Asosiy mazmunga o‘tish

HARORATNI BASHORAT QILISHNING MATEMATIK METODLARI

Oktamaliyev Ikromjon Kahramon oglu, Topildiyev Sirojiddin Muzaffar ogluNamangan davlat pedagogika instituti, Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 30–34

Annotatsiya

ushbu maqolada haroratni bashorat qilishning matematik usullari bayon qilinadi va ulardan eng soddalaridan biri vaqt seriyalari tahlili yordamida o‘tkazilgan ma‘lum bir tajribaning natijalari va bu tajriba natijasidagi prognoz keltiriladi. Bu o‘rganilgan metod orqali ixtiyoriy paytda aniqroq prognoz olish imkoniyatlari bayon qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaМАТЕМАТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ПРОГНОЗИРОВАНИЯ ТЕМПЕРАТУРЫ

В данной статье описываются математические методы прогнозирования температуры, одним из простейших из которых является анализ результатов конкретного эксперимента с использованием анализа временных рядов и прогноза, полученного в результате этого эксперимента. Описываются возможности получения более точного прогноза на любой момент времени с помощью рассматриваемого метода.

inglizchaMATHEMATICAL METHODS OF TEMPERATURE PREDICTION

This article describes mathematical methods for predicting temperature, and one of the simplest of them is the results of a specific experiment conducted using time series analysis and the forecast resulting from this experiment. The possibilities of obtaining a more accurate forecast at any given time are described through this studied method.

Kalit so‘zlar

  • harorat
  • raqamli ob-havo bashorati
  • statistic usullar
  • spektal metodlar
  • vaqt seriyalari tahlili

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359040

HARORATNI BASHORAT QILISHNING MATEMATIK METODLARI

O‘ktamaliyev Ikromjon Qahramon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti, Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: oktamaliyevikromjon@gmail.com Topildiyev Sirojiddin Muzaffar o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti, Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: topildiyevsirojiddin@gmail.com

Annotatsiya: ushbu maqolada haroratni bashorat qilishning matematik usullari bayon qilinadi va ulardan eng soddalaridan biri vaqt seriyalari tahlili yordamida o‘tkazilgan ma’lum bir tajribaning natijalari va bu tajriba natijasidagi prognoz keltiriladi. Bu o‘rganilgan metod orqali ixtiyoriy paytda aniqroq prognoz olish imkoniyatlari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: harorat, raqamli ob-havo bashorati, statistic usullar, spektal metodlar, vaqt seriyalari tahlili.

Haroratni bashorat qilish ob-havo prognozlashning muhim elementi bo'lib, qishloq xo'jaligi, energetika va shahar infratuzilmasini rejalashtirishda katta ahamiyatga ega. Zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan matematik metodlar sezilarli darajada takomillashmoqda, ammo noaniqliklar (masalan, Lorenz chaosi) hali ham mavjud. Ushbu maqola haroratni bashorat qilishning matematik asoslarini, tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni tahlil qiladi. Maqsad – metodlarni solishtirish va amaliy tajriba orqali ularning samaradorligini baholash. Tadqiqot NWP, statistik va ML modellarga asoslanadi, natijada ekstremal haroratlar uchun yangi takliflar beriladi. Haroratni bashorat qilishning matematik metodlari 19-asr oxirlariga borib taqaladi. 1898- yilda norvegiyalik fizik Vilhelm Bjerknes ob-havo bashoratini matematik modellashtirish g'oyasini ilgari surdi va "Circulation Theorem" ni ishlab chiqdi, bu atmosfera oqimlarining evolyutsiyasini tavsiflaydi. 1922-yilda ingliz olimi Lewis Fry Richardson birinchi raqamli bashorat urinishini amalga oshirdi, ammo hisoblash xatolari tufayli natijalar noaniq chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, 1940-yillarda Amerika va Buyuk Britaniyada ENIAC kompyuteri yordamida J. von Neumann rahbarligidagi jamoa NWP ni rivojlantirdi. 1950-yillarda barqaror modellari paydo bo'ldi, bu harorat bashoratini 24 soatlik muddatga yetkazdi. 1960-1970-yillarda spektral va cheklangan farq metodlari keng tarqaldi, bu ECMWF va GFS kabi global tizimlarning asosini tashkil etdi. Zamonaviy davrda (2020-yillarda) ML integratsiyasi bilan aniqlik 15-20% ga oshdi. Bugungi kunda ob-havoni prognozlashning quyidagicha metodlari keng qo‘llanilmoqda: 1. Raqamli ob-havo prognozi: Primitiv tenglamalar tizimi (Navier-Stokes, termodinamika): 𝜕𝑇 𝑄 + 𝑈 ∙ ∇𝑇 = + 𝜅∇2 𝑇, 𝜕𝑡 𝑐𝑝 bu yerda 𝑇 − harorat, 𝑈 − shamol vektori, 𝑄 − issiqlik manbai.

2. Statistik usullar: ARIMA modeli: 𝑦𝑡 = 𝑐 + ∑ 𝜙𝑖 𝑦𝑡−𝑖 + ∑ 𝜃𝑗 𝜖𝑡−𝑗 + 𝜖𝑡 . 3. Vaqt seriyalari tahlili: Bu metodda oldingi vaqt seriyalaridagi haroratlar haqidagi to`plangan axborot yordamida biror-bir funksiya sinfidan bu axborotlarni eng yaxshi modellashtiradigan funksiya topiladi va bu funksiya orqali keyingi vaqt uchun prognoz beriladi. Ushbu maqolada yuqoridagi 3-metodni qanday ishlashini bayon qilamiz. Uning algoritmi quyidagicha: 1. Avval iloji boricha biror bir vaqt oralig‘ida o‘sha vaqtdagi aniq haroratlar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi; 2. Keyin esa bu ma’lumotlarni biror bir funksiya yordamida modellashtiramiz; 3. Model funksiya yordamida bizga kerakli vaqt uchun haroratni aniqlaymiz. Masalan, o‘tkazilgan tajribada quyidagicha natijalar olingan: № Soat Vaqt seriyasi hisobida 𝑡𝑖 Harorat (Selsiy)

1-jadval. Soat 00:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida har soatdagi harorat ma’lumotlari. Yuqoridagi jarayonni modellashtirishda har 24 soatda nisbatan bir-biriga yaqin haroratlar takrorlanishini inobatga olib, eng kichik musbat davri 24 ga teng bo`lgan davriy funksiyalarga murojaat qilamiz, masalan: 𝜋𝑡 𝜋𝑡 𝑇(𝑡) = 𝑎 sin ( ) + 𝑏 cos ( ) + 𝑐. 24 24 Yuqoridagi 𝑇(𝑡) funksiyani “eng kichik kvadratlar usuli” orqali topamiz. Buning uchun quyidagi funksiyani qaraymiz:

𝑆(𝑎, 𝑏, 𝑐) = ∑(𝑇𝑖 − 𝑇(𝑡𝑖 )) . 𝑖=0 Bu 𝑎, 𝑏, 𝑐 larga bog‘liq 𝑆(𝑎, 𝑏, 𝑐) funksiyani minimumga erishtiruvchi 𝑎, 𝑏, 𝑐 larni topamiz. Bu uch o‘zgaruvchili funksiyaning hosila yordamida ekstrmumlarini toppish masalasi orqali hal qilinadi. Bu yo‘l orqali topilgan 𝑎, 𝑏, 𝑐 larning qiymati quyidagicha: Koeffitsientlar 𝑎 𝑏 𝑐

2-jadval. T(t) bashorat funksiyasining koeffitsientlari. Demak, topilgan bashorat funksiyasi 𝜋𝑡 𝜋𝑡 𝑇(𝑡) = −5,19 sin ( ) − 3,05 cos ( ) + 17,21 24 24 ko‘rinishida bo‘ladi. Bu funksiyani topish jarayonida uning aniqligini 95% ekanligini ko‘rish mumkin. Ishonch intervali esa ±1,7 ℃ atrofida. Bizdan yuqoridagi 1-jadval asosida berilgan ma’lumotlarga tayanib soat 10:00 dagi haroratni bashorat qilish vazifasi berilgan bo‘lsin. U holda topilgan bashorat funksiyasini 𝑡 = 10 vaqt seriyasidagi qiymatini hisoblaymiz: 10𝜋 10𝜋 𝑇(10) = −5,19 sin ( ) − 3,05 cos ( ) + 17,21 ≈ 17,26. 24 24 1-jadvaldan ko‘rish mumkinki, soat 07:00 dan boshlab harorat ko‘tarilishni boshlagan va odatda 10:00 dagi harorat 09:00 dagi haroratdan balandroq bo‘ladi deb hisoblab, biz ishonch intervalidagi ±1,7 ℃ qiymatni “ + ” ishora bilan olamiz. Demak, soat 10:00 dagi harorat prognoz bo‘yicha 𝑇𝑏𝑎𝑠ℎ𝑜𝑟𝑎𝑡 (10) = 𝑇(10) + 1,7 = 18,96 ℃ bo‘ladi. Tajriba natijasida esa haqiqatda soat 10:00 da 19 ℃ harorat kuzatilgan. Quyida 𝑇(𝑡) bashorat funksiyasi va tajriba natijalarining grafigi keltirilgan:

XULOSA VA TAKLIFLAR Ushbu maqolada haroratni bashorat qilishning matematik metodlari talqin qilindi va ularning birida (ya’ni vaqt seriyalari) o‘tkazilgan tajribaning natijasi muhokama qilindi. 1- jadvaldagi ma’lumotlarda ko‘rish mumkinki, harorat 00:00 dan 09:00 gacha har soatda o‘tkazilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar asosida keying soatdagi (ya’ni 10:00 dagi) haroratni prognoz qilingan. Eng kichik kvadratlar usuli orqali iloji boricha prognozning xatoligini kamaytirishga harakat qilingan va u haqiqiy harorat bilan deyarli farq qilmasligini ko‘rish mumkin:

𝑇𝑏𝑎𝑠ℎ𝑜𝑟𝑎𝑡 = 18,96 ℃, 𝑇ℎ𝑎𝑞𝑖𝑞𝑖𝑦 = 19 ℃

Ushbu tadqiqotdan kelib chiqqan holda quyidagicha taklif berish mumkin: 1-jadval ma’lumotlari asosida topilgan 𝑇(𝑡) prognoz funksiyasi orqali soat 11:00 dagi, soat 12:00 dagi (ya’ni keyingi soatlardagi) haroratlarni ham prognoz qilib ko‘rish. Faqat vaqt o‘tgan sari bashoratning aniqlik foizi kamayib borishini inobatga olish kerak. Undan tashqari bashoratning aniqlik foizini oshirish uchun dastlabki soatlarda har soatda haroratni o‘lchash o‘rniga yana ham qisqaroq vaqt oralig‘ida haroratni o‘lchab borishni amalga oshirish kerak. Masalan, har yarim soatda o‘lchangan ma’lumotlar asosida qilingan prognoz har soatda qilingan prognozdan aniqroq chiqadi. Agar har 10 minutda yoki 5 minutda o‘lchangan haroratlar orqali qilingan prognoz bilan keyingi ko‘proq vaqtdagi haroratlarni yanada aniqroq prognoz qilish mumkin. Umuman olganda dastlabki o‘lchangan ma’lumotlar soni qanchalik ko‘p va o‘lchash jarayoni orasidagi vaqt oralig‘i yanada qisqaroq bo‘lsa, yana ham aniqroq bashoratlarni olish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Tomkins, T. (2015). Numerical Weather and Climate Prediction. Cambridge University Press.
  2. Wang, Y., et al. (2021). A simple and accurate mathematical model for estimating maximum and minimum temperatures. Building and Environment, 195, 107778. DOI:
  3. 1016/j.buildenv.2021.107778.
  4. Chen, L., et al. (2024). Analysis of a Predictive Mathematical Model of Weather Changes Based on Neural Networks. Mathematics, 12(3), 480. DOI: 10.3390/math12030480.10.3390/math12030480
  5. Xakimov, R. M. (2019). IMPROVEMENT OF ONE RESULT FOR THE POTTS MODEL ON THE CALEY TREE. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(6), 3-8.
  6. Rozikov, U. A., & Khakimov, R. M. (2012). The uniqueness condition for a weakly periodic Gibbs measure for the hard-core model. Theoretical and Mathematical Physics, 173(1), 1377-1386.
  7. Уктамалиев, И. К. (2022). О предгеометриях конечно порожденных коммутативных полугрупп. In МАЛЬЦЕВСКИЕ ЧТЕНИЯ (pp. 166-166).
  8. Уктамалиев, И. К. (2022). О числе счётных моделей аддитивной теории натуральных чисел.
  9. Xo‘jamqulov, R. (2024). Matematika fanini o ‘rganishda Maple platformasidan foydalanish imkoniyatlari va amaliy jihatlari. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(12), 335-
  10. O‘G, O. K. I. Q., Qizi, N. M. S. N., & Qizi, A. M. O. A. (2024). TEYLOR QATORI YORDAMIDA BA’ZI BIR SONLI QATORLARNING YIG ‘INDISINI TOPISH USULLARI. Science and innovation, 3(Special Issue 57), 275-277.
  11. O‘G, O. K. I. Q., O’G’Li, J. A. H., & O‘G, H. T. X. D. (2024). FUNKSIONAL QATORNI HADLAB INTEGRALLASH VA DIFFERENSIALLASHDAN FOYDALANIB BA’ZI BIR SONLI QATORLAR YIG ‘INDISINI TOPISH METODLARI. Science and innovation, 3(Special Issue 57), 411-416.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011188
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/165
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
30–34
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25