Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MINTAQAVIY EKOLOGIK XUSUSIYATLARNI TA‘LIM DASTURLARIGA KIRITISHNING METODIK VA AMALIY JIHATLARI

    Toshmirzayeva Gavxharxon, Ahmedov Olmosbek · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    maqolada mintaqaviy ekologik xususiyatlarni ta‘lim dasturlariga kiritishning metodik va amaliy jihatlari yoritilgan. Ta‘lim jarayonida ekologik mazmundagi bilimlarni integratsiya qilish o‘quvchilarda ekologik tafakkur va madaniyatni rivojlantiradi. Tadqiqotda mintaqaviy tabiiy sharoit va ekologik muammolarni hisobga olgan holda ta‘lim dasturlarini boyitishning samarali metodik yondashuvlari, interfaol usullar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OROL MUAMMOSI O‘ZBEKISTON VA XORIJIY OLIMLAR HAMDA XALQARO TASHKILOTLAR NIGOHIDA

    Jabborova Gulsanamkhan, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan ilmiy asarlarining tahlillari yoritilgan. Shuningdek, bu bo‘yicha xalqaro nufuzli tashkilotlarni olib borayotgan ishlari haqida ham ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STUDY ON THE IMPACT OF ALTITUDINAL VARIATION ON THE FORMATION OF FLORA COMPOSITION IN THE FERGANA VALLEY

    Rakhmatov Akhror Lutfidinovich · REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE MODERN EDUCATIONAL INTERPRETATION OF ENVIRONMENTAL PROTECTION, ITS REGIONAL CHARACTERISTICS, PROBLEMS, AND PRACTICAL SOLUTIONS” · 2025

    Dissertatsiyada Farg‘ona vodiysining geografik joylashuvi, xususiyatlari va tabiiy sharoitlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan bo‘lib, balandlik qiyalik o‘simliklar jamoasining tuzilishi va turlarning xilma-xilligini belgilovchi asosiy ekologik omil ekanligini ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI

    Mukhtarova Mokhirakhon Marufjon kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida atrof-muhitni asrash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishning ahamiyati ta‘kidlanib, ularni tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish metod va usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladigan tadbirlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    DARYO XAVZALARIDAN FOYDALANISH: EKOLOGIK JIHATLAR VA MUAMMOLAR

    I. Toshkanov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    maqolada Qum va shag‘al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy ekologik muammolar ko‘rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag‘al qazib olishning ekologik jihatlariga e‘tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik muammolarni hal etish yo‘llarini o‘rganishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O‘ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI

    S.T. Abdurakhmanov, Z.B. Dehkanbayeva · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    Ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas‘uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AI-BASED GAMIFICATION METHODS IN ENVIRONMENTAL PROTECTION EDUCATION

    Sobirjanova Bukhalichakhon daughter of Farkhodjon · REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE MODERN EDUCATIONAL INTERPRETATION OF ENVIRONMENTAL PROTECTION, ITS REGIONAL CHARACTERISTICS, PROBLEMS, AND PRACTICAL SOLUTIONS” · 2025

    Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish ta‘limida sun‘iy intellekt (AI) va o‘yinlashtirishning integratsiyasi o‘rganiladi. Unda raqamli texnologiyalar ekologik savodxonlikni qanday oshirishi, o‘quvchilarni rag‘batlantirishi va mas‘uliyatli ekologik xatti-harakatlarni rivojlantirishi mumkinligi ta‘kidlangan. Tadqiqotda o‘quvchilarga interaktiv o‘rganish orqali ekologik jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam berish uchun mo‘ljallangan yangi AI asosidagi "Yashil barg" ta‘lim o‘yini taqdim etiladi. Tadqiqotda o‘quv tajribalarini shaxsiylashtirish va nazariy ekologik tushunchalarni real hayotdagi harakatlar bilan bog‘lash uchun o‘yinlashtirilgan AI tizimlarining pedagogik salohiyati ta‘kidlangan. Ushbu innovatsion yondashuv barqarorlikka yo‘naltirilgan ta‘limni kuchaytirish va ekologik jihatdan ongli kelajak avlodlarni tayyorlashga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QURG‘OQCHIL MINTAQALARDA O‘RMON HOSIL QILISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

    Mamatkomilova Mushtariybonu, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    Maqolada xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon barpo etishning amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘rmon-texnik melioratsiya, suvdan oqilona foydalanish va geografik axborot tizimlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA EKOLOGIK TA‘LIM VA TARBIYA NAZORATI

    Nigmatov A.N., Nigmatova G.N. · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    maqolada MTTda ekologik ta‘lim-tarbiya nazoratini o‘tkazish zarurati, olib borish tartibi va qoidalari keltirilgan. Unda mazkur davlat nazoratini olib borish tarbiyalanuvchilarda ekologik ong va madaniyatning ilk qadamlarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YOSHLARNING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

    Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada yoshlarning ekologik savodxonligini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni, ularning ta‘lim jarayoniga integratsiyasi, ekologik madaniyatni oshirishdagi innovatsion imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, ekologik ta‘limni raqamli muhitda tashkil etish usullari, interaktiv platformalar, mobil ilovalar, virtual laboratoriyalar va onlayn o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda ekologik ongni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK VOLONTYORLIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH

    Mominov Muhammadsoli XXX, Erkinova Gulsanam Elyorbek qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada o‘quvchilarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda volontyorlik faoliyatining o‘rni tahlil qilinadi. Ekologik volontyorlikning ta‘lim-tarbiyaviy, ijtimoiy va amaliy jihatlari yoritilib, maktab va kollej o‘quvchilari ishtirokida ekologik loyihalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, volontyorlik faoliyati orqali o‘quvchilarning mas‘uliyat, jamoada ishlash ko‘nikmalari va tabiatga e‘tiborini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taklif etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    DARS JARAYONIDA “YASHIL TEXNOLOGIYALAR”NI O‘RGATISH TAJRIBASI

    Zukhritdinova Oyshamomo Habibullo qizi, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada ta‘lim jarayoniga “yashil texnologiyalar” konsepsiyasini integratsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Yashil texnologiyalarni o‘qitish o‘quvchilarda ekologik ong, barqaror rivojlanish tamoyillari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o‘qitish jarayonida qo‘llangan innovatsion metodlar, interfaol yondashuvlar hamda o‘qituvchilarning tajribasi tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BARQAROR RIVOJLANISH KONSEPSIYASI DOIRASIDA EKOLOGIK SOG‘LOMLASHTIRISH CHORALARI

    Kamalova Yakutkhan Bohodirovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida ekologik sog‘lomlashtirish choralari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta‘minlashda davlat siyosati, xalqaro tajribalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni yoritilgan. Maqolada ekologik sog‘lomlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish zaruriyati hamda amaliy natijalar muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STEAM YONDASHUVI ASOSIDA EKOLOGIK TA‘LIMNI TASHKIL ETISH

    Mominov Muhammadsoli XXX, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada ekologik ta‘limni samarali tashkil etishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining imkoniyatlari va ahamiyati tahlil qilingan. Ta‘lim jarayonida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkur, muammolarni tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvining o‘quvchilarni ekologik muammolarga nisbatan mas‘uliyatli qarashga undashi va barqaror rivojlanish kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GEOGRAFIYA TA‘LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI KUN AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

    S. Abdurahmanov, F. Boltaboev · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta‘lim tizimida raqamli vositalar, geoaxborot tizimlari (GIS), interaktiv xaritalar, sputnik tasvirlari va multimedia resurslarini o‘quv jarayoniga joriy etish orqali ta‘lim sifati sezilarli darajada oshishi ta‘kidlangan. Ilmiy tadqiqotlar va amaliyotlar asosida bu texnologiyalar o‘quvchilarda ko‘nikmalarni shakllantirish, fanga qiziqishni oshirish, hamda murakkab geografik tushunchalarni oson o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutayotgani ko‘rsatib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAHALLIY XOMASHYO ASOSIDAGI MINERAL O‘G‘ITLARNI FAOLLASHTIRISH XUSUSIYATLARI

    Tursunova Sadakat · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    hozirgi kunda yuqori karbonatli  fosforitlarini turli usullar yordamida qayta ishlab fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari yaratilgan. Ma‘lumki sifatli fosforli o‘g‘itlar asosan fosfat xom ashyosini mineral kislotalar bilan parchalash asosida olinadi. Ammo, fosforitlarning kislotalar bilan parchalash jarayonida uning tarkibidagi keraksiz qo‘shimchalar – karbonat minerallari, uchlamchi oksidlar va boshqalar ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham texnologik samaradorligini kamaytiradi. Chunki, ularning aksariyati suyuq fazaga o‘tadi va uning fizik-kimyoviy va reologik xossalariga ta‘sir qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUV O‘TLAR ORQALI EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISH: TA‘LIMIY VA AMALIY YONDASHUVLAR

    Yusufjonova Munisa Abdumannob qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada suv o‘tlarning ekologik tizimdagi ahamiyati, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali yoshlar ongida tabiatga nisbatan mas‘uliyat hissini shakllantirish masalalari yoritilgan. Suv o‘tlarining bioindikatorlik xususiyatlari, ularni ekologik monitoringda qo‘llash imkoniyatlari hamda amaliy ta‘lim jarayonlarida foydalanish metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, suv o‘tlar asosida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar ekologik ongni rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASAVVUF TA‘LIMOTIDA ATROF MUHITNI ASRASH MASALASI

    Kamolov Shahzod Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolda Tasavvuf Ta‘limotining Atrof muhitga munosabati, qarashlari va uni asrab avaylash kerak ekanligi hamda unga zarar yetkazmaslik haqida so‘z boradi. Shuningdek mashhur So‘fiylarning Atrof muhit haqida aytgan nasihatlari hamda usha nasihatga uzlari ham amal qilgani shu bilan birga shogirdlarini ham shunga amal qilishiga chorlaganini ko‘ramiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKOLOGIK TA‘LIM - INTEGRATSIYALASHGAN YONDOSHUV; MUAMMO, TAXLIL VA MAQSADLAR

    S.T.Abdurakhmanov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    mazkur maqolada ekologik ta‘limga integratsiyalashgan yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Muallif ekologik ta‘limning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilar ekan, uni turli fanlar bilan bog‘lash orqali yosh avlodda ekologik madaniyat va mas‘uliyatni shakllantirish zarurligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, ta‘lim jarayonida uchrayotgan muammolar, xususan, metodik qo‘llanmalar yetishmasligi, o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi va amaliy faoliyatga yetarlicha e‘tibor berilmayotgani tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyalashgan yondashuvni samarali joriy etish bo‘yicha taklif va maqsadlar bayon etilgan bo‘lib, bu ekologik ta‘limni takomillashtirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RAQAMLI TEXNALOGIYALAR ORQALI EKOLOGIK BILIMLARNI O‘RGANISH

    Sobirjanova Bukhalichaxon Farkhodjon Qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025

    ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o‘yin metodlari, interfaol mashg‘ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish