Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHILARDA TASHQI MOTIVATSIYANI TANQIDIYFIKRLASH ASOSIDA SHAKLLANTIRISHGA DOIR NAZARIYYONDASHUVLAR
Burkhanova Rana Kholboy kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Maqolada tanqidiy fikrlash va motivatsiya tushunchasi,shuningdek tanqidiy fikrlash asosida o‘quvchilar tashqi motivatsiyasini shakllantirishning ahamiyati va uning kelib chiqish tarixi va ta‘lim jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning ta‘lim jarayonidagi samaradorligi, hamda tashqi motivatsiyaning o‘quvchilar bilim olishidagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada motivatsiyaning ta‘lim tizimidagi o‘rni va istiqbollari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IQTISODIYOT YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN RUS TILIDA PROFESSIONAL KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH
Nuraliyeva Maftuna Gulomovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Globallashuv va ta‘lim tizimlarining tezkor transformatsiyasi sharoitida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun rus tilini kasbiy yo‘naltirilgan tarzda o‘qitish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda til faqat grammatika va leksika majmui emas, balki kelajak mutaxassisning professional faoliyatida muloqot, axborot almashish, hujjatlar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELLEKT MUHITIDA INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ayyubxon Tursunbayev, son of Adxamjon · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Sun‘iy intellekt so‘nggi o‘n yilliklarda tobora ommalashib bordiki, bu ommalashuv va keng miqyosda foydalanish jamiyatning deyarli har bir sohasiga kirib borib o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunisi e‘tiborga loyiqki, raqamli ta‘lim jarayonlarida sun‘iy intellektning integratsiya qilinishi bu jarayonlarda ishlab kelayotgan mexanizmlarni tubdan o‘zgardi. Mazkur maqolada sun‘iy intellektning ta‘lim jarayonlarida, ayniqsa til o‘rganish borasidagi foydali jihatlari va o‘ziga xos qanday xususiyatlari mavjudligi haqida yoritiladi. Xususan, maqola yozish jarayonida ilmiy qarashlar tahlil qilindi va sun‘iy intellektning o‘quv avtonomiyasiga qanchalik darajada ta‘sir qilishi yoritildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE IMPORTANCE OF CORRECT TRANSLATION AND USAGE OF EMOTIVE-EXPRESSIVE PHRASEOLOGICAL UNITS IN ENGLISH
Nasirova Munisxon Halimjonovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqola chet tilini o‘zlashtirishda frazeologik birliklarni o‘rganish va tushunishning ahamiyatini yoritib beradi. Unda idiomatik iboralarni talqin qilish va ulardan foydalanishdagi qiyinchiliklar va strategiyalar, til mahorati va madaniy tushunchani boyitish masalalari o‘rganiladi. Ushbu maqolada shuningdek, idiomatik iboralarning metaforik ma‘nosi, madaniy kelib chiqishi va kommunikativ funktsiyasini hisobga olish muhimligi ta‘kidlangan. Unda madaniyatlararo matnlar bilan ishlaydigan tarjimonlar uchun amaliy maslahatlar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
USING MULTIMEDIA TOOLS TO IMPROVE ENGLISH LANGUAGE LEARNING
Pulatova Sevara Makhmudjon kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Videolar, audio materiallar va onlayn platformalar kabi multimedia vositalarini integratsiya qilish talabalarga til ko‘nikmalarini osonroq rivojlantirishga yordam beradi. Zamonaviy ta‘lim raqamli texnologiyalar joriy etilishi bilan sezilarli darajada rivojlandi. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda multimedia vositalarining roli ta‘kidlangan. Ushbu tadqiqotda ushbu vositalar tinglash, gapirish, o‘qish va yozish kabi turli bo‘limlarni qanday qo‘llab-quvvatlashi ko‘rib chiqiladi. Maqolada multimedia yordamida yanada interaktiv va raqobatbardosh muhit yaratilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqot multimedia asosidagi o‘rganish ham samarali, ham qabul qiluvchi ko‘nikmalarni yaxshilashga yordam berishi, shuningdek, yuqori til malakasiga erishishni osonlashtirishi mumkin degan xulosaga keladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PRAGMATIC FUNCTIONS OF MODAL VERBS AND COMMON ERRORS AMONG UZBEK LEARNERS
Odiljonova Munisa Nodirbek qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqola modal fe‘llarning faqat grammatikshakli va ma‘nosi bilan cheklanib qolmay, balki ularning kengroqqo‘llanilishini ko‘rib chiqadi. Unda modal fe‘llar qanday qilibso‘zlovchining niyatini, muloyimlik darajasini va rasmiylikni ifodalashitushuntiriladi. Tadqiqot epistemik modallik (imkoniyat yoki ishonchlilik darajasi) va deontik modallik (majburiyat yoki ruxsat) o‘rtasidagi farqniko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek o‘rganuvchilariningqo‘llashdagi xususiyatlari va keng tarqalgan xatolari tahlil qilinib,kontekst va real hayotdagi muloqotning ahamiyati ta‘kidlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHALLENGES FACED BY UZBEK STUDENTS IN THE USE OF ARTICLES IN ENGLISH
Sattarova Hamida Hamidillovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ingliz tilida artikllardan to‘g‘ri foydalanishnio‘zlashtirish ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan ko‘plab o‘zbektalabalari uchun muhim qiyinchiliklardan biri hisoblanadi. Buqiyinchilik o‘zbek va ingliz tillarining grammatik tuzilishidagi asosiyfarqlar bilan bog‘liq. O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib,unda aniq va noaniq artikl tushunchasi mavjud emas, ingliz tilida esaartikllar keng qo‘llaniladi. Aynan shu tuzilma farqi o‘zbek talabalariduch keladigan muammolarning asosiy sabablaridan biridir. Talabalaringliz tilida ravonlik va yuqori darajadagi bilimni rivojlantirishjarayonida artikllarning ma‘nosi hamda ularning turli kontekstlardaqo‘llanishini chuqur tushunish muhim ekanligi ayon bo‘ladi. Bu esaingliz tilida aniq va tabiiy muloqot qilish uchun zarur hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XALQ ERTAKLARI- LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TADQIQIDA MUHIM MANBA
Mehmonova Sarvinoz Ishak kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarininglingvokulturologik xususiyatlari va ularning xalq hayotidagi o‘rnixususida fikr bildirilgan. Ertak matnlaridagi milliy dunyoqarashniifodalovchi lisoniy birliklar, xususan, numerologik tushunchalar,mifologik obrazlar va frazeologizmlarning xalq mentaliteti bilanbog‘liqligini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ertak tili shunchakibadiiy vosita emas, balki milliy madaniy kodlarni tashuvchi tizimekanligi ilmiy asoslab berilgan. Xususan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodinamunalarida mujassam bo‘lgan milliy-madaniy konseptlar, ramziyobrazlar, barqaror iboralar, maqol va matallar, mifologik tasavvurlar,hamda qadriyatlar tizimi lingvokulturologik yondashuv asosidao‘rganiladi. Tadqiqotda ertak matnlari til va madaniyatning o‘zaro uzviybog‘liqligini aks ettiruvchi asosiy manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslabberiladi. Maqolada lingvokulturologiya nazariyasining muhimtamoyillari, jumladan, konsept tahlili, semantik maydon, diskursiv vakontekstual tahlil metodlari qo‘llanadi. Ertaklardagi qahramonlarobrazi, milliy mentalitetni ifodalovchi til birliklari, urf-odat va an‘analarbilan bog‘liq leksik qatlamlar lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridansharhlanadi. Shuningdek, ertak matnlarida xalqning tarixiy xotirasi,axloqiy-estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi til vositalari orqaliqanday ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklarilingvokulturologik birliklarni aniqlash, tasniflash va izohlashda boyempirik material Manbai ekanligini ko‘rsatadi. Maqola tilshunoslik,folklorshunoslik fanlari kesishmasida olib borilayotgan izlanishlaruchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTERNATIONAL AND NATIONAL EXPERIENCES IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF NONPHILOLOGICAL STUDENTS THROUGH THE CLIL APPROACH IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES
Ikromova Muazzam Dilmurod kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada Content and Language IntegratedLearning (CLIL) — «Kontent va tilni integratsiyalashgan o‘qitish»yondashuvining oliy ta‘limda ingliz tili darslarida nefilologikmutaxassislik talabalarining (masalan, muhandislik, tibbiyot,iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va boshqa texnik vaixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarda) kasbiy kompetentsiyasinirivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot CLILning xalqaro tajribasini(asosan Yevropa mamlakatlari va rivojlanayotgan Osiyo kontekstlarida)hamda O‘zbekistondagi milliy amaliyotni har tomonlama ko‘rib chiqadi.Ishning asosiy maqsadi — CLIL qanday qilib fan mazmunini til o‘rganishbilan integratsiyalash orqali kasbiy kommunikativ kompetentsiyanirivojlantirishga yordam berishini baholash, shu jumladan soha xosterminologiyasini o‘zlashtirish, kasbiy diskurs ko‘nikmalari, tanqidiyfikrlash va madaniyatlararo ongni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.Nazariy tahlil, qiyosiy metod, ilmiy adabiyotlar sharhi va empiriknatijalarni sintez qilish usullaridan foydalanib, tadqiqot shuniko‘rsatadiki, CLIL nafaqat ingliz tilini mustahkamlashga, balki kasbiybilimlarni chuqurlashtirishga, o‘quv motivatsiyasini oshirishga vatalabalarni globallashgan kasbiy muhitga tayyorlashga xizmat qiladi.Shuningdek, o‘qituvchilarni tayyorlash zarurati va resurslar mavjudligibilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TA‘LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INTELLEKTUAL TA‘LIM TIZIMINI SAMARALI JORIY ETISH USULLARI
Abdurakhmonov Sanjarbek Inomjon oglu · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada ta‘lim jarayonida raqamlitexnologiyalar yordamida intellektual ta‘lim tizimini samarali joriy etishusullari o‘rganilgan. Intellektual ta‘lim tushunchasi va uning pedagogikasoslari tahlil qilingan, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar,interaktiv dasturlar va sun‘iy intellekt asosidagi adaptiv tizimlarningo‘quv jarayoniga ta‘siri ko‘rib chiqilgan.Adabiyotlar tahlili natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarindividual yondashuvni ta‘minlash, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash vaijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmatqiladi. Tadqiqot metodlari sifatida adabiyotlar tahlili, komparativ tahlil,amaliy kuzatuv, tajriba, shuningdek so‘rovnoma va intervyu ishlatilgan.Munozara bo‘limida texnologiyalarning samaradorligi va ularni joriyetishdagi muammolar muhokama qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE ROLE OF LEARNING STYLES AND MOTIVATION IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE
Ochilova Sevinch · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada chet tilini o‘qitishdao‘quvchilarning o‘rganish uslublari va motivatsiyasining o‘rni tahlilqilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida chet tillarini o‘rganish muhimahamiyat kasb etadi, biroq o‘quvchilar bilimni turlicha qabul qiladilar.Maqolada o‘rganish uslublarining to‘rt turi — vizual, audial, kinestetikhamda o‘qish/yozish uslublari — yoritib beriladi va har bir tur uchun moso‘qitish strategiyalari tavsiya etiladi. Shuningdek, chet tilini samaralio‘zlashtirishda motivatsiyaning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ichki vatashqi motivatsiya o‘quvchilarning faolligi, qatnashuvi vamuvaffaqiyatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Maqolada ta‘kidlanishicha,o‘qituvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib,qiziqarli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratsa, ta‘lim samaradorligioshadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Tursunbayev Hojiakbar Mirzohid oglu · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada bugungi kunda chet tillarinio‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan eng samarali innovatsion usullar varaqamli texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida“Flipped Classroom”, CLIL va geymifikatsiya kabi metodlarningtalabalar motivatsiyasiga ta‘siri hamda til o‘rganishdagi psixologikto‘siqlarni bartaraf etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun‘iyintellekt va VR texnologiyalarining dars samaradorligini oshirishdagiamaliy natijalari bayon etilgan. Maqola yakunida zamonaviy pedagogikyondashuvlarni ta‘lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GLOBALLASHUV VA RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA RUS TILIDAGI VARIATIV BIRLIKLARNING O‘RGANILISHI
Mushtari Alikulova · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada rus tilshunosligida variativbirliklarning o‘rganilishi, ularning nazariy asoslari va tiltizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda variativlikfenomenining fonetik, morfologik va leksik sathlarda namoyonbo‘lishi hamda adabiy til me‘yorlarining shakllanishi bilanbog‘liq jihatlari yoritilgan. Shuningdek, globallashuv va raqamlikommunikatsiya muhitida til variantlarining qo‘llanishi,ularning ijtimoiy-madaniy va kommunikativ ahamiyati ilmiyjihatdan tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RAQAMLI PEDAGOGIKA ASOSIDA XORIJIY TIL DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Usmanova Shahnoza Jaxongir qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
nnotatsiya: Ushbu maqolada raqamli pedagogika asosidaxorijiy til darslarini tashkil etish metodikasi, uning ta‘lim jarayonidagiahamiyati va samaradorligi yoritiladi. Zamonaviy ta‘lim tizimidaraqamli texnologiyalar, onlayn platformalar hamda interaktivvositalardan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini yanadasamarali tashkil etishga xizmat qiladi. Maqolada xorijiy til darslariniraqamli pedagogika asosida tashkil etishning metodik yondashuvlari,innovatsion usullari hamda ularning ta‘lim sifatini oshirishdagi rolitahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LINGVODIDAKTIK NUQTAI NAZARDAN KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING USTUNLIKLA
Erkinova Madina Komil qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tadqiqotda lingvodidaktikaning nazariymetodologik asoslari hamda kommunikativ yondashuvning zamonaviychet tilini o‘qitishdagi o‘rni atloflicha tahlil qilinadi. Grammatikkompetensiya va nutqiy kompetensiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklingvodidaktik yondashuv doirasida muhim metodik masalalardan birisifatida e‘tirof etilib, til o‘qitish jarayonida ushbu kompetensiyalarningintegrativ xususiyati samarali nutqiy faoliyatni shakllantirishda muhimomil sanaladi. Shu jihatdan tadqiqotda kommunikativ yondashuvningan‘anaviy metodlarga nisbatan ustun jihatlari qiyosiy tahlil asosidayoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB XORIJIY TILLARNI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Tohirova Hilola Rustam kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonidasun‘iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati,imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimidasun‘iy intellekt asosidagi dastur va platformalar o‘quvchilarning tilo‘rganish jarayonini individuallashtirish, mustaqil ta‘limni rivojlantirishhamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Shuningdek, maqolada sun‘iy intellekt texnologiyalarini xorijiy tillarnio‘qitish jarayoniga joriy etishning afzalliklari va istiqbollari yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTEGRATION OF MODERN TECHNOLOGIES INTO THE EDUCATIONAL PROCESS: CHALLENGES AND PROSPECTS
Mukhitdinov Sobirjon Adkhamjonovich · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada Aleksandr Pushkinning badiiy asarlari tilidagi tarixiylik va arxaizmlarni virtual reallik (VR) texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rganishga innovatsion yondashuv o‘rganiladi. Muallif an‘anaviy lingvistik yondashuvlarni VRning immersiv imkoniyatlari bilan birlashtirgan metodologiyani taqdim etadi, bu esa davrning lingvistik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish va idrok etish imkonini beradi. Maqolada Pushkin tilining leksik va madaniy jihatlarini o‘rganishga yordam beradigan tarixiy kontekstning virtual modellarini yaratish bosqichlari, shuningdek, matn tahlili uchun interaktiv usullar batafsil bayon etilgan. VR texnologiyalaridan tarixiylik va arxaizmlarni o‘rganishda foydalanish XIX asr atmosferasiga chuqur kirib borish imkonini beradi, ta‘lim jarayonlari va adabiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PROBLEMS OF EQUIVALENCE IN TRANSLATING UZBEK ADOLESCENT LITERATURE INTO ENGLISH
Kasimova Yulduz Malikovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek o‘smirlar adabiyotiasarlarini ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladiganekvivalentlik muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘tkir Hoshimov,Tog‘ay Murod va Xurshid Do‘stlik kabi mualliflarning asarlari misolidaleksik-semantik, stilistik, pragmatik va madaniy-milliykomponentlarning tarjimada mosligini ta‘minlash masalalarigaqaratilgan. Tarjima strategiyalari (forseylash, adaptatsiya,kompensatsiya) va ularning ekvivalentlik darajasiga ta‘siri baholanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
USING MULTIMEDIA TOOLS TO IMPROVE ENGLISH LANGUAGE LEARNING
Fayzullayeva Fazilat Xamidullo qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishni takomillashtirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish va uning afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Multimedia vositalaridan foydalangan holda til o‘rganish osonlashadi va bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Undan nafaqat ingliz tili, balki boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganishda samarali foydalanish mumkin
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MODERN TRENDS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING UNDER DIGITAL TRANSFORMATION
Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida chet tillarini o‘qitishdagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi til o‘qitish metodlari, ta‘lim muhiti va kommunikatsiya jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Onlayn platformalar, mobil ilovalar, sun‘iy intellekt va virtual muloqot kabi zamonaviy vositalar til o‘rganish jarayonini yanada qulay va samarali qilmoqda. Ushbu texnologiyalar talabalarga til ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi hamda mustaqil ta‘lim olish imkoniyatini kengaytiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega.