Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaq xalıq sıyqırlı erteklerinde mifologiyalıq obrazlardıń roli hám funkciyası

    Kabilova Gúlayım Bazarbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul teziste qaraqalpaq xalıq sıyqırlı erteklerindegi mifologiyalıq obrazlardıń roli hám funkciyalıq ózgeshelikleri ilmiy-teoriyalıq kózqarastan úyrenildi. Ertek syujetinde mifologiyalıq obrazlardıń bas qaharman menen qatnası, waqıyalardıń rawajlanıwına tásiri talqılandı. Sonday-aq, mifologiyalıq obrazlardıń xalıqtıń dúnyaqarası, arxaikalıq isenimleri hám mifologiyalıq túsinikleriniń kórinisi sıpatındaǵı qásiyetleri ashıp berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Effective Strategies for Expanding Academic Vocabulary Among Advanced EFL/ESL Learners

    Jusipova Elmira Baxtiyarovna, Seytniyazova Guljahan Mirzagalievna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026

    Akademik so‘z boyligini egallash yuqori darajadagi EFL/ESL talabalari uchun nihoyatda muhim, chunki ular akademik materiallarni tushunishi, muhokamalarda qatnashishi va yozma shaklda muloqot qilishi zarur. Biroq alohida leksik birliklarni o‘rganish talabalarning akademik uslubda samarali muloqot qila olishini kafolatlamaydi. Mazkur maqolada maqsadli o‘rganish, kontekst orqali so‘zlarga duch kelish, mashq qilish, morfologik tahlil, kollokatsiyalar va so‘zlarni faol qo‘llash ko‘rib chiqiladi. Yuqori darajadagi EFL/ESL til o‘rganuvchilariga leksik bilimning ham chuqurligi, ham kengligi zarurligi, so‘z boyligini esa ma‘no, grammatik xususiyatlar, kollokatsiya, registr va qo‘llanish orqali o‘zlashtirish lozimligi ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Keshigiwshi argumentli sızıqlı differenciallıq teńlemeler ushın kishi parametrler usılı

    Jusipbayeva Perizat Kabulbay qızı, Qurbanbaev Ótebay Orınbaevich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Kvazisızıqlı differenciallıq teńlemelerdiń periodlı sheshimlerin tabıw usıllarınıń biri kishi parametrler usılı dep atalatuǵın, sheshimdi kishi parametrdiń dárejeleri boyınsha jayılǵan qatar kóriniste anıqlaw usılı bolıp tabıladı [1,2].

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning mohiyati

    Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Darmanova Shaxrizoda Abdimajid qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llari ochib beriladi. Shu bilan birga maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llarining texnologiyasi va nazariy asoslari o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Maktabgacha ta‘lim tashkiloti direktorlarining menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni

    Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Uzakbayeva Gulnur Genjemurat qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini tashkil qilishning nazariy asoslari, direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liqligi pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va bolalarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ talablarni bilish ishning predmetini tashkil qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini takomillashtirish vositasi

    Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Dastanova Juldız Talgatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini rivojlantirishning nazariy asoslari, bolaning nutqiy qobiliyatini, kognitiv qiziqishlarini rivojlantirishda mutafakkirlarning pedagogik-psixologik qarashlari, pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy metodik ta‘minot ishlab chiqib va amaliyotga tatbiq etish o‘rganiladi va katta guruh bolalarining kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish ishning predmetini tashkil qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Pedagogik-psixologik fanlar mazmuni asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi

    Jumamuratova Aibaxar Nurmuxanbetovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur maqolada pedagogik va psixologik fanlar mazmunini integratsiyalash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi yoritiladi. Tadqiqotning dolzarbligi oliy pedagogik ta‘limda bilimni yodlashdan ko‘ra uni tahlil qilish, pedagogik vaziyatga tatbiq etish, dalillash, muammoni hal qilish va o‘z faoliyatini refleksiv baholashga qodir mutaxassisni tayyorlash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va psixologik-pedagogik yondashuvlar uyg‘unlashtirildi; nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, diagnostik topshiriqlar, so‘rovnoma, ekspert baholashi va tajriba-sinov natijalarini qiyoslash usullaridan foydalanildi. Empirik baza Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Urganch davlat universitetining xorijiy tillar fakultetlarida tahsil olayotgan 384 nafar talaba bilan olib borilgan diagnostik va metodik ishlarni qamrab oldi. Natijalar pedagogik-psixologik fanlar mazmuni muammoli vaziyatlar, keyslar, refleksiv topshiriqlar va raqamli manbalar bilan bog‘langanda kognitiv kompetensiyaning mazmuniy, operatsion, motivatsion-refleksiv va kommunikativ komponentlari birgalikda rivojlanishini ko‘rsatdi. Maqolada mazkur kompetensiyalarni rivojlantirishning bosqichma-bosqich metodik modeli hamda uni baholash indikatorlari taklif etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Radioshaffof kompozit materiallarning zamonaviy texnikadagi o‘rni va ularning radiotexnik xarakteristikalarini o‘rganish

    Jumamuratov Bexzod Akramjonovich, Sattorberganova Gulrux Qodirbergan qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu tadqiqotda elektromagnit o‘tkazuvchanlikka erishish uchun bugungi kunda aviatsiya va kosmik loyihalarda ishlatiladigan strukturaviy qismlarni tez-tez qurishda, afzal qilingan kompozitlarni loyihalash va ishlab chiqarish amalga oshirildi. Elektromagnit nazariyada turli xil analitik yechimlardan foydalanib, gibrid materiallarning konfiguratsiyasi olingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Jismoniy mashqlarning odam organizmi anatomik va fiziologik tizimlariga ta‘siri

    Jumabekova Zulfiya Turganbaevna, Menlimuratova Lalagul Maxsetovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning inson organizmi anatomik va fiziologik tizimlariga ta‘siri, muntazam jismoniy faollik natijasida yuzaga keladigan funksional o‘zgarishlar hamda organizmning jismoniy yuklamalarga moslashish mexanizmlari yoritilgan. Yurak-qon tomir, nafas olish, tayanch-harakat va asab tizimlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda anatomik va fiziologik bilimlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Otquloq (Rumex L.) o‘simligi turlarining biologik xususiyatlari va dorivor ahamiyati

    Jumabaeva Rayxan Rustem qizi, Jan‘abaeva Aygu‘l Sarsenbaevna, Abdieva Aliya Talgatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada otquloq (Rumex L.) turkumiga mansub turlarning biologik xususiyatlari, morfologik belgilari, tarqalishi va dorivor ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda otquloq turlarining ildiz tizimi, poyasi, barglari, gullari va urug‘larining o‘ziga xos xususiyatlari, vegetatsiya davri hamda turli ekologik sharoitlarga moslashuvi haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, otquloq turlarining tarkibidagi biologik faol moddalar, vitaminlar, organik kislotalar va mineral elementlarning ahamiyati tahlil qilingan. Ularning xalq tabobati va tibbiyotda qo‘llanilishi, dorivor xomashyo sifatida foydalaniladigan qismlari hamda dorivor ahamiyati haqida ma‘lumotlar berilgan. Maqolada otquloq turlarining Qoraqalpog‘iston sharoitida tarqalishi va ulardan dorivor o‘simlik sifatida oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    3x3 basketbolchi qizlarda tizza bo‘g‘imi jarohatlari profilaktikasi: neyromushak tayyorgarligining o‘rni

    Jumabaeva Aynura Atabay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Tezisda 3x3 basketbol bilan shug‘ullanuvchi qiz sportchilarda oldingi xoch boylam (ACL) jarohatlari profilaktikasi masalasi ko‘rib chiqiladi. 3x3 formatining keskin tormozlanish, tez-tez yo‘nalish o‘zgartirish va bir oyoqqa qo‘nish epizodlariga boyligi, ayol sportchilarda ACL jarohati xavfining erkaklarga nisbatan bir necha barobar yuqoriligi bilan birgalikda, maxsus profilaktik chora-tadbirlarni dolzarb qiladi. Ilmiy manbalar tahliliga tayanib, neyromushak tayyorgarlik dasturlari (FIFA 11+, PEP kabi) ACL jarohatlari chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi asoslanadi va bunday dasturlarni qiz basketbolchilar tayyorgarligining doimiy tarkibiy qismiga aylantirish tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    «Tınısh Don» hám «Shırashılar» romanlarındaǵı dáwir qaharmanı tragizminiń ashıp beriliwi

    Bibixadisha Joldasbaeva · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bu maqolada M.Sholoxovning «Tinch Don» va Sh.Seyitovning «Shırashılar» romanlaridagi davr qahramoni obrazining fojeasini ochib berishdagi badiiy izlanishlari va tasvirlash xususiyatlari haqida so‘z boradi. Davr qahramonini yaratish masalasi Grigoriy Melexov va Esjan chol obrazlari misolida tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida O‘zbekistonda investitsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari

    Joldasbaeva Gúlistan Maxsetbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur tezisda O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida investitsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik infratuzilma va xususiy kapitalni jalb etish masalalariga e‘tibor qaratiladi. Xalqaro moliya institutlari va davlat dasturlari materiallari asosida yashil loyihalarni moliyalashtirishning mavjud mexanizmlari baholanib, hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni yo‘naltirish va yashil moliya instrumentlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sh.Seytov povestlerinde peyzajdıń kórkemlik xızmeti

    Malika Joldasbaeva · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul maqalada belgili qaraqalpaq jazıwshısı Sh.Seytov povestlerinde peyzajdıń kórkemlik xızmeti úyrenilgen. Oǵan muwapıq, Sh.Seytov povestlerinde peyzajlıq súwretlewler waqıyanı rawajlandırıw ushın motivirovkalıq xızmet atqarsa, jáne bir jerde adamlardıń minez-qulqın ashıwǵa járdemlesedi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaqstandaǵı rayonlıq gazetalar

    Joldasbaeva Nurgul Kurbanazar qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul maqalada Qaraqalpaqstan milliy baspasóziniń tariyxıy rawajlanıw basqıshları, xalıqtıń siyasiy-sociallıq hám mádeniy turmısında tutqan ornı hám Respublika aymaǵında shıǵatuǵın tiykarǵı gazetalar haqqında maǵlıwmat beriledi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaqstan Respublikası sharayatında Spirulina platensis suw o‘simliginin‘ bioekologiyalıq o‘zgeshelikleri ha‘m awıl xojalıg‘ındag‘ı a‘hmiyeti

    Joldasbaeva Muslima Marxabaevna, Utemuratova Gu‘lshirin Na‘jimatdinovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqalada Spirulina platensistiń bioekologiyalıq ózgesheliklerin Qaraqalpaqstan Respublikası sharayatında úyreniw hám onı awıl xojalıǵında ámeliy qollanıw perspektivaların bahalaw nátiyjeleri keltirilgen. Ósimliktiń jetistiriw sharayatına beyimlesiwi, ósiwi hám biomassasınıń qáliplesiw ózgeshelikleri izertlenmekte. Tashkent balıqshılıq institutınan 3 litr kólemdegi Spirulina platensis suyıq halında alıp kelinip, mini akvariumǵa beyimlestirildi. Baqlawlar procesinde kultura tabıslı beyimlesti hám ósiwdi dawam ettirdi. Alınǵan biomassa artemiya hám balıqlar ushın azıq retinde paydalanıw kózde tutıldı. Alınǵan nátiyjeler Spirulina platensisti keleshekte úyreniw hám awıl xojalıǵında qollanıw ushın perspektivalı biologiyalıq obiekt sıpatında qarawǵa múmkinshilik beredi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Agromyzidae (Diptera) oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlari va xo‘jayin o‘simliklari bilan trofik munosabatlari

    Jannazarova Gulbanu Maratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Tadqiqotda Agromyzidae (Diptera) oilasi vakillarining tur tarkibi, xo‘jayin o‘simliklari bilan trofik munosabatlari va ayrim rivojlanish xususiyatlari bir yillik dala hamda laboratoriya kuzatuvlari asosida umumlashtirildi. Tadqiqotlar tabiiy va antropogen transformatsiyalangan biotoplarda amalga oshirildi. Zararlangan o‘simlik qismlaridan yig‘ilgan lichinka va g‘umbaklar laboratoriya sharoitida yetishtirilib, yetuk hasharot (imago) bosqichigacha yetkazildi va morfologik belgilar asosida turlar aniqlandi. Natijada Agromyzidae oilasining 5 avlodiga mansub 11 turi qayd etildi. Turlarning turli xo‘jayin o‘simliklar bilan bog‘liqligi, mina hosil qilishi va ayrim rivojlanish xususiyatlari aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Индигофера Indigofera tinctoria — особенности, значение и применение

    Jangabayeva A.S., Yesemuratova G. P. · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026

    Maqolada dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub Indigofera turkumidagi o‘simlik (Indigofera tinctoria) ko‘rib chiqiladi. O‘simlikning morfologik xususiyatlari, tarqalishi, biologik xossalari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Tabiiy ko‘k bo‘yoq — indigo manbai bo‘lgan va muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘yoqdor indigoferaga (Indigofera tinctoria) alohida e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, indigoferaning qishloq xo‘jaligi, tuproqni yaxshilash va ekologik jarayonlardagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tabiiy bo‘yoqlarga va ekologik xavfsiz texnologiyalarga bo‘lgan hozirgi qiziqish munosabati bilan o‘simlikni o‘rganish istiqbolli ekani ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Lirikalıq shıǵarmalarda syujettiń qollanılıw ózgeshelikleri

    Jalgasbaeva Ayzada Abdulla qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqalada lirik shıǵarmalarda syujettiń qollanılıw ózgeshelikleri hám syujetli lirikanıń kórkemlik teoriyalıq tárepleri qarastırıladı. Associativ syujettiń ózgeshelikleri, syujet hám lirik mazmunnıń óz-ara baylanısı analizlenedi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida nok (Pyrus communis L.) yetishtirishning ahamiyati va istiqbollari

    Jadigerova Mirzagul Sarsenbayevna, Bo‘riyev X.Ch. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining murakkab tabiiy-iqlim sharoitida nok bog‘larini qanday qilib to‘g‘ri va iqtisodiy jihatdan foydali tashkil etish va nok o‘simligining botanik-biologik xususiyatlari, xo‘jalik ahamiyati bo‘yicha ilmiy-amaliy ma‘lumotlar va tavsiyalar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya