Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EFFECTIVE TEACHING METHODOLOGIES IN ENGLISH LANGUAGE CLASSROOMS
Faxriddinova Muxlisa Mirzaakbar qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Mazkur maqolada ingliz tili darslarida samaralio‘qitish usullari o‘rganiladi. Maqolaning asosiy maqsadi o‘quvchilarnimuloqot ko‘nikmalarini oshiradigan zamonaviy yondashuvlarni aniqlashhisoblanadi. Bunda tadqiqot o‘quvchilarni dars vaqtida kuzatish, guruhbo‘lib yoki sherik bo‘lib ishlash va muloqotga doir til o‘qitish(CLT) vatexnologiyaga oid vositalardan interactive o‘qitish usullaridanfoydalanib olib boriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu metodlaro‘quvchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini, darsdagi ishtiroki, gapirishko‘nikmalari va motivatsiyasini oshirishga olib keladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILI TALAFFUZINI O‘RGATISH TEXNOLOGIYASI
Djuraboyeva Durdona Akmaljon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliztili talaffuzini o‘rgatishning samarali pedagogik texnologiyalarini tahlilqilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kichik yoshdagi o‘quvchilarda fonetikko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida zamonaviy metodikyondashuvlar, audio‑vizual vositalar, interaktiv metodlar hamdakommunikativ texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritiladi.Shuningdek, ingliz tilidagi tovush tizimining o‘ziga xos xususiyatlari vaularni boshlang‘ich ta‘lim bosqichida o‘rgatish usullari ilmiy manbalarasosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qo‘shiqlar,she‘rlar, dialoglar, tinglab takrorlash mashqlari hamda o‘yintexnologiyalari o‘quvchilarning to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini samaralishakllantirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI SAMARALI TATBIQ ETISH
Payzibayeva Muazzam Yakubovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda innovatsionpedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari, ularningo‘quv jarayoniga ta‘siri hamda ta‘lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamlashtirish, interfaol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslaridan foydalanish boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlasi,kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada innovatsion metodlar — klaster, aqliy hujum, loyiha metodi,STEAM yondashuvi, gamifikatsiya, elektron ta‘lim platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tahlil va amaliy tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TANQIDIY FIRKLASHNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR TAMOYILLARI VA YONDASHUVLARI
Tuychiyev Adxamjon Tuhtaboyevich · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur tadqiqot ishimizda talabalarga tanqidiyfikrlashning muayyan ko‘nikmalarini o‘rgatish, ingliz tilini o‘qitishjarayonida turli xil faoliyatlarni tashkil etish asoslari, ya‘ni tizimli,kognitiv-kommunikativ, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlariyoritilgan. Shuningdek, maqolada tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdaustuvor sanaladigan kommunikativlik, matnga asoslanganlik, bir-birinito‘ldirish, o‘quv faoliyatidan hayotiy faoliyatga o‘tish va refleksiyatamoyillari aniqlangan va tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“TARBIYA” FANI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING O‘ZLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELI
Yuldashaliyeva Shodiya Sobirjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun«Tarbiya» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiyasoslangan model tavsiya etilgan. Maqolada o‘quv jarayonining samaradorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar, jumladan o‘qitish sifati,o‘quvchilarning motivatsiya darajasi, pedagogik qo‘llab-quvvatlashxususiyatlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish tahlilqilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘rganishgaqaratilgan xalqaro tadqiqotlar ham ko‘rib chiqilgan. Nazariy va amaliyma‘lumotlar asosida kognitiv, motivatsion, pedagogik, texnologik vaijtimoiy komponentlarni o‘z ichiga olgan kompleks model tavsiyaqilingan. Ushbu komponentlarni integratsiyalash orqali o‘quvchilardatanqidiy fikrlash, mustaqillik va o‘quv faoliyatini rivojlantirishga,shuningdek boshlang‘ich maktabda ta‘lim sifatini oshirishga erishishmumkinligi ilmiy asoslangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHET TILI UMUMAN INGLIZ TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDOSHUVLAR
Hamidjonova Jahona Akmaljon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada chet tili, xususan ingliz tilinio‘qitishda qo‘llaniladigan integrativ yondoshuvlarning nazariymetodologik asoslari, asosiy modellari va pedagogik samaradorligi ilmiyjihatdan tahlil qilinadi. Mazmun asosida o‘qitish (CBI), vazifagaasoslangan til ta‘limi (TBLT), mazmun va tilni integrallashgan o‘qitish(CLIL) hamda ko‘p intellektlar nazariyasiga asoslangan yondoshuvlarqiyosiy tarzda o‘rganiladi. Tadqiqot integrativ yondoshuvlarning kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishdagi, o‘quv motivatsiyasinikuchaytirishdagi va fanlararo bilimlarni shakllantirishdagi ustunliginiisbotlaydi. Shuningdek, ushbu yondoshuvlarni O‘zbekiston ta‘limtizimida joriy etish istiqbollari va muammolari ham muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Xasanova Madinaxon Kabirjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Maqolada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni,imkoniyatlari va ularni qo‘llashning nazariy – metodologik asoslari tahlilqilindi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalaro‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoni o‘rganishi,tahlik qilishi,taqqoslashi va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiyvosita sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, pedagogic modellashtirishta‘lim jarayonini loyihalashning asosiy metodologiyasi sifatida yoritilib,V.V Davydov, A.N. Dakhin, V.A. Shtoff, P. Ya. Galperin, I.Ya. Lerner vaB.Bloom qarashlari asosida pedagogic modeilning nazariy asoslari ochibberilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
WHY TRAVELING IS IMPORTANT FOR PERSONAL GROWTH: A REVIEW OF PSYCHOLOGICAL AND SOCIOCULTURAL EVIDENCE
Mamatisokova Oysanam Lochin kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada sayohatning shaxsiy o‘sishga to‘rtta asosiy jihat bo‘yicha qanday hissa qo‘shishi ko‘rib chiqiladi: o‘ziga ishonch, madaniy xabardorlik, muammolarni hal qilish qobiliyati va ijodkorlik. Tizimli adabiyotlarni ko‘rib chiqish metodologiyasidan foydalangan holda, psixologiya, turizm, fan va madaniyatlararo muloqot bo‘yicha ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan tadqiqotlar sintez qilinadi va tanqidiy baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sayohat - ayniqsa, madaniy aloqalarni o‘z ichiga olgan xalqaro sayohat - o‘lchanadigan va ko‘pincha uzoq muddatli psixologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan kuchli rivojlanish konteksti vazifasini bajaradi. Bu foydalar tasodifiy ham, universal ham emas; aksincha, ular sayohat noyob tarzda taqdim etadigan o‘ziga xos tajriba sharoitlaridan, jumladan, yangilik, avtonomiya va mazmunli madaniyatlararo aloqadan kelib chiqadi. Oliy ta‘lim, tashkiliy rivojlanish va individual farovonlikka ta‘siri muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELLEKT VA IJTIMOIY TARMOQLAR KONTEKSTIDA GLOBAL KOMMUNIKATSIYANING IJTIMOIYMADANIY O‘ZGARISHLARI
Madraximov Azamat Adilovich · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Maqolada sun‘iy intellekt (SI) va ijtimoiytarmoqlarning globallashuv sharoitida global kommunikatsiyaga ta‘siriijtimoiy-madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif sun‘iy intellekt texnologiyalarining kommunikativ amaliyotlarni qanday o‘zgartirishi,madaniy kodlarning transformatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardashakllanayotgan yangi identifikatsiya modellari va raqamli muhitdagihokimiyat munosabatlari masalalarini yoritadi. Maqolada shuningdek,sun‘iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzagakelayotgan madaniy gomogenlashtirish va fragmentatsiya kabiparadoksal jarayonlar tahlil etiladi. Xulosa qismida raqamligloballashuv sharoitida ijtimoiy-madaniy barqarorlikni ta‘minlashgaqaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE ROLE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN INCREASING STUDENTS‘ MOTIVATION IN LEARNING ENGLISH
Toxirov Jasurbek Avaz o‘g‘li · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda zamonaviypedagogik texnologiyalarning o‘rni va ularning talabalar motivatsiyasinioshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda interfaol metodlar,AKT vositalari va o‘yin texnologiyalarining ta‘lim samaradorligiga ta‘siriyoritilgan. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishda "til to‘sig‘i" kabipsixologik to‘siqlarni bartaraf etishda raqamli integratsiyaning o‘rnitahlil qilingan va amaliy tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
METHODS OF TEACHING ENGLISH VOCABULARY IN PRIMARY CLASSROOMS USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES
Olimova Mukhlisa Utkirjon kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili leksikasini o‘rgatishmuhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada zamonaviy pedagogiktexnologiyalar yordamida so‘z boyligini oshirish usullari tahlil qilinadi.Natijalar bu yondashuvlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi vabilimni yaxshiroq o‘zlashtirishiga yordam berishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LINGVOMAMLAKATSHUNOSLIKKA OID MATNLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARNING SAMARADORLIGI
Mamajonova Gulnoza Ravshanjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada lingvomamlakatshunoslikka oidmatnlar asosida ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardanfoydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonidazamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamdakommunikativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarningo‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlilqilingan. Shuningdek, lingvomamlakatshunoslik materiallaridanfoydalanish orqali o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqotko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ONLINE AND OFFLINE LANGUAGE LEARNING: A COMPARATIVE STUDY
Abdumalikova Ma‘sudajon Abdunabi qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu tadqiqot onlayn va oflayn til o‘rganisho‘rtasidagi farqlarni o‘rganadi hamda ularning o‘quvchilarning tilko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligiga e‘tibor qaratadi.Raqamli texnologiyalarning tez sur‘atlarda rivojlanishi natijasida onlaynta‘lim tobora ommalashib bormoqda, shu bilan birga an‘anaviy yuzmayuz ta‘lim ham keng qo‘llanilmoqda. Mazkur maqolada ikkala ta‘limshaklining afzalliklari, cheklovlari va pedagogik jihatlarini solishtirishuchun sifatli adabiyotlar tahlili usulidan foydalanilgan. Natijalar shuniko‘rsatadiki, onlayn ta‘lim moslashuvchanlik va qulaylikni ta‘minlaydi,oflayn ta‘lim esa kuchliroq muloqot va tezkor fikr-mulohazani beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE UNIQUE ROLE OF ENGLISH IN THE CONTEMPORARY GLOBAL LANDSCAPE: A MULTIDIMENSIONAL ANALYSIS
Abdumannonova Gulzira Khairullovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Izoh: Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda ingliz tilining keng tarqalgan va ko‘p qirrali ahamiyati tanqidiy tahlil qilinadi. U xalqaro biznes, ilmiy tadqiqotlar, texnologiya, diplomatiya va ommaviy madaniyat kabi turli sohalarda o‘zining lingua franca rolini chuqur o‘rganadi. Tadqiqot ingliz tili global muloqotni qanday osonlashtirishi, madaniyatlararo tushunishni rag‘batlantirishi va iqtisodiy va texnologik taraqqiyotga turtki berishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, u ingliz tilining ustunligining til xilma-xilligi va madaniy almashinuvga ta‘sirini o‘rganadi. Asosiy sohalarni tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot tobora ko‘proq bog‘lanib borayotgan global jamiyatda gullab-yashnashni istagan shaxslar va mamlakatlar uchun ingliz tilini bilishning strategik zarurligini ta‘kidlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilini bilish endi nafaqat afzallik, balki zamonaviy hayotning ko‘plab jabhalarida to‘liq ishtirok etish uchun asosiy talabdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE EFFECTIVENESS OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING GRAMMAR
Abdugafforova Rukhshona · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Zamonaviy ta‘lim muhiti, ingliz tilini o‘qitish nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki talabalarning fikrlash darajasini global miqyosga ko‘tarish, ularga madaniy xilma-xillikni tushunishga yordam berish va xalqaro hamkorlikda ishtirok etishni o‘rgatish bilan ham bog‘liq. Garchi grammatika til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa-da, u nafaqat yodlashni, balki real kontekstlarda qo‘llashni ham talab qiladi. Shu sababli, interaktiv va o‘yinlashtirilgan usullar hozirda dars jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. Chunki ular orqali talabalarning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi va ishonchi ortadi, xatolar kamayadi va amaliy qo‘llanilishda yordam beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AUTONOMOUS LEARNING: WHY STUDENTS FAIL TO STUDY INDEPENDENTLY
Atabayeva Sarafroz Kudratovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Mustaqil o‘rganishni o‘rganish bugungi oliy ta‘limtizimining muhim qismi hisoblanadi. Biroq tadqiqotlar shuniko‘rsatadiki, ko‘plab talabalar haqiqatan ham mustaqil o‘qishdaqiyinchilikka duch keladi — ular ko‘pincha yo‘qolib qolganini his qiladi,yetarli yordam olmaydi yoki haqiqiy mustaqillik nimani anglatishinitushunmaydi. Ushbu maqolada biz so‘nggi tadqiqotlarni tahlil qilib,talabalar nima sababdan o‘z o‘qishini boshqarishda qiynalayotganinianiqlaymiz. Biz tizimli, psixologik va pedagogik omillarni ko‘rib chiqamizhamda uchta asosiy to‘siqni ajratib ko‘rsatamiz: muhim ta‘limbosqichlariga o‘tishda yetarli qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi, asosiyo‘quv va tafakkur ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlar, hamda universitetmuhiti va talabalarning farovonligining ta‘siri. Ko‘plab universitetlartalabalar tabiatan mustaqil o‘rganishga tayyor deb hisoblaydi, ammodalillar bu fikrni tasdiqlamaydi. Aksincha, mustaqil o‘rganishko‘nikmasi o‘rgatilishi, mashq qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak —ayniqsa turli ijtimoiy va ta‘limiy tajribaga ega talabalar uchun. Yakundabiz ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalarni taqdim etamiz, undamuassasalar talabalarni qanday qilib yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashimumkinligi, ya‘ni aniq yo‘riqnoma berish, mustaqillikni bosqichmabosqich rivojlantirish va mustaqillik hamda ruhiy salomatlik o‘rtasidagibog‘liqlikni tushunish muhimligi ta‘kidlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PREPARING FUTURE ENGLISH TEACHERS FOR DIGITAL CLASSROOMS: METHODOLOGICAL CHALLENGES AND SOLUTIONS
Farangiz Abduraximova Anvar qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamlitexnologiyalar o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda.Kelajakdagi ingliz tili o‘qituvchilarini raqamli sinflarda samaraliishlashga tayyorlash talabalar orasida tilko‘nikmalari va raqamlisavodxonlikni rivojlantirish uchun muhimdir. Onlayn va aralash o‘quvplatformalarining imkoniyatlariga qaramay, stajyor o‘qituvchilarko‘pincha quyidagi qiyinchiliklarga duch keladilar: raqamli vositalardanyetarlicha foydalanish ko‘nikmalarining kamligi, an‘anaviy o‘qitishusullarini onlayn formatga moslashtirishdagi qiyinchiliklar, raqamlisinfni boshqarish muammolari va samarali baholashni tashkil etishdagiqiyinchiliklar. Ushbu maqolada ushbu muammolar tahlil qilinadi vaularni hal qilish bo‘yicha amaliy yechimlar taklif etiladi: tizimlitexnologik tayyorgarlik, onlayn pedagogika usullariga urg‘u, reflektivamaliyot va professional hamkorlik jamoalari orqali bilim almashish.Ushbu ko‘nikmalar bilan ta‘minlangan stajyor o‘qituvchilar raqamlisinflarda samarali, qiziqarli va innovatsion darslar o‘tkazishga tayyorbo‘ladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FOSTERING CRITICAL THINKING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES
Murodova Ma‘sumaxon Xursandbek qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqola ingliz tili sinflarida tanqidiy fikrlashko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Zamonaviyta‘limda tanqidiy fikrlash o‘quvchilarga ma‘lumotni tahlil qilish, turlinuqtai nazarlarni baholash va o‘z fikrlarini aniq ifodalash imkoniniberadigan muhim qobiliyat sifatida qaraladi. Maqolada tanqidiyfikrlashni rag‘batlantirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir qanchasamarali o‘qitish usullari muhokama qilinadi, jumladan, sinfdamuhokamalar, bahs-munozaralar, muammolarni hal qilish vazifalari valoyihaga asoslangan tadbirlar. Shuningdek, u o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatish va o‘quvchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlasha oladigan ijobiyta‘lim muhitini yaratishda o‘qituvchining rolini ta‘kidlaydi. Bundantashqari, maqolada o‘qituvchilar til darslarida tanqidiy fikrlashnirivojlantirishga harakat qilishda duch kelishi mumkin bo‘lgan birqancha qiyinchiliklarni aniqlaydi va ularni hal qilishning mumkinbo‘lgan usullarini taklif qiladi. Ingliz tili darslarida tanqidiy fikrlashqobiliyatlarini kuchaytirish nafaqat o‘quvchilarning til bilimlariniyaxshilaydi, balki ularni real muloqot va mustaqil o‘rganishgatayyorlaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Mirzahmedova Marzuhra · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada xorijiy tillarni, xususan ingliztilini o‘qitishda innovatsion metodlar va zamonaviy pedagogiktexnologiyalarning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonidadarslarda multfilm dublyaji kabi audiovizual materiallardanfoydalanishning talabalar nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishdagio‘rni tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu yondashuvo‘quvchilarning tinglab tushunish va talaffuz ko‘nikmalarini yaxshilashbilan birga, ulardagi psixologik "til to‘sig‘ini" bartaraf etishda samaralivosita bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Sharofutdinova Shakhlo Dilmurod qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqola xorijiy tillarni o‘qitishda multimediavositalaridan foydalanishning ahamiyati va samaradorligini tahlil qiladi. Multimedia texnologiyalari yordamida o‘quv jarayoni interfaol vaqiziqarli bo‘lib, talabalar nutqiy, eshitish va vizual ko‘nikmalariniyaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada turli pedagogikmetodlar va multimedia vositalarining integratsiyasi, o‘qitishjarayonidagi amaliy tavsiyalar ham ko‘rib chiqilgan.