Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    ANOR PO‘STLIG‘INING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

    Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi, Fayziyeva Gulsanam Muhiddin qizi, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola anor po‘stlog‘ining keng ko‘lamli shifobaxsh xususiyatlarini tahlil qiladi. Anor po‘stida mavjud bo‘lgan pelterin, kaliy, magniy, temir kabi mikroelementlar va antioksidantlar uning dorivorlik jihatlarini belgilaydi. Qadimiy tabobatda, jumladan Gippokrat davrida ham anor po‘stining quritilgan shakli jarohatlar va yaralarni davolashda ishlatilgan.Maqolada anor po‘stidan tayyorlanadigan turli xil damlama, qaynatma va kukun shaklidagi vositalarning ichak kasalliklari (dizenteriya, salmonellyoz, qorin tifi) me‘da va ichak yaralari, disbakterioz, gijja, bavosir, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, tish og‘rig‘i, yo‘tal, soch to‘kilishi va husnbuzarlarni davolashdagi foydasi keng yoritilgan.Uyqu sifatini yaxshilash, immunitetni oshirish, tanani toksinlardan tozalash va yoshartirishda anor po‘stining ahamiyati alohida ta‘kidlangan. Spirtdagi damlama va ko‘k choy bilan aralashtirilgan choy, shuningdek asal qo‘shilgan qaynatma shakllarida iste‘mol qilish orqali ham kasalliklarning oldini olish va davolash mumkinligi isbotlangan.Shuningdek, maqolada anor po‘stining nojo‘ya ta‘sirlari deyarli yo‘qligi, lekin uni me‘yoridan ortiq iste‘mol qilish yoki ba‘zi dori vositalar bilan birga qabul qilishda ehtiyot bo‘lish zarurligi eslatib o‘tilgan. Ushbu maqola anor po‘stlog‘idan xalq tabobatida samarali foydalanish yo‘llarini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan yoritadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    THYROID DISEASE HASHIMOTO‘S THYROIDITIS CLINICAL SIGNS AND EXAMINATION BY ULTRASOUND METHODS.

    Yo‘ldosheva Gulsara Bahridinovna, Ro‘zimurodova Sarvinoz Dilmurod qizi, Tursunpo‘latova Dilbar Talatjon qizi, Abunabiev Aziz Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola orqali qalqonsimon bez tuzilishi,  joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz. Qalqonsimon bez tekshirish texnikasi, qoidalari, texnikani noto‘g‘ri qo‘llaganda kelib chiqadigan asoratlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    JIGAR VA O‘T YO‘LLARI KASALLIKLARINI ULTRATOVUSH TEKSHIRUV USULLARI ORQALI BAHOLASH

    Yo‘ldosheva Gulsara Bahridinovna, Abduxoliqova Gavhar Abdurasul gizi, Utemurotov Oybek Ravshanbek uli, Qulmurodova Dildora Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola orqali jigar va o‘t yo‘llari, o‘t yo‘llari  tuzilishi,  joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz. Jigar va o‘t yo‘llari tekshirish texnikasi, qoidalari, texnikani noto‘g‘ri qo‘llaganda kelib chiqadigan asoratlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    MINIMALLY INVASIVE INTERVENTIONS IN SURGICAL TREATMENT OF ACUTE PANCREATITIS

    Vivek Selvapriya, Yunusova Guzal Fayzullaeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada kasallik boshlanganidan keyingi dastlabki 72 soat ichida laparoskopiya o‘tkazilgan, fermentativ peritonit bilan asoratlangan o‘tkir pankreatitli 102 bemorni kompleks tekshirish va davolash natijalariga asoslangan klinik material tahlil qilingan. Klinik taqqoslash guruhini o‘tkir pankreatitning shishli shakli bilan og‘rigan 42 bemor tashkil etdi. Jami 144 bemor (erkaklar - 90, ayollar - 54), o‘rtacha yosh 53,6±3,4 yil.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    GIJJALAR: YUQISH YO‘LLARI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

    Umarov Xusniddin Nuriddinovich, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada gijjalar (gelmintlar) bilan zararlanishning asosiy yo‘llari, ularning inson organizmiga kirish mexanizmlari, yashash joylari, sog‘liqqa salbiy ta‘siri, xavf guruhlari, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Ayniqsa, bolalar salomatligi va himoyasi, oziq-ovqat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, tibbiy-profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    DEVELOPMENT OF IONOPHORES FOR ION-SELECTIVE ELECTRODES FOR THE DETERMINATION OF MEDICINAL SUBSTANCES.

    Ulug‘murotova Gulhayo Shuhrat qizi, Abdurahmonova Z. E. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada dori vositalarini aniqlash uchun ionselektiv elektrodlar (ISE) ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yangi ionoforlar sintezi va ularning xossalari o‘rganildi. Tadqiqotda dododekowolframofosfat va dodekomolibdofosfat kislotalari asosida dibazol, trimekain hamda piridoksin preparatlari uchun selektiv ionoforlar yaratildi. Sintez jarayonlari, elektrod tayyorlash usullari, eritmalar konsentratsiyasi va pH ta‘siri chuqur tahlil qilindi. Ushbu usullar arzon, oson bajariladigan va yuqori aniqlikka ega bo‘lib, farmatsevtik analizda keng qo‘llanilishi mumkin. Olingan natijalar asosida yangi selektiv elektrodlar ishlab chiqishning amaliy ahamiyati asoslab berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    COMPARATIVE ASSESSMENT OF THE EFFECTIVENESS OF USING OSTEOPLASTIC MATERIAL IN SINUS LIFTING SURGERY

    Shadiev Sadulla Samexjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Sinuslifting operatsiyasi o‘tkazilgan 63 nafar bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilgan. Sinusliftingda ishlatilgan Kolapol KP-3 va Ovis suyak hosil qiluvchi materiallarni samaradorligi baholangan. Rentgenologik nazorat va suyak zichligi aniqlangan. Ovis qo‘llanilgan asosiy guruhdagi bemorlarda 2 yildagi operatsiya samaradorligi 98,4 % tashkil etganligi qayd etilgan. Sinuslifting operatsiyassida suyak hosil qiluvchi materiallarni qo‘llash yonoq implantlarini qo‘yishga muqobil usul bo‘lib hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    MIRACULOUS PLANT — GINSENG: THE SECRET OF HEALTH GIFTED BY NATURE, MEDICINAL PROPERTIES, LATIN NAME

    Narzullayeva Aziza Nodir qizi, Baxriddinov Tolibjon Shamsidin o‘g‘li, Normurodova Sohiba Mallayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qadimiy va zamonaviy tabobatda keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik — jenshen haqida so‘z boradi. Jenshenning biologik tarkibi, sog‘liq uchun foydali xususiyatlari, shuningdek, u qanday kasalliklarda va qanday shakllarda ishlatilishi haqida ma‘lumot beriladi. Shuningdek, jenshen iste‘molida e‘tiborli bo‘lish zarur bo‘lgan jihatlar ham yoritilgan. Maqola jenshenning tonik, adaptogen va immunostimulyator xususiyatlarini o‘rganishga qiziquvchilar uchun foydalidir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    XALQ TABOBATINI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISH ZAMON TALABI

    Mehmonov Alisher Zafarovich, Asrorov Shaxrizod Umidjonovich, Jalilova Dildora Murot qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Dorivor o‘simliklarga oid kerakli ma‘lumotlar tabiatni e‘zozlash masalasi "Atrof-muhitni muhofaza qilish" umumiy tushunchasi bilan birlashtirilgan alohida o‘simliklarni ham himoya qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, birinchi navbatda himoya qilinishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni bilish kerak. Dorivor o‘simliklar bilan u yoki bu tarzda shug‘ullanadigan ko‘plab ishchilar dorivor o‘simliklar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalardan foydalanishga imkon beradigan ta‘limga ega emaslar. Shuning uchun maqsadli dorivor o‘simliklarni o‘rganish, to‘plash, tayyorlash, yetishtirish, qayta ishlash va ulardan foydalanishga qiziquvchilarga o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi, o‘sish sharoitlari, dorivor xususiyatlari va ulardan foydalanish mumkinligi haqida asosiy ma‘lumotlarni o‘qib o‘rganish izlash muhimdir. Shundagina xalq tabobatini yuksaltirishga erishiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    YADRO KIMYOSINING TIBBIYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.

    Lapasova Madina Alisher qizi, Xudoyberdiyeva Sabina, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yadro kimyosi – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va o‘zgarishlarini o‘rganadigan fan sohasi bo‘lib, bugungi kunda uning tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, diagnostika, terapiya va davolash usullarini rivojlantirishda yadro kimyosining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada yadro kimyosining tibbiyotdagi asosiy qo‘llanilish yo‘nalishlari, jumladan, nuklear tibbiyot, radiologik diagnostika, radioterapiya va radiofarmatsevtika haqida batafsil ma‘lumot beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    QON IVISH TIZIMI VA DAVOLASH STRATEGIYALARI: KLINIK AMALIYOTDA KONSERVATIV HAMDA JARROHLIK YONDASHUVLAR

    Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada konservativ va jarrohlik davolash usullarining qon ivish tizimiga ta‘siri o‘rganiladi. Turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan davolash yondashuvlari gemostaz holatiga qanday ta‘sir qilishi tahlil qilinadi. Xususan, jarrohlik aralashuvlardan so‘ng yuzaga keladigan tromboz yoki qon ketish xavfi, konservativ terapiyada esa antikoagulyant davo fonida kuzatiladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari davolash taktikalarini tanlashda qon ivish tizimini baholash muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    JINSIY YO‘L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLAR

    Islamov Nurali Hikmatovich, Kamolov Bobir Tenglashovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy ishda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) tahlil qilingan. Tadqiqotda gonoreya, sifilis, xlamidiya va HIV kabi infektsiyalarni o‘rganib chiqildi. JYYKlarning klinik namoyon bo‘lishi, ularning tashxisi, davolash yondashuvlari va ularni boshqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, JYYKlarning ko-infektsiya bilan bog‘lanishi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida bir nechta kasalliklarning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari JYYKlarning vaqtida davolanmasligi ko‘plab sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    KALAMUSHLAR QONI TARKIBIDA JINSIY GORMONLAR MAHSULOTLARI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI

    Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur ilmiy ishda eksperimental sharoitda kuzatilgan issiqlik kuyigidan so‘ng erkak kalamushlar qoni tarkibida jinsiy gormonlar — testosteron, LH (luteinlashuvchi gormon) va FSH (follikul stimullovchi gormon) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kuyish jarohatlarining endokrin tizim faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar reproduktiv sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi ta‘kidlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    KASHNICH URUG‘INING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

    Fayziyeva Gulsanam Muhiddin qizi, Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada kashnich o‘simligining urug‘i – kashnich urug‘ining shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Maqolada uning hazm qilish tizimini yaxshilashi, yallig‘lanishga qarshi ta‘siri, qandli diabetga ijobiy ta‘siri, yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlashi, asab tizimiga tinchlantiruvchi ta‘siri va bakteriyalarga qarshi xususiyatlari ilmiy asosda bayon etilgan. Ayniqsa, xalq tabobatida ayollar salomatligi uchun ishlatilishi alohida ta‘kidlangan. Kashnich urug‘i tabiiy dorivor vosita sifatida qadimdan qo‘llanilgan bo‘lib, zamonaviy tadqiqotlar uning foydasini yana bir bor tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, maqolada ushbu urug‘dan foydalanishda ehtiyotkorlik va mutaxassis maslahati zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola sog‘lom turmush tarziga e‘tiborli o‘quvchilar uchun foydali manbadir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI AYOL KURSANTLARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

    Xudoyberganov O.K. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada ayol kursantlarining kasbiy jismoniy tayyorgarligining xususiyatlari ko‘rib chiqilib, xususan ayol kursantlarda tezkor-kucsifatlarini rivojlantirish masalalari ochib berilgan. Eksperimental guruhlarning ayol kursantlarining tajriba boshida ham, oxirida ham tezkor-kuch tayyorgarligi ko‘rsatkichlari dinamikasi keltirilgan. O‘quv jarayonida ayol kursantlarda tezkor-kuhc sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish shartlari qayd etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНОГО ДЕКОРАТИВНО - ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА В СИСТЕМЕ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

    Раушан Узакбаевна Торежанова · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Xalq amaliy bezak ijodi va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqar ekan, maqola muallifi uzluksiz ta‘lim tizimida shaxs rivojlanishiga nisbatan uning ustuvor funksiyalari o‘zgarishini kuzatadi va uning pedagogik salohiyatini belgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИИ ПРИНЯТИЯРЕШЕНИЙ В СОЦИАЛЬНЫХ СИТУАЦИЯХ У СТУДЕНТОВ

    Раджабова Гузал Зарифовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy vaziyatlarda qaror qabul qilish kompetensiyasini shakllantirishning psixologik va pedagogik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot qaror qabul qilish jarayonida ijtimoiy kontekstlarni anglash, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas‘uliyat hissini shakllantirishning rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, shuningdek, talabalarning samarali va ongli qarorlar qabul qilishi uchun ijtimoiy anglash va refleksiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening dasturlari hamda uslubiy yondashuvlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA SPORT MAKTABI O‘QUVCHILARINI JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZIMI (FUTBOL SPORT TURI MISOLIDA)

    Xolmatov Nizomjon Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarligining tabaqalashtirilgan metodika samaradorligini aniqlash uchun jami tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi. Olib borilgan pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi yosh futbolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ETIKET VA KASBIY ETIKETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

    Umarova Feruzabonu Bobir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan o‘rni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat ko‘rsatkichi, balki ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol o‘yinlari, kommunikativ mashg‘ulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    15-YOSHLI PARADZYUDONING KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI DINAMIKASI (PEDAGOGIK TAJRIBA) KO‘RSATKICHLARI ANIQLASH

    To‘ychiyev Tohirjon Sahodillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada Paradzyudo kurashchilarni yuklamalarini rejalashtirish ishlab chiqilgan xamda ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, mavzuni dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish