SAMARQAND VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA EYMERIOZNING QUYON ZOTLARI ORASIDA TARQALISHINI O‘RGANISH
A.X.Xushnazarovveterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 9Sahifa 183–188
Annotatsiya
Ushbu maqolada chorvachilik sohasining kichik tarmoqlaridan biri bo‘lgan va oxirgi yillarda aholiga intensiv go‘sht yetkazishda muhim ro‘l o‘ynayotgan quyonchilik yo‘nalishida uchraydigan invasion kasalliklar, aynan quyonlarning top beshtalik kasalligi ichidan eymeriozning quyonchilikka salbiy ta‘siri, kasallikni Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlaridagi xo‘jaliklarda tez-tez uchrashi, uni aniqlash, diagnostika qilish, o‘ziga xos xususiyatlarini bilish borasidagi ma‘lumotlar hamda yil mavsumlariga xos dinamikasi, quyon zotlarining kasallika chidamlilik xususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar bayon qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaИЗУЧЕНИЕ РАСПРОСТРАНЕНИЯ ЭЙМЕРИОЗА СРЕДИ ПОРОД КРОЛИКОВ В НЕКОТОРЫХ РАЙОНАХ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ
В данной статье описываются инвазионные заболевания, встречающиеся в кролиководстве, которое является одной из подотраслей животноводства и в последние годы играет важную роль в интенсивном обеспечении населения мясом, отрицательное влияние эймериоза на кролиководство, частая встречаемость заболевания в хозяйствах Булунгурского и Пастдаргамского районов Самаркандской области, сведения о его выявлении, диагностике, знание его видовых особенностей, а также динамика, характерная для тем года, и сведения об особенностях устойчивости пород кроликов к заболеванию.
inglizchaSTUDY OF THE SPREAD OF EIMERIOSIS AMONG RABBIT BREEDS IN SOME DISTRICTS OF THE SAMARKAND REGION
This article presents information on the invasive diseases occurring in rabbit breeding, one of the small branches of animal husbandry which in recent years has been playing an important role in the intensive supply of meat to the population; in particular, on the negative effect of eimeriosis, which is among the top five diseases of rabbits, on rabbit breeding, on the frequent occurrence of the disease in the farms of the Bulungur and Pastdargom districts of the Samarkand region, and on its detection, diagnosis and specific features, as well as data on the dynamics characteristic of the seasons of the year and on the resistance of rabbit breeds to the disease.
Kalit so‘zlar
- Quyon
- eymerioz
- invaziya
- kooperatsiya
- intensiv
- epizootologiya
- profilaktika
- darling
- xikol
- kaliforniya
- velikan
- shinshilla
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SAMARQAND VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA EYMERIOZNING QUYON ZOTLARI ORASIDA TARQALISHINI O‘RGANISH A.X.Xushnazarov veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ,Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17319056 Annotatsiya: Ushbu maqolada chorvachilik sohasining kichik tarmoqlaridan biri bo‘lgan va oxirgi yillarda aholiga intensiv go‘sht yetkazishda muhim ro‘l o‘ynayotgan quyonchilik yo‘nalishida uchraydigan invasion kasalliklar, aynan quyonlarning top beshtalik kasalligi ichidan eymeriozning quyonchilikka salbiy ta’siri, kasallikni Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlaridagi xo‘jaliklarda tez-tez uchrashi, uni aniqlash, diagnostika qilish, o‘ziga xos xususiyatlarini bilish borasidagi ma’lumotlar hamda yil mavsumlariga xos dinamikasi, quyon zotlarining kasallika chidamlilik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Quyon, eymerioz, invaziya, kooperatsiya, intensiv, epizootologiya, profilaktika, darling, xikol, kaliforniya, velikan, shinshilla.
ИЗУЧЕНИЕ РАСПРОСТРАНЕНИЯ ЭЙМЕРИОЗА СРЕДИ ПОРОД КРОЛИКОВ В НЕКОТОРЫХ РАЙОНАХ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация: В данной статье описываются инвазионные заболевания, встречающиеся в кролиководстве, которое является одной из подотраслей животноводства и в последние годы играет важную роль в интенсивном обеспечении населения мясом, отрицательное влияние эймериоза на кролиководство, частая встречаемость заболевания в хозяйствах Булунгурского и Пастдаргамского районов Самаркандской области, сведения о его выявлении, диагностике, знание его видовых особенностей, а также динамика, характерная для тем года, и сведения об особенностях устойчивости пород кроликов к заболеванию. Ключевые слова: Кролик, эймериоз, инвазия, кооперация, интенсивный, эпизоотология, профилактика, дарлинг, ксикол, калифорния, великан, шиншилла.
STUDY OF THE DISTRIBUTION OF EIMERIOSIS AMONG RABBIT BREEDS IN SOME DISTRICTS OF SAMARKAND REGION Abstract: This article describes the invasive diseases occurring in rabbit farming, which is one of the sub-branches of the livestock industry and has been playing an important role in intensively supplying meat to the population in recent years, the negative impact of eymeriosis on rabbit farming, the frequent occurrence of the disease in farms in the Bulungur and Pastdargam districts of the Samarkand region, information on its detection, diagnosis, knowledge of its specific characteristics, as well as the dynamics specific to the topics of the year, and information on the characteristics of rabbit breeds' resistance to the disease. Keywords: Rabbit, eymeriosis, invasion, cooperation, intensive, epizootology, prevention, darling, xikol, california, velikan, chinchilla.
KIRISH VA MAVZUSINING DOLZARBLIGI Bugungi kunda dunyo aholisini chorvachilik mahsulotlariga, jumladan, quyon go‘shti, undan tayyorlanadigan parhez oziq-ovqat, jun va teri xom-ashyolariga bo‘lgan talabi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu talabni qondirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, quyon go‘shti ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Eymerioz bilan quyonlar
kasallanganda davolash ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa 15-20 kun ichida quyonlarning 90 foizi nobud bo‘ladi[1,3]. Shunga ko‘ra, turli hududlardagi quyonlarning invazion kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida quyonchilik fermalari va aholi qaramog‘idagi quyonlardan samarali foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish, quyon mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, intensiv quyonchilikni jadal rivojlantirish hisobigagina quyonchilikda rentabellikni oshirilishiga erishildi. Bu borada, yer yuzining turli mintaqalarida quyonchilik fermalarida ko‘paytirilayotgan turli zotdagi quyonlar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, turli quyon zotlarida uchraydigan parazitlarni o‘z vaqtida aniqlash, samarali davolash va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish dolzarb hisoblanadi[2,5]. MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI Quyonlarning invazion kasalliklari, xususan quyon eymeriozi, kasallikning kelib chiqish sabablari, etiologiyasi, epizootologiyasi, kechish xususiyatlari, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha uzoq xorijiy mamlakatlarda P.Augustine, Z.Cerna, D.J.Doran, D.S.Dougald, B.S.Gill, H.N.Ray, I.Hollands, A.A.Kasim, D.C.Nayak, M.E.Rose kabi olimlar tomonidan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va ilmiy-amaliy natijalarga erishilgan bo‘lsa, MDH davlatlari olimlaridan V.F.Abramova, K.I.Abuladze, K.X.Agaev, M.Sh.Akbaev, V.A.Aleksandrov, S.V.Burlakov, D.V.Vasileva, I.I.Vershinin V.A.Gerasimchik, E.X.Daugalieva, J.F.Dzaumameluna, I.S.Dondukov, A.F.Evtushenko, G.M.Kamaletdinova, E.M.Romanova, G.A.Kotelnikov, N.M.Lapshin A.I.Mayorov, A.F.Manjos, M.A.Musaev, N.P.Orlov R.V.Petrov S.A.Pleshakov, A.N.Ponomarenko, V.P.Ryutova S.K.Svanbaev A.I.Yatusevichlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Respublikamiz olimlaridan quyonlar eymeriozining tur tarkibi boʻyicha L.I.Irgasheva, boshqa hayvonlar eymeriozlarining epizootoologiyasi, davolash, profilaktika chora-tadbirlari bo‘yicha I.X.Irgashev, T.X.Raximov, R.B.Davlatov, D.I.Ibragimov, A.N.Xudjamshukurovlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ammo so‘nggi yillarda quyonlar eymeriozi bo‘yicha maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan[4]. Tadqiqotning maqsadi: quyonlar eymeriozining tarqalishi, kasallikning mavsumiy dinamikasi va diagnostikasi hamda turli zot quyonlarda kasallikning kechish xususiyatlari, ularni aniqlash usullarini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: quyon eymeriozining yil fasllariga bog‘liq ravishda tarqalish darajalarini aniqlash; turli zotli quyonlarning eymerioz bilan zararlanish darajasini aniqlash. Tadqiqotning obyekti sifatida Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining quyonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida va aholi qo‘lida urchitilayotgan turli zot va yoshdagi quyonlar olingan. Tadqiqotning predmeti eymerioz bilan spontan zararlangan quyonlarning tezak namunalari, eymeriya oosistalaridan iborat. Tadqiqotning usullari. Ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda umumiy qabul qilingan epizootologik, klinik, parazitologik, gelmintologik, koprologik, mikroskopik va statistik usullaridan foydalanilgan. Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi quyonchilik fermalari va aholi qaramog‘ida boqilayotgan turli zotli quyonlarning spontan eymeriozga chalinganligi, xo‘jaliklarda zoogigiyenik talab buzilishi ushbu hududlarda mazkur kasallikning epizootologiyasini o‘rganish
va uning qo‘zg‘atuvchilariga qarshi kurashish hamda butunlay yo‘qotish dolzarb muammo hisoblanadi. Tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlarining quyonchilikka ixtisoslashgan ferma xo‘jaliklaridagi spontan zararlangan quyonlarda o‘tkazilib, olib borilgan tekshiruv jarayonlarida eymeriozning tarqalishi va mavsumiy dinamikasi o‘rganildi. Shuningdek, tadqiqotlar ushbu tumanlardagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari, “Bo‘riboy Mustayev zamin nur” fermer xo‘jaligi (f/x) va “Go‘zalkent dostoni” davlat unitar korxona (DUK) larida boqilayotgan turli yoshdagi va har xil zotdagi spontan (tabiiy) zararlangan quyonlarda olib borildi. Tadqiqotlarda quyonlardan olingan tezak namunalarini koprologik tekshirishda, Darling usulidan foydalanildi. Tekshirish usuli. Tadqiqotlarni o‘tkazish davomida eksperimental, mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Kasallikka gumon qilingan va kasallangan quyonlarning 3-5 g tezak namunasi suv bilan zichlik darajasi yarim suyuq holatga kelguncha aralashtirildi, sentrifuga probirkalariga quyildi va 1-2 daqiqa davomida sentrifuganing 1000-1500 aylanma tezlikda/minut davomida sentrifuga qilindi. Suyuqlik qismi to‘kib tashlandi, cho‘kmaga (glitserin va osh tuzining to‘yingan eritmasidan teng miqdorda) tayyorlangan aralashmadan qo‘shildi, sentrifuga probirkasi yaxshilab chayqatilib, qaytadan 2 daqiqa davomida 1000-1500 aylanma tezlikda/minutda sentrifuga qilindi. Suyuqlik yuzasiga qalqib chiqqan eymeriya oosistalari simli ilmoq bilan olinib, buyum oynasiga qo‘yilib, ustidan qoplag‘ich oynacha qo‘yilib mikroskopda tekshirildi. Tekshirilgan quyonlarning tezak namunasida eymeriya oosistalari mavjudligi aniqlandi. OLINGAN NATIJALAR TAHLILI Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Go‘zalkent dostoni” davlat unitar korxonasining quyonxonasida parvarishlanayotgan (1 - rasm) har xil zotdagi quyonlardan tezak namunalari olinib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Zooparazitologiya” laboratoriyasida koprologik (Darling) usulida tekshirildi.
1 - rasm. “Go‘zalkent dostoni” DUKdagi quyonlarning saqlanish holati
Ushbu xo‘jalikdagi quyonlar zotining har biridan 40 boshi ajratilib, ularning tezak namunalari tekshirildi. Dastlab xikol zotli quyonlarning 40 boshi tekshirilganda ularning 24
boshida invaziya eymeriya oosistalari mavjudligi aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 60% ni tashkil etishi aniqlandi. Kaliforniya zotiga mansub quyonlarning ham 40 boshi tekshirilganda ulardan 21 bosh quyonda eymeriya oosistalari mavjudligi qayd etilib, invaziyaning ekstensivligi 52,5 % ga teng ekanligi namoyon bo‘ldi. Velikan zotiga mansub quyonlarning ham 40 boshi tekshirilganda ularning 17 boshida eymeriya oosistalari mavjudligi va invaziyaning ekstensivligi 42,5 % ni tashkil etishi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo‘jalikda shinshilla zotga mansub quyonlar ham mavjud bo‘lib, ularning 35 boshi tekshirilganda 8 boshida eymeriya oosistalari mavjudligi va invaziyaning ekstensivligi esa 22,9 % ga teng bo‘ldi. Xo‘jalikdagi xikol, kaliforniya, velikan va shinshilla zotga mansub quyonlarning jami 155 boshi tekshirilib, invaziyaning ekstensivligi o‘rtacha 45,1% ga teng bo‘ldi. Zararlanganlarning bosh soni 70 boshni tashkil etdi (1 - jadval).
1 – jadval. “Go‘zalkent dostoni” DUK da quyonlar eymeriozining koprologik tekshirish natijalari Quyonlar bosh II va IE Quyon zoti Tekshirish usuli soni soni Foizi Xikol 40 24 60 Kaliforniya 40 21 52,5 Velikan 40 Koprologik 17 42,5 Shinshilla 35 8 22,9 Jami 155 70 45,1
Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldiki, mahsuldor hisoblangan xikol, kaliforniya va velikan zotli quyonlarda eymeriya oosistalari shinshilla zotdagi quyonlardagiga qaraganda ko‘p uchraydi. Keyingi tajribalarimiz esa Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “Bo‘riboy Mustayev zamin nur” fermer xo‘jaligida parvarishlanayotgan har xil zotli quyonlarda olib borildi, bunda quyonlardan tezak namunalari olinib, universitetning “Zooparazitologiya” laboratoriyasida koprologik (Darling) usulida tekshirildi. Xikol zotli quyonlarning 55 boshi tekshirilganda ulardan olingan 29 ta tezak namunasida eymeriya oosistalari mavjudligi aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 52,7% ni tashkil etishi aniqlandi. Kaliforniya zotli quyonlarning 55 boshi tekshirilganda ularning 27 boshida eymeriya oosistalari mavjudligi qayd etilib, invaziyaning ekstensivligi 49,0% ga tengligi namoyon bo‘ldi. Ushbu fermada asralayotgan velikan zotli quyonlarning 55 boshi tekshirilganda ularning 31 boshida eymeriya oosistalari mavjudligi kuzatilib, invaziyaning ekstensivligi 56,3% ni tashkil etishi kuzatildi.
55 55 55 56.3 55 60 54.5 52.7 49 50 33 29 27 31
Xikol Kaliforniya Velikan Shinshilla Jami 2 - Rasm – Bulung‘ur tumanidagi “Bo‘riboy Mustayev zamin nur” f/x quyonlar eymeriozining koprologik tekshirish natijalari (Invaziyaning ekstensivligi)
Xo‘jalikda shinshilla zotli quyonlar ham parvarish qilinib, koprologik tekshiruv jarayonida namuna olingan 55 boshning 33 tasida eymeriya oosistalari mavjudligi aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 60,0% ni tashkil etishi qayd etildi (2 -rasm). Ushbu xo‘jalikda esa yuqori mahsuldor quyon zotlariga nisbatan shinshilla zotli quyonlarda eymeriya oosistalari soni ko‘proq chiqdi, buni qisqacha shunday izohlash kerak, xo‘jalikda avvaldan shinshilla zotli quyonlar parvarishlab kelingan bo‘lib, mahsuldor zotli quyonlar keyinchalik olib kelingan. XULOSALAR Tadqiqotlarimizning yakuniga ko‘ra xo‘jalikdagi xikol, kaliforniya, velikan va shinshilla zotga mansub quyonlarning jami 220 boshi tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 54,5% ida, ya’ni 120 bosh quyonda eymeriya oosistalari bilan zararlanganligi aniqlandi. Yuqorida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra quyon eymeriozining epizootologik xususiyatlari ushbu tumanlarning hududida o‘xshash bo‘lib, Pastdarg‘om tumani hududida joylashgan “Go‘zalkent dostoni” DUK 4 xil zotga mansub 155 bosh quyonlar eymeriozining ekstensiv invaziyalanish ko‘rsatkichi 45,1% ni, Bulung‘ur tumanidagi “Bo‘riboy Mustayev zamin nur” f/x xo‘jaligidagi 4 xil zotli quyonlarning 220 boshida mos ravishda invaziyaning ekstensivligi 54,5% ga teng ekanligi qayd etildi. Kasallikni ikki tumandagi tarqalish holati, xo‘jalikdagi quyonlarni saqlash sharoiti, oziqlantirish va profilaktika tadbirlarini rejali amalga oshirish ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, veterinariya sanitariyasi hamda eymeriozga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish zarurati e’tirof etildi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In E3S Web of Conferences (Vol. 480, p. 03020). EDP Sciences.
- Ro‘ziev R.I., Xidirov K.I., Elmurodov B.A, va boshqalar. // Tomorqa va yer egalari uchun quyon boqish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2019. 41-42 b.
- Сидоркин В. // Паразитарные болезни кроликов. Москва. Аквариум-2010. 7-13 б.
- Хушназаров, А. (2025). Pacnpocтранениe, диагностика и химиопрофилактика эймериоза кроликов. Каталог диссертаций и авторефератов, 1(1), 1-157.
- Хушназаров, А. (2025). Қуёнчиликни ривожлантириш, уларни озиқлантириш, касалликларини даволаш ва олдини олиш. Каталог монографий, 1(1), 1-50.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013101
- Nashr sanasi
- 2025-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i9.1783
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 183–188
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-27 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06