -№ 5. –B. 60-62.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012895
- Nashr sanasi
- 2025-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i4.1564
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 122–126
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11