MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR
Durdona Abdulhamidova Abdulmajid kiziNamangan Davlat Pedagogika instituti 1- bosqich magistranti2025
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 38–39
Annotatsiya
ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o‘yin metodlari, interfaol mashg‘ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ: ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ
В статье анализируются педагогические основы эффективной организации процесса экологического воспитания в дошкольных образовательных учреждениях, игровые методы, интерактивная деятельность, а также значение формирования экологического сознания детей, интеграция региональных особенностей в образовательный процесс и практические решения.
inglizchaECOLOGICAL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS
This article analyzes the pedagogical foundations of effective organization of the ecological education process in preschool educational institutions, game methods, interactive activities, and the importance of forming ecological awareness in children, integrating regional characteristics into the educational process, and practical solutions.
Kalit so‘zlar
- maktabgacha ta‘lim
- ekologik tarbiya
- pedagogik yondashuv
- o‘yin metodlari
- interfaol mashg‘ulotlar va mintaqaviy hususiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359103
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR
Durdona Abdulhamidova Abdulmajid qizi Namangan Davlat Pedagogika instituti 1- bosqich magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o'yin metodlari, interfaol mashg'ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ekologik tarbiya, pedagogik yondashuv, o'yin metodlari, interfaol mashg'ulotlar va mintaqaviy hususiyat.
Kirish Bugungi globallashuv davrida atrof-muhitni muhofaza qilish insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Alisher Navoiyning bir hikmatli so'zi bor: “Insoning qadrini ko'rmoq istasang, uning tabiatga munosabatiga boq”. Ekologik muammolarni hal etishda ta’lim-tarbiya jarayonining, ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichining ahamiyati kattadir. Chunki insonning ekologik madaniyati va ongining poydevori bolalik davrida shakllanadi. Shu sababdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya berish bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiyani samarali tashkil etish uchun pedagogik yondashuvlarning ilmiy-nazariy asoslarini bilish zarur. Ekologik tarbiya – bu bolalarda tabiatga nisbatan mehr, mas’uliyat va ongli munosabatni shakllantirish jarayonidir. Tarbiyachilar ekologik tarbiya orqali bolalarni tabiat boyliklarini asrab-avaylashga, atrof-muhit muammolarini anglashga va ularni hal etishga ongli yondashishga o‘rgatadilar.
Ekologik tarbiya jarayonida zamonaviy o'yin metodlaridan foydalanish ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi. Xususan, interfaol o‘yinlar, loyiha asosidagi ta’lim vatajribaviy mashg‘ulotlar va IT texnologiyalar yordamida bolalarda ekologik bilim va ko‘nikmalar shakllanadi. Masalan, chiqindilarni ajratish o‘yini, suvni tejash bo‘yicha kichik tajribalar, yashil do'stlarimiz yani ekilgan o'simliklarga qarash, virtual tabiat sayohatlari bolalarda ekologik ongni kuchaytiradi.
Mintaqaviy hususiyatlarni integratsiya qilish
Har bir hududning ekologik muammolari va tabiiy resurslari o‘ziga xosdir. Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayoniga mintaqaviy hususiyatlarni
integratsiya qilish muhimdir. Masalan, Namangan viloyatidagi bog‘dorchilik, gulchilik va suv resurslarini tejash masalalarini bolalar ongiga singdirish orqali ularni mahalliy tabiatni asrashga jalb qilish samarali natija beradi.
Ekologik tarbiyani samarali tashkil etishda quyidagi amaliy yechimlar o‘zini oqlaydi: - Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Yashil burchaklar” tashkil etish ya’ni kichik bog', gulzorlar, va yashil do'stlarimiz sarlavhasi ostida kichik issiqxonalar yaratish;
- Bolalarni chiqindilarni ajratishga o‘rgatish; - Suv va elektr energiyasini tejash bo‘yicha oddiy mashg‘ulotlar va tajribalar o‘tkazish; - Ekologik tadbirlar, ko‘rgazmalar va o‘yinlarni tashkil etish.
Ushbu tashabbuslar nafaqat bolalarda ekologik ongni rivojlantiradi, balki ularda ijtimoiy mas’uliyat va hamkorlik madaniyatini va atrof muhitga nisbatan mexr muhabatni ham shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Ekologik ongni rivojlantirishda o'yin metodlar, mintaqaviy hususiyatlarni inobatga olish, amaliy mashg‘ulotlardan va ekolgiyaga oid tajribalardan keng foydalanish zarur. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yani 4+1 bu ota onalar bir kun bolalar bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotida yashil burchakda birgalikda ishlash, bu bollarda oilaviy tarbiyani qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik tarbiya va tabiatga nisbatan mehr muhabatni shaklantirishda muhim ahamiyatga ega. Shunday yondashuvlar orqali kelajak avlodni atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli shaxs sifatida voyaga yetkazish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Karimova R. Ekologik tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2020.
- Jo‘rayev M. Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Namangan, 2022.
- UNESCO. Environmental Education for Sustainable Development. – Paris, 2021.
- Xolmatova D. Bolalarda ekologik ongni shakllantirish metodlari. – Toshkent, 2025.
- Alisher Navoiy “Mahbub ul- qulub”.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011190
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/167
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 38–39
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25