Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

Eshburiev B.M, Raximov O.R.SamVMChBU Nukus filiali2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 335–338

Annotatsiya

Maqolada mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtlikning sabablari, sog‘in sigirlarni oziqlantirish tipiga, biologik faol moddalar, makro- va mikroelementlar bilan ta‘minlanish darajasiga va diagnostikasi hamda oldini olishda hayvonlarni oziqlantirishni yaxshilash, vitamin va minerallarga boy oziqalarni ratsionga kiritish haqida ma‘lumot berilgan. Kalit so‘zlar: bepushtlik, mikroelementlar, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar, tuxumdonlar, gipokuproz, tokoferol, matsion, kamqonlik, jinsiy sikl, ratsion. MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

Boshqa tillarda

ruschaЭТИОЛОГИЯ, ДИАГНОСТИКА И ПРОФИЛАКТИКА АЛИМЕНТАРНОГО БЕСПЛОДИЯ У ПРОДУКТИВНЫХ КОРОВ

В статье приведены сведения о причинах алиментарного бесплодия продуктивных коров, типе кормления дойных коров, уровне обеспеченности биологически активными веществами, макро- и микроэлементами, а также путях улучшения питания животных в целях диагностики и профилактики, включения в рацион продуктов, богатых витаминами и минеральными веществами.

inglizchaTHE ETIOLOGY, DIAGNOSIS AND PREVENTION OF ALIMENTARY INFERTILITY IN PRODUCTIVE COWS

The article provides information on the causes of alimentary infertility in productive cows, on the type of feeding of dairy cows, on the level of provision with biologically active substances and with macro- and microelements, and on its diagnosis and prevention through improving the feeding of animals and including feeds rich in vitamins and minerals in the ration.

Kalit so‘zlar

  • bepushtlik
  • mikroelementlar
  • oqsillar
  • uglevodlar
  • vitaminlar va mineral moddalar
  • tuxumdonlar
  • gipokuproz
  • tokoferol
  • matsion
  • kamqonlik
  • jinsiy sikl
  • ratsion

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 636.082.454:616 MАHSULDOR SIGIRLАRDА АLIMENTАR BEPUSHTLIKLАRNING ETIOLOGIYASI, DIАGNOSTIKАSI VА PROFILАKTIKАSI Eshburiev B.M. Ilmiy rahbar, v.f.d., professor, SamVMChBU Nukus filiali Raximov O.R. tayanch doktorant, SamVMChBU Nukus filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.18085660 Annotatsiya: Maqolada mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtlikning sabablari, sogʼin sigirlarni oziqlantirish tipiga, biologik faol moddalar, makro- va mikroelementlar bilan taʼminlanish darajasiga va diagnostikasi hamda oldini olishda hayvonlarni oziqlantirishni yaxshilash, vitamin va minerallarga boy oziqalarni ratsionga kiritish haqida ma'lumot berilgan. Kalit soʼzlar: bepushtlik, mikroelementlar, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar, tuxumdonlar, gipokuproz, tokoferol, matsion, kamqonlik, jinsiy sikl, ratsion.

MАHSULDOR SIGIRLАRDА АLIMENTАR BEPUSHTLIKLАRNING ETIOLOGIYASI, DIАGNOSTIKАSI VА PROFILАKTIKАSI Аннотация: В статье приведены сведения о причинах алиментарного бесплодия продуктивных коров, типе кормления дойных коров, уровне обеспеченности биологически активными веществами, макро- и микроэлементами, а также путях улучшения питания животных в целях диагностики и профилактики, включения в рацион продуктов, богатых витаминами и минеральными веществами. Ключевые слова: бесплодие, микроэлементы, белки, углеводы, витамины и минералы, яичники, гипокупроз, токоферол, матка, анемия, половой цикл, рацион.

MАHSULDOR SIGIRLАRDА АLIMENTАR BEPUSHTLIKLАRNING ETIOLOGIYASI, DIАGNOSTIKАSI VА PROFILАKTIKАSI Abstract: The article provides information on the causes of alimentary infertility in productive cows, the type of feeding of dairy cows, the level of supply of biologically active substances, macro- and microelements, and how to improve animal nutrition for diagnosis and prevention, and the inclusion of foods rich in vitamins and minerals in the diet. Key words: infertility, microelements, proteins, carbohydrates, vitamins and minerals, ovaries, hypocuprosis, tocopherol, mation, anemia, sexual cycle, diet.

KIRISH Respublikamiz Prezidentining qator farmonlari va qarorlari asosida Respublikamizda chorvachilikni jadal rivojlantirish, choravchilik mahsulotlari yetishtirishni koʼpaytirish va sifatini yaxshilashga erishish maqsadida chetdan yuqori mahsuldor hayvonlarni keltirilishiga katta eʼtibor berilmoqda. Ushbu mahsuldor sigirlarning oʼziga xos xususiyatlaridan biri ularda akusherginekologik kasalliklarning koʼp qayd etilishi hisoblanib, bu kasalliklar orasida Maxsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklar yani hayvonlarni noto‘g‘ri oziqlantirish yoki ulari yetarlicha oziqlantirmaslik keragidan ortiqcha oziqlantirish yoki rasionda jinsiy tizim a’zolarining faoliyatiga ta'sir etuvchi muhim komponentlarning yetarlicha bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadi. Maxsuldor sigirlardan rejadagi bolani olinmaslik, sigirlarning sut mahsuldorligining kamayishi, parvarishlash va oziqlantirish uchun xarajatlarni qoplanmasligi, qisir hayvonlarni bir

necha marta urg‘lantirish va ularni davolash uchun xarajatlar xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Ko‘pincha zotdor qisir sigirlarni barvaqt podadan chiqarishga to‘g‘ri keladi. ASOSIY QISM B.M. Eshburiev (2019) ma’lumotlariga ko‘ra alimentar bepushtlik (Lotincha alimentum - oziq-ovqat) hayvonni noto‘g‘ri oziqlantirish tufayli kelib chiqadi. Hayvonlarni noto‘g‘ri oziqlantirish, yetarlicha oziqlantirmaslik (och qolishi), keragidan ortiqcha oziqlantirish (semirib ketishi) yoki rasionda jinsiy tizim a’zolarining faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim komponentlarning (oqsillar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va b.) etarlicha bo‘lmasligi bepushtlikka olib kelishi mumkin. Masalan, A gipovitaminozda bachadon shilliq pardasi epiteliysida o‘zgarishlar kuzatiladi, B gipovitaminozda jinsiy bezlar degenaritiv o‘zgarishlarga uchraydi, akobaltoz paytida ko‘payish funksiyasi izdan chiqadi. [1] B.M.Eshburiev (2019) ma’lumotlariga ko‘ra, oziqlantirishning to‘laqimmatli bo‘lmasligi oqibatidagi bepushtlikning asosiy sababi hayvonlar rasionida oqsillar, vitaminlar, makro- va mikroelementlarning etishmasligi yoki ortiqchaligi, sifasiz va buzilgan oziqalar berilishi hisoblanadi. Rasionda uning ayrim komponentlarining (vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, kalsiy, fosfor, marganes, yod, temir, kobalt va b.) etishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi hayvonning semizligi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lganda ham bepushtliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, rasionda uglevodlar etishmaganda qondagi ishqoriy zahira va qandning miqdori kamayib, keton tanachalari miqdori ortadi, alimentar toksemiya va jinsiy funksiyalarning susayishi kuzatiladi, rasionda yod etishmaganda urg‘ochi hayvonlarda jinsiy etilishning kechikishi, jinsiy siklni noto‘liq (ko‘pincha anovulyator) bo‘lishi, follikulyar kista hosil bo‘lishi va bepushtlik kuzatilishi, bola tashlash, yo‘ldoshni ushlanib qolishi va b., buqalarda impotensiya va sperma sifatining pasayishi xarakterli bo‘ladi [2]. A.V.Timakov (2018) ma’lumotlariga ko‘ra mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklar. Ular rasionida yod, mis, rux va temir mikroelementlari hamda A, D, E vitaminlari yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Ularda jinsiy sikl me’yorida kechmasligi kuyikishning buzilishi va urug‘lanishning samarasi past bo‘lishiga olib keladi. K..N Katend (1991) va V.V Xramsov va boshqalarning (2007) ma’lumotlariga ko‘ra sigirlarda alimentar bepushtlik bu eng ko‘p uchraydigan bepushtlik turi bo‘lib, bu rasionda protein, uglevodlar, yog‘lar, makro- va mikroelementlar almashinuvi buzilishlari va rasion strukturasini noto‘g‘ri bo‘lishidan kelib chiqadi. N.S.Parashenko (2008) takidlashicha sigirlarda alimentar bepushtlik alimentar gipokoboltoz oqibatida kelib chiqadi degan xulosaga kelishgan. Bu mikroelementlarning sigirlar qonidagi miqdori ham fiziologik meyorlar chegarasidan past ekanligi bilan harakterlandi. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra rux qon tarkibida 36,11%, mis - 55,4%, marganes -69,96%, kobalt - 7,06% ni tashkil etgan. Ushbu mikroelementlardan kobalt miqdori eng kam bo‘lganligi takidlangan. N.S. Belozerseva (2019) ma’lumotlariga ko‘ra Hayvonlarning pushtdorligiga A vitamini etishmovchiligining ta’siri odatda rasionda oqsil ortiqchaligi va jinsiy bezlarning degenerativ o‘zgarishlari va jinsiy siklning buzilishi bilan birgalikda kechadi. Kalsiferol (D vitamini) mineral almashinuvga ta’sir etishi bilan qondagi kalsiy va fosfor miqdorlarining me’yorlar chegarasida bo‘lishini ta’minlaydi. Uning etishmovchiligida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va jinsiy funksiyalar buziladi (tuxumdonlar atrofiyasi va sklerozi). E vitamini etishmaganda bo‘g‘ozlikning me’yorida kechishi izdan chiqadi.[4] Protein preparatlarini (qon zardobi, aminopeptid-2, metall yod oqsili xelat birikmalari va boshqalar) parenteral yuborish yetarli darajada oziqlantirish fonida hayvonlarning reproduktiv

funktsiyasini va qondagi oqsil darajasini normallashtiradi. Odatda, oʼtlash, mashq qilish, quyoshning taʼsir qilishi va eng muhimi, vitaminga boy oziqani ratsionga kiritish tugʼilishning tez tiklanishiga yordam beradi. Biroq, bir qator hollarda, bahor va qishki kam ovqatlanishdan soʼng, hayvonlarning yaxshi oziqlanishiga qaramay, jinsiy sikl faqat 4-6 oydan keyin tiklanadi. [4] A.V.Makarova (2009) tekshirishlarida ham sigirlarda bepshtliklar immunitetning pasayishi, qon zardobidagi lizosim va bakterisidlik aktivligining pasayishi, sog‘lom hayvonlardagiga nisbatan albuminlarning 25,9%, globulinlar - 53,0%, glyukoza – 30,3%, xolesterin - 12,6%, karotin - 44,9%, vitamina A - 32,6% va vitamina E 33,3% ga kamayishi, AlAT va AsAT fermentlari faolligining ortishi mos ravishda 49,0% va 59,4% tashkil etgan. Olimlar alimentar bepushtliklarda hayvonlar organizmida oqsil-uglevod almashinuvining buzilishi, vitaminlar va karotin miqdorlarining kamayishi bilan kechishini tajribalarda isbotlagan. Ratsionga mikroelementlarning muvozanatli kiritilishi sigirlar va g‘unajinlarning reproduktiv qobiliyatiga, birinchi navbatda unumdorlikka, embrion va postembrional davrda homilaning rivojlanishiga, bachadon involyutsiyasi jarayonlariga, shuningdek metabolizmni va optimal ishlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. fermentlar va gormonlar (Defrain J.M 2009).[5] Q.N.Norboev., S.B.Eshburiev (2017) ma’lumotlariga ko‘ra, mahsuldor sigirlarda vitaminmineral moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarining oldini olish uchun tarkibi: 10 % shrot, 15% kungaboqar shroti, 11% paxta shroti, 30% bug‘doy doni 15% makka doni, 1,2% monokalsiyfosfat, 1% osh tuzi va 0,2% vitaminli mineralli premikslardan iborat bo‘lgan granula holatidagi boyitilgan omixta em sigirlarni tug‘ishigacha 45 kun, tuqqandan keyin 45 davomida berilishi ularda moddalar almavuvini va klinik-gematologik ko‘rsatkichlarni me’yorlashtiradi, katta korin suyuqligida infuzoriyalar sonining 52,8 ming/ml ga ko‘payishini, sut mahsuldorligining 3,1 l ga oshishini, servis davrining 15-20 kunga qisqarishini ta’minlaydi. [2] Muallifning ma’lumotlariga ko‘ra sigirlarda alimentar bepushtliklarni oldini olish uchun mis, kobalt, marganes va rux, yo‘d mikroelementlar tuzlarining sigirlar rasioniga qo‘shib berish ularda otalanish indeksining oshishiga, jinsiy organlar faoliyatini yaxshilanishiga, qondagi gemoglobin, umumiy kalsiy, anorganik fosfor, karotin va ishqoriy fosfotaza faolligini meyorlashtirishga olib kelganligini guvohi bo‘lgan N.S.Parashenko. (2008). Olimlar tomonidan alimentar bepushtliklarni oldini olish uchun hayvonlarni tug‘ishiga 2 oy qolgandan boshlab, haftasiga bir marta mushak ichiga 5 ml dozasida tetravit kiritishni va ularni to‘g‘ri oziqlantirish, rasionda qand-protein nisbatini mutonosiblashtirish va zarur sanitariyagigiena sharoitlarini yaratish bilan birga, fermer xo‘jaliklarida 5 soat davomida 5 km gacha masofa yayratishni tashkil etish tavsiya etiladi. I.Suslova (2013). Rasionda vitaminlar yetishmaganda ularning preparatlari rasionga kiritiladi. Vitaminlarning preparatlari sigirlarga har 3-5 kunda bir marta, jami 5 marta quyidagi miqdorda muskul orasiga ineksiya qilinadi: A vitamini -200 ming XB, D vitamini -5 ming XB, E vitamini - 10 mg. Ularning kompleks preparatlari (trivit, tetravit, tetramag) bir boshga 5-10 ml qo‘llanishi ham mumkin (Sh.B.Ata-Kurbanov, B.M.Eshburiev ( 2009). XULOSA Аdabiyotlar tahlili shuni koʼrsatdiki, sigirlarda alimentar-iqlimiy xususiyatli bepushtliklarning sabablari sogʼin sigirlarni oziqlantirish tipiga, biologik faol moddalar, makrova mikroelementlar bilan taʼminlanish darajasi, ularni saqlash sharoiti, boʼgʼoz hayvonlar uchun muntazam yayratishning yetishmasligi va noqulay iqlim sharoitlari hisoblanadi. Bepushtliklarni oldini olishda hayvonlarni oziqlantirishni yaxshilash, vitamin va minerallarga boy oziqalarni ratsionga kiritish (beda, undirilgan bugʼdoy maysasi, suli, arpa, qizil sabzi, qovoq va b.),

shuningdek, vitamin preparatlari (trivit, tetravit va multivit+mineral b.). Ratsionda protein va uglevodlar, makro- va mikroelementlar muvozanatining meʼyorlar darajasida boʼlishini taʼminlash kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Эшбуриев Б.М. Ветеринария акушерлиги. Дарслик. Тошкент, 2018. 2. Эшбуриев Б.М. Сигирларда микроэлементозларнинг диагностикаси, даволаш ва олдини олиш бўйича тавсиялар. «Н.Доба» ХТ. Самарқанд, 2009. 24. б. 3. Волосков, П.А. Основы борьбы с бесплодием крупного рогатого скота / П.А. Волосков. – М., 1960. – 260 с. 4. Зверева, Г. В. Современные проблемы бесплодия крупного рогатого скота / Г. В. Зверева // Вестник с.-х. наук. - 1982. - № 4. - С. 12- 17. 5. Қулдошев О.Ў. Сигирлар бепуштлиги, эндометритларни даволаш ва олдини олиш усулларини такомиллаштириш. Вет.фан. доктори илмий даражасини олиш учун диссертация автореферати. Самарқанд, 2022. 6. Макаров А.В. Ветеринарно-санитарная технологическая оценка молока и морфобиохимические показатели крови коров при хронических формах эндометрита. Автореферат. // Дис. на соискание ученой степени кандидат биологических наук. Красноярск -2010 г. 49 -С. 7. Руководство по акушерству, гинекологии и биотехнике размножения животных / Е. В. Ильинский, М. В. Назаров, А. Н. Трошин, В. Н. Шевкопляс. - Краснодар, 2002. - 581 с. Ильинский, Е. В. Профилактика бесплодия коров в условиях интенсификации молочного скотоводства / Е. В. Ильинский. - Краснодар : Кн. изд- во, 1983. - 176 с. 8. Федотов, С.В. Коррекция лечебно-профилактических мероприятий при субинволюции матки и повышения плодовитости у мясного скота // С.В. Федотов, В.С. Авдеенко, А.Т. Жангалиева. - Вестник Алтайского государственного аграрного университета. – 2016. – №11 – С.130-135. 9. Шкуратова И.А. Влияние адаптированной витаминно-минеральной добавки на молочную продуктивность и воспроизводительную функцию коров // Ветеринария Кубани. - 2009. - №6. - С. 56-59

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Эшбуриев Б.М. Ветеринария акушерлиги. Дарслик. Тошкент, 2018.
  2. Эшбуриев Б.М. Сигирларда микроэлементозларнинг диагностикаси, даволаш ва олдини олиш бўйича тавсиялар. «Н.Доба» ХТ. Самарқанд, 2009. 24. б.
  3. Волосков, П.А. Основы борьбы с бесплодием крупного рогатого скота / П.А. Волосков. – М., 1960. – 260 с.
  4. Зверева, Г. В. Современные проблемы бесплодия крупного рогатого скота / Г. В. Зверева // Вестник с.-х. наук. - 1982. - № 4. - С. 12- 17.
  5. Қулдошев О.Ў. Сигирлар бепуштлиги, эндометритларни даволаш ва олдини олиш усулларини такомиллаштириш. Вет.фан. доктори илмий даражасини олиш учун диссертация автореферати. Самарқанд, 2022.
  6. Макаров А.В. Ветеринарно-санитарная технологическая оценка молока и морфо-биохимические показатели крови коров при хронических формах эндометрита. Автореферат. // Дис. на соискание ученой степени кандидат биологических наук. Красноярск -2010 г. 49 -С.
  7. Руководство по акушерству, гинекологии и биотехнике размножения животных / Е. В. Ильинский, М. В. Назаров, А. Н. Трошин, В. Н. Шевкопляс. - Краснодар, 2002. - 581 с. Ильинский, Е. В. Профилактика бесплодия коров в условиях интенсификации молочного скотоводства / Е. В. Ильинский. - Краснодар : Кн. изд- во, 1983. - 176 с.
  8. Федотов, С.В. Коррекция лечебно-профилактических мероприятий при субинволюции матки и повышения плодовитости у мясного скота // С.В. Федотов, В.С. Авдеенко, А.Т. Жангалиева. - Вестник Алтайского государственного аграрного университета. – 2016. – №11 – С.130-135.
  9. Шкуратова И.А. Влияние адаптированной витаминно-минеральной добавки на молочную продуктивность и воспроизводительную функцию коров // Ветеринария Кубани. - 2009. - №6. - С. 56-59

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013258
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1947
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
335–338
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11