Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola14.00.00Ochiq kirish

GIJJALAR: YUQISH YO‘LLARI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

Umarov Xusniddin Nuriddinovich1, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich22025

  1. 1Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakulteti talabasi
  2. 2Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy kimyo kafedrasi assistenti

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 4Sahifa 244–247

Annotatsiya

Mazkur maqolada gijjalar (gelmintlar) bilan zararlanishning asosiy yo‘llari, ularning inson organizmiga kirish mexanizmlari, yashash joylari, sog‘liqqa salbiy ta‘siri, xavf guruhlari, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Ayniqsa, bolalar salomatligi va himoyasi, oziq-ovqat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, tibbiy-profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСТРИГУЩИЙ ЛИШАЙ: ПУТИ ПЕРЕДАЧИ, ФАКТОРЫ РИСКА И МЕРЫ ПРОФИЛАКТИКИ

В статье дана подробная информация об основных путях заражения глистами (гельминтами), механизмах их проникновения в организм человека, местах обитания, негативных последствиях для здоровья, группах риска, клинических симптомах, методах диагностики, современных мерах лечения и профилактики. Особое внимание уделяется важности охраны здоровья детей, гигиены питания, соблюдению санитарно-гигиенических правил, а также лечебно-профилактическим мероприятиям.

inglizchaHELMINTHS: TRANSMISSION ROUTES, RISK FACTORS AND PREVENTION MEASURES

This article provides detailed information on the main routes of infection with worms (helminths), the mechanisms by which they enter the human body, their habitats, their negative effects on health, the risk groups, the clinical signs, the diagnostic methods, and also modern treatment and preventive measures. Particular attention is paid to the health and protection of children, to food hygiene, to compliance with sanitary and hygienic rules, and also to the importance of medical and preventive activities.

Kalit so‘zlar

  • gijjalar
  • geogelmintoz
  • biogelmintoz
  • parazit
  • immunitet
  • profilaktika
  • bolalar gigienasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

GIJJALAR: YUQISH YO‘LLARI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI Umarov Xusniddin Nuriddinovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti vrachlar malakasini oshirish fakulteti talabasi Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy kimyo kafedrasi asistenti E-mail: jamol19960121@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15272086 Annotatsiya: Mazkur maqolada gijjalar (gelmintlar) bilan zararlanishning asosiy yo‘llari, ularning inson organizmiga kirish mexanizmlari, yashash joylari, sog‘liqqa salbiy ta’siri, xavf guruhlari, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ayniqsa, bolalar salomatligi va himoyasi, oziq-ovqat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, tibbiy-profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: gijjalar, geogelmintoz, biogelmintoz, parazit, immunitet, profilaktika, bolalar gigienasi.

СТРИГУЩИЙ ЛИШАЙ: ПУТИ ПЕРЕДАЧИ, ФАКТОРЫ РИСКА И МЕРЫ ПРОФИЛАКТИКИ Аннотация: В статье дана подробная информация об основных путях заражения глистами (гельминтами), механизмах их проникновения в организм человека, местах обитания, негативных последствиях для здоровья, группах риска, клинических симптомах, методах диагностики, современных мерах лечения и профилактики. Особое внимание уделяется важности охраны здоровья детей, гигиены питания, соблюдению санитарногигиенических правил, а также лечебно-профилактическим мероприятиям. Ключевые слова: глисты, геогельминтозы, биогельминтозы, паразиты, иммунитет, профилактика, гигиена детей.

WORMS: TRANSMISSION ROUTES, RISK FACTORS AND PREVENTIVE MEASURES Abstract: This article provides detailed information on the main routes of infection with worms (helminths), their mechanisms of entry into the human body, habitats, negative health effects, risk groups, clinical signs, diagnostic methods, and modern treatment and preventive measures. Particular attention is paid to the importance of children's health and protection, food hygiene, compliance with sanitary and hygienic rules, as well as medical and preventive measures. Keywords: worms, geohelminthiasis, biohelminthiasis, parasite, immunity, prevention, children's hygiene.

KIRISH Parazitar kasalliklar, ayniqsa gijjalar bilan zararlanish bugungi kunda nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi uchun, balki jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Gijjalar (gelmintlar) inson organizmida yashab, ovqat hazm qilish, asab, nafas olish, qon aylanish tizimlari va boshqa muhim a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular oziqa moddalarni so‘rib, immunitetni susaytiradi, surunkali kasalliklarni kuchaytiradi hamda bolalar rivojlanishida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada gijjalar qanday yo‘llar bilan yuqishi,

ularning salomatlikka ta’siri, xavf guruhlari, asoratlari hamda profilaktik choralari haqida batafsil ma’lumot beriladi. ASOSIY QISM 1. Yuqish yo‘llari. 1.1. Tuproq va suv orqali (geogelmintoz) Gijjalar inson organizmiga asosan tuproq va suv orqali yuqadi. Geogelmintlar deb ataluvchi parazitlar (ayniqsa askaridalar, ankilostomalar va trixurazlar) inson najasi bilan atrof-muhitga chiqarilgan tuxumlar orqali tarqaladi. Bu tuxumlar tuproq, qum, suv va o‘simliklar yuzasida uzoq vaqt yashay oladi. Gigiyenik qoidalarga rioya qilinmasa, ifloslangan meva-sabzavotlar, suv yoki chang orqali bu tuxumlar inson og‘zi orqali organizmga tushadi. Ba’zi parazitlarning lichinkalari esa teri orqali, ayniqsa yalangoyoq yurgan odamlarning tovon yoki oyoq terisi orqali kirib, qon orqali ichki a’zolarga tarqaladi. Issiq va nam iqlim bu parazitlar uchun ayniqsa qulay muhit yaratadi. Bolalar, qishloq aholisi va yer bilan ishlovchi kishilar yuqori xavf guruhiga kiradi. 1.2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa Gijjalar insonlar yoki hayvonlar bilan bevosita aloqa qilish orqali yuqadi. Bolalar o‘yin davomida, qo‘l yuvmasdan ovqat iste’mol qilishganda yoki tuproq bilan aloqa qilgandan so‘ng og‘izga qo‘l solish orqali yuqishi mumkin. Kattalar esa umumiy faoliyatda, masalan, bog‘dorchilik ishlari, chorvachilik yoki bemor bilan yaqin aloqada bo‘lish orqali bu parazitlarni bir-biriga o‘tkazishlari mumkin. Uy hayvonlari, ayniqsa qishloq sharoitida, ko‘chadan ifloslik olib kiradi va ularning junida yoki oyoqlarida gijja tuxumlari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hayvonlarning najasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa ham xavf tug‘diradi. Chivin va suvaraklar ham parazit tuxumlarini oziq-ovqat mahsulotlariga tashib, ularni zararlashi mumkin. Ayniqsa, yoz oylarida gigiyenik sharoitlar yomon bo‘lsa, bu holatlar yanada avj oladi. 1.3. Biogelmintoz Biogelmintoz — bu odamlar hayvonlardan yuqadigan parazitar kasallik bo‘lib, asosan hayvonlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi. Zararlangan chorva yoki yovvoyi hayvonlar go‘shti (masalan, cho‘chqa, sigir, baliq) yetarlicha termik ishlov berilmagan holda iste’mol qilinsa, odam organizmiga gelmintlar tushishi mumkin. Ayniqsa, shashlik, yarim pishgan bifshteks, sushi, quritilgan yoki dudlangan baliq, pastırma, sosiska kabi mahsulotlar xavf tug‘diradi. Trixinellyoz, tenioz, difillobotrioz, opisthorchosis kabi kasalliklar aynan shu yo‘l bilan yuqadi. Bunday mahsulotlar orqali nafaqat gelmintlar, balki bakterial va virusli ichak infektsiyalari ham yuqishi mumkin. Infektsiyalangan go‘sht yoki baliqni vizual ko‘z bilan aniqlash qiyin bo‘lib, parazit tuxumlari yoki lichinkalari ko‘zga ko‘rinmas holatda bo‘ladi. Shu sababli, go‘sht va baliq mahsulotlarini chuqur termik ishlovdan o‘tkazish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish zarur. 1.4. Boshqa yo‘llar Gijjalar ayrim hollarda odatdagi yuqish yo‘llaridan tashqari, boshqa kam uchraydigan usullar bilan ham yuqishi mumkin. Masalan, hasharot chaqishi orqali yuqish holatlari ilmiy adabiyotlarda kam uchraydi, ammo bu yo‘l bilan yuqadigan parazitar kasalliklar mavjud. Ichak miazi, kantariaz va skolekiyaz shular jumlasidandir. Bu kasalliklarda hasharotlar (ayniqsa pashsha, chivin va boshqa qon so‘ruvchi hasharotlar) lichinkalari hayvonlar yoki insonlarning terisiga kirib, u yerda parazitlik qiladi. Ayrim hollarda, teriga kirgan lichinkalar teri ostida harakatlanadi, bu esa kuchli qichishish, qizarish va yallig‘lanish bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi parazitlar ko‘z, burun va boshqa tana teshiklaridan ham kirib, kasallik chaqirishi mumkin. Shuningdek, hasharotlar parazit tuxumlarini tashib, ularni oziq-ovqat mahsulotlariga yoki ochiq joylarga joylashtirishi orqali bilvosita yuqish xavfini oshiradi. Bu holatlar gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilinmaganda yuz beradi.

2. Xavf guruhlari Bolalar gijja bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiradi. Ularning gigiena qoidalariga amal qilmasligi, o‘yin davomida ifloslangan narsalarga teginishi, tuproq va hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishi, og‘izga qo‘l solish odatlari, shuningdek, organizmning hali to‘liq shakllanmagan immun tizimi sababli ular ko‘pincha gijjalar bilan zararlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 4-5 yoshli bolalarning 90-95 foizi biror parazitar kasallik bilan kamida bir marta kasallangan bo‘ladi. Bundan tashqari, baliq va yovvoyi hayvonlar go‘shtini xom yoki yetarli darajada pishirmasdan iste’mol qiluvchi insonlar, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanuvchilar, ovchilar, shuningdek, gigiena talablariga to‘liq rioya qilinmaydigan joylarda yashovchi shaxslar ham yuqori xavf ostida turadi. Immmuniteti pasayganlar, homilador ayollar va qariyalar ham xavf guruhiga kiradi. 3. Asoratlar. 3.1. Immunitet pasayishi Gijjalar organizmda oziqa moddalarni iste’mol qilib, toksinlar ajratadi. Bu esa immunitetning pasayishiga, infektsion kasalliklarning tez-tez takrorlanishiga olib keladi. 3.2. Surunkali kasalliklarning kuchayishi Gijjalar yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat burun-halqumda yallig‘lanish, gaymorit, stomatit, ayollarda esa vulvovaginit, vaginozlarga sabab bo‘ladi. 3.3. Umumiy zaharlanish Ko‘p miqdorda gijja bo‘lsa, ular chiqaradigan toksinlar tufayli organizm zaharlanadi. Bu bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, og‘riqlar, ko‘ngil aynishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. 3.4. Asab tizimi buzilishi Bolalarda gijja infektsiyasi bezovtalik, agressiya, tushkunlik, qo‘rquvli tushlar va o‘qishga bo‘lgan qiziqishning kamayishi bilan kechadi. 3.5. Allergik reaktsiyalar va teri muammolari Parazit mahsulotlari allergen sifatida qabul qilinadi. Teri toshmalari, qichishish, quruqlik, hatto soch to‘kilishi, tirnoq mo‘rtlashishi kuzatiladi. 3.6. Oshqozon-ichak muammolari Gijjalar ko‘ngil aynishi, ich ketishi, meteorizm, qabziyat, og‘riq kabi belgilarni chaqiradi. To‘qimalarda yashovchi gijjalar bu belgilarsiz ham kechishi mumkin. 4. Oldini olish choralar Parazit tuxumlarining organizmga qayta kirishi bemorning davolanishini murakkablashtiradi. Shu boisdan, muntazam gigiena, oziq-ovqatni ehtiyotkorlik bilan tayyorlash va iste’mol qilish zarur. Bolalarga qovoq urug‘i berilishi mumkin, chunki undagi kukurbitin moddalari gijjalarga qarshi kurashadi. Uy hayvonlarini har 3 oyda parazitlarga qarshi davolash, bolalar xonasini tez-tez tozalash, eshik dastalarini dezinfeksiya qilish va bolalarni gigiena qoidalariga o‘rgatish eng samarali profilaktik choralar sirasiga kiradi. 5. Gijjalarning yashash joylari Parazitlar ikki toifaga bo‘linadi:  Gastrointestinal: Me’da-ichak tizimida yashovchi gijjalar. Ingichka ichakda askaridlar, keng tasmalilar; yo‘g‘on ichakda esa ostritsalar yashaydi.  To‘qimalar: Bu turdagi parazitlar ichki a’zolarda, qon va limfa tomirlarida, miya va o‘pka to‘qimalarida yashaydi. Paragonimoz, sistitserkoz, exinokokkoz va filyarioz shular jumlasidandir. XULOSA Gijjalar bilan zararlanish inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, ammo bu holatni oldini olish imkoniyati mavjud. Gijjalar ko‘plab organ va tizimlarga zarar yetkazadi, ayniqsa bolalar, homilador ayollar va immuniteti past bo‘lgan shaxslar uchun bu xavf yanada yuqori

bo‘ladi. Gijjalarning yuqish yo‘llari haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lish, kundalik gigiena qoidalariga qat’iy amal qilish, ovqatlanish madaniyatiga rioya etish va vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tish orqali bu muammoning oldini olish mumkin. Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uy hayvonlariga doimiy parazitga qarshi dori berish, yashash va ishlash joylarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, jamiyatda parazitar kasalliklar haqida ma’lumotlar berib borish orqali keng jamoatchilikni ogoh qilish va profilaktik tadbirlarni ommalashtirish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Inomovich X. J. Et Al. Fermentlarning Tibbiyotdagi Ahamiyati Va Ularning Qo’llanilishi //Лучшие Интеллектуальные Исследования. – 2025. – Т. 38. – №. 1. – С. 285-291.
  2. Mamatkulov S., Jamolova N., Khudoykulov J. The Use Of Activated Mercury In Medicine //Евразийский Журнал Медицинских И Естественных Наук. – 2024. – №. 2. – С. 108-
  3. Мурадова Д. И Др. Спиртларнинг Аммиак Билан Цианлаш Реакциясининг Термодинамикаси //Журнал Естественных Наук. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 75-76.
  4. Inomovich X. J. Et Al. Sun'iy Oqsil Ozuqa Moddalarini Ishlab Chiqarilishi Va Kelgusidagi Imkoniyatlar //Лучшие Интеллектуальные Исследования. – 2025. – Т. 38. – №. 1. – С. 292-298.
  5. Kamol O’g’li D. I., Inom O’g’li X. J. Zaytun Moyi Guruh Tarkibini Yupqa Qavat Xromatografiyasi Usulida O’rganish //Modern Education And Development. – 2024. – №. 2. – С. 76-79.
  6. Худойкулов Ж. И., Зиёева М. З., Мавлонова Х. И. Использование И Значение Лекарственных Препаратов В Организации //International Journal Of Recently Scientific Researcher's Theory. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 154-159.
  7. Икромова Ш. А., Худойқулов Ж. И. Электрохимическое Лечение И Методы Диагностики //Research Focus. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 146-150.
  8. Амирова П. Ж., Худойқулов Ж. Естественные И Синтетические Наркотики: Польза И Вред //Research Focus. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 148-152.
  9. Холмуродова Д. К., Исломов Л. Б., Худойкулов Ж. И. Эффективное Использование Сырья //Ijodkor O'qituvchi. – 2023. – Т. 3. – №. 33. – С. 277-281.
  10. Mamirzayev M. Metandan Mezog’ovakli Uglerod Olish Reaksiyasi Tezligiga Turli Omillarning Ta’siri //Theoretical And Experimental Chemistry And Modern Problems Of Chemical Technology. – 2023. – Т. 1. – №. 01.
  11. Mamirzayev M. A., Tuychiev S. A. Verifying The Functionality Laws Of Mesoporous Carbon //Uzbek Chemical Journal/O'zbekiston Kimyo Jurnali. – 2023. – №. 6.
  12. Sovetov K. T., Abdujabborova S. Z. Change In Kinetic Parameters A-And Β- Adrenoresceptors Of Lymphocytes And Platelets In Patients With Acute Myocardial Infarction //Journal Of Science, Research And Teaching. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 4-6.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012919
Nashr sanasi
2025-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v4i4.1588
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
244–247
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11