Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY TASVIRIY SAN‘AT RIVOJLANISHINING ASOSIY TENDENSIYALARI

    Vaqqosova Kamola Nazirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada XXI asr tasviriy san‘atining rivojlanish tendensiyalari hamda natyurmort janrining zamonaviy talqini ilmiy asosda tahlil qilinadi. Zamonaviy san‘atda konseptual yondashuv, raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari va milliy an‘analar integratsiyasi yoritiladi. Natyurmort janrining mazmuniy kengayishi, uning ijtimoiy-falsafiy mazmun kasb etishi hamda pedagogik-estetik ahamiyati ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QALAMTASVIR SAN‘ATINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li, Turdaliyeva Nafosat O‘rinboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada qalamtasvir fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy san‘at ta‘limidagi o‘rni tahlil qilingan. Qadimgi davrlardan boshlab tasviriy san‘atning shakllanishi, sivilizatsiyalar va uslublari yoritilgan. Maqolada qalamtasvir orqali shakl va nisbatni aniqlash, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini tushunish, shuningdek, kompozitsiya va chiziq madaniyatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, maqolada gips modellar, tirik naturalar va boshqa amaliy vositalar orqali talabalarda vizual kuzatish, tasviriy fikrlash va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ham yoritilgan. Ushbu ish san‘at ta‘limida qalamtasvirning poydevor sifatidagi ahamiyatini, uning turli tarixiy davrlarda o‘zgarib rivojlanishini va zamonaviy san‘at ta‘limida qo‘llanilishini ilmiy jihatdan ko‘rsatishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON TABIAT MANZARALARI TASVIRINING BADIIY TAHLILI: XX VA XXI ASR RASSOMLARI IJODIDA

    Toxirova Rayhona Toxirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng go‘zal va rang-barang tabiat manzaralariga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat hududida baland tog‘lar, keng cho‘llar, serhosil vodiylar va qadimiy daryolar uyg‘unlashib, betakror tabiiy muhitni yaratadi. Ana shu go‘zalliklar azaldan rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Tabiat manzaralarini tasvirlash orqali rassomlar nafaqat atrof-muhitni aks ettiradilar, balki o‘z ichki dunyosi, kayfiyati va falsafiy qarashlarini ham ifoda etadilar.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATNING KELIB CHIQISH TARIXI RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLI

    Tojiddinova Fotima Davkarali qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atning kelib chiqish tarixi, uning bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda zamonaviy istiqbollari yoritilgan. Xususan, ibtidoiy davr g‘or rasmlaridan boshlab Uyg‘onish davri va hozirgi zamon raqamli san‘atigacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, san‘atning ilmiy asoslari – rangshunoslik, perspektiva, anatomiya va kompozitsiya kabi yo‘nalishlar haqida ma‘lumot beriladi.Maqolada Leonardo da Vinci, Isaac Newton kabi jahon olimlari bilan bir qatorda Kamoliddin Behzod, Ural Tansiqboyev singari o‘zbek tasviriy san‘ati namoyandalarining ilmiy-badiiy hissasi ham ko‘rib chiqiladi.Tadqiqot natijasida tasviriy san‘at inson tafakkuri, madaniyati va ilm-fani bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelayotgani hamda kelajakda raqamli texnologiyalar asosida yangi bosqichga ko‘tarilishi asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMTA‘LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH SINFLARIDA O‘QUVCHILARNING RASM CHIZISH TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Tojiboyeva Shaxnoza Axmadjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning rasm chizish to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari, metodik yo‘llari hamda samarali usullari yoritiladi. Boshlang‘ich ta‘lim bosqichida tasviriy faoliyatning o‘quvchi shaxsining estetik, ijodiy va tafakkuriy rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, rasm chizish jarayonida kuzatuvchanlik, tasavvur, kompozitsion fikrlash va rang sezgirligini rivojlantirish usullari ko‘rsatib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON KULOLCHILIGIDA RANGLAR UYG‘UNLIGI VA TABIIY BO‘YOQLARNING AHAMIYATI

    Oripov Bobirjon Badirjonovich, Tojiboyeva Ruxshona Bunyodbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston an‘anaviy kulolchilik san‘atining ajralmas qismi bo‘lgan ranglar uyg‘unligi va tabiiy bo‘yoqlar tayyorlash texnologiyasi ilmiy-tadqiqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada xomashyo manbalari, mineral va o‘simlik asosli pigmentlarning kimyoviy-texnik xususiyatlari hamda ularning amaliy san‘at asarlaridagi estetik vazifalari yoritilgan. Shuningdek, hududiy kulolchilik maktablarining (Rishton, G‘ijduvon, Xorazm) o‘ziga xos ranglar palitrasi va bu ranglarning zamonaviy kulolchilikdagi transformatsiyasi masalalari keng qamrovli tarzda bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ART PEDAGOGIKANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

    Sobitova Malika Alisher qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada art pedagogikaning nazariy asoslari, zamonaviy paradigmalari va ta‘lim tizimidagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. Shuningdek, uning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi hamda shaxsning ijodiy va estetik rivojlanishiga ta‘siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA NATYURMORT ISHLASHNI O‘RGATISH METODIKASI

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Raximjonova Nodiraxon Baxromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarga natyurmort ishlashni o‘rgatish metodikasi ilmiy-pedagogik asosda yoritiladi. Natyurmort janrining tarixiy shakllanishi, uning o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, kompozitsion tafakkur, rang sezgirligi va badiiy didni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, naturani tanlash, kompozitsiya tuzish, yorug‘-soya qonuniyatlari, ranglar uyg‘unligini o‘rgatish bosqichlari hamda samarali metod va usullar bayon etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STEAM-TA‘LIM ORQALI TASVIRIY SAN‘AT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Oxunjonova Go‘zalxon Olmosboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola STEAM-ta‘limning tasviriy san‘at fanida qo‘llanilishi va o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada STEAM-yondashuvning tarixiy shakllanishi, metodik asoslari, fanlararo integratsiya prinsiplari va o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish usullari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA GEOMETRIK SHAKLLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Olimjonov Komiljon Qodir o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘at darslarida geometrik shakllarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Geometrik shakllar o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, konstruktiv fikrlashi, kuzatuvchanligi hamda ijodiy yondashuvini rivojlantirishdagi asosiy didaktik vosita sifatida yoritilgan. Shuningdek, ular orqali perspektiva qonuniyatlarini o‘zlashtirish, nisbatlarni to‘g‘ri aniqlash va hajmni ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada geometrik shakllarning fanlararo integratsiyadagi, xususan, matematika bilan bog‘liqligi ham asoslab berilgan. Natijada geometrik shakllarning tasviriy san‘at ta‘limidagi metodik va amaliy ahamiyati ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PORTRET ISHLASH VA UNING TEXNIKALARINI SODDALASHTIRILGAN HOLDA ISHLASH

    Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Odilova Moxigul Xakimxo‘ja qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada portret va uning turlari, portret ishlash texnikalari haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy rassomlar yoki o‘rganuvchilar uchun portretning dastlabki texnikalarini kreativ yondashuv asosida soddalashtirish haqida ma‘lumot beradi. Portret ishlashning tarixdagi ahamiyati haqida ma‘lumot berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA INSON QOMATINI TASVIRLASHDA GEOMETRIK SHAKLLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Nurmamatova Madinabonu Sirojiddin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘at darslarida inson qomatini tasvirlash jarayonida geometrik shakllardan foydalanish texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Inson tanasining murakkab plastik tuzilishini shar, silindr, kub, prizma va konus kabi sodda geometrik shakllar yordamida konstruktiv modellashtirish metodikasi yoritiladi. Geometrik asosda qurish usuli orqali proporsiya, hajm, perspektiva, yorug‘-soya va harakat qonuniyatlarini o‘rgatishning samaradorligi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslanadi. Shuningdek, mazkur yondashuvning o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, analitik fikrlash va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada geometrik konstruksiya metodining tasviriy san‘at ta‘limida tizimli, bosqichma-bosqich va innovatsion pedagogik texnologiya sifatidagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    5–7 SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Mirzaraximova Ziyoda Komiljon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda zamonaviy ta‘lim texnologiyalari yoritilgan. O‘rta bo‘g‘in o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, ijodiy tafakkuri va estetik idrokini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Tasviriy san‘at darslarida interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli vositalar hamda kompozitsion mashqlar orqali badiiy tasavvurni shakllantirish yo‘llari asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY TA‘LIM TIZIMIDA ART PEDAGOGIKANING TUTGAN O‘RNI

    Mamadjonova Shahlo To‘ychiboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida art pedagogikaning tutgan o‘rni, uning fundamental paradigmalari va taraqqiyot bosqichlari atroflicha tahlil etiladi. Maqolada san‘at vositalari orqali ta‘lim oluvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda shaxsning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning konseptual asoslari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va STEAM ta‘limi sharoitida art pedagogikaning transformatsiyalashuvi hamda kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KULOLCHILIK ISHLAB CHIQARISHIDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY BO‘YOQLAR VA SIRLARNING EKOLOGIK XAVFSIZLIK DARAJASI HAMDA BARQAROR MUQOBILLARI TAHLILI

    Oripov Bobirjon Badirjonovich, Mamadjonov Iskandar Ahmadjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada zamonaviy va an‘anaviy kulolchilikda qo‘llaniladigan sirlar hamda bo‘yoqlarning kimyoviy tarkibi, ularning tarkibidagi og‘ir metallar va zaharli birikmalarning ekologik oqibatlari o‘rganilgan. Maqolada sirlash jarayonida ajralib chiqadigan zararli gazlar, tayyor mahsulotdan foydalanish davridagi kimyoviy migratsiya jarayonlari va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada "yashil texnologiya"larni joriy etish, qo‘rg‘oshinsiz sirlar va tabiiy pigmentlardan foydalanishning afzalliklari ilmiy asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATDA EKOLOGIYA MUAMMOLARINING AKS ETISHI VA ULARNING JAMIYAT ONGIGA TA‘SIRI

    Lutfullayeva Surayyo Nodirbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atda ekologik muammolarning ifodalanish usullari, ularning badiiy talqini hamda inson ongiga ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta‘siri chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ekologik inqirozlar, atrof-muhit muhofazasi, global iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb masalalar san‘at vositasida qanday ifodalanishi va ularning jamiyat tafakkuriga ta‘sir mexanizmlari ochib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy rassomlar ijodi misolida ekologik muammolarni yoritishning badiiy vositalari, ramziy tasvirlar va kompozitsion yechimlar o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATYURMORT KOMPOZITSIYASIDA SHAKL, RANG, YORUG‘LIK VA HAVO PRESPEKTIVASI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Karimjonova Dilnavoz Turg‘unboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik, soya va havo perspektivasining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning badiiy ifodaviylikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqotda natyurmortda predmetlarning shakli va rang munosabatlari orqali hajm, og‘irlik va kompozitsion markazni aniqlash masalalari yoritilgan. Ranglarning iliq va sovuq xususiyatlari, ularning fazoviy chuqurlik hosil qilishdagi ahamiyati, shuningdek, axromatik va xromatik ranglarning yorqinlik, to‘yinganlik va rang tusi jihatlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Yorug‘lik va soya munosabatlarining shakl plastikasini ochish, predmetlarning fakturasi va fazodagi o‘rnini aniqlashdagi roli ochib berilgan. Havo perspektivasi orqali predmetlar orasidagi masofa, chuqurlik va realistik ko‘rinishni yaratish usullari asoslab berilgan. Maqolada san‘atshunos olimlar va mashhur rassomlarning qarashlariga tayangan holda natyurmort ishlash jarayonida kompozitsion muvozanat, ritm va garmoniya masalalari yoritilgan. Ushbu yondashuv tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, estetik didi va ijodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG‘UNLIGINING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

    Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Mamadjonov Iskandar Ahmadjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘atning manzara janrida kompozitsiya qurish va unda rang uyg‘unligining (kolorit) tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Matnda ranglarning inson ruhiyatiga ta‘siri, havo perspektivasi qonuniyatlari va badiiy asar yaxlitligini ta‘minlashda rang gamutining ahamiyati yagona mantiqiy zanjir asosida yoritilgan. Shuningdek, tabiatdagi yorug‘lik va rang o‘zgarishlarining asar mazmuniga qo‘shadigan estetik qiymati haqida so‘z yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATDA MANZARA JANRINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Inamoza Zarnigor Zafar qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atda manzara janrining badiiyestetik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda manzara janrining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari hamda Sharq va G‘arb san‘atidagi o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Ayniqsa, Xitoy manzara maktabining shakllanishi, uning falsafiy va badiiy asoslari hamda boshqa hududlarga, jumladan Yapon san‘atiga ko‘rsatgan ta‘siri alohida tahlil etilgan. Maqolada manzara janrining rangtasvirdagi ustun imkoniyatlari, kompozitsiya, rang, yorug‘lik kabi ifoda vositalarining ahamiyati keng ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    2026 YIL ZAMONAVIY LIBOS DIZAYNIDA SILUET VA URF RANGLARNING SHAKLLANISH TENDENSIYALARI

    Ibroximjanova Shahnozabonu Rustamjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur ilmiy maqolada 2026 yil zamonaviy moda sanoatida libos dizaynining asosiy komponentlari hisoblangan siluet shakllari hamda urf ranglarning rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida global moda jarayonlari, jamiyat psixologiyasi, ekologik qarashlar va texnologik taraqqiyotning libos shakli va rang tanlashga ta‘siri o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2026 yil modasida erkin siluetlar, funksionallik va neytraltabiiy ranglar ustunlik qilmoqda. Maqolada libos silueti va rang o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning yangi nazariy modeli taklif etiladi hamda zamonaviy dizaynning kommunikativ xususiyatlari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya