Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR

    Durdona Abdulhamidova Abdulmajid kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o‘yin metodlari, interfaol mashg‘ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA‘MINLASHDAGI ENG MUHIM OMILLAR

    Lutpillaeva Masuda Khairullo kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada ekologik barqarorlikni ta‘minlashda ekologik madaniyatni yuksaltirishning o‘rni, ekologik ta‘limning uzluksiz tizimini shakllantirish zaruriyati hamda aholining, ayniqsa yosh avlodning ekologik ongini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida ekologik bilimlarni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va jamoatchilikni ekologik jarayonlarga faol jalb etishning ahamiyati yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    HARORATNI BASHORAT QILISHNING MATEMATIK METODLARI

    Oktamaliyev Ikromjon Kahramon oglu, Topildiyev Sirojiddin Muzaffar oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada haroratni bashorat qilishning matematik usullari bayon qilinadi va ulardan eng soddalaridan biri vaqt seriyalari tahlili yordamida o‘tkazilgan ma‘lum bir tajribaning natijalari va bu tajriba natijasidagi prognoz keltiriladi. Bu o‘rganilgan metod orqali ixtiyoriy paytda aniqroq prognoz olish imkoniyatlari bayon qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA PEDAGOGIK VA INNOVATSION METODLAR

    Abilova Durdona Husniddin kizi., Sulaymanova Gulmira Muzaffar kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    maqolada ekologiya fanni o‘rgatishda pedagogik va innovatsion texnalogiyalar yordamida ekalagik ta‘lim samaradorligini oshirish va talabalarning ekolagik ongini rivojlantirishni tahlil qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI MAVZUSINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA‘LIM USLUBINING O‘RNI

    S.T. Abdurakhmanov, Z.B. Dehkanbayeva · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining dolzarbligi hamda iqlim o‘zgarishi mavzusini muammoli ta‘lim uslubi orqali o‘quvchilarga samarali o‘rgatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid muammolar va ularning yechimlari ham keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BIOINDIKATSIYA METODINING EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MONITORING QILISHDAGI AHAMIYATI

    Toshmirzayeva Gavxharxon, Abdulbaqieva Dilshoda · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada bioindikatsiya metodining atrof-muhitni ekologik holatini tirik organizmlar yordamida baholashga qaratilgan. Ushbu metod atmosferadagi gazlar, suvning sifat ko‘rsatkichlari, tuproqning unumdorligi va ifloslanishini kuzatishda samarali hisoblanadi. Bioindikatsiya boshqa fizik-kimyoviy usullarga qaraganda oddiyligi, arzonligi hamda tabiiy sharoitda uzoq muddatli monitoring imkonini berishi bilan ajralib turadi. Metod ekologik muammolarni erta aniqlash, tabiatni muhofaza qilish choralarini belgilash va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BIO-EKOLOGIK DIALOG METODI ORQALI EKOLOGIK ONGNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

    Toshmirzayeva Gavxharxon, Abdullayeva Gulhayo · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada biologiya va ekologiya fanlarini integratsiyalashgan holda o‘qitishda dialog metodidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va ta‘limiy samaradorligi tahlil qilinadi. Talabalarda ekologik ong va mas‘uliyatni shakllantirish, biologik bilimlarni amaliy hayotga tadbiq etish va fanlararo yondashuv asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda "bio-ekologik dialog metodi"ning ahamiyati yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI

    Akhmadjonova Nozanin Nizam qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqola respublikamizdagi maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolajonlar rivojlanishida eko- zonalarni yaratish va tabiyatni asrash qanchalik foydali ekanligi haqida so‘z boradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLARINI O‘RGATISH UCHUN LOYIHAGA ASOSLANGAN TA‘LIM METODIKASINI JORIY ETISH

    Abdurakhimova Madinabonu Fakhriddin qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada geografiya ta‘limida global ekologik muammolarni o‘qitish jarayonida loyiha asosida ta‘lim metodikasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida ta‘limning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ekologik madaniyatni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirishdagi afzalliklari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OLIY TA‘LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA XALQARO AMALIYOT VA ILG‘OR TAJRIBALAR

    A.A.Nazarov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada oliy ta‘lim muassasalarida ekologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha xalqaro amaliyot va ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Dunyo bo‘ylab ekologiya ta‘limiga bo‘lgan talabning ortishi, barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ekologik savodxonlikni oshirish muhimligi ta‘kidlangan. Maqolada AQSH, Germaniya, Yaponiya, Finlyandiya kabi mamlakatlar tajribasi, ularning o‘quv dasturlari, innovatsion pedagogik yondashuvlari va fanlararo integratsiya asosidagi o‘qitish uslublari o‘rganilgan. SHuningdek, O‘zbekistonda ekologiya fanini o‘qitishda mazkur tajribalarni joriy etish imkoniyatlari va ularni milliy ta‘lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    ГУБКООБРАЗНАЯ ЭНЦЕФАЛОПАТИЯ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА

    О.А.Джураев, Г.Х.Мамадуллаев, Н.И.Наврузов · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada qoramollarning gubkasimon ensefalopatiyasida PrPSc prion oqsilining yuqumli agent sifatidagi patogen ta‘siri to‘g‘risida ilmiy adabiyot manbalarida yoritilgan ma‘lumotlar muhokama qilingan. PrPScning patogen shakli hayvonlarga yuqish yo‘llari, jumladan hayvon kelib chiqishli xom ashyoni ratsionda ishlatish orqali yuqishi yoritilgan. Ushbu kasallikning asosiy klinik belgilari va tashxislash usullari, hayvon organizmi turli to‘qimalarining PrPScga nisbatan yuqumli faolligi, kasallik yuzaga kelganda uning oldini olish va tugatish bo‘yicha veterinariya-sanitariya qoidalari, shuningdek Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti (sobiq XEB) ning rasmiy ma‘lumotlari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    ИСПЫТАНИЕ НОВОГО МЕТОДА ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ ТУБЕРКУЛЁЗА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА С ПРЕПАРАТОМ РИФИЗОСТРЕП

    Мамадуллаев Г.Х, Файзиев У.М · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada silga qarshi yangi Rifizostrep preparatining in vitro va in vivo laboratoriya sinovlari natijalari eksperimental ravishda yuqtirilgan 10 ta buzoqda keltirilgan. Rifizostrepning 100 kg tirik vazniga 5,0 ml dozasida tajriba buzoqlarida sigir va odamning Mycobacterium tuberculosisga qarshi yetarlicha mikroblarga qarshi faolligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    КОВРАК ЎСИМЛИГИ ФИТОЭСТРОГЕНЛИ ПРЕПАРАТЛАРИНИ LOHMAH SANDY ЗОТЛИ ТОВУҚЛАРНИНГ ТУХУМ МАҲСУЛДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

    J.Sh.Ortiqov, H.B.Niyozov, Sh.A. Pardayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада 110 кунлигидан бошлаб хўжалик рационига қўшимча равишда коврак усимлиги фитоэстрогенли препаратлари, « Панароот-98», «Пано-25», «Куфестрол» ҳамда F-kuhistanica ўсимлик шираси кукунидан 1000 кг -10г нисбатда аралаштириб берилиши товуқларнинг эрта яъниназорат гуруҳларга нисбатан ўртача 7 кун олдин тухумга кириши ва тухум маҳсулдорлигини 24 % га юқори бўлиши ҳамда хўжалик рационига қўшимча «Пано-25» фитоэстрогенли препаратидан озуқасига аралаштирилиб берилган товуқларнинг тажрибанинг 8 кунидан 60-кунига қадар 5 донадан туғиши ва тухумларнинг ўртача оғирлиги энг юқори 47,14±0,14 граммдан 67,44±0,44 граммни ташкил этиши тўғрисидаги маълумотлар келтирилган. Калитсўзлар: Коврак ўсимлиги шираси кукуни, LOHMAH SANDY, фитоэстрогенлар, пано-25, куфестрол, панарут-98, лаборатория таҳлиллари. ВЛИЯНИЕ ФИТОЭСТРОГЕННЫХ ПРЕПАРАТОВ ИЗ РАСТЕНИЯ ЛЮБИСТОК НА ЯЙЦЕНОСКОСТЬ КУР ПОРОДЫ ЛОНМАХ СЭНДИ

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    ИЗУЧЕНИЕ ФАКТОРОВ, ОБУСЛАВЛИВАЮЩИХ ИММУНИТЕТ ПРИ СТАФИЛОКОККОВОЙ ИНФЕКЦИИ

    Даминов Феруз Асадуллаевич, Маматова Муборак Нурпулатовна, Журакулов Улмас Абдураимович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur ishning maqsadi otlar va quyonlarda nativ hamda tozalangan sorbsiyalangan stafilokokk anatoksinlari bilan immunizatsiya va revaksinatsiya sharoitida stafilokokk antileykotsidini hosil bo‘lishini o‘rganish edi. Turli stafilokokklarning biologik xossalarini o‘rganishda leykotsidin titri yuqori va a-gemolizin miqdori past bo‘lgan shtammlar hamda leykotsidini kam bo‘lib, a-gemolizinning barqaror ishlab chiqaruvchisi hisoblangan shtammlar aniqlandi. Leykotsidin saqlovchi oq stafilokokk O-15 shtammidan olingan nativ stafilokokk anatoksini tozalangan sorbsiyalangan stafilokokk anatoksinidan farqli o‘laroq, immunizatsiya qilingan hayvonlarda antileykotsidin hosil bo‘lishini keltirib chiqarish qobiliyatini saqlab qoldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    BALIQLAR SAPROLEGNIOZINING KIMYOPROFILAKTIKASI

    Xushnazarova M.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada baliqchilik korxonasi foydali biznes ekanligi, ammo uning serdaromadligiga tahdid soluvchi xavflardan eng kattasi — kasalliklarning baliqchilik xo‘jaliklarida yuzaga kelishi bayon qilingan. Maqolada aynan kasalliklar ichida Saprolegniasis katta ahamiyatga ega bo‘lib, kasallikni Saprolegnia turiga mansub zamburug‘lar chaqirishi, kasallik odatda baliqning immun tizimi zaiflashganda, ya‘ni yomon boshqaruv amaliyotlari, past sifatli suv, haroratning keskin o‘zgarishi yoki baliq tanasidagi jarohatlar natijasida boshlanadigan ikkilamchi infeksiyaligi adabiyot va tadqiqotlar asosida ma‘lumot berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEKISTONDA QUYONCHILIKNI RIVOJLANGANLIGI, QUYON EYMERIOZINI DIAGNOSTIKA QILISH USULLARI

    A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada chorvachilik sohasining kichik tarmog‘i hisoblangan quyonchilikni respublikamizda jadal rivojlanayotganligi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari ushbu tarmoq bo‘yicha yetakchi ekanligi hamda ushbu viloyatlardagi eng ilg‘or quyonchilik fermalaridagi umumiy ma‘lumotlar bayon qilingan, bundan tashqari quyonchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan ayrim invasion kasalliklar ya‘ni eymeriozni aniqlash, diagnostika qilishda qo‘llaniladigan eng zamonaviy hamda klassik uslublarni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘liq yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA EYMERIOZNING QUYON ZOTLARI ORASIDA TARQALISHINI O‘RGANISH

    A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada chorvachilik sohasining kichik tarmoqlaridan biri bo‘lgan va oxirgi yillarda aholiga intensiv go‘sht yetkazishda muhim ro‘l o‘ynayotgan quyonchilik yo‘nalishida uchraydigan invasion kasalliklar, aynan quyonlarning top beshtalik kasalligi ichidan eymeriozning quyonchilikka salbiy ta‘siri, kasallikni Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlaridagi xo‘jaliklarda tez-tez uchrashi, uni aniqlash, diagnostika qilish, o‘ziga xos xususiyatlarini bilish borasidagi ma‘lumotlar hamda yil mavsumlariga xos dinamikasi, quyon zotlarining kasallika chidamlilik xususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    LOHMAH SANDY ЗОТЛИ ТОВУҚЛАР ТУХУМЛАРИНИНГ ОРГАНОЛЕПТИК ВА ОВОСКОПИК КЎРСАТКИЧЛАРИГА КОВРАК ЎСИМЛИГИ ФИТОЭСТРОГЕНЛИ ПРЕПАРАТЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ

    J.Sh.Ortiqov, H.B.Niyozov, Sh.A. Pardayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада 110 кунлигидан бошлаб хўжалик рационига қўшимча равишда коврак усимлиги фитоэстрогенли препаратлари, « Панарут-98», «Пано-25», «Куфестрол» ҳамда F-kuhistanica ўсимлик шираси кукунидан 1000 кг -10г нисбатда аралаштириб озиқлантирилган товуқлардан олинган тухумларини тажриба давомида физик-кимёвий, органолиптик ва овоскапик кўрсаткичлари таҳлил қилинган

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    STANDARDIZATION OF “FLUCAM” OINTMENT

    Alimkulova Komila Zokirovna, Pulatova Dildora Kahramonovna, Ikramova Mashkura Shukhratovna, Urmanova Flyura Faridovna, Todjiyev Jamoliddin Nasiriddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    So‘nggi yillarda immunokorrektiv terapiya muammosiga mutaxassislarning qiziqishi sezilarli darajada ortdi. Buning asosiy sabablari immunodefitsit holatlarining keskin ko‘payishi hamda ko‘pgina patologik jarayonlarning rivojlanishi immun tizimi funksiyalarining buzilishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligining anglanishidir. O‘simlik kelib chiqishli immunotrop preparatlar organizmga yumshoq ta‘sir ko‘rsatib, immunitetni tiklaydi, zaxira himoya mexanizmlarini safarbar etadi va tarkibidagi turli biologik faol moddalar hisobiga terapiya samaradorligini oshiradi. Turli immunodefitsit holatlarini davolashda gumoral va hujayraviy immun javoblarni, shuningdek, organizmning nospesifik rezistentlik omillarini faollashtiruvchi o‘simlik immunomodulyatorlaridan foydalanish davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Shu omillarni hisobga olgan holda, mualliflar ko‘p komponentli o‘simlik kompozitsiyasidan quruq ekstrakt tayyorlab, uning asosida immunomodulyator xususiyatga ega “Flucam” malhamini yaratdilar. Ushbu malham deyarli toksik bo‘lmaganligi va organizmga nojo‘ya ta‘sir ko‘rsatmasligi bilan ajralib turadi hamda o‘zining yaqqol ifodalangan immunomodulyator ta‘siri bo‘yicha mavjud xorijiy analoglardan ustunlik qiladi. Mazkur malhamni tibbiy amaliyotga joriy etish maqsadida uning standartlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Malhamning haqiqiyligi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib, asosiy faol moddalar — glitsirrizin kislotasi va tanninlarni sifat va miqdoriy aniqlashning metodik yondashuvlari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, muhim o‘rin “skvoznoy standartlashtirish” tamoyiliga berildi, ya‘ni boshlang‘ich o‘simlik kompozitsiyasi, quruq ekstrakt va undan tayyorlangan malham sifatini bir xil biologik faol birikmalar miqdori asosida baholashdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida, yakuniy mahsulotning sifatini va tarkibining barqarorligini yetarli darajada kafolatlash imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    ЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ОСТРОЙ СПАЕЧНОЙ ТОНКОКИШЕЧНОЙ НЕПРОХОДИМОСТИ АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ

    Чориев Хайитмурод, Мустафакулов Ишназар Бойназарович, Джураева Зилола Арамовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    So‘nggi o‘n yilliklarda klinik amaliyotda qorin bo‘shlig‘i a‘zolarida bajariladigan jarrohlik aralashuvlari sonining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Bu ham shoshilinch jarrohlikning rivojlanishi, ham rejali operatsiyalarga ko‘rsatmalarning kengayishi, yangi texnologiyalarning joriy etilishi va aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining ortishi bilan bog‘liq. Biroq jarrohlik faolligining ortishi qonuniy ravishda operatsiyadan keyingi asoratlar sonining ko‘payishiga olib keladi, ular orasida bitishmalar hosil bo‘lishi yetakchi o‘rinni egallaydi. Turli mualliflar ma‘lumotlariga ko‘ra, qorin bo‘shlig‘i operatsiyalaridan keyin bitishmalar hosil bo‘lish chastotasi 60-90% ga yetadi. Bemorlarning katta qismida bitishma jarayoni klinik jihatdan alomatsiz kechadi, biroq 20-30% da surunkali og‘riq sindromi, hazm qilish va reproduktiv funksiya buzilishlari rivojlanadi. Eng xavfli oqibat shoshilinch jarrohlik aralashuvini talab qiladigan o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishining shakllanishi hisoblanadi. O‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi qorin bo‘shlig‘i jarrohligida shoshilinch operatsiyalarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ichak tutilishining barcha holatlari tuzilmasida uning ulushiga 70% gacha to‘g‘ri keladi. Zamonaviy jarrohlik yutuqlariga qaramay, uning asoratlangan shakllarida o‘lim 8-15% ga yetishi mumkin, bu ham dastlabki holatning og‘irligi, ham ichak devori ishemiyasi va nekrozi rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Shunday qilib, o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda va kompleks tahlilni talab qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish