Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola05.00.00Ochiq kirish

“LAZURNIY” NAVLI SHOLI URUG‘IGA ELEKTRTEXNOLOGIK USULDA ISHLOV BERISH ORQALI DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI OSHIRISH

Muxammadiyev Ashiraf1, Tagayev Baxodir Kuchkarbekovich2, Akramov Ne‘matjon Nabijon o‘g‘li32025

  1. 1texnika fanlari doktori, professor, Ilm, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ilmiy-texnik axborot markazi direktori maslahatchisi
  2. 2texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim, QXMITI laboratoriyasi rahbari
  3. 3QXMITI tayanch doktoranti,

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 22–28

Annotatsiya

Ushbu maqolada sholining Lazurniy navli urug‘iga elektrtexnologik ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanlik va tuproqdagi mikroelementlarga Ultrabinafsha nurlarning(UBN) ta‘sir natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijalaridan UB nurlantirgichning o‘simlikka elektr ta‘siri, urug‘larning ekish oldidan UBNning 253,7+300 nanometr (nm) to‘lqin uzunligi va 30,60,90 Watt quvattga ega lampalarda ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanligi 50% ga oshgani, ildizlarning hosil bo‘lishi 30%ga tezlashishi, hayotiy jarayonlar faollashishi, tuproqdagi gumus, almashuvchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorini sezilarli oshgani aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaПОВЫШЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН РИСА СОРТА «ЛАЗУРНЫЙ» В ПОЛЕВЫХ УСЛОВИЯХ МЕТОДОМ ЭЛЕКТРОТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ

В статье представлены результаты воздействия ультрафиолетового излучения (УФИ) на всхожесть и микроэлементы почвы при электротехнологической обработке семян риса сорта Лазурный. Результаты исследований выявили, что электрическое воздействие УФ-излучения на растения, а также обработка семян перед посевом УФ-лампами с длиной волны 253,7+300 нанометр (нм) и мощностью 30, 60, 90 Вт повышают всхожесть семян в полевых условиях на 50%, ускоряют корнеобразование на 30%, активизируют процессы жизнедеятельности, значительно увеличивают содержание гумуса, обменного калия и подвижного фосфора в почве

inglizchaINCREASING THE FIELD GERMINATION OF “LAZURNIY” RICE SEEDS THROUGH ELECTROTECHNOLOGICAL TREATMENT

This article presents the results of the effect of ultraviolet radiation (UVR) on germination in field conditions and on the microelements of the soil through electrotechnological treatment of the seed of the Lazurniy rice variety. The results of the research established that the electrical effect of the UV irradiator on the plant and the pre-sowing treatment of the seeds with UVR lamps having a wavelength of 253,7+300 nanometres (nm) and a power of 30, 60, 90 Watt increased germination in field conditions by 50%, accelerated root formation by 30%, activated vital processes and considerably increased the content of humus, exchangeable potassium and mobile phosphorus in the soil.

Kalit so‘zlar

  • UBN
  • sholi
  • elektrtexnologiya
  • DNK
  • unuvchanlik
  • Lazurniy
  • EFS
  • kaliy
  • fosfor
  • gumus

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘K. 631.362.36 “LAZURNIY” NAVLI SHOLI URUG‘IGA ELEKTRTEXNOLOGIK USULDA ISHLOV BERISH ORQALI DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI OSHIRISH Muxammadiyev Ashiraf texnika fanlari doktori, professor, Ilm, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ilmiy taxnik axborot markazi direktor maslaxatchisi Tagayev Baxodir Kuchkarbekovich texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy hodim, QXMITI labaratoriya rahbari Akramov Ne’matjon Nabijon o‘g‘li QXMITI tayanch doktoranti, E-mail: nematillo_0101@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.15384587 Annotatsiya: Ushbu maqolada sholining Lazurniy navli urug‘iga elektrtexnologik ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanlik va tuproqdagi mikroelementlarga Ultrabinafsha nurlarning(UBN) ta’sir natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijalaridan UB nurlantirgichning o‘simlikka elektr ta’siri, urug‘larning ekish oldidan UBNning 253,7+300 nanometr (nm) to‘lqin uzunligi va 30,60,90 Watt quvattga ega lampalarda ishlov berish orqali dala sharoitida unuvchanligi 50% ga oshgani, ildizlarning hosil bo‘lishi 30%ga tezlashishi, hayotiy jarayonlar faollashishi, tuproqdagi gumus, almashuvchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorini sezilarli oshgani aniqlandi. Kalit so‘zlar: UBN, sholi, elektrtexnologiya, DNK, unuvchanlik, Lazurniy, EFS, kaliy, fosfor, gumus

ПОВЫШЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН РИСА СОРТА «ЛАЗУРНЫЙ» В ПОЛЕВЫХ УСЛОВИЯХ МЕТОДОМ ЭЛЕКТРОТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ Аннотация: Аннотация: В статье представлены результаты воздействия ультрафиолетового излучения (УФИ) на всхожесть и микроэлементы почвы при электротехнологической обработке семян риса сорта Лазурный. Результаты исследований выявили, что электрическое воздействие УФ-излучения на растения, а также обработка семян перед посевом УФ-лампами с длиной волны 253,7+300 нанометр (нм) и мощностью 30, 60, 90 Вт повышают всхожесть семян в полевых условиях на 50%, ускоряют корнеобразование на 30%, активизируют процессы жизнедеятельности, значительно увеличивают содержание гумуса, обменного калия и подвижного фосфора в почве. Ключевые слова: УБН, рис, электртехнология, ДНК, всхожесть, Лазурный, ЭАВ, калий, фосфор, гумус

INCREASING THE GERMINATION CAPACITY OF "LAZURNIY" RICE SEEDS IN FIELD CONDITIONS BY ELECTROTECHNOLOGICAL TREATMENT Abstract: Abstract: This article presents the results of the effect of ultraviolet rays (UVR) on the germination and soil microelements of Lazurniy variety rice seeds by electrotechnological treatment. The results of the research showed that the electrical effect of the UV irradiator on the plant, the treatment of seeds before sowing with UVR lamps with a wavelength of 253.7 + 300 nanometr (nm) and a power of 30, 60, 90 watts, increased the germination in field conditions by

50%, accelerated the formation of roots by 30%, activated vital processes, and significantly increased the content of humus, exchangeable potassium and mobile phosphorus in the soil. Key words: UBN, rice, electrotechnology, DNA, germination, Lazurniy, EAW, potassium, phosphorus, humus

KIRISH O‘zbekistonda sholichilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega, so‘nggi yillarda ushbu sohada bir qator muammolar kuzatilmoqda, shu bilan birga, ularni bartaraf etish uchun turli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Sholi o‘simligi tropik mintaqadan kelib chiqqaniga qaramay, mo‘tadil iqlimli xududlarda keng tarqalgan. Bu ekinni yetishtirishning ham o‘ziga xos agrotexnologiyalari mavjud va ularni takomillashtirib borish sohaning dolzarb masalalaridan sanaladi. Sholi yetishtirishda ko‘p suv talab qilingani bois, jarayonda ilg‘or resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash samaradorlikni oshiradi. Sholichilikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishda innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, eksportbop, jahon bozorida xaridorgir guruch mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha dolzarb muammolarni hal etish zarur. Bugungi kunda sholidan olinayotgan o‘rtacha hosildorlik sholiga sarflanayotgan xarajatlarni qoplamayapti. Ekiladigan urug‘lik sarfi gektariga 200 kg dan ortiq bo‘lib, unib chiqish darajasi 36-38 % atrofida. O‘zbekistonda aholining guruchga bo‘lgan o‘rtacha yillik ehtiyoji 333,2 ming tonnani tashkil qiladi. Bugungi kunda Respublikamizda sholi hosildorligi gektaridan o‘rtacha 45,9 sm, yalpi hosil 661 ming tonnani tashkil etmoqda. Sholi dunyoning 115 dan ortiq mamlakatlarida 155 mln. gektarga yaqin maydonlarda yetishtiriladi hamda qariyib 3 mlrd. kishining asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Har yili o‘rtacha 600 mln. tonnagacha yalpi sholi mahsuloti yetishtirilib, dunyo bo‘yicha hisoblaganda kishi boshiga taxminan 90 kg gacha miqdorni tashkil etadi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar samarasi natijasida don yetishtirish, xususan sholi-guruch ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda.[1] Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 12-dekabrdagi “Sholichilikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi 986-sonli qarorida sholining eksportbop, yuqori hosildor, sho‘rga, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan navlari va duragaylarini yaratish, ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, shuningdek, resurstejamkor yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish vazifalari belgilab berilgan.[2] Ushbu yo‘nalishda, jumladan, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov berish orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradigan energiya va resurstejamkor qurilmalarni ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jihatdan, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari va ko‘chatlariga bosqichli elektrotexnologik ishlov berish, ya’ni ultrabinafsha nur (UBN) bilan ishlov berish hamda elektr faollashgan suvda (EFS) namlashga yo‘naltirilgan texnologiyani ishlab chiqish, uning texnologik ish jarayoni hamda parametrlarini asoslash dolzarb hisoblanadi.

1-rasm. 2020-2023 yillarda O’zbekiston viloyatlari bo’yicha sholi yetishtirish hajmi

UBN bilan nurlatish xisobiga o‘simliklarning avjlantirish va o‘sish jarayonini nazorat qilish va o‘simliklar hosildorligini oshirish bo‘yicha L.G.Prishev, I.F.Borodin, S.A.Rakutko, N.P.Kondratieva, M.G.Krasnolutskaya, A.S.Leshchev, R.G.Bolshin va boshqa olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Respublikamizda o‘simliklarga nurlatish usuli bilan elektrofizik ta’sir etish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llab qurilmalarning parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar A.Muxammadiev, T.Bayzakov, E.Faxrutdinov, N.Karimov, M.Ismoilov, M.Xoliyarov, X.Mirzaaxmedov, D.R.Yusupov, O.Aripov, A.Turdibaev, U.Eshmurodov, I.Usmonov, N.Maxmudov va boshqalar tomonidan bajarilgan. Mazkur tadqiqotlar qishloq xo‘jaligida muayyan darajada ijobiy natijalarga erishilgan holda qo‘llanilib kelinayotgan bo‘lsada, qishloq xo‘jalik ekinlari ko‘chatlarini yetishtirishda elektrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yetarlicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Tadqiqotning maqsadi – sholining Lazurniy navli urug‘ini elektr seskantirib dala sharoitida unuvchanligini oshirish hamda kasallik va zararkunandalardan zararsizlantirilgan, son va sifat ko‘rsatkichi yuqori sholi ko‘chatlarini yetishtirish. MATERIAL VA METODLAR Tadqiqot ob’ekti sifatida sholi urug‘ini elektr seskantiruvchi hamda ko‘chatiga bosqichli va majmuiy elektrtexnologik ishlov beruvchi ultrabinafsha nurlatgich qurilma olingan. Sholi urug‘lariga ekish oldidan ishlov berishda UB nur manbalari sifatida 30, 60, va 90 Watt quvvatga ega va 253,7 nm va 300 nm to‘lqin uzunligida nur tarqatadigan bakteritsid lampalar o‘rnatilgan yoritgich stenddan foydalanildi. Tadqiqotlar 2024 yilning Aprel-May oylari oralig‘ida ayni sholi yetishtirish davrida Namangan viloyati Mingbuloq tumani “MOMOXON OLTIN ZAMIN DALASI” fermer xo‘jaligi va Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti dala tajriba maydonida o‘tkazildi. Sholi dala maydonida uchraydigan turli xil zararkunandalardan halos etish uchun ekishga ajratilgan sholi pollariga UBN ning (60+60) Watt quvattda va 253,7+300 nm to‘lqin uzunligida ishlov berildi. Urug‘larni ekish oldidan xar bir variant uchun tanlab olingan sholi urug‘lari 1- rasmda tasvirlangan stend yordamida ikki xil to‘lqin uzunligida P253,7 +P300 nm hamda uch xil quvvatda

(30+30), (60+60), (90+90) Watt, nurlantirildi. TADQIQOT NATIJALARI Tadqiqot va kuztuvlar sholining Iskandar navli urug‘iga elektrtexnologik usulda ishlov berib ekilganda, dala sharoitida nazoratga nisbatan unuvchanligi sezilarli oshganini ko‘rsatmoqda. Quyidagi 1-jadvalda sholining “Lazurniy” navli urug‘ga elektrtexnologik ishlov berilgandan so‘ng dala sharoitida ekilgandan so‘ng 7-kunda olingan natijalar ko‘rsatilgan.

1-jadval. “Lazurniy” navli sholi urug’ini dala sharoitida unuvchanlik ko‘rsatgichlari

1-m2 da Unib Ildiz Poya Ildiz Poya chiqgan № LAZURNIY uzunligi , uzunligi , og‘irligi, og‘irligi, ko‘chatl sm sm gr gr ar soni (dona) Yerga UBN bilan ishlov 1 berilgan,(60+60)Watt 3,5 6 0,3 0,3 292 Urug’ga (90+90)Watt Yerga UBN bilan ishlov 2 berilgan,(60+60)Watt 4,5 7 0,4 0,4 340 Urug’ga (60+60)Watt Yerga UBN bilan ishlov 3 berilmagan 3 5,5 0,3 0,3 285 Urug’ga(90+90)Watt Yerga UBN bilan ishlov 4 berilmagan 2 5 0,3 0,3 252 Urug’ga(60+60)Watt

1-rasm. a) Sholi urug‘larini ultrabinafsha nurlantiruvchi laboratoriya stendi, b) Sholi urug‘lariga nur berish jarayoni

Ko’rsatingan natijalar shuni ko’rsatdigiki nazorat variantga nisbatan eng yaxshi natija 2- variantda olindi, bunda UBN bilan bir vaqtda ham tuproqga ham urug‘ga ishlov berilgan. Ushbu variantda nazoratga nisbatan ildiz va poya uzunliklari 2 va 3 sm ga uzunligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari ildiz va poya massalari 0.2 gr ga og‘ir ekanligi aniqlandi. Dospexov metodi bo’yicha 1m2 da unib chiqgan ko‘chatlar soni esa nazoratga nisbatan 106 donaga ko‘p ekanligi aniqlandi[3].

2-rasm. Elektrotexnologik islov berilgan Lazurniy navli sholi urug‘larini dala sharoitidagi unuvchanligi

3-rasm. Dala sharoitida unib chiqgan ko‘chatlarning morfologik ko‘rsatgichlari

Tadqiqot natijalari tahlili. O‘rganiladigan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan tadqiqotlarda o‘simlik va daraxt ko‘chatlarida ildiz hosil bo‘lishini, sun’iy yoritish manbalari orqali o‘simliklarni elektr avjlantirish, kasallik va zararkunandalardan zararsizlantirish qishloq xo‘jalik ekinlari

hosildorligini oshirish uchun o‘simliklarga elektrofizik ishlov berish ijobiy natijalarga olib kelishi prinsipial jihatdan mumkinligi aniqlangan[4]. Tadqiqotlar natijalaridan UB nurlantirgichning o‘simlikka elektr ta’siriga kelsak, urug‘larning ekish oldidan UBN bilan ishlov berishdan so‘ng dala sharoitida vegetatsiya davrida o‘simliklarni har 7 kunda bir marotaba 60 Watt quvatda 253,7+300 nm to‘lqin uzunligida nur berish orqali ildizlarning hosil bo‘lishi 15 foizga tezlashishi, hayotiy jarayonlar faollashishi, ekinlarning hosildorligi 15-20 foizga oshib pishish muddati tezlashishi aniqlandi. Tuproqqa elektr ta’siriga kelsak, bu jarayon yuqorida aytib o‘tilganidek, shudgorlash, tuproqni urug‘larni ekish uchun tayyorlash (tekislash, tirmalash yoki yupqalash) jarayonida, urug‘larni ekish paytida yoki oldin bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi mumkin. Bunda o‘simlik tuprog‘ida uchraydigan xar xil turdagi kasalliklarga qarshi kurashish hamda tuproq tarkibidagi gumus, almashuvchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorini oshirish imkoni paydo bo‘ladi[5]. Quyidagi jadvalda UBN ning tuproqqa ta’sir natijalari keltirilgan. Gumus: Tyurin metodi. GOST-26213-91 Fosfor va kaliy 1% ammoniy uglekisliy, Machigin-Protasov GOST-26205-91 dan foydalanildi.

2-jadval. Tuproqqa elektrotexnoligik usulda ishlov berish orqali uning tarkibidagi gumus, xarakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdorini oshirish bo’yicha tadqiqot natijalari Xisobi, % Mg/kg № Variantlar Gumus Xarakatchan fosfor Almashuvchan kaliy

UBN (254 nm) 1 3,54 75,6 1000 dan katta 2 min, h-1m

UBN (300 nm) 2 3,19 77,1 1000 2 min, h-1m

UBN (254 nm) 3 3,21 76,8 1000 5 min, h-1m

UBN (300 nm) 4 3,09 76,8 1000 5 min, h-1m

XULOSA O‘tkazilgan amaliy tadqiqotga hulosa qilib, Lazurniy navli sholi urug‘iga elektr ta’sir etish orqali dala sharoitida unuvchanligi va tuproqdagi mikroelementlarni oshirishga erishildi deb aytaolamiz. Sholi urug‘larini ultrabinafsha nurlantirish parametrlari va rejimlarini asoslash bo‘yicha mazkur tadqiqotlarda unib chiqish ko‘rsatkichlari yerga UBN bilan ishlov berilgan, (60+60)Watt va Urug’ga (90+90)Watt quvvatda ishlov berilgan variant eng yuqori unuvchanlikga

ega bo‘lib, yana bir bor nurlantirish parametrlari va uning nurlantirish usullari ratsional ekanligi tasdiqlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki sholi urug‘larini ekish oldidan UBN bilan ishlov berilganda ultrabinafsha nurlanish (254-300 nm) bakteritsid, mikotsid va antiviral ta'sirga ega bo‘lib, ular nuklein kislotalar, oqsillar va DNK tomonidan so‘riladi. Shu bilan birga, nurlanish difteriya, qoqshol va dizenteriya bilan ifodalangan bir qator toksinlarni yo‘q qilishga olib keladi[6]. Bundan tashqari UBNning ta’siri tuproqdagi mikroelementlar kaliy, fosfor, gumus miqdorini sezilarli oshirishi va unib chiqgan sholi o‘simlikning o‘sish energiyasi va unvchanligi sezilarli darajada tezlashgani aniqlandi[7]. Olingan natijalarga asoslanib sholikor fermer va dexqon xo‘jaliklarga mazkur elektrtexnologiya asosida sholi yetishtirishni taklif etamiz. Bu texnologiya orqali sholi dala maydonlarda suv sarfi va urug‘lik miqdori 30% gacha iqtisod qilinadi. Tuproqda uchraydigan zararkunanda va hashoratlardan kimyoviy vositalardan foydalanmasdan dizinfeksiyalash imkoni paydo bo‘ladi. Unuvchanligi va o‘sish energiyasi yuqori bo‘lgan ko‘chatlar ildizlarining hosil bo‘lishi tezlashadi, hayotiy jarayonlar faollashishi, ekinlarning hosildorligi 15-20 % oshib pishish muddati tezlashadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. M.Sattarov, M.Ergasheva, Ch.Qashqabayeva, N.Otamirzayev. Sholi parvarishi bo‘yicha TAVSIYANOMA. –Toshkent, 2024. – B. 2.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 12-dekabrdagi “Sholichilikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 986-sonli qarori// https://lex.uz/ru/docs/-4640331
  3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.
  4. A.Muxammadiev. “Urug‘, tuproq va o‘simlik” ga elektrtexnologik ta’sir etishni ta’minlaydigan turkum energetik uskunalarni yaratish” bo‘yicha UzRFAning Energetika muammolari elektrotexnologiyalar va energetik uskunalarni ekspluatatsiya qilish labaratoriyasining 2023 yilda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha xisoboti. -Toshkent,2023.-B.5-115.
  5. A.Ramazonov, S.Buriev. Tuproqshunoslik va dehqonchilik. − T.: “Barkamol fayz media”, 2018, – 256 bet.
  6. Басов А.М., Каменир Э.А., Файн В.Б. Вопросы дозирования сти-мулятсии семян физическими воздействиями//Вестник с/х науки. –1980. № 6.
  7. H.E. Shashidhar, A. Henry, and B. Hardy. Methodologies for root drought studies in rice. IRRI, 2012.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012876
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1544
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
22–28
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11