GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI MAVZUSINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA‘LIM USLUBINING O‘RNI
S.T. Abdurakhmanov1, Z.B. Dehkanbayeva22025
- 1Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti
- 2Namangan davlat pedagogika instituti magistranti
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 24–26
Annotatsiya
ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining dolzarbligi hamda iqlim o‘zgarishi mavzusini muammoli ta‘lim uslubi orqali o‘quvchilarga samarali o‘rgatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid muammolar va ularning yechimlari ham keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ ПРОБЛЕМНО-ОРИЕНТИРОВАННОГО ОБУЧЕНИЯ В ПРЕПОДАВАНИИ ГЛОБАЛЬНОГО ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА
В статье анализируется актуальность проблемы глобального изменения климата и возможности эффективного обучения студентов этой теме посредством проблемного обучения. Также рассматриваются проблемы, связанные с этой темой, и пути их решения.
inglizchaTHE ROLE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN TEACHING GLOBAL CLIMATE CHANGE
This article analyzes the relevance of global climate change and the possibilities of effectively teaching students about climate change through problem-based learning. It also presents problems related to the topic and their solutions.
Kalit so‘zlar
- iqlim o‘zgarishi
- muammoli ta‘lim uslubi
- yechimlar
- kompetensiyalar
- kreativ fikrlash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17358976
GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI MAVZUSINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM USLUBINING O’RNI
S.T.Аbduraxmanov Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti Z.B.Dehqonboyeva Namangan davlat pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining dolzarbligi hamda iqlim o‘zgarishi mavzusini muammoli ta’lim uslubi orqali o‘quvchilarga samarali o‘rgatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid muammolar va ularning yechimlari ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi, muammoli ta’lim uslubi, yechimlar, kompetensiyalar, kreativ fikrlash
Iqlim o‘zgarishi - bu yer yuzidagi havo harorati, yog‘ingarchilik, shamol va boshqa atmosferaviy holatlarning uzoq muddatli o‘zgarishi bo‘lib, inson faoliyati va tabiiy jarayonlarning ta’siri ostida shakllanadi. Ushbu jarayon nafaqat tabiatga, balki inson hayoti, iqtisodiyot va jamiyatning turli sohalariga ham ta’sir qiladi. Iqlim o‘zgarishi - bu oddiy bir atama emas, balki global muammo u dunyo bo‘ylab ekologik, tabiiy va iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ko‘plab hududlarda havo ifloslanishi, suv resurslarining yetishmasligi, hayvonlar va o‘simliklar sonining kamayishi kabi ekologik muammolar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, sel, to‘fon, qum bo‘ronlari va boshqa tabiiy ofatlar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi iqtisodiyotga ham ta’sir qiladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kamayishi, suv resurslarining yetishmasligi va sog‘liq muammolari keng tarqalgan. Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shakillanadi va rivojlanadi. Mazkur muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning eng muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishiga ko’ra guruxlarga bo’lishdir. Ushbu muammolarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: - tabiiy geografik muammolar; -ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar; - geoekologik muammolar; - ta’limiy va tarbiyaviy muammolar; Tabiiy geografik muammolar insoniyat tarixi davomida jamiyatga ta’sir etgan asosiy muammolardan biri bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: a) yer qobig’ining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar (zilzila, vulqonlar, tiktonik xarakatlar va x. k.); b) atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar (kuchli shamollar, sellar, yashin tushishi, do’l, sovuq urishi, qurg’oqchilik va x.k.);
v) yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar (suv toshqini, botqoqlanish, va x.k.); g) biologik muammolar, ya’ni tuproq, o’simlik va hayvanot dunyosi bilan bog’liq bo’lgan muammolar; d) dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar (okean satxini ko’tarilishi, tayfun, tsunami) va x.k.. Shunday ekan, talabalarga iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitish biz uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu mavzuni o‘qitishda muammoli ta’lim uslubining roli juda muhimdir, chunki u o‘quvchilarni faqat bilim oluvchi sifatida emas, balki muammoni tahlil qiluvchi va yechim topuvchi shaxs sifatida shakllantiradi. Muammoli ta’lim uslubi nafaqat geografiya fanida, balki barcha fanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu uslub asosan yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tanqidiy fikrlash, muammoni tahlil qilish va yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyida mavzuga oid muammoli savollar, kelib chiqish sabablari va muammoning yechimi keltirilgan: Muammoning kelib chiqish Muammo Muammoning yechimi sabablari. 1. Nega yoz kunlari havo Atmosferaga karbonat Sanoat korxonalarga filtr harorati yuqori bo’lmoqda? angidrid(CO2),metan(CH2),ftorli o’rnatish, elektr ishlab gazlar ko’p chiqarilmoqda.Bu chiuqairshda noan’anaviy gazlar quyosh nurlarini yer (shamol, quyosh, qalqish) yuzida ushlab qoladi. usullardan foydalanish, daraxt va yashilliklarni ko’paytirish. 2. Nega o’lkamizda qish Global iqlim o‘zgarishi Havoni ifloslantiruvchi faslida yog’in kam natijasida yog‘ingarchilik rejimi manbalarni kamaytirish, yog’moqda? buzilmoqda. Harorat ko‘tarilishi o‘rmonlarni tiklash, suv sababli yog‘in qor shaklida resurslaridan oqilona emas, yomg‘ir ko‘rinishida foydalanish yog‘moqda. 3. Nima uchun shaharda Bu hodisa “issiq orol effekti” Shaharlarni qishloqqa nisbatan havo deb ataladi. Shaharda asfalt va ko‘kalamzorlashtirish, harorati yuqori? beton yuzalar issiqlikni ko‘p energiya tejovchi saqlaydi, mashina va sanoat texnologiyalardan chiqindilari esa havo haroratini foydalanish, shahar yanada ko‘taradi. transportini ekologik toza vositalar bilan almashtirish. 4. Nega ba’zi Iqlim o’zgarishi haroratning Suv omborlari qurilishi. mamlakatlarda chuchuk suv ko’tarilishi sababli bug’lanish Yerosti suvlaridan tanqisligi kuzatilmoqda? yuqori bo’lishi natijada daryo foydalanish. Suvni qayta suvlari kamayishi. ishlash. Dengiz suvlarini chuchuklashtirish.
5. Nega ayrim Iqlim o’zgarishi haroratning Suv toshqinlari bo’lishi mamlakatlarda suv ko’tarilishi sababli qutblarda mumkin hududlardagi aholini toshqinlari ro’y bermoqda? muzlarning erishi va okeanlarga ogohlantirish. Zamonaviy qo’shilishi tufayli dengiz yo’llar bilan himoyalanish. sathining ko’tarilishi. Xulosa qilib shuni ayta olamanki, muammoli ta’lim uslubi o‘quvchilarni faqat tayyor bilimni egallashga emas, balki mustaqil izlanish, savol berish va muammoga yechim topishga o‘rgatadi. Bu uslub dars jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qiladi, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, tanqidiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shu boisdan ham uni geografiya fanida, xususan, iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitishda qo‘llash katta samaradorlik beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent.: 2020.
- O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Toshkent.: 1997
- Vaxobov X., Alimqulov N.R. Sultanova N.B. Geografiya o’qitish metodikasi. T.: Nodirabegim, 2021y.
- Qurbonniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent.: Universitet, 1992
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011186
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/163
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 24–26
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25