Asosiy mazmunga o‘tish

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI SAMARALI TATBIQ ETISH

Payzibayeva Muazzam YakubovnaNamangan davlat pedagogika instituti filologiya kafedrasi dotsenti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 941–947

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda innovatsionpedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari, ularningo‘quv jarayoniga ta‘siri hamda ta‘lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamlashtirish, interfaol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslaridan foydalanish boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlasi,kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada innovatsion metodlar — klaster, aqliy hujum, loyiha metodi,STEAM yondashuvi, gamifikatsiya, elektron ta‘lim platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tahlil va amaliy tavsiyalar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОЕ ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В данной статье рассматриваются теоретическиеосновы использования инновационных педагогических технологий вначальном образовании, их влияние на образовательный процесс, атакже их значение в повышении эффективности обучения. Вусловиях современного образования применение цифровизации,интерактивных методов, средств ИКТ и мультимедийных ресурсовиграет важную роль в развитии познавательной активности,самостоятельного мышления, коммуникативных и творческихкомпетенций учащихся начальных классов. В статье представленнаучный анализ и практические рекомендации по эффективномуиспользованию инновационных методов, таких как кластер, мозговойштурм, проектный метод, STEAM-подход, геймификация иэлектронные образовательные платформы.

inglizchaEFFECTIVE APPLICATION OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRIMARY GRADES

This article discusses the theoretical foundations of theuse of innovative pedagogical technologies in primary education, theirimpact on the educational process, and their importance in improving theeffectiveness of learning. In the modern educational environment, theuse of digitalization, interactive methods, ICT tools, and multimediaresources plays a significant role in developing cognitive activity,independent thinking, communicative, and creative competencies ofprimary school students. The article provides a scientific analysis andpractical recommendations for the effective use of innovative methodssuch as clustering, brainstorming, project-based learning, STEAMapproach, gamification, and electronic learning platforms.

Kalit so‘zlar

  • innovatsion texnologiyalar
  • boshlang‘ich ta‘lim
  • pedagogik yondashuv
  • interfaol metodlar
  • AKT
  • STEAM
  • gamifikatsiya
  • kreativ fikrlash
  • o‘quv jarayoni
  • pedagogik innovatsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI SAMARALI TATBIQ ETISH

Payzibayeva Muazzam Yakubovna Namangan davlat pedagogika instituti filologiya kafedrasi dotsenti Raximjanova Nozima NamDPI Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til yônalishi 4-bosqich talabasi nozimarahimjanova933@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi aha miyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamlashtirish, interfa ol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslaridan foydalanish boshl ang‘ich yoshdagi o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlasi,kommu nikativ va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi . Maqolada innovatsion metodlar — klaster, aqliy hujum, loyiha metodi, STEAM yondashuvi, gamifikatsiya, elektron ta’lim platformalaridan sa marali foydalanish bo‘yicha ilmiy tahlil va amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv, interfaol metodlar, AKT, STEAM, gamifikatsiya, kreativ fikrlash, o‘quv jarayoni, pedagogik innovatsiya Abstract. This article discusses the theoretical foundations of the use of innovative pedagogical technologies in primary education, their impact on the educational process, and their importance in improving the effectiveness of learning. In the modern educational environment, the use of digitalization, interactive methods, ICT tools, and multimedia resources plays a significant role in developing cognitive activity, independent thinking, communicative, and creative competencies of primary school students. The article provides a scientific analysis and practical recommendations for the effective use of innovative methods such as clustering, brainstorming, project-based learning, STEAM approach, gamification, and electronic learning platforms. Keywords: innovative technologies, primary education, pedagogical approach, interactive methods, ICT, STEAM, gamification, creative thinking, learning process, pedagogical innovation. Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические основы использования инновационных педагогических технологий в начальном образовании, их влияние на образовательный процесс, а также их значение в повышении эффективности обучения. В условиях современного образования применение цифровизации, интерактивных методов, средств ИКТ и мультимедийных ресурсов играет важную роль в развитии познавательной активности, самостоятельного мышления, коммуникативных и творческих компетенций учащихся начальных классов. В статье представлен научный анализ и практические рекомендации по эффективному использованию инновационных методов, таких как кластер, мозговой штурм, проектный метод, STEAM-подход, геймификация и электронные образовательные платформы. Ключевые слова: инновационные технологии, начальное образование, педагогический подход, интерактивные методы, ИКТ, STEAM, геймификация, креативное мышление, учебный процесс, педагогическая инновация.

Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimining barcha bosqichlarini modernizatsiya qilish, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Chunki aynan boshlang‘ich maktab davrida o‘quvchilarda bilish jarayonlari, mantiqiy tafakkur, nutq madaniyati, ijodkorlik, mustaqil fikrlash kabi asosiy kompetensiyalar shakllanadi. Ushbu bosqichda ta’limni an’anaviy usullar asosida tashkil etish zamonaviy jamiyat talablari uchun yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu sababli innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy

etish, o‘qituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini oshirish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Innovatsion pedagogik texnologiyalar — bu o‘qitish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni markazga qo‘yuvchi, yangi didaktik yechimlar va metodik yondashuvlarga ega bo‘lgan zamonaviy usullar majmuidir. Xususan, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish, interfaol metodlarni qo‘llash, STEAM yondashuvi, loyihaviy ta’lim, gamifikatsiya, virtual laboratoriyalar, multimedia platformalari kabi texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘quv materialini chuqurroq o‘zlashtirish va o‘z fikrini erkin ifodalashida muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ta’lim tizimini raqamlashtirish, pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim platformalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha qator strategik vazifalar belgilangan. Bu esa boshlang‘ich sinflarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Mazkur tadqiqot boshlang‘ich ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va ularning samaradorligini ilmiy tahlil qilishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilish jarayonlari rivoji, fanga bo‘lgan motivatsiyasi, o‘quv faolligi va mustaqil faoliyat ko‘nikmalarining shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari, amaliy imkoniyatlari va samarali metodik yondashuvlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Asosiy qism. Boshlang‘ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlari, psixologik ehtiyojlari va zamonaviy ta’lim jarayonining talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Innovatsion texnologiyalar nafaqat o‘qitish jarayonini jonlantiradi, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv, axborotni izlash va qayta ishlash kabi kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Quyida ushbu texnologiyalarning ilmiypedagogik asoslari va ularni qo‘llash mexanizmlari yoritiladi. 1. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning nazariy-metodik asoslari. Pedagogik innovatsiya ta’lim jarayoniga yangi g‘oyalar, metodlar, texnologiyalarni olib kirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llashga qaratilgan. Innovatsion yondashuvda konstruktivizm, kompetensiyaviy yondashuv, faoliyatga asoslangan ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika kabi konseptual asoslar muhim o‘rin tutadi. Bu

nazariyalar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish, uning bilish jarayonidagi faol subyekt sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda V. L. Benjamin, J. Bruner, X. Gardner, D. Klark kabi olimlar innovatsion texnologiyalarning o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘zlashtirish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu yondashuvlar o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos keladi va o‘rganilayotgan mavzuning chuqurroq anglanishiga yordam beradi. 2. Interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi. Interfaol metodlar — bu o‘quvchini o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradigan, muloqot, hamkorlik va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradigan usullardir. Boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan asosiy interfaol metodlar quyidagilar: • “Aqliy hujum” – o‘quvchilarda erkin fikrlash, yangi g‘oyalar generatsiyasiga yordam beradi; • Klaster – mavzular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni aniqlashga xizmat qiladi; • Loyiha metodi – mustaqillik, mas'uliyat, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi; • “Tushunchalar tahlili” – tanqidiy fikrlash faoliyatini rivojlantiradi; • Rolli o‘yinlar – kommunikativ kompetensiyani oshiradi. Interfaol metodlar orqali tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarni darsda faol ishtirok etishga undaydi, mavzuni o‘zlashtirish darajasini oshiradi hamda ijtimoiy-emotsional rivojlanishga xizmat qiladi. 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanishning pedagogik ahamiyati. Boshlang‘ich ta’limda AKTdan foydalanish dars jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. AKTning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 16. multimedia resurslari yordamida mavzularni vizual qabul qilish osonlashadi; 17. interaktiv taxtalar o‘quv jarayonini jonlantiradi; 18. onlayn platformalar (LearningApps, Quizizz, Kahoot, Google Classroom) orqali baholash jarayoni soddalashadi; 19. simulyator va virtual laboratoriyalar orqali tajribaviy faoliyatni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. AKT o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiribgina qolmay, balki ularda raqamli savodxonlik, axborotni tanlash, tahlil qilish va qayta ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. 4. STEAM yondashuvi va gamifikatsiya elementlarining amaliy qo‘llanilishi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts,

Mathematics) yondashuvi o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, muammoni hal qilish, dizayn va konstruktorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda STEAM loyihalari kichik yoshdagi bolalar uchun moslashtirilgan tajribalar, modellar, ijodiy topshiriqlar asosida tashkil etiladi. Gamifikatsiya — o‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchi faolligini oshirishga qaratilgan texnologiya. Rag‘batlantirish tizimi, ball yig‘ish, reytinglar, bosqichlar kabi o‘yin mexanizmlari orqali darsga qiziqish ortadi, motivatsiya kuchayadi va o‘quv faolligi oshadi. 5. O‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligi. Innovatsion texnologiyalarni samarali tatbiq etishda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, didaktik mahorati va yangilikka ochiqligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi: • texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlashi, • metodik jihatdan to‘g‘ri qo‘llashi, • o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olishi, • darsni zamonaviy pedagogik talablarga mos tashkil etishi zarur. Shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslari, seminarlar, treninglar innovatsion jarayonning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni o‘rganish zamonaviy ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari, global raqamlashtirish jarayoni va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelining ustuvorligi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu mavzuning dolzarbligi bir qator omillar bilan asoslanadi. Birinchidan, XXI asr kompetensiyalarini egallagan shaxsni tarbiyalash — zamonaviy ta’limning ustuvor vazifasidir. Kreativ fikrlash, axborot bilan ishlash ko‘nikmalari, muloqot madaniyati, muammoni hal qilish qobiliyati kabi kompetensiyalar aynan boshlang‘ich ta’lim bosqichidan shakllanishi zarur. Innovatsion texnologiyalar esa bu jarayonning tabiiy drayveri sifatida xizmat qiladi. Ikkinchidan, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi “Raqamli ta’lim” konsepsiyasi, “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” tamoyillari, ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan strategiyalar boshlang‘ich sinflarda ham innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llashni ilmiy-amaliy jihatdan asoslashni talab qiladi. Uchinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari psixologik-pedagogik xususiyatlariga ko‘ra faol, emotsional, obrazli fikrlashga moyil bo‘lgan yosh guruhdir. Demak, interfaol metodlar, vizual materiallar, o‘yin

texnologiyalari, multimedia vositalari ularning tabiiy rivojlanishiga uyg‘un keladi. Ushbu texnologiyalarning ilmiy asoslangan holda tanlanishi va qo‘llanishi o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli oshiradi. To‘rtinchidan, o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi, metodik kompetensiyasi, AKT bilan ishlash ko‘nikmalari hali ham ixtisoslashgan ilmiy tadqiqotlarni talab qiladigan dolzarb soha hisoblanadi. Shu sababli mazkur mavzuni chuqur o‘rganish o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va yangi metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Beshinchidan, dunyo ta’lim amaliyoti – Finlandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi ilg‘or ta’lim tizimlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni erta bosqichdan boshlab qo‘llash o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini, motivatsiyasini va ijtimoiy kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa boshqalar qatori O‘zbekiston ta’lim tizimida ham ushbu yondashuvlarni o‘rganish va mahalliy sharoitga moslashtirish zarurligini taqozo etadi. Shu asosda mazkur mavzuni ilmiy jihatdan o‘rganish boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etish, o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirish, pedagogik jarayonni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga bevosita xizmat qiladi. Xulosa. Boshlang‘ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirish, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish va ularda asosiy kompetensiyalarni shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar, AKT vositalari, STEAM yondashuvi, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya elementlari kabi texnologiyalar o‘quv jarayoniga yangicha mazmun bag‘ishlaydi hamda kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga to‘liq mos keladi. Innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, kreativ tafakkur, muammoni hal qilish, jamoada ishlash, raqamli savodxonlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa kelajakda zamonaviy kasblarni egallashi kerak bo‘lgan shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, o‘qituvchining innovatsion texnologiyalarni to‘g‘ri tanlashi va qo‘llashi ta’lim sifatining oshishida hal qiluvchi omil bo‘lib, pedagogning metodik kompetensiyasi hamda doimiy professional rivoji bu jarayonning asosiy sharti hisoblanadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni kengaytirish, o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik yondashuvlarga tayyorlash va o‘quv jarayonini raqamlashtirishni jadallashtirish ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Mazkur tadqiqot

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi, ta’lim jarayonini takomillashtirishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni qo‘llashga ko‘mak beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Abdullayeva Q. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2021.
  2. Abduqodirov A. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
  3. Azizxodjayev A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
  4. Gafforova R. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022.
  5. Jo‘rayev R., Abdullayev A. Innovatsion pedagogik texnologiyalar nazariyasi. – Toshkent: Innovatsiya, 2020.
  6. Madrahimova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish. – Toshkent: TDPU, 2018.
  7. Raxmonqulova Z. Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta’limdagi o‘rni. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.
  8. Raximqulova N. Boshlang‘ich ta’limda AKTdan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Buxoro: BDU nashriyoti, 2019.
  9. Sodiqova M. Ta’limda STEAM texnologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
  10. Yuldasheva S. Boshlang‘ich sinflarda loyiha metodidan foydalanish. – Toshkent: TDPU, 2020.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011804
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/908
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
941–947
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25