Asosiy mazmunga o‘tish

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning mohiyati

Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Darmanova Shaxrizoda Abdimajid qiziAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti2026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 741–743

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llari ochib beriladi. Shu bilan birga maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llarining texnologiyasi va nazariy asoslari o‘rganiladi.

Boshqa tillarda

ruschaСущность «Государственных требований к развитию детей раннего и дошкольного возраста» в дошкольных образовательных организациях

В статье раскрываются пути совершенствования сотрудничества с семьей на основе государственных требований к дошкольному образованию. При этом будут изучены технология и теоретические основы способов улучшения сотрудничества с семьей, исходя из государственных требований к дошкольному образованию.

inglizchaThe essence of the “State requirements for the development of children of early and preschool age” in preschool education organizations

The article reveals ways to improve cooperation with families based on state requirements for preschool education. At the same time, the technology and theoretical foundations of ways to improve cooperation with families based on state requirements for preschool education are studied.

Kalit so‘zlar

  • Maktabgacha ta‘lim
  • davlat talablari
  • oila
  • hamkorlik
  • takomillashtirish
  • yo‘llari
  • shaxs
  • huquqiy-ma‘naviy
  • axloqiy

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 741–743 O‘zbek

IQTIBOS UCHUN Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Darmanova Shaxrizoda Abdimajid qizi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning mohiyati // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 741–743. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910146

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARI”NING MOHIYATI Jumasheva Gulnara Xamidullaevna NDPI p.f.d., professor, Maktabgacha ta’lim kafedrası mudiri Darmanova Shaxrizoda Abdimajid qizi

1-kurs magistr, Ajiniyoz nomidagi NDPI, e-mail masharipovaog‘iloy5@gmail.com. Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llari ochib beriladi. Shu bilan birga maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oila bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llarining texnologiyasi va nazariy asoslari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, davlat talablari, oila, hamkorlik, takomillashtirish, yo‘llari, shaxs, huquqiy-ma’naviy, axloqiy.

Аннотация: В статье раскрываются пути совершенствования сотрудничества с семьей на основе государственных требований к дошкольному образованию. При этом будут изучены технология и теоретические основы способов улучшения сотрудничества с семьей, исходя из государственных требований к дошкольному образованию. Ключевые слова: Дошкольное воспитание, государственные потребности, семья, сотрудничество, совершенствование, пути, личность, право-духовный, нравственный. Abstract: The article reveals ways to improve cooperation with families based on state requirements for preschool education. At the same time, the technology and theoretical foundations of ways to improve cooperation with families based on state requirements for preschool education are studied. Keywords: Preschool education, state requirements, family, cooperation, improvement, ways, personality, legal-spiritual, moral. Kirish. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

Materiallar va uslublar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida: maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik hamda bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishlari bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash o‘quv yili bo‘yicha 1-yarim yillik (sentabr, oktabr, noyabr, dekabr), 2-yarim yillik (yanvar, fevral, mart, aprel, may) bo‘yicha olib boriladi. Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat mashg‘ulotini tayyorlab o‘tkazadi. NUKUS · 2026

Nazorat mashg‘ulotining tahlili joriy oyning oxirgi kunlarida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot tahlili bo‘yicha bayonnoma yozilib, mashg‘ulot natijasiga ko‘ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi. O‘quv yili davomida ikki marta (1-yarim yillik, 2- yarim yillik) Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Davlat talablarining 1-bobi Umumiy qoidalar deb nomlanib, O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga qo‘llaniladi: - davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; - nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; - maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Natijalar. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 2. Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 3. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 4. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi: - bolaning noyobligi; - “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli; - bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; - bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; - bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Davlat talablarining tarkibiy tuzilishi haqida 3-bobda fikr yuritilgan. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: - go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha); NUKUS · 2026

- erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); - kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); - o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); - katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); - maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha). X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan. Yakuniy qoidalar 4-bobda belgilangan. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Xulosa va uslublar. “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Shunday ekan, maktabgacha ta’limda “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlovchi, uni uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish lozim. Buning uchun avvalo, maktabgacha ta’lim sohasidagi tarbiyachipedagoglar kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishlari muhim hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05. 2019. PQ- 4312-sonli Qarori.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent. 2020, 23 sentyabr. 25 b.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim-tarbiya to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent. 2019, 16-dekabr. 40b.
  4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
  5. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari. T.: 2017 y.132 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014329
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910146
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
741–743
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31