Asosiy mazmunga o‘tish

SUN‘IY INTELLEKT VA IJTIMOIY TARMOQLAR KONTEKSTIDA GLOBAL KOMMUNIKATSIYANING IJTIMOIYMADANIY O‘ZGARISHLARI

Madraximov Azamat AdilovichNamangan davlat pedagogika instituti, mustaqil tadqiqotchi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 737–743

Annotatsiya

Maqolada sun‘iy intellekt (SI) va ijtimoiytarmoqlarning globallashuv sharoitida global kommunikatsiyaga ta‘siriijtimoiy-madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif sun‘iy intellekt texnologiyalarining kommunikativ amaliyotlarni qanday o‘zgartirishi,madaniy kodlarning transformatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardashakllanayotgan yangi identifikatsiya modellari va raqamli muhitdagihokimiyat munosabatlari masalalarini yoritadi. Maqolada shuningdek,sun‘iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzagakelayotgan madaniy gomogenlashtirish va fragmentatsiya kabiparadoksal jarayonlar tahlil etiladi. Xulosa qismida raqamligloballashuv sharoitida ijtimoiy-madaniy barqarorlikni ta‘minlashgaqaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОЦИОКУЛЬТУРНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ГЛОБАЛЬНОЙ КОММУНИКАЦИИ В КОНТЕКСТЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ

В статье анализируется влияние искусственногоинтеллекта (ИИ) и социальных сетей на глобальную коммуникациюв условиях глобализации в социокультурном аспекте. Авторрассматривает, как технологии ИИ трансформируюткоммуникативные практики, трансформацию культурных кодов,новые модели идентификации, формирующиеся в социальных сетях,а также вопросы властных отношений в цифровой среде. В статьетакже анализируются парадоксальные процессы, такие каккультурная гомогенизация и фрагментация, возникающие врезультате взаимодействия ИИ и социальных сетей. Взаключительной части даны практические рекомендации пообеспечению социокультурной устойчивости в условиях цифровойглобализации.

inglizchaSOCIO-CULTURAL CHANGES IN GLOBAL COMMUNICATION IN THE CONTEXT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND SOCIAL NETWORKS

This article analyzes the influence of artificialintelligence (AI) and social networks on global communication in thecontext of globalization from a socio-cultural perspective. The authorexamines how AI technologies transform communicative practices, thetransformation of cultural codes, new models of identification emergingin social networks, as well as issues of power relations in the digitalenvironment. The article also analyzes paradoxical processes such ascultural homogenization and fragmentation resulting from theinteraction of AI and social networks. The concluding section providespractical recommendations for ensuring socio-cultural sustainability inthe context of digital globalization.

Kalit so‘zlar

  • sun‘iy intellekt
  • ijtimoiy tarmoqlar
  • global kommunikatsiya
  • ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar
  • raqamli identifikatsiya
  • madaniy kod
  • algoritmik boshqaruv
  • transchegaraviy muloqot
  • raqamli globallashuv

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, lingvomamlakatshunoslikka oid matnlar va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirish ingliz tilini o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ularning madaniyatlararo tafakkurini shakllantirish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvomamlakatshunoslik materiallaridan keng foydalanish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Brown, H.D. (2020) Principles of Language Learning and Teaching. 7th edn. New York: Pearson Education. Byram, M. (2018) Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. 2nd edn. Bristol: Multilingual Matters. Crystal, D. (2019) English as a Global Language. 3rd edn. Cambridge: Cambridge University Press. Kramsch, C. (2021) Language and Culture. 2nd edn. Oxford: Oxford University Press. Larsen-Freeman, D. (2021) Techniques and Principles in Language Teaching. 3rd edn. Oxford: Oxford University Press. Nation, I.S.P. & Newton, J. (2021) Teaching ESL/EFL Listening and Speaking. New York: Routledge. qizi Nosirova, S. Y., & Umarjonova, S. (2025, December). THE ROLE OF COMICS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 171-172). Richards, J.C. & Rodgers, T.S. (2018) Approaches and Methods in Language Teaching. 3rd edn. Cambridge: Cambridge University Press. Tomlinson, B. (2018) Materials Development in Language Teaching. 2nd edn. Cambridge: Cambridge University Press.

SUN’IY INTELLEKT VA IJTIMOIY TARMOQLAR KONTEKSTIDA GLOBAL KOMMUNIKATSIYANING IJTIMOIYMADANIY O‘ZGARISHLARI

Madraximov Azamat Adilovich Namangan davlat pedagogika instituti, mustaqil tadqiqotchi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: azamatmadrakhimov80@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada sun’iy intellekt (SI) va ijtimoiy tarmoqlarning globallashuv sharoitida global kommunikatsiyaga ta’siri ijtimoiy-madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellekt

texnologiyalarining kommunikativ amaliyotlarni qanday o‘zgartirishi, madaniy kodlarning transformatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan yangi identifikatsiya modellari va raqamli muhitdagi hokimiyat munosabatlari masalalarini yoritadi. Maqolada shuningdek, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelayotgan madaniy gomogenlashtirish va fragmentatsiya kabi paradoksal jarayonlar tahlil etiladi. Xulosa qismida raqamli globallashuv sharoitida ijtimoiy-madaniy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, global kommunikatsiya, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, raqamli identifikatsiya, madaniy kod, algoritmik boshqaruv, transchegaraviy muloqot, raqamli globallashuv. Аннотация. В статье анализируется влияние искусственного интеллекта (ИИ) и социальных сетей на глобальную коммуникацию в условиях глобализации в социокультурном аспекте. Автор рассматривает, как технологии ИИ трансформируют коммуникативные практики, трансформацию культурных кодов, новые модели идентификации, формирующиеся в социальных сетях, а также вопросы властных отношений в цифровой среде. В статье также анализируются парадоксальные процессы, такие как культурная гомогенизация и фрагментация, возникающие в результате взаимодействия ИИ и социальных сетей. В заключительной части даны практические рекомендации по обеспечению социокультурной устойчивости в условиях цифровой глобализации. Ключевые слова: искусственный интеллект, социальные сети, глобальная коммуникация, социокультурные изменения, цифровая идентификация, культурный код, алгоритмическое управление, трансграничное общение, цифровая глобализация. Abstract. This article analyzes the influence of artificial intelligence (AI) and social networks on global communication in the context of globalization from a socio-cultural perspective. The author examines how AI technologies transform communicative practices, the transformation of cultural codes, new models of identification emerging in social networks, as well as issues of power relations in the digital environment. The article also analyzes paradoxical processes such as cultural homogenization and fragmentation resulting from the interaction of AI and social networks. The concluding section provides practical recommendations for ensuring socio-cultural sustainability in the context of digital globalization. Keywords: artificial intelligence, social networks, global communication, socio-cultural changes, digital identification, cultural

code, algorithmic governance, cross-border communication, digital globalization.

Kirish. Globallashuv va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi kommunikatsiya jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Xususan, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar global axborot makonining asosiy tarkibiy qismlariga aylangan. Bugungi kunda kundalik muloqot, axborot almashinuvi, ijtimoiy-siyosiy mobilizatsiya va madaniy amaliyotlarning katta qismi ushbu platformalar orqali amalga oshirilmoqda. Sun’iy intellekt algoritmlari foydalanuvchi xattiharakatlarini bashorat qilish, kontentni tavsiya etish va kommunikativ jarayonlarni boshqarish orqali nafaqat texnologik, balki ijtimoiymadaniy o‘zgarishlarning ham faol subyektiga aylangan. Sun’iy intellekt texnologiyasining rivojlanishi klassik sun’iy intellekt (1950-1970-yillar), bilimlar asosidagi tizimlar (1980-yillar), mashinali o‘rganish (2000-yillar) va chuqur o‘rganish (2010-yillardan hozirgi kungacha) bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Har bir bosqichda yuzaga kelgan yondashuvlar, texnologiyalar va muammolar amaliyotga ta’sir ko‘rsatib, sun’iy intellektning inson faoliyati muhim qismiga aylanishiga olib keldi [1]. Aynan shu evolyutsion jarayon sun’iy intellektni ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyalashuvining texnologik asosini tashkil etadi. Mazkur maqolaning maqsadi – sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar kontekstida global kommunikatsiyaning ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarini nazariy jihatdan tahlil qilish, ushbu jarayonlarning paradoksal tabiatini ochib berish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda kommunikativ transformatsiya, madaniy identifikatsiya, algoritmik boshqaruv va raqamli globallashuv kabi tushunchalar asosiy analitik kategoriyalar sifatida qaraladi. Asosiy qism. 1. Sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning kommunikativ transformatsiyadagi roli Sun’iy intellekt texnologiyalari ijtimoiy tarmoqlarning funksionalligini tubdan o‘zgartirdi. Algoritmik tavsiya tizimlari, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), chatbotlar va avtomatlashtirilgan kontent moderatsiyasi foydalanuvchilar tajribasini shakllantirishda markaziy o‘rin tutadi. Castells [2] ta’kidlaganidek, tarmoq jamiyatida kommunikatsiya qudrati axborotni ishlab chiqarish va tarqatish ustidan nazorat bilan belgilanadi. Sun’iy intellekt esa bu nazoratni algoritmlar orqali amalga oshirib, ko‘rinmas hokimiyat mexanizmlarini yaratmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi kommunikatsiya endi faqat foydalanuvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bilan cheklanmaydi. Sun’iy intellekt vositachiligidagi kommunikatsiya (masalan, avtomatik javoblar, kontentni filtratsiya qilish, reklama

maqsadlilikni belgilash) yangi kommunikativ muhitni shakllantirmoqda. Bu esa “algoritmik jamoat” (algorithmic public) tushunchasining paydo bo‘lishiga olib kelmoqda [3]. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt asosidagi tizimlar o‘quv jarayonini individuallashtirish, avtomatik baholash va ta’lim resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Ushbu xulosalar nafaqat ta’lim sohasi, balki kengroq kommunikativ amaliyotlar uchun ham ahamiyatlidir: sun’iy intellekt foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish, individual xususiyatlarni aniqlash va shaxsiylashtirilgan kommunikativ strategiyalarni shakllantirish imkoniyatlarini yaratadi [4]. 2. Madaniy kodlar transformatsiyasi va identifikatsiya jarayonlari. Global miqyosda faoliyat yurituvchi ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok, Telegram) madaniy kodlarning transchegaraviy tarqalishida asosiy kanal vazifasini o‘tamoqda. Sun’iy intellekt algoritmlari esa ushbu kodlarni tanlash, kuchaytirish yoki cheklash orqali madaniy dinamikaga aralashadi. Masalan, TikTok algoritmi muayyan musiqiy trendlarni global miqyosda bir xil tarzda ommalashtirib, madaniy homogenlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, raqamli muhitda identifikatsiya jarayonlari ham o‘zgarib bormoqda. An’anaviy (etnik, diniy, hududiy) identifikatsiya modellari bilan bir qatorda, raqamli identifikatsiya (masalan, fandomlar, professional tarmoqlar, siyosiy va madaniy subkulturalar) shakllanmoqda. Sun’iy intellekt esa foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularni “segmentlarga” ajratadi va bu segmentlarga mos kontentni tavsiya etadi. Bu jarayon Giddens [5] ta’kidlagan “ontologik xavfsizlik” tamoyilining raqamli transformatsiyasini aks ettiradi: foydalanuvchi algoritm tomonidan “tushunilgan” va “tan olingan” his qiladi, ammo bu tan olish ko‘pincha tijorat va siyosiy maqsadlarga xizmat qiladi. Sun’iy intellektning tarixiy rivojlanishini tahlil qilar ekanmiz, sun’iy intellekt texnologiyalari dastlab matematik mantiq, informatika va neyrofiziologiyaga asoslangan nazariy izlanishlar sifatida paydo bo‘lganligini qayd etishimiz mumkin. Bugungi kunda esa bu texnologiyalar inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga – iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim va kommunikatsiyaga – chuqur kirib borgan [1]. Ushbu transformatsiya madaniy kodlarning o‘zgarishida ham o‘z aksini topadi: sun’iy intellekt algoritmlari endi nafaqat texnik vosita, balki madaniy ma’nolarni ishlab chiqarish va tarqatishning faol subyektiga aylanmoqda. 3. Global va mahalliyning o‘zaro ta’siri: homogenlashtirish va fragmentatsiya. Sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar global

kommunikatsiyada bir vaqtning o‘zida ikki qarama-qarshi jarayonni kuchaytirmoqda. Bir tomondan, global platformalarning universal algoritmlari madaniy homogenlashtirishga olib keladi. Ma’lum bir kontent formati (masalan, qisqa videolar, mem madaniyati) butun dunyoda bir xil tarzda tarqalib, mahalliy madaniy o‘ziga xosliklarni marginallashtirishi mumkin. Ikkinchi tomondan, sun’iy intellekt algoritmlari foydalanuvchilarni qiziqishlari, e’tiqodlari va xatti-harakatlariga ko‘ra “filtr qabariqlari” (filter bubbles) va “echo chambers” (aks-sado kameralari) ichida izolyatsiya qiladi [6]. Bu esa global kommunikatsiyaning umumiy maydonini emas, balki fragmentatsiyalashgan, bir-biridan ajratilgan kichik guruhlar tarmog‘ini yuzaga keltiradi. Natijada, global kommunikatsiya tizimi bir tomondan birlashgan, ikkinchi tomondan esa bo‘linib ketgan paradoksal xususiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda pedagogik, texnik va ijtimoiy omillarni muvozanatli yondashuv asosida hal etish zarurligini ta’kidlaymiz. Xuddi shunday yondashuv global kommunikatsiya kontekstida ham dolzarbdir: sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy-madaniy ta’sirini tahlil qilishda texnologik imkoniyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy, madaniy va axloqiy jihatlarni ham kompleks tarzda ko‘rib chiqish talab etiladi. 4. Algoritmik boshqaruv va hokimiyat munosabatlari. Ijtimoiy tarmoqlardagi sun’iy intellekt algoritmlari endi faqat texnik vosita emas, balki ijtimoiy tartibga solish mexanizmiga aylangan. Qaysi kontentning ko‘rinishi, qaysi fikrning tarqalishi, qanday muloqot shakllarining rag‘batlantirilishi – bularning barchasi algoritmik qarorlar bilan belgilanmoqda. Bu esa “algoritmik hokimiyat” tushunchasini ilmiy muomalaga kiritishni taqozo etadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining axborot xavfsizligi, ma’lumotlar maxfiyligi va etik me’yorlarga rioya qilish masalalari bugungi kunda dolzarb ilmiy muammolardan biridir [4]. Sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda “axborot xavfsizligi, ma’lumotlar maxfiyligi, etik me’yorlarga rioya qilish kabi muhim jihatlar”ni inobatga olish zarur [4]. Ushbu talablar global kommunikatsiya kontekstida alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi sun’iy intellekt algoritmlari milliardlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi va ushbu ma’lumotlar asosida kommunikativ amaliyotlarni shakllantiradi. O‘zbekiston misolida, mahalliy ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro platformalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ham muhim ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Raqamli makonda milliy madaniy kodlarning saqlanishi, o‘zbek tilidagi kontentning algoritmik ko‘rinishi, mahalliy kommunikativ

amaliyotlarning global platformalar tomonidan qanchalik inobatga olinishi – bu masalalar kelgusidagi empirik tadqiqotlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Xulosa va amaliy tavsiyalar. Sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar global kommunikatsiyani ilgari misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirdi. Sun’iy intellektning tarixiy evolyutsiyasi uning bugungi kunda iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi muhim o‘rnini belgilab berdi. Kommunikatsiya sohasida ham xuddi shunday transformatsiya yuz bermoqda. Ushbu jarayon quyidagi asosiy jihatlar bilan tavsiflanadi: 1. Kommunikatsiya jarayonlarida sun’iy intellekt vositachiligining kuchayishi natijasida yangi turdagi “gibrid kommunikativ muhit” shakllanmoqda. 2. Madaniy identifikatsiya jarayonlari algoritmik segmentatsiya va foydalanuvchi xatti-harakatlarini bashorat qilish asosida qayta tashkil etilmoqda. 3. Global va mahalliy o‘rtasidagi munosabatlar homogenlashtirish va fragmentatsiya kabi qarama-qarshi tendensiyalar orqali namoyon bo‘lmoqda. 4. Algoritmik boshqaruv ijtimoiy-siyosiy hokimiyat munosabatlarining yangi shakliga aylanmoqda. Bu borada axborot xavfsizligi, ma’lumotlar maxfiyligi va etik me’yorlarga rioya qilish masalalari alohida dolzarblik kasb etadi. Quyidagi amaliy tavsiyalar raqamli globallashuv sharoitida ijtimoiy-madaniy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi: • Raqamli savodxonlikni kuchaytirish: Fuqarolarni algoritmik qarorlarning mexanizmlari va ularning ijtimoiy-madaniy oqibatlari haqida xabardor qilish. Madraximov [4] ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, raqamli pedagogika va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha tizimli bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. • Mahalliy kontentni qo‘llab-quvvatlash: Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan o‘zbek tilidagi va mahalliy madaniy kodlarni aks ettiruvchi raqamli kontentni yaratish va uni algoritmik ko‘rinishini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. • Algoritmik shaffoflikni talab qilish: Global ijtimoiy tarmoqlardan kontent moderatsiyasi va tavsiya tizimlarining mezonlarini ochiqlashini talab qilish. • Ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish: Sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy-madaniy ta’sirini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqotlarni, xususan, O‘zbekiston kontekstida empirik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Madraximov A.A. Sun’iy intellektning tarixiy ildizlari, evolyutsiyasi va rivojlanish bosqichlari // Namangan davlat pedagogika instituti ilmiy axborotnomasi. – 2025. – №02 – B. 547-556.
  2. Castells M. The Rise of the Network Society. – Oxford: Blackwell Publishers, 2010. – 656 p.
  3. Gillespie T. The Relevance of Algorithms // Media Technologies: Essays on Communication, Materiality, and Society. – Cambridge: MIT Press, 2014. – P. 167–194.
  4. Madraximov A.A. Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning o‘ziga xos usullari // IBRAT PRINT nashriyoti. – 2025. – 2(1). – B. 54-60.
  5. Giddens A. Modernity and Self-Identity: Self and Society in the Late Modern Age. – Stanford: Stanford University Press, 1991. – 256 p.
  6. Pariser E. The Filter Bubble: What the Internet Is Hiding from You. – New York: Penguin Press, 2011. – 304 p.
  7. Zuboff S. The Age of Surveillance Capitalism. – New York: PublicAffairs, 2019. – 704 p.

Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011798
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/902
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
737–743
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25