Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

DUNYO MIQYOSIDA DOLZARB BO‘LGAN TA‘LIM JARAYONIDAGI O‘ZGARISHLAR: O‘ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLAR VA SABOQLAR

A.X. BoboyevToshkent kimyo-texnologiya instituti, Tillar kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri.2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 78–81

Annotatsiya

Maqola zamonaviy ta‘limdagi global tendensiyalar (raqamlashtirish, sun‘iy intellekt, inklyuzivlik, umrbod o‘qish) va ularning O‘zbekiston ta‘lim tizimiga ta‘sirini tahlil qiladi. UNESCO, OECD, WEF ma‘lumotlari asosida ta‘limdagi imkoniyatlar, muammolar va islohotlar uchun tavsiyalar keltirilgan. Xulosa qismida Incheon Deklaratsiyasi (2030) tamoyillari O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaГЛОБАЛЬНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ: ВОЗМОЖНОСТИ И УРОКИ ДЛЯ УЗБЕКИСТАНА

В статье анализируются глобальные тенденции в современном образовании (цифровизация, искусственный интеллект, инклюзивность, обучение на протяжении всей жизни) и их влияние на систему образования Узбекистана. На основе данных ЮНЕСКО, ОЭСР и Всемирного экономического форума рассматриваются возможности, проблемы и рекомендации по реформированию образования. В заключении подчеркивается, что принципы Инчхонской декларации (2030) могут служить стратегическим ориентиром для Узбекистана.

inglizchaGLOBALLY RELEVANT CHANGES IN THE EDUCATIONAL PROCESS: OPPORTUNITIES AND LESSONS FOR UZBEKISTAN

The article analyses the global trends in modern education (digitalisation, artificial intelligence, inclusiveness, lifelong learning) and their influence on the education system of Uzbekistan. On the basis of data from UNESCO, the OECD and the WEF, it presents the opportunities and problems in education and recommendations for reforms. In the concluding part, the principles of the Incheon Declaration (2030) are considered as a strategic direction for Uzbekistan.

Kalit so‘zlar

  • global ta‘lim tendensiyalari
  • raqamli ta‘lim
  • Incheon deklaratsiyasi
  • O‘zbekiston ta‘lim islohoti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DUNYO MIQYOSIDA DOLZARB BO‘LGAN TA’LIM JARAYONIDAGI O‘ZGARISHLAR: O‘ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLAR VA SABOQLAR A.X. Boboyev Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Tillar kafedrasi dotsenti, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri. E-mail: abrorbx@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15378253 Annotatsiya: Maqola zamonaviy ta’limdagi global tendensiyalar (raqamlashtirish, sun’iy intellekt, inklyuzivlik, umrbod o‘qish) va ularning O‘zbekiston ta’lim tizimiga ta’sirini tahlil qiladi. UNESCO, OECD, WEF ma’lumotlari asosida ta’limdagi imkoniyatlar, muammolar va islohotlar uchun tavsiyalar keltirilgan. Xulosa qismida Incheon Deklaratsiyasi (2030) tamoyillari O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: global ta’lim tendensiyalari, raqamli ta’lim, Incheon deklaratsiyasi, O‘zbekiston ta’lim islohoti.

ГЛОБАЛЬНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ: ВОЗМОЖНОСТИ И УРОКИ ДЛЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В статье анализируются глобальные тенденции в современном образовании (цифровизация, искусственный интеллект, инклюзивность, обучение на протяжении всей жизни) и их влияние на систему образования Узбекистана. На основе данных ЮНЕСКО, ОЭСР и Всемирного экономического форума рассматриваются возможности, проблемы и рекомендации по реформированию образования. В заключении подчеркивается, что принципы Инчхонской декларации (2030) могут служить стратегическим ориентиром для Узбекистана. Ключевые слова: глобальные тенденции в образовании, цифровое образование, Инчхонская декларация, реформа образования в Узбекистане.

GLOBAL TRENDS IN MODERN EDUCATION: OPPORTUNITIES AND LESSONS FOR UZBEKISTAN Abstract: This article examines global trends in modern education (digitalization, artificial intelligence, inclusivity, lifelong learning) and their impact on Uzbekistan's education system. Using data from UNESCO, OECD, and the World Economic Forum (WEF), it analyzes opportunities, challenges, and recommendations for educational reform. The conclusion highlights how the principles of the Incheon Declaration (2030) can serve as a strategic direction for Uzbekistan. Keywords: global education trends, digital education, Incheon Declaration, education reform in Uzbekistan.

KIRISH So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab ta’lim sohasi jadal sur’atlar bilan o‘zgarib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, COVID-19 pandemiyasidan keyingi transformatsiyalar, sun’iy intellektning o‘quv jarayonlariga kirib kelishi, hamda mehnat bozorida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar zamonaviy ta’lim tizimiga yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu maqolada global miqyosda ta’limdagi asosiy tendensiyalar tahlil qilinadi va O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun qanday saboqlar chiqarish mumkinligi o‘rganiladi.

ASOSIY QISM Muammo: Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha bosqichlariga kirib borib, har bir davlat, xususan O‘zbekiston ta’lim tizimini transformatsiyalash zaruriyatini tug‘dirmoqda. Pandemiya (COVID-19) sababli yuzaga kelgan global o‘zgarishlar ta’lim tizimida raqamli infratuzilma va ta’lim tizimining zaif tomonlarini fosh etilishi yanada rivojlanish bir turtki bo’ldi. O’rganish usullari: Ushbu tahlilda xalqaro miqyosda chop etilgan ilmiy maqolalar, ta’lim bo‘yicha nufuzli tashkilotlar (UNESCO, OECD, World Economic Forum) hisobotlari hamda onlayn ta’lim platformalarining statistik ma’lumotlari asos qilib olinadi. Tahliliy-uslubiy yondashuv, komparativ tahlil usullari yordamida O‘zbekiston misolida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlardan foydalaniladi. Ahamiyatli jihatlari: Muammoni o‘rganishning dolzarbligini va keng ko‘lamda foydasini ochib beradi. Tadqiqot natijalari asosida milliy ta’lim siyosatini zamonaviy talablar asosida yangilash imkoniyati yaratiladi. Dunyo tajribasi asosida O‘zbekistonda raqamlashtirish strategiyasini aniq va samarali yo‘naltirishga yordam beradi. Kadrlar tayyorlashda ta’lim yondashuvlarini tahlil qilish orqali o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilinadi. Mehnat bozoridagi o‘zgarishlar asosida kasbga qayta tayyorlash va doimiy o‘rganish tizimini takomillashtirish yo‘llari aniqlanadi. Ta’limdagi gender tengligi, nogironlar huquqi va kambag‘al qatlamlar uchun imkoniyatlar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganib, milliy amaliyotga joriy qilish imkoniyatlari ochiladi. Ta’lim sifatini yaxshilash orqali mamlakatning PISA, QS, THE kabi reytinglarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanadi [1, 5]. Natijalar: Zamonaviy ta’limda yuz berayotgan tendensiyalar O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Quyidagi tahlilda raqamlashtirishdan tortib, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv yondashuvlarigacha bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar va ularning imkoniyat hamda muammolari yoritiladi. Raqamlashtirish va onlayn ta’limning kengayishi: Pandemiya davrida dunyo bo‘ylab ta’lim tezkor raqamlashtirildi. Coursera, edX, Khan Academy, Udemy kabi platformalarda foydalanuvchilar soni millionlab oshdi. O‘zbekistonda esa “ZiyoNet”, “Talaba.uz” kabi platformalar orqali raqamli resurslar ommalashmoqda. 2023-yilda interaktiv platformalardan foydalanuvchi o‘quvchilar soni 3 milliondan oshdi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (Personalized learning): Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar o‘quvchining individual xususiyatlariga mos materiallar taqdim etmoqda. Ammo O‘zbekistonda tizim keng joriy qilinmagan bo‘lsa-da, sun’iy intellekt (AI) asosida ishlaydigan o‘quv dasturlari loyihalar sinovlar asosida amalga oshirilmoqda [2]. Ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan yondashuv: Bugungi kunda tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, jamoada ishlash va raqamli savodxonlik asosiy kompetensiyalarga aylangan. OECD- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (inglizcha: Organisation for Economic Cooperation and Development) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘nikmalarni egallagan yoshlar mehnat bozorida ko‘proq talabga ega [3, 4]. Umrboqiy ta’lim (Lifelong Learning): Kasblarning tez o‘zgarishi odamlarni doimiy o‘qishga undamoqda. Ko‘plab davlatlar bepul onlayn kurslar, qayta tayyorlash markazlarini yo‘lga qo‘ymoqda. O‘zbekistonda “Kasbga yo‘naltirish markazlari”, “Onlayn IT maktablar” orqali bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.

Tenglik va inklyuzivlik: Ta’limda ijtimoiy tenglik, gender balansi va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoit yaratish dolzarbdir. 2022-yilda O‘zbekistonda 3000 dan ortiq inklyuziv sinflar tashkil etilgan. Muhokamali fikrlar: Ta’limdagi raqamlashtirish, albatta, katta imkoniyatlarni ochadi: bilimlarga keng kirish, o‘zlashtirishni individuallashtirish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishda O‘zbekiston tajribasida ma’lum bir omillar hanuz to‘liq hal qilinmagan muammo sifatida mavjud. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga moslashgan samarali yondashuvlar texnologik infratuzilmaning yuqori darajasi zarur O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosidagi tizimlar hozircha tajriba sifatida qo‘llanilayotganini inobatga olsak, bu jarayon jadal rivojlantirilmoqda. Yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish ta’limda “faktlarni yodlash” emas, balki muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilmoqda. O‘zbekiston o‘quv dasturlari hanuzgacha an’anaviy yondashuvdan to‘liq voz kechmagan. Bu esa o‘quvchilarni real hayotga tayyorlashda kamchiliklarni yuzaga chiqarishi mumkin. Kasblar almashinayotgan zamonda doimiy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsada, ularning samaradorligi va ommabopligi hali ham chuqur o‘rganishga muhtoj. Ayniqsa, andragogik yoki chekka hududlarda yashovchilar uchun bu masalalar tanqidli bo’lib qolmoqda. Yuqorida keltirilgan raqamlar inklyuziv ta’limda siljish borligini ko‘rsatgan, ammo bu yetarlimi? Bunda inklyuzivlikni faqat nogironlar bilan emas, balki gender tengligi, iqtisodiy imkoniyati cheklanganlar va boshqa ijtimoiy guruhlar uchun ham ta’minlash zarur. Inklyuzivlik yondashuvi siyosatdan amaliyotgacha uzluksiz bo‘lishi kerak. Natijalar bilan xalqaro reyting (PISA yoki QS kabi) larga erishishda yuksalish muhim, lekin bu natijalarga erishish ta’lim tizimining ichki sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Shunchaki reytingga intilish emas, balki haqiqiy bilim va ko‘nikmalarning shakllanishiga qaratilgan islohotlar amalga oshirilishi lozim. Muhokama xulosasi o’rnida shu aytish mumkinki, O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun imkoniyat va qiyinchiliklarni o’rganish imkonini beradi: - Imkoniyatlar: raqamli infratuzilmani rivojlantirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni joriy qilish, umrbod ta’lim tizimini mustahkamlash orqali ta’lim sifatini oshirish. - Qiyinchiliklar: texnologik tengsizlik, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish zarurati, resurs yetishmovchiliklari. Bu muammolarni hal qilish uchun O‘zbekistonda ta’lim siyosatini xalqaro tajribalar asosida lokal sharoitga moslashtirish muhim. XULOSA VA TAKLIFLAR YuNESKO BMTning Bosh Assambleyasi tarkibidagi tashkilotlar hamkorligida Koreya Respublikasi taklifiga binoan 2015-yil 19–25-may kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida Ta’lim masalalari bo‘yicha Jahon forumini tashkil etilgan va bunda160 ta mamlakatdan 1600 dan ortiq ishtirokchi vakillar 2030-yilgacha bo‘lgan ta’lim sohasidagi kun tartibi bo‘yicha yangi konsepsiyani o‘z ichiga olgan Incheon deklaratsiyasini qabul qildilar. Bu esa yaqin 15 yilga mo‘ljallangan ta’limning yangi yo‘nalishini belgilab bergan. Mazkur konsepsiya to’tinchi bobida to‘liq ifoda etilgan: "Barchani qamrab olgan, adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda har bir inson uchun butun umr davomida o‘qish imkoniyatlarini yaratish", shuningdek, unga mos maqsadli ko‘rsatkichlar orqali ta’lim sohasidagi global va milliy muammolarni hal etishga xizmat qiladi.

Global ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq bu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun chuqur tahlil, milliy ta’lim siyosatini strategik asosda ishlab chiqish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish zarur. Kelajak bugundan boshlanadi – uni ta’lim orqali qurish esa eng muhim vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston uchun 2030-yilgacha sifatli va innovatsion ta’lim tizimini barpo etish nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki inson kapitalini yuksaltirishning asosiy omilidir. Incheon deklaratsiyasi tamoyillari asosida ishlab chiqilgan strategiyalar amaliy natijalarga olib kelishi uchun davlat, nodavlat tashkilotlar va xalqaro hamkorlikning uyg‘unlashuvi shart. Ta’lim – bu kelajakka sarmoya, uni bugundan qurish esa har birimizning mas’uliyatimizdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. T. Norboev, M.Akhmatova “Science, Strategies And Their Practical Implications In The Construction Of New Uzbekistan” // Tashkent State University Of Economics Uzbekistan – 2030 Strategy: Opportunities To Realize Human Potential Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 167-171 B. 17-Aprel 2024 Yil Https://Tsue.Uz/
  2. A.Sh.Kodirov “The Role Of The "One Million Uzbek Programmers" Project In Introducing The Youth Of Our Country To The It Environment According To The "Digital Uzbekistan - 2030" Strategy” "Экономика И Социум" №10(125) 2024 205-211 Pp. Www.Iupr.Ru
  3. A.Kh. Boboev K.A. Ikromova “Prospects Of Using Advanced Pedagogical Technologies” // International Journal Of Trend In Scientific Research And Development (Ijtsrd) @ Www.Ijtsrd.Com Eissn: 2456-6470, Id: Ijtsrd61358 | Interdisciplinary Horizons In Multidisciplinary Studies Research And Analysis – January 2024, 81-83pp. File:///C:/Users/Lg/Downloads/Ijtsrd61358.Pdf
  4. N.B. Abdullaev “The Role Of The Teacher In Organizing Communicative Language Teaching Activities” // O'zmu Xabarlari Volume 1 Issue 6 2023 Y. 29-31pp. Https://Nuu.Uz/Ozmu-Xabarlari/
  5. Meliqo‘Ziyev D.J. “Pisa Xalqaro Baholash Dasturi Asosida O‘Quvchilarning Tabiiy-Ilmiy Savodxonligini Rivojlantirishning Kontseptual Asoslari” Замонавий Таълим / Современное Образование 2023, 6 (127) 35-45 B. Doi: 10.34920/So/Vol_2023_Issue_6_510.34920/so/vol_2023_issue_6_5

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012886
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1554
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
78–81
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11