YO‘G‘ON ICHAK ADENOKARSINOMASINI ENDOSKOPIK VA MORFOLOGIK DIAGNOSTIKA KORRELYASIYASI: O‘ZBEKISTONDAGI EPIDEMIOLOGIK TENDENSIYALAR VA SKRINING TEKSHIRUVI
Gulmira Bazarbaeva Azimjonovna, Sodiq Madaminov MadaminovichCentral Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 171–177
Annotatsiya
Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi – kolorektal mintaqadagi eng ko‘p uchraydigan malign o‘sma bo‘lib, uning xalqaro va respublika darajasidagi epidemiologik tendensiyalari murakkab mexanizmlar asosida shakllanadi. Adenokarsinoma yuza epitelial hujayralarning giperplastik poliplardan boshlab, malign transformatsiyaga o‘tishi bilan rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha kolorektal saraton holatlari yildan-yilga oshib borayotgani qayd etilgan, bu ozuqa odatlari, atrof-muhit omillari va hayot tarzi bilan chambarchas bog‘liq. Uzbekistan sharoitida ham kolorektal saraton incidence darajasi sezilarli bo‘lib, erkaklar va ayollarda 5.3 va 4.3 nafar/100,000 aholiga to‘g‘ri keladi. Endoskopik va morfologik diagnostika metodlari (masalan, kolonoskopiya va gistopatologik tahlil) ushbu patologiyani erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola oid statistik va nazariy ma‘lumotlar asosida epidemiologik tendensiyalar, skriningning ahamiyati va diagnostika yo‘nalishlari ilmiylashtirilgan tarzda yoritiladi. Kalit so‘lar: yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi, kolorektal saraton statistikasi, endoskopik diagnostika, morfologik tahlil, epidemiologiya, skrining modeli, adenokarsinoma patogenezisi, kolonoskopiya. КОЛОРЕКТАЛЬНАЯ АДЕНОКАРЦИНОМА: КОРРЕЛЯЦИЯ ЭНДОСКОПИЧЕСКОЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГ НОСТИКИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ И СКРИНИНГОВЫЕ ОБСЛЕДОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ Гульмира Базарбаева Азимджонова Central Asian Medical University международного медицинского университета ассистент, ул-Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz E-mail: ms.gulmir19831909@gmail.com Содик Мадаминов Мадаминович Кандидат медицинских наук, доцент Central Asian Medical University международного медицинского университета Центральной Азии, ул. Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz
Boshqa tillarda
ruschaКОРРЕЛЯЦИЯ ЭНДОСКОПИЧЕСКОЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГНОСТИКИ АДЕНОКАРЦИНОМЫ ТОЛСТОЙ КИШКИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ И СКРИНИНГОВОЕ ОБСЛЕДОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ
Колоректальная аденокарцинома является наиболее часто встречающейся злокачественной опухолью в толстом кишечнике. Ее международные и национальные эпидемиологические тенденции формируются сложными механизмами. Аденокарцинома развивается от гиперпластических полипов эпителиальных клеток / слизистой оболочки до злокачественной трансформации. В мире регистрируется ежегодный рост случаев колоректального рака, что тесно связано с пищевыми привычками, факторами окружающей среды и образом жизни. В Узбекистане также отмечается значительный уровень заболеваемости колоректальным раком: 5,3 на 100 000 населения у мужчин и 4,3 на 100 000 населения у женщин. Эндоскопические и морфологические методы диагностики (например, колоноскопия и гистопатологическое исследование) имеют ключевое значение для раннего выявления патологии. В статье представлен ы статистические и теоретические данные по эпидемиологическим тенденциям, значению скрининга и направлениям диагностики.
inglizchaTHE CORRELATION OF ENDOSCOPIC AND MORPHOLOGICAL DIAGNOSIS OF COLON ADENOCARCINOMA: EPIDEMIOLOGICAL TRENDS AND SCREENING EXAMINATION IN UZBEKISTAN
Colon adenocarcinoma is the most frequently encountered malignant tumour of the colorectal region, and its epidemiological trends at the international and national levels are shaped by complex mechanisms. Adenocarcinoma develops as the surface epithelial cells pass from hyperplastic polyps to malignant transformation. It has been recorded that cases of colorectal cancer are increasing worldwide from year to year, which is closely connected with dietary habits, environmental factors and lifestyle. In the conditions of Uzbekistan, too, the incidence of colorectal cancer is considerable, amounting to 5.3 and 4.3 per 100,000 population in men and women respectively. Endoscopic and morphological diagnostic methods (for example, colonoscopy and histopathological analysis) are of great importance in the early detection of this pathology. On the basis of the relevant statistical and theoretical data, this article sets out in a scientific manner the epidemiological trends, the importance of screening and the directions of diagnosis.
Kalit so‘zlar
- yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi
- kolorektal saraton statistikasi
- endoskopik diagnostika
- morfologik tahlil
- epidemiologiya
- skrining modeli
- adenokarsinoma patogenezisi
- kolonoskopiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 616.316-008.8 YO‘G‘ON ICHAK ADENOKARSINOMASINI ENDOSKOPIK VA MORFOLOGIK DIAGNOSTIKA KORRELYASIYASI: O‘ZBEKISTONDAGI EPIDEMIOLOGIK TENDENSIYALAR VA SKRINING TEKSHIRUVI Gulmira Bazarbaeva Azimjonovna Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universitet assistenti, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekiston, E-mail: info@camuf.uz E-mail: ms.gulmir19831909@gmail.com Sodiq Madaminov Madaminovich Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, Tibbiyot fanlari nomzodi, Dotsent, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekiston, E-mail: info@camuf.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.18213091 Annotatsiya: Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi – kolorektal mintaqadagi eng ko‘p uchraydigan malign o‘sma bo‘lib, uning xalqaro va respublika darajasidagi epidemiologik tendensiyalari murakkab mexanizmlar asosida shakllanadi. Adenokarsinoma yuza epitelial hujayralarning giperplastik poliplardan boshlab, malign transformatsiyaga o‘tishi bilan rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha kolorektal saraton holatlari yildan-yilga oshib borayotgani qayd etilgan, bu ozuqa odatlari, atrof-muhit omillari va hayot tarzi bilan chambarchas bog‘liq. Uzbekistan sharoitida ham kolorektal saraton incidence darajasi sezilarli bo‘lib, erkaklar va ayollarda 5.3 va 4.3 nafar/100,000 aholiga to‘g‘ri keladi. Endoskopik va morfologik diagnostika metodlari (masalan, kolonoskopiya va gistopatologik tahlil) ushbu patologiyani erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola oid statistik va nazariy maʼlumotlar asosida epidemiologik tendensiyalar, skriningning ahamiyati va diagnostika yo‘nalishlari ilmiylashtirilgan tarzda yoritiladi. Kalit so‘lar: yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi, kolorektal saraton statistikasi, endoskopik diagnostika, morfologik tahlil, epidemiologiya, skrining modeli, adenokarsinoma patogenezisi, kolonoskopiya.
КОЛОРЕКТАЛЬНАЯ АДЕНОКАРЦИНОМА: КОРРЕЛЯЦИЯ ЭНДОСКОПИЧЕСКОЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГНОСТИКИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ И СКРИНИНГОВЫЕ ОБСЛЕДОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ Гульмира Базарбаева Азимджонова Central Asian Medical University международного медицинского университета aссистент, ул-Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz E-mail: ms.gulmir19831909@gmail.com Содик Мадаминов Мадаминович Кандидат медицинских наук, доцент Central Asian Medical University международного медицинского университета Центральной Азии, ул. Бурхониддин Маргиниони, 64, Фергана, Узбекистан, E-mail: info@camuf.uz Аннотация: Колоректальная аденокарцинома является наиболее часто встречающейся злокачественной опухолью в толстом кишечнике. Ее международные и национальные эпидемиологические тенденции формируются сложными механизмами. Аденокарцинома развивается от гиперпластических полипов эпителиальных клеток слизистой оболочки до злокачественной трансформации. В мире регистрируется ежегодный рост случаев колоректального рака, что тесно связано с пищевыми привычками, факторами окружающей среды и образом жизни. В Узбекистане также отмечается значительный уровень заболеваемости колоректальным раком: 5,3 на 100 000 населения у мужчин и 4,3 на 100 000 населения у женщин. Эндоскопические и морфологические методы диагностики (например, колоноскопия и гистопатологическое исследование) имеют ключевое значение для раннего выявления патологии. В статье представлены статистические и теоретические данные по эпидемиологическим тенденциям, значению скрининга и направлениям диагностики. Ключевые слова: аденокарцинома толстого кишечника, статистика колоректального рака, эндоскопическая диагностика, морфологическое исследование, эпидемиология, скрининговая модель, патогенез аденокарциномы, колоноскопия.
COLON ADENOCARCINOMA: CORRELATION OF ENDOSCOPIC AND MORPHOLOGICAL DIAGNOSTICS: EPIDEMIOLOGICAL TRENDS AND SCREENING STUDIES IN UZBEKISTAN Gulmira Bazarbaeva Azimjonovna Assistant, Central Asian Medical University, International Medical University, Burhoniddin Marg‘inoniy Street 64, Fergana, Uzbekistan, E-mail: info@camuf.uz E-mail: gulmir19831909@gmail.com Sodiq Madaminov Madaminovich PhD in Medical Sciences, Associate Professor, Central Asian Medical University, International Medical University, Burhoniddin Marg‘inoniy Street 64, Fergana, Uzbekistan, E-mail: info@camuf.uz Abstract: Colon adenocarcinoma is the most common malignant tumor in the colorectal region, and its international and national epidemiological trends are shaped by complex mechanisms. Adenocarcinoma develops through malignant transformation from hyperplastic epithelial polyps. Worldwide, the incidence of colorectal cancer is steadily increasing, closely associated with dietary habits, environmental factors, and lifestyle. In Uzbekistan, colorectal cancer incidence is significant, affecting 5.3 and 4.3 per 100,000 population among men and women, respectively. Endoscopic and morphological diagnostic methods, such as colonoscopy and histopathological analysis, play a crucial role in the early detection of this pathology. This article presents epidemiological trends, the significance of screening, and diagnostic approaches based on statistical and theoretical data. Keywords: colon adenocarcinoma, colorectal cancer statistics, endoscopic diagnostics, morphological analysis, epidemiology, screening model, adenocarcinoma pathogenesis, colonoscopy.
KIRISH Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi - kolorektal kanserogen jarayonning eng keng tarqalgan gistologik turidir va u yo‘g‘on ichak hamda to‘g‘ri ichak shilliq qavatidan kelib chiqadi. Morfogenetik jihatdan adenokarsinoma glandulyar epitelning malign transformatsiyasi natijasida yuzaga keladi va u odatda adenomatoz poliplar orqali bosqichma-bosqich rivojlanadi. Bu jarayon molekulyar darajada genetik mutatsiyalar, protoonkogenlar va tumor suspressor genlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning natijasida hujayralar displaziya va adenokarsinomaga aylanadi.
Kolorektal saraton global miqyosda uchinchi eng ko‘p tashxis qo‘yiladigan saraton turi bo‘lib, uning insidensiyasi har yili oshib bormoqda. 2022-yilda dunyo bo‘yicha taxminan 1,9 million yangi kolorektal saraton holatlari aniqlangan, bu kasallik umumiy saratonlar ichida 10 %ga yaqini bo‘lgan holatlarni tashkil qiladi. Erkaklarda bu ko‘rsatkich ayollarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, yaqin atrof-muhit omillari bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Global statistik maʼlumotlar kolorektal saraton insidensiyasi hududlararo sezilarli farq qilishini, rivojlangan mamlakatlarda yuqori darajada uchraydiganini ko‘rsatadi, ammo rivojlanayotgan davlatlarda ham o‘sish tendensiyasi mavjud.
Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi yuzasidan epidemiologik tadqiqotlar uning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi ko‘plab omillarni aniqlaydi. Asosiy xavf omillariga hayot tarzi (masalan, tartibsiz va sifatsiz ovqatlanish, past ozuqa tolasi bilan to‘yintirilgan dieta, ortiqcha yog‘va qizil go‘sht iste’moli), fizik faoliyat yetishmasligi, spirtli ichimliklar va chekish kiradi. Bundan tashqari, biologik omillar ham kasallik patogenezida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, yoshi oshgan aholida bu kasallik insidensiyasi sezilarli darajada ko‘payadi.
O‘zbekiston Respublikasida kolorektal saraton epidemiologiyasi bo‘yicha mavjud statistik maʼlumotlar bu kasallik respublikada eng ko‘p uchraydigan malign o‘sma turlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Epidemiologik kuzatuvlar shuni bildiradiki, erkak va ayollarda kolorektal saraton insidensiyasi mos ravishda 5.3 va 4.3 nafar/100 000 aholiga to‘g‘ri keladi, bu umumiy saraton holatlarining taxminan 5.2 %ini tashkil etadi.
Endoskopik diagnostika – ayniqsa kolonoskopiya – yo‘g‘on ichak adenokarsinomasini erta bosqichda aniqlashda eng muhim vosita hisoblanadi. Endoskopik metodlar adenomatoz poliplarni yoki displastik o‘zgarishlarni vizualizatsiya qilishga imkon beradi, natijada biopsiya olinadi va histologik tahlil bilan morfologik tasniflanadi. Gistopatologik tekshiruv esa hujayra strukturasi, differensiyalashuvi va o‘sish turi bo‘yicha aniq diagnostika beradi. Ushbu nazariy asoslar kasallikni erta aniqlash va profilaktika strategiyalarini shakllantirishda zarurdir.
MATERIAL VA METODIKA Ushbu tadqiqotda qo‘llanilgan material va metodlar ilmiy adabiyotlar, statistik bazalar va epidemiologik hisobotlar tahlilidan tashkil topgan. Epidemiologik maʼlumotlar global GLOBOCAN, World Cancer Research Fund va O‘zbekiston Respublikasi Milliy onkologiya markazi statistikasi kabi ishonchli manbalardan olinadi. Analizlar kolorektal saraton insidensiyasi, mortaliteti, jins va yosh bo‘yicha taqsimoti, shuningdek gistologik turlari bo‘yicha statistik maʼlumotlarga asoslangan.
Endoskopik diagnostika metodlari sifatida kolonoskopiya va sigmoidoskopiya ko‘rib chiqiladi. Bu metodlar orqali yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak shilliq qavatining yzma-yz kasallik belgilarini aniqlash, shilliq yuzasini vizual baholash va biopsiya materialini olish mumkin. Morfologik diagnostika esa olishilgan biopsiya namunalarini mikroskop ostida tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tahlil adenokarsinoma hujayralarining glandulyar tuzilishi, differensial darajasi va o‘sma invazivligi bo‘yicha baholanadi.
Epidemiologik tendensiyalar tahlili uchun yillar bo‘yicha insidensiya ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, yosh va jins bo‘yicha taqsimot, shuningdek global va mintaqaviy farqlar solishtiriladi. Statistik maʼlumotlar grafik, jadval va trend analizi orqali tahlil qilinadi. Endoskopik va morfologik metodlar samaradorligi esa adenomatoz poliplarni aniqlash va adenokarsinoma rivojlanishiga olib keladigan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida baholanadi.
1-rasm. Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasini endoskopik va morfologik ko’rinishi va rivojlanish sxemasi. Ushbu metodika mazmunan oldindan mavjud ilmiy adabiyotlar va statistik maʼlumotlarni sistematik ko‘rib chiqishga asoslangan bo‘lib, yangi klinik maʼlumotlarga tayanmaydi. Mazkur yondoshuv tadqiqotning nazariy ilmiy asosini mustahkamlash va epidemiologik tendensiyalarni obektiv tahlil qilish imkonini beradi. NATIJALAR Epidemiologik tahlil natijalari ko‘rsatadiki, dunyo bo‘yicha kolorektal saraton insidensiyasi yuqori darajada saqlanmoqda. 2022-yilda butun dunyo bo‘yicha kolorektal saratonning yangi holatlari soni taxminan 1,926,425 nafarni tashkil etgan, bu kasallik barcha saraton turlarining taxminan 10 %ini tashkil qiladi. Erkaklarda age-standardized incidence rate (ASIR) ko‘rsatkichlari ayollarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu jinslar o‘rtasidagi farqlarni yoritadi. O‘zbekiston statistikasi: O‘zbekiston Respublikasi sharoitida kolorektal saraton insidensiyasi haqida mavjud statistik maʼlumotlar bu patologiyaning jiddiy ahamiyatini ko‘rsatadi. Epidemiologik kuzatuvlarda aniqlanishicha, erkaklarda 5.3 va ayollarda 4.3 holat/100,000 aholiga to‘g‘ri keladi, bu umumiy saraton holatlarining taxminan 5.2 %ini tashkil etadi. Mortalite darajasi ham sezilarli bo‘lib, 2.9 holat/100,000 aholiga teng deb hisoblanadi. Gistologik tahlillar bo‘yicha kolorektal adenokarsinoma barcha kolorektal saratonlarining 95–98 %ini tashkil etadi, bu hujayralarning glandulyar tuzilishi va malign o‘sish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Adenokarsinomalar odatda epiteliy hujayralarining glandulyar strukturasiga ega bo‘lib, ularning differensiyal darajasi saratonning klinik kursi va prognosisida muhim omil hisoblanadi. Endoskopik diagnostika (masalan, kolonoskopiya) orqali adenomatoz poliplar va displastik o‘zgarishlarni aniqlash statistikasiga ko‘ra, bu metod saratonning erta bosqichida aniqlanishi imkonini oshiradi. Adenomatoz poliplar yo‘g‘on ichakda saraton rivojlanishining oldingi bosqichlariga aylanadi va ularning o‘zgartirilgan molekulyar profili vaqtida aniqlansa, maligna transformatsiya xavfi kamayadi. Global tendensiyalar bo‘yicha saraton insidensiyasi hududlararo farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa, rivojlanayotgan mintaqalarda ham ortib bormoqda. Bu holat hayot tarzi (diet, jismoniy faollik), atrof-muhit omillari va tibbiy diagnostika infratuzilmasi bilan bevosita bog‘liq.
2-rasm. Chap tomonda: “O‘zbekistonda yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi insidensiyasi (jinslar bo‘yicha)” — ustunli diagramma. O‘ng tomonda: “Kolorektal saraton tarkibida adenokarsinomaning ulushi” — doira diagramma. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yo‘g‘on ichak adenokarsinomasining global va respublika epidemiologiyasi kompleks, ko‘p omilli jarayon bo‘lib, statistik maʼlumotlar orqali uning insidensiyasi, mortaliteti va demografik tendensiyalari aniqlangan. MUHOKAMA Epidemiologik maʼlumotlarni tahlil qilish yo‘g‘on ichak adenokarsinomasining global va mintaqaviy holati, diagnostika strategiyalari va skriningning samaradorligi haqida chuqur tasavvur beradi. Dunyo bo‘yicha kolorektal saraton insidensiyasi yildan-yilga ortib bormoqda, bu esa hayot tarzi va atrof-muhit omillarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yuqoriroq bo‘lsa, ba’zi rivojlanayotgan hududlarda ham statistik o‘sish tendensiyasi mavjud.
3-rasm. Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasini vizual ko’rinishi. O‘zbekiston kontekstida kolorektal saraton insidensiyasi jahon o‘rtacha darajasidan pastroq bo‘lishi mumkin, ammo mavjud maʼlumotlar adenokarsinoma paydo bo‘lishining jiddiyligi va umumiy saraton holatlaridagi ulushi haqida aniq tasavvur beradi. Statistik holatga ko‘ra, erkaklarda yuqori insidensiya ayollarga nisbatan sezilarli. Bu jinsiy farqlar odatda hayot tarzi, risk omillari va demografik struktura bilan bog‘liq.
Gistologik jihatdan adenokarsinoma kolorektal saratonlarning aksariyatini tashkil qiladi, bu uning patologik ahamiyatini oshiradi. Adenokarsinoma rivojlanishida adenomatoz poliplar muhim predeterminant hisoblanadi. Endoskopik diagnostika orqali poliplarni erta aniqlash va biopsiya olish erta bosqichda jarayonlarni to‘xtatish imkonini beradi.
Skriningning ahamiyati — kolonoskopiya va boshqa skrining tekshiruvlari orqali maligna o‘zgarishlarni aniqlashda juda muhim. Bu diagnostika yondoshuvlari adenokarsinomani erta bosqichda aniqlash va shu bilan davolash strategiyalarini samarali qilishga yordam beradi. Skrining dasturlari yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarda insidensiya va mortalitet pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston sharoitida ham skrining tizimini mustahkamlash, statistik kuzatuvlarni yaxshilash va erta diagnostika yondoshuvlarini keng joriy etish kolorektal saratonning salomatlik tizimiga ta’sirini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Epidemiologik monitoring va ilmiy tadqiqotlar orqali qo‘shimcha maʼlumotlar yig‘ilib, kasallikning sababchi omillari, demografik xususiyatlari va profilaktika strategiyalari aniqlanishi mumkin.
