Asosiy mazmunga o‘tish

Maqola

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

2 404 natija

Maqola

2 404 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishMaqola

    TISH KARIYESI PROFILAKTIKASIDA FTORNING BIOLOGIK VA KLINIK AHAMIYATI: STATISTIK TAHLIL

    Mashrafjon Mashrafov Qahramonzod · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tish kariyesi insoniyatda eng keng tarqalgan stomatologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishi ko‘p omilli biologik va tashqi muhit omillari bilan bog‘liq. Ushbu ilmiy maqolada tish kariyesining profilaktikasida ftorning biologik va klinik ahamiyati nazariy asosda tahlil qilinadi. Ftorning tish qattiq to‘qimalari — emal va dentin — tuzilishiga ta‘siri, mineral almashinuvdagi roli hamda gidrologik muhit orqali organizmga tushish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada epidemiologik va statistik tadqiqotlar asosida ftor konsentratsiyasining tish kariyesi tarqalishiga ta‘siri baholanadi. Shuningdek, ichimlik suvidagi ftor miqdori bilan kariyes intensivligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Olingan nazariy va statistik ma‘lumotlar ftorning optimal miqdorda qo‘llanishi tish kariyesining oldini olishda muhim profilaktik omil ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘lar: tish kariyesi, ftor, emal, remineralizatsiya, demineralizatsiya, ichimlik suvi, gidrologiya, mineral almashinuvi. БИОЛОГИЧЕСКОЕ И КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ФТОРА В ПРОФИЛАКТИКЕ КАРИЕСА: СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    MODERN MULTIMODAL APPROACHES TO THE DIAGNOSIS AND TREATMENT OF PRIMARY BRAIN TUMORS

    Mamadaliev Abduraxmon Mamatkulovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Birlamchi miya o‘smalari klinik va ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan geterogen kasalliklar guruhini tashkil etadi. Ushbu o‘smalar orasida neyroepitelial, ayniqsa glial o‘smalar yetakchi o‘rinni egallaydi va ular agressiv biologik xususiyatlari, yuqori qaytalanish darajasi hamda cheklangan uzoq muddatli yashash ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Zamonaviy diagnostika asosan magnit-rezonans tomografiya va kompyuter tomografiyasiga asoslanadi, shu bilan birga MRI va pozitron-emission tomografiyani birlashtirgan gibrid usullarga qiziqish ortib bormoqda. Markaziy asab tizimi o‘smalarini davolashda multimodal yondashuv qo‘llanilib, unga neyroxirurgik rezeksiya, nur terapiyasi, kimyoterapiya va immunoterapevtik usullar kiradi. Nur terapiyasi malign miya o‘smalarini davolashda asosiy usul bo‘lib qolmoqda va dozaning ilmiy asoslangan fraksiyalanishi o‘sma nazoratini ta‘minlab, nojo‘ya ta‘sirlarni kamaytiradi. Stereotaktik radiokhirurgiya va neyronavigatsiyaning rivojlanishi davolash aniqligi va samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Shunga qaramay, yuqori darajali glial o‘smalarda prognoz hanuz noqulay bo‘lib, yangi va individuallashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqish zaruratini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    MODERN SURGICAL TECHNOLOGIES IN THE TREATMENT OF MENINGEAL AND NEUROEPITHELIAL BRAIN TUMORS: A COMPARATIVE CLINICAL STUDY

    Mamadaliev Abduraxmon Mamatkulovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Kirish. Jarrohlik davolash bosh miyaning meningeal va neyroepitelial o‘smalarini davolashning asosiy usuli bo‘lib qolmoqda; biroq an‘anaviy usullar ko‘pincha sezilarli intraoperatsion qon yo‘qotish, operatsiyaning uzoq davom etishi va nevrologik nuqson yuzaga kelishining yuqori xavfi bilan kechadi. Maqsad. Bosh miyaning meningeal va neyroepitelial o‘smalarini standart usullar hamda jarrohlik jarohatini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida davolash natijalarini taqqoslash. Materiallar va usullar. Bosh miya o‘smalari yuzasidan operatsiya qilingan 70 bemorning retrospektiv tahlili o‘tkazildi. Bemorlar ikki guruhga bo‘lindi: standart jarrohlik usullari qo‘llanilgan taqqoslash guruhi va ultratovushli dezintegratsiya, neyronavigatsiya, intraoperatsion ultratovush tekshiruvi, po‘stloq kartografiyasi hamda plazmali koagulyatsiyani o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan asosiy guruh. Intraoperatsion qon yo‘qotish, operatsiya davomiyligi va jarrohlik kirish yo‘lining xavfsizligi baholandi. Natijalar. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash standart usullarga nisbatan intraoperatsion qon yo‘qotish va operatsiya vaqtini ishonchli darajada kamaytirdi (p < 0.05). Gemostaz ishonchliligining oshishi va xavfsizroq jarrohlik traektoriyalari operatsiyadan keyingi nevrologik holat yomonlashuvi xavfini pasaytirishga xizmat qildi. Xulosa. Zamonaviy mikroxirurgik, ultratovushli va plazmali texnologiyalarni joriy etish bosh miyaning meningeal va neyroepitelial o‘smalarini jarrohlik davolashning xavfsizligi va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ODAM SKELET MUSHAKLARINING MORFOFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI VA ULARNING YOSHGA BOG‘LIQ O‘ZGARISHLARI

    Karieva Xalima Ikramjanovna, Salimova Ganjina · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada odam skelet mushaklarining morfologik tuzilishi, funksional xususiyatlari hamda ontogenez jarayonida yuz beradigan yoshga bog‘liq o‘zgarishlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida mushak tolalarining turlari, innervatsiya va qon ta‘minoti, mushak massasining yosh bilan o‘zgarishi hamda sarkopeniya jarayonining anatomik-morfologik mexanizmlari yoritildi. Olingan ma‘lumotlar klinik anatomiya, reabilitatsiya va gerontologiya sohalari uchun muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYADA AYOLLARGA PSIXOTERAPIYANI QO‘LLASH

    Jalilova Dildora Murotovna, Suponova Xolida Suxrobovna, Qurbonov Anusher Shermamatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tug‘ruqdan keyingi depressiya (postpartum depressiya) — bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng paydo bo‘ladigan ruhiy-emotsional buzilish bo‘lib, u onalik mas‘uliyati, gormonal o‘zgarishlar, uyqu buzilishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy sabablari, klinik ko‘rinishlari hamda psixoterapiya usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Psixoterapiya — bu dori vositalarisiz, ayolning emotsional muvozanatini tiklash, onalik rolini qabul qilish va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga qaratilgan muhim yondashuvdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YO‘G‘ON ICHAK ADENOKARSINOMASINI ENDOSKOPIK VA MORFOLOGIK DIAGNOSTIKA KORRELYASIYASI: O‘ZBEKISTONDAGI EPIDEMIOLOGIK TENDENSIYALAR VA SKRINING TEKSHIRUVI

    Gulmira Bazarbaeva Azimjonovna, Sodiq Madaminov Madaminovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi – kolorektal mintaqadagi eng ko‘p uchraydigan malign o‘sma bo‘lib, uning xalqaro va respublika darajasidagi epidemiologik tendensiyalari murakkab mexanizmlar asosida shakllanadi. Adenokarsinoma yuza epitelial hujayralarning giperplastik poliplardan boshlab, malign transformatsiyaga o‘tishi bilan rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha kolorektal saraton holatlari yildan-yilga oshib borayotgani qayd etilgan, bu ozuqa odatlari, atrof-muhit omillari va hayot tarzi bilan chambarchas bog‘liq. Uzbekistan sharoitida ham kolorektal saraton incidence darajasi sezilarli bo‘lib, erkaklar va ayollarda 5.3 va 4.3 nafar/100,000 aholiga to‘g‘ri keladi. Endoskopik va morfologik diagnostika metodlari (masalan, kolonoskopiya va gistopatologik tahlil) ushbu patologiyani erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola oid statistik va nazariy ma‘lumotlar asosida epidemiologik tendensiyalar, skriningning ahamiyati va diagnostika yo‘nalishlari ilmiylashtirilgan tarzda yoritiladi. Kalit so‘lar: yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi, kolorektal saraton statistikasi, endoskopik diagnostika, morfologik tahlil, epidemiologiya, skrining modeli, adenokarsinoma patogenezisi, kolonoskopiya. КОЛОРЕКТАЛЬНАЯ АДЕНОКАРЦИНОМА: КОРРЕЛЯЦИЯ ЭНДОСКОПИЧЕСКОЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГ НОСТИКИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ И СКРИНИНГОВЫЕ ОБСЛЕДОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ Гульмира Базарбаева Азимджонова Central Asian Medical University международного медицинского университета ассистент, ул-Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz E-mail: ms.gulmir19831909@gmail.com Содик Мадаминов Мадаминович Кандидат медицинских наук, доцент Central Asian Medical University международного медицинского университета Центральной Азии, ул. Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    PROTRUZIYA: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR

    Dilrabo Tadjibayeva Salijanovna, Sodiq Madaminov Madaminovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Protruziya — umurtqalararo diskning patologik anatomik holati bo‘lib, unda ichki kollagenli yadro fibroz halqani surib chiqadi, lekin halqa butun qoladi. Asosan degenerativ jarayonlar, mexanik shikastlanishlar, genetik moyillik va metabolik o‘zgarishlar ta‘sirida rivojlanadi. Bu holat diskning biomexanik funksiyalarini buzadi va umurtqa pog‘onasida ortiqcha bosim hosil qiladi. Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kattalar populatsiyasida protruziya keng tarqalgan va ko‘pincha klinik belgilar bo‘lmasdan ham aniqlanadi. Profilaktika choralari — ergonomik harakatlar, mushaklarni mustahkamlash, mashqlar va og‘ir yuklarni to‘g‘ri ko‘tarish — protruziya xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga, degenerativ jarayonlar, umurtqa pog‘onasi biomexanik shikastlanishi va genetik omillar protruziya rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Kalit so‘lar: protruziya, umurtqalararo disk, etiologiya, degeneratsiya, fibroz halqa, nucleus pulposus, profilaktika. ВЫПЯЧИВАНИЕ: ЭТИОЛОГИЯ, КЛИНИЧЕСКАЯ ПРАКТИ КА И ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЕ МЕРЫ.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ISHEMIK INSULT JARAYONIDA YURAK NERV HUJAYRALARINING GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI

    Daminov Muslimbek Asadullayevich, Qodirova Barno Esanovna, Shodmonov Aslbek Otabek o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ishemik insult markaziy nerv tizimining avtonom boshqaruv markazlariga zarar yetkazish orqali yurak faoliyatiga ikkilamchi salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda “miya– yurak o‘qi” (brain–heart axis) tushunchasi keng muhokama qilinib, insultdan keyingi yurak asoratlarida intrakardial nerv tizimining (IKNT) tutgan o‘rni muhimligi aniqlanmoqda. Ushbu maqolada ishemik insult sharoitida yurakning intrakardial gangliyalari va nerv tolalarida yuz beradigan gistologik va hujayraviy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Gipotezaga asoslangan natijalarda neyron degeneratsiyasi, simpatik-parasimpatik balansning buzilishi, apoptoz va neyroinflammatsiya jarayonlari asosiy morfologik belgilar sifatida ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ИННОВАЦИОННЫЕ И ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ ПОДХОДЫ В СФЕРЕ ОБРАЗОВАНИЯ

    Таджимирзаева Чаросхон Мухаммаджон кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirishga yordam beradigan innovatsion pedagogik yondashuvalar tahsil qilinadi. Muallif yangi amaliyotlarning samaradorligini, raqamli vositalarning rolini va o‘qituvchilarning hamkorligi muhimligini baholaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    СТРУКТУРА И КЛАССИФИКАЦИЯ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР, ПРИМЕНЯЕМЫХ В ОБУЧЕНИИ ШКОЛЬНИКОВ

    Негматова Мохигуль · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqola didaktik o‘yinni maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim psixologik-pedagogik vositasi sifatida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda o‘yinni ong hodisasi va faoliyat shakli sifatida tushunishning nazariy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi, uning o‘quvchilarda bilish jarayonlari, tasavvur, tafakkur va o‘quv motivatsiyasini rivojlantirishdagi vazifalari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ВОСПИТАНИЕ ЯЗЫКОВОЙ И РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ ЛИЧНОСТНЫХ УНИВЕРСАЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ ДЕЙСТВИЙ

    Жабборова Муслима Тохировна · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til va nutq madaniyatini tarbiyalash shaxsiy umumiy o‘quv harakatlarini shakllantirish kontekstida tahlil qilinadi. Til madaniy-qadriyat hodisasi sifatida hamda o‘quvchi shaxsining ichki pozitsiyasini shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar qoidalari asosida boshlang‘ich maktabda nutq rivojlanishi, ma‘naviy tarbiya va o‘quv motivatsiyasining o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Rus tili darslarining so‘zga ongli munosabatni shakllantirish, nutqiy mas‘uliyat hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qadriyat-ma‘noviy refleksiyasini rivojlantirishni ta‘minlovchi metodik imkoniyatlariga alohida e‘tibor qaratiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SPORT MURABBIYLARINI IJTIMOIY-SHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK JIHATLARI

    Yakubbayev Xabibillo Xamidboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Sport murabbiyilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Sport murabbiyilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    5-7 YOSHDAGI BOLALARDA CHAQQONLIK SIFATINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAHLILI

    Yakubbayev Xabibillo Xamidboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada 5-7yoshdagi bolalarda chaqqonlik sifatining o‘ziga xos xususiyatlari va uning yoshga nisbatan o‘zgarib borishini hisobga olgan holda rivojlantirish masalalari ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRUVCHI DASTUR VOSITALARI

    X.K.Qarshiboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    ushbu maqolada o‘qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalarining turlari, ularning zamonaviy ta‘lim jarayonidagi o‘rni va pedagogik samaradorligi tahlil qilindi. Raqamli texnologiyalar asosidagi vositalarning o‘quv jarayonini yengillashtirish, individuallashtirish va monitoring qilishdagi imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari o‘qitishni takomillashtiruvchi vositalardan tizimli foydalanish ta‘lim sifatini oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH

    Usanova Durdona Xusan qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    ushbu maqolada yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion pedagogik va texnologik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy raqamli vositalar, interaktiv mashg‘ulotlar, videotalqinlar va modulli o‘quv metodlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar yosh sportchilarning taktik fikrlashi, o‘yin tezligi va jamoaviy hamkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI QO‘L MEHNATI ASOSIDA IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMI

    Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining ta‘lim jarayonidagi o‘rni, innovatsion yondashuvlar asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari hamda pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari tahlil qilindi. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini tizimli va innovatsion asosda tashkil etish bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faolligi, mustaqil fikrlashi va kasbiy tayyorgarligini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta‘lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    11-12 YOSHLI FUTBOLCHILARNI TAYYORGARLIK DARAJASINI O‘RGANISH VA O‘QUV MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI

    Niyozmatov Elbek Rustamaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    11-12 yoshli futbolchilarni tayyorgarlik sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI NAZARIY TAHLILI

    G‘ofurov Mirzohid Gulomjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Malakali gandbolchilarda tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA INGILIZ TILINI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI.

    Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning samarali usullari yoritib berilgan. Maqolaning kirish qismida yurtimizda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan e‘tibor hamda Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarda chet tillarini o‘rgatishga doir prezident qarorlari va maktabgacha ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi qarorlar bilan asoslar keltirib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlilida chet el olimlarining olib borgan ishlaridan faktlar, o‘zbek adiblarimizning fikrlari va shu bilan birgalikda turli jurnallarda chop etilgan maqola va tezislardan ma‘lumot keltirilgan. Metodologiya qismida maktabgacha yoshdagi bolalarga interaktiv texnologiyalar orqali o‘zaro ta‘sir qilish, o‘zgalar bilan muloqot qilish, barcha ishtirokchilarni qamrab oladigan kognitiv va kommunikativ faoliyatni tashkil etish shakli zamonaviy ta‘lim makonida ta‘lim va tarbiyaning asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan va shu bilan birga turli xil metodlardan namunalar keltirib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida tatqiqotlar o‘tkazish jarayonida kelingan xulosalar keltirib o‘tildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING KREATIV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

    Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlarining kreativ malakalarini shakllantirish texnologiyasi, mazmuni, qanday foydalanish lozimligi haqida bilib olishimiz mumkin. Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. MTT rahbar xodimlarining soha rivojidagi o‘rni, kelajak avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim tashkilotida rahbar tomonidan yaratilgan ijtimoiy muhitning ahamiyati haqida muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan. Adabiyotlar tahlilida buyuk alomalarimizning fikrlari, hozirgi kundagi tadqiqotchilarimizning so‘zlari va jahon adabiyoti namayondalarining fikrlari keltirib o‘tilgan. Metodologiya qismida yangicha yondashilgan metodlar yoritilgan. Natija qismida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari yoritilgan. Yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya