Asosiy mazmunga o‘tish

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini takomillashtirish vositasi

Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Dastanova Juldız TalgatovnaAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti2026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 735–737

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini rivojlantirishning nazariy asoslari, bolaning nutqiy qobiliyatini, kognitiv qiziqishlarini rivojlantirishda mutafakkirlarning pedagogik-psixologik qarashlari, pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy metodik ta‘minot ishlab chiqib va amaliyotga tatbiq etish o‘rganiladi va katta guruh bolalarining kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish ishning predmetini tashkil qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaСредство совершенствования познавательных интересов и речевой активности детей старшего дошкольного возраста

В данной статье изучены теоретические основы развития познавательных интересов и речевой деятельности дошкольников, педагогико-психологические взгляды мыслителей на развитие речевых способностей и познавательных интересов детей, как педагогическую проблему. Также разрабатывается и применяется на практике научно-методическое обеспечение и совершенствование методов развития познавательных интересов детей в старшей группе.

inglizchaA means of improving cognitive interests and speech activity in older preschool children

This article examines the theoretical foundations of the development of cognitive interests and speech activity of older preschool children, the pedagogical and psychological views of thinkers on the development of children‘s speech abilities and cognitive interests, as a pedagogical problem. It also studies the development of scientific methodological support and its application in practice, the improvement of methods for the development of cognitive interests of children in the senior group.

Kalit so‘zlar

  • maktabgacha katta yoshdagi bolalar
  • kognitiv qiziqishlar
  • nutq faolligi
  • kognitiv rivojlanish
  • bilim faolligi
  • xalq og‘zaki ijodi
  • maktabgacha ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 735–737 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Dastanova Juldız Talgatovna. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini takomillashtirish vositasi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 735–737. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910144

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV QIZIQISHLARI VA NUTQ FAOLLIGINI TAKOMILLASHTIRISH VOSITASI Jumasheva Gulnara Xamidullaevna NDPI p.f.d., professor, Maktabgacha ta’lim kafedrası mudiri Dastanova Juldız Talgatovna Ajiniyoz nomidagi NDPI 2-kurs magistri Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishlari va nutq faolligini rivojlantirishning nazariy asoslari, bolaning nutqiy qobiliyatini, kognitiv qiziqishlarini rivojlantirishda mutafakkirlarning pedagogik-psixologik qarashlari, pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy metodik ta’minot ishlab chiqib va amaliyotga tatbiq etish o‘rganiladi va katta guruh bolalarining kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish ishning predmetini tashkil qiladi. Аннотация: В данной статье изучены теоретические основы развития познавательных интересов и речевой деятельности дошкольников, педагогико-психологические взгляды мыслителей на развитие речевых способностей и познавательных интересов детей, как педагогическую проблему. Также разрабатывается и применяется на практике научно-методическое обеспечение и совершенствование методов развития познавательных интересов детей в старшей группе. Abstract: This article examines the theoretical foundations of the development of cognitive interests and speech activity of older preschool children, the pedagogical and psychological views of thinkers on the development of children's speech abilities and cognitive interests, as a pedagogical problem. It also studies the development of scientific methodological support and its application in practice, the improvement of methods for the development of cognitive interests of children in the senior group. Xalq og‘zaki ijodi janrlaridan hisoblangan maqollarda ham ayni shu haqida juda kerakli fikrlar berilgan. Maqollar – bu xalqning donoligi, millatning ruhini ko‘rsatadigan xalq og‘zaki ijodining gavharidir. Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig‘isi, shodligi va sevinchi, qayg‘usi va ovunchi, xalq haqiqati uni to‘g‘ri yo‘lga eltuvchi mayoqdir. Maqol fikrlarni ixcham, lo‘nda aniq mantiqli ta’sirchan tarzda o‘zida qamrab olganligi bilan oson o‘zlashadi, xotirada saqlanadi. Ana shu omil asosida xalq og‘zaki ijodi janri sifatida shakllanishi, qo‘llanishi imkoniyatlari ta’minlanadi. U fikr ifodalashning oson va qulay, ta’sirchan vositasi sifatida keyinchalik og‘zaki nutqdan yozma adabiyotga ko‘cha boshlagan. Kishi har bir so‘zini o‘ylab, ehtiyot bo‘lib gapirishi kerak. Shu bois ayrim xalq maqollarida biror gapni aytishdan avval uni obdon o‘ylab, atroflicha mulohaza qilib olish zarurligi uqtiriladi.

Kognitiv rivojlanish muammosi, maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim faolligini shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlar ko‘p yillar davomida psixologik va pedagogik tadqiqotlarda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanish xususiyatlarini o‘rganib, biz maktabgacha yoshdagi bolaning kognitiv rivojlanishidagi turli xil psixologik omillarning rolini aniqlashni, bu yoshda kognitiv rivojlanishning qanday umumiy xususiyatlari rivojlanishini, har NUKUS · 2026

bir omil ta’siridan qanday kognitiv oqibatlarga olib kelishini aniqlashimiz mumkin. Maktabgacha yosh davrida kognitiv rivojlanish – bu atrof-muhit ta’siri ostida, shuningdek, maxsus tashkil etilgan o‘quv va tarbiya ta’siri va bolaning o‘z tajribasi bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlash jarayonlarida yuz beradigan sifat va miqdoriy o‘zgarishlarning yig‘indisi. Kognitiv rivojlanishni nutq bilan bog‘liqligini M.M. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Alekseeva, V.I. Yashin, V. Kojakar va S.A. Kozlova bola barqaror manfaatlarini ta‘minlashda pedagogik shart-sharoitlar muhim rol o‘ynashini, D.B. Godovikova kognitiv faoliyatda atrofdagi olamdan bilim olishga intilish, bu ham kognitiv ehtiyoj, ham shu bilan qo‘zg‘aladigan bilim faoliyatidir deydi. A.Z Zaporojets aqliy tarbiyaning alohida vazifasini boshlang‘ich bilimlar tizimini va hayotiy hodisalarini aqliy rivojlanish sharti sifatida qaraydi. O‘zbek olimlaridan F.Qodirova va boshqalar bolalarda kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish o‘zining muhim ilmiy ishlari bilan bog‘liq. Ular bolalarning fikrlash va bilish jarayonlarini faollashtirishga hissa qo‘shgan metodikalarni ishlab chiqqan. Dilbar Jo‘rayeva bolalarning kognitiv rivojlanishiga ertaklar va hikoyalar orqali ta’sir qilish jarayonini o‘rgangan. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha alohida ta‘lim standartlari, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va barcha yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni qayta takomillashtirish, ta‘lim sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Amaldagi ta‘lim-tarbiya jarayonining tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan texnologiyalarini takomillashtirish, hozirgi kishilik jamiyatida inson ehtiyojlariga va zamonaviy talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish katta ahamiyat kasb etadi. Qayd etilganidek, belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda pedagog xodimlarning malaka darajasini yuksaltirish, albatta ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyatga ega. Xususan, ular axloqiy-ma‘naviy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol, ijodiy faoliyatga moyil, yangicha kasbiy dunyoqarash jumladan, takomillashayotgan zamon talablariga moslasha olish qobiliyatlariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sanalgan maktabgacha ta‘limda faoliyat yuritayotgan pedagoglarga ulkan mas‘uliyat yuklanadi. Bugungi zamon talabidagi pedagog maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning eng samarali yo‘llarini tanlay olish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Shunday ekan, eng avvalo yosh avlodning madaniyatini, ma’naviy-axloqiy salohiyatini ko‘tarmoq, milliy mafkurasini uyg‘otmoq zarur. Zero, o‘zini anglagan, millat ma’naviyatini tushungan insongina xalqini, millatini, Vatanini, oilasini taniydi. Xalq va millat oldidagi burchni, mas’uliyatini, majburiyatini anglaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. 2019-yil 3-maydagi PQ–4307-son qaroriga ilova O‘zbekiston Respublikasining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oshirishni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora- to‘g‘risida"gi qaroriga.
  2. "Ilk qadam". Davlat o'quv dasturi. Toshkent 2018.
  3. Qodirova F., Toshpo‘latova Sh., Qayumova N, A’zamova M. Maktabgacha NUKUS · 2026 pedagogika.-T.: Tafakkur nashriyoti, 2019.
  4. Козлова С.А., Куликова Т.А. Дошкольная педагогика. – М.: “АCАДЕМА”, 2000. – 416 c.
  5. G.X.Jumasheva, A.A.Xalikov, SH.E.Oteniyazova. Bolalar nutqini ósirish metodikasi. - N.: “AVANGARD-BASPA” – 2025. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014327
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910144
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
735–737
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31