Asosiy mazmunga o‘tish

GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O‘ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI

S.T. Abdurakhmanov1, Z.B. Dehkanbayeva22025

  1. 1Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti
  2. 2Namangan davlat pedagogika instituti magistranti

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 92–94

Annotatsiya

Ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas‘uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ПРЕПОДАВАНИЮ ТЕМЫ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА В ГЕОГРАФИИ

В данной статье рассматривается актуальность темы изменения климата в географии и важность её преподавания учащимся. Анализируются эффективные методические подходы к преподаванию темы изменения климата. С помощью этих подходов раскрываются возможности формирования экологического мышления учащихся и формирования ответственного отношения к природе.

inglizchaEFFECTIVE METHODOLOGICAL APPROACHES TO TEACHING CLIMATE CHANGE TOPICS IN GEOGRAPHY

This article highlights the relevance of the topic of climate change in geography and the importance of teaching it to students. It also analyzes effective methodological approaches that can be used to teach climate change. Through these approaches, the possibilities of forming ecological thinking in students and strengthening a responsible attitude towards nature are established.

Kalit so‘zlar

  • iqlim o‘zgarishi
  • anomal hodisalar
  • metodik yondashuv
  • samarali ta‘lim
  • muammoli o‘qitish
  • tizimli yondashuv
  • zamonaviy metodika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O‘ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI

S.T.Аbduraxmanov Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti Z.B.Dehqonboyeva Namangan davlat pedagogika instituti magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi. Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi, anomal hodisalar, metodik yondashuv, samarali ta’lim, muammoli o‘qitish, tizimli yondashuv, zamonaviy metodika

Hozirgi davrning eng dolzarb global muammolaridan biri - iqlim o‘zgarishidir. Bu jarayon, ayniqsa, tropik mintaqadagi davlatlar hamda dengizbo‘yi mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Qurg‘oqchilik va suv tanqisligi bir tomonda, dengiz sathining ko‘tarilishi esa boshqa tomonda insoniyat uchun qarama-qarshi, ammo o‘zaro uzviy bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda. Global iqlim o‘zgarishi natijasida qutblardagi ulkan muzliklarning erishi, cho‘l va chalacho‘l hududlarida chuchuk suv resurslarining keskin kamayishi bugungi kunda sir emas, balki ilmiy hamjamiyat tomonidan chuqur tahlil etilayotgan dolzarb masalalardan biridir. Ana shunday dolzarb muammo o‘quvchilarga o‘rgatilishi bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki iqlim o‘zgarishlari nafaqat ekologik muammolarni, balki iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ham bevosita belgilab bermoqda. Shu sababli, o‘quvchilarda bu haqda to‘g‘ri tasavvur shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va ekologik mas’uliyatini oshirish muhim vazifalardan biri sanaladi. Mazkur mavzuni o‘qitish jarayonida faqatgina tayyor ma’lumotni yetkazish emas, balki turli samarali metodik yondashuvlar orqali o‘quvchilarni faol fikrlashga, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga va amaliy yechimlar topishga yo‘naltirish zarurdir. Iqlim o‘zgarishlari mavzusini o‘qitishda bir qator metodik yondashuvlardan foydalanish mumkin. Xususan, muammoli o‘qitish, tizimli yondashuv, zamonaviy interaktiv metodlar, statistik ma’lumotlardan foydalanish, xarita va diagrammalar asosida tahlil qilish kabi usullar o‘quvchilar bilimini yanada mustahkamlaydi. Quyida ushbu metodik yondashuvlarning ayrimlari kengroq tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalariga asoslangan yondashuv iqlim o‘zgarishlari mavzusini o‘qitishda eng samarali va ko‘rgazmali usullardan biri hisoblanadi. Chunki iqlim jarayonlari ko‘pincha murakkab statistik ma’lumotlar, dinamik o‘zgarishlar va keng geografik hududlarni qamrab oladi. Axborot texnologiyalari orqali esa bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga aniq, tushunarli va interaktiv tarzda yetkazish mumkin. Masalan:GIS texnologiyalari yordamida harorat o‘zgarishi, yog‘ingarchilik miqdori yoki cho‘llanish jarayonlari xaritalar orqali ko‘rsatiladi.

Rasm-1. GIS texnologiyalari bo`yicha vositalar. Dronlardan foydalanish ekologik kuzatuvlar olib borishda, ya’ni o‘rmonlarning qisqarishi yoki suv havzalarining kamayishini kuzatishda qo‘l keladi. Virtual laboratoriyalar orqali o‘quvchilar iqlim jarayonlarini tajribaviy ravishda modellashtirishi mumkin. Vizual o‘yinlar va simulyatsiyalar esa mavzuga qiziqishni oshiradi hamda o‘quvchilarda ekologik mas’uliyatni shakllantiradi. Multimedia vositalari orqali o’quvchilarga iqlim o’zgarishi mavzusiga oid videolar va rasmlar tayyorlash mumkin. O’quvchilar yanada tez va osonroq mavzuni o’zlashtiradi va tasavvur uyg’onadi.

Rasm-2. Multimedia vositalari. Muammoli o‘qitishga asoslangan metodik yondashuv o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, mavjud muammolarga turli nuqtai nazardan yondashishga undaydi. Iqlim o‘zgarishi - bugungi kunda global miqyosdagi eng dolzarb muammolardan biridir. Bu hodisa nafaqat ekologik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yuzlab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi butun insoniyat hayoti uchun xavf tug‘diradigan jarayon sifatida qaraladi. Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi mavzuga oid savol yoki vaziyatni muammo sifatida o‘rtaga tashlaydi. Masalan, “Iqlim o‘zgarishining mintaqamiz qishloq xo‘jaligiga ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?” degan savol orqali o‘quvchilarni fikrlashga undash mumkin. O‘quvchilar ushbu muammo yuzasidan o‘z fikr va g‘oyalarini bildiradilar, turli yechimlarni taklif qiladilar. Bu

jarayon ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, shaxsiy pozitsiyasini shakllantiradi va ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi. Shunday qilib, muammoli o‘qitish metodik yondashuvi nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni faol ishtirok etishga, real hayotiy muammolarni anglash va ularni hal qilish yo‘llarini topishga yo‘naltiradi. Integrativ metodik yondashuv - bu o‘quvchilarga iqlim o‘zgarishi mavzusini tushuntirishda uni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganish imkonini beradigan samarali usuldir. Chunki iqlim o‘zgarishi faqatgina geografiyaning emas, balki biologiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot, hatto tarix va siyosat kabi ko‘plab fanlarning ham tadqiqot obyektiga aylangan global muammodir. Integrativ yondashuvning asosiy afzalligi shundaki, u o‘quvchilarga bir mavzuni turli fanlar kesimida ko‘rish imkonini beradi. Bu esa: tizimli fikrlashni shakllantiradi, fanlararo bog‘liqlikni ochib beradi, real hayotiy jarayonlarni kompleks yondashuvda tushunishga yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarda tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shunday qilib, integrativ metod iqlim o‘zgarishining ko‘p qirrali va murakkab muammo ekanini o‘quvchilarga keng qamrovli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Geografiya fanida iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitish jarayonida turli samarali metodik yondashuvlardan foydalanish mumkin. Ushbu maqolada aynan dars jarayonida ko‘proq qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar asosida mavzuga yondashilib, ular tahlil qilindi. Tahlil qilingan samarali metodik yondashuvlar - axborot texnologiyalaridan foydalanish, muammoli o‘qitish va integrativ yondashuv - iqlim o‘zgarishini chuqurroq tushuntirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash va fanlararo bog‘liqlikni anglash imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent.: 2020.
  2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Toshkent.: 1997
  3. 3.Vaxobov X., Alimqulov N.R. Sultanova N.B. Geografiya o’qitish metodikasi. T.: Nodirabegim, 2021y.
  4. Qurbonniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent.: Universitet, 1992

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011205
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/182
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
92–94
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25