Asosiy mazmunga o‘tish

94 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    “INNOPROVET™” PROBIOTIGI QO‘LLANILGAN TUXUM YO‘NALISHIDAGI TOVUQLAR SON SUYAGINING POSTNATAL ONTOGENEZI

    Sh.Z.Doniyorov, S.Usinova ,X.Davlatov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida son suyagi uzunligi va og‘irliklarining o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan. Son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari tovuqlar postnatal rivojlanishi davomida o‘ziga xos o‘sish dinamikasiga ega ekanligi aniqlandi. Son suyagi uzunligi va og‘irliklari postnatal ontogenezning dastlabki kunidan 16 kunligiga qadar jadal ortishi hamda bu holatni tovuqlarning fiziologik va jinsiy yetilish davri, ya‘ni 280 kunligigacha davom etishi, 280 kunligidan 570 kunligiga qadar o‘sish jadalligi ularning tuxum berish jarayonining kuchayishi bilan bog‘liq ravishda sekinlashishi kuzatilgan. Tovuqlar son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari “INNOPROVET™” probiotigi qo‘llanilgan tajriba guruhidagi tovuqlarda nazorat guruhidagilarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ShAROITIDA SIGIRLAR BEPUShTLIKLARNING SABABLARI VA GEMOTOLOGIK KO‘RSATKICHLAR

    Eshburiev B.M, Raximov O.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston respublikasining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning sabablari bo‘g‘oz sigirlarni sog‘indan chiqarilgan davrida oziqa ratsionlarini takomillashmaganligi, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi hisoblanib, sigirlar tuqqandan keyin laktatsiyaning kuchayishi davrida sigirlar organizmining to‘yimli moddalar, vitamin va mineral moddalarga nisbatan organizm ehtiyojlarining qondirilmasligi ularda alimentar-iqlimiy xarakterli bepushtliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

    Eshburiev B.M, Raximov O.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtlikning sabablari, sog‘in sigirlarni oziqlantirish tipiga, biologik faol moddalar, makro- va mikroelementlar bilan ta‘minlanish darajasiga va diagnostikasi hamda oldini olishda hayvonlarni oziqlantirishni yaxshilash, vitamin va minerallarga boy oziqalarni ratsionga kiritish haqida ma‘lumot berilgan. Kalit so‘zlar: bepushtlik, mikroelementlar, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar, tuxumdonlar, gipokuproz, tokoferol, matsion, kamqonlik, jinsiy sikl, ratsion. MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОНДА ВЕТЕРИНАРИЯ ПАРАЗИТОЛОГИЯСИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ (адабиёт маълумотлари

    T.N.Achilov, Sh.M.Aminjonov ,A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада Ўзбекистон ветеринариясининг ривожланишида ҳисса қўшган олимлар ва уларнинг илмий тадқиқот ишланмалари ҳақида маълумотлар келтирилган бўлиб, ушбу маълумотлар ВИТИнинг ҳамда СамҚХИнинг илмий кутубхонасидаги рисолаларидан олинди ҳамда таржима қилиниб илмий тусга киргизилди

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    ҚОРАМОЛЛАРГА МУЛТИВИТ+МИНЕРАЛЛАР ВА БОДИФОРС ПРЕПАРАТИ ҚЎЛЛАГАНДА УЛАР ҚОНИНИНГ МОРФОЛОГИК КЎРСАТКИЧЛАРИ.

    V.U.Ro‘zimov, ,D.A.Ernazarov, Niyozov H. B. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада қорамолларда Мултивит+Минерали ва Бодифорс препаратларидан биргаликда маълум меъёр ва миқдорда қўлланилганда, қорамолларнинг эритроцитлар миқдори ўртача 19,3% га лейкоцитлар миқдори-16 % га, гемоглобин миқдори-21,8% га, гематокрит фоизи 15,3 % га кўпайиши, эритроцитларнинг чўкиш тезлиги 18 % га пасайиши ҳамда ҳайвонларда эозинофиллар 4% га, таёқча ядроли нейтрофиллар фоизи 2,5% га, сигмент ядроли нейтрофиллар фоизи 8,7 % га камайиши ва қондаги лимфоцитлар фоиз кўрсаткичи 4,7 % га кўпайганлиги баён этилган

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND VILOYATIDA BALIQLAR LIGULYOZINING TARQALISHI VA ZARARLANGAN BALIQLAR GO‘SHTINI VETERINARIYA-SANITARIYA JIHATIDAN BAHOLASH

    Xamrayev Asqar Xasanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada Samarqand viloyatining suv havzalarida baliqlar liguliyozining epizootologik holati o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida zararlangan baliqlarning tana uzunligi, massasi, Ligula intestinalis parazitining tana uzunligi, shuningdek, invaziya intensivligi (II) ko‘rsatkichlari aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada baliq go‘shtining asosiy organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, konsistensiya) va biokimyoviy (pH, oqsil, yog‘, glikogen miqdori) ko‘rsatkichlarining invaziya intensivligiga qarab o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Olingan natijalar baliqlarning fiziologik holati, mahsulot sifati va ularning veterinariya-sanitariya bahosiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlashga imkon bergan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    NAVOIY VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

    Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Navoiy viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

    Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada joriy yilda Respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Samarqand viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHNING USHLANIB QOLISHINI OLDINI OLISHDA GONADIN VA FERTADIN PREPARATLARINING SAMARASI

    Ochilov Jamshid Nasirdinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy maqolada sigirlarda homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish, sigirlarning urug‘lantirilgandan so‘ng otalanish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan chorvachilik fermer xo‘jliklarida o‘rganilgan, bunda sigirlar tug‘ganidan keying akusher-ginekologik kasalliklarning oldi olingan hamda servis davrini 60-70 kundan oshmasligini ta‘minlash zarurligigi ko‘zda tutilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    SIGIRLARDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLAShDA REGOSTENOL PREPARATINI SAMARASI

    O.U.Kuldoshev, J.N.Ochilov, B.B.Tursinaliyev, S.A.Suvanov, N.S.Salohiddinova · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, kechishi va klinik belgilari, tashhisi, davolash va oldini olishda Regestenol preparatini qo‘llash usul va vositalar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINING PASTERELLYOZ, KOLIBAKTERIOZ VA SALMONELLYOZ KASALLIKLARIGA QARSHI POLIVALENT GOA FORMOL VAKSINANING BUZOQLAR ORGANIZMIGA TA‘SIRI HAMDA KASALLIKLARGA QARSHI KURASH CHORALARI

    Navruzov N.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi polivalent GOA formol vaksina” bilan buzoqlarni emlash natijasida 9-12 oylik immunitet davomiyligi tajribalarda kuzatilgan. Buzoqlarning pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini davolashda giperimmun qon zardobi tarkibidagi gamma-globulinlar hisobidan immun tizimni barqarorlashi evaziga samaradorlik 92 foizdan yuqori natijaga erishilgani aniqlangan. Shuningdek mazkur kasalliklar aralash shaklda kechgan buzoqlar organizmida qonning gemotologik va biokimyoviy o‘zgarishlari hamda E.coli, Pasteurella va Salmonellalarning antibiotiklarga sezgirligi MIC diapazoni bo‘yicha samaradorligi aniqlangani haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    VETERINARIYA AMALIYOTIDA QORAMOLLAR TEYLERIOZINI ANIQLASHDA GEMATOLOGIK TAHLILNING O‘RNI

    N.U.Karimova,Q.X.G‘oyibnazarov,A.G.Gafurov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Kasallik namunalarining klinik tahlili asosida qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) va gemoglobin (HGB) sonining kamayishi qayd etildi. Oq qon tanachalari (leykotsitlar) soni, trombotsitlar soni (PLT) va eritrotsitlar morfologik parametrlarining (MCV, MCh, MChC) kamayishi mikrotsitik va gipoxromik anemiya rivojlanishiga olib keladi. Salom, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, teylerioz qoramollarning qon aylanish va limfa tizimlarida chuqur patologik o‘zgarishlarga olib keladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    SINBOVIL PASHSHALARGA QARSHI BIOINSEKTITSID PREPARATINING SAMARASI

    Ismoilov Adxam Shuxratovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekto va endoparazitlariga qarshi loyiha doirasida ishlab chiqarilgan “Bioinsektitsid” preparatining sinbovil pashshalariga qarshi ta‘sir samarasi laboratoriya sharoitida o‘rganilganligi bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    QON CHO‘PI (CHELIDONIUM MAJUS) O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA CHISTOTEL PREPARATINING QUYONLAR TERISIGA FARMAKOTOKSIKOLOGIK TA‘SIRI

    D.A.Ernazarov, H.B.Niyozov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qon cho‘pi (Chelidonium majus.) o‘simligining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari, uning asosida tayyorlanadigan chistotel preparatining farmakologik xususiyatlari hamda quyonlar terisiga bo‘lgan farmakotoksikologik ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari o‘simlikdan olinadigan preparatlarning antimikrob, yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiya jarayonini tezlashtiruvchi xususiyatlarini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    FARMAKOPEYADAGI EFIR MOYLI O‘SIMLIKLAR, ULARNING KIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

    Botirova Marguba Sadullayevna, Farmanov Nizom · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada farmakopeyaga kiritilgan efir moyli o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faol komponentlari va ularning farmakologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Efir moylarining o‘simliklardagi biosintezi, ularni ajratib olish usullari, shuningdek, dorivor xomashyolardan farmatsevtik preparatlar tayyorlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘simliklarning ekologik omillarga bog‘liq holda efir moy miqdori va sifat tarkibining o‘zgarishi ham o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    ФАСЦИОЛЁЗ В СРЕДНЕЙ АЗИИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРОФИЛАКТИКЕ

    Мурадуллаев Отабек Мухаммаджон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqola O‘rta Osiyo mamlakatlarida fastsilyozning tarqalishini epidemiologik xususiyatlar, xavf omillari va diagnostika hamda profilaktikaning zamonaviy usullariga e‘tibor qaratgan holda kompleks tahlil qiladi. Tadqiqot turli hududlardagi kasallanish darajasini qiyosiy tahlil qilish, gelmintozning tarqalishiga ta‘sir etuvchi iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni baholash, shuningdek invaziyani nazorat qilishning an‘anaviy va innovatsion yondashuvlarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda statistik ma‘lumotlar va dala tadqiqotlari asosida asosiy muammolar aniqlandi va aholi hamda qishloq xo‘jaligi hayvonlari o‘rtasida kasallanishni kamaytirishga doir amaliy tavsiyalar taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    BUZOQLAR STREPTOKKOZINI TARQALISH OMILLARI (Adabiyot ma‘lumotlari asosida)

    Navruzov N.I., Qurbonova Z.S · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    maqolada adabiyot ma‘lumotlari asosida buzoqlarning Str.pneumoniae infeksiyasi bilan hududlar bo‘yicha zararlanish darajasi o‘rganilgan. Streptococcus pneumonianing buzoqlar organizmida kasallikning patogenezi, uning yoshga oid o‘zgarishlari, patologoanatomik o‘zgarishlarining o‘ziga xos klinik ko‘rsatkichlari haqidagi ma‘lumotlar berilgan. Buzoqlar organizmida streptokokk kasalligining o‘tkir yoki surunkali kechishidagi patologik jarayonlarni ochiqlantirishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    ГУБКООБРАЗНАЯ ЭНЦЕФАЛОПАТИЯ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА

    О.А.Джураев, Г.Х.Мамадуллаев, Н.И.Наврузов · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada qoramollarning gubkasimon ensefalopatiyasida PrPSc prion oqsilining yuqumli agent sifatidagi patogen ta‘siri to‘g‘risida ilmiy adabiyot manbalarida yoritilgan ma‘lumotlar muhokama qilingan. PrPScning patogen shakli hayvonlarga yuqish yo‘llari, jumladan hayvon kelib chiqishli xom ashyoni ratsionda ishlatish orqali yuqishi yoritilgan. Ushbu kasallikning asosiy klinik belgilari va tashxislash usullari, hayvon organizmi turli to‘qimalarining PrPScga nisbatan yuqumli faolligi, kasallik yuzaga kelganda uning oldini olish va tugatish bo‘yicha veterinariya-sanitariya qoidalari, shuningdek Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti (sobiq XEB) ning rasmiy ma‘lumotlari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    ИСПЫТАНИЕ НОВОГО МЕТОДА ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ ТУБЕРКУЛЁЗА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА С ПРЕПАРАТОМ РИФИЗОСТРЕП

    Мамадуллаев Г.Х, Файзиев У.М · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada silga qarshi yangi Rifizostrep preparatining in vitro va in vivo laboratoriya sinovlari natijalari eksperimental ravishda yuqtirilgan 10 ta buzoqda keltirilgan. Rifizostrepning 100 kg tirik vazniga 5,0 ml dozasida tajriba buzoqlarida sigir va odamning Mycobacterium tuberculosisga qarshi yetarlicha mikroblarga qarshi faolligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish