Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola05.00.00Ochiq kirish

ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF VARIOUS FACTORS ON THE METROLOGICAL CHARACTERISTICS OF A SEMICONDUCTOR METHANE SENSOR

Xabibova Dilnoza Xayotovna1, Erdanov Fazliddin Faxritdinovich2, Z.E.Abduraxmanova3, Eshkobilova M.E42025

  1. 1O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
  2. 2O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi
  3. 3Samarkand State Medical University. PhD.
  4. 4Associate professor of Samarkand State Medical University

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 34–39

Annotatsiya

Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichli metanni aniqlovchi sensorlarning metrologik ko‘rsatkichlariga tashqi omillarning, jumladan, harorat, namlik va tashqi elektromagnit maydonlarning ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sensorning sezuvchanligi, javob berish vaqti, xatolik darajasi kabi ko‘rsatkichlar nazariy va eksperimental asosda baholandi. Olingan natijalar metan gazini aniqlash tizimlarining ishonchliligini oshirish, sanoat va ekologik monitoring sohalarida qo‘llanilishini takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

inglizchaANALYSIS OF THE INFLUENCE OF VARIOUS FACTORS ON THE METROLOGICAL CHARACTERISTICS OF A SEMICONDUCTOR METHANE SENSOR

This article analyses the influence of external factors, including temperature, humidity and external electromagnetic fields, on the metrological indicators of semiconductor methane detection sensors. In the course of the research, such indicators as the sensitivity of the sensor, the response time and the error level were assessed on a theoretical and experimental basis. The results obtained serve as a scientific and practical basis for increasing the reliability of methane gas detection systems and for improving their application in the fields of industrial and environmental monitoring.

o‘zbekYARIMO‘TKAZGICHLI METANNI ANIQLOVCHI SENSORNING METROLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TURLI OMILLARNING TA‘SIRINI TAHLIL QILISH

Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichli metanni aniqlovchi sensorlarning metrologik ko‘rsatkichlariga tashqi omillarning, jumladan, harorat, namlik va tashqi elektromagnit maydonlarning ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sensorning sezuvchanligi, javob berish vaqti, xatolik darajasi kabi ko‘rsatkichlar nazariy va eksperimental asosda baholandi. Olingan natijalar metan gazini aniqlash tizimlarining ishonchliligini oshirish, sanoat va ekologik monitoring sohalarida qo‘llanilishini takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

ruschaАНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ РАЗЛИЧНЫХ ФАКТОРОВ НА МЕТРОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПОЛУПРОВОДНИКОВОГО ДАТЧИКА МЕТАНА

В статье анализируется влияние внешних факторов, включая температуру, влажность и внешние электромагнитные поля, на метролог ические характеристики полупроводниковых датчиков метана. В ходе исследования теоретически и экспериментально оценивались такие параметры, как чувствительность датчика, время отклика и частота ошибок. Полученные результаты служат научной и практической основой для повышения надежности систем обнаружения газа метана и совершенствования их применения в промышленном и экологическом мониторинге.

Kalit so‘zlar

  • semiconductor sensor
  • methane gas
  • metrological characteristics
  • sensitivity
  • temperature
  • external factors
  • accuracy
  • gas analyser

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YARIMOʼTKAZGICHLI METANNI ANIQLOVCHI SENSORNING METROLOGIK KOʼRSATKICHLARIGA TURLI OMILLARNING TAʼSIRINI TAHLIL QILISH Xabibova Dilnoza Xayotovna O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi Erdanov Fazliddin Faxritdinovich O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o’qituvchisi Z.E.Abduraxmanova Samarqand davlat tibbiyot universiteti. PhD. Eshkobilova M.E Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.15335356 Annotatsiya: Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichli metanni aniqlovchi sensorlarning metrologik ko‘rsatkichlariga tashqi omillarning, jumladan, harorat, namlik va tashqi elektromagnit maydonlarning ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sensorning sezuvchanligi, javob berish vaqti, xatolik darajasi kabi ko‘rsatkichlar nazariy va eksperimental asosda baholandi. Olingan natijalar metan gazini aniqlash tizimlarining ishonchliligini oshirish, sanoat va ekologik monitoring sohalarida qo‘llanilishini takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: yarimo‘tkazgichli sensor, metan gaz, metrologik ko‘rsatkichlar, sezuvchanlik, harorat, tashqi omillar, aniqlik, gaz analizatori

ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF VARIOUS FACTORS ON THE METROLOGICAL PERFORMANCE OF A SEMICONDUCTOR METHANE SENSOR Abstract: This article analyzes the influence of external factors, including temperature, humidity, and external electromagnetic fields, on the metrological performance of semiconductor methane sensors. During the study, such indicators as sensor sensitivity, response time, and error rate were evaluated on a theoretical and experimental basis. The results obtained serve as a scientific and practical basis for increasing the reliability of methane gas detection systems and improving their application in industrial and environmental monitoring. Keywords: semiconductor sensor, methane gas, metrological performance, sensitivity, temperature, external factors, accuracy, gas analyzer

АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ РАЗЛИЧНЫХ ФАКТОРОВ НА МЕТРОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПОЛУПРОВОДНИКОВОГО ДАТЧИКА МЕТАНА Аннотация: В статье анализируется влияние внешних факторов, включая температуру, влажность и внешние электромагнитные поля, на метрологические характеристики полупроводниковых датчиков метана. В ходе исследования теоретически и экспериментально оценивались такие параметры, как чувствительность датчика, время отклика и частота ошибок. Полученные результаты служат научной и практической основой для повышения надежности систем обнаружения газа метана и совершенствования их применения в промышленном и экологическом мониторинге. Ключевые слова: полупроводниковый датчик, метановый газ, метрологические показатели, чувствительность, температура, внешние факторы, точность, газоанализатор

KIRISH Eksperimentlar jarayonida rux va kobalьt oksidlari asosida tayyorlangan sezgir elementlarga ega boʼlga metan sensorlarining metrologik tavsiflari oʼrganildi. Ushbu eksperimentlarning maqsadi, sensorning sezgirligi, selektivligi, ekspressligi va uning signalini kontsentratsiya va temperaturaga bogʼliqligini aniqlashdan iborat. Yarimoʼtkazgich yuzasiga metanning adsorbtsiyalanish, desorbtsiyalanish va reaktsiyaga kirishish tezligi haroratga bogʼliq. Metan sensori gazsezgir qatlamining harorati unga beriladigan kuchlanish qiymatini oʼzgartirilishi bilan taʼminlanadi [115; 78–81-b.]. ASOSIY QISM Sensor gazsezgir elementi haroratining unga beriladigan elektr quvvatiga kuchlanishiga bogʼliqligini aniqlash natijalari 1-rasmda keltirilgan.

Rasm 1. GSM haroratini unga beriladigan kuchlanishga bogʼliqligi.

1-rasmdan haroratni oʼrganilgan oraligʼida, sezgir elementning harorati unga beriladigan kuchlanishga toʼgʼri proportsionalligini koʼramiz. Sensorning isitgichi va gazga sezgir qatlamlari orasidagi harorat farqini kichikligi, sensorning gaz sezgir qavatining haroratini saqlab turish imkonini beradi. Eksperimental natijalardan maʼlum boʼlishicha, YaOʼSlarning qarshiligini (oʼtkazuvchanligini) oʼrganilayotgan oraliqdagi haroratga bogʼliqligi oʼzgaruvchan tabiatga ega. Isitgichning harorati 370-380 ºC gacha koʼtarilishida GSM ning barcha oʼrganilgan tarkiblarida qarshilikni pasayishi kuzatildi. Temperaturaning 380 ºC yuqoriga koʼtarilishi qatlamning qarshiligini oshiradi. SiO2/ZnO-CoO ga asoslangan sensor signalining temperaturaga bogʼliqligini oʼrganish natijasi metan uchun yupqa qavatining qalinligi boʼylab tarqalishi (diffuziyasi) va gaz aralashmasini sensor yaqinidagi almashinish tezligi (diffuziyalanish tezligiga) bilan belgilanadi. Sensorning ishlashini yaxshilash uchun oxirgi ikki omilning taʼsirini kamaytirish kerak. Аtrof-muhit monitoringi va sanoat chiqindilarini nazoratida gaz aralashmalari ayrim komponentlarini aniqlash vaqti odatda 10 sekunddan bir necha minutgacha boʼlishi mumkin. Аmalga oshirilgan tajribalar metanning ekspress aniqlashda rux va kobalьt oksidlari asosida tayyorlangan GSM dan foydalanish imkoniyatini mavjudligini koʼrsatadi, bu esa yopiq ekologik tizimlarda yongʼinga havfli vaziyatlarni nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan sensordan foydalanish imkonini beradi.

Yarimoʼtkazgichli GSM ning sezgirligi unga maʼlum kontsentratsiyali tahlil qilinadigan gaz taʼsir ettirilganda materialning qarshiligi (R) yoki elektir oʼzkazuvchanligini (σ) oʼzgarishi bilan ifodalanadi. Qarshilikni (oʼtkazuvchanlikni) oʼzgarishi yuzada boʼladigan bir qator ketmaket fizik-kimyoviy jarayonlarning natijasida yuzaga keladi. GSM ning sirtidagi davom etadigan adsorbtsion jarayonlar yuzaning elektron holatidagi oʼzgarishlar bilan bogʼliq va bu yuzani oʼtkazuvchanligini oʼzgartirishga olib keladi. TEOS ning gidrolizidan kelib chiqadigan kremniy oksididan iborat plyonkani tarkibiga rux oksidi kiritilganda, uning metanga nisbatan sezuvchanligi oshadi. Keyinchalik metanga sezgirligi yuqori boʼlgan sensorlar GSM tarkibiga rux va kobalьt oksidini qoʼshish yordamida olingan [117; 24-b.]. Odatda oksidlardan biri (ZnO) massa jihatidan asosiy hisoblanadi. Ikkinchisi yaʼni unga nisbatan kam miqdorda qoʼshiladigani (CoO) oksidning gazga sezgir va selektivlik hususiyatlarini, umumiy holda sensorning ishlash hususiyatlarini yaxshilaydi. Murakkab gazga sezgir materialni olish uchun dopant eritmaning zoldan-gelga oʼtish bosqichida qoʼshildi. Dopant eritmaga kobalьt xlorid holida qoʼshildi. GSM inert taglikka plyonka koʼrinishida qoplanganidan soʼng unga termik ishlov berish atmosfera havosi muhitida amalga oshirildi. Metanni aniqlash jarayonida SiO2/ZnO-CoO asosida tayyorlangan plyonkalarning sezuvchanligini tekshirish natijalari jadvalda keltirilgan.

Tajriba natijalari GSM ga 1 dan 10 % gacha miqdorida CoO ni qoʼshilishi sensorni metanga sezuvchanligini oshirishini koʼrsatadi. SiO2/ZnO asosidagi GSM ga 1 % CoO ning qoʼshilishi sensorning metanga sezgirligini 1,5 barobar oʼsishiga olib keldi (4.5-jadval). GSM tarkibidagi CoO miqdorini 5 va 10 % gacha oʼsishi, sensorni metanga nisbatan sezgirligini mos ravishda 3,6 va 5,7 marta oshirdi. Metanga nisbatan eng yuqori sezgirlik tarkibida 10 % CoO saqlagan rux va kobalьt oksididan iborat GSM dan foydalanib tayyorlangan sensorda kuzatildi. Sensor signalini metanning turli kontsentratsiyalariga mos oʼzgarishini oʼrganish, maxsus qurilmada amalga ashirildi. Optimal harorat (375 ºC) da metanga nisbatan sezgirlikni aniqlash metanning havodagi turli kontsentratsiyali aralashmalari muhitida gazsezgir material qarshiligini oʼlchash orqali amalga oshirildi. Turli kontsentratsiyali metan-havo aralashmasini tayyorlash suyultirish generatori yordamida bajarildi. 4.5 – rasmda SiO2/ZnO ga asoslangan sensorning metanni havodagi turli miqdoriga mos Rs -qarshilik qiymatlari keltirilgan. Undan metan kontsentratsiyasining 500 ppm gacha boʼlgan tajribaning boshlangʼich nuqtalarida sensorning qarshiligini 280 kOm (3530 dan 3250 kOm) gacha kamayishini koʼramiz. Metanni keyingi 1500 ppm gacha koʼpayishi qarshilikni 260 kOm (3250 dan 2990 kOm) ga pasayishiga olib keladi.

2-rasm. SiO2-ZnO asosidagi gazsezgir material qarshiligini metan kontsentratsiyasiga bogʼliqligi.

Signalni kontsentratsiyaga bogʼliqligini bunday ifodalanishi sinalizator ishlab chiqarish va fundamental tadqiqotlarda qator noqulayliklar keltirib chiqaradi. Sensorning qarshiligini normallashgan shaklda yoki logarifmik ifodalash qulayroqdir. Oʼlchanadigan parametr sifatida qarshilikni oʼrniga elektr oʼtkazuvchanlikni qoʼllash, gaz analizatorining signalini qayta ishlash sxemasini tuzishda signalni kontsentratsiyaga bogʼliqligini koʼrgazmali ifodalashda qator afzalliklarga ega. Bundan tashqari, sensorning elektr xossalari gaz sezgir qatlamning tuzilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga va uning shakllanish rejimiga bogʼliq boʼladi. XULOSA Shunday qilib, metan kontsentratsiyasining keng diapazonida oʼtkazilgan tajribalarida, signalning sensor GSM idagi dopant (CoO) miqdoriga bogʼliqligi oʼrganildi. SiO2/ZnO-CoO nanokompozit plyonkadan foydalanishga asoslangan gaz sensorlari metanga nisbatan yuqori sezgirlikni namoyon qildi. 375 ºC ga teng haroratda olingan natijalar 50 dan 1000 mg/m 3 gacha oraligʼida, σgaz/σhavo ning aralashmada metan kontsentratsiyasiga bogʼliqligi chiziqli koʼrinishga ega ekanligini koʼrsatdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar36 ta adabiyot

  1. Glebova E.V., Golubev Yu.D., Prosnurov A.P., Yankovich A.Kh., Kashirskaya L.M. Estimation Of Air Pollution During Open Sulfur Storage // Safe. Labor In Industry. 1990.- No. 3. -Pp. 36-37.
  2. Bukun N., Dobrovolsky Y., Levchenko A., Leonova L., Osadchiie. Electrochemical Processes Of H2s Detection In Air And Solution // Journal Of Solid State Electrochemistry, 2003. -№7. –Рp. 122-
  3. Perekrestov A.P. The Effect Of Hydrogen Sulfide On The Intensity Of Corrosion-Mechanical Wear // Herald Of Mechanical Engineering. 2006.- No. 9. -P.44.
  4. Harmful Substances In Industry. Handbook For Chemists, Engineers And Doctors.L.: Chemistry. 1977. T Iii. P.5 0-54.
  5. Levchenko A., Bukun N., Dobrovolsky Yu., Leonova L., Mazo G. Effect Of Naxwo3 Composition On Electrochemical Properties Of Boundaries With Nasicon As Solid Electrolyte // 14 Th International
  6. Conference On Solid State Ionics. -Monterey, California U.S.A., 2003. -P. 7.
  7. Abdurakhmanove., Daminovg.N., Sultanovм.М., Tillayevs.U.Ensuring The Selectivity Of The Thermocatalytic Sensor Of Exhaust Gas Components // Ecological Systems And Devices. –М., 2008. –No.5. -P.30-32.
  8. Abdurakhmanov E. Et Al. Development Of A Selective Carbon Monoxide Sensor //Iop Conference Series: Earth And Environmental Science. – Iop Publishing, 2021. – Т. 839. – №. 4. – С. 042078.
  9. Eshkabilova M. Et Al. Development Of Selective Gas Sensors Using Nanomaterials Obtained By Sol-Gel Process //Journal Of Physics: Conference Series. – Iop Publishing, 2022. – Т. 2388. – №.
  10. Safarovich, T. O., Nayimovna, A. S., Ergashboyevna, A. Z., & Ergashboyevna, E. M. (2024). Lipidlar Asosida Sirt Foal Moddalarni Olish. Ta'limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 31(2), 122-125.
  11. Murodova Z., Hushvaktov M., Abdurahmanova Z. Some Issues Of The Mechanism Of Deep Oxidation Of Ethanol On The Surface Of The Catalyst Of A Thermocatalytic Sensor //Eurasianunionscientists. – 2021. – С. 27-32.
  12. Abdurakhmanov I. Et Al. Development Of Selective Semiconductor Sensors Of Hydrogen Sulfide, Ammonia, And Methane Using Nanomaterials Obtained By The Sol-Gel Process //Rasayan Journal Of Chemistry. – 2022. – Т. 15. – №. 26762679. – С. 10.31788.
  13. Djurakulovna X. N. Et Al. Yonuvchan Gazlarning Aniqlashni Optik Usullari Va Asboblari //Research Focus. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 14-17.
  14. Abdurakhmonov E. Et Al. Develоpment Оf А Thermоcаtаlytic Sensоr Fоr Mоnitоring Ethyl Аlcоhоl Vаpоrs In Humаn Exhаled Аir Аnd Prоcess Gаses //E3s Web Of Conferences. – Edp Sciences, 2024. – Т. 486. – С. 05015.
  15. Эшкобилов Ш. А., Эшкобилова М. Э., Абдурахманов Э. А. Определение Природного Газа В Атмосферном Воздухе И Технологических Газах //Экологические Системы И Приборы. – 2015. – №. 9. – С. 11-14.
  16. Eshkobilova M. E., Хodieva N., Abdurakhmanova Z. E. Thermocatalytic And Semiconductor Sensors For Monitoring Gas Mixtures //World Journal Of Agriculture And Urbanization. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 9-13.
  17. Эшкобилова М. Э., Насимов А. М. Газоанализатор (Тпг-Сн4) Для Мониторинга Метана На Основе Термокаталитических И Полупроводниковых Сенсоров //Universum: Химия И Биология. – 2019. – №. 6 (60). – С. 17-20.
  18. Эшкобилова М. Э. И Др. Метанни Аниқловчи Тяг-Cн4 Газ Анализаторининг Метрологик Тавсифларига Турли Омилларнинг Таъсири //Research Focus. – 2023. – Т. 2. – №. 11. – С. 17-
  19. Абдурахманов Э. Д., Сидикова Х. Г., Эшкобилова М. Э. Катализатор Для Селективного Сенсора Метана //Евразийский Союз Ученых. ��ерия: Медицинские, Биологические И Химические Науки. – 2021. – №. 4. – С. 43-48.
  20. Ogli M. M. A., Abduraxmonova Z. E., Eshkobilova M. E. Gazlar Aralashmasi Tarkibini Nazorat Qilishning Elektrokimyoviy Usullari Va Analizatorlari //Research Focus. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 8-13.
  21. Abdurakhmanov E. Et Al. Template Synthesis Of Nanomaterials Based On Titanium And Cadmium Oxides By The Sol-Gel Method, Study Of Their Possibility Of Application As A Carbon Monoxide Sensor (Ii) //Journal Of Pharmaceutical Negative Results. – 2022. – Т. 13. – С. 1343-1350.
  22. Abdurakhmanov E. Et Al. Development Of A Selective Sensor For The Determination Of Hydrogen //Iop Conference Series: Earth And Environmental Science. – Iop Publishing, 2021. – Т. 839. – №.
  23. Сидикова Х. Г., Эшкобилова М., Абдурахмонов Э. Термокаталитический Сенсор Для Селективного Мониторинга Природного Газа //Vi-Международные Научные Практической Конференции Global Scien Ceand Innovations. – 2019. – С. 235-238.
  24. Eshkabilova M. Et Al. Development Of Selective Gas Sensors Using Nanomaterials Obtained By Sol-Gel Process //Journal Of Physics: Conference Series. – Iop Publishing, 2022. – Т. 2388. – №.
  25. Абдурахманов Э. И Др. Химический Сенсор Для Мониторинга Оксида Углерода Из Состава Транспортных Выбросов //Science And Education. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 37-42.
  26. Эшкобилов Ш. А., Эшкобилова М. Э., Абдурахманов Э. А. Разработка Катализатора Для Чувствительного Сенсора Природного Газа //Символ Науки. – 2015. – №. 3. – С. 7-12.
  27. Komiljonovna M. M., Safarovich T. O., Ergashboyevna E. M. Gidrazidlarning Biologik Faolligi Fosforlangan Karboksilik Kislotalar Va Ularning Hosilalari //Ta'limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari. – 2024. – Т. 31. – №. 2. – С. 126-130.
  28. Eshkobilov Sh A., Eshkobilova M. E., Abdurakhmanov E. Determination Of Natural Gas In Atmospheric Air And Technological Gases //Ecological Systems And Devices. – 2015. – Т. 9. – С. 11-5.
  29. Shahzoda K. Et Al. Advancements In Surgical Techniques: A Comprehensive Review //Ta'limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari. – 2024. – Т. 31. – №. 2. – С. 139-149.Year = {2021},
  30. Ergashboy A. Eshkobilova Mavjuda. Zol-Gel Synthesis Of Nanocomposites And Gaseous Materials //The International Conference On" Energy-Earth-Environment-Engineering". Ctp. – 2023. – С. 84-
  31. Eshkobilova M. E., Khudoyberdieva F. B. Composition And Structure Of Composite Building Materials //International Journal Of Social Science & Interdisciplinary Research Issn: 2277-3630 Impact Factor: 8.036. – 2023. – Т. 12. – №. 01. – С. 1-4.
  32. Gulomovna S. X., Ergashboyevna E. M., Ergashboy A. Range Of Measuring Of Base Error Of Selective Thermocatalytical Sensor On Methane //European Science Review. – 2020. – №. 1-2. – С. 140-143.
  33. Ergashboyevna E. M., Gulomovna S. X., Ergashboy A. Selective Thermocatalytic Sensor For Natural Gas Monitoring //Austrian Journal Of Technical And Natural Sciences. – 2019. – №. 9-10. – С. 49-51.
  34. Эшкобилова М. Э., Нас��мов А. М. Газоанализатор (Тпг-Сн4) Для Мониторинга Метана На Основе Термокаталитических И Полупроводниковых Сенсоров //Universum: Химия И Биология. – 2019. – №. 6 (60). – С. 17-20.
  35. Djurakulovna X. N. Et Al. Yonuvchan Gazlarning Aniqlashni Optik Usullari Va Asboblari //Research Focus. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 14-17.
  36. Ahmadova M., Kuchkarov O. Determination Of Cu2+ And Zn2+ Ions In Samples Using A Uv/Vis Spectrophotometer //Modern Science And Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 825-837.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012878
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
inglizcha
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1546
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
34–39
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
62026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11