TALABALAR SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TAKOMILLASHTIRISH VA JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAKLIF ETILAYOTGAN JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA NOAN‘ANAVIY USULLARNI ILMIY ASOSLASH
Mirzayev SaidmaxmudNamangan davlat universiteti sport faoliyati va jismoniy madaniyat kafedrasi b.f.n., dotsent2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 152–158
Annotatsiya
Talabalar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan‘anaviy usullarni ilmiy asoslash o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНАУЧНОЕ ОБОСНОВАНИЕ ПРЕДЛАГАЕМЫХ СРЕДСТВ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И НЕТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ ДЛЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ СТУДЕНТОВ И РАЗВИТИЯ ИХ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ
Широко освещены научное обоснование средств и нетрадиционных методов физического воспитания, предлагаемых для формирования здорового образа жизни учащихся и развития их физических качеств, а также педагогическая технология и ее методы в формировании показателей физического развития подростков.
inglizchaSCIENTIFIC SUBSTANTIATION OF THE PROPOSED PHYSICAL EDUCATION MEANS AND NON-TRADITIONAL METHODS FOR IMPROVING STUDENTS‘ HEALTHY LIFESTYLE AND DEVELOPING THEIR PHYSICAL QUALITIES
The scientific substantiation of the physical education means and non-traditional methods proposed for improving students‘ healthy lifestyle and developing their physical qualities, and pedagogical technology and its methods in shaping the indicators of the physical development of adolescents, are covered extensively.
Kalit so‘zlar
- mashg‘ulotlariga
- funktsional
- tayyorgarligini
- xos xussiyatlari
- maxsus
- jismoniy
- tahlili
- о‘smir
- shakllantirishda
- pedagogik texnologiya uslub
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TALABALAR SOGʻLOM TURMUSH TARZINI TAKOMILLASHTIRISH VA JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAKLIF ETILAYOTGAN JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA NOAN’ANAVIY USULLARNI ILMIY ASOSLASH Mirzayev Saidmaxmud Namangan davlat universiteti sport faoliyati va jismoniy madaniyat kafedrasi b.f.n dotsent e-mail: mirzayevS @gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15384036 Annotatsiya: Talabalar sogʻlom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan’anaviy usullarni ilmiy asoslash о‘smirlarni jismoniy rivojlanishi kо‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan. Kalit sо‘zlar: mashg‘ulotlariga, funktsional, tayyorgarligini, xos xussiyatlari, maxsus, jismoniy, tayyorgarligini, tahlili, о‘smir, shakllantirishda, pedagogik texnologiya uslub.
НАУЧНОЕ ЗАМЕНЕНИЕ СРЕДСТВ И НЕТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ, ПРЕДЛАГАЕМЫХ ДЛЯ УЛУЧШЕНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ СТУДЕНТОВ И РАЗВИТИЯ ИХ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ Мирзаев Саидмахмуд Наманганский государственный университет, кафедра спортивной деятельности и физической культуры, к.э.н., доцент. Аннотация: Широко освещены научное обоснование средств и нетрадиционных методов физического воспитания, предлагаемых для формирования здорового образа жизни учащихся и развития их физических качеств, а также педагогическая технология и ее методы в формировании показателей физического развития подростков. Ключевые слова: тренировка, функциональная, подготовка, специфические особенности, специальная, физическая, подготовка, анализ, подросток, формирование, педагогическая технология, метод
SCIENTIFIC SUBSTITUTION OF PHYSICAL EDUCATION MEANS AND NON-TRADITIONAL METHODS PROPOSED TO IMPROVE STUDENTS' HEALTHY LIFESTYLE AND DEVELOP THEIR PHYSICAL QUALITIES Mirzayev Saidmakhmud Namangan State University, Department of Sports Activity and Physical Culture, Ph.D. associate professor Abstract: The scientific substantiation of physical education tools and non-traditional methods proposed to improve students' healthy lifestyles and develop their physical qualities, as well as pedagogical technology and its methods in forming indicators of the physical development of adolescents, are widely covered. Keywords: training, functional, preparation, specific characteristics, special, physical, preparation, analysis, adolescent, formation, pedagogical technology method
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Respublikamizda soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolarning, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yoʻnalishlarni joriy etish” kontseptsiya asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan. Biroq talabalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar qilinayotgan boʻlsa-da, talabalarning jismoniy tarbiyasi boʻyicha qoʻshimcha harakatlar va aniq dasturlarni joriy etishni talab qiladigan masalalar va muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu ishning yuqori darajadagi dolzarbligini belgilaydigan asosiy ziddiyat bu jamiyatimizning salomatligi mustahkam mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoji va buning aynan oliy taʻlim muassasalar oʻquv jarayoni doirasida past darajada ekanligi sababli yangi mashgʻulot va musobaqa turlarining turli shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori, hamda shu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR: F.A.Kerimovning (2020) fikrigа аsоslаnib, sogʻlom turmush tarzining zamonaviy kontseptsiyalari ekologik jihatni ham hisobga oladi. Ular atrof-muhitga g’amxoʻrlik qilishning muhimligini va atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini tan oladilar. Bu barqaror va sogʻlom yashash odatlarini targʻib qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi [2; 79-b]. S.Mirzaevning (2024) “sogʻlom turmush tarzining zamonaviy kontseptsiyalari va ta’riflari salomatlik tushunchasining oʻzgarayotganini aks ettiradi, uning har tomonlama mohiyatini va oldini olishning muhimligini ta’kidlaydi” [5; 85-89-b]. Ushbu kontseptlar yashash sifatini yaxshilash va kasallanishni kamaytirish yoʻllarini topish uchun muhim asos boʻlib, sogʻliqni saqlash amaliyotida tadqiqot va joriy etishning muhim obʻektiga aylantiradi. T.S. To‘ychiyevning (2024) yil оlib bоrgаn tаdqiqоt nаtijаlаrigа kо‘rа, sogʻlom yashash odatlariga ta’sir etuvchi omillar - bu insonning jismoniy va ruhiy farovonligini qanday tushunishi, saqlashi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan turli xil ichki va tashqi jihatlardir. Ushbu omillarni tushunish zamonaviy jamiyatda sogʻlom yashash odatlarini targʻib qilish strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhimdir [6; 142-b]. Ishning maqsadi: Talabalar sogʻlom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan’anaviy usullarni ilmiy asoslash. NATIJA VA MUHOKAMA Eksperimental metodika sifatida tavsiya etilayotgan an’anaviy jismoniy tarbiya vositalari va noan’anaviy sogʻlomlashtiruvchi uslublar kombinatsiyasi koʻpqirrali boʻlib, ular bir–biri bilan
uzviy bogʻliqdir. “Pedagog ulardan turli holatlarda foydalanish orqali jismoniy mashgʻulotlarni samarali amalga oshirishi mumkin. Talabalarning amaliy mashgʻulotda samarali va yuqori darajada faol ishtirok etishi uchun, nazariy mashgʻulotlarda beriladigan ma’lumotlarni toʻliq oʻzlashtirish talab etiladi” (1–jadvalga qarang). Undan tashqari tadqiqot ishimizda tabata va kaydzen uslubida mashqlarni bajarishni taklif etamiz. Ushbu metodlar yordamida mashqlarni bajarishga oʻrgatish, talabalarga darslardan tashqari vaqt ham, vaqt etishmovchiligi sharoitida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishga imkon beradi. “Tavsiya etilayotgan metodlar turli jismoniy tayyorgarlikka ega talabalarning harakat amallarini nisbatan yaxshi oʻzlashtirishlariga va jismoniy faolligini optimal darajada oshirishiga koʻmaklashadi. Bunda talabalarning individual qobiliyatlari va harakat imkoniyatlari inobatga olinadi. Talabalarning tanlov fan boʻyicha nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarganligiga tayangan holda, oʻqituvchi ularning oʻzlashtirishini dastur me’yorlarini bajara olishidan kelib chiqib baholaydi. Nazariy bilimlarni baholash an’anaviy mezonlarga muvofiq amalga oshirilib, talabalarning nazariy mashgʻulotlarda olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmasi baholanadi”. Amaliy mashgʻulotlarda erishilgan jismoniy tayyorgarlik darajalari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga muvofiq va shu bilan birga “vorkaut” mashqlaridan iborat, tadqiqot davomida biz tomonimizdan ishlab chiqilgan baholash mezoni boʻyicha baholanadi.
1–jadval. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda tavsiya etiladigan vositalar va usullar va yuklamalar Jismoniy Vositalar va yuklamalar sifatlar Vositalar: 30 m, 60 m, 100 m maksimal tezlikda yugurish, 4x10 m mokkisimon yugurish, sport oʻyinlari (futbol, voleybol, basketbol). Ushbu mashqlar asosan oʻyin va musobaqa topshiriqlari koʻrinishida amalga Tezkorlik oshiriladi. qobiliyati Yuklama: 10x30 m, 6x60 m, yoki 4x100 m maksimal shiddat bilan bajariladi. Mashqlar va seriyalar oʻrtasida toʻliq tiklangunga qadar yurish yoki yugurish mashqlari koʻrinishidagi faol dam olish turlaridan, hamda nafas mashqlaridan foydalaniladi. Vositalar: Dinamik rejimda bajariladigan workout mashqlari (qoʻllarni polda bukib yozish, turnik yoki brusda tortinish, tanani burishlar, oʻtirib turish va h.k.), statik rejimda bajariladigan workout mashqlari (koʻprik Kuch qilish, bayroqcha mashqini bajarish, qoʻllarga tayangan holda tik turish, qobiliyati planka va boshqalar). Yuklama: Maksimal kuchdan 50–70% hajmda, talabaning tayyorgarlik darajasiga qarab lokal harakatlar oʻrtacha, yuqori va submaksimal shiddat bilan bajariladi. Vositalar: Dinamik rejimda bajariladi–gan workout mashqlari (arg’amchida sakrash, yuqoriga va uzunlikka joydan turib sakrash, Tezkor–kuch pliometrik mashqlar, maxsus yugurish va sakrash mashqlari va h.k.). qobiliyati Yuklama: Maksimal kuchdan 50–60% hajmda, talabaning tayyorgarlik darajasiga qarab lokal harakatlar oʻrtacha, yuqori va submaksimal shiddat bilan bajariladi
Vositalar: 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 metrga davomli–uzluksiz yugurish, kross, arg’amchida sakrash, serharakat sport va harakatli Chidamlilik oʻyinlar, statik rejimda davomli mashqlar (osilgan holda oyoqlarni toʻgʻri qobiliyati burchakda ushlash, planka va h.k.). Yuklama: Yurak qisqarish chastotasi 130–170 urish/daqiqa. Vositalar: Shpagat, koʻprik, faol, nofaol va statik choʻzilish mashqlari. Egiluvchanlik Stretching. qobiliyati Yuklama: Ogʻriqni his qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, mashqlar sekin sur’atda bajariladi, harakatlar amplitudasi asta–sekin oshirib boriladi. Talabalar faoliyatini tashkil etish usullari Frontal, guruhli, individual, aylana, uzluksiz ulab Mashqlarni oʻrgatish usullari Ogʻzaki. Suhbat, ma’ruza, tushuntirish, bahs, munozara, mashqning texnik tahlili, baholash. Koʻrgazma. Koʻrsatish, jadvallar, koʻrgazmali qurollar, video–filmlar va h.k. Mashqlarni bajarish metodlari Amaliy: Tezkorlik. Qatʻiy reglamentlashtirilgan mashqlar metodi, oʻyin metodi, musobaqa metodi, Kuch. Takroriy, maksimal yoki dinamik, izometrik zoʻriqishlar, zarbli mashq metodi. Tezkor–kuch. Takroriy, maksimal yoki dinamik zoʻriqishlar metodi. Chidamlilik qobiliyati. Uzluksiz mashqlar, takroriy, interval, aylana, bir me’yordagi mashqlar. Egiluvchanlik qobiliyati. Takroriy, oʻyin, musobaqa metodi. Noan’anaviy usullar: Kaydzen, tabata
2–jadval. Tadqiqot davomida noan’anaviy jismoniy mashgʻulotlar uchun ishlab chiqilgan va tavsiya etiladigan vorkaut mashqlari tizimi Erga tayanib qoʻllarni bukib yozish mashqlari 1. Tizzalarga 2. Klassik erga 3. Erdagi tayanchdan 4. Turli balandlikda tayangan holda tayanib qoʻllarni qoʻllarni chuqur bukib erga tayanib qoʻllarni qoʻllarni bukib yozish bukib yozish yozish bukib yozish 5. Erga tayanib 6. Erga burchak ostida 7. Qoʻllarni belga 8. Oyoqlarni balandga qoʻllarni bukib tayanib qoʻllarni yaqin chiziqda tayab, tanani bukib, yozishda bir qoʻlni bukib yozish tayangan holda bukib qoʻllarni bukib yozish erdan uzish yozish 9. Yon tomonlarga 10. Hindcha erga 11. Frantsuzcha 12. Baland siljib qoʻllarni bukib tayangan holda tayanchdan qoʻllarni tayanchdan qoʻllarni yozish qoʻllarni bukib yozish bukib yozish bukib yozish 13. Oyoqlarni 14. Bir qoʻlga 15. Erga tayanib 16. Erga tayanib balandga tayagan tayangan holda qoʻlni qoʻllarni bukib qoʻllarni bukib holda qoʻllarni bukib bukib yozish yozishni qarsak yozishda oyoqlar yozish chalish orqali bajarish orasida qarsak chalish 17. Atsteklar usulida 18. Baland tayanchga 19. Qoʻllarda tik 20. Qoʻllarda tik qoʻllarni bukib yozish teskari tayanib turgan, oyoqlar bilan turgan holda qoʻllarni qoʻllarni bukib yozish devorga tayangan bukib yozish holda qoʻllarni bukib yozish
Turnikda va qoʻshpoyalarda bajariladigan mashqlar 1. Past turnikda 2. Turnikda osilib 3. Turnikda tortilish 4. Qoʻllarni keng yoki tortilish turish tor ushlab tortilish 5. Turnikda baland 6. Ikkinchi qoʻl bilan 7. Turnikka sakrab 8. Turnikka tayanib, tortilish bilakni ushlab chiqib tayanish qoʻllarni bukib yozish turnikda tortilish 9. Turnikka qoʻllarga 10. Turnikka ikki qoʻl 11. Turnikka ikki 12. Turnikda osilgan ketma ket tayangan bilan tortilib tayanch qoʻlni tor ushlagan va tizzalarni bukgan holda chiqish holatga chiqish holda tortilib tayanch holda oyoqlarni holatga chiqish toʻgʻri burchakga koʻtarish 13. Turnikda osilgan 14. Turnikda osilgan, 15. Turnikda osilgan 16. Turnikda osilgan holda oyoqlarni oyoqlarni burchak holda, oyoqlarni holda oyoqlarni toʻgʻri burchakga holatda ushlab turnikga qadar burchak holatda koʻtarish tortilish koʻtarish ushlab tanani turli tomonga burish 17. Turnikda osilgan 18. Turnikda 19. Turnikda 20. Turnikda diagonal holda bukilgan gorizontal osilgan gorizontal holda osilishlar oyoqlarni koʻtarish, holda tortilish tortilish (Barillalar) oyoqlarni navbat bilan oldinga chiqarish 21. Turnikda osilib 22. Turnikga tortilib 23. Turnikda 24. Turnikda tortilib oldinga va orqaga toʻntarilish gorizontal osilish qoʻllarni navbat bilan osilishlar uzish 25. Turnikda vertikal 26. Turnikda tortilib 27. Bir qoʻl bilan 28. Turnikda ikki qoʻl osilish holatdan osilish holatiga tayangan holda bilan osilib, bir qoʻlga gorizontal osilish oʻtishdan avval qoʻllar ikkinchi qoʻlda tomon tortilish holatiga oʻtish bilan qarsak chalish turnikda tortilish 29. Bir qoʻl bilan 30. Turnikda sochiq 31. Turnikga teskari 32. Turnikga teskari turnikda tortilish mashqini bajarish osilgan holda gorizontal osilish gorizontal osilish holatini ushlash holatiga oʻtish (Qaldirgʻoch) 33. Oyoqlarni bukgan 34. Oyoqlar yuqorida 35. Turnikga teskari 36. Turnikda yoki yon tomonlarga teskari osilgan tayangan holatdan gorizontal tayanish ochgan holda turnikda holatdan gorizontal teskari gorizontal holatidan gorizontal teskari osilish osilish holatiga oʻtish osilish holatiga oʻtish osilish holatiga oʻtish 37. Turnikda yozuv 38. Turnikda teskari 39. Turnikda oyoqlar 40. Turnikda teskari mashinasi mashqini tayangan holatda yuqoriga koʻtarilgan osilgan holda bajarish qoʻllarni bukib yozish holda tortilish yuqoriga tortilish 41. Turnikda tortilib 42. Turnik ustida 43. Giperekstenziya 44. Teskari havoda muallaq turib tayanib tanani giperekstenzich qoʻl va oyoqlarni gorizontal holatda oldinga uzatish ushlab turish (Timsohcha)
45. Qoʻshpoyalarda 46. Qoʻshpoyalarda 47. Qoʻshpoyalarda 48. Qoʻshpoyada tayanib qoʻllarni ruscha qoʻllarni bukib osilib tortilish gorizontal osilib bukib yozish yozish tortilish Turli xil tarzda oʻtirib turish, sakrash va yugurish mashqlari 1. Oʻtirib turish 2. Devorga tayangan 3. Tayanchga 4. Oldinga qadam holda yarim oʻtirish tayangan holda qoʻygan holda yarim holatini ushlab turish oyoqlar uchiga oʻtirib turish koʻtarilish 5. Bolgarcha oʻtirib 6. Tayanchga 7. Bir oyoqda oʻtirib 8. Qisqichbaqacha bir turish tayangan holda bir turish (Pistolet) oyoqda oʻtirib turish oyoqda oʻtirib turish 9. Spartancha bir 10. Yarim oʻtirgan 11. Yarim oʻtirgan 12. Qisqa masofaga oyoqda oʻtirib turish holatdan yuqoriga holatdan quti ustiga yugurish (sprint) sakrash sakrab chiqish Bayroqcha, planka va tik turish mashqlari 1. Ustunni mahkam 2. Ustunni mahkam 3. Tizzalarni bukgan 4. Tizzalarni bukgan ushlab tizzalarni ushlagan holda holda ustunda va oyoqlarni choʻzgan bukgan holda bayroqcha bayroqcha holda ustunda bayroqcha bayroqcha 5. Ajdar bayrogʻi 6. Bayroqchada 7. Vertikal bayroqcha 8. Tizzalarni bukgan osilish, shu holatdan holda bayroqcha burilish 9. Bayroqcha 10. Skameykada yotib 11. Skameykada yotib 12. Skameykada ajdar oyoqlarni siltash tanani koʻtarish bayrogʻi 13. Tirsaklarda planka 14. Yonbosh planka 15. Lalleyn plankasi 16. Qayiqcha 17. Teskari planka 18. Kuraklar va 19. Qorin devor 20. Gorizont (plansh) tovonlarga tayangan tomonga qaragan holda koʻprikcha holda qoʻllarda tik turish 21. Qoʻllarga 22. Qoʻllarga 23. Qoʻllarga 24. Yuqoridagi tayangan, tizzalar tana tayangan holda yarim tayangan holda tanani mashqlar tomon bukilgan holda tik turish (Qurbaqa) yarim gorizontal kombinatsiyasi tik turish yoki holatda ushlash qoʻllarni bukib yozish
XULOSA Ushbu bobda jismoniy tarbiya jarayonida talabalarning sogʻlom turmush tarzini takomillashtirishga qaratilgan eksperimental dastur taqdim etilgan. Shuningdek, talabalarning sogʻlom turmush tarzini takomillashtirish boʻyicha takliflar oʻrganildi. Soʻrov natijalarini tahlil qilish oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarziga munosabatini aniqlashga yordam berdi. Aksariyat talabalar jismoniy faollikga ijobiy munosabatda boʻlishdi va sogʻlom turmush tarzi muhimligini tan olishdi. Bu talabalarning sogʻlom turmush tarzini takomillashtirish dasturida ishtirok etishga boʻlgan potentsial tayyorligini koʻrsatadi. Dastur doirasida “Sogʻlom turmush tarzining noan’anaviy usullari” tanlov fanining mazmuni va mohiyati haqida ma’lumot
berildi. Ushbu tanlov fan talabalarga sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning noan’anaviy yondashuvlari va usullarini taklif qiladi. Bunday fanning oʻquv rejasiga kiritilishi talabalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishga hissa qoʻshadigan qoʻshimcha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish imkonini beradi. Ushbu vostalardan foydalanish talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga va ularning umumiy salomatligini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu dasturning natijalari va xulosalaridan talaba yoshlarning salomatligi va umumiy farovonligini yaxshilashga hissa qoʻshadi, boshqa ta’lim muassasalarida ham ushbu dasturga oʻxshash dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish” chora-tadbirlari to‘g‘risida pf-5924-son farmoni/WWW. Lex.uz.
- Kerimov F.A. Yakka kurash elementlariga ega bo‘lgan xarakatli o‘yinlar. T.: Ilmiy texnika axborroti-press nashriyoti, 2020.-79 b.
- Salomov R. S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati (Darslik). T., 2014 y.-297 b.
- Tajibaev S.S. Usmir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida xarakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy pedagogik asoslash des. 2020.-53 b.
- Mirzayev S. Tugarak mashg‘ulotlariga saralashda bolalar va о‘smir funktsional holatni о‘ziga xos xussiyatlari. T., 2020, II qism, B. 85-89.
- To‘yshiyev T.S. Yuqori malakali belbog‘li kurashshilarning vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish. Ch.: 2024. …diss, B. 142.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012901
- Nashr sanasi
- 2025-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i4.1570
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 152–158
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11