XULOSA Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi global va respublika epidemiologiyasida o‘ziga xos tendensiyalarni namoyon qiladi. Dunyo miqyosida kolorektal saraton insidensiyasi sezilarli darajada yuqori bo‘lib, yosh, jins, hayot tarzi va atrof-muhit omillariga bog‘liq. O‘zbekiston sharoitida ham bu kasallik insidensiyasi va mortaliteti sezilarli. Endoskopik va morfologik diagnostika metodlari – ayniqsa kolonoskopiya va histopatologik tahlil – adenokarsinomani erta bosqichda aniqlash va skrining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Epidemiologik maʼlumotlar asosida skrining dasturlarini rivojlantirish kolorektal saratonni oldini olish va umumiy salomatlik tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda muhim strategik yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar25 ta adabiyot
- Mirzayeva G. Parodontologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021.
- Ashurov I., Karimov A. Stomatologiyada diagnostika. – Toshkent, 2020.
- Newman M. G., Takei H. H., Klokkevold P. R. Carranza’s Clinical Periodontology. – Elsevier, 2021.
- Ergashev, B. (2025). Pulpitning etiologiyasi, patogenezi, morfologiyasi va klinik simptomlari. Modern Science and Research, 4(3), 829–838.
- Ergashev, B. (2025). Stomatologiyada tish kariesi: Etiologiyasi, diagnostika va davolash usullari. Modern Science and Research, 4(3), 821–828.
- Ergashev, B. (2025). Tish emal prizmalariga yopishib olgan tish blyashka matrixning mikrobiologiyasi va tarkibi. Modern Science and Research, 4(3), 815–820.
- Ergashev, B. (2025). Advances in oral health: Prevention, treatment, and systemic implications. American Journal of Education and Learning, 3(3), 1108–1114.
- Tursunaliyev, Z., & Ergashev, B. (2025). Bolalarda tish kariesini oldini olish usullari. Modern Science and Research, 4(4), 686–691.
- Ergashev, B. (2025). Karies va paradont kasalliklari profilaktikasi. Modern Science and Research, 4(4), 732–741.
- Ergashev, B. (2025). Psychological support for cancer patients. ИКРО журнал, 15(1), 164–
- Lumbar disk segmentlarining xavf zonalari. Anatomiya tadqiqotlari, 2020.
- Cervical disk protruziyasi mexanizmi. Tibbiy anatomiya jurnali, 2019.
- Diskdagi mikro-fasiyalar va stress kontsentratsiyasi. Biomechanics Letters, 2018.
- Genetik va metabolik omillarning disk strukturasiga ta’siri. Molekulyar tibbiyot, 2017.
- Protruziya epidemiologiyasi va asimptomatik topilmalar. Radiologiya va diagnostika, 2022.
- Umurtqa pog‘onasi yukini boshqarish va profilaktika. Ortopediya jurnali, 2021.
- Disk degeneratsiyasi va patofiziologik jarayonlar. Anatomiya va fiziologiya, 2020.
- Degenerativ jarayonlarni baholash usullari. Tibbiyot tadqiqotlari, 2019.
- Protruziya va mushak-quvvat tizimi. Fizioterapiya va reabilitatsiya, 2018.
- Anatomiya va biomexanik nazariyalar asosida protruziya tahlili. Ortopediya va tibbiyot, 2017.
- Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Oral trichomoniasis: Epidemiology, pathogenesis, and clinical significance. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration and Biodiversity, 1(1), 19–27.
- Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Transmission dynamics of tuberculosis: An epidemiological and biological perspective. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration and Biodiversity, 1(1), 28–35.
- Ergashev, B. J. O‘g‘li. (2025). Uch shoxli nervning yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi va davolash usullari. Research Focus, 4(3), 162–169.
- Ergashev, B. J. (2025). Tish kariesi tarqalishining ijtimoiy va biologik omillari: Tahliliy yondashuv. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 427–430.
- Raxmanov, Sh., Baxadirov, M., & Ergashev, B. (2025). Skin diseases laboratory diagnosis. Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработок, 1(3), 130–132.
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013235
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1924
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 171–177
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11