BIOINDIKATSIYA METODINING EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MONITORING QILISHDAGI AHAMIYATI
Toshmirzayeva Gavxharxon1, Abdulbaqieva Dilshoda22025
- 1Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi
- 2Namangan davlat pedagogika instituti, biologiya yo‘nalishi magistranti
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 21–23
Annotatsiya
mazkur maqolada bioindikatsiya metodining atrof-muhitni ekologik holatini tirik organizmlar yordamida baholashga qaratilgan. Ushbu metod atmosferadagi gazlar, suvning sifat ko‘rsatkichlari, tuproqning unumdorligi va ifloslanishini kuzatishda samarali hisoblanadi. Bioindikatsiya boshqa fizik-kimyoviy usullarga qaraganda oddiyligi, arzonligi hamda tabiiy sharoitda uzoq muddatli monitoring imkonini berishi bilan ajralib turadi. Metod ekologik muammolarni erta aniqlash, tabiatni muhofaza qilish choralarini belgilash va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ МЕТОДА БИОИНДИКАЦИИ В ЭКОЛОГИИ И МОНИТОРИНГЕ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ
В данной статье рассматривается метод биоиндикации, применяемый для оценки экологического состояния окружающей среды с использованием живых организмов. Этот метод эффективен при контроле газового состава атмосферы, показателей качества воды, плодородия почв и уровня их загрязнения. Биоиндикация отличается простотой, низкой стоимостью и возможностью длительного мониторинга в естественных условиях по сравнению с другими физико-химическими методами. Метод имеет важное научное и практическое значение для раннего выявления экологических проблем, определения мер по охране природы и обеспечения экологической безопасности населения.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF THE BIOINDICATION METHOD IN ECOLOGY AND ENVIRONMENTAL MONITORING
This article focuses on the bioindication method, which is used to assess the ecological state of the environment using living organisms. This method is effective in monitoring atmospheric gases, water quality indicators, soil fertility and pollution. Bioindication is distinguished by its simplicity, low cost, and long-term monitoring in natural conditions compared to other physicochemical methods. The method is of significant scientific and practical importance in early detection of environmental problems, determination of nature protection measures, and ensuring the ecological safety of the population.
Kalit so‘zlar
- bioindikatsiya
- bioindikator
- ekologik monitoring
- atmosfera
- suv
- tuproq
- ekologik ahamiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17358824
BIOINDIKATSIYA METODINING EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MONITORING QILISHDAGI AHAMIYATI
Toshmirzayeva Gavxarxon Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi E-mail: gavxarxontoshmirzayeva@gmail.com Abdulboqiyeva Dilshoda Namangan davlat pedagogika instituti, biologiya yoʻnalishi magistranti E-mail: dilshodaoxunjanova44@gmail.com
Anotatsiya: mazkur maqolada bioindikatsiya metodining atrof-muhitni ekologik holatini tirik organizmlar yordamida baholashga qaratilgan. Ushbu metod atmosferadagi gazlar, suvning sifat ko’rsatkichlari, tuproqning unumdorligi va ifloslanishini kuzatishda samarali hisoblanadi. Bioindikatsiya boshqa fizik-kimyoviy usullarga qaraganda oddiyligi, arzonligi hamda tabiiy sharoitda uzoq muddatli monitoring imkonini berishi bilan ajralib turadi. Metod ekologik muammolarni erta aniqlash, tabiatni muhofaza qilish choralarini belgilash va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: bioindikatsiya, bioindikator, ekologik monitoring, atmosfera, suv, tuproq, ekologik ahamiyat.
Iqlimning keskin oʻzgarishi bugungi kunda oʻzining eng yuqori darajasiga chiqdi. Buning natijasida insoniyat oldida hal qilinishini kechiktirib boʻlmaydigan koʻplab muammolar paydo boʻldi. Xususan, keyingi yillarda atmosfera havosining ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hududlar miqyosida kengayib borishi kuzatilmoqda. Natijada, insoniyat taraqqiyoti davomida tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanat ko‘plab ekologik muammolarni yuzaga keltirdi. Atmosfera havosining ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, tuproqning sho‘rlanishi va biologik xilma-xillikning qisqarishi-bular bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi [1,6,7]. Ushbu muammolarni aniqlash, nazorat qilish va bartaraf etishda zamonaviy ilmiy metodlar muhim o‘rin tutadi. Shulardan biri - bioindikatsiya metodi bo‘lib, u tirik organizmlar yordamida muhitning ekologik holatini aniqlashga asoslangan. Bioindikatsiya – bu tirik organizmlar yordamida muhitning ekologik holatini, uning o‘zgarish darajasini yoki ifloslanish darajasini aniqlash usulidir[1,8]. Ushbu usulning asosiy g‘oyasi shundaki, ayrim organizmlar muhitdagi zararli moddalarga nisbatan juda sezgir bo‘lib, ularning soni, shakli, rangi yoki hayot faoliyatidagi o‘zgarishlar orqali muhit holatini baholash mumkin. Bioindikatorlar sifatida o‘simliklar, moxlar, lishayniklar, hasharotlar, baliqlar, yer qurtlari va mikroorganizmlar ishlatiladi. Ularning har biri muayyan ekologik omillarga (masalan, SO₂, NO₂, og‘ir metallar, pH, kislorod miqdori va boshqalar) nisbatan o‘ziga xos javob reaksiyasini namoyon etadi.
Bioindikator guruhlari bo‘yicha qisqa ma’lumot
Guruh Bioindikatorlar misoli Ko’rsatkich ma’lumotlari
1.Atmosfera Lishyaniklar, moxlar Havodagi zararli gazlar (SO2, NO2)
2.Suv Mayfly lichinkalari, baliqlar Suvning kislorod bilan ta’minlanganligi
3.Tuproq Yer qurtlari, ayrim o’simliklar Sho’rlanish, unumdorlik, og’ir metallar
Yuqoqridagi jadvaldan ko‘rinadiki, bioindikatsiya yordamida tabiatning barcha asosiy komponentlari – atmosfera, suv va tuproq holatini baholash mumkin. Bioindikatsiya metodining boshqa monitoring usullariga nisbatan bir qator ustunliklari mavjud: Oddiylik va arzonlik – maxsus murakkab asbob-uskunalarsiz ham muhit holatini aniqlash mumkin. Uzoq muddatli monitoring – bioindikatorlar vaqt o‘tishi bilan muhitdagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib boradi. Tabiiy sharoitda kuzatish-laboratoriya sharoitidan tashqarida ham ishonchli natija olish mumkin. Hududiy xaritalash – turli hududlarda bioindikatorlarni kuzatish orqali ekologik xaritalar tuzish imkonini beradi. Ekologik monitoring – atmosfera, suv va tuproq sifatini muntazam nazorat qilishda [5,9,10]. Ekologik monitoringda biologik indikatorlar (bioindikatorlar) keng qo‘llaniladi. Bular atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga sezgir organizmlar bo‘lib, ular orqali ifloslanish darajasi aniqlanadi. Tabiatni muhofaza qilish – ifloslanish manbalarini aniqlash va oldini olishda samarali foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi – tuproq unumdorligini baholashda va shahar ekologiyasi – yashash uchun qulay hududlarni aniqlashda hamda ta’lim jarayoni – o‘quvchilarda ekologik tafakkur va kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ushbu usul muhim ahamiyatga ega. Xulosa. Biondikatsiya metodi-bu atrof-muhit holatini tirik organizmlar (o’simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar) yordamida baholash usulidir. Ushbu metod ekologik monitoringda muhim o’rin tutadi, chunki u tabiiy muhtdagi ifloslanish darajasini biologik belgilar orqali aniqlash imkonini beradi. Biondikatorlar yordamida atmosfera, suv va tuproq sifatidagi o’zgarishlarni tez va ishonchli tarzda aniqlash mumkin. Shu sababli, biondikatsiya ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilishda samarali, iqtisodiy va ekologik jihatdan toza usul hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar13 ta adabiyot
- Odum E. P. “Ekologiya: fundamental asoslari”. – Moskva, 2002.
- Аlimov A. F. “Ekologik monitoring va bioindikatsiya”. – Toshkent, 2015.
- Begon M., Harper J., Townsend C. “Ecology: Individuals, Populations and Communities”. – Blackwell Science, 2006.
- Mamatqulov O. “Atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari”. – Toshkent, 2019.
- World Health Organization (WHO). “Air Quality Guidelines”. – Geneva, 2021.
- Назиркулова, М. Б., Тошмирзаева, Г. Р., & Юлдашева, М. Ю. (2020). ВОЗДЕЙСТВИЕ КЛИМАТА НАМАНГАНСКОГО РЕГИОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО. Экономика и социум, (1 (68)), 630-635.
- Исагалиев, М. Т., Юлдашев, Г. Ю., Тошмирзаева, Г., Юсуфжонова, З., & Солиева, С. (2016). Плодородие и генезис пустынно-песчаных почв Центральной Ферганы. In АГРАРНАЯ НАУКА-СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ (pp. 351-352).
- Qoriyev, M. (2025). NAMANGAN VILOYATIDAGI SUG ‘ORILADIGAN YERLARNING IKKILAMCHI SHO ‘RLANISH MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (2), 231-231.
- Кориев, М. Р., & Тошмирзаева, Г. Р. (2023). Оценка возможностей развития лалминского садоводства на основе естественной влажности бурных почв. Экономика и социум, (4-2 (107)), 613-618.
- Koriev, M. R., & Toshmirzaeva, G. R. Researching the Natural Moisture of the Hilly Soils of the Namangan Region with the Aim of Developing Rain-fed Gardening. JournalNX, 9(11), 39-44.
- Абдурахмонов, Б. М., Рахимов, И. Б., & Турдалиев, И. Э. (2025). СОСТОЯНИЕ ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ СРЕДСТВ ОБУЧЕНИЯ В ГЕОГРАФИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. Экономика и социум, (6-1 (133)), 933-937.
- 12.Lutpillaeva M., Hоshimоv F., Synthesis оf silver nanоparticlesE3S Web оf Cоnferences, 2024, 486, 05013. dоi.оrg/10.1051/e3scоnf/20244860501310.1051/e3scоnf/202448605013
- Lutpillaeva M., Hоshimоv F., Kumush nanоzarrachalari tutgan tizimlarni sintez qilishda turli qaytaruvchilar va stabilizatоrlar rоli. О‘zbekistоn milliy universiteti xabarlari, 2023, [3/1] ISSN 2181-7324. 392-395
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011185
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/162
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 21–23
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25