Asosiy mazmunga o‘tish

LINGVOMAMLAKATSHUNOSLIKKA OID MATNLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARNING SAMARADORLIGI

Mamajonova Gulnoza Ravshanjon kiziNamangan davlat pedagogika instituti talabasi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 733–737

Annotatsiya

Ushbu maqolada lingvomamlakatshunoslikka oidmatnlar asosida ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardanfoydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonidazamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamdakommunikativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarningo‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlilqilingan. Shuningdek, lingvomamlakatshunoslik materiallaridanfoydalanish orqali o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqotko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭффективность инновационных методов обучения английскому языку на основе лингвистических текстов.

В данной статье рассматривается эффективностьиспользования инновационных методов при обучении английскомуязыку на основе лингвострановедческих текстов. В ходе исследованияанализируется роль современных педагогических технологий,интерактивных методов и коммуникативного подхода в развитииязыковой компетенции учащихся. Также показано, чтоиспользование лингвострановедческого материала способствуетформированию межкультурной коммуникации и расширениюзнаний учащихся о культуре стран изучаемого языка.

inglizchaEFFECTIVENESS OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH BASED ON LINGUISTICS TEXTS

This article examines the effectiveness of innovativemethods in teaching English based on linguocultural texts. The studyanalyzes the role of modern pedagogical technologies, interactivemethods, and the communicative approach in developing students‘language competence. It also highlights that the use of linguoculturalmaterials contributes to the formation of intercultural communicationskills and broadens students‘ knowledge about the culture of Englishspeaking countries.

Kalit so‘zlar

  • lingvomamlakatshunoslik
  • innovatsion metodlar
  • ingliz tili o‘qitish
  • kommunikativ yondashuv
  • interaktiv metodlar
  • madaniyatlararo kompetensiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Pham, A. T. (2023). The impact of gamified learning using Quizizz on ESL learners’ grammar achievement. Contemporary Educational Technology, 15(2), Article ep410. https://doi.org/10.30935/cedtech/12923 qizi Nosirova, S. Y., & Umarjonova, S. (2025, December). THE ROLE OF COMICS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 171-172). Sari, E. N., Ardiana, & Sastrawati, I. (2022). Combining Think Pair Share Model with Digital Media to Enhance Students’ Basic Grammar Mastery: Is It Effective? International Journal of English Education and Linguistics (IJoEEL), 4(2), 154–167. Waode Hanafiah (Indonesia, Universitas Dayanu Ikhsanuddin). "Conventional Teaching and an Interactive-Based Teaching Methods to Adjust Learners’ Grammar and Speaking Competence in English Classrooms: A Comparative Study for Effectiveness Methods in Learning". Eduvelop: Journal of English Education and Development, 2022, Vol. 6, Issue 1,1–12. Nengah Dwi Handayani and Ketut Wardana (2025) Journal on English as a Foreign Language (JEFL), Vol. 15, No. 1 (March 2025), 0- 53. DOI: https://doi.org/10.23971/jefl.v15i1.9345. https://e-journal.iain-palangkaraya.ac.id/index.php/jefl/article/view/9345

LINGVOMAMLAKATSHUNOSLIKKA OID MATNLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARNING SAMARADORLIGI

Mamajonova Gulnoza Ravshanjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Email: mamadjanovagulnoza06@gmail.com Ilmiy rahbar: Nosirova Shahlo Yoqubjon qizi Email: nosirovsohibjon7@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar asosida ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda kommunikativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, lingvomamlakatshunoslik materiallaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar: lingvomamlakatshunoslik, innovatsion metodlar, ingliz tili o‘qitish, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, madaniyatlararo kompetensiya. Аннотация: В данной статье рассматривается эффективность использования инновационных методов при обучении английскому языку на основе лингвострановедческих текстов. В ходе исследования анализируется роль современных педагогических технологий, интерактивных методов и коммуникативного подхода в развитии языковой компетенции учащихся. Также показано, что использование лингвострановедческого материала способствует формированию межкультурной коммуникации и расширению знаний учащихся о культуре стран изучаемого языка. Ключевые слова: лингвострановедение, инновационные методы, обучение английскому языку, коммуникативный подход, интерактивные методы, межкультурная компетенция. Abstract: This article examines the effectiveness of innovative methods in teaching English based on linguocultural texts. The study analyzes the role of modern pedagogical technologies, interactive methods, and the communicative approach in developing students’ language competence. It also highlights that the use of linguocultural materials contributes to the formation of intercultural communication skills and broadens students’ knowledge about the culture of Englishspeaking countries. Keywords: linguoculturology, innovative methods, English language teaching, communicative approach, interactive methods, intercultural competence.

Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganish ta’lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan [1]. Ayniqsa, ingliz tili xalqaro muloqot, ilm-fan, texnologiya va madaniyatlararo aloqalarda yetakchi o‘rin egallab kelmoqda [2]. Shu sababli ingliz tilini samarali o‘qitish masalasi zamonaviy pedagogika va metodika sohasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida til o‘rgatish faqat grammatik qoidalar va leksik birliklarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki o‘rganilayotgan tilga mansub xalqning madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari hamda turmush tarzi haqida ham bilim berishni talab etadi . Shu nuqtai nazardan qaraganda, lingvomamlakatshunoslik materiallari xorijiy tilni o‘qitishda muhim didaktik vositalardan biri hisoblanadi [3]. Lingvomamlakatshunoslik til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadigan fan sifatida talabalarga tilni real hayotiy kontekstda tushunishga yordam beradi. Bunday matnlar orqali o‘quvchilar ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning ijtimoiy hayoti, an’analari, tarixiy voqealari va madaniy qadriyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Natijada ular nafaqat til birliklarini o‘zlashtiradilar, balki madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini ham rivojlantiradilar.

Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion metodlar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish xorijiy til o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda multimedia vositalari o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Ayniqsa, lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning nutq faoliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega .

Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan samarali foydalanish o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bilan birga, ularning madaniyatlararo tafakkurini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli lingvomamlakatshunoslikka oid matnlarni zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish masalasi ilmiy va metodik jihatdan alohida e’tibor talab etadi.

Mazkur maqolaning maqsadi lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar asosida ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlarning samaradorligini tahlil qilish hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini yoritib berishdan iborat.

Asosiy qism: Xorijiy tillarni o‘qitishda lingvomamlakatshunoslik muhim metodik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Lingvomamlakatshunoslik tilni o‘rganish jarayonida o‘rganilayotgan mamlakatning madaniyati, tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va ijtimoiy hayoti haqida ma’lumot berishni nazarda tutadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning nafaqat til bilimlarini rivojlantiradi, balki ularning madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyasini ham shakllantiradi.

Ingliz tilini o‘qitishda lingvomamlakatshunoslikka oid matnlardan foydalanish o‘quvchilarning tilni real hayotiy kontekstda o‘rganishiga yordam beradi. Masalan, Buyuk Britaniya, AQSh yoki boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning madaniy hayoti, bayramlari, an’analari va kundalik turmush tarzi haqida berilgan matnlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi [4]. Natijada ular yangi leksik birliklarni osonroq o‘zlashtiradi hamda o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish ingliz tilini o‘qitish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, interaktiv metodlar o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Jumladan, “Brainstorming”, “Role play”, “Case study”, “Cluster” kabi metodlar lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar bilan ishlash jarayonida keng qo‘llanilishi mumkin [5]. Ushbu metodlar yordamida o‘quvchilar matn mazmunini tahlil qiladi, muhokama qiladi va o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin bayon qilishga harakat qiladi.

Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham ingliz tilini o‘qitish jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Multimedia vositalari, video materiallar, elektron taqdimotlar hamda onlayn platformalar orqali o‘quvchilarga ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning madaniyati va turmush tarzi haqida yanada qiziqarli va tushunarli ma’lumotlar berish mumkin.

Lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday matnlarda madaniy va ijtimoiy hayot bilan bog‘liq ko‘plab yangi so‘z va iboralar qo‘llaniladi [6]. O‘quvchilar ushbu birliklarni kontekst asosida o‘rganish orqali ularni nutq jarayonida to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradi.

Bundan tashqari, lingvomamlakatshunoslik materiallari o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Matnlar asosida tashkil etilgan muhokamalar, savol-javoblar hamda guruhli ishlash metodlari o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi [7]. Natijada o‘quvchilar o‘z fikrini asoslab berish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va muloqot jarayonida faol ishtirok etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar asosida tashkil etilgan ingliz tili darslari o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi [8]. Innovatsion metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan bunday darslar o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ularning madaniyatlararo tafakkurini shakllantirish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi .

Xulosa: Ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvomamlakatshunoslikka oid matnlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi [8]. Bunday matnlar o‘quvchilarga o‘rganilayotgan tilga mansub mamlakatlarning madaniyati, an’analari, turmush tarzi hamda ijtimoiy hayoti haqida kengroq tasavvur beradi. Natijada o‘quvchilar tilni faqat grammatik qoidalar darajasida emas, balki real kommunikativ muhitda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lingvomamlakatshunoslik materiallari asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda ularning lug‘at boyligini kengaytiradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Demak, lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirish ingliz tilini o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ularning madaniyatlararo tafakkurini shakllantirish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvomamlakatshunoslik materiallaridan keng foydalanish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Brown, H.D. (2020) Principles of Language Learning and10.4324/9780429244384-5
  2. Teaching. 7th edn. New York: Pearson Education.
  3. Byram, M. (2018) Teaching and Assessing Intercultural
  4. Communicative Competence. 2nd edn. Bristol: Multilingual Matters.
  5. Crystal, D. (2019) English as a Global Language. 3rd edn.
  6. Cambridge: Cambridge University Press.
  7. Kramsch, C. (2021) Language and Culture. 2nd edn. Oxford:
  8. Oxford University Press.
  9. Larsen-Freeman, D. (2021) Techniques and Principles in
  10. Language Teaching. 3rd edn. Oxford: Oxford University Press.
  11. Nation, I.S.P. & Newton, J. (2021) Teaching ESL/EFL Listening and Speaking. New York: Routledge. qizi Nosirova, S. Y., & Umarjonova, S. (2025, December). THE
  12. ROLE OF COMICS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS.
  13. In International Conference Platform (No. 6, pp. 171-172).
  14. Richards, J.C. & Rodgers, T.S. (2018) Approaches and Methods in
  15. Language Teaching. 3rd edn. Cambridge: Cambridge University Press.
  16. Tomlinson, B. (2018) Materials Development in Language10.1002/9781405198431.wbeal0749.pub2
  17. Teaching. 2nd edn. Cambridge: Cambridge University Press.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011795
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/899
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
733–737
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25