Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

SPORT MURABBIYLARINI IJTIMOIY-SHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK JIHATLARI

Yakubbayev Xabibillo XamidboyevichNamangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi katta o‘qituvchilari2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 145–147

Annotatsiya

Maqolada Sport murabbiyilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Sport murabbiyilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

Boshqa tillarda

ruschaНАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНО-ЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СПОРТИВНЫХ ТРЕНЕРОВ

В статье исследуется значение совершенствования методической подготовки спортивных тренеров и развития их социально-личностной компетентности как научно-педагогической проблемы. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы принципы профессионального развития спортивных тренеров, а также теоретические и педагогические аспекты данного процесса.

inglizchaSCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF DEVELOPING THE SOCIAL AND PERSONAL COMPETENCE OF SPORTS COACHES

The article examines the importance, as a scientific and pedagogical problem, of improving the methodological preparation of sports coaches and of developing their social and personal competence. It generalizes the views of foreign and local researchers. The principles of the professional development of sports coaches and its theoretical and pedagogical aspects are scientifically substantiated.

Kalit so‘zlar

  • ijtimoiy- shaxsiy kompetentlikni rivojlanish
  • o‘zini o‘zi rivojlantirish
  • uzluksiz malaka oshirish
  • kasbiy ehtiyoj

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SPORT MURABBIYLARINI IJTIMOIY- SHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK JIHATLARI Yakubbayev Xabibillo Xamidboyevich Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi katta o‘qituvchilari E-mail: yakubbayevx@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18214559 Annotatsiya: Maqolada Sport murabbiyilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiy- shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Sport murabbiyilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy- shaxsiy kompetentlikni rivojlanish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish, kasbiy ehtiyoj, "hayot davomida o‘qish" tamoyili.

НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СПОРТИВНЫХ ТРЕНЕРОВ Якуббаев Хабибилло Хамидбоевич Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладных видов спорта, старший преподаватель E-mail: yakubbayevx@gmail.com Аннотация: В статье исследуется значение совершенствования методической подготовки спортивных тренеров и развития их социально-личностной компетентности как научно-педагогической проблемы. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы принципы профессионального развития спортивных тренеров, а также теоретические и педагогические аспекты данного процесса. Ключевые слова: развитие социально-личностной компетентности, саморазвитие, непрерывное повышение квалификации, профессиональная потребность, принцип «обучение в течение всей жизни».

SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF DEVELOPING SOCIAL AND PERSONAL COMPETENCE IN SPORTS COACHES Yakubbayev Khabibillo Khamidboyevich Namangan State University, Department of Physical Education and Applied Sports, Senior Lecturer E-mail: yakubbayevx@gmail.com Abstract: The article examines the significance of improving the methodological training of sports coaches and developing their social and personal competence as a scientific and pedagogical issue. The views of foreign and domestic researchers are generalized. The principles of professional development of sports coaches, as well as the theoretical and pedagogical aspects of this process, are scientifically substantiated. Keywords: development of social and personal competence, self-development, continuous professional development, professional need, the principle of “lifelong learning”.

KIRISH Hozirgi kunda Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo‘yadi. Mazkur vazifalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish bilan belgilanadi. O‘qituvchilarning ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z fanini o‘qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini ta’lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davrlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, sport murabbiyilarining ijtimoiy- shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot ta’lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo‘lgan “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. ASOSIY QISM Sport murabbiyilarining malakasini oshirish tizimida metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko‘p jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va ta’limning yangi yo‘nalishlari o‘qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqib, sport murabbiyilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish muammosini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi qaramaqarshiliklar mavjudligi aniqlandi: zamonaviy ta’limni innovatsion jarayonlarga yo‘naltirish va sport murabbiyilarining innovatsion o‘quv jarayonini amalga oshirishga doir nazariy va uslubiy tayyorgarligi o‘rtasida; sport murabbiyisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish zarurati va mavjud holatda bu jarayonga ilmiy-metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘rtasida; o‘qitishning an'anaviy bilimga asoslangan yondashuvi va sport murabbiyilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishda kompetentlikka

asoslangan, faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni talab qiladigan ta’limdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalar o‘rtasida; murabbiyilarning innovatsion metodik tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va sport murabbiyilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘rtasida. Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv ziddiyatlar pedagogik hodisaning mohiyatini - sport murabbiyilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun pedagogik shartsharoitlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan tadqiqot muammosini faollashtiradi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan ko‘rinadiki, quyidagilar o‘qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish zaruratini keltirib chiqaradi: ta’lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari; zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi; jamiyat ehtiyoji hamda ta’limga bo‘lgan talabning o‘sishi; jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o‘qituvchi rolining o‘zgarishi; DTS va o‘quv dasturlarining optimallashtirilishi. Ilmiy muammoning qo‘yilishi. Jamiyatdagi globallashuvning keskin o‘sib borishi, jahon miqyosida ta’lim tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga tatbiq etuvchi bo‘lgan o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishni talab etadi. XULOSA Xulosa buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o‘qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha pedagog va uslubchi olimlar tomonidan olg‘a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganish lozim.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Salomov R. S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. T., 2015 y. (Darslik).
  2. Tulеnova X. va boshqa. Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari tadbirlarning xususiyatlari. //Pеdagogik ta’lim. T.: 2005 № 4. 79-80 b.
  3. Usmonxo‘jaеv T. Raximov M. Abdiеv A. O‘zbеk xalq o‘yinlari kasb xunar kollеjlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkеnt 2004 y.
  4. Xaydarov B., Nuriddinov B., Rasulov A. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. Sеminar Toshkеnt 2002 y.
  5. Xonkеldiеv X.Sh., Mo‘minov B.N. O‘quvchi yoshlar va talabalarning sport tayyorgarligi. Farg‘ona 2006 y.
  6. Тo‘ychiyev.Т.S Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi para dzyudochilarning texnik-taktik usul о‘zining maxsus jismoniy tayyorgarligi. Namangan davlat unversiteti ilmiy axborotnomasi . 2024. 3- son., 1166-1172 -betlar
  7. Maxkamjonov K. M. Qizlar jismoniy tarbiyasi. // Pеdagogik ta’lim. T.; 2007, № 2, 73-74 bеtlar
  8. Salomov R. S., Ro‘zioxunova M. M. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. T., 1995. 102 b. (Mеtodik qo‘llanma

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013229
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1918
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
145–147
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11