Maktabgacha ta‘lim tashkiloti direktorlarining menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni
Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Uzakbayeva Gulnur Genjemurat qızıAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 738–740
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini tashkil qilishning nazariy asoslari, direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liqligi pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va bolalarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ talablarni bilish ishning predmetini tashkil qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaСодержание развития менеджерских навыков директоров дошкольных образовательных организаций
В данной статье рассматриваются теоретические основы формирования инновационной базы профессиональной компетентности руководителей дошкольных образовательных организаций. Изучается педагогическая проблема зависимости успеха инновационной деятельности от уровня профессиональных знаний директора и его заместителей в области теории управления, экономики и социологии, политологии и права, педагогики и психологии, гигиены и физиологии. Предметом работы также является знание нормативных требований к личности современного специалиста, особенностей организации деятельности инженерно-педагогического состава и обучения детей.
inglizchaThe content of managerial skills development for directors of preschool education organizations
This article examines the theoretical foundations of developing an innovative basis for the professional competence of preschool education organization leaders. It explores, as a pedagogical issue, how the success of innovative activities largely depends on the level of professional knowledge of the director and their deputies in management theory, economics, sociology, political science, law, pedagogy, psychology, hygiene, and physiology. Additionally, the subject of the work includes understanding the normative requirements for the personality of a modern specialist, the specific features of organizing the activities of engineering and pedagogical staff, and the education of children.
Kalit so‘zlar
- maktabgacha ta‘lim tashkiloti
- direktor
- menejerlik ko‘nikmalari
- kasbiy bilimlar
- innovatsion faoliyat
- boshqaruv nazariyasi
- pedagogik jamoa
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 738–740 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Uzakbayeva Gulnur Genjemurat qızı. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 738–740. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910145
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Jumasheva Gulnara Xamidullaevna NDPI p.f.d., professor, Maktabgacha ta’lim kafedrası mudiri Uzakbayeva Gulnur Genjemurat qızı Ajiniyoz nomidagi NDPI 2-kurs magistri, e-mail: uzakbayevagulnur5@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini tashkil qilishning nazariy asoslari, direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liqligi pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va bolalarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ talablarni bilish ishning predmetini tashkil qiladi.
Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические основы формирования инновационной базы профессиональной компетентности руководителей дошкольных образовательных организаций. Изучается педагогическая проблема зависимости успеха инновационной деятельности от уровня профессиональных знаний директора и его заместителей в области теории управления, экономики и социологии, политологии и права, педагогики и психологии, гигиены и физиологии. Предметом работы также является знание нормативных требований к личности современного специалиста, особенностей организации деятельности инженерно-педагогического состава и обучения детей.
Abstract: This article examines the theoretical foundations of developing an innovative basis for the professional competence of preschool education organization leaders. It explores, as a pedagogical issue, how the success of innovative activities largely depends on the level of professional knowledge of the director and their deputies in management theory, economics, sociology, political science, law, pedagogy, psychology, hygiene, and physiology. Additionally, the subject of the work includes understanding the normative requirements for the personality of a modern specialist, the specific features of organizing the activities of engineering and pedagogical staff, and the education of children.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017- yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’limni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: “− kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta’lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmasligi” 1 kabi mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat 1 Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’limni tubdan takomillshtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori”dan siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi ta’kidlab o‘tilgan. O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazishdan iborat. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining NUKUS · 2026
birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan mazkur sohani tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar ko‘nglidagi orzularni amalga oshishiga xizmat qiladigan muhim hujjatlar qabul X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
qilinmoqda. Natijada mazkur sohadagi islohotlar har bir oilaga kirib bormoqda. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Materiallar va uslublar. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarning ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik jamoa rahbarlari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog o‘z pedagogik faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoa « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
tashkilotchilari bo‘lgan insonlar ta’sirida amalga oshiradi. Pedagogning faoliyatiga ta’lim muassasasidagi bugungi sharoit va jamiyat uchun foydali va zarur maqsadlarni amalga oshirishda shaxs rivojiga va shakllanishiga kuchli ta’sir qiladigan odamlar guruhi bo‘lgan pedagogik jamoadagi ruhiy muhit o‘z hukmini o‘tkazadi. Jamoa jamiyatning bir bo‘lagi sifatida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladi. G‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy-ma’naviy va boshqa jabhalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini o‘qitilayotgan fanlar kesimida lider sifatida tarbiyalab borish va menejerlik sifatlarini rivojlantirib borish kelajakda katta samaradorlikka olib keladi. Natijalar. Zamonaviy menejer jamoa ishlab chiqarishida rahbar, boshqaruvchi, diplomat, lider, murabbiy, yetakchi, innovator, zamonaviy pedagog bo‘lishi lozim. Bu esa menejerning sifat strukturasiga kiradi. Bugungi kundagi menejer ijtimoiy hayotdagi munosabatlar ularning tuzilishi va mohiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi, boshqaruv jarayonida ularni hisobga olishni taqozo qildi. Tobe kishilar ijrochilar, yordamchilar orasida menejer o‘zining har tomonlama ustuvorligi bilan obro‘-e’tibor, nufuz orttirishi mumkin, aks holda ishlab chiqarish samaradorligi dehqonchilik mahsuldorligi xodimlarning ijodiy fikrlash to‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Menejer shaxsi barkamolligi, qat’iy xarakteri, milliy qiyofasidan tashqari bir qator qobiliyatlarga ega bo‘lishi tabiiy ravishda obro‘ qozonishga puxta negiz hozirlaydi, lavozimning keyingi bosqichlari uchun imkon yaratadi, istiqbol rejalari ro‘yobga chiqadi. Bizningcha, quyida mulohaza yuritiladigan qobiliyatlar menejer kadr uchun juda muhim hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda menejerlik shaxsini va uning qobiliyatlarini o‘rganish, tadqiq etish, o‘tgan asrdagidek o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va biz o‘z tadqiqot ishimizda buning ham nazariy, ham amaliy jihatlarini yoritib berishga harakat qilamiz.
Menejer uchun zarur bo‘lgan yana bir muhim fazilat shundan iboratki, u jamoadoshlari bilan til topisha olishi lozim. Menejer eng murakkab, eng qiyin vaziyatlarda ham odamlarni ko‘ndirishi, ularni ba’zi bir nojo‘ya yo‘llardan, xatti-harakatlardan qaytarishi va o‘z atrofida sog‘lom vaziyat, sog‘lom iqlim barpo etishi darkor. NUKUS · 2026
Xulosa va uslublar. Shuning uchun bunday lavozimni egallagan kishi eng to‘g‘ri qarorni tezda qabul qila olish uchun doimo sodir bo‘layotgan voqealar markazida bo‘lishi kerak. Ulardan biri odamlar bilan ishlash. U jamoa ichidagi munosabatlarni tashkil qiladi, ularning ishlarini yaxshi muvofiqlashtirilgan qiladi. Xodimlarni boshqarish davom etmoqda. Menejer, shuningdek, tashkilotning tashqi X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
aloqalardagi vakili hisoblanadi. Ushbu kasbning bir necha darajalari mavjud. Quyi darajadagi menejer ishchilar o‘rtasida ishlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Ularning oldida tezkor yechimni talab qiladigan ko‘plab vazifalar turibdi. Ular o‘rta menejerlar tomonidan boshqariladi. Ular katta bo‘linmani boshqarishi mumkin va bo‘ysunuvchilar va boshqaruv o‘rtasidagi vositachidir. Eng kichik toifaga topmenejerlar kiradi. Ular umuman korxona bilan bog‘liq masalalarni hal qilishadi. Bunday pozitsiyaning xavfi va javobgarligi ancha yuqori. Ammo bunday mutaxassislar juda qadrlanadi va ularning ishi shunga yarasha to‘lanadi. Menejer ishining asosiy jihatlari bugungi kunda biron bir yangi tanlangan mutaxassis olgan kasbidan voz kechmaydi va ota-onasiga menejer bo‘lishni « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
xohlashini aytadi. Bu kim va uning kasbi nima? Kasbsiz kasb – bu talqinni menejer lavozimi bilan bog‘lash mumkinmi? Keling, ushbu maqolaning barcha savollariga javob berishga harakat qilaylik. Aslida menejer menejer emas. Turli xil menejerlar mavjud: sotish bo‘yicha; sotib olish to‘g‘risida; kontent menejeri; SMM menejeri; PR menejeri; ofis menejeri; reklama orqali; mijozlar bilan ishlash bo‘yicha; xodimlar. Va bu faqat asosiy narsa ushbu kasbning turlari... Shunisi e’tiborga loyiqki, hatto bir xil turdagi menejerning faoliyati turli kompaniyalarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, bitta kompaniyaning savdo menejeri faqat telefonda ishlashi, mijozlarga qo‘ng‘iroq qilishi, ularga mahsulot yoki xizmat taklif qilishi va bitimlarni yopishi mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi __-sonli Qarori.
- Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
- Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’limni tubdan takomillshtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. –T.: 2020y.
- Babayeva D.R., Jumasheva G.X., Abdullayeva M.A. Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari. O‘quv qo’llanma. “Ilim ziyo zakovat” 2021y.
- Babayeva D.R., Jumasheva G.X. Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari (magistratura 1 kurs). Darslik. Toshkent-2023.
- Vaxobova F.N., Rasulova M. Sh. va boshqalar «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari».–T.; 2008.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014328
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910145
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 738–740
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31