Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ShAROITIDA SIGIRLAR BEPUShTLIKLARNING SABABLARI VA GEMOTOLOGIK KO‘RSATKICHLAR

Eshburiev B.M, Raximov O.R.SamVMChBU Nukus filiali.2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 339–342

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston respublikasining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning sabablari bo‘g‘oz sigirlarni sog‘indan chiqarilgan davrida oziqa ratsionlarini takomillashmaganligi, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi hisoblanib, sigirlar tuqqandan keyin laktatsiyaning kuchayishi davrida sigirlar organizmining to‘yimli moddalar, vitamin va mineral moddalarga nisbatan organizm ehtiyojlarining qondirilmasligi ularda alimentar-iqlimiy xarakterli bepushtliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПРИЧИНЫ БЕСПЛОДИЯ У КОРОВ И ГЕМАТОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН

В статье приведены результаты изучения причины бесплодия коров, содержащихся в условиях специализированных животноводческих хозяйств Республики Каракалпакстан, считаются небалансированые рационов в период сухостоя коров, недостаток витаминов и микроэлементов, а в период повышенной лактации после родов не удовлетворяются потребности организма в питательных веществах, витаминах и минералах, что приводит к развитию бесплодия алиментарно-климатического характера.

inglizchaTHE CAUSES OF INFERTILITY IN COWS AND HEMATOLOGICAL INDICATORS UNDER THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN

The article sets out that the causes of infertility in cows kept under the conditions of the cattle-breeding farms of the Republic of Karakalpakstan are the imperfection of the feed rations during the dry period of pregnant cows and the lack of vitamins and microelements, and that during the period of intensified lactation after calving the failure to satisfy the requirements of the cows‘ organism for nutrients, vitamins and mineral substances causes the development of infertility of an alimentary and climatic character in them.

Kalit so‘zlar

  • alimentar-iqlimiy
  • bepushtlik
  • hazmlanuvchi protein
  • qand
  • karotin
  • kalsiy
  • fosfor
  • vitaminlar
  • mikroelementlar
  • gemoglobin
  • gipokobaltoz
  • alimentar anemiya
  • osteodistrofiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: : 636. 082. 454: 616 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ShAROITIDA SIGIRLAR BEPUShTLIKLARNING SABABLARI VA GEMOTOLOGIK KO‘RSATKICHLAR Eshburiev B.M. Ilmiy rahbar, v.f.d., professor, SamVMChBU Nukus filiali. Raximov O.R. tayanch doktorant, SamVMChBU Nukus filiali. https://doi.org/10.5281/zenodo.18085820 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘iston respublikasining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning sabablari bo‘g‘oz sigirlarni sog‘indan chiqarilgan davrida oziqa ratsionlarini takomillashmaganligi, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi hisoblanib, sigirlar tuqqandan keyin laktatsiyaning kuchayishi davrida sigirlar organizmining to‘yimli moddalar, vitamin va mineral moddalarga nisbatan organizm ehtiyojlarining qondirilmasligi ularda alimentar-iqlimiy xarakterli bepushtliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: alimentar-iqlimiy,bepushtlik, hazmlanuvchi protein, qand, karotin, kalsiy, fosfor, vitaminlar, mikroelementlar, gemoglobin, gipokobaltoz, alimentar anemiya, osteodistrofiya.

ПРИЧИНЫ БЕСПЛОДИЯ У КОРОВ И ГЕМАТОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН Аннотация: В статье приведены результаты изучения причины бесплодия коров, содержащихся в условиях специализированных животноводческих хозяйств Республики Каракалпакстан, считаются небалансированые рационов в период сухостоя коров, недостаток витаминов и микроэлементов, а в период повышенной лактации после родов не удовлетворяются потребности организма в питательных веществах, витаминах и минералах, что приводит к развитию бесплодия алиментарно-климатического характера. Ключевые слова: алиментарно-климатические, бесплодие, усвояемый белок, сахар, каротин, кальций, фосфор, витамины, микроэлементы, гемоглобин, гипокобальтоз, алиментарная анемия, остеодистрофия.

CAUSES OF INFERTILITY IN COWS AND HEMATOLOGICAL INDICATORS IN THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN Abstract: The article presents the results of a study of the causes of infertility of cows kept in specialized livestock farms of the Republic of Karakalpakstan, unbalanced diets during the dry period of cows, a lack of vitamins and microelements are considered, and during the period of increased lactation after childbirth the body's needs for nutrients, vitamins and minerals, which leads to the development of infertility of a nutritional and climatic nature. Keywords: alimentary-climatic, infertility, digestible protein, sugar, carotene, calcium, phosphorus, vitamins, microelements, hemoglobin, hypocobaltosis, alimentary anemia, osteodystrophy.

KIRISH Respublikamizda chorvachilikni modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. Aholini arzon va sifatli sut hamda sut

mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida keyingi yillarda bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida» “...Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5-2 barobarga oshirish, chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi xonadonlaridagi 2,4 mln bosh (52 foiz) sigir va qochirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug‘lantirish, chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, oziqabop yekinlarning serhosil navlarini ko‘paytirish, yil davomida 2-3-marta hosil olish va hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishda hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, oziqa bazasini mustahkamlash, sigirlarning yuqori mahsuldor podalarini yaratish, yelin shakli mashinada sog‘ish uskunalariga moslashgan qoramollardan foydalanish muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi [1]. Qoraqalpog‘iston respublikasida ekologik holatning salbiy tomonga o‘zgarishi, yerlarning kuchli darajada sho‘rlanishi ushbu hududlarda parvarishlanayotgan qoramollar orasida yod, kobalt, mis, marganes, rux yetishmovchiligi kabi mikroelementozlarning ko‘payishi oqibatida sog‘in sigirlar orasida bepushtliklarning ko‘p uchrashiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan Qoraqalpog‘iston respublikasining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning sabablari, patogenezi, diagnostikasini o‘rganish, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahsuldor hayvonlar me’yorida oziqlantirilganda ham yashirin tarzda kechadigan modda almashinuvi buzilishlari, ayniqsa vitaminlar va minerallar almashinuvi buzilishlari kuzatilganda (oshqozon-ichak va boshqa a’zolar kasalliklarida) bepushtliklar kelib chiqishi qayd etiladi [2, 5]. Sigirlar uchun ratsionlarning, ayniqsa bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmida va sutdan chiqarilgan davrda takomillashmaganligi oziqalarda karotin va ayrim mineral moddalarning (kalsiy, oltingugurt, magniy, kobalt, mis, marganes, rux, yod) tanqisligiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida tug‘ish paytida sigirlar organizmida energiya zahiralarining kamligi va uzoq muddat uning tiklanmasligi natijasida ularning bepushtligiga sabab bo‘ladi [3,4]. TADQIQOTLAR OB’EKTI VA USLUBIYATLAR Sigirlarda bepushtliklarning tarqalishi, sabablarini o‘rganish maqsadida ratsionlar tarkibi va to‘yimligi, bo‘yicha zootexnikaviy tahlil qilinib, tarkibidagi hazmlanuvchi protein, qand, karotin, kalsiy, fosfor, kletchatka miqdorlari aniqlandi va oziqlantirish me’yorlari bilan taqqoslash asosida hayvonlar organizmi ehtiyojlarining qondirilish darajasi o‘rganildi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Saparov Umurbek” fetmer xo‘jaligiga qarashli tug‘ishiga 2 oy qolgan sog‘indan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlardan «o‘xshash juftliklar» tamoyili asosida «etalon» guruhlar tashkil etilib, ularda klinik-fiziologik status va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlandi. Sigirlarda umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari yordamida ishtaha, tana harorati, yurak urishi va nafas chastotasi, oshqozon oldi bo‘limlarining holati aniqlandi, shuningdek, vitamin-mineral moddalar almashinuvi buzilishlariga xos klinik belgilarning bor-yo‘qligiga e’tibor berildi. Tajribadagi sigirlar tuqqandan keyin ularning urug‘lantirilishigacha bo‘lgan davrda har 20 kunda bir marta klinik-gematologik tekshirishlardan o‘tkazildi. OLINGAN NATIJALAR TAHLILI Sog‘indan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlar ratsioni asosan silos-konsentrat tipida ekanligi bilan xarakterlanib, oziqlantirish me’yorlariga nisbatan 1,71 oziqa birligining yetishmasligi qayd etildi. Ratsiondagi hazmlanuvchi protien 916,8 grammni, u bilan ta’minlanish esa 103,6 foizni tashkil

etdi. Ratsiondagi qand miqdorining oziqlantirish me’yorlariga nisbatan 348,6 grammga kamligi aniqlandi. Sigirlar ratsionida karotinning miqdori 166,8 mg. ni, u bilan ta’minlanish - 44,6 foizni, kletchatka me’yordagi 2850 g o‘rniga 2734 grammni, u bilan sigirlar organizmining ta’minlanishi 95,9 foizni tashkil etdi. Ratsionning makroelementli qismi me’yorlarga nisbatan kalsiyning 5,56 g va fosforning 6,8 grammga yetishmasligi, mikroelementlardan mis, kobalt, marganes hamda ruxning kuchli darajada yetishmasligi aniqlandi. Ratsiondagi misning miqdori 59 mg, kobalt - 9,9 mg, marganes - 274,4 mg, rux – 215,1 mg ni tashkil etdi. Mahsuldor sigirlarni parvarishlash va oziqlantirish sharoitlarini o‘rganish, ratsionlarni tarkibi va to‘yimliligi bo‘yicha tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ratsion to‘yimliligi va tarkibi bo‘yicha takomillashmaganligi, bo‘g‘oz sigirlar organizmining to‘yimli va biologik faol moddalar hamda mineral moddalarga nisbatan ehtiyojlarini to‘liq qondirmasligi, ularda alimentar-iqlimiy xususiyatli bepushtliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Olimlarning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, makro- va mikroelementlar yetishmaydigan ratsionlarda parvarishlanayotgan bo‘g‘oz sigirlarda tuqqandan keyin servis davrining uzayishi va bepushtliklar qayd etilishi mumkin [3]. Tekshirishlar davomida 50,0-66,6% sigirlarda shilliq pardalarning kuchli darajada oqarishi (alimentar kamqonlik), oshqozon oldi bo‘limlarining 5 daqiqadagi qisqarishlari soni o‘rtacha - 6,1 martani (me’yor 5 daqiqada 8-12 marta) tashkil etdi. O‘rtacha 20,6-50,6% hayvonda ishtahaning o‘zgarishi (lizuxa) qayd etildi. Sigirlar tuqqandan keyingi servis davrida klinik-fiziologik tekshirishlar o‘tkazish bilan shunday xulosaga keldikki, ularda makro- va mikroelementlar almashinuvi buzilishlari oqibatidagi alimentar bepushtliklar murakkab patologiya tarzida kuzatilib, kamqonlik, ishtahaning o‘zgarishi, oshqozon oldi bo‘limlarining gipotoniyasi, jinsiy reflekslarning sust namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotlarning boshida qondagi eritrotsitlar soni 4,64±0,68 mln/mkl ni tashkil etgan bo‘lsa, tekshirishlarning, ya’ni servis davrining oxiriga kelib, shunga mos ravishda o‘rtacha 4,32±2,04 gacha, gemoglobinni tekshirishlarning boshidagi 101,8±2,22 g/l dan 89,6±2,14 g/l gacha kamayishi kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar sigirlarda asosan gemoglobin konsentratsiyasining kamayishi bilan kechadigan anemiya (gipoxrom anemiya) kuzatilishidan dalolat beradi. Sog‘in sigirlar qonidagi glyukozaning konsentratsiyasi tekshirishlarning boshida fiziologik me’yorlardan ancha kam bo‘lib, tekshirishlar davomida ham bu ko‘rsatkichning kamayib borishi qayd etildi. Tekshirishlar davomida qondagi glyukoza miqdorining kamayib borishini laktatsiyaning kuchaygan davrlariga kelib ularning energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarining ortib borishi bilan izohlash mumkin.

1-rasm. Sigirlarni ultratovush tekshiruvi (UTT) aparati yordamida tekshirish.

Sigirlar qon zardobidagi umumiy oqsil miqdori tekshirishlarning boshida, ya’ni laktatsiyaning 1- oyida fiziologik me’yorlar chegarasida bo‘lib, o‘rtacha 73,4±2,1 g/l ni tashkil etgan bo‘lsa, tekshirishlarning oxiriga kelib - 63,5±2,1 g/l gacha kamayishi (me’yor - 72-86 g/l) qayd etildi. Bu holatni sigirlarda sut mahsuldorligining kuchayishi oqibatida laktatsiyaning ikkinchi oylaridan boshlab ratsionda oqsilli xususiyatli oziqalarning tanqisligi bilan izohlash mumkin. Tekshirishlar davomida sog‘in sigirlarda qonidagi ishqoriy zahira o‘rtacha 42,5 hajm%SO2 ni tashkil etdi, ya’ni fiziologik me’yorlardan ancha kamligi (me’yor - 46-66 hajm%SO2 ) qayd etildi. Bu ko‘rsatkich bepusht sigirlar organizmida modda almashinuvi buzilishlari oqibatidagi atsidoz rivojlanishidan dalolat beradi. XULOSA Qoraqalpog‘iston respublikasining chorvachilik fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning kelib chiqishida bo‘g‘oz sigirlar organizmining energitik va to‘yimli moddalar, vitaminlar, makro- va mikroelementlarga nisbatan ehtiyojlarining to‘liq qondirmasligi asosiy alimentar omillar hisoblanadi. Sigirlar organizmida bir vaqtning o‘zida bir necha vitaminlar, makro- va mikroelementlarning yetishmovchiligi murakkab patologiya tarzida kuzatilib, sigirlar tuqqandan keyin ularda alimentar bepushtlikning kelib chiqishiga olib keladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida to‘g‘risida »gi, PF-60-sonli Farmoni.
  2. Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних болезней животных. М.: Изд.ООО «Аквариум-Принт», 2005.С.-652-664.
  3. Махмуд Ахмед Хамид. Минерально-витаминная профилактика и терапия акушерской патологии коров послеродового периода. Дис... канд. вет. наук, 2005.
  4. Парашенко Н.С. Профилактика алиментарно-климатического бесплодия у коров голштино-фризской породы. Автореф.... канд. вет. наук. Ставрополь, 2008.
  5. Eshburiev B.M. Veterinariya akusherligi. Darslik. 2024.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013259
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1948
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
339–342
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11