Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

YOSHLAR TASHKILOTLARI BILAN ISHLASHDA HAMKORLIKKA ASOSLANGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR MODELLARI HAMDA ULARNI ILMIY LOYIHALASH

Axralova Marg‘uba AkmalxanovnaNamangan davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 109–112

Annotatsiya

Yoshlar pedagogikasi — bu o‘rta va katta yoshdagi yosh avlod (asosan 14–30 yosh oralig‘idagi) vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, ijtimoiylashtirish jarayonini o‘rganuvchi maxsus pedagogik fan sohasidir. U pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslangan bo‘lsa-da, aynan yoshlar davri psixologiyasi, ijtimoiy mavqei, ehtiyojlari, intellektual va ma‘naviy o‘sishi bilan bog‘liq xususiyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda  hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar modellari hamda ularni ilmiy loyihalash haqida ma‘lumotlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaМОДЕЛИ СОВМЕСТНЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИХ НАУЧНОЕ ПРОЕКТИРОВАНИЕ В РАБОТЕ С МОЛОДЕЖНЫМИ ОРГАНИЗАЦИЯМИ

Молодежная педагогика — специальная педагогическая дисциплина, изучающая процесс воспитания, обучения и социализации представителей среднего и старшего поколения (преимущественно в возрасте от 14 до 30 лет). Хотя он основан на общих принципах педагогики, он дает глубокий анализ особенностей психологии молодежи, ее социального статуса, потребностей, интеллектуального и духовного развития. В статье представлена информация о моделях совместных педагогических технологий и их научном проектировании в работе с молодежными организациями.

inglizchaMODELS OF COOPERATION-BASED PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN WORKING WITH YOUTH ORGANIZATIONS AND THEIR SCIENTIFIC DESIGN

Youth pedagogy is a special field of pedagogical science that studies the process of educating, teaching and socialising representatives of the middle and older young generation (mainly between the ages of 14 and 30). Although it is based on the general laws of pedagogy, it deeply analyses precisely those features that are connected with the psychology of the youth period, social status, needs, and intellectual and spiritual growth. This article provides information on models of pedagogical technologies based on cooperation in work with youth organisations and on their scientific design.

Kalit so‘zlar

  • raqamli transformatsiya
  • sotsiokultur
  • intersubyektivlik
  • ijtimoiy konstruktsionizm
  • kooperativ ta‘lim
  • aksiologik integratsiya nazariya
  • birgalikdagi maqsadlar
  • samarali ijtimoiy interaktsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YOSHLAR TASHKILOTLARI BILAN ISHLASHDA HAMKORLIKKA ASOSLANGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR MODELLARI HAMDA ULARNI ILMIY LOYIHALASH Axralova Marg‘uba Akmalxanovna Namangan Davlat Universiteti mustaqil izlanuvchisi E-pochta: marjonaaxralova1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15384782 Anotatsiya: Yoshlar pedagogikasi — bu o‘rta va katta yoshdagi yosh avlod (asosan 14– 30 yosh oralig‘idagi) vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, ijtimoiylashtirish jarayonini o‘rganuvchi maxsus pedagogik fan sohasidir. U pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslangan bo‘lsada, aynan yoshlar davri psixologiyasi, ijtimoiy mavqei, ehtiyojlari, intellektual va ma’naviy o‘sishi bilan bog‘liq xususiyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar modellari hamda ularni ilmiy loyihalash haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, sotsiokultur, intersubyektivlik, ijtimoiy konstruktsionizm, kooperativ ta’lim, aksiologik integratsiya nazariya, birgalikdagi maqsadlar, samarali ijtimoiy interaktsiya.

МОДЕЛИ СОВМЕСТНЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИХ НАУЧНОЕ ПРОЕКТИРОВАНИЕ В РАБОТЕ С МОЛОДЕЖНЫМИ ОРГАНИЗАЦИЯМИ Аннотация: Молодежная педагогика — специальная педагогическая дисциплина, изучающая процесс воспитания, обучения и социализации представителей среднего и старшего поколения (преимущественно в возрасте от 14 до 30 лет). Хотя он основан на общих принципах педагогики, он дает глубокий анализ особенностей психологии молодежи, ее социального статуса, потребностей, интеллектуального и духовного развития. В статье представлена информация о моделях совместных педагогических технологий и их научном проектировании в работе с молодежными организациями. Ключевые слова: цифровая трансформация, социокультура, интерсубъективность, социальный конструкционизм, кооперативное обучение, теория аксиологической интеграции, общие цели, эффективное социальное взаимодействие.

COLLABORATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGY MODELS AND THEIR SCIENTIFIC DESIGN IN WORKING WITH YOUTH ORGANIZATIONS Abstract: Youth pedagogy is a special pedagogical discipline that studies the process of upbringing, education, and socialization of representatives of the middle and older generation (mainly between the ages of 14 and 30). Although it is based on the general laws of pedagogy, it deeply analyzes the characteristics of the youth period, its psychology, social status, needs, and intellectual and spiritual growth. This article provides information on models of collaborative pedagogical technologies in working with youth organizations and their scientific design. Keywords: digital transformation, socioculture, intersubjectivity, social constructionism, cooperative education, axiological integration theory, shared goals, effective social interaction.

KIRISH Globallashuv, raqamli transformatsiya va sotsiokulturning o‘zgaruvchan muhitida yoshlarga oid siyosat va ta’lim-tarbiya jarayonining har bir elementi o‘zining funksional samaradorligini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, yoshlar tashkilotlari bilan pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishda endilikda avvalgidek biryoqlama ideologik konstruksiyalar emas, balki hamkorlikka asoslangan intersubyektiv pedagogika markaziy o‘ringa chiqmoqda. Bunday pedagogika modelining mohiyati – yoshlar bilan ishlashda ularni obyekt emas, balki faol subyekt sifatida qabul qilish, ular bilan hamkorlik asosida o‘zaro ta’sirli tarbiya muhitini tashkil etish, o‘zini anglash va ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyatli strategiyalarni shakllantirishdir. MAVJUD ADABIYOTLAR TAHLILI Hamkorlikka asoslangan pedagogika — bu o‘z mohiyatiga ko‘ra, intersubyektivlik, ijtimoiy konstruktsionizm, kooperativ ta’lim va aksiologik integratsiya nazariyalariga tayanadi. Bu pedagogika turining nazariy poydevorlarini John Dewey, Lev Vygotsky, Paulo Freire, Jerome Bruner va Albert Bandura kabi mutafakkirlarning asarlarida ko‘rish mumkin. Deweyning tajribaga asoslangan ta’lim kontseptsiyasi, Freireninig “ma’rifatlash orqali ozodlik” modeli, Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi yoshlar bilan ishlashda hamkorlik muhiti qanday tashkil etilishi kerakligini belgilab beradi. Hamkorlikka asoslangan pedagogikaning zamonaviy modeli o‘z ichiga nafaqat ta’limiy, balki sotsiopedagogik, psixologik va madaniy-ma’naviy komponentlarni ham qamrab oladi. Bu pedagogika shaklida harakat qiluvchi subyektlar — o‘qituvchi, tarbiyachi, yoshlar tashkiloti rahbarlari, yosh liderlar va o‘z-o‘zini boshqaruvchi guruhlar — o‘zaro tenglik asosida ishlaydi. Jarayonning markazida pedagog emas, balki birgalikdagi maqsadlar va samarali ijtimoiy interaktsiya turadi. Bu yondashuv yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda, ularning ijtimoiy-huquqiy ongini yuksaltirishda va vatanparvarlik tuyg‘ularini ongli ravishda qabul qilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. TADQIQOT METADOLOGIYASI. Yoshlar tashkilotlari, ayniqsa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan strukturaviy tizimlar (masalan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar texnoparklari”, “Yoshlar parlamenti” va boshqa NNTlar) bugungi kunda faqatgina tashkiliytashviqot funktsiyasini emas, balki pedagogik subyekt sifatidagi missiyani ham bajaradi. Ular yoshlarni jamoaviy faoliyatga jalb qilish, liderlik fazilatlarini shakllantirish, axloqiy-estetik qarashlarni rivojlantirish, ijtimoiy ongni faollashtirish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu yerda asosiy masala — yoshlar tashkilotlarining ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan holda faoliyat yuritishi, ya’ni pedagogik tizimlararo hamkorlikning yangi modeli shakllanishidir. Integratsiyalashgan pedagogika doirasida yoshlar tashkilotlari maktab, litsey, kollej, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu esa ta’limni formaldan noformalga, yakka tartibdagi bilim berishdan jamoaviy o‘rganish, muammoli fikrlash, loyiha asosidagi o‘rganish shakllariga olib chiqadi. Yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogikaning sotsiopedagogik mexanizmlari quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: motivatsiya yaratish, ijtimoiy rollarni aniqlash, maqsadli kommunikatsiya tizimini shakllantirish, birgalikda faoliyat yuritish, va nihoyat reflektiv tahlil. Ushbu bosqichlar uzviy bog‘liq bo‘lib, har biri pedagogik hamkorlikning muayyan funksional komponentini ifodalaydi. Masalan, loyiha faoliyati asosida yoshlar tashkiloti bilan ta’lim muassasasi hamkorlik qilsa, bu yerda o‘quvchi-liderlar, mentor-o‘qituvchilar, loyiha kuratorlari va ijtimoiy sheriklar o‘rtasida kooperativ munosabat

vujudga keladi. Bu holatda pedagogik jarayon — bu nafaqat bilim berish, balki ijtimoiylikni shakllantirish vositasiga aylanadi. Bu mexanizmlar orqali yoshlar jamoaviy qaror qabul qilish, kommunikatsiya qilish, ijtimoiy mas’uliyatni his qilish kabi fazilatlarni amaliy tajribada o‘zlashtiradi. Yoshlar bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogika eng avvalo o‘z mohiyatida aksiologik yo‘nalishli bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, har bir pedagogik harakat ma’naviy qadriyatga, fuqarolik pozitsiyasiga, shaxsiy mas’uliyatga, milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi lozim. Hamkorlik, o‘z mohiyatiga ko‘ra, faqat funktsional yoki metodik birlik emas, balki axloqiypsixologik konvensiyadir. Yoshlar tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyatda mas’uliyatni bo‘lishish, empatiya, ijtimoiy ishonch, murosa, tenglik kabi qadriyatlar faoliyat mezoni sifatida ilgari surilishi pedagogik jarayonni samarali qiladi. Aksiologik nuqtai nazardan qaralganda, hamkorlik — bu didaktik metod emas, balki pedagogik etika va axloqiy aloqadorlikning ifodasidir. 2020–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorliklar asosida olib borilgan loyihaviy faoliyatlarda minglab o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi. Ularda olib borilgan monitoring va baholash ishlari shuni ko‘rsatadiki, hamkorlik asosida tashkil etilgan pedagogik faoliyatda qatnashgan yoshlarning 76 foizi o‘zlarining ijtimoiy faolligini oshganini bildirgan, 60 foizi esa liderlik ko‘nikmalarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini e’tirof etgan. Shuningdek, qaror qabul qilish, guruhda ishlash va madaniy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha indikatorlar bo‘yicha ham sezilarli o‘sish qayd etilgan. Bu esa shuni anglatadiki, hamkorlikka asoslangan pedagogika nafaqat ta’lim jarayonini, balki yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ularga bo‘lgan yondashuvni ham sifat jihatidan o‘zgartiradi. TAHLIL VA NATIJALAR 2024-yil davomida 95% yoshlar tashkilotlariga a’zo bo‘lganlar o‘z ijtimoiy faolligini oshirganliklarini bildirgan. Ularning 60% ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishda o‘z hissalarini qo‘shgan, 35% esa jamiyatda o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun tashabbuskor bo‘lib, maqsadli loyihalarni tashkil etgan. Yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilgan ta’lim dasturlariga qatnashganlarning 80% dan ortig‘i kooperativ va loyihaviy metodlar orqali yangi ko‘nikmalarni o‘rgangan. Shuningdek, bu yoshlar o‘zlarining shaxsiy rivojlanishlari va maqsadli o‘qish jarayonlarini rejalashtirishda ishtirok etganlar. 2024-yil statistikasi asosida, yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda 72% yoshlarning liderlik sifatlari rivojlangan, 55% esa jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu yoshlar o‘zlarining jamoaviy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishini kuchaytirgan. XULOSA Yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogikaning samarasini ko‘rish uchun pedagogik jarayonlarning barcha bosqichlarida sinergetik va interaktiv yondashuvlar amalga oshirilishi zarur. Hamkorlik modelining nafaqat o‘quv jarayonida, balki yoshlarning jamoaviy va individual rivojlanishida ham muhim o‘rni bor. Bu yondashuv o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini anglashga qaratilgan pedagogik strategiyalarning shakllanishiga olib keladi, yoshlarning ijtimoiy faolligini, fuqarolik ongini va ma’naviyatini oshiradi. Hamkorlikka asoslangan pedagogika orqali yoshlar nafaqat bilim olishadi, balki o‘z jamiyatiga mas’uliyatli, faol fuqarolar sifatida tayyorlanadilar.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Dewey, J. (1916). Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of Education. New York: Macmillan.
  2. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.
  3. Freire, P. (2000). Pedagogy of the Oppressed. New York: Continuum.
  4. Bruner, J. S. (1996). The Culture of Education. Cambridge, MA: Harvard University Press.
  5. Bandura, A. (1986). Social Foundations of Thought and Action: A Social Cognitive Theory. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (2024). 2024-yil davomida yoshlar tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
  7. Mamatov, S. (2022). Yoshlar va ta’lim tizimida innovatsiyalar: Hamkorlikka asoslangan pedagogikaning ahamiyati. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
  8. Tashkent, A. (2023). Pedagogik hamkorlik va yoshlar tashkilotlari bilan integratsiya: Ilmiy- texnik tahlil. Toshkent: Innovatsion ta’lim va rivojlanish markazi.
  9. Sirojiddinov, F. (2023). Yoshlar tashkilotlarida pedagogik hamkorlik: Nazariy va amaliy aspektlar. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi.
  10. Alimov, I. (2022). Yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda yangi pedagogik yondashuvlar: 2020-2024-yilgi statistik ko‘rsatkichlar. Toshkent: Innovatsion pedagogika markazi.
  11. Lysenko, V. A. (2018). Theories of Social and Educational Pedagogy. Moscow: Russian Pedagogical Society.
  12. Zohidov, K. (2021). Sotsiologik pedagogika va yoshlar bilan ishlash metodlari. Samarqand: Samarqand Davlat universiteti.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012892
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1561
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
109–112
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11