Shokirjonov Kudratjon Shuxrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yosh futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishishida ularning jismoniy tayyorgarligi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy va amaliy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarning yillik rejalashtirilishi va ularning mazmuniy yo‘naltirilishi futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va funktsional tayyorgarligiga to‘liq mos kelishi lozim.
Parmonov Akmal Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Bugungi kunda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni o‘qitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma‘noda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamon talabalari asosida o‘qitish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.
Mirzayev Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Talabalar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan‘anaviy usullarni ilmiy asoslash o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.
Mamadaliyeva E‘tibor Shuhratovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarda tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi faoliyatining ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga yordam beradi, shuningdek, talabalarning faol ishtirokini ta‘minlaydi. O‘qituvchilar esa, ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish va ularni motivatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Kholova Mohikul Shavkatovna, Kadirova Mahira Mirzaboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada giyohvandlikning ijtimoiy hayotga salbiy ta‘siri, uni deviant xulq-atvor shakli sifatida o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Giyohvandlikning kelib chiqish sabablari, uning yoshlar ongiga salbiy ta‘siri hamda uning oldini olishda ta‘lim va oilaning o‘rni tahlil qilingan. Muammoning zamonaviy psixologik-pedagogik yechimlari ko‘rib chiqilgan.
Karabaev Shuxrat Shakirjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada sportchilarni o‘quv mashg‘ulotlarida foydalaniladigan testlar majmuasi, ularnini qo‘llanilishi va zamonaviy testlarning samaradorligi atroflicha o‘rganilgan. O‘smir futbolchilarning, bolalar va yoshlarning jismoniy tayorgarligini baholash usullarining o‘ta turli-tumanligini inobatga olgan holda “yevrofit” testini afzalliklari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Isabekov Shuhratjon Muhammadjonvich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada nazorat va tajriba guruhlari talabalarning pedagogik tadqiqot boshidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari va usul o‘ziga xos xussiyatlari maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlili o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.
Inomova Dilrabo Komilovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mamlakatimizda ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash, ta‘lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, ta‘lim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumta‘lim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan.
Gaziev Nuritdin Ruxiddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada. belbog‘li kurashchilarni statik va aylanma-dinamik kuchlanish holatlarida muvozanat saqlash va uning pulsometrik qiymatl aniqlash va diagnostika qilish uchun pedagogik testlash metodlaridan foydalandik.
Feruza Asrorovna Khamroyeva, Zarina Sulaymonovna Sunnatillayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammolarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish qobiliyatini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Olti fikrlash qalpog‘i” metodi, shuningdek ushbu metodni geografiya darslarida qo‘llash samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada metodning ta‘lim jarayoniga joriy etilish jihatlari, uning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yoshlar pedagogikasi — bu o‘rta va katta yoshdagi yosh avlod (asosan 14–30 yosh oralig‘idagi) vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, ijtimoiylashtirish jarayonini o‘rganuvchi maxsus pedagogik fan sohasidir. U pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslangan bo‘lsa-da, aynan yoshlar davri psixologiyasi, ijtimoiy mavqei, ehtiyojlari, intellektual va ma‘naviy o‘sishi bilan bog‘liq xususiyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar modellari hamda ularni ilmiy loyihalash haqida ma‘lumotlar berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — buyuk tuyg‘u. Vatan jonsiz, ruhsiz buyum emas. Vatanparvarlik o‘rniga vatansizlikni targ‘ib etish, “globallashuv degani sening dunyo fuqarosiga aylanishing”, deb talqin qilish, milliy tarixni eskilik sarqiti sifatida tan olish kabi o‘ta mantiqsiz g‘oyalar ko‘payib bormoqda. Ushbu maqolada global zamon vatanparvarlik tarbiyasida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari yoritib berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — bu kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma‘naviy qadriyatlardan biri. Ushbu maqolada vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik va ijtimoiy-ma‘naviy mohiyati yoritib beriladi.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Hozirgi zamon olimlari yoshlar bilan ishlashning pedagogik dolzarbliklari uning didaktik uslublarida ekanligini ta‘kidlashmoqda. Masalan, birgina Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida 2000-yildan beri yoshlar pedagogikasining didaktik uslublarini takomillashtirish orqali, yoshlarning kreativlik ko‘rsatkichlarini 12,6 foizga, fanlarni o‘zlashtirishning umumiy ko‘rsatkichi 11,6 foizga oshishga erishildi. Quyida, pedagogikada yoshlar bilan ishlashning zamonaviy didaktik uslublari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yevropa Ittifoqida 14,6 foiznigina tashkil etadigan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan quyi ko‘rsatkich sifatida e‘tirof etilmoqda. Parij Universiteti, Stogolm Qirollik Akademiyasi va Madrid Tadqiqotlar Markazi pedagogik professorlari yosh qatlamning stabil o‘sishini ta‘minlovchi yagon chora, ular bilan pedagogik ishlash metodlarini ya‘nada takomillashtirish ekanligini ta‘kidlab o‘tishdi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari va modellari yoritib berilgan.
Abdullaev Bekdada G‘afurjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada 10-12 yoshli futbolchi bollarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yoshiga mos o‘yinlarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xarakatli o‘yinlarni o‘rni xamda ularni axamiti xaqida malumotlar berilgan.
A.X. Boboyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqola zamonaviy ta‘limdagi global tendensiyalar (raqamlashtirish, sun‘iy intellekt, inklyuzivlik, umrbod o‘qish) va ularning O‘zbekiston ta‘lim tizimiga ta‘sirini tahlil qiladi. UNESCO, OECD, WEF ma‘lumotlari asosida ta‘limdagi imkoniyatlar, muammolar va islohotlar uchun tavsiyalar keltirilgan. Xulosa qismida Incheon Deklaratsiyasi (2030) tamoyillari O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan.
Sa‘dullayeva Shahlo Anvarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada turk adibi Rashod Nuri Guntekinning “Yashil tun” asarida ijtimoiy muammolarning yoritilishi, muallifning ta‘lim sohasiga munosabati haqida so‘z boradi. Asar qahramoni o‘qituvchi Shahin mamlakatda dinni noto‘g‘ri talqin qilganlar va ikki xil fikrda bo‘lganlarga qarshi olib borgan mafkuraviy kurashi haqida gapiradi. Yuqoridagilarni tahlil qilib, Turkiya Jumhuriyatining yangi vujudga kelgan davridagi inqilobiy jarayonda o‘qituvchilarning ma‘naviy ahamiyati ochib beriladi.
Otaxonova Gulasal Boboxon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘ Genri inson tabiati, ruhiyati va qahramonlarning hayotidagi voqeliklarni kinoya va istehzo orqali ochib beradigan qisqa hikoyalari bilan mashhur. Uning hikoya qilish uslubi ko‘pincha kutilmagan burilishlar, istehzoli suhbatlar va achchiq kulguni o‘z ichiga oladi, bularning barchasi yozuvchi hikoyalarining ta‘sir doirasini doimiy saqlab turishga hissa qo‘shadi.Uning hikoyalarini mazmun mohiyatini yo‘qotmagan holda turli tillarga tarjima qilish har bir tarjimonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ammo uning hikoyalarini tarjima qilish paytida ko‘pgina xatoliklarga ham yo‘l qo‘yishgan. Ushbu maqolada O‘ Genrining “After twenty years” 1 hikoyasining o‘zbek tiliga tarjima qilinganda yo‘l qo‘yishgan xatolari yoritib berilgan